SHIFOKORLARNING BEMOR VA ULARNING OTA-ONALARI BILAN SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARI. KASALXONA ICHI INFEKSIYA TUSHUNCHASI VA UNI OLDINI OLISH

Yuklangan vaqt

2025-01-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

26,9 KB


 
 
 
 
 
 
SHIFOKORLARNING BEMOR VA ULARNING OTA-ONALARI BILAN 
SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARI. 
KASALXONA ICHI INFEKSIYA TUSHUNCHASI VA UNI OLDINI OLISH 
 
Kasalxona ichi infeksiyasi – bu bemorning kasalxonada davolanishi paytida 
yoki kasalxonada qolishi vaqtida, hamda kasalxonadan chiqarilishidan so’ng 
kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy muassasadagi 
xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida uning yuqtirishi 
sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir. 
Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari 
Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining paydo bo’lishi va 
rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi: 
• tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya 
tashuvchilarning mavjudligi; 
• sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab 
uskunalardan keng foydalanish; 
• katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda 
kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan 
yaqinligi; 
• aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun 
sanitariya-gigiyena standartidan chetga chiqish; 
• tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni, sterilizatsiya 
qilishning buzilishi; 
• tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish qoidalarining 
buzilishi, hamda sanitariya-epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tartib 
qoidalarining buzishi; 
• kasalxona ichi infeksiyaning oldini olishda muhim rol o’ynaydigan tibbiyot 
xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita ishtirok etadigan 
SHIFOKORLARNING BEMOR VA ULARNING OTA-ONALARI BILAN SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARI. KASALXONA ICHI INFEKSIYA TUSHUNCHASI VA UNI OLDINI OLISH Kasalxona ichi infeksiyasi – bu bemorning kasalxonada davolanishi paytida yoki kasalxonada qolishi vaqtida, hamda kasalxonadan chiqarilishidan so’ng kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy muassasadagi xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida uning yuqtirishi sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir. Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi: • tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya tashuvchilarning mavjudligi; • sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab uskunalardan keng foydalanish; • katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan yaqinligi; • aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun sanitariya-gigiyena standartidan chetga chiqish; • tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni, sterilizatsiya qilishning buzilishi; • tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish qoidalarining buzilishi, hamda sanitariya-epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tartib qoidalarining buzishi; • kasalxona ichi infeksiyaning oldini olishda muhim rol o’ynaydigan tibbiyot xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita ishtirok etadigan  
 
xodimlar malakasining yetarli emasligi. 
Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilari 
Kasalxona ichi infeksiyasi patogen va shartli patogen mikroorganizmlar 
vakillarini o’z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi. Bular: 
stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar, klebsiyella, 
E.coli, salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia, bakteroidlar, 
klostridiylar, kandida va boshqa mikroorganizmlar. Kasalxona ichi infeksiyasi 
etiologiyasida gripp viruslari, adenoviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar, virusli 
gepatit va boshqa viruslar muhim o’rin egallaydi. Bundan tashqari lepyunellalar, 
pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki ilgari noma’lum 
qo’zg’atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin. 
Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko’rinishda 
aniqlanadi. Shifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli 
jarayonlarini rivojlanishiga moyil hisoblanadi. 
Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy 
komponentlarni o’z ichiga oladi: infeksiya manbai, yuqish yo’li va qabul qiluvchi 
sub’yekt.  
Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen 
mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy 
xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari. 
Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining 
hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo’llari va 
omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi. 
Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo’zg’atuvchilari havo-tomchi, 
havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo’llar va 
homilaning tug’ruq yo’lidan o’tish vaqtida ham yuqishi mumkin. 
Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish 
I. Nospetsifik profilaktikasi 
• Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional 
rejalashtirilgan me’moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va 
rekonstruksiya qilish. 
• Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun’iy va tabiiy shamollatish; suv 
xodimlar malakasining yetarli emasligi. Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilari Kasalxona ichi infeksiyasi patogen va shartli patogen mikroorganizmlar vakillarini o’z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi. Bular: stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar, klebsiyella, E.coli, salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia, bakteroidlar, klostridiylar, kandida va boshqa mikroorganizmlar. Kasalxona ichi infeksiyasi etiologiyasida gripp viruslari, adenoviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar, virusli gepatit va boshqa viruslar muhim o’rin egallaydi. Bundan tashqari lepyunellalar, pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki ilgari noma’lum qo’zg’atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin. Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko’rinishda aniqlanadi. Shifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli jarayonlarini rivojlanishiga moyil hisoblanadi. Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi: infeksiya manbai, yuqish yo’li va qabul qiluvchi sub’yekt. Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari. Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo’llari va omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi. Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo’zg’atuvchilari havo-tomchi, havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo’llar va homilaning tug’ruq yo’lidan o’tish vaqtida ham yuqishi mumkin. Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish I. Nospetsifik profilaktikasi • Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional rejalashtirilgan me’moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va rekonstruksiya qilish. • Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun’iy va tabiiy shamollatish; suv  
 
ta’minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish. 
• Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi 
infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi 
infeksiyasi tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya-
epidemiyaga qarshi kurashni nazorat qilish. 
• Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan 
foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo’llash; asboblarni va tibbiy 
jihozlarni sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid 
nurlatish; xonani dezinfeksiya qilish; 
• Aseptika – mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini 
olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir. 
• Antiseptika – yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo’q qilishga 
qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui. 
II. Maxsus profilaktikasi 
Kasalxonada infeksiya xavfini kamaytirishning eng muhim usullari 
quyidagilardir: 
• tibbiy xodimlar tomonidan gigiyenaning barcha talablarini vijdonan 
bajarilishi,  qo’l yuvish va himoya kiyim-kechaklarini qo’llash; 
• bemorlarni parvarishlashda yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimumga 
keltiradigan barcha usullarini diqqat bilan bajarish; 
• shifoxonada mavjud bo’lgan, yuqumli kasalliklar sonini kamaytirishga 
mo’ljallangan, sanitariya usullaridan foydalanish. 
 
BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI 
Og’ir bemorlar og’iz bo’lig’ini parvarishlash 
Maqsad: og’ir bemorlar og’iz bo’shlig’idagi karash, shilliq, mikroorganizm 
va ovqat qoldiqlaridan tozalash. 
Ko’rsatma: Bemorning yotoq rejimda ekanligi. 
Zarur ashyolar: Zarur miqdorda paxta shariklari; steril mralya sal’fetkalari; 
steril pinset va shpatel’; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok) – toza va ishlatilgan 
shariklar va sal’fetkalar uchun; och pushti rangdagi kaliy permanganat eritmasi yoki 
2% li natriy bikarbonat yoki 0,9% li natriy xlor eritmasi (fiziologik eritma) yoki 3% 
ta’minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish. • Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi infeksiyasi tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya- epidemiyaga qarshi kurashni nazorat qilish. • Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo’llash; asboblarni va tibbiy jihozlarni sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid nurlatish; xonani dezinfeksiya qilish; • Aseptika – mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir. • Antiseptika – yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo’q qilishga qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui. II. Maxsus profilaktikasi Kasalxonada infeksiya xavfini kamaytirishning eng muhim usullari quyidagilardir: • tibbiy xodimlar tomonidan gigiyenaning barcha talablarini vijdonan bajarilishi, qo’l yuvish va himoya kiyim-kechaklarini qo’llash; • bemorlarni parvarishlashda yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimumga keltiradigan barcha usullarini diqqat bilan bajarish; • shifoxonada mavjud bo’lgan, yuqumli kasalliklar sonini kamaytirishga mo’ljallangan, sanitariya usullaridan foydalanish. BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI Og’ir bemorlar og’iz bo’lig’ini parvarishlash Maqsad: og’ir bemorlar og’iz bo’shlig’idagi karash, shilliq, mikroorganizm va ovqat qoldiqlaridan tozalash. Ko’rsatma: Bemorning yotoq rejimda ekanligi. Zarur ashyolar: Zarur miqdorda paxta shariklari; steril mralya sal’fetkalari; steril pinset va shpatel’; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok) – toza va ishlatilgan shariklar va sal’fetkalar uchun; och pushti rangdagi kaliy permanganat eritmasi yoki 2% li natriy bikarbonat yoki 0,9% li natriy xlor eritmasi (fiziologik eritma) yoki 3%  
 
li vodorod perikis eritmasi; rezinali balonchik yoki og’iz bo’shlig’ini yuvish uchun 
Jane shpritsi; glitseyerin yoki vazelin moyi. 
Bajarish tartibi:  
1. Tibbiy hamshira qo’lini sovun bilan yuvadi. 
2. Bemorning boshi funksional krovat yoki yostiqlar yordamida biroz ko’tariladi. 
Ko’krak sohasiga sochiq qo’yiladi, bemor qo’liga buyrak shaklidagi idish (lotok) 
beriladi yoki lotokni bo’lim bekasi uning jag’ ostiga ushlab turadi.   
3. Pinset bilan paxtali sharik olinadi, bunda pinsetning o’tkir uchi paxtaning ichida 
ekanligiga ishon hosil qilish zarur. Paxtali sharik kaliy permanganat eritmasiga 
namlanadi (yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritmaga). 
4. Bemorga og’zini ochish buyuriladi. 
5. Chap qo’lga shpatel’ olinadi, bemor lunjini tortgan holda bemorning tishlari 
tashqi va ichki yuzalari, tishlarning chaynov yuzalari paxtali shariklar bir necha 
marta almashtirgan holda (bunda infeksiya bir tishdan ikkinchi tishga o’tishi 
oldi olinadi) artiladi.  
6. Muolaja oxirida bemorga qaynatib iliqlashtirilgan suv yoki kaliy permanganat 
eritmasi og’zini chayqash uchun beriladi. 
7. Agar bemor og’zini o’zi yuva olmasa, unda rezina balon yoki Jane shpritsi bilan 
bemor og’zi chayiladi. 
Manipulyatsiya quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
- bemorning boshi bo’g’ilib qolmasligi uchun biroz ko’tarilgan holatga 
keltiriladi; 
- bemor boshi yon tomonga o’giriladi; 
- bemorning yonoq sohasiga sochiq qo’yiladi, og’iz burchagiga esa 
buyraksimon idish (lotok) joylashtiriladi; 
- rezina balon yoki Jane shpritsiga yuqorida keltirilgan biror 
dezinfeksiyalovchi eritmalar olinadi; 
- bemorga og’zini ochishni so’raladi; 
- rezina balon bilan qarama-qarshi lunjining ichki yuzasi yuviladi; 
- bemor boshi boshqa yon tomonga o’girilib, yoki yotoqning qarama-qarshi 
tomoniga o’tib uning ikkinchi lunji ichiki yuzasi xuddi shu tartibda yuviladi. 
8. Bemorning tilida karash aniqlansa, unda bemorga tilini chiqarish talab etiladi. 
li vodorod perikis eritmasi; rezinali balonchik yoki og’iz bo’shlig’ini yuvish uchun Jane shpritsi; glitseyerin yoki vazelin moyi. Bajarish tartibi: 1. Tibbiy hamshira qo’lini sovun bilan yuvadi. 2. Bemorning boshi funksional krovat yoki yostiqlar yordamida biroz ko’tariladi. Ko’krak sohasiga sochiq qo’yiladi, bemor qo’liga buyrak shaklidagi idish (lotok) beriladi yoki lotokni bo’lim bekasi uning jag’ ostiga ushlab turadi. 3. Pinset bilan paxtali sharik olinadi, bunda pinsetning o’tkir uchi paxtaning ichida ekanligiga ishon hosil qilish zarur. Paxtali sharik kaliy permanganat eritmasiga namlanadi (yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritmaga). 4. Bemorga og’zini ochish buyuriladi. 5. Chap qo’lga shpatel’ olinadi, bemor lunjini tortgan holda bemorning tishlari tashqi va ichki yuzalari, tishlarning chaynov yuzalari paxtali shariklar bir necha marta almashtirgan holda (bunda infeksiya bir tishdan ikkinchi tishga o’tishi oldi olinadi) artiladi. 6. Muolaja oxirida bemorga qaynatib iliqlashtirilgan suv yoki kaliy permanganat eritmasi og’zini chayqash uchun beriladi. 7. Agar bemor og’zini o’zi yuva olmasa, unda rezina balon yoki Jane shpritsi bilan bemor og’zi chayiladi. Manipulyatsiya quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: - bemorning boshi bo’g’ilib qolmasligi uchun biroz ko’tarilgan holatga keltiriladi; - bemor boshi yon tomonga o’giriladi; - bemorning yonoq sohasiga sochiq qo’yiladi, og’iz burchagiga esa buyraksimon idish (lotok) joylashtiriladi; - rezina balon yoki Jane shpritsiga yuqorida keltirilgan biror dezinfeksiyalovchi eritmalar olinadi; - bemorga og’zini ochishni so’raladi; - rezina balon bilan qarama-qarshi lunjining ichki yuzasi yuviladi; - bemor boshi boshqa yon tomonga o’girilib, yoki yotoqning qarama-qarshi tomoniga o’tib uning ikkinchi lunji ichiki yuzasi xuddi shu tartibda yuviladi. 8. Bemorning tilida karash aniqlansa, unda bemorga tilini chiqarish talab etiladi.  
 
Chap qo’l bilan bemor tilini uchidan sal’fetkada ushlanib, o’ng qo’ldagi shpatel’ 
bilan tildagi karash tozalanadi. Shundan so’ng qisqich bilan paxta sharigi olinib 
antiseptik eritmaga namlanadi va bemor tiliga ishlov beriladi. Toza paxtali sharik 
olinadi va u vazelin moyi yoki glitseringa namlanib bemor tili artiladi. 
9. Agar bemor lablari yoki og’iz burchaklarida terining yorilishlari aniqlansa unda 
bu sohalarni ham glitserin yoki vazelin moyiga shimdirilgan paxtali sharik bilan 
artilib chiqiladi. 
Eslatma. Og’izdagi mikroflora bir antiseptikka moslashmasligi uchun har safar har 
xil antiseptiklar bilan ishlov berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida sanalgan 
antiseptiklardan tashqari 1:5000 nisbatdagi furatsillin eritmasi, ma’danli suvdan 
ham foydalansa bo’ladi. Yotoq yoki yarim yotoqdagi bemor tishlari ertalab va 
kechqurun tozalanishi, og’iz bo’shlig’i esa har ovqatlanishdan keyin yuvilishi shart. 
Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi 
Maqsad: Burun yo’llarini korkalardan tozalash 
Ko’rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo’lgan bemorlar burnini 
tiqinardan tozalash. 
Zarur ashyolar: Paxtali turundalar; vazelin yoki boshqa suyuq yog’lar: 
kungaboqar, zaytun moylari yoki gilserin; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza 
va ishlatilgan turundalar uchun. 
Bajarish tartibi:  
1. Bemorning boshi balandroq joylashtiriladi, ko’kragiga sochiq qo’yiladi. 
2. Turundalar tayyorlangan moylar bilan namlanadi. 
3. Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi. 
4. Ho’llangan turunda olinib, biroz siqiladi va aylanma harakatlar bilan burun 
yo’llarining biriga aylantiriladi. 
5. Turunda 1-2 minutgacha burun ichiga qoldiriladi, so’ng burun yo’llarini 
korkalardan aylanma harakatlar bilan tozalanadi. 
6. Amalni ikkinchi burun yo’lida ham xuddi shu asnoda bajariladi. 
7. Burun terisini sochiq bilan artiladi va bemorga qulay tarzda yotishiga yordam 
beriladi. 
Og’ir bemorlar quloqlarini parvarishi 
Maqsad: Tashqi quloq va eshitish naylarini tozalash. 
Chap qo’l bilan bemor tilini uchidan sal’fetkada ushlanib, o’ng qo’ldagi shpatel’ bilan tildagi karash tozalanadi. Shundan so’ng qisqich bilan paxta sharigi olinib antiseptik eritmaga namlanadi va bemor tiliga ishlov beriladi. Toza paxtali sharik olinadi va u vazelin moyi yoki glitseringa namlanib bemor tili artiladi. 9. Agar bemor lablari yoki og’iz burchaklarida terining yorilishlari aniqlansa unda bu sohalarni ham glitserin yoki vazelin moyiga shimdirilgan paxtali sharik bilan artilib chiqiladi. Eslatma. Og’izdagi mikroflora bir antiseptikka moslashmasligi uchun har safar har xil antiseptiklar bilan ishlov berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida sanalgan antiseptiklardan tashqari 1:5000 nisbatdagi furatsillin eritmasi, ma’danli suvdan ham foydalansa bo’ladi. Yotoq yoki yarim yotoqdagi bemor tishlari ertalab va kechqurun tozalanishi, og’iz bo’shlig’i esa har ovqatlanishdan keyin yuvilishi shart. Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi Maqsad: Burun yo’llarini korkalardan tozalash Ko’rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo’lgan bemorlar burnini tiqinardan tozalash. Zarur ashyolar: Paxtali turundalar; vazelin yoki boshqa suyuq yog’lar: kungaboqar, zaytun moylari yoki gilserin; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan turundalar uchun. Bajarish tartibi: 1. Bemorning boshi balandroq joylashtiriladi, ko’kragiga sochiq qo’yiladi. 2. Turundalar tayyorlangan moylar bilan namlanadi. 3. Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi. 4. Ho’llangan turunda olinib, biroz siqiladi va aylanma harakatlar bilan burun yo’llarining biriga aylantiriladi. 5. Turunda 1-2 minutgacha burun ichiga qoldiriladi, so’ng burun yo’llarini korkalardan aylanma harakatlar bilan tozalanadi. 6. Amalni ikkinchi burun yo’lida ham xuddi shu asnoda bajariladi. 7. Burun terisini sochiq bilan artiladi va bemorga qulay tarzda yotishiga yordam beriladi. Og’ir bemorlar quloqlarini parvarishi Maqsad: Tashqi quloq va eshitish naylarini tozalash.  
 
Ko’rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo’lgan bemorlar. 
Zarur ashyolar: ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan 
ashyolar uchun; steril paxtali turundalar (piliklar); 3% vodorod perikis eritmasi, iliq 
suvga namlangan salfetka; sochiq. 
Bajarish tartibi:  
1. Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi. 
2. Paxtali turunda (pilikni) 3% li vodorod perikis eritmasi bilan namlanadi, bunda 
antiseptik eritma flakondan quyilgan holda namlanishi shart (buning uchun 
antiseptik idishi uning yorli0g’i kaftga qaragan holda tutiladi va bir necha tomchi 
lotokka tomiziladi, shundan so’ng turunda (pilik) namlanadi). 
3. Bemor boshi yon tomonga buriladi. 
4. Chap qo’l bilan quloq suprasidan ushlanib quloq yuqori va orqaga tortiladi, o’ng 
qo’l bilan esa aylanma harakatlar bilan tashqi eshituv nayiga namlangan turunda 
kiritiladi va yana bir necha bor aylanma harakatlar bilan eshitish nayi tozalanadi.  
5. Quloq suprasi nam salfetka bilan artiladi va shundan so’ng quruq sochiq bilan 
namlanadi. 
6. Amalni ikkinchi quloqda ham huddi shu asnoda bajariladi. 
Eslatma. Vodorod peroksid o’rniga vazelin moyini ishlatsa ham bo’ladi. 
Quloqning baraban qobig’ini shikastlanishini oldini olish maqsadida o’tkir qirrali 
asboblarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Agar bemorning tashqi eshitish nayida 
oltingugurt tiqinlari paydo bo’lgan bo’lsa, unda u LOR mutaxasisslari tomonidan 
olib tashlanadi. 
Og’ir bemorlar ko’zlarini parvarishi 
Maqsad: Ko’z yiringli kasalliklarini oldini olish.  
Ko’rsatma: Ko’zlardan yiringli ajralma ajralishi yoki ertalab turganda 
kipriklarning yopishib turishi. 
Zarur ashyolar: 8-10 ta paxtali shariklar; 2 ta steril buyrak shaklidagi idish 
(lotok): toza va ishlatilgan paxta shariklari uchun; ikkita steril marlyali salfetka; och 
pushti rangda tayyorlangan kaliy permanganat yoki 1:5000 nisbatda tayyorlangan 
furatsillin eritmalari.  
Bajarish tartibi:  
1. Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi. 
Ko’rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo’lgan bemorlar. Zarur ashyolar: ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan ashyolar uchun; steril paxtali turundalar (piliklar); 3% vodorod perikis eritmasi, iliq suvga namlangan salfetka; sochiq. Bajarish tartibi: 1. Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi. 2. Paxtali turunda (pilikni) 3% li vodorod perikis eritmasi bilan namlanadi, bunda antiseptik eritma flakondan quyilgan holda namlanishi shart (buning uchun antiseptik idishi uning yorli0g’i kaftga qaragan holda tutiladi va bir necha tomchi lotokka tomiziladi, shundan so’ng turunda (pilik) namlanadi). 3. Bemor boshi yon tomonga buriladi. 4. Chap qo’l bilan quloq suprasidan ushlanib quloq yuqori va orqaga tortiladi, o’ng qo’l bilan esa aylanma harakatlar bilan tashqi eshituv nayiga namlangan turunda kiritiladi va yana bir necha bor aylanma harakatlar bilan eshitish nayi tozalanadi. 5. Quloq suprasi nam salfetka bilan artiladi va shundan so’ng quruq sochiq bilan namlanadi. 6. Amalni ikkinchi quloqda ham huddi shu asnoda bajariladi. Eslatma. Vodorod peroksid o’rniga vazelin moyini ishlatsa ham bo’ladi. Quloqning baraban qobig’ini shikastlanishini oldini olish maqsadida o’tkir qirrali asboblarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Agar bemorning tashqi eshitish nayida oltingugurt tiqinlari paydo bo’lgan bo’lsa, unda u LOR mutaxasisslari tomonidan olib tashlanadi. Og’ir bemorlar ko’zlarini parvarishi Maqsad: Ko’z yiringli kasalliklarini oldini olish. Ko’rsatma: Ko’zlardan yiringli ajralma ajralishi yoki ertalab turganda kipriklarning yopishib turishi. Zarur ashyolar: 8-10 ta paxtali shariklar; 2 ta steril buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan paxta shariklari uchun; ikkita steril marlyali salfetka; och pushti rangda tayyorlangan kaliy permanganat yoki 1:5000 nisbatda tayyorlangan furatsillin eritmalari. Bajarish tartibi: 1. Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi.  
 
2. Buyrak shaklidagi idishga (lotok) biroz miqdorda antiseptik eritmasi quyiladi. 
3. Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi. 
4. O’ng qo’lning 1 va 2-barmoqlariga antiseptik eritmaga namlangan paxta sharigi 
olinadi va biroz siqiladi. 
5. Bemor ko’zlarini yumib turish buyuriladi. Bir ko’z uning tashqi burchagidan 
ichki burchagiga yo’naltirilgan holda artiladi. 
6. Setril salfetkalar yordamida ko’zlardagi antiseptik modda qoldiqlaridan artib 
olinadi. 
7. Amalni ikkinchi ko’zda ham huddi shu asnoda bajariladi. 
Eslatma. Bir ko’zdagi infektsiyani ikkinchi ko’zga o’tishini olidini olish maqsadida, 
har ko’z uchun alohida sharik va salfetkalardan foylanish maqsadga muvofiqdir. 
 
Nazorat savollari: 
1. Kasalxona ichi infektsiyasi nima? 
2. Kasalxona ichi infektsiyasi rivojlanishi sabablarini ko’rsating? 
3. Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilariga nimalar kiradi? 
4. Kasalxona ichi infektsiyasi profilaktikasi choralari nimalardan iborat? 
5. Og’ir bemorlar og’iz bo’shlig’ini parvarishlash tartibini tushuntiring? 
6. Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishlash tartibini tushuntiring? 
7. Og’ir bemorlar quloqlarini parvarishlash tartibini tushuntiring? 
8. Og’ir bemorlar ko’zlarini parvarishlash tartibini tushuntiring? 
 
2. Buyrak shaklidagi idishga (lotok) biroz miqdorda antiseptik eritmasi quyiladi. 3. Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi. 4. O’ng qo’lning 1 va 2-barmoqlariga antiseptik eritmaga namlangan paxta sharigi olinadi va biroz siqiladi. 5. Bemor ko’zlarini yumib turish buyuriladi. Bir ko’z uning tashqi burchagidan ichki burchagiga yo’naltirilgan holda artiladi. 6. Setril salfetkalar yordamida ko’zlardagi antiseptik modda qoldiqlaridan artib olinadi. 7. Amalni ikkinchi ko’zda ham huddi shu asnoda bajariladi. Eslatma. Bir ko’zdagi infektsiyani ikkinchi ko’zga o’tishini olidini olish maqsadida, har ko’z uchun alohida sharik va salfetkalardan foylanish maqsadga muvofiqdir. Nazorat savollari: 1. Kasalxona ichi infektsiyasi nima? 2. Kasalxona ichi infektsiyasi rivojlanishi sabablarini ko’rsating? 3. Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilariga nimalar kiradi? 4. Kasalxona ichi infektsiyasi profilaktikasi choralari nimalardan iborat? 5. Og’ir bemorlar og’iz bo’shlig’ini parvarishlash tartibini tushuntiring? 6. Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishlash tartibini tushuntiring? 7. Og’ir bemorlar quloqlarini parvarishlash tartibini tushuntiring? 8. Og’ir bemorlar ko’zlarini parvarishlash tartibini tushuntiring?