She'r tuzilishi

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

35,1 KB


 
 
 
 
 
 
She'r tuzilishi 
 
 
 
REJA: 
She'riy nutq haqida umumiy ma'lumot. 
Ritm-she'rning asosi. 
Qofiya haqida ma'lumot. 
Qofiya bilan bog`liq bo`lgan so`z birikmalari haqida ma'lumot. 
Jahon adabiyotidagi she'riy tizimlar haqida ma'lumot. 
Vaznlar haqida uslubiy tushuncha. 
Tayanch so’z va iboralar: aruz vazni, barmoq vazni, bahr, g`azal, qasida, hazaj 
bahri,  mutaqorib, mutadorik, she’riy nutq, ritm, qofiya, radif, refren, she'riy sistema, 
metrika, sillabo-tonik,  g`oyaviylik, band, bo`g`in. 
 
 
 
Badiiy asar, odatda, nasr va nazm usulida yaratiladi. Shunga ko`ra, badiiy nutq 
ikki xil bo`ladi: a) sochma (prozaik) nutq va b) tizma (she'riy) nutq. Tizma nutqning 
sochma nutqdan prinsipial farqi shundaki, she'riy nutq vaznli, ritmli, qofiyali nutqdir. 
She'riy nutq hamisha musiqiy va ritmli nutq bo`ladi. Poeziya murakkab va 
g`oyatda boy san'at. U inson qalbining nozik his-tuyg`ularini, fikr va hissiyotlar 
harakatini, ehtiroslar kurashi va rivojini emosional tusda aks ettiradi. 
Poeziyada ham proza va dramaturgiyadagidek, rang-barang temalarda bahs 
yuritiladi. Uning tasvir imkoni nihoyatda keng. Poeziyamiz maroqli fantaziya va 
jozibali ohanglarga boy. She'rda fikr-mulohaza, his-tuyg`u shaklan siqiq, mazmuni 
yorqin jozibali, musiqiy tusda ifodalanadi. 
She'r tuzilishi REJA: She'riy nutq haqida umumiy ma'lumot. Ritm-she'rning asosi. Qofiya haqida ma'lumot. Qofiya bilan bog`liq bo`lgan so`z birikmalari haqida ma'lumot. Jahon adabiyotidagi she'riy tizimlar haqida ma'lumot. Vaznlar haqida uslubiy tushuncha. Tayanch so’z va iboralar: aruz vazni, barmoq vazni, bahr, g`azal, qasida, hazaj bahri, mutaqorib, mutadorik, she’riy nutq, ritm, qofiya, radif, refren, she'riy sistema, metrika, sillabo-tonik, g`oyaviylik, band, bo`g`in. Badiiy asar, odatda, nasr va nazm usulida yaratiladi. Shunga ko`ra, badiiy nutq ikki xil bo`ladi: a) sochma (prozaik) nutq va b) tizma (she'riy) nutq. Tizma nutqning sochma nutqdan prinsipial farqi shundaki, she'riy nutq vaznli, ritmli, qofiyali nutqdir. She'riy nutq hamisha musiqiy va ritmli nutq bo`ladi. Poeziya murakkab va g`oyatda boy san'at. U inson qalbining nozik his-tuyg`ularini, fikr va hissiyotlar harakatini, ehtiroslar kurashi va rivojini emosional tusda aks ettiradi. Poeziyada ham proza va dramaturgiyadagidek, rang-barang temalarda bahs yuritiladi. Uning tasvir imkoni nihoyatda keng. Poeziyamiz maroqli fantaziya va jozibali ohanglarga boy. She'rda fikr-mulohaza, his-tuyg`u shaklan siqiq, mazmuni yorqin jozibali, musiqiy tusda ifodalanadi.  
 
She'riy nutq-murakkab sistema. Chunki she'riy asar ritm, vazn, bo`g`in (hijo), 
turoq (rukn yoki stopa), qofiya, band (strofa), she'r sistemalari, intonasiya, pauza, 
urg`u, poetik figuralar, fonetik priyomlar va boshqalrning yaxlit uyushuvidan tashkil 
topadi. To`g`ri, bu komponentlar she'rning, asosan, shakliy tomonlari. Biroq 
mazmun, ya'ni she'r g`oyasi mana shu komponentlarning hamohangligidan kelib 
chiqadi. Demak, she'rda ham shakl mazmunga xizmat qiladi, shakl va mazmun 
birligi shu tariqa kelib chiqadi. 
Borliqdagi barcha moddiy va nomoddiy narsa-hodisalar muayyan tuzilishiga 
ega bo`ladi. Ular bir qancha qism-uzvlardan tarkib topadi. Narsa-hodisalarning 
mazmun-mohiyati bevosita ularning tarkibiga bog`liqdir. Shuning uchun hodisalar 
mohiyatini bilish ularning tarkibiy qismlarini o`rganishdan boshlanadi. Adabiyot 
ham, adabiyotshunoslik ham tarkibiy qismlarga bo`lingani singari she'r ham ma'lum 
uzvlardan tarkib topgan bo`ladi. She'rning trakibiy qismlari to`g`risida ma'lum 
tushunchaga ega bo`lish so`z san'atining o`zak masalalarini bilishdir. 
Avvalo, she'rning o`zi nima? "She'r" ohang jihatdan ma'lum bir tartibga 
solingan his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir" 
(Hotamov N. Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha 
izohli lug`ati. Toshkent: O`qituvchi. 1983, 311-6.). Biroq bu she'rning eng 
mukammal, har jihatdan yetuk ta'rifi emas. She'rning bu ta'rif doirasiga sig`magan 
sifat, xususiyatlari juda ko`p. Chunki Abdulla Qahhor aytganidek, "She'r-bir 
mo`'jiza. Uning mo`'jizalik sirlaridan xabardor bo`lish, bu sirlarni jilovlash har 
kimga ham muyassar bo`lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan 
boshqa yana nimadir kerak" (Qahxrr A. Asarlar, 6 tomlik.-Toshkent: Adabiyot va 
san'at nashriyoti, 1971, 6-tom, 253-6.). "Yana nimadir kerak" bo`lgani bois ham 
hamma she'r yozolmaydi yoki she'r yozganlarning hammasi ham shoir bo`lib 
tanilavermaydi. "She'r inson ruhining birmuncha g`ayritabiiy, ayricha holatidan 
tug`iladi", deydi Abdulla Oripov (Ehtiyoj farzandi. -Toshkent: Yosh gvardiya, 1988, 
19-6.). She'rning "mo`'jizalik sirlari" bisyorligi sababli ham u har kim har xil ta'sir 
qiladi. Uni hamma har xil tushunadi. Chunki she'r-aql bilan anglash qiyin bo`lgan 
holatlarning so`zdaga aksi. U ko`ngil olamining tovush, harf-so`zlardagi manzarasi. 
She'r ko`ngil mulki mevasi bo`lgani bois ham unda ohanglar mavji, musiqa tarovati 
She'riy nutq-murakkab sistema. Chunki she'riy asar ritm, vazn, bo`g`in (hijo), turoq (rukn yoki stopa), qofiya, band (strofa), she'r sistemalari, intonasiya, pauza, urg`u, poetik figuralar, fonetik priyomlar va boshqalrning yaxlit uyushuvidan tashkil topadi. To`g`ri, bu komponentlar she'rning, asosan, shakliy tomonlari. Biroq mazmun, ya'ni she'r g`oyasi mana shu komponentlarning hamohangligidan kelib chiqadi. Demak, she'rda ham shakl mazmunga xizmat qiladi, shakl va mazmun birligi shu tariqa kelib chiqadi. Borliqdagi barcha moddiy va nomoddiy narsa-hodisalar muayyan tuzilishiga ega bo`ladi. Ular bir qancha qism-uzvlardan tarkib topadi. Narsa-hodisalarning mazmun-mohiyati bevosita ularning tarkibiga bog`liqdir. Shuning uchun hodisalar mohiyatini bilish ularning tarkibiy qismlarini o`rganishdan boshlanadi. Adabiyot ham, adabiyotshunoslik ham tarkibiy qismlarga bo`lingani singari she'r ham ma'lum uzvlardan tarkib topgan bo`ladi. She'rning trakibiy qismlari to`g`risida ma'lum tushunchaga ega bo`lish so`z san'atining o`zak masalalarini bilishdir. Avvalo, she'rning o`zi nima? "She'r" ohang jihatdan ma'lum bir tartibga solingan his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir" (Hotamov N. Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug`ati. Toshkent: O`qituvchi. 1983, 311-6.). Biroq bu she'rning eng mukammal, har jihatdan yetuk ta'rifi emas. She'rning bu ta'rif doirasiga sig`magan sifat, xususiyatlari juda ko`p. Chunki Abdulla Qahhor aytganidek, "She'r-bir mo`'jiza. Uning mo`'jizalik sirlaridan xabardor bo`lish, bu sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo`lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana nimadir kerak" (Qahxrr A. Asarlar, 6 tomlik.-Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1971, 6-tom, 253-6.). "Yana nimadir kerak" bo`lgani bois ham hamma she'r yozolmaydi yoki she'r yozganlarning hammasi ham shoir bo`lib tanilavermaydi. "She'r inson ruhining birmuncha g`ayritabiiy, ayricha holatidan tug`iladi", deydi Abdulla Oripov (Ehtiyoj farzandi. -Toshkent: Yosh gvardiya, 1988, 19-6.). She'rning "mo`'jizalik sirlari" bisyorligi sababli ham u har kim har xil ta'sir qiladi. Uni hamma har xil tushunadi. Chunki she'r-aql bilan anglash qiyin bo`lgan holatlarning so`zdaga aksi. U ko`ngil olamining tovush, harf-so`zlardagi manzarasi. She'r ko`ngil mulki mevasi bo`lgani bois ham unda ohanglar mavji, musiqa tarovati  
 
mavjud. Shu tufayli u qalbni zabt etadi-kishni yo bir zumda mahzun qiladi, bir 
lahzada quvonchga ko`madi. 
Bulardan bo`lak yana ko`dan-ko`p sir-sanoatga ega she'rni sharhlash, uni 
o`rganishta qadim-qadimdan ishtiyoq, havas, intilish kuchli bo`lgan. Bu intilish 
inson uchun doimiy ehtiyojga aylangan. Chunki she'rning har bir unsuri, undagi 
so`zning har bir tovushi olam-olam mazmunga ega. Ularni anglash, tushunish esa 
aqlga quvvat, ruhga halovat beradi. 
She'r so`zlar tizmasidan tarkib topgan misralardan tuzilishi aniq ko`rinib turadi. 
Chunki so`z va so`zlarda she'rda nasriy asardagidan ko`ra bo`lakcha-o`ziga xos 
tarzda joylashgan bo`ladi. She'rning alohida belgilaridan dastlabkisi ritmdir. 
Qofiyasiz, misralarida bo`g`inlar miqdori har xil she'rlar bo`lishi mumkin. Biroq 
ritmsiz she'r yo`q. Ritm-she'rning asosi. Ritm-she'riy nutqning ko`rki. U muayyan 
vazndagi 
nugq 
bo`laklarining 
misralar, 
banddarda 
ma'lum 
bir 
tartibda 
takrorlanishidan hosil bo`lgan zarbli ohangdorlikdir. Bu zarbli ohangdorlik inson 
sezgilariga ta'sir qiladi. 
Borliqdagi barcha harakat-holat muayyan zarbga-ritmga asoslanadi. Insonning 
yurak urishi ham, yomg`ir, qorning yog`ishi ham o`ziga xos zarb-ritm hosil qiladi. 
Qo`shiq, kuy ham avval shu hodisa tufayli vujudga keladi. Raqsda ham, haykaltarosh 
yasagan haykalda ham mutanosiblik-ritmlik qanchalik kuchli bo`lsa, ular shunchalik 
ta'siran bo`ladi. Chunki harakat-holat, chizgilarning o`zaro muvofiqligi kishilarning 
tuyg`ularini to`lqinlantirib, hissiyotlarini quvvatlantiradi. 
She'r so`zga, raks harakatga, musiqa tovushlarga asoslanadi. Shuning uchun 
she'rda so`z va uning bo`laklari, raqsga harakatlar uyg`unligi, musiqada tovushlar 
mutanosibligi ritmni hosil qiladi. 
Ma'lumki, har bir til o`ziga xos tuzilishga ega bo`ladi. 
Har bir til ma'lum bir grammatik me'yorlarga asoslanadi. Shunga muvofiq she'r 
ritmi ohangdorligini muayyan unsurlar vujudga keltiradi. Bo`g`in, turoq, ritmik 
pauza, vazn ana shunday unsurlardandir. 
Bir nafas bilan aytiladigan so`z va so`zning bo`lagi bo`gan deyiladi. Bo`g`in 
nutq tovushlarilan tarkib topgan. Bo`g`in ohangdorlik-ritm hosil qilish uchun ma'lum 
tartibga guruhlanishi- misralarda muayyan tartibda izchillik bilan takrorlanishi 
lozim. Bo`g`inlarning misralarda qat'iy tartibda guruhlanishi esa turoq deyiladi. 
mavjud. Shu tufayli u qalbni zabt etadi-kishni yo bir zumda mahzun qiladi, bir lahzada quvonchga ko`madi. Bulardan bo`lak yana ko`dan-ko`p sir-sanoatga ega she'rni sharhlash, uni o`rganishta qadim-qadimdan ishtiyoq, havas, intilish kuchli bo`lgan. Bu intilish inson uchun doimiy ehtiyojga aylangan. Chunki she'rning har bir unsuri, undagi so`zning har bir tovushi olam-olam mazmunga ega. Ularni anglash, tushunish esa aqlga quvvat, ruhga halovat beradi. She'r so`zlar tizmasidan tarkib topgan misralardan tuzilishi aniq ko`rinib turadi. Chunki so`z va so`zlarda she'rda nasriy asardagidan ko`ra bo`lakcha-o`ziga xos tarzda joylashgan bo`ladi. She'rning alohida belgilaridan dastlabkisi ritmdir. Qofiyasiz, misralarida bo`g`inlar miqdori har xil she'rlar bo`lishi mumkin. Biroq ritmsiz she'r yo`q. Ritm-she'rning asosi. Ritm-she'riy nutqning ko`rki. U muayyan vazndagi nugq bo`laklarining misralar, banddarda ma'lum bir tartibda takrorlanishidan hosil bo`lgan zarbli ohangdorlikdir. Bu zarbli ohangdorlik inson sezgilariga ta'sir qiladi. Borliqdagi barcha harakat-holat muayyan zarbga-ritmga asoslanadi. Insonning yurak urishi ham, yomg`ir, qorning yog`ishi ham o`ziga xos zarb-ritm hosil qiladi. Qo`shiq, kuy ham avval shu hodisa tufayli vujudga keladi. Raqsda ham, haykaltarosh yasagan haykalda ham mutanosiblik-ritmlik qanchalik kuchli bo`lsa, ular shunchalik ta'siran bo`ladi. Chunki harakat-holat, chizgilarning o`zaro muvofiqligi kishilarning tuyg`ularini to`lqinlantirib, hissiyotlarini quvvatlantiradi. She'r so`zga, raks harakatga, musiqa tovushlarga asoslanadi. Shuning uchun she'rda so`z va uning bo`laklari, raqsga harakatlar uyg`unligi, musiqada tovushlar mutanosibligi ritmni hosil qiladi. Ma'lumki, har bir til o`ziga xos tuzilishga ega bo`ladi. Har bir til ma'lum bir grammatik me'yorlarga asoslanadi. Shunga muvofiq she'r ritmi ohangdorligini muayyan unsurlar vujudga keltiradi. Bo`g`in, turoq, ritmik pauza, vazn ana shunday unsurlardandir. Bir nafas bilan aytiladigan so`z va so`zning bo`lagi bo`gan deyiladi. Bo`g`in nutq tovushlarilan tarkib topgan. Bo`g`in ohangdorlik-ritm hosil qilish uchun ma'lum tartibga guruhlanishi- misralarda muayyan tartibda izchillik bilan takrorlanishi lozim. Bo`g`inlarning misralarda qat'iy tartibda guruhlanishi esa turoq deyiladi.  
 
 
Odam zoti dunyodaki bor, 
Uning bilan muhabbatdir yor.  
   (Hamid Olimjon). 
Bu misralarda turoqlanish 4Q5 tarzida guruhlangan. Qofiyadosh so`zlar ("bor", 
"yor") ning vazn jihatdan tegishli (1) musiqiylikni paydo qilgan. 
Misralardagi bo`g`inlar, turoqlarning ma'lum bir o`lchovda kelishi vazndir. 
Vazn arabcha so`z bo`lib, "o`lchov", "tarozi" degan ma'noni bildiradi. O`zbek 
adabiyotida she'r aruz, barmoq vaznida yaratiladi. Agar aruz Sharq adabiyotida 
qadimdan keng tarqalgan she'riy vazn bo`lsa, barmoq turkiy she'riyatga xos vazndir. 
Bundan tashqari, erkin vazndagi she'rlar (oq, erkin, sarbast) ham mavjud. Aruz, 
barmoq, erkin vazndagi she'rlar ifoda usuliga ko`ra, bir-biridan jiddiy farq qiladi. 
Ular tuzilishi, shakli, ko`rinishi jihatidan ajarlib turadi. 
Qofiya she'rni jarangdor qiluvchi, misralarga musiqiy ohang beruvchi muhim 
unsurdir. U misralar oxirida keladigan ohangdosh so`zlardir. Turoq, ritm orqali 
misralarda vujudga kelgan ohangdorlik qofiya tufayli mukammallashadi. 
Qofiyaning jarangdor bo`lishi she'rning ta'sirchanligini kuchaytiradi. 
Ohangdoshlik darajasiga ko`ra qofiyalar to`liq qofiya va och qofiya bo`ladi. 
Bir-biriga to`la ohangdosh qofiya bo`lib kelsa, bu to`liq qofiya deyiladi. 
 
Yuksak arguvonning uchida hilol" 
Paxmoq bulutlarni etadi nimta. 
Qaydadir shoira kuylaydi behol: 
-Ko`nglim ham bu kecha oyday yarimta... 
Uvada kamzulda billur tutmaday 
Bulutlar ortidan boqadi yulduz. 
Qaydadir yurtini eslab ingrar nay, 
Qaydadir qo`zigul yoradi ildiz. 
Qaydadir gulshanda axtarib visol 
Yel kezar-tog`larning go`zal arvohi. 
Shoirning dilrabo baytlari misol 
Oh tortib tizilar turnalar gohi. 
Odam zoti dunyodaki bor, Uning bilan muhabbatdir yor. (Hamid Olimjon). Bu misralarda turoqlanish 4Q5 tarzida guruhlangan. Qofiyadosh so`zlar ("bor", "yor") ning vazn jihatdan tegishli (1) musiqiylikni paydo qilgan. Misralardagi bo`g`inlar, turoqlarning ma'lum bir o`lchovda kelishi vazndir. Vazn arabcha so`z bo`lib, "o`lchov", "tarozi" degan ma'noni bildiradi. O`zbek adabiyotida she'r aruz, barmoq vaznida yaratiladi. Agar aruz Sharq adabiyotida qadimdan keng tarqalgan she'riy vazn bo`lsa, barmoq turkiy she'riyatga xos vazndir. Bundan tashqari, erkin vazndagi she'rlar (oq, erkin, sarbast) ham mavjud. Aruz, barmoq, erkin vazndagi she'rlar ifoda usuliga ko`ra, bir-biridan jiddiy farq qiladi. Ular tuzilishi, shakli, ko`rinishi jihatidan ajarlib turadi. Qofiya she'rni jarangdor qiluvchi, misralarga musiqiy ohang beruvchi muhim unsurdir. U misralar oxirida keladigan ohangdosh so`zlardir. Turoq, ritm orqali misralarda vujudga kelgan ohangdorlik qofiya tufayli mukammallashadi. Qofiyaning jarangdor bo`lishi she'rning ta'sirchanligini kuchaytiradi. Ohangdoshlik darajasiga ko`ra qofiyalar to`liq qofiya va och qofiya bo`ladi. Bir-biriga to`la ohangdosh qofiya bo`lib kelsa, bu to`liq qofiya deyiladi. Yuksak arguvonning uchida hilol" Paxmoq bulutlarni etadi nimta. Qaydadir shoira kuylaydi behol: -Ko`nglim ham bu kecha oyday yarimta... Uvada kamzulda billur tutmaday Bulutlar ortidan boqadi yulduz. Qaydadir yurtini eslab ingrar nay, Qaydadir qo`zigul yoradi ildiz. Qaydadir gulshanda axtarib visol Yel kezar-tog`larning go`zal arvohi. Shoirning dilrabo baytlari misol Oh tortib tizilar turnalar gohi.  
 
Qizg`aldoq bargidek uchar dildan g`am, 
Toshqinlar kiradi qalbimga manim. 
Bahoring muborak bo`lsin ushbu dam 
Mening O`zbekiston-dilbar Vatanim.  
 
(Abdulla Oripov). 
Mazkur satrlardagi hilol-behol, nimta-yarimta, tugmaday-nay, Yulduz-ildiz, 
visol-misol, arvohi-gohi, g`am-dam, manim - Vatanim so`zlari o`zaro to`la 
ohangdoshdir. Shuning uchun ular to`liq qofiya hisoblanadi. Ba'zi she'r misralarida 
so`zlardagi aksaryat tovushlar emas, balki ba'zi bir tovushlargana bir xil bo`ladi va 
ular ma'lum bir ohangdoshlikni yuzaga keltiradi. Bunday ohangdosh so`zlarga och 
qofiya deyiladi. 
Biz Romeyeo, telba Romeo,  
Sevib qolgan oshiq Dartan'yan.  
Romanlarda ishqiy sarguzasht,  
Romanlarda haqiqat tuban.. 
Shaharchamiz navqiron Parij, 
Karetalar... xayollarda yor. 
Direktorning qoshida g`urur - 
Burni qonayotgan mushketyor. 
(A.Qutbiddin. “Sen va sen uchun”,-Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyeti, 
1996, 4-6.). 
Dartan'yan-tuban, yor-mushkatyor so`zlari "hilol-behol", "nimta-yarimta" 
darajasida ohangdosh emas. Shuning uchun ularni och qofiya deyish mumkin. 
Qofiyalar she'riy asralardagina emas ba'zan nasriy asarlarda ham uchraydi. Bunday 
nasriy asarlar saj' (qofiyali nasr) deb yuritiladi. Saj', ayniqsa, folklor asarlarida keng 
qo`llanadi: 
"Uning uchta o`g`li bor edi, uchovi o`qigan, oqu qorani tanigan, yuzlari oyday, 
o`zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar" (Sharq 
xalqlari ertaklari. -Toshkent: Sharq, 1994, Z-b.). 
Ekan-o`qigan-tanigan, oyday-toyday, yurmagan-turmagan so`zlari o`zaro 
qofiyadoshdir. 
Qizg`aldoq bargidek uchar dildan g`am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim. Bahoring muborak bo`lsin ushbu dam Mening O`zbekiston-dilbar Vatanim. (Abdulla Oripov). Mazkur satrlardagi hilol-behol, nimta-yarimta, tugmaday-nay, Yulduz-ildiz, visol-misol, arvohi-gohi, g`am-dam, manim - Vatanim so`zlari o`zaro to`la ohangdoshdir. Shuning uchun ular to`liq qofiya hisoblanadi. Ba'zi she'r misralarida so`zlardagi aksaryat tovushlar emas, balki ba'zi bir tovushlargana bir xil bo`ladi va ular ma'lum bir ohangdoshlikni yuzaga keltiradi. Bunday ohangdosh so`zlarga och qofiya deyiladi. Biz Romeyeo, telba Romeo, Sevib qolgan oshiq Dartan'yan. Romanlarda ishqiy sarguzasht, Romanlarda haqiqat tuban.. Shaharchamiz navqiron Parij, Karetalar... xayollarda yor. Direktorning qoshida g`urur - Burni qonayotgan mushketyor. (A.Qutbiddin. “Sen va sen uchun”,-Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyeti, 1996, 4-6.). Dartan'yan-tuban, yor-mushkatyor so`zlari "hilol-behol", "nimta-yarimta" darajasida ohangdosh emas. Shuning uchun ularni och qofiya deyish mumkin. Qofiyalar she'riy asralardagina emas ba'zan nasriy asarlarda ham uchraydi. Bunday nasriy asarlar saj' (qofiyali nasr) deb yuritiladi. Saj', ayniqsa, folklor asarlarida keng qo`llanadi: "Uning uchta o`g`li bor edi, uchovi o`qigan, oqu qorani tanigan, yuzlari oyday, o`zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar" (Sharq xalqlari ertaklari. -Toshkent: Sharq, 1994, Z-b.). Ekan-o`qigan-tanigan, oyday-toyday, yurmagan-turmagan so`zlari o`zaro qofiyadoshdir.  
 
Radif qofiyadan keyin misralar oxirida takrorlanib keluvchi aynan bir xil so`z 
yoki so`z birikmasidir. Radif arabcha so`z bo`lib, "otga mingashib kelmoq" degan 
ma'noni bildiradi. 
Sharq she'riyatida radif keng qo`llaniladi. Jumladan, Alisher Navoiy g`azal, 
ruboiy, tuyuqlarida ham radiflar ko`p ishlatiladi. Masalan: 
Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,  
Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,  
Har neniki sevmak ondin ortiq bo`mas,  
Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz, 
Ushbu ruboiyda "seni ko`p sevarmen, ey umri aziz" so`zlari radif sifatida 
misralar oxirida takrorlanib kelgan. Radiflar yakka bir so`z yoki yuqoridagi singari 
bir necha so`zdan tashkil topgan ham bo`lishi mumkin. 
Turoq bo`g`inlar guruhidan tashkil topadi. Turoqlar guruhidan misralar vujudga 
keladi. Misralar ham xuddi bo`g`in, turoqlar singari uyushib, muayyan musiqiylik 
hosil qiladi. Misralarning bunday birikuvi bandlarni vujudga keltiradi. Band 
misradan ko`ra kengroq, ko`lamliroq fikrni anglatadi. Banddagi fikr muayyan 
tugallikka ega bo`ladi. U yaxlit manzarani gavdalantiradi. 
She'rshunoslik-maxsus soha. Unda juda ko`p istiloh (termin)lar mavjud. 
Ularning har birini atroflicha sharhlab chiqish katta hajmli alohida ishni taqozo 
qiladi. Chunki har bir milliy adabiyotning o`ziga xos she'r shakllari bor. Negaki she'r 
milliy tillarga xos xususiyatlar asosida paydo bo`ladi. Shu boisdan she'r tizimlari, 
vaznlari har bir xalq tilining ichki qonun-qoidalariga mos holda vujudga keladi. 
Jahon adabiyotida to`rtta she'r tizimi, ayniqsa, keng tarqalgan. bular: sillabik 
(bo`g`inlar miqdoriga ko`ra), metrik (turoq, to`xtam (pauza), takt miqdoriga ko`ra), 
sillabo-tonik (bo`g`in va ohang), tonik (ohang) tizimlaridir. 
Sillabik she'r tizimi bo`g`inlar miqdoriga asoslanadi. 
Turkiy xalqlar, jumladan, o`zbek xalq sheriyati, shuningdek, italyan, polyak, 
fransuz, ispan, rumin xalqlari she'riyati ham sillabik she'r tizimiga mansubdir. 
Metrik she'r tizimi esa bo`g`inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga 
asoslanadi. Grek, lotin, arab she'riyati shunday xususyaitga ega. 
Sillabo tonik she'r tizimi bo`lsa, urug`li, urg`usiz bo`g`inlarning ma'lum tartibda 
kelishiga asoslanadi. Rus she'riyati shundaydir. 
Radif qofiyadan keyin misralar oxirida takrorlanib keluvchi aynan bir xil so`z yoki so`z birikmasidir. Radif arabcha so`z bo`lib, "otga mingashib kelmoq" degan ma'noni bildiradi. Sharq she'riyatida radif keng qo`llaniladi. Jumladan, Alisher Navoiy g`azal, ruboiy, tuyuqlarida ham radiflar ko`p ishlatiladi. Masalan: Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz, Har neniki sevmak ondin ortiq bo`mas, Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz, Ushbu ruboiyda "seni ko`p sevarmen, ey umri aziz" so`zlari radif sifatida misralar oxirida takrorlanib kelgan. Radiflar yakka bir so`z yoki yuqoridagi singari bir necha so`zdan tashkil topgan ham bo`lishi mumkin. Turoq bo`g`inlar guruhidan tashkil topadi. Turoqlar guruhidan misralar vujudga keladi. Misralar ham xuddi bo`g`in, turoqlar singari uyushib, muayyan musiqiylik hosil qiladi. Misralarning bunday birikuvi bandlarni vujudga keltiradi. Band misradan ko`ra kengroq, ko`lamliroq fikrni anglatadi. Banddagi fikr muayyan tugallikka ega bo`ladi. U yaxlit manzarani gavdalantiradi. She'rshunoslik-maxsus soha. Unda juda ko`p istiloh (termin)lar mavjud. Ularning har birini atroflicha sharhlab chiqish katta hajmli alohida ishni taqozo qiladi. Chunki har bir milliy adabiyotning o`ziga xos she'r shakllari bor. Negaki she'r milliy tillarga xos xususiyatlar asosida paydo bo`ladi. Shu boisdan she'r tizimlari, vaznlari har bir xalq tilining ichki qonun-qoidalariga mos holda vujudga keladi. Jahon adabiyotida to`rtta she'r tizimi, ayniqsa, keng tarqalgan. bular: sillabik (bo`g`inlar miqdoriga ko`ra), metrik (turoq, to`xtam (pauza), takt miqdoriga ko`ra), sillabo-tonik (bo`g`in va ohang), tonik (ohang) tizimlaridir. Sillabik she'r tizimi bo`g`inlar miqdoriga asoslanadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o`zbek xalq sheriyati, shuningdek, italyan, polyak, fransuz, ispan, rumin xalqlari she'riyati ham sillabik she'r tizimiga mansubdir. Metrik she'r tizimi esa bo`g`inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga asoslanadi. Grek, lotin, arab she'riyati shunday xususyaitga ega. Sillabo tonik she'r tizimi bo`lsa, urug`li, urg`usiz bo`g`inlarning ma'lum tartibda kelishiga asoslanadi. Rus she'riyati shundaydir.  
 
Tonik she'r tizimi misralarda urg`usiz bo`g`in qancha bo`lishidan qat'i nazar, 
ritm hosil bo`lishi, urg`ularning bir maromda kelishiga asoslanadi. 
She'r tizimi xalq tili xususiyatlariga bog`liq hodisa sanaladi. O`zbek tili ifoda 
imkoniyatlari, grammatik me'yorlari sillabik va metrik she'r tizimiga mos tushadi. 
Sharq xalqlari she'riyatida aruz va barmoq vazni deb ataluvchi she'r tizimi keng 
tarqalgan. Hozirgi o`zbek she'riyatida esa ular bilan bir qatorda, erkin vazn deb 
yuritiluvchi tizim ham mavjud.  
 
She'r tizimi she'r tuzilishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri. Shu 
sababli she'r tizimi haqida konkret tasavvurga ega bo`lmay turib, she'r tuzilishini 
puxta o`rganib bo`lmaydi. 
Agar biz jahon poeziyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, unda turli-tuman 
she'r tizimlari borligani payqaymiz. Chunki sher tizimlari milliy tillarning tabiati 
bilan bog`liq. Jahon xalqlari tillar esa tabiatan xilma-xil bo`lib, ular turli-tuman 
oilalarga mansubdir. Demak, turli tillar tabiati taqozosiga ko`ra she'riy nutq tizimlari 
ham, she'r tuzilishi ham rang-barang bo`lishi tabiiy. Har bir she'r tizimida she'r 
yaratish, ya'ni vazn va ritmni, musiqiylikni vujudga keltirish usullari o`ziga xos 
bo`ladi. Chunonchi, beqaror urg`uli tillarda vaznni vujudga keltirish uchun 
misralarda urg`uning bir xilda kelishi shart bo`lsa, barqaror urg`uli tillarda vazn 
uchun urg`uning ahamiyagi yo`q. So`zlar bir-birlaridan ovozning past-balandligi 
jihatidan farq qiluvchi tillarda misralardagi ovoznint bir xilda bo`lishi zarur bo`lsa, 
boshqalarida buning hech qanday ahamiyati yo`q va hokazo. 
Jahon xalqlari poeziyasida keng qo`llanilayotgan asosiy sher tizimlari 
quyidagilar: metrik (antik), sillabik, tonik va sillabo-tonik... 
Barmoq she'r tizimi G`arb va Sharq uchun umumiy bo`lib, u barqaror urg`uli 
tillarda qo`llaniladi. Arab nazmida aruz she'r tizimida qo`llanilgan. Bu tizim 
keyinchalik eron va turkiy tillar she'riyatiga ham o`tgan va bu tillarning tabiatiga 
moslashib rivojlangan. 
O`zbek klassik adabiyotida faqat aruz tizimi qo`llanilgan bo`lsa, o`zbek xalq 
og`zaki poetik ijodida, asosan, barmoq vazni ishlatilgan. O`zbek poeziyasida esa har 
ikkala tizim ham muvaffaqiyat bilan qo`llanilmoqda. 
Tonik she'r tizimi misralarda urg`usiz bo`g`in qancha bo`lishidan qat'i nazar, ritm hosil bo`lishi, urg`ularning bir maromda kelishiga asoslanadi. She'r tizimi xalq tili xususiyatlariga bog`liq hodisa sanaladi. O`zbek tili ifoda imkoniyatlari, grammatik me'yorlari sillabik va metrik she'r tizimiga mos tushadi. Sharq xalqlari she'riyatida aruz va barmoq vazni deb ataluvchi she'r tizimi keng tarqalgan. Hozirgi o`zbek she'riyatida esa ular bilan bir qatorda, erkin vazn deb yuritiluvchi tizim ham mavjud. She'r tizimi she'r tuzilishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri. Shu sababli she'r tizimi haqida konkret tasavvurga ega bo`lmay turib, she'r tuzilishini puxta o`rganib bo`lmaydi. Agar biz jahon poeziyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, unda turli-tuman she'r tizimlari borligani payqaymiz. Chunki sher tizimlari milliy tillarning tabiati bilan bog`liq. Jahon xalqlari tillar esa tabiatan xilma-xil bo`lib, ular turli-tuman oilalarga mansubdir. Demak, turli tillar tabiati taqozosiga ko`ra she'riy nutq tizimlari ham, she'r tuzilishi ham rang-barang bo`lishi tabiiy. Har bir she'r tizimida she'r yaratish, ya'ni vazn va ritmni, musiqiylikni vujudga keltirish usullari o`ziga xos bo`ladi. Chunonchi, beqaror urg`uli tillarda vaznni vujudga keltirish uchun misralarda urg`uning bir xilda kelishi shart bo`lsa, barqaror urg`uli tillarda vazn uchun urg`uning ahamiyagi yo`q. So`zlar bir-birlaridan ovozning past-balandligi jihatidan farq qiluvchi tillarda misralardagi ovoznint bir xilda bo`lishi zarur bo`lsa, boshqalarida buning hech qanday ahamiyati yo`q va hokazo. Jahon xalqlari poeziyasida keng qo`llanilayotgan asosiy sher tizimlari quyidagilar: metrik (antik), sillabik, tonik va sillabo-tonik... Barmoq she'r tizimi G`arb va Sharq uchun umumiy bo`lib, u barqaror urg`uli tillarda qo`llaniladi. Arab nazmida aruz she'r tizimida qo`llanilgan. Bu tizim keyinchalik eron va turkiy tillar she'riyatiga ham o`tgan va bu tillarning tabiatiga moslashib rivojlangan. O`zbek klassik adabiyotida faqat aruz tizimi qo`llanilgan bo`lsa, o`zbek xalq og`zaki poetik ijodida, asosan, barmoq vazni ishlatilgan. O`zbek poeziyasida esa har ikkala tizim ham muvaffaqiyat bilan qo`llanilmoqda.  
 
Shuni aytish kerakki, barmoq bilan aruz aslida she'r vazni emas, balki she'r 
tizimlaridir. Chunki barmoqda ham, aruzda ham juda ko`plab vaznlar mavjud. 
Amalda, shartli ravshida, "barmoq vazni" va "aruz vazni" iboralar qo`llaniladi, xolos. 
Barmoq tizimining aruz tizimidan asosiy farqi shundaki, u bo`g`inlar sonining 
she'r misralarida bir xil miqdordaligiga qatiy amal qiladi. Barmoqda yozilgan 
she'rning birinchi misrada necha bo`g`in bo`lsa va turoqlar miqdori hamda tartibi 
qanday bo`lsa, she'rning boshqa misralarida ham shu sxema aynan takrorlanadi. 
She'rdagi ana shu ritmik uyushqoqlik, odatda, misradagi bo`g`inlarning sonini 
barmoq bilan sanab aniqlanadi. 
Shunga ko`ra, she'r tuzilishining bu usuli, shartli ravishda, barmoq tizimi deb 
yuritiladi. Masalan: 
 4 
 
5 
Odam zoti /  dunyodaki bor,    9 
4  
5 
Uning bilan /  muhabbatdir yor;   9 
4      5 
Uni bilmas / yurak topilmas,  9 
4     5 
 
 Uni bilmas / otlar chopilmas.  9 
  
 
 
 
 
(Hamid Olimjon). 
 
Yuqoridagi she'r bandining vaznini aniqlash uchun, dastlab, birinchi misradagi 
bo`g`iilarni barmoqlarimizni bukish yo`li bilan sanab chiqamiz (9 bo`g`in), 
ikkinchidan, unda nechta turoq borligini (ikkita turoq) va ular qay tartibda 
joylashganini (4+9) aniqlaymiz. Natijada birinchi misraning bo`g`inlar miqdori va 
turoqlar soni hamda tartibi aniq bo`lib qoladi (4+5=9). 
Aniqlangan sxema asosida she'rning qolgan misralarini birma-bir tekshirib 
chiqamiz. Shu tekshirish natijasida birinchi misra sxemasi (4+5=9) boshqa 
misralarda ham aynan saqlanganligi aniqlansa (4+5=9)-bu she'r barmoq tizimining 
bir vazni (4+5=9)da yozilganligi bilinadi. 
 
Barmoq vazni turkiy til xususiyatlariga asoslangan she'r tizimidir. Shuning 
uchun o`zbek xalqining eng qadimgi og`zaki she'riyati namunalari ayni shu vaznda 
Shuni aytish kerakki, barmoq bilan aruz aslida she'r vazni emas, balki she'r tizimlaridir. Chunki barmoqda ham, aruzda ham juda ko`plab vaznlar mavjud. Amalda, shartli ravshida, "barmoq vazni" va "aruz vazni" iboralar qo`llaniladi, xolos. Barmoq tizimining aruz tizimidan asosiy farqi shundaki, u bo`g`inlar sonining she'r misralarida bir xil miqdordaligiga qatiy amal qiladi. Barmoqda yozilgan she'rning birinchi misrada necha bo`g`in bo`lsa va turoqlar miqdori hamda tartibi qanday bo`lsa, she'rning boshqa misralarida ham shu sxema aynan takrorlanadi. She'rdagi ana shu ritmik uyushqoqlik, odatda, misradagi bo`g`inlarning sonini barmoq bilan sanab aniqlanadi. Shunga ko`ra, she'r tuzilishining bu usuli, shartli ravishda, barmoq tizimi deb yuritiladi. Masalan: 4 5 Odam zoti / dunyodaki bor, 9 4 5 Uning bilan / muhabbatdir yor; 9 4 5 Uni bilmas / yurak topilmas, 9 4 5 Uni bilmas / otlar chopilmas. 9 (Hamid Olimjon). Yuqoridagi she'r bandining vaznini aniqlash uchun, dastlab, birinchi misradagi bo`g`iilarni barmoqlarimizni bukish yo`li bilan sanab chiqamiz (9 bo`g`in), ikkinchidan, unda nechta turoq borligini (ikkita turoq) va ular qay tartibda joylashganini (4+9) aniqlaymiz. Natijada birinchi misraning bo`g`inlar miqdori va turoqlar soni hamda tartibi aniq bo`lib qoladi (4+5=9). Aniqlangan sxema asosida she'rning qolgan misralarini birma-bir tekshirib chiqamiz. Shu tekshirish natijasida birinchi misra sxemasi (4+5=9) boshqa misralarda ham aynan saqlanganligi aniqlansa (4+5=9)-bu she'r barmoq tizimining bir vazni (4+5=9)da yozilganligi bilinadi. Barmoq vazni turkiy til xususiyatlariga asoslangan she'r tizimidir. Shuning uchun o`zbek xalqining eng qadimgi og`zaki she'riyati namunalari ayni shu vaznda  
 
yaratilgan" Mahmud Qoshg`ariyning "Devoni lug`otit turk" asari yetti bo`g`indan 
tuzilgan, 4+3 shaklida turoqlangan, a-a-a-b tarzida qofiyalangan. 
O`zbek xalq dostonlari, masalan, "Alpomish" dostonidagi she'rlar ham, 
shuningdek, maqollar, hikmatli so`zlar ham barmoq vazniga mansubdir. Barmoq 
vazni misralarda bo`g`inlarning muayyan miqdoriga va bir xil turoqlarning o`ziga 
xos tartibda takrorlanishiga asoslangan she'r tizimidir. Misralardagi bo`g`inlar 
miqdori barmoq bilan sanalgani sababli, mazkur sher tizimi barmoq vazni deyiladi. 
Barmoq vaznida birinchi misrada bo`g`inlar mikdori va turoqlar tartibi qanday 
bo`lsa, qolgan misralarda ham aynan shunday bo`ladi. Masalan, Abdulla Oripovning 
"Tilla baliqcha" she'ri shunday boshlanadi: 
 
Tuxumdan chiqdi-yu  keltirib uni  
Shu loyqa hovuzga tomon yutdilar.  
Tashlandiq ushoq yeb o`tadi kuni,  
Xoru xas, xazonlar  ustin yopdilar. 
 
Barmoq vaznidagi she'rlar turoq, qofiya, band ritm (zarb)ni vujudga 
keltiradigan asosiy unsur hisoblanadi. 
 
 
Aruz (arabcha “arz qilmoq”) - Sharq xalqlari adabiyotlarida, jumladan o`zbek 
adabiyotida keng qo`llanilgan o`ziga xos vaznlar tizimi. 
Aruz vazni hijolarning talaffuzdagi uzun-qisqaligiga asoslangan bo`lib, musiqa 
bilan chambarchas bog`liqdir. Aruz vaznida bo`g`inlarning "qisqa" va "cho`ziq" 
ligiga alohida e'tibor beriladi. Aruzda "cho`ziq" va "qisqa" tushunchalarini harf va 
tovushga nisbatan emas, bo`g`in-hijoga nisbatan qo`llaniladi. 
Cho`ziq bo`g`in "-" va qisqa bo`g`in "V" ishorasi bilan belgilanadi. 
 
O-ra-zin yo- p qoch ko`-zim-din so-chi-lur har lah-za yosh 
fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun 
O`y-la-kim pay-do bo`-lur yul-duz ni-hon bo`l-g`och qu-yosh 
fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun 
yaratilgan" Mahmud Qoshg`ariyning "Devoni lug`otit turk" asari yetti bo`g`indan tuzilgan, 4+3 shaklida turoqlangan, a-a-a-b tarzida qofiyalangan. O`zbek xalq dostonlari, masalan, "Alpomish" dostonidagi she'rlar ham, shuningdek, maqollar, hikmatli so`zlar ham barmoq vazniga mansubdir. Barmoq vazni misralarda bo`g`inlarning muayyan miqdoriga va bir xil turoqlarning o`ziga xos tartibda takrorlanishiga asoslangan she'r tizimidir. Misralardagi bo`g`inlar miqdori barmoq bilan sanalgani sababli, mazkur sher tizimi barmoq vazni deyiladi. Barmoq vaznida birinchi misrada bo`g`inlar mikdori va turoqlar tartibi qanday bo`lsa, qolgan misralarda ham aynan shunday bo`ladi. Masalan, Abdulla Oripovning "Tilla baliqcha" she'ri shunday boshlanadi: Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni Shu loyqa hovuzga tomon yutdilar. Tashlandiq ushoq yeb o`tadi kuni, Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar. Barmoq vaznidagi she'rlar turoq, qofiya, band ritm (zarb)ni vujudga keltiradigan asosiy unsur hisoblanadi. Aruz (arabcha “arz qilmoq”) - Sharq xalqlari adabiyotlarida, jumladan o`zbek adabiyotida keng qo`llanilgan o`ziga xos vaznlar tizimi. Aruz vazni hijolarning talaffuzdagi uzun-qisqaligiga asoslangan bo`lib, musiqa bilan chambarchas bog`liqdir. Aruz vaznida bo`g`inlarning "qisqa" va "cho`ziq" ligiga alohida e'tibor beriladi. Aruzda "cho`ziq" va "qisqa" tushunchalarini harf va tovushga nisbatan emas, bo`g`in-hijoga nisbatan qo`llaniladi. Cho`ziq bo`g`in "-" va qisqa bo`g`in "V" ishorasi bilan belgilanadi. O-ra-zin yo- p qoch ko`-zim-din so-chi-lur har lah-za yosh fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun O`y-la-kim pay-do bo`-lur yul-duz ni-hon bo`l-g`och qu-yosh fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun  
 
 
Til koidasiga ko`ra, bo`g`in ochiq (unli bilan tugagan va yopiq undosh bilan 
tugagan) bo`g`in turlariga bo`linadi: aruzdagi hijo qisqa ("V") va cho`ziq (“-“) 
hijolarga bo`linadi. 
Aruz qoidasiga muvofiq, unlilardan a, i, u va e (yoki yo) bilan tugagan hijo 
qisqa hijo bo`ladi. 
Aruz qoidasiga muvofiq, unlilardan a, i,u va e (yoki yo) bilan tugagan hijo qisqa 
hijo bo`ladi. (Agar shu unlilar bilan tugagan hijoga urg`u tushsa, u cho`ziq hijoga 
aylanadi. Barcha undoshlar va unlilardan O (alif) bilan tugagan hijolaor cho`ziq 
hijodir. 
 
RUKN 
Aruzshunoslikda juzv, ya'ni hijodan katta ammo vazndan kichik ritmik birlik 
rukn deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, she'rdagi misralar ma'lum tartibga ega 
bo`lgan bir yoki bir necha bo`g`indan iborat ega bo`lgan bo`laklarga bo`linib talaffuz 
qilinadi. 
Misraning ana shunday bo`laklari rukn deb ataladi. Rukn bir bo`g`indan tortib, 
besh bo`g`ingacha bo`ladi. Misralardagi ruknlar bir-biridan qisqa pauza bilan 
ajraladi. Masalan: O`zbek aruzida sakkizta asl rukn bor. Sakkizta als ruknning har 
biri maxsus arabcha nom bilan yuritiladi. Aruz tizimidagi asl ruknlarning nomlari, 
tuzilishi, paradigmalari kuyidagicha: 
№ 
 
Nomi 
 
Tuznlishi 
 
Paradigmasi 
 
1 
 
Faulun 
 
 
 
V- - 
 
2 
 
Foilun 
 
 
 
-V - 
 
3 
 
Mafoiylun 
 
 
 
V--- 
 
4 
 
Foilotun 
 
 
 
-V - - 
 
5 
 
Mustaf'ilun 
 
 
 
-- V - 
 
6 
 
Maf'ulotu 
 
 
 
---V 
 
Sakkiz asl ruknniig har biridan qator far'iy ruknlar va ularning turlari kelib 
chiqadi. She'r o`lchovidagi ritmik birliklardan yana biri vazndir. Vazn bir yoki bir 
necha rukndan iborat bo`ladi. Vazn tarkibidagi ruknlar bir yoki bir necha xil bo`lishi 
mumkin. Masalan: 1) foilotun asl ruknning uch marta va foilun ruknining uch marta 
va foilun ruknining bir marta kelishi natijasida 15 hijoli quyidagi vazn hosil bo`ladi. 
1. 
Zulm i-la qah ru g`a-zab iz hor (i) qil-moq shun-cha-lar, 
fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun 
Til koidasiga ko`ra, bo`g`in ochiq (unli bilan tugagan va yopiq undosh bilan tugagan) bo`g`in turlariga bo`linadi: aruzdagi hijo qisqa ("V") va cho`ziq (“-“) hijolarga bo`linadi. Aruz qoidasiga muvofiq, unlilardan a, i, u va e (yoki yo) bilan tugagan hijo qisqa hijo bo`ladi. Aruz qoidasiga muvofiq, unlilardan a, i,u va e (yoki yo) bilan tugagan hijo qisqa hijo bo`ladi. (Agar shu unlilar bilan tugagan hijoga urg`u tushsa, u cho`ziq hijoga aylanadi. Barcha undoshlar va unlilardan O (alif) bilan tugagan hijolaor cho`ziq hijodir. RUKN Aruzshunoslikda juzv, ya'ni hijodan katta ammo vazndan kichik ritmik birlik rukn deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, she'rdagi misralar ma'lum tartibga ega bo`lgan bir yoki bir necha bo`g`indan iborat ega bo`lgan bo`laklarga bo`linib talaffuz qilinadi. Misraning ana shunday bo`laklari rukn deb ataladi. Rukn bir bo`g`indan tortib, besh bo`g`ingacha bo`ladi. Misralardagi ruknlar bir-biridan qisqa pauza bilan ajraladi. Masalan: O`zbek aruzida sakkizta asl rukn bor. Sakkizta als ruknning har biri maxsus arabcha nom bilan yuritiladi. Aruz tizimidagi asl ruknlarning nomlari, tuzilishi, paradigmalari kuyidagicha: № Nomi Tuznlishi Paradigmasi 1 Faulun V- - 2 Foilun -V - 3 Mafoiylun V--- 4 Foilotun -V - - 5 Mustaf'ilun -- V - 6 Maf'ulotu ---V Sakkiz asl ruknniig har biridan qator far'iy ruknlar va ularning turlari kelib chiqadi. She'r o`lchovidagi ritmik birliklardan yana biri vazndir. Vazn bir yoki bir necha rukndan iborat bo`ladi. Vazn tarkibidagi ruknlar bir yoki bir necha xil bo`lishi mumkin. Masalan: 1) foilotun asl ruknning uch marta va foilun ruknining uch marta va foilun ruknining bir marta kelishi natijasida 15 hijoli quyidagi vazn hosil bo`ladi. 1. Zulm i-la qah ru g`a-zab iz hor (i) qil-moq shun-cha-lar, fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun  
 
2. 
fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun vazni 
 
Aruz tizimida vaznlar juda ko`p va ular rang-barangdir. A.Navoiyning 
uqgirishicha, aruz tizimida 100 dan ortiq vazn bor. Z.M.Boburning qayd etishicha 
aruzdagi vaznlar soni 537 taga yetadi. Bu faktning o`ziyoq aruz tizimining vaznlarga 
boyligini ko`rsatadi. 
 
 
BAHRLAR  
Bahr (arabcha: “dengiz”, “daryo”, “vazn”) aruz tizimidagi o`zaklari jihatidan 
bir-biriga yaqin vaznlar turkumi bo`lib, o`lchov birligi emas, vaznlar tasnifiga oid 
tushunchadir. Vaznlarni bahrlarga bo`lishda asl ruknlar asos qilib olingan. Arab 
adibi va olimi Xalil ibn Ahmad ilk daf'a aruzdagi 15 bahrni kashf etgan emas. Xalil 
ibn Ahmaddan so`ng Abulhasan Axfali aruzga "mutadorik" bahrini qo`shdi. Keyingi 
aruzchilar esa arab poeziyasida qo`llanilmaydigan yana uch bahrni aniqlab, ularni 
"qarib", "jadid" va "mushokil" deb ataganlar. Shunday qilib, aruz tizimidagi 19-bahr 
kashf qilingan. 
Aruz bahrlari: tavil, basit, komil, vofir, madid, ramal, hazaj, rajaz, munsarih, 
muzori', sari', hafif, mujtass, muqtazab, mutaqorib, mutadorik, qarib, jadid mushokil. 
Bu 19 bahrdan-tavil, madid, basit, vofir komillar arab she'riyatiga mansub 
bo`lsa qolgan bahrlar-fors-tojik va turkiy xalqlar she'riyatiga tegishlidir. 
Vofir bahri talablari o`zbek tili xususiyatlariga to`g`ri kelmaganligi uchun 
o`zbek shoirlari bu bahrda she'r yozishmagan. 
Hazaj bahri mafoiylun ruknining takrorlanishi asosida paydo bo`lgan. Uning 
uch guruhi (hazaji musamman, hazaji musaddas, hazaji murabba') mavjud. Hazaji 
musamman hazaj bahrining o`n olti bo`g`inli vaznidir. Mazkur bahrning o`n ikki 
bo`g`inli. vazni esa hazaji musaddas deb yuritiladi. Sakkiz bo`g`inli vazni hazaji 
murabba' deyiladi. 
Rajaz bahri mustaf'ilun ruknining takrorlanishi asosida asosida vujudga kelgan. 
Bu bahrining o`n olti bo`g`inli vazni razaji musammani solim, o`n ikki bo`g`inlisi 
razaji musaddasi solim deb yurigiladi. 
2. fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun vazni Aruz tizimida vaznlar juda ko`p va ular rang-barangdir. A.Navoiyning uqgirishicha, aruz tizimida 100 dan ortiq vazn bor. Z.M.Boburning qayd etishicha aruzdagi vaznlar soni 537 taga yetadi. Bu faktning o`ziyoq aruz tizimining vaznlarga boyligini ko`rsatadi. BAHRLAR Bahr (arabcha: “dengiz”, “daryo”, “vazn”) aruz tizimidagi o`zaklari jihatidan bir-biriga yaqin vaznlar turkumi bo`lib, o`lchov birligi emas, vaznlar tasnifiga oid tushunchadir. Vaznlarni bahrlarga bo`lishda asl ruknlar asos qilib olingan. Arab adibi va olimi Xalil ibn Ahmad ilk daf'a aruzdagi 15 bahrni kashf etgan emas. Xalil ibn Ahmaddan so`ng Abulhasan Axfali aruzga "mutadorik" bahrini qo`shdi. Keyingi aruzchilar esa arab poeziyasida qo`llanilmaydigan yana uch bahrni aniqlab, ularni "qarib", "jadid" va "mushokil" deb ataganlar. Shunday qilib, aruz tizimidagi 19-bahr kashf qilingan. Aruz bahrlari: tavil, basit, komil, vofir, madid, ramal, hazaj, rajaz, munsarih, muzori', sari', hafif, mujtass, muqtazab, mutaqorib, mutadorik, qarib, jadid mushokil. Bu 19 bahrdan-tavil, madid, basit, vofir komillar arab she'riyatiga mansub bo`lsa qolgan bahrlar-fors-tojik va turkiy xalqlar she'riyatiga tegishlidir. Vofir bahri talablari o`zbek tili xususiyatlariga to`g`ri kelmaganligi uchun o`zbek shoirlari bu bahrda she'r yozishmagan. Hazaj bahri mafoiylun ruknining takrorlanishi asosida paydo bo`lgan. Uning uch guruhi (hazaji musamman, hazaji musaddas, hazaji murabba') mavjud. Hazaji musamman hazaj bahrining o`n olti bo`g`inli vaznidir. Mazkur bahrning o`n ikki bo`g`inli. vazni esa hazaji musaddas deb yuritiladi. Sakkiz bo`g`inli vazni hazaji murabba' deyiladi. Rajaz bahri mustaf'ilun ruknining takrorlanishi asosida asosida vujudga kelgan. Bu bahrining o`n olti bo`g`inli vazni razaji musammani solim, o`n ikki bo`g`inlisi razaji musaddasi solim deb yurigiladi.  
 
Ramal bahri foilotun ruknining baytlarda va misralarda turlicha takrorlanishi 
asosida hosil bo`ladi. Uning ham uch guruhi mavjud: musammai, musaddas, 
murabba'. 
Hazaj, rajaz. ramal va boshqa bahrlarning har birida ko`pdan-ko`n vaznlar 
mavjud. Ularning har birini bo`g`in, ruknlari takroriga muvofiq paradigma 
(chizma)sini belgilash mumkin. 
 
SAVOL VA TOPShIRIQLAR: 
1. 
She'riy nutqning o`ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. 
2. 
Bo`g`in va turoq she'r tuzilishida qanday vazifani o`taydi?  
3. 
Vazn nima? 
4. 
Vaznning qanday turlarini bilasiz?  
5. 
Qofiya nima?  
6. 
Radif nima?  
7. 
Refren nima?  
8. 
Naqorat nima?  
9. 
She'riy sistema nima?  
10. 
 Qanday she'riy sistemalarni bilasiz? 
11. 
 She'riy tizimlar nima? 
12. 
 Qanday she'riy tizimlarni bilasiz? 
13. 
 Barmoq vazni haqida matlumot bering. 
14. 
 O`zbek-sheriyatida nechta vazn bor? 
15. 
 Barmoq vazni bilan aruz vaznining farqi 
nimada? 
16. 
 She'rda qofiyaning o`rni bormi? 
 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR: 
1. 
Adabiy tur va janrlar. 3 tomlik. Toshkent, 1991-92 yillar.  
2. 
T. Boboyev. "She'r ilm ta'limi. Toshkent, 1996 yil.  
3. 
T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. T., 2003 
4. 
A.Hojiahmedov. She'riy san'atlar va mumtoz qofiya. Toshkent, 
1998 yil.    
Ramal bahri foilotun ruknining baytlarda va misralarda turlicha takrorlanishi asosida hosil bo`ladi. Uning ham uch guruhi mavjud: musammai, musaddas, murabba'. Hazaj, rajaz. ramal va boshqa bahrlarning har birida ko`pdan-ko`n vaznlar mavjud. Ularning har birini bo`g`in, ruknlari takroriga muvofiq paradigma (chizma)sini belgilash mumkin. SAVOL VA TOPShIRIQLAR: 1. She'riy nutqning o`ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. 2. Bo`g`in va turoq she'r tuzilishida qanday vazifani o`taydi? 3. Vazn nima? 4. Vaznning qanday turlarini bilasiz? 5. Qofiya nima? 6. Radif nima? 7. Refren nima? 8. Naqorat nima? 9. She'riy sistema nima? 10. Qanday she'riy sistemalarni bilasiz? 11. She'riy tizimlar nima? 12. Qanday she'riy tizimlarni bilasiz? 13. Barmoq vazni haqida matlumot bering. 14. O`zbek-sheriyatida nechta vazn bor? 15. Barmoq vazni bilan aruz vaznining farqi nimada? 16. She'rda qofiyaning o`rni bormi? FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR: 1. Adabiy tur va janrlar. 3 tomlik. Toshkent, 1991-92 yillar. 2. T. Boboyev. "She'r ilm ta'limi. Toshkent, 1996 yil. 3. T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. T., 2003 4. A.Hojiahmedov. She'riy san'atlar va mumtoz qofiya. Toshkent, 1998 yil.  
 
5. 
A.Hojiahmedov. Sheriy san'atlar va mumtoz qofiya. Toshkent, 
1998 yil. 
6. 
A.Ulug`ov.Adabiyotshunoslikka kirish."Universitet", 2018.  
7. 
O`zbek adabiyotida janrlar tipologiyasi va uslub rang-barangligi. 
Toshkent, 1983 yil. 
8. 
D. Quronov. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. T., 2018. 
9. 
D. Quronov va boshqalar Adabiyotshunoslik lug’ati. – T., 2013 (qayta 
nashr) 
 
5. A.Hojiahmedov. Sheriy san'atlar va mumtoz qofiya. Toshkent, 1998 yil. 6. A.Ulug`ov.Adabiyotshunoslikka kirish."Universitet", 2018. 7. O`zbek adabiyotida janrlar tipologiyasi va uslub rang-barangligi. Toshkent, 1983 yil. 8. D. Quronov. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. T., 2018. 9. D. Quronov va boshqalar Adabiyotshunoslik lug’ati. – T., 2013 (qayta nashr)