SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI. ICHAK VA SIYDIK OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI PARVARISHLASH
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
24,3 KB
SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA
BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI. ICHAK VA SIYDIK
OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI PARVARISHLASH
Operatsiyadan so’nggi davr to’g’risida tushuncha. Operatsiyadan so’nggi davr
– bu operatsiya tugagandan to bemorning kasalxonadan tuzalib chiqib, mehnat
faoliyati tiklanguncha bo’lgan davri hisoblanadi. Operatsiya hajmi, xarakteri va
bemor umumiy holatiga ko’ra bu davr bir necha kundan bir necha oygacha
cho’zilishi mumkin. Xirurgik operatsiya natijasi operatsiyadan so’nggi davr qanday
olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Bu davrda bemorlarni parvarishda o’rta tibbiyot
xodimi o’rni juda katta. Vrach ko’rsatmasini to’g’ri va o’z vaqtida bajarish, bemorga
to’g’ri munosabatda bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi hisoblanadi.
Kichik operatsiyalardan keyin, asosan mahalliy og’riqsizlantirilib qilingan
operatsiyalardan keyin bemor bolani umumiy palataga qo’yiladi. Ko’krak yoshidagi
bolani onasi qo’liga beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor maxsus
jihozlangan, reanimatsion yordam ko’rsatishga mo’ljallangan operatsiyadan keyingi
palatalarga o’tkaziladi. Operatsiya xonasidan bemor bolani operatsiyadana keyingi
palataga o’tkazish vrach-anesteziolog yoki operatsiyadana keyingi palata hamshirasi
yordamida amalga oshiriladi. Bu vaqtda bemorga qo’shimcha jarohat yetkazmaslik,
bog’lamni surib yubormaslik, gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat berish lozim.
Operatsion stoldan bemorni katalkaga o’tkaziladi va unda operatsiyadana keyingi
palataga olib boriladi. Katalka zambili bilan krovatni oyoq tomoniga to’g’rilab
qo’yiladi. Keyin katalkadan bemorni qo’lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni
boshqa holatda, ya’ni zambilni krovatni bosh tomoniga to’g’rilab ham yotqizsa
bo’ladi
Hozirgi
vaqtda
umumiy
narkoz
stida
o’tkazilgan
murakkab
operatsiyalardan keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo’limiga o’tqaziladi.
Keyinchalik bemor ahvoli yaxshilanishiga qarab operatsiyadan so’nggi palataga
yoki umumiy palataga o’tkaziladi. Operatsiyadan so’nggi palata katta bo’lmasligi
lozim (ko’pi bilan 2-3 bemorga mo’ljallangan). Bu
palatada
markazlashgan
kislorod berish tizimi va reanimatsion yordam ko’rsatishga kerak bo’ladigan hamma
instrumentlar jamlanmasi, apparatlar, dori vositalari bo’lishi shart.
Asosan bemorga ma’qul joylanishni amalga oshirishga imkon beradigan
fuksional krovatlar bo’ladi. Krovatga tagidan kleyenka qo’yilgan toza oqlik solingan
bo’ladi. Bemorni krovatga yotqizishdan oldin oqliklar isitgich bilan isitiladi.
Bemorni kuzatish va parvarishlash. Operatsiyadan keyingi davrda bemorni
kuzatish va parvarishlashda vrach roli katta ahamiyat kasb etadi. Bemor shikoyatini
tinglash, bemorni yuzi holatiga (stradalgik, xotirjam, tetik va h.o.), teri rangiga
(rangpar, qizargan, ko’kargan) va tana haroratiga (tushishi, normal, ko’tarilishi)
ahamiyat qilish lozim. Har kuni bemorni umumiy ko’rikdan o’tkazish kerak.
Hayotiy muhim a’zolar faoliyatini doimo kuzatib turish lozim. Har xil asoratlarni
oldini olish – bu to’g’ri tashkil qilingan bemorni parvarishidir.
Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi baholaydi. Puls
sekinlashib to’liqligini kuchayishi (daqiqada 40-50 zarba) markaziy nerv sistemasini
buzilishi (bosh miya shishi yoki bosh miyaga qon quyilishi), meningit sababli
bo’lishi mumkin. Puls tezlashib to’liqligini susayishi (daqiqada 100 zarba)
ikkilamchi shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi. Agarda ushbu holat birdan,
ko’krak qafasida og’riq va qon tuflash bilan boshlansa o’pka arteriyasi emboliyasi
to’g’risida o’ylash mumkin. Bu holda bemor bir necha soniyada o’lib qoladi.
Operatsiyadan so’nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat’iy nazar o’pka
ventilyatsiyasi kamaydi (yuzaki, tez nafas olish). Bu holat o’pka nafas ekskursiyasini
kamayishi (og’riq, bemorni majburiy holati), bronxlarga suyuqlik to’planishi
(balg’amni yaxshi ko’chmasligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunday holatlar nafas
yetishmovchiligiga va o’pka yallig’lanishiga olib keladi. Nafas yetishmovchiligi va
operatsiyadan keyingi davrda o’pka yallig’lanishini profilaktikasi: bemorni erta
aktiv harakatlantirish, davolovchi fizkultura, massaj, davriy ravishda kislorod
ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg’am ko’chiruvchi dorilar berish.
Har bir operatsiya hazm qilish a’zolari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, hattoki
ushbu a’zolarda operatsiya o’tkazilmagan bo’lsa ham. Markaziy nerv sistemasini
tormozlovchi ta’siri, operatsiyadan keyingi davrda bemor harakatini cheklanishi
hazm qilish a’zolari disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a’zolari “oynasi” –
tildir.
Til qurishi organizmni ko’p suv yo’qotishini va suv almashinuvini buzilganini
bildiradi. Zich oq karash bilan qoplangan quruq, yorilgan til esa qorin bo’shlig’i
a’zolari patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi.
Og’iz quriganda og’iz bo’shlig’ini nim tuzli suv, yoriqlar bo’lganda esa soda
eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq), 2% bor kislotasi, vodorod pereoksid
eritmasi (bir stakan suvga 2 choy qoshiq), 0,05-0,1% kaliy permanganat eritmasi
bilan chayish, glitserin surtish tavsiya etiladi. Og’iz qurish fonida stomatit (og’iz
shilliq qavati yallig’lanishi) yoki parotit (quloq orldi bezi yallig’lanishi) rivojlanishi
mumkin. Salivatsiyani kuchaytirish maqsadida suvga limon yoki klyukva soki
qo’shiladi.
Ko’ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi, peritonit tufayli
kelib chiqadi. Ko’ngil aynish va qusishni sababini aniqlash lozim. Birinchi yordam:
boshni yon tomonga buriladi, burundan ingichka zond o’tkaziladi va oshqozon
yuviladi.
Meteorizm sababi bo’lib ichak parezi yoki ichaklarda gaz yig’ilishi
hisoblanadi. Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni tez-tez turg’azish, gaz
chiqaruv naycha qo’yish, tozalovchi yoki gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi.
Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat kletchatkaga boy
bo’lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha, kefir, mevalar) ega bo’lishi
lozim. Huqna qilsa ham bo’ladi.
Normada bemor sutkasiga 1500 ml siydik ajratadi. Ba’zi holatlarda buyraklar
faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor va h.o. sabablar), to siydik ajratishni
to’xtashigacha – anuriyagacha. Ba’zan buyrak normal ishlashi fonida siydik ajralishi
vaqtincha to’xtaydi – ishuriya, asosan nerv-reflektor sababga ko’ra. Ishuriyada
bemor ahvoli ko’tarsa bemor turg’iziladi, o’tqiziladi, qorin pastki sohalariga isitkich
qo’yiladi, isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga suv tomiziladi (reflektor ta’sir). Bu
muolajalar natija bermasa siydik qopiga kateter qo’yiladi.
Operatsiyadan so’nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga ega. Injiq bemor
rejim va ko’rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli ham ularda yara bitishi asoratli
bo’ladi. Operatsiyadan so’nggi davrda nerv-psixik zo’riqishni kamaytirish lozim. Bu
esa nafaqat dori bilan, balki yaxshi parvarish bilan amalga oshiriladi.
Bog’lamni kuzatish. Narkozdan uyg’onayotganda bemor qimirlab bog’lamni
olib tashlashi yoki surib qo’yishi mumkin. Bu esa yaradan qon ketishiga yoki yara
ifloslanib yiringlashiga olib kelishi mumkin. Ba’zida bola uxlab yotganda ham
bog’lam qon bilan ifloslanib qolishi mumkin. Povyazka mojet propitat’sya krov’yu
i pri spokoynom sostoyanii bol’nogo. Bunday holatlarda hamshira tezda vrachni
ogohlantirishi kerak va ifloslangan bog’lam almashtirilishi lozim.
Terini parvarishlash. Terini noto’g’ri parvarishlasak suyak chiqib turgan
joylarda yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin. Klinik jihatdan bu teri qizarishi bilan
namoyon bo’ladi. Keyinchalik bu sohada to’qima o’ladi, teri ko’chadi, to’qimalarni
yiringli parchalanishi yuzaga keladi. Yotoq yaralar profilaktikasi: operatsiyadan
keyingi davrda bemorni aktiv holatga keltirish, terini kamfora spirti bilan artib turish,
massaj, tanani yumshatib turuvchi yumshoq doira balonchalarni ishlatish. Davolash:
antiseptik eritma bilan tozalash, Vishnevskiy mazi bilan bog’lam qo’yish, 5% kaliy
permanganat eritmasida yuvish. Defekatsiyadan keyin albatta oraliq soha yuvilishi
lozim. Ayollarda defekatsiya bo’masa ham har kuni oraliq soha yuvilishi lozim.
Bolalar sovuq qotishga juda sezgir bo’lishadi. Shu sababli ham operatsiya
xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo harorati 20-22°S bo’lishi kerak.
Chala tug’ilgan va chaqaloqlarda alohida maxsus xonalar bo’lishi lozim. U yerda
havo harorati 22-26°S bo’lishi kerak. Havo harorati 34-37°С bo’lgan ochiq yoki
yopiq kyuvezlar bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir.
Operatsiyadan keyin bemor narkozdan uyg’onguncha chalqancha gorizontal
holatda yotishi lozim. Birdan bosh tomonini ko’tarish tavsiya etilmaydi, sababi
bolani kollapsga tushishiga olib kelishi mumkin.
Qusish paytida bemorni yonida kuzatib turish kerak. Bunday paytda bola
boshini yonboshga burish lozim. Qusishdan keyin bemor og’zi paxta bilan artiladi.
Operatsiyadan keyingi kuni tanani yuqori qismi 30° burchak ostida ko’tarilishi
lozim. Asosan bu davrda drenaj naychalar va kateterlarga ehtiyot bo’lish kerak.
Sababi bola ulardan tezroq xalos bo’lishni xohlaydi va qo’li bilan yulib tashlashi
mumkin.
Agar mahalliy og’riqsizlantirish ostida operatsiya bo’lgan bo’lsa suv (shirin
choy) ichirish mumkin. Umumiy narkozda operatsiya bo’lgan bo’lsa 4-6 soatdan
keyin, shuningdek qusish bo’lmasa suyuqlik beriladi.
Bemorni ovqatlantirish 6-8 soatdan keyin boshlanadi. Ovqat turi, tarkibi bolani
yoshiga, kasallik xarakteriga va operatsiya turiga bog’liq bo’ladi. Suv-tuz va oqsil
o’rnini to’ldirishga, yetarli vitaminlar berishga katta ahamiyat beriladi.
Gaz chiqarish maqsadida har kuni orqa teshikka gaz chiqaruv naycha qo’yish
tavsiya etiladi.
Bolalardagi xususiyatlardan biri shuki, kichkina operatsiyalardan keyin ham
tana harorati 40-41°Cgacha ko’tarilishi mumkin.
Shuningdek operatsiya bo’lgan bolalar talvasaga tushishga moyil bo’ladilar.
Talvasa gipoksiya, giperkapniya, novokain dozasini oshirganda, gipertermiya
holatida bosh miyani narkotik modddalar ta’sirida ta’sirlanishida yuzaga kelishi
mumkin.
Hamshira har kuni asosiy funksional ko’rsatkichlarni yozib borishi
lozim: puls, nafas, arterial bosim, harorat, ichilgan va chiqarilgan suyuqlik (siydik,
plevra yoki qorin bo’shlig’idan chiqqan suyuqlik) miqdori.
Bemorni turishiga faqat vrach ruxsat beradi. Hozirgi vaqtda operatsiya turi va
og’irligiga qarab erta turish (2-3 sutkada) tavsiya etiladi.
Kichik operatsiyalardan keyin (appendektomiya, churrani kesish) choklar 7-8-
sutkada olinadi. Qorin bo’shlig’i (oshqozon rezeksiyasi, xoletsistektmoiya), ko’krak
qafasi ochilgan (pulmoektomiya, lobektomiya) operatsiyalardan keyin choklar 9-10
sutkada olinadi. Choklar faqat tibbiy instrument yordamida olinadi, aseptik bog’lam
qo’yiladi.
Operatsiyadan keyingi asorat o’tkazilgan operatsiyaga yoki narkozga bog’liq
bo’ladi.
Kolostomiyani parvarishlash
Axlatli oqma (kolostoma) – bu notabiiy orqa teshik bo’lib, axlat massalarini
chiqarish uchun xizmat qiladi. Asosan chap yonbosh sohaga qo’yiladi.
Maqsad. Kolostoma atrof terisini yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma. Har gal axlat kelgandan keyin tozalash maqsadida.
Kerakli anjomlar. Steril doka salfetkalar va paxta shariklar; steril pinset,
shpatel; qaychi; steril vazelin moyi; sink mazi yoki Lassar pastasi; 3 % vodorod
peroksid eritmasi; 96% spirt; steril va ishlatilgan shariklar uchun buyraksimon
tog’orachalar.
Kolostomiyani parvarishlash texnikasi
Muolaja rezina qo’lqopda bajariladi.
1. Tog’oraga bir nechta sharik solinadi va vodorod peroksid quyiladi.
2. Sharik pinset bilan olinadi, kolostoma atrof terisi pereferiyadan ichak teshigi
tomon tozalanadi. Tozalash bir necha bor takrorlanadi.
3. Kolostoma atrof terisi spirtli sharik bilan artiladi.
4. Kolostoma atrofiga shpatel bilan qalin qilib maz yoki pasta surtiladi.
5. Kolostomaga vazelin bilan namlangan salfetka, ustidan yana paxta bilan salfetka
qo’yiladi.
6. Bog’lam bint bilan yoki bandaj, maxsus tasma bilan mahkamlanadi.
Izoh. Maz yoki pasta terini ichak hosilasi bilan zararlanishi oldini olar ekan, uni har
kuni artib tashlash kerak emas. Aksincha ustiga har kuni yangidan surtish lozim. Bu
maz juda ifloslanib ketsagina artib tashlanadi va o’rniga qayta surtiladi.
Tsistostomani parvarishlash
Tsistostoma – siydik qopini qov usti sohasi oqmasidir va siydik qopi, siydik
yo’llari jarohatida, prostata bezi gipertrofiyasida, chanoq a’zolari funksiyasi
buzilishi bilan kechuvchi orqa miya jarohatlarida qo’yiladi.
Maqsad. Tsistostoma atrof terisi yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma. Har kuni siydik qopini yuvgandan so’ng.
Kerakli anjomlar. Furatsilinning 1:5 000 eritmasi, kumush nitratning 1:5 000
yoki kaliy permanganatning och-pushti rang eritmasi; 3 % vodorod peroksid
eritmasia; 96% spirt; Jane shpritsi; steril pintset; steril paxta shariklar va doka
salfetkalar; siydik yig’gich; suvli hammom idishi; siydik yig’ish uchun konteyner;
leykoplastir yoki maxsus teshikli kamar; rezina qo’lqop.
Tsistostomani parvarishlash bosqichlari:
Siydik qopiga oqma orqali Petsser yoki Maleko kateteri o’tkaziladi. Bu
kateterlar uchida kengayish bo’lib, tushib ketishini oldini oladi. Manipulyatsiya
rezina qo’lqopda bajariladi.
1. Furatsillin yoki kumush nitrat eritmasi idishdagi suvli hammomda +38 °С
isitiladi va Jane shpritsiga 100-150 ml olinadi.
2. Petsser kateteri siydik yig’adigan konteynerdan uziladi.
3. Kateterga Jane shpritsi ulanadi va siydik qopi antiseptik eritma bilan yuviladi,
siydik yig’gichga chiqariladi.
4. Siydik yig’gich konteyner yuviladi yoki yangisiga almashtirib kateterga ulanadi.
5. Kateter atrofi perikis vodorodga namlangan paxta bilan artiladi.
6. Tsistostoma atrof terisi spirt bilan artiladi.
7. Quruq aseptik bog’lam qo’yiladi. Bunda salfetka o’rtasigacha kesiladi va kateter
atrofidan aylantirib joylashtiriladi. Ustidan ikkinchi salfetkani ham shunday
kesib qarama-qarshi tomondan qilib joylashtiriladi.
8. Salfetkalar leykoplastir yoki bandaj bilan mahkamlanadi.
Izoh. Tsistostomadan (epitsistostoma) siydik yaxshi chiqishi uchun bemorni yon
tomonga aylantirib turish tavsiya etiladi.
Nazorat savollar
1. Operatsiyadan keyingi davr to’g’risida tushuncha.
2. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni parvarishlash qoidalari
qanday?
3. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni kuzatish.
4. Operatsiyadan keyingi yarani parvalishlash qoidalari qanday?
5. Kolostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?
6. Tsistostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?