SHIFOBAXSH O‘SIMLIKLAR BILAN DAVOLASH (FITOTERAPIYA)

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

207,7 KB


 
 
 
 
 
 
SHIFOBAXSH O‘SIMLIKLAR BILAN DAVOLASH (FITOTERAPIYA) 
 
 
Reja  
1.  Markaziy asab tizimiga ta’sir etuvchi o‘simliklar. 
2.  Siydik haydovchi va shishlarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar 
3.  Yallig'lanishga, yaralarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar 
4.  Me’da-ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi o‘simliklar 
Insoniyat hayoti o‘simliklar olami bilan uzviy bog‘langan. O‘simliklar olami 
insonni yedirib-ichiradi, kiyintiradi, havoni poklab beradi, go‘zal manzaralar 
yaratadi. Usimliklarning serhosiyat tomonlarini sanab intihosiga yetish qiyin.  
O‘simliklarning eng ajoyib xislatlaridan biri — shifobaxshligidir. Odamzot 
qadim-qadim zamonlardan beri o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlaridan 
bahramand bo‘lib kelmoqda. Qadim zamonlarda odamlar o‘z dardlariga davo izlab, 
avvalo o‘simliklar olamiga hamda hayvonot mahsulotlariga intilar edilar. Dastlab 
odam uchun o‘simlik mevalari, ildiz, ildiz mevalari, shuningdek hayvon 
mahsulotlari oziq-ovqat vazifasini o‘tagan; ilgari o‘simliklarning shifobaxshligi 
tasodifan topilgan bo‘lsa, keyinchalik ular hayotiy sinov va kuzatishlardan o‘tgach, 
xalq tabobatida qo‘llanila boshlagan.  
Eramizdan II asr oldin Ebers papirusida «Tananing hamma bo‘limlariga ta’sir 
etuvchi moddalarni tayyorlash» o‘sha davr o‘simliklarining shifobaxshligi 
to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Qadimgi Misrda har xil o‘simliklardan tayyorlangan 
xushbo‘y moylar, balzamlar, aloe, bargizubning shifobaxsh ta’siri ma’lum bo‘lgan. 
Xitoyda jen-shen hamda bug‘u shoxidan olinadigan pantlarga katta ahamiyat 
berilgan. Qadimgi budda tibbiyotining ajoyib rivoyatlarida shunday deyilgan—
darmon izlagan tabib nigohi bilan olamga nazar solsa, dori-darmonlar olamida hayot 
SHIFOBAXSH O‘SIMLIKLAR BILAN DAVOLASH (FITOTERAPIYA) Reja 1. Markaziy asab tizimiga ta’sir etuvchi o‘simliklar. 2. Siydik haydovchi va shishlarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar 3. Yallig'lanishga, yaralarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar 4. Me’da-ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi o‘simliklar Insoniyat hayoti o‘simliklar olami bilan uzviy bog‘langan. O‘simliklar olami insonni yedirib-ichiradi, kiyintiradi, havoni poklab beradi, go‘zal manzaralar yaratadi. Usimliklarning serhosiyat tomonlarini sanab intihosiga yetish qiyin. O‘simliklarning eng ajoyib xislatlaridan biri — shifobaxshligidir. Odamzot qadim-qadim zamonlardan beri o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlaridan bahramand bo‘lib kelmoqda. Qadim zamonlarda odamlar o‘z dardlariga davo izlab, avvalo o‘simliklar olamiga hamda hayvonot mahsulotlariga intilar edilar. Dastlab odam uchun o‘simlik mevalari, ildiz, ildiz mevalari, shuningdek hayvon mahsulotlari oziq-ovqat vazifasini o‘tagan; ilgari o‘simliklarning shifobaxshligi tasodifan topilgan bo‘lsa, keyinchalik ular hayotiy sinov va kuzatishlardan o‘tgach, xalq tabobatida qo‘llanila boshlagan. Eramizdan II asr oldin Ebers papirusida «Tananing hamma bo‘limlariga ta’sir etuvchi moddalarni tayyorlash» o‘sha davr o‘simliklarining shifobaxshligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Qadimgi Misrda har xil o‘simliklardan tayyorlangan xushbo‘y moylar, balzamlar, aloe, bargizubning shifobaxsh ta’siri ma’lum bo‘lgan. Xitoyda jen-shen hamda bug‘u shoxidan olinadigan pantlarga katta ahamiyat berilgan. Qadimgi budda tibbiyotining ajoyib rivoyatlarida shunday deyilgan— darmon izlagan tabib nigohi bilan olamga nazar solsa, dori-darmonlar olamida hayot  
 
kechirayotganimizni bilishimiz mumkin, olamda dori sifatida ishlatib bo‘lmaydigan 
bironta moddaning o‘zi yo‘q, desa bo‘ladi. Mashhur yunon tabibi Buqrot (eramizdan 
oldingi 460—377 yillar) o‘zining «Korpus Xippokratikum» asarida tib ilmiga, 
jumladan dori-darmonlarga oid ko‘p ma’lumotlar keltirgan, asarlarida dorivor 
o‘simliklarning 236 tasi tasvirlanib, ularning xususiyatlari bayon etilgan.  
Rumning eng mashhur tabibi va tabiat fanlari bilimdoni Galen (Jolinus hakim 
eramizning 130—200 yillarida yashagan) ajoyib falsafiy ibora keltirgan, o‘simlik va 
hayvonot olamidan olingan har bir moddaning foydali tarafi bor uni ishlatish lozim 
hamda zararli tarafi bor uni olib tashlash lozim. Galen o‘z davrida o‘simliklar 
to‘g‘risida 2 ta kitob yozgan, bu kitob lotin, arab, forsiy va qadim Ovro‘po tillariga 
tarjima qilingan.  
Kadimiy hind tabibi Sushruta (VI asr o‘zinig olamshumul «Ayurveda» asarida 
700 dan ortiq shifobaxsh o‘simliklarni keltirgan, ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda 
ham xind tibbiyotida qo‘llanib kelinmoqda (LIV—52, rumalayya tabletkalari 
«Ajurveda» yozuvi bilan chiqadi). Uz davrining mashhur tabiblari, shifokorlaridan 
Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy, Arabmuxammad 
o‘g‘li Abdulg‘ozixon, Ismoil Jurjoniy va boshqalar bemorlarni davolashda dorivor 
o‘simliklardan keng ko‘lamda foydalanganlar.  
Abu Ali ibn Sino 900 xil shifobaxsh o‘simliklardan dorilar tayyorlab, tabobatda 
qo‘llagan.  
Abu Rayxon Beruniyning «Saydana» nomli qomusiy kitobida o‘sha davrda (XI 
asr) qo‘llanadigan hamma shifobaxsh o‘simliklar keltirilgan. Sharqda o‘rta asrlarda 
shifobaxsh o‘simliklar fani — farmakognoziya tabobat ilmini egallashda eng 
birinchi bosqich hisoblangan. XIX—XXasr olimlaridan A. F. Gammerman, P.S. 
Massagetov, S. S. Sahobiddinov, H. X. Xolmatov, X. U. Alievlar dorivor 
o‘simliklarni tabobatga tatbiq etish ishlariga katta hissa qo‘shganlar.  
Keyingi asrlarda kimyo fanining nihoyatda taraqqiy etishi, sintez yo‘li bilan 
yangi kimyoviy birikmalar hamda o‘ta ta’sirli ximioterapevtik moddalar olinishi 
tufayli shifobaxsh o‘simliklarni qo‘llash ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Tabobatda 
kechirayotganimizni bilishimiz mumkin, olamda dori sifatida ishlatib bo‘lmaydigan bironta moddaning o‘zi yo‘q, desa bo‘ladi. Mashhur yunon tabibi Buqrot (eramizdan oldingi 460—377 yillar) o‘zining «Korpus Xippokratikum» asarida tib ilmiga, jumladan dori-darmonlarga oid ko‘p ma’lumotlar keltirgan, asarlarida dorivor o‘simliklarning 236 tasi tasvirlanib, ularning xususiyatlari bayon etilgan. Rumning eng mashhur tabibi va tabiat fanlari bilimdoni Galen (Jolinus hakim eramizning 130—200 yillarida yashagan) ajoyib falsafiy ibora keltirgan, o‘simlik va hayvonot olamidan olingan har bir moddaning foydali tarafi bor uni ishlatish lozim hamda zararli tarafi bor uni olib tashlash lozim. Galen o‘z davrida o‘simliklar to‘g‘risida 2 ta kitob yozgan, bu kitob lotin, arab, forsiy va qadim Ovro‘po tillariga tarjima qilingan. Kadimiy hind tabibi Sushruta (VI asr o‘zinig olamshumul «Ayurveda» asarida 700 dan ortiq shifobaxsh o‘simliklarni keltirgan, ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda ham xind tibbiyotida qo‘llanib kelinmoqda (LIV—52, rumalayya tabletkalari «Ajurveda» yozuvi bilan chiqadi). Uz davrining mashhur tabiblari, shifokorlaridan Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy, Arabmuxammad o‘g‘li Abdulg‘ozixon, Ismoil Jurjoniy va boshqalar bemorlarni davolashda dorivor o‘simliklardan keng ko‘lamda foydalanganlar. Abu Ali ibn Sino 900 xil shifobaxsh o‘simliklardan dorilar tayyorlab, tabobatda qo‘llagan. Abu Rayxon Beruniyning «Saydana» nomli qomusiy kitobida o‘sha davrda (XI asr) qo‘llanadigan hamma shifobaxsh o‘simliklar keltirilgan. Sharqda o‘rta asrlarda shifobaxsh o‘simliklar fani — farmakognoziya tabobat ilmini egallashda eng birinchi bosqich hisoblangan. XIX—XXasr olimlaridan A. F. Gammerman, P.S. Massagetov, S. S. Sahobiddinov, H. X. Xolmatov, X. U. Alievlar dorivor o‘simliklarni tabobatga tatbiq etish ishlariga katta hissa qo‘shganlar. Keyingi asrlarda kimyo fanining nihoyatda taraqqiy etishi, sintez yo‘li bilan yangi kimyoviy birikmalar hamda o‘ta ta’sirli ximioterapevtik moddalar olinishi tufayli shifobaxsh o‘simliklarni qo‘llash ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Tabobatda  
 
o‘ta faol kimyoviy moddalar ko‘plab qo‘llanishi oqibatida «dori kasalligi» paydo 
bo‘ldi, bunday bemorlar soni kundan-kunga ortib bordi. Jahon Sog‘liqni Saqlash 
Tashkiloti keltirgan ma’lumotga ko‘ra, kasalxonadagi bemorlarning 2,5—5%ini dori 
moddalarning nojo‘ya ta’siridan kasal bo‘lganlar tashkil etadi. Shuning uchun 
hozirgi kunda shifobaxsh o‘simliklar bilan davolashga katta ehtiyoj tug‘ilgan, bu 
borada izlanishlar olib borish shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qoldi.  
O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan va o‘stiriladigan o‘simliklar soni 
qariyb 4150 taga yetadi, ulardan 577 tasi shifobaxsh o‘simliklar. O‘simliklar 
kimyoviy jihatdan juda murakkab xisoblanadi, ularning tarkibida 21 ta element 
mavjud, bu elementlardan 16 tasi hamma o‘simliklarda, qolgan 5 tasi ba’zi birlarida 
mavjud. O‘simliklarda 29 ta organik molekulalar (glyukoza, riboza, moylar, 
fosfatidlar, 20 ta aminokislota, 5 ta nukleozidlar, son-sanoqsiz har xil murakkab 
birikmalar bor.  
Usimliklar organizmida alohida biologik faol moddalar alkaloidlar, yurak 
glikozidlari, antraglikozidlar, saponinlar, flavonoidlar, xromonlar, kumarinlar, 
terpenlar, moylar, vitaminlar, fitonsidlar, yelimlar, oshlovchi, shilliq va boshqa 
moddalar mavjud. Biologik faol moddalar o‘simliklarning turli qismlarida uchraydi, 
ba’zi qismlarida ko‘p, ba’zilarida esa kam bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmasligi ham 
mumkin. Biologik faol moddalar o‘simliklarning bir xil turlarida—barglarida 
(digitalis bargi), ikkinchilarida—gulida (moychechak guli), uchinchilarida—
mevasida (chernika mevasi), to‘rtinchilarida—ildizi, ildizpoyasida (valeriana ildizi 
va iddizpoyasi), beshinchilarida— po‘stlog‘ida (eman po‘stlog‘i) bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun ham o‘simliklarning asosan biologik faol moddalari ko‘p bo‘lgan 
qismidan dorivor mahsulot yig‘ib olinadi.  
Biologik faol moddalar o‘simlik qismlarida bir vaqtning o‘zida to‘planmaydi, 
shuning uchun dorivor maxsulotlar turli vaqtlarda yig‘ib olinadi. Agar dorivor 
mahsulot o‘z vaqtida yig‘ib olinmasa, ularning tarkibida biofaol moddalar kamroq 
bo‘lishi, ularning shifobaxshlik qiymati kamayishi mumkin.  
o‘ta faol kimyoviy moddalar ko‘plab qo‘llanishi oqibatida «dori kasalligi» paydo bo‘ldi, bunday bemorlar soni kundan-kunga ortib bordi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti keltirgan ma’lumotga ko‘ra, kasalxonadagi bemorlarning 2,5—5%ini dori moddalarning nojo‘ya ta’siridan kasal bo‘lganlar tashkil etadi. Shuning uchun hozirgi kunda shifobaxsh o‘simliklar bilan davolashga katta ehtiyoj tug‘ilgan, bu borada izlanishlar olib borish shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qoldi. O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan va o‘stiriladigan o‘simliklar soni qariyb 4150 taga yetadi, ulardan 577 tasi shifobaxsh o‘simliklar. O‘simliklar kimyoviy jihatdan juda murakkab xisoblanadi, ularning tarkibida 21 ta element mavjud, bu elementlardan 16 tasi hamma o‘simliklarda, qolgan 5 tasi ba’zi birlarida mavjud. O‘simliklarda 29 ta organik molekulalar (glyukoza, riboza, moylar, fosfatidlar, 20 ta aminokislota, 5 ta nukleozidlar, son-sanoqsiz har xil murakkab birikmalar bor. Usimliklar organizmida alohida biologik faol moddalar alkaloidlar, yurak glikozidlari, antraglikozidlar, saponinlar, flavonoidlar, xromonlar, kumarinlar, terpenlar, moylar, vitaminlar, fitonsidlar, yelimlar, oshlovchi, shilliq va boshqa moddalar mavjud. Biologik faol moddalar o‘simliklarning turli qismlarida uchraydi, ba’zi qismlarida ko‘p, ba’zilarida esa kam bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmasligi ham mumkin. Biologik faol moddalar o‘simliklarning bir xil turlarida—barglarida (digitalis bargi), ikkinchilarida—gulida (moychechak guli), uchinchilarida— mevasida (chernika mevasi), to‘rtinchilarida—ildizi, ildizpoyasida (valeriana ildizi va iddizpoyasi), beshinchilarida— po‘stlog‘ida (eman po‘stlog‘i) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham o‘simliklarning asosan biologik faol moddalari ko‘p bo‘lgan qismidan dorivor mahsulot yig‘ib olinadi. Biologik faol moddalar o‘simlik qismlarida bir vaqtning o‘zida to‘planmaydi, shuning uchun dorivor maxsulotlar turli vaqtlarda yig‘ib olinadi. Agar dorivor mahsulot o‘z vaqtida yig‘ib olinmasa, ularning tarkibida biofaol moddalar kamroq bo‘lishi, ularning shifobaxshlik qiymati kamayishi mumkin.  
 
Usimliklarning yer ostki qismlari (ildiz, ildizpoya, tug‘anak, piyozboshi) 
odatda o‘simlik uyquga kirgan davrida — kech kuzda yoki o‘simlik uyg‘onmasdan 
oldin — erta bahorda tayyorlanadi.  
O‘simliklarning yer ustki qismi (poyasi, bargi va gullari ara-lashmasi) o‘simlik 
gullaganda, poyaning eng tagidagi barg oldidan o‘rib olinadi, poyaning bargsiz 
qismiga tegilmaydi. Barglar odatda o‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganda 
ohistalik bilan olinadi. Kurtaklar, po‘stloqlar erta bahorda olinadi. Gullar o‘simlik 
qiyg‘os gullaganda yig‘iladi. O‘simlik mevalari to‘la yetilganda yig‘ib olinadi. 
Tayyorlangan mahsulotlar boshqa o‘simlik aralashmalaridan, loy, tuproq, qumlardan 
tozalangandan so‘ng tezda quritishga kirishiladi. O‘simliklarning yer ustki qismi 
tabiiy sharoitda ochiq havoda soya yerda, ataylab qurilgan joylarda quritiladi. 
Dorivor mahsulotlar sakdanadigan bino, xonalar toza, quruq va shamol o‘tib 
turadigan bo‘lishi lozim. O‘simlik mahsulotlaridan damlamalar (yumshoq 
qismlaridan), qaynatmayaar (qattiq qismlaridan) dorixonada va uy sharoitida 
tayyorlanadi. Dori zavodlarida o‘simliklardan nastoykalar, suyuq va quyuq 
ekstraktlar tayyorlanadi. Shu bilan birga o‘simliklardan kimyoviy yo‘l bilan alohida 
moddalar — alkaloidlar, glikozidlar, kumarinlar va boshqalar olinadi, ular ham 
asosan tibbiyotda qo‘llanadi. Shu bilan birga tabiiy alkaloidlar, glikozidlar asosida 
sintez yo‘li bilan yangi yarim sintetik moddalar ham olinadi.  
Dorivor 
o‘simliklar 
bilan 
davolash, 
fitoterapiyaning 
afzalligi 
quyidagilardan iborat:  
1 
.Shifobaxsh o‘simliklar ko‘p asrlar mobaynida sinovlardan o‘tib kelayotgan 
omil hisoblanadi, organizmga fiziologik ta’sir ko‘rsatadi, chunki tabiatdagi uzluksiz 
shakllanish tufayli o‘simliklar va odam organizmi hujayralarining tuzilishi bir-biriga 
juda yaqin. Sintez yo‘li bilan olingan kimyoviy moddalar esa odam organizmi uchun 
yot hisoblanadi, ular o‘ta faol bo‘lib, organizmning murakkab molekulalari 
tuzilishini buzishi, ba’zan yanada faolroq, xujayralar uchun zaharli yangi birikmalar 
hosil qilishi mumkin.  
Usimliklarning yer ostki qismlari (ildiz, ildizpoya, tug‘anak, piyozboshi) odatda o‘simlik uyquga kirgan davrida — kech kuzda yoki o‘simlik uyg‘onmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. O‘simliklarning yer ustki qismi (poyasi, bargi va gullari ara-lashmasi) o‘simlik gullaganda, poyaning eng tagidagi barg oldidan o‘rib olinadi, poyaning bargsiz qismiga tegilmaydi. Barglar odatda o‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganda ohistalik bilan olinadi. Kurtaklar, po‘stloqlar erta bahorda olinadi. Gullar o‘simlik qiyg‘os gullaganda yig‘iladi. O‘simlik mevalari to‘la yetilganda yig‘ib olinadi. Tayyorlangan mahsulotlar boshqa o‘simlik aralashmalaridan, loy, tuproq, qumlardan tozalangandan so‘ng tezda quritishga kirishiladi. O‘simliklarning yer ustki qismi tabiiy sharoitda ochiq havoda soya yerda, ataylab qurilgan joylarda quritiladi. Dorivor mahsulotlar sakdanadigan bino, xonalar toza, quruq va shamol o‘tib turadigan bo‘lishi lozim. O‘simlik mahsulotlaridan damlamalar (yumshoq qismlaridan), qaynatmayaar (qattiq qismlaridan) dorixonada va uy sharoitida tayyorlanadi. Dori zavodlarida o‘simliklardan nastoykalar, suyuq va quyuq ekstraktlar tayyorlanadi. Shu bilan birga o‘simliklardan kimyoviy yo‘l bilan alohida moddalar — alkaloidlar, glikozidlar, kumarinlar va boshqalar olinadi, ular ham asosan tibbiyotda qo‘llanadi. Shu bilan birga tabiiy alkaloidlar, glikozidlar asosida sintez yo‘li bilan yangi yarim sintetik moddalar ham olinadi. Dorivor o‘simliklar bilan davolash, fitoterapiyaning afzalligi quyidagilardan iborat: 1 .Shifobaxsh o‘simliklar ko‘p asrlar mobaynida sinovlardan o‘tib kelayotgan omil hisoblanadi, organizmga fiziologik ta’sir ko‘rsatadi, chunki tabiatdagi uzluksiz shakllanish tufayli o‘simliklar va odam organizmi hujayralarining tuzilishi bir-biriga juda yaqin. Sintez yo‘li bilan olingan kimyoviy moddalar esa odam organizmi uchun yot hisoblanadi, ular o‘ta faol bo‘lib, organizmning murakkab molekulalari tuzilishini buzishi, ba’zan yanada faolroq, xujayralar uchun zaharli yangi birikmalar hosil qilishi mumkin.  
 
2. Shifobaxsh o‘simliklarning davolash doirasi keng, chunki ular kimyoviy 
jihatdan juda boy, ularning tarkibida glikozidlar, alkaloidlar, fermentlar, vitaminlar, 
bioelementlar va boshqa moddalar mavjud. O‘simliklar ta’siri sekin boshlanadi, ular 
keskin biokimyoviy o‘zgarishlarga olib kelmaydi, shu jihatidan ayniqsa surunkali 
kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega.  
3. Ko‘pchilik bemorlar, ayniqsa qariyalar bir vaqtning o‘zida bir necha kasallik 
bilan og‘rishi mumkin, bitta o‘simlik esa bir necha xil shifobaxsh xususiyatlarga ega 
bo‘ladi, shuning uchun o‘simliklar ana shunday bemorlarni davolashda qo‘l keladi.  
4. Fitoterapiyaning afzalligi — kasalliklarning oldini olish uchun qo‘llanishidir. 
Masalan, bolalarga vitaminli choylar, kattalarga eleuterokokk, jen-shen, ya’ni 
adaptogenlar qo‘llanganda respirator kasalliklar 2— 3 barobar kamaygani qayd 
qilingan.  
5. Shifobaxsh o‘simliklar kam zaharli, shu tufayli ularni asosiy dori moddalar 
sifatida kasallikning boshlang‘ich davrida qo‘llash mumkin. Kasallik avjiga 
chiqqanda shifobaxsh o‘simliklar organizmning himoya kuchlarini oshirish, 
qo‘llanayotgan kimyoviy moddalarning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish uchun 
qo‘llaniladi. Sog‘ayish davrida shifobaxsh o‘simliklar olingan davoni qo‘llab-
quvvatlash uchun qo‘llanadi.  
Hozirgi kunda shifobaxsh o‘simliklarning ta’siri aniqbo‘lsa ham, ularni ta’sir 
mexanizmi, ayniqsa molekular bosqichdagi ta’siri oxirigacha aniqpanmagan, 
shuning uchun ular ta’sir mexanizmi bo‘yicha emas, asosan davolash ta’siri bo‘yicha 
tasniflanadi. Dorivor o‘simliklarni davolash ta’siri bo‘yicha ham tasniflash qiyin, 
chunki bitta o‘simlik kamida 3-4 xil ta’sirga ega, shuning uchun ular asosiy ta’siri 
bo‘yicha 7 guruhga bo‘linadi:  
1. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi o‘simliklar.  
2. Yurak va qon tomir sistemasiga ta’sir etuvchi o‘simliklar.  
3. Siydik haydovchi va shishlarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar.  
4. Yallig‘lanishga, yaralarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar.  
5. Me’da-ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi o‘simliklar.  
2. Shifobaxsh o‘simliklarning davolash doirasi keng, chunki ular kimyoviy jihatdan juda boy, ularning tarkibida glikozidlar, alkaloidlar, fermentlar, vitaminlar, bioelementlar va boshqa moddalar mavjud. O‘simliklar ta’siri sekin boshlanadi, ular keskin biokimyoviy o‘zgarishlarga olib kelmaydi, shu jihatidan ayniqsa surunkali kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega. 3. Ko‘pchilik bemorlar, ayniqsa qariyalar bir vaqtning o‘zida bir necha kasallik bilan og‘rishi mumkin, bitta o‘simlik esa bir necha xil shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘ladi, shuning uchun o‘simliklar ana shunday bemorlarni davolashda qo‘l keladi. 4. Fitoterapiyaning afzalligi — kasalliklarning oldini olish uchun qo‘llanishidir. Masalan, bolalarga vitaminli choylar, kattalarga eleuterokokk, jen-shen, ya’ni adaptogenlar qo‘llanganda respirator kasalliklar 2— 3 barobar kamaygani qayd qilingan. 5. Shifobaxsh o‘simliklar kam zaharli, shu tufayli ularni asosiy dori moddalar sifatida kasallikning boshlang‘ich davrida qo‘llash mumkin. Kasallik avjiga chiqqanda shifobaxsh o‘simliklar organizmning himoya kuchlarini oshirish, qo‘llanayotgan kimyoviy moddalarning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Sog‘ayish davrida shifobaxsh o‘simliklar olingan davoni qo‘llab- quvvatlash uchun qo‘llanadi. Hozirgi kunda shifobaxsh o‘simliklarning ta’siri aniqbo‘lsa ham, ularni ta’sir mexanizmi, ayniqsa molekular bosqichdagi ta’siri oxirigacha aniqpanmagan, shuning uchun ular ta’sir mexanizmi bo‘yicha emas, asosan davolash ta’siri bo‘yicha tasniflanadi. Dorivor o‘simliklarni davolash ta’siri bo‘yicha ham tasniflash qiyin, chunki bitta o‘simlik kamida 3-4 xil ta’sirga ega, shuning uchun ular asosiy ta’siri bo‘yicha 7 guruhga bo‘linadi: 1. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi o‘simliklar. 2. Yurak va qon tomir sistemasiga ta’sir etuvchi o‘simliklar. 3. Siydik haydovchi va shishlarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar. 4. Yallig‘lanishga, yaralarga qarshi ta’sir etuvchi o‘simliklar. 5. Me’da-ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi o‘simliklar.  
 
6. Balg‘am ko‘chirish, qayt qildirish xususiyati bor o‘simliklar.  
7. 
Qon ketishini to‘xtatuvchi, bachadon mushaklari tonusini oshiruvchi 
o‘simliklar.  
Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi o‘simliklar nerv sistemasini 
rag‘batlantiruvchi va tinchlantiruvchilarga bo‘linadi.  
Markaziy nerv sistemasini rag‘batlantiruvchi o‘simliklar: manchjuriya 
araliyasi, jenshen, exinopanaks, moxsarsimon levzeya, xitoy shizandrasi, 
eleuterokokk, qizilcha o‘simligi.  
Keltirilgan o‘simliklarning hammasi markaziy nerv sistemasiga qo‘zg‘atuvchi 
ta’sir ko‘rsatadi. Uxlatuvchi moddalar (asosan barbituratlar) ta’sirini kamaytiradi, 
asabni rag‘batlantiruvchi moddalar (kofein, kamfora, fenamin) ta’sirini kuchaytiradi. 
Akliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, charchoqni yozadi, stresslarga qarshi 
ta’sir ko‘rsatadi, organizm chidamliligini, noqulay sharoitlarga moslashishini 
(ayniqsa jen-shen, eleuterokokk) yaxshilaydi. Ba’zi o‘simliklar (kuchala, qizilcha) 
qon bosimini ko‘taradi. Boshqa o‘simliklar (eleuterokokk, jen-shen) esa miyada qon 
aylanishini, jinsiy qobiliyatni yaxshilaydi. Bu o‘simliklar nerv sistemasi tonusini 
oshirish uchun astenik, asteno-nevrotik xolatlarni, akliy va jismoniy toliqishni, 
arterial gipotoniyalarni davolashda qo‘llanadi.  
Markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi o‘simliklar: dorivor valeriana, 
arslonquyruq o‘ti. Dorivor valeriana o‘simligi bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish 
jarayonlarini oshiradi, shartli reflekslarni susaytiradi. Valeriana damlama, nastoyka, 
ekstrakt shaklida nevrozlarda, bolalar nevrozida, uyqusizlikda, yurak nevrozida 
qo‘llanadi. Valeriana valokardin, validol, korvalol, valosedan moddalar tarkibiga 
kiradi.  
Efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar: bangidevona, 
mingdevona, belladonna, pilokarpus, senesio, yalpiz, galantus, zaharli 
fizostigma. Kalla o‘simligi asosan spazmolitik, miotrop ta’sir etadi, o‘simlikdan bir 
necha furokumarinlar olingan, ulardan eng faoli kellin hisoblanadi, modda 
spazmolitik ta’sir qiladi. Bangidevona, mingdevona, senesio o‘simliklarining M-
6. Balg‘am ko‘chirish, qayt qildirish xususiyati bor o‘simliklar. 7. Qon ketishini to‘xtatuvchi, bachadon mushaklari tonusini oshiruvchi o‘simliklar. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi o‘simliklar nerv sistemasini rag‘batlantiruvchi va tinchlantiruvchilarga bo‘linadi. Markaziy nerv sistemasini rag‘batlantiruvchi o‘simliklar: manchjuriya araliyasi, jenshen, exinopanaks, moxsarsimon levzeya, xitoy shizandrasi, eleuterokokk, qizilcha o‘simligi. Keltirilgan o‘simliklarning hammasi markaziy nerv sistemasiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uxlatuvchi moddalar (asosan barbituratlar) ta’sirini kamaytiradi, asabni rag‘batlantiruvchi moddalar (kofein, kamfora, fenamin) ta’sirini kuchaytiradi. Akliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, charchoqni yozadi, stresslarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, organizm chidamliligini, noqulay sharoitlarga moslashishini (ayniqsa jen-shen, eleuterokokk) yaxshilaydi. Ba’zi o‘simliklar (kuchala, qizilcha) qon bosimini ko‘taradi. Boshqa o‘simliklar (eleuterokokk, jen-shen) esa miyada qon aylanishini, jinsiy qobiliyatni yaxshilaydi. Bu o‘simliklar nerv sistemasi tonusini oshirish uchun astenik, asteno-nevrotik xolatlarni, akliy va jismoniy toliqishni, arterial gipotoniyalarni davolashda qo‘llanadi. Markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi o‘simliklar: dorivor valeriana, arslonquyruq o‘ti. Dorivor valeriana o‘simligi bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonlarini oshiradi, shartli reflekslarni susaytiradi. Valeriana damlama, nastoyka, ekstrakt shaklida nevrozlarda, bolalar nevrozida, uyqusizlikda, yurak nevrozida qo‘llanadi. Valeriana valokardin, validol, korvalol, valosedan moddalar tarkibiga kiradi. Efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar: bangidevona, mingdevona, belladonna, pilokarpus, senesio, yalpiz, galantus, zaharli fizostigma. Kalla o‘simligi asosan spazmolitik, miotrop ta’sir etadi, o‘simlikdan bir necha furokumarinlar olingan, ulardan eng faoli kellin hisoblanadi, modda spazmolitik ta’sir qiladi. Bangidevona, mingdevona, senesio o‘simliklarining M-  
 
xolinolitik ta’siri bor, ulardan olingan atropin, skopolamin, platifillinga o‘xshab 
parasimpatik nervlar oxirida joylashgan M-xolinoretseptorlarni falajlaydi, shu 
alkaloidlarga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Usimliklardan belladonnaning suyuq vea 
quruq ekstrakti spazmolitik dori sifatida me’da-ichak spazmida qo‘llanadi.  
Yalpiz barglari tinchlantiruvchi, spazmolitik, safro haydovchi, antiseptik, 
og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega. Yalpiz tarkibidagi mentol asosiy ta’sir etuvchi 
omil hisoblanadi, reflektor yo‘l bilan yurak toj tomirlarini kengaytiradi. Mahalliy 
ta’siri tufayli yalpiz barglari me’da-ichak bezlarini, o‘t-safro ajralishini oshiradi, 
ichakdagi hamma patogen mikroorganizmlarga qarshi ta’sir etadi. Yalpiz barglari 
me’da-ichak spazmida, qabziyatda, ko‘ngil aynaganda, qusishni qoldirish uchun 
qo‘llanadi. Mentol stenokardiya kasalligining yengil xurujlarida, miya tomirlari 
qisqarganda qo‘llanadi. Kichik yoshli bolalarda shilliq pardalarni mentol bilan artish 
man qilinadi, chunki reflektor yo‘l bilan nafas olishni susaytirishi, hatto to‘xtatishi 
ham mumkin. Yalpiz barglari damlama, nastoyka, yalpiz moyi sifatida, mentol 
pektussin tabletkalar (yuqori nafas yo‘llari shamollaganda qo‘llaniladi), menovazin 
suyuqligi (nevralgiya, mialgiya, artralgiyada qo‘llanadi), validol (stenokardiya, 
nevrozlarda), efkamon malhami tarkibida (artrit, miozit, nevralgiyalarda) 
qo‘llanadi.  
Pilokarpus o‘simligidan pilokarpin alkaloidi, galantusdan galantamin 
alkaloidi olingan. O‘simlikning o‘zi qo‘llanmaydi, ulardan olingan pilokarpin 
glaukoma, galantamin xolinesterazaga qarshi modda sifatida bolalar falaji — 
poliomielit asoratlarini davolashda qo‘llanadi.  
Yurak ea qon tomirlar sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar. 
Bularga tarkibida yurak glikozidlari saqlaydigan o‘simliklar — bahorgi adonis, 
chitrangi, marvaridgul, kendir, angishvona, o‘simliklarining bir necha turlari, 
strofant kiradi. Bu o‘simliklarning damlama va nastoykalari, adonizid va yurak 
glikozidlari — erizimin, digitoksin, digoksin, strofantin, konvallyatoksin yurak-qon 
tomir yetishmovchiligida qo‘llanadi.  
xolinolitik ta’siri bor, ulardan olingan atropin, skopolamin, platifillinga o‘xshab parasimpatik nervlar oxirida joylashgan M-xolinoretseptorlarni falajlaydi, shu alkaloidlarga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Usimliklardan belladonnaning suyuq vea quruq ekstrakti spazmolitik dori sifatida me’da-ichak spazmida qo‘llanadi. Yalpiz barglari tinchlantiruvchi, spazmolitik, safro haydovchi, antiseptik, og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega. Yalpiz tarkibidagi mentol asosiy ta’sir etuvchi omil hisoblanadi, reflektor yo‘l bilan yurak toj tomirlarini kengaytiradi. Mahalliy ta’siri tufayli yalpiz barglari me’da-ichak bezlarini, o‘t-safro ajralishini oshiradi, ichakdagi hamma patogen mikroorganizmlarga qarshi ta’sir etadi. Yalpiz barglari me’da-ichak spazmida, qabziyatda, ko‘ngil aynaganda, qusishni qoldirish uchun qo‘llanadi. Mentol stenokardiya kasalligining yengil xurujlarida, miya tomirlari qisqarganda qo‘llanadi. Kichik yoshli bolalarda shilliq pardalarni mentol bilan artish man qilinadi, chunki reflektor yo‘l bilan nafas olishni susaytirishi, hatto to‘xtatishi ham mumkin. Yalpiz barglari damlama, nastoyka, yalpiz moyi sifatida, mentol pektussin tabletkalar (yuqori nafas yo‘llari shamollaganda qo‘llaniladi), menovazin suyuqligi (nevralgiya, mialgiya, artralgiyada qo‘llanadi), validol (stenokardiya, nevrozlarda), efkamon malhami tarkibida (artrit, miozit, nevralgiyalarda) qo‘llanadi. Pilokarpus o‘simligidan pilokarpin alkaloidi, galantusdan galantamin alkaloidi olingan. O‘simlikning o‘zi qo‘llanmaydi, ulardan olingan pilokarpin glaukoma, galantamin xolinesterazaga qarshi modda sifatida bolalar falaji — poliomielit asoratlarini davolashda qo‘llanadi. Yurak ea qon tomirlar sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar. Bularga tarkibida yurak glikozidlari saqlaydigan o‘simliklar — bahorgi adonis, chitrangi, marvaridgul, kendir, angishvona, o‘simliklarining bir necha turlari, strofant kiradi. Bu o‘simliklarning damlama va nastoykalari, adonizid va yurak glikozidlari — erizimin, digitoksin, digoksin, strofantin, konvallyatoksin yurak-qon tomir yetishmovchiligida qo‘llanadi.  
 
 
 
Dorivor 
valeriana  
Arslonquyruq  
 
 
 
 
 
Jenshen Exinopaks 
Shizandra 
mevalari 
Saflarsimon 
levzey 
Qon bosimini tushirish uchun do‘lananing xar xil turlari, rauvolfiya o‘simligi 
qo‘llanadi. Do‘lana ekstrakti va spirtli nastoykasi yurak tonusini oshiradi, ayniqsa 
toliqqanda, tarkibida flavonoidlar bo‘lgani tufayli gipotenziv, aritmiyaga, 
aterosklerozga qarshi, sedativ ta’sir ko‘rsatadi. Do‘lana ekstrakti, nastoykasi 
gipertoniya, angionevroz, ateroskleroz, aritmiya, klimakterik nevrozlarda qo‘llanadi, 
ular kam zaharli moddalardir.  
Rauvolfiya o‘simligi gipotenziv, markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi — 
neyroleptik, simpatolitik ta’sirga ega. O‘simlikning o‘zi qo‘llanmaydi, undan 
olingan alkaloid rezerpin, raunatin gipertoniya kasalligini davolashda, alkaloid 
aymalin aritmiyaga qarshi modda sifatida keng qo‘llanadi.  
Dioskoreya o‘simligi gipolipidemik, antisklerotik ta’sirga ega. O‘simlikning 
o‘zi 
qo‘llanmaydi, 
dioskoreyadan 
olingan 
steroid 
glikozid 
polisponin 
aterosklerozga qarshi modda sifatida qo‘llanadi. Bu modda qonda xolesterinni, 
triglitseridlar mikdorini kamaytiradi, lesitin — xolesterin koeffitsientini oshiradi, 
shu tufayli xolesterin qonda kolloid holatda ushlanib, qon tomirlar devoriga 
cho‘kishiga to‘sqinlik qiladi. Polisponin gipolipidemik, aterosklerozga qarshi ta’siri 
Dorivor valeriana Arslonquyruq Jenshen Exinopaks Shizandra mevalari Saflarsimon levzey Qon bosimini tushirish uchun do‘lananing xar xil turlari, rauvolfiya o‘simligi qo‘llanadi. Do‘lana ekstrakti va spirtli nastoykasi yurak tonusini oshiradi, ayniqsa toliqqanda, tarkibida flavonoidlar bo‘lgani tufayli gipotenziv, aritmiyaga, aterosklerozga qarshi, sedativ ta’sir ko‘rsatadi. Do‘lana ekstrakti, nastoykasi gipertoniya, angionevroz, ateroskleroz, aritmiya, klimakterik nevrozlarda qo‘llanadi, ular kam zaharli moddalardir. Rauvolfiya o‘simligi gipotenziv, markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi — neyroleptik, simpatolitik ta’sirga ega. O‘simlikning o‘zi qo‘llanmaydi, undan olingan alkaloid rezerpin, raunatin gipertoniya kasalligini davolashda, alkaloid aymalin aritmiyaga qarshi modda sifatida keng qo‘llanadi. Dioskoreya o‘simligi gipolipidemik, antisklerotik ta’sirga ega. O‘simlikning o‘zi qo‘llanmaydi, dioskoreyadan olingan steroid glikozid polisponin aterosklerozga qarshi modda sifatida qo‘llanadi. Bu modda qonda xolesterinni, triglitseridlar mikdorini kamaytiradi, lesitin — xolesterin koeffitsientini oshiradi, shu tufayli xolesterin qonda kolloid holatda ushlanib, qon tomirlar devoriga cho‘kishiga to‘sqinlik qiladi. Polisponin gipolipidemik, aterosklerozga qarshi ta’siri  
 
bilan yurakka, buyrak faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, asosan aterosklerozni 
davolashda qo‘llanadi.  
 
 
 
 
 
 
Mingdevona Bangidevona Sariqboshi Pilokarpus Yalpiz Boychechak 
 
Siydik haydovchi va shishlarga qarshi tasir etadigan o‘simliklar: oq qayin 
bargi, kurtagi, brusnika bargi, dorivor qashqarbeda, oddiy archa, toloknyanka, 
ittikanak, qirqbo‘g‘im.  
Bu o‘simliklar o‘rtasida toloknyanka ko‘proq, qo‘llaniladi, o‘simlik tarkibidagi 
glikozid-gidroxinon to‘qimalar yo‘llarini ta’sirlab, siydik ajralishini ko‘paytiradi, 
yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi. Toloknyanka tarkibidagi arbutin glikozidi 
mikroorganizmlarga ham qarshi ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik bargidan damlama va 
qaynatmalar tayyorlanadi, qovuq, siydik yo‘llari kasalliklari tufayli yuzaga kelgan 
shishlarni davolashda qo‘llanadi.  
Qirqbo‘g‘im o‘ti siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, qon ketishini 
to‘xtatish xususiyatiga ega, o‘simlikning zaharsizlantirish, organizmdan qo‘rg‘oshin 
tuzlarini chiqarish xususiyati ham bor. Qirqbo‘g‘im yurak-qon tomirlar 
yetishmovchiligida hosil bo‘lgan shishlarni yo‘qotish uchun, qon to‘xtatish 
xususiyati tufayli bachadon, to‘g‘ri ichakdan (gemorroidal) qon ketishlarda 
qo‘llanadi. Arap ko‘pchilik siydik haydovchi o‘simliklar takror qo‘llanish natijasida 
ta’siri kamayib borsa, qirqbo‘g‘im uzoq vaqt qo‘llanilsa ham ta’siri kamaymasdan, 
saqlanib qoladi. Buyrak to‘qimalarini ta’sirlaydi, shu tufayli buyrak kasalliklarida, 
nefrit va nefrozlarda qo‘llash man etiladi.  
Ittikanakning siydik haydovchi, terlatuvchi, me’da-ichak faoliyatini va 
moddalar almashinuvini normallashtirish xususiyatlari ham bor. Ittikanak tarkibida 
askorbinat kislota va marganes ionlari borligi tufayli shifobaxsh ta’sir etadi. 
Ma’lumki, marganes ionlari qon tanachalari hosil bo‘lishiga, qon quyulishiga, ichki 
bilan yurakka, buyrak faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, asosan aterosklerozni davolashda qo‘llanadi. Mingdevona Bangidevona Sariqboshi Pilokarpus Yalpiz Boychechak Siydik haydovchi va shishlarga qarshi tasir etadigan o‘simliklar: oq qayin bargi, kurtagi, brusnika bargi, dorivor qashqarbeda, oddiy archa, toloknyanka, ittikanak, qirqbo‘g‘im. Bu o‘simliklar o‘rtasida toloknyanka ko‘proq, qo‘llaniladi, o‘simlik tarkibidagi glikozid-gidroxinon to‘qimalar yo‘llarini ta’sirlab, siydik ajralishini ko‘paytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi. Toloknyanka tarkibidagi arbutin glikozidi mikroorganizmlarga ham qarshi ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik bargidan damlama va qaynatmalar tayyorlanadi, qovuq, siydik yo‘llari kasalliklari tufayli yuzaga kelgan shishlarni davolashda qo‘llanadi. Qirqbo‘g‘im o‘ti siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, qon ketishini to‘xtatish xususiyatiga ega, o‘simlikning zaharsizlantirish, organizmdan qo‘rg‘oshin tuzlarini chiqarish xususiyati ham bor. Qirqbo‘g‘im yurak-qon tomirlar yetishmovchiligida hosil bo‘lgan shishlarni yo‘qotish uchun, qon to‘xtatish xususiyati tufayli bachadon, to‘g‘ri ichakdan (gemorroidal) qon ketishlarda qo‘llanadi. Arap ko‘pchilik siydik haydovchi o‘simliklar takror qo‘llanish natijasida ta’siri kamayib borsa, qirqbo‘g‘im uzoq vaqt qo‘llanilsa ham ta’siri kamaymasdan, saqlanib qoladi. Buyrak to‘qimalarini ta’sirlaydi, shu tufayli buyrak kasalliklarida, nefrit va nefrozlarda qo‘llash man etiladi. Ittikanakning siydik haydovchi, terlatuvchi, me’da-ichak faoliyatini va moddalar almashinuvini normallashtirish xususiyatlari ham bor. Ittikanak tarkibida askorbinat kislota va marganes ionlari borligi tufayli shifobaxsh ta’sir etadi. Ma’lumki, marganes ionlari qon tanachalari hosil bo‘lishiga, qon quyulishiga, ichki  
 
sekresiya bezlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Moddalar almashinuviga ta’siri 
bo‘lgani tufayli neyrodermitlarda, psoriazni davolashda qo‘llanadi. Ittikanak bolalar 
amaliyotida keng qo‘llanadigan o‘simlik. Chaqaloqlarga ittikanak damlamasidan 
vanna qilinadi. Itgikanak o‘tni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.  
Yallig‘lanishga, yaralarga qarshi ta’sir etadigan o‘simliklar: aloe, andiz, 
tog‘rayhon, dalachoy, kalanxoe,tirnoqgul, chakanda, zubturum, moychechak, 
mavrak, na’matak va boshqalardir. Bulardan tirnoqgulning yallig‘lanishga qarshi 
xususiyati bilan birga yaralarni bitiruvchi, spazmolitik, o‘t (safro) haydovchi va 
mikroblarga qarshi ta’sir qiladi. Tirnoqgul o‘simligini ichga va sirtga qo‘llash 
mumkin. Bolalarda gingivit, paradontoz kasalliklarida og‘izni chayish uchun, 
tonzillit, anginalarni davolash uchun qo‘llanadi. Bu o‘simlik ginekologiyada 
bachadon 
shamollaganda, 
eroziyalar, 
trixomonadali 
kolpitlar, 
proktit, 
paraproktitlarni davolashda qo‘llanadi. Tirnoqgul yengil sedativ ta’sir etadi, ba’zi 
yurak kasalliklarida, qon bosimi oshganda, me’da-ichak kasalligida ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Tirnoqgul gullarida karotinoid, flavonoidlar, askorbinat kislota va boshqa 
organik kislotalar bo‘lgani uchun jigarning metabolik faoliyatiga ham ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi, safroning tarkibi yaxshilanadi, biliburin va xolesterin mikdori kamayadi. 
Tirnoqgul moychechak o‘simligi bilan birga qo‘llanganda uning ta’siri yanada 
samarali bo‘ladi. Tirnoqgulning damlama va nastoykasi qo‘llanadi.  
 
 
 
 
 
 
Do‘lana Rauvolfia  
Baxorgi 
adonis 
Strofant  
Marvarid 
gul 
 
Chakanda o‘simligining mevalari vitaminlarga, mikrounsurlarga, kumarin, 
flavonoidlarga juda boy. Chakanda moyi qo‘llanadi, bu modda yaralar, ayniqsa 
kuygan yaralarning bitishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chakanda moyining 
mikroblarga qarshi xususiyati ham bor. Eksperimentlarda chakanda moyining 
sekresiya bezlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Moddalar almashinuviga ta’siri bo‘lgani tufayli neyrodermitlarda, psoriazni davolashda qo‘llanadi. Ittikanak bolalar amaliyotida keng qo‘llanadigan o‘simlik. Chaqaloqlarga ittikanak damlamasidan vanna qilinadi. Itgikanak o‘tni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Yallig‘lanishga, yaralarga qarshi ta’sir etadigan o‘simliklar: aloe, andiz, tog‘rayhon, dalachoy, kalanxoe,tirnoqgul, chakanda, zubturum, moychechak, mavrak, na’matak va boshqalardir. Bulardan tirnoqgulning yallig‘lanishga qarshi xususiyati bilan birga yaralarni bitiruvchi, spazmolitik, o‘t (safro) haydovchi va mikroblarga qarshi ta’sir qiladi. Tirnoqgul o‘simligini ichga va sirtga qo‘llash mumkin. Bolalarda gingivit, paradontoz kasalliklarida og‘izni chayish uchun, tonzillit, anginalarni davolash uchun qo‘llanadi. Bu o‘simlik ginekologiyada bachadon shamollaganda, eroziyalar, trixomonadali kolpitlar, proktit, paraproktitlarni davolashda qo‘llanadi. Tirnoqgul yengil sedativ ta’sir etadi, ba’zi yurak kasalliklarida, qon bosimi oshganda, me’da-ichak kasalligida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tirnoqgul gullarida karotinoid, flavonoidlar, askorbinat kislota va boshqa organik kislotalar bo‘lgani uchun jigarning metabolik faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, safroning tarkibi yaxshilanadi, biliburin va xolesterin mikdori kamayadi. Tirnoqgul moychechak o‘simligi bilan birga qo‘llanganda uning ta’siri yanada samarali bo‘ladi. Tirnoqgulning damlama va nastoykasi qo‘llanadi. Do‘lana Rauvolfia Baxorgi adonis Strofant Marvarid gul Chakanda o‘simligining mevalari vitaminlarga, mikrounsurlarga, kumarin, flavonoidlarga juda boy. Chakanda moyi qo‘llanadi, bu modda yaralar, ayniqsa kuygan yaralarning bitishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chakanda moyining mikroblarga qarshi xususiyati ham bor. Eksperimentlarda chakanda moyining  
 
lipidlar almashinuviga, jigar, me’da-ichak faoliyatiga ijobiy ta’siri aniqlangan. 
Chakanda moyi kuyganda, trofik yaralarda, bachadon eroziyalarida, ko‘z kuyganda, 
shox parda yarasida, oshqozon yarasini davolashda qo‘llanadi.  
Moychechak gullari fiziologik faol moddalarga juda boy (efir moylari, 
flavonoidlar, polisaxarid, vitaminlar, kumarinlar va boshqalar), ularning 
spazmolitik, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, sedativ, o‘t (safro) haydash, 
regeneratsiyani oshirish xususiyatlari bor. M-xolinolitik xususiyati ham bor, shuning 
uchun spazmolitik ta’sir etadi. Moychechak gullari damlamasi juda ko‘p 
kasalliklarda — stomatit, gingivitlarda, tonzillit, angina, o‘tkir va surunkali gastrit, 
oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasida, kolit, enterokolitlarda, safro yo‘llari 
spazmida qo‘llanadi. Moychechak gullarining qaynatmasi, moychechakdan 
tayyorlangan romazulon suyukligi qo‘llanadi.  
Yuqorida keltirilgan boshqa o‘simliklar ham yallig‘lanishlarda, yaralarni 
davolashda, va boshqalarda qo‘llanadi.  
Me’da-ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi o‘simliklar: bo‘znoch, eman 
po‘stlog‘i, tog‘jumrut, makkajo‘xori, momaqaymoq, achchiq ermon, rovoch, 
zira, otquloq o‘simliklarining bir xili asosan ishtahani ochish (ermon), boshqa 
xillari ichak peristalkasini oshirish, ba’zi birlari esa asosan o‘t (safro) haydash 
xususiyatlariga ega.  
Bo‘znoch gullari o‘t (safro) haydaydi, o‘t kislotalarini kamaytiradi, bilirubinlar 
hajmini, xolatoxolesterin koeffitsientini, o‘t pufagi tonusini oshiradi. Ichakka, o‘t 
pufagiga, qon tomirlarining silliq mushaklariga spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, 
oshqozon, oshqozon osti bezi sekresiyasini oshiradi. Bo‘znoch moddalari kam 
zaharli, davomli qo‘llanganda jigar faoliyatini o‘zgartirishi mumkin. Bo‘znoch 
qaynatmalari, ekstrakti, undan olingan moddalar jigar va o‘t (safro) yo‘llari 
kasalliklarida — xolesistit, gepatitlarda qo‘llanadi. Bo‘znoch o‘simligidan flamin 
moddasi olingan, flamin flavonoidlar yig‘indisidan iborat, surunkali xolesistit, 
gepatoxolesistitlarni davolash uchun qo‘llanadi.  
lipidlar almashinuviga, jigar, me’da-ichak faoliyatiga ijobiy ta’siri aniqlangan. Chakanda moyi kuyganda, trofik yaralarda, bachadon eroziyalarida, ko‘z kuyganda, shox parda yarasida, oshqozon yarasini davolashda qo‘llanadi. Moychechak gullari fiziologik faol moddalarga juda boy (efir moylari, flavonoidlar, polisaxarid, vitaminlar, kumarinlar va boshqalar), ularning spazmolitik, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, sedativ, o‘t (safro) haydash, regeneratsiyani oshirish xususiyatlari bor. M-xolinolitik xususiyati ham bor, shuning uchun spazmolitik ta’sir etadi. Moychechak gullari damlamasi juda ko‘p kasalliklarda — stomatit, gingivitlarda, tonzillit, angina, o‘tkir va surunkali gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasida, kolit, enterokolitlarda, safro yo‘llari spazmida qo‘llanadi. Moychechak gullarining qaynatmasi, moychechakdan tayyorlangan romazulon suyukligi qo‘llanadi. Yuqorida keltirilgan boshqa o‘simliklar ham yallig‘lanishlarda, yaralarni davolashda, va boshqalarda qo‘llanadi. Me’da-ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi o‘simliklar: bo‘znoch, eman po‘stlog‘i, tog‘jumrut, makkajo‘xori, momaqaymoq, achchiq ermon, rovoch, zira, otquloq o‘simliklarining bir xili asosan ishtahani ochish (ermon), boshqa xillari ichak peristalkasini oshirish, ba’zi birlari esa asosan o‘t (safro) haydash xususiyatlariga ega. Bo‘znoch gullari o‘t (safro) haydaydi, o‘t kislotalarini kamaytiradi, bilirubinlar hajmini, xolatoxolesterin koeffitsientini, o‘t pufagi tonusini oshiradi. Ichakka, o‘t pufagiga, qon tomirlarining silliq mushaklariga spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, oshqozon, oshqozon osti bezi sekresiyasini oshiradi. Bo‘znoch moddalari kam zaharli, davomli qo‘llanganda jigar faoliyatini o‘zgartirishi mumkin. Bo‘znoch qaynatmalari, ekstrakti, undan olingan moddalar jigar va o‘t (safro) yo‘llari kasalliklarida — xolesistit, gepatitlarda qo‘llanadi. Bo‘znoch o‘simligidan flamin moddasi olingan, flamin flavonoidlar yig‘indisidan iborat, surunkali xolesistit, gepatoxolesistitlarni davolash uchun qo‘llanadi.  
 
Rovoch tarkibida antraglikozid, tanoglikozid, xrizofan kislota, emodin, 
pigmentlar mavjud, bu o‘simlik antraglikozidlar tufayli ichak peristalkasini oshiradi, 
surgi modda sifatida qo‘llanadi, ta’siri 8-10 soatlardan keyin boshlanadi. 
Tanoglikozidlar tufayli burishtiruvchi, ich ketishga qarshi, antiseptik ta’sir 
ko‘rsatadi. Rovoch o‘simligi surunkali qabziyatda, ichak atoniyasida, asosan 
qariyalar va bolalarni davolashda qo‘llanadi. Tabletkalarda ishlab chiqariladi, 
bolalar amaliyotida rovoch sharbati qo‘llanadi. Rovoch kichik mikdorlarda ich 
ketishda ham qo‘llanishi mumkin, o‘tkir appenditsit, xolesistit, homiladorliqda 
qo‘llash man etiladi.  
Balg‘am ko‘chirish, qustirish xususiyati bor o‘simliklar: arpabodiyon, 
ipekakuana, oqqaldirmok (ko‘ka), bahorgi navro‘zgul, chuchukmiya, afsonak, 
gulhayri, dorivor ukrop va boshqalar.  
Arpabodiyon o‘simligining tarkibida ko‘p miqdorda efir moylari mavjud, 
yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, balg‘am ko‘chiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. 
Arpabodiyonning efir moylari me’da-ichakdan so‘rilib, oshqozon shirasini oshiradi, 
bronx bezlari orqali chiqib, ularni ta’sirlaydi, shilliq ajralishi yaxshilanadi, nafas 
yo‘llari mikroflorasiga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Arpabodiyonning efir moyi 
bronxlar orqali anetol modda ishlab chiqarib, nafasni reflektor yo‘l orqali 
qo‘zg‘atadi, nafas yo‘llari faolligini oshiradi, balg‘amni suyultirib, ko‘chishini 
osonlashtiradi.  
Arpabodiyon ayniqsa bolalar amaliyotida nafas a’zolari kasalliklarida — 
bronxit, bronxopnevmoniya, laringit, traxeit, ko‘kyo‘tal kasalliklarida juda keng 
qo‘llanadi. Arpabodiyon damlamasi, moyi, novshadil tomchilari qo‘llanadi. 
Damlamasini me’da-ichak kasalliklarida — oshqozon, ichak spazmida, oshqozon, 
jigar, oshqozon osti bezining sekresiyasi kamayganda qo‘llanish mumkin.  
Chuchukmiya 
ildizidagi 
glitsirizin 
traxeya, 
bronxlar 
epiteliysining 
tukchalarini qo‘zg‘atib, yuqori nafas yo‘llari shillig‘ining sekretor faoliyatini 
oshiradi. Chuchukmiya flavonoid birikmalaridan iborat bo‘lgani tufayli silliq 
mushaklarga spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. Ildizi yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi. 
Rovoch tarkibida antraglikozid, tanoglikozid, xrizofan kislota, emodin, pigmentlar mavjud, bu o‘simlik antraglikozidlar tufayli ichak peristalkasini oshiradi, surgi modda sifatida qo‘llanadi, ta’siri 8-10 soatlardan keyin boshlanadi. Tanoglikozidlar tufayli burishtiruvchi, ich ketishga qarshi, antiseptik ta’sir ko‘rsatadi. Rovoch o‘simligi surunkali qabziyatda, ichak atoniyasida, asosan qariyalar va bolalarni davolashda qo‘llanadi. Tabletkalarda ishlab chiqariladi, bolalar amaliyotida rovoch sharbati qo‘llanadi. Rovoch kichik mikdorlarda ich ketishda ham qo‘llanishi mumkin, o‘tkir appenditsit, xolesistit, homiladorliqda qo‘llash man etiladi. Balg‘am ko‘chirish, qustirish xususiyati bor o‘simliklar: arpabodiyon, ipekakuana, oqqaldirmok (ko‘ka), bahorgi navro‘zgul, chuchukmiya, afsonak, gulhayri, dorivor ukrop va boshqalar. Arpabodiyon o‘simligining tarkibida ko‘p miqdorda efir moylari mavjud, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, balg‘am ko‘chiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Arpabodiyonning efir moylari me’da-ichakdan so‘rilib, oshqozon shirasini oshiradi, bronx bezlari orqali chiqib, ularni ta’sirlaydi, shilliq ajralishi yaxshilanadi, nafas yo‘llari mikroflorasiga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Arpabodiyonning efir moyi bronxlar orqali anetol modda ishlab chiqarib, nafasni reflektor yo‘l orqali qo‘zg‘atadi, nafas yo‘llari faolligini oshiradi, balg‘amni suyultirib, ko‘chishini osonlashtiradi. Arpabodiyon ayniqsa bolalar amaliyotida nafas a’zolari kasalliklarida — bronxit, bronxopnevmoniya, laringit, traxeit, ko‘kyo‘tal kasalliklarida juda keng qo‘llanadi. Arpabodiyon damlamasi, moyi, novshadil tomchilari qo‘llanadi. Damlamasini me’da-ichak kasalliklarida — oshqozon, ichak spazmida, oshqozon, jigar, oshqozon osti bezining sekresiyasi kamayganda qo‘llanish mumkin. Chuchukmiya ildizidagi glitsirizin traxeya, bronxlar epiteliysining tukchalarini qo‘zg‘atib, yuqori nafas yo‘llari shillig‘ining sekretor faoliyatini oshiradi. Chuchukmiya flavonoid birikmalaridan iborat bo‘lgani tufayli silliq mushaklarga spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. Ildizi yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi.  
 
Chuchukmiyadagi glitsirizindan glitsirizin kislota hosil bo‘ladi, glitsirizin kislota 
kortikosteroidlarga o‘xshab ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikdan glitsiram modda olingan, 
modda yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi, uning yallig‘lanishga qarshi mexanizmida 
buyrak usti bezi ishtirok etadi. Glitsiram natriy va kaliy ionlarining o‘zaro nisbatiga 
ta’sir ko‘rsatadi, moddaning allergiyaga qarshi ta’siri ham bor. O‘simlik damlamasi, 
ekstrakti, sharbati, eliksiri (ko‘krak eliksiri) yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida 
balg‘am ko‘chirish, yo‘talni yumshatish, o‘rab oluvchi sifatida qo‘llanadi. Bu 
o‘simlik oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yarasi, me’da-ichakning surunkali 
yallig‘lanishida, ayniqsa oshqozon shirasi kislotaliligi oshganda qo‘llanadi. 
Yordamchi modda sifatida chuchukmiya o‘simligining moddalari buyrak usti bezi 
yetishmovchiligida — addisonizm holatlarida qo‘llanadi. Glitsiram bronxial 
astmani, ayniqsa bolalarni davolashda, allergik kasalliklarda qo‘llanadi. O‘simlik va 
undan olingan glitsiram kam zaharli modda.  
Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida bir nechta o‘simliklar birga yig‘ma sifatida 
qo‘llansa, bir-birining ta’sirini oshiradi. Masalan:  
Arpabodiyon mevasi—20,0  
Gulxayri ildizi— 40,0  
Chuchukmiya ildizi—40,0  
Damlama (1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynoq suvda) tayyorlanib, xar 3 soatda 
yarim stakandan qo‘llanadi.  
Gulhayri ildizi—20,0  
Chuchukmiya ildizi—20,0  
Arpabodiyon mevasi—20,0  
Mavrak bargi—20,0  
Qarag‘ay kurtagi—20,0 Damlama tayyorlanib, 1/4 stakandan kuniga 3-4 marta 
qo‘llanadi.  
 
 
 
 
 
Chuchukmiyadagi glitsirizindan glitsirizin kislota hosil bo‘ladi, glitsirizin kislota kortikosteroidlarga o‘xshab ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikdan glitsiram modda olingan, modda yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi, uning yallig‘lanishga qarshi mexanizmida buyrak usti bezi ishtirok etadi. Glitsiram natriy va kaliy ionlarining o‘zaro nisbatiga ta’sir ko‘rsatadi, moddaning allergiyaga qarshi ta’siri ham bor. O‘simlik damlamasi, ekstrakti, sharbati, eliksiri (ko‘krak eliksiri) yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida balg‘am ko‘chirish, yo‘talni yumshatish, o‘rab oluvchi sifatida qo‘llanadi. Bu o‘simlik oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yarasi, me’da-ichakning surunkali yallig‘lanishida, ayniqsa oshqozon shirasi kislotaliligi oshganda qo‘llanadi. Yordamchi modda sifatida chuchukmiya o‘simligining moddalari buyrak usti bezi yetishmovchiligida — addisonizm holatlarida qo‘llanadi. Glitsiram bronxial astmani, ayniqsa bolalarni davolashda, allergik kasalliklarda qo‘llanadi. O‘simlik va undan olingan glitsiram kam zaharli modda. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida bir nechta o‘simliklar birga yig‘ma sifatida qo‘llansa, bir-birining ta’sirini oshiradi. Masalan: Arpabodiyon mevasi—20,0 Gulxayri ildizi— 40,0 Chuchukmiya ildizi—40,0 Damlama (1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynoq suvda) tayyorlanib, xar 3 soatda yarim stakandan qo‘llanadi. Gulhayri ildizi—20,0 Chuchukmiya ildizi—20,0 Arpabodiyon mevasi—20,0 Mavrak bargi—20,0 Qarag‘ay kurtagi—20,0 Damlama tayyorlanib, 1/4 stakandan kuniga 3-4 marta qo‘llanadi.  
 
Brusnika Archagul 
Dala 
qirqbug‘imi 
Ittikanak 
 
Qon ketishini to‘xtatuvchi, bachadon mushaklari tonusini oshiruvchi 
o‘simliklar: suvqalampir, bodrezak, chayono‘t, jag‘-jag‘ shoxkuya va boshqalar.  
Chayono‘t o‘simligining bargi tarkibida oshlovchi, oqsil moddalari, chumoli 
kislota, vitamin K, askorbinat, pantotenat kislotalar, karotinoidlar, xlorofill, 
sitosterin, temir tuzlari mavjud. Ushbu moddalar tufayli chayono‘t lipidlar 
almashinuvini normallashtiradi, eritropoezni rag‘batlantiradi. Tarkibida vitamin K 
bo‘lgani tufayli chayono‘t gemostatik ta’sirga ega, vitamin K esa qonni 
quyultiradigan asosiy omillardan biridir, jigarda protrombin hosil bo‘lishida ishtirok 
etadi. Gemostatik ta’sir bilan birga chayono‘t qon tomirlarini toraytiradi, 
yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi, o‘t (safro) haydaydi, me’da-ichak shilliq 
qavatining regeneratsiyasini, moddalar almashinuvini, bachadon, me’da-ichak 
tonusini oshiradi. Chayono‘t tanlab bachadon mushaklarining qisqaruvchanligini 
oshiradi, damlamasi, ekstrakti o‘pka, buyrak, bachadon, ichakdan qon ketishni 
to‘xtatish uchun qo‘llanadi. Bachadon qisqarishini oshirish, qon ketishini 
kamaytirish uchun chayono‘t o‘simligi homila tug‘ilgandan keyin qo‘llanadi. 
Chayono‘t ateroskleroz, temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq anemiyalarda, 
xolesistit, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yaralarini davolashda qo‘llanadi. 
Chayono‘t bargining damlamasi mahalliy trofik yaralarni, dermatitlarni, kuygan 
yaralarni davolashda qo‘llanadi. Chayono‘t bargi vitaminli, oshqozondan qon 
ketishini to‘xtatuvchi yig‘malar tarkibiga kiradi.  
 
 
 
 
 
Daraxtsimon 
aloy 
Moychechak Chuchukmiya qoncho‘p 
Brusnika Archagul Dala qirqbug‘imi Ittikanak Qon ketishini to‘xtatuvchi, bachadon mushaklari tonusini oshiruvchi o‘simliklar: suvqalampir, bodrezak, chayono‘t, jag‘-jag‘ shoxkuya va boshqalar. Chayono‘t o‘simligining bargi tarkibida oshlovchi, oqsil moddalari, chumoli kislota, vitamin K, askorbinat, pantotenat kislotalar, karotinoidlar, xlorofill, sitosterin, temir tuzlari mavjud. Ushbu moddalar tufayli chayono‘t lipidlar almashinuvini normallashtiradi, eritropoezni rag‘batlantiradi. Tarkibida vitamin K bo‘lgani tufayli chayono‘t gemostatik ta’sirga ega, vitamin K esa qonni quyultiradigan asosiy omillardan biridir, jigarda protrombin hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Gemostatik ta’sir bilan birga chayono‘t qon tomirlarini toraytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi, o‘t (safro) haydaydi, me’da-ichak shilliq qavatining regeneratsiyasini, moddalar almashinuvini, bachadon, me’da-ichak tonusini oshiradi. Chayono‘t tanlab bachadon mushaklarining qisqaruvchanligini oshiradi, damlamasi, ekstrakti o‘pka, buyrak, bachadon, ichakdan qon ketishni to‘xtatish uchun qo‘llanadi. Bachadon qisqarishini oshirish, qon ketishini kamaytirish uchun chayono‘t o‘simligi homila tug‘ilgandan keyin qo‘llanadi. Chayono‘t ateroskleroz, temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq anemiyalarda, xolesistit, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yaralarini davolashda qo‘llanadi. Chayono‘t bargining damlamasi mahalliy trofik yaralarni, dermatitlarni, kuygan yaralarni davolashda qo‘llanadi. Chayono‘t bargi vitaminli, oshqozondan qon ketishini to‘xtatuvchi yig‘malar tarkibiga kiradi. Daraxtsimon aloy Moychechak Chuchukmiya qoncho‘p  
 
 
 
 
 
 
 
Dalachoy 
Katta 
bargizub 
Rovoch Achchiqshuvoq  
 
 
 
 
 
 
 
 
Ipekuann
a  
Chuchukmi
ya 
Arpabodiyo
n 
Tog‘rayxo
n 
Ukrop 
Gulhayr
i 
Ko‘ka 
 
 
 
 
 
Gazanda 
(chayonut) 
Jag‘ 
Shoxkuya 
 
 
NOZ-NE’MATLARNING XOSIYaTI 
Tabiat ne’matlaridan tanovul qilgan inson uning ta’mi, mazasi, to‘yimliligi, 
singishi, ta’sirini sezadi va uning xislatlariga ma’lum darajada baho bera oladi. Agar 
oziq-ovqat o‘simliklarini chuqur o‘rganib, ularni xislatlariga, mijoziga qarab tanovul 
qilinsa, ancha kasalliklarning oldini olish mumkin bo‘ladi. Anjir, anor, behi, bodom, 
do‘lana, yong‘oq, olma, jambil, jiyda, kashnich, limon, olxo‘ri, pomidor, sarimsoq, 
Dalachoy Katta bargizub Rovoch Achchiqshuvoq Ipekuann a Chuchukmi ya Arpabodiyo n Tog‘rayxo n Ukrop Gulhayr i Ko‘ka Gazanda (chayonut) Jag‘ Shoxkuya NOZ-NE’MATLARNING XOSIYaTI Tabiat ne’matlaridan tanovul qilgan inson uning ta’mi, mazasi, to‘yimliligi, singishi, ta’sirini sezadi va uning xislatlariga ma’lum darajada baho bera oladi. Agar oziq-ovqat o‘simliklarini chuqur o‘rganib, ularni xislatlariga, mijoziga qarab tanovul qilinsa, ancha kasalliklarning oldini olish mumkin bo‘ladi. Anjir, anor, behi, bodom, do‘lana, yong‘oq, olma, jambil, jiyda, kashnich, limon, olxo‘ri, pomidor, sarimsoq,  
 
tarvuz, uzum, turp, shaftoli, sholg‘om, shotut, o‘rik, qovun, loviya, makkajo‘xori, 
sholi, sabzi va boshqa noz-ne’matlarning ajoyib xislatlari bor. Anjir qadimdan jigar, 
taloq, va o‘pka shamollaganda qo‘llanib kelingan. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino 
anjir mevasini yo‘tal qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida qo‘llagan. Anjir 
bargidan olingan psoberan moddasi pes kasalligini davolashda qo‘llanadi.  
Anor po‘stlog‘i, mevasi va meva po‘sti qo‘tir, yo‘tal, ichburug‘, sariq 
kasalligida davolash uchun qo‘llanadi. Ibn Sino anor po‘stini qon qusganda, milk va 
ichakdan qon ketganda, ichburug‘da va siydik haydash, gijjalarni haydash uchun 
qo‘llashga tavsiya qilgan.  
Do‘lana toliqqanda, uyqusizlikda, yurakda og‘riq paydo bo‘lganida qo‘llanadi. 
Do‘lananing spirtli nastoykasi va ekstrakti hozirgi kunda angionevrozda, yurak 
notekis urganda, gipertoniya, ateroskleroz kasalliklarini davolashda qo‘llanadi.  
Jiyda mevasiningdamlamasi xalqtabobatida bolalarning ichi ketganda, nafas 
yo‘llari shamollaganda qo‘llanadi. Jiyda mevalari organizmda tuz-suv munosabatini 
saqlaydi, fikrlash qobiliyatini oshirish uchun ham iste’mol qilinadi.  
Chilonjiyda darmon beradi, siydik haydaydi, qon bosimini pasaytiradi, balg‘am 
ko‘chiradi. Xalqtabobatida olma bilan siydik yo‘lidagi toshlar tushirilgan, surunkali 
bod, tovush o‘zgarishi, oshqozon-ichak yo‘li yallig‘lanishi kabi kasalliklar 
davolangan. Olma bir qator mikroblarga qarshi ta’sir etadi, qon harakatini bir 
maromga soladi, parishonxotirlikka barxam beradi.  
Olxo‘ri shifobaxsh xususiyati bilan qadimdan xalq tabobatida qo‘llanib 
kelinadi, u ishtahani ochadi, ichni yurishtiradi, ovqatni hazm qildiradi, qaynatmasi 
yengil surgi hamda siydik haydovchi sifatida qo‘llanadi. Olxo‘ri qonda 
gemoglobinni oshiradi.  
Tarvuz xalq tabobatida istisqo, sariq kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya 
qilinadi, undan o‘t va siydik haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Tarvuz sharbati 
o‘t pufagi, buyrak hamda qovuqdagi mayda tosh va qumlarni organizmdan chiqarib 
tarvuz, uzum, turp, shaftoli, sholg‘om, shotut, o‘rik, qovun, loviya, makkajo‘xori, sholi, sabzi va boshqa noz-ne’matlarning ajoyib xislatlari bor. Anjir qadimdan jigar, taloq, va o‘pka shamollaganda qo‘llanib kelingan. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino anjir mevasini yo‘tal qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida qo‘llagan. Anjir bargidan olingan psoberan moddasi pes kasalligini davolashda qo‘llanadi. Anor po‘stlog‘i, mevasi va meva po‘sti qo‘tir, yo‘tal, ichburug‘, sariq kasalligida davolash uchun qo‘llanadi. Ibn Sino anor po‘stini qon qusganda, milk va ichakdan qon ketganda, ichburug‘da va siydik haydash, gijjalarni haydash uchun qo‘llashga tavsiya qilgan. Do‘lana toliqqanda, uyqusizlikda, yurakda og‘riq paydo bo‘lganida qo‘llanadi. Do‘lananing spirtli nastoykasi va ekstrakti hozirgi kunda angionevrozda, yurak notekis urganda, gipertoniya, ateroskleroz kasalliklarini davolashda qo‘llanadi. Jiyda mevasiningdamlamasi xalqtabobatida bolalarning ichi ketganda, nafas yo‘llari shamollaganda qo‘llanadi. Jiyda mevalari organizmda tuz-suv munosabatini saqlaydi, fikrlash qobiliyatini oshirish uchun ham iste’mol qilinadi. Chilonjiyda darmon beradi, siydik haydaydi, qon bosimini pasaytiradi, balg‘am ko‘chiradi. Xalqtabobatida olma bilan siydik yo‘lidagi toshlar tushirilgan, surunkali bod, tovush o‘zgarishi, oshqozon-ichak yo‘li yallig‘lanishi kabi kasalliklar davolangan. Olma bir qator mikroblarga qarshi ta’sir etadi, qon harakatini bir maromga soladi, parishonxotirlikka barxam beradi. Olxo‘ri shifobaxsh xususiyati bilan qadimdan xalq tabobatida qo‘llanib kelinadi, u ishtahani ochadi, ichni yurishtiradi, ovqatni hazm qildiradi, qaynatmasi yengil surgi hamda siydik haydovchi sifatida qo‘llanadi. Olxo‘ri qonda gemoglobinni oshiradi. Tarvuz xalq tabobatida istisqo, sariq kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya qilinadi, undan o‘t va siydik haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Tarvuz sharbati o‘t pufagi, buyrak hamda qovuqdagi mayda tosh va qumlarni organizmdan chiqarib  
 
tashlash xususiyatiga ega. Tarvuz urug‘ini bachadondan qon ketishida, urug‘ining 
mag‘zi gijja haydovchi omil sifatida qo‘llanishi mumkin.  
Qaynatib pishirilgan mypn yo‘talga davo, shamollashga qarshi, siydik 
haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi, tomoq va o‘pka kasalligida tavsiya etiladi. Turp 
sharbatini og‘riq qoldiruvchi sifatida bod, podagra, mushaklar, nerv tolalari 
shamollaganda badanga surtish tavsiya etiladi.  
Sholg‘om qadimdan qator kasalliklarga davo sifatida qo‘llanib kelingan. 
Qaynatib pishirilgan sholg‘om ko‘krak qafasini va tomoqni yumshatish uchun 
qo‘llanadi. Xalq tabobatida sholg‘omdan o‘pka, nafas yo‘llari kasalliklarida, isitma 
baland, yurak bezovta bo‘lganda foydalanilgan.  
Qovoqning shifobaxshligi qadim zamonlardan ma’lum, xalq tabobatida keng 
qo‘llanadi. Qovoqdan tayyorlangan qaynatma ko‘krak og‘riganda, quruq 
yo‘talganda, suvda pishgan qovoq sariq kasalligida, buyrak, qovuq, istisqo 
kasalliklarida siydik haydovchi sifatida qo‘llanadi. Qovoq shirasidan tomoq Ofig‘ini 
va miya ka-salliklarini davolashda foydalaniladi. Gijjalarni tushirish uchun qovoq 
urug‘i tavsiya etiladi.  
Shaftoli xalq tabobatida ovqatni hazm qildiruvchi, qayt qilishni to‘xtatuvchi 
omil sifatida qo‘llanadi. Shaftoli bargining sharbati yoki bargidan tayyorlangan 
qaynatma bod, bosh og‘rig‘i, ba’zi oshqozon-ichak xastaliklarini davolashda 
qo‘llanadi. Shaftolining guli va yosh barglarining shirasi bolalarda gijjani tushirishga 
yordam beradi.  
Shotut 
mevasining 
qaynatmasi 
difteriya, 
qizilo‘ngach 
kasalliklarini 
davolashda, og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘langanda chayish uchun tavsiya etiladi. Abu Ali 
ibn Sino shotut bargining shirasi bilan tomoq, og‘iz, tish kasalliklarini davolagan, 
mevasi dizenteriya, bosh og‘rig‘i, qon ketishi kasalliklarida qo‘llanadi.  
Xalq tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon, kasalligida o‘rik mag‘zidan choy 
damlab ichish tavsiya qilinadi. O‘rik mevalari kishiga darmon bag‘ishlaydi, 
kamqonlik bilan og‘riganlarga davo bo‘ladi.  
tashlash xususiyatiga ega. Tarvuz urug‘ini bachadondan qon ketishida, urug‘ining mag‘zi gijja haydovchi omil sifatida qo‘llanishi mumkin. Qaynatib pishirilgan mypn yo‘talga davo, shamollashga qarshi, siydik haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi, tomoq va o‘pka kasalligida tavsiya etiladi. Turp sharbatini og‘riq qoldiruvchi sifatida bod, podagra, mushaklar, nerv tolalari shamollaganda badanga surtish tavsiya etiladi. Sholg‘om qadimdan qator kasalliklarga davo sifatida qo‘llanib kelingan. Qaynatib pishirilgan sholg‘om ko‘krak qafasini va tomoqni yumshatish uchun qo‘llanadi. Xalq tabobatida sholg‘omdan o‘pka, nafas yo‘llari kasalliklarida, isitma baland, yurak bezovta bo‘lganda foydalanilgan. Qovoqning shifobaxshligi qadim zamonlardan ma’lum, xalq tabobatida keng qo‘llanadi. Qovoqdan tayyorlangan qaynatma ko‘krak og‘riganda, quruq yo‘talganda, suvda pishgan qovoq sariq kasalligida, buyrak, qovuq, istisqo kasalliklarida siydik haydovchi sifatida qo‘llanadi. Qovoq shirasidan tomoq Ofig‘ini va miya ka-salliklarini davolashda foydalaniladi. Gijjalarni tushirish uchun qovoq urug‘i tavsiya etiladi. Shaftoli xalq tabobatida ovqatni hazm qildiruvchi, qayt qilishni to‘xtatuvchi omil sifatida qo‘llanadi. Shaftoli bargining sharbati yoki bargidan tayyorlangan qaynatma bod, bosh og‘rig‘i, ba’zi oshqozon-ichak xastaliklarini davolashda qo‘llanadi. Shaftolining guli va yosh barglarining shirasi bolalarda gijjani tushirishga yordam beradi. Shotut mevasining qaynatmasi difteriya, qizilo‘ngach kasalliklarini davolashda, og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘langanda chayish uchun tavsiya etiladi. Abu Ali ibn Sino shotut bargining shirasi bilan tomoq, og‘iz, tish kasalliklarini davolagan, mevasi dizenteriya, bosh og‘rig‘i, qon ketishi kasalliklarida qo‘llanadi. Xalq tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon, kasalligida o‘rik mag‘zidan choy damlab ichish tavsiya qilinadi. O‘rik mevalari kishiga darmon bag‘ishlaydi, kamqonlik bilan og‘riganlarga davo bo‘ladi.  
 
Qovun ham anchagina shifobaxsh xususiyatlarga ega. Abu Ali ibn Sino «Tib 
qonunlari» kitobida ...qovunning eti va ayniqsa urug‘i yetiltiruvchi va 
tozalovchidir... terini tozalaydi, ayniqsa urug‘i va ichidagi boshqa narsalar sepkil, 
dog‘ va boshning kepaklashishiga barham beradi... Qovunning yetilgani ham, xomi 
ham siydik haydaydi. Buyrak va qovuqdagi mayda toshlarga, ayniqsa buyrakda 
bo‘lganida foyda qiladi...» deb yozgan. Xalqtabobatida qovun diq-qinafas, 
parishonxotirlikni, bod, sil, kamqonlik, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda 
qo‘llanadi.  
 
Qovun ham anchagina shifobaxsh xususiyatlarga ega. Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobida ...qovunning eti va ayniqsa urug‘i yetiltiruvchi va tozalovchidir... terini tozalaydi, ayniqsa urug‘i va ichidagi boshqa narsalar sepkil, dog‘ va boshning kepaklashishiga barham beradi... Qovunning yetilgani ham, xomi ham siydik haydaydi. Buyrak va qovuqdagi mayda toshlarga, ayniqsa buyrakda bo‘lganida foyda qiladi...» deb yozgan. Xalqtabobatida qovun diq-qinafas, parishonxotirlikni, bod, sil, kamqonlik, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda qo‘llanadi.