SHO‘RLANGAN TUPROQLAR
REJA:
1. Sho’rlangan tuproklar, ularning kelib chikishi, xossalari, ulardan
foydalanish
2. Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o’simliklar o’sishi va
hosildorligiga ta’siri
3. Sho’rlangan tuproqlarni, sho’rhoklarni va sho’rtoblarni meliorasiya qilish.
Sug’oriladigan tuproqlarning ikkilamchi sho’rlanishi va uning oldini olish
Kalit so’zlar: sho’rlangan tuproqlar, sho’rxoklar, sho’rtoblar, cho’l zonasi
tuproqlari, gidromorf tuproqlar, bo’z tuproqlar
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sug’oriladigan yerlarning qariyb 9,6 foizining
meliorativ holati yomon bo’lib, bu avvalo, tuproqning sho’rlanish darajasi yuqoriligi
va yer osti suvlarining ko’tarilishi bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sug’orilib ekin
ekiladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish, ularning meliorativ holatini
yaxshilash orqali unumdorligini orttirish bugungi qishloq xo’jaligining eng muhim
vazifalaridan hisoblanadi (Kuziyev, 2000).
Bugungi kunga kelib respublika umumiy yer maydonining 46,3 % ini turli
darajada sho’rlangan yerlar tashkil etadi (O’zbekiston Respublikasi tuproq
qoplamlari Atlasi, 2010).
Sho’r tuproqlar tarqalgan hududlar katta miqyosdagi tuproq-geokimyoviy
formasiya bo’lib, turli xil tuproqlarni o’zida birlashtiradi. Ularning umumiy belgilari
quyidagilardan iborat: akkumulyativ yoki paleoakkumulyativ landshaftlarda hosil
bo’lishi, yuqori konsentrasiyadagi eritmalarda suvda oson eruvchi tuzlarning tuproq
hosil bo’lish jarayonlarida ishtirok etishi, tuproq eritmalarining yuqori
konsentrasiyasi tuproq profilining turli qatlamlaridagi o’ta yuqori ishqoriylik sababli
o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni vujudga
keltirishi (bundan sho’r tuproqlarda o’suvchi galofitlar mustasno) va boshqalar
(Gafurova va b., 2003).
Sho’rlangan tuproqlar deb tuproq profilida madaniy o’simliklarning (galofit
bo’lmagan) rivojlanishi uchun zaharli ta’sir etuvchi, suvda oson eruvchi tuzlarni
tutuvchi tuproqlarga aytiladi. Suvda oson eruvchi tuzlarga sovuq suvda gipsning
(CaSO4∙2H2O) eruvchanligidan (2 g/l atrofida) ortiq eriydigan tuzlar kiradi. Agar
tuproqning yuqorigi 0-30 sm qatlamida 0,6 % ortiq soda, 0,1 % dan ortiq xlor va 2%
dan ortiq sulfatlar uchrasa, bunday sho’r tuproqlar sho’rhoklar deb ataladi.
Tuproqlarning bunday tabaqalanishi tuzlarning turlicha zaharliligidan kelib chiqadi.
Masalan, eng zaharli tuz soda (Na2CO3) hisoblanadi. Uning 0,6 % miqdori tuproqni
butunlay unumsiz holatga keltiradi, 0,1 % atrofidagi miqdori o’simliklarning normal
o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Dunyo tuproq xaritasidagi (FAO)
tuproqlar sistemastikasida (tizimida) yuqorigi 0-15 sm li qatlamda 3 % dan ortiq
miqdorda tuz ushlagan tuproqlar sho’rhoklar guruhiga kiritilgan. Yuqorida
ko’rsatilgan miqdordagi tuzlar tuproqning yuza qatlamida emas, balki chuqurroq
qatlamlarida bo’lgan tuproqlar sho’rhokli tuproqlar va shu miqdordan kam bo’lgan,
lekin tuproqning istalgan qatlamlarida uchrasa sho’rhoksimon tuproqlar deb ataladi.
Demak, tuproqlar tuzlarning tuproq profilida joylanishiga qarab yuza va chuqur
sho’rhoksimon bo’lishi mumkin.
Sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlarning hosildorligi tuproq hosil qiluvchi
jinslarning xarakteriga, tuproq tiplariga, sug’orish davrlariga, sho’rlanganlik
darajalariga hamda ularda o’tkazilayotgan agrotexnik va meliorativ tadbirlarning
majmuasiga bog’liq. O’zining kelib chiqishiga ko’ra sug’oriladigan sho’rlangan
tuproqlar turli tiplariga, jumladan och tusli bo’z, o’tloqi-bo’z, bo’z-o’tloqi, o’tloqi,
botqoq-o’tloqi, taqirli, taqir-o’tloqi va boshqa bo’lishi mumkin.
Sho’rlangan
sug’oriladigan tuproqlardagi suvda oson eruvchi tuzlar asosan uch kation (Na+, Ca++,
Mg++) va to’rt anion (Sl-, SO4--, HCO3-, CO3--) ning kimyoviy birikishi natijasida
hosil bo’lgan 12 xil tuzdan iborat (49-jadval).
49-jadval
Tuproq-gruntlardagi asosiy suvda oson eruvchi tuzlar
Xloridlar
Sulfatlar
Karbonatlar
Bikarbonatlar
NaCl
(natriy xlorid)
Na2SO4
(natriy sulfat)
Na2CO3
(natriy
karbonat)
NaHCO3
(natriy bikarbonat)
MgCl2
(magniy xlorid)
MgSO4
(magniy sulfat)
MgCO3
(magniy
karbonat)
Mg(HCO3)2
(magniy bikarbonat)
CaCl2
(kalsiy xlorid)
CaSO4∙2H2O
(kalsiy sulfat)
CaCO3
(kalsiy
karbonat)
Ca(HCO3)2
(kalsiy bikarbonat)
Ushbu tuzlardan 4 xili, ya’ni Mg(CO3)2, CaSO4∙2H2O, CaCO3 va Ca(HCO3)2
tuzlari deyarli zararsiz. Bular ichida eng zararsiz tuz gips (CaSO4) va ohak (CaCO3)
hisoblanadi. Qolgan 8 xil tuzlar o’simliklar uchun zaharli, ayniqsa eng xavflisi
Na2CO3 va keyingi o’rinda MgCl2 toksik tuzlari hisoblanadi.
Sho’rhoklar, qabul qilingan tuproqlar sistematikasiga ko’ra: avtomorf – grunt
suvlari chuqur joylashgan maydonlarda o’zida tuz ushlangan jinslardan va
gidromorf – minerallashgan grunt suvlari ta’sirida hosil bo’lgan sho’rhoklarga
bo’linadi. Avtomorf sho’rhoklar quyidagi tipchalarga: tipik - qoldiq, qaytalangan va
taqirlashgan; gidromorf sho’rhoklar esa - tipik, o’tloqi, botqoq, shorli (sor), loy-
vulqonli va tepa-do’nglik tipchalariga bo’linadi. Yana sho’rhoklar sho’rlanish
ximizmi (tipi)ga qarab xloridli, sulfat-xloridli, xlorid-sulfatli, sulfatli, soda-xloridli,
soda-sulfatli, xlorid-sodali, sulfat-sodali, sulfat yoki xlorid-gidrokarbonatli
turkumlarga hamda sho’rlanish manbalariga ko’ra - litogenli, qadimiy gidromorfli
va biogenli turkumlarga ajraladi.
Shuningdek, sho’rhoklar tuproq profilidagi tuzlarning tarqalish xarakteriga
ko’ra: ustki, yuzaki (agar tuzli qatlam 0-30 sm da tarqalgan bo’lsa) va chuqur profilli
(agar butun profil sho’rhoklar darajasida sho’rlangan bo’lsa) guruhlarga bo’linadi.
Morfologik tashqi ko’rinishga ko’ra sho’rhoklar - mayin, qatqaloq, qora va ho’l
guruhlarga bo’linadi. Qatqaloq sho’rhoklarning betida yupqagina tuz qavati
(qatqaloq) hosil bo’ladi va bu qatqaloq tarkibida asosan xlorid tuzlar (NaCl) bo’lib,
sulfatlar oz uchraydi. Mayin sho’rhoklarning ustki qavati quruq, g’ovak va juda
mayin bo’ladi, kishi oyog’i oson botadi va iz tushadi. Bu xildagi sho’rhoklar
tarkibida asosan sulfatlar, ayniqsa Na2SO4 ko’p bo’ladi. Qora sho’rhoklarda soda
(Na2CO3) ko’p bo’lganligidan tuproq gumusi tarkibidagi gumin kislota eriydi va
qora tus hosil qiladi. Ho’l sho’rhoklar tarkibi asosan CaCl2 va MgCl2 tuzlaridan
iborat bo’ladi.
Sho’rhoklarda tarqalgan o’simliklar onda-sonda, yakka-dukka tarzda
rivojlangan bo’lib, ular sho’ra o’simliklarini turlik o’rinishlarini namoyon qiladi
(sertuz va yuqori osmotik bosimli tuproq eritmasida hayot kechirishga moslashgan
qorasho’ra, sarsazan, sho’ra, burgan, shuvoq, kurmak kabilar) va ildiz
sistemalarining chuqur ketishi va kul moddasining yuqori miqdorda bo’lishi bilan
farqlanadi. Sho’ralarning ayrim turlarida kul elementlarining miqdori 20-30% ni
tashkil etadi. Kul tarkibida xlor, oltingugurt, natriy elementlari ko’proq uchraydi.
O’zbekiston hududidagi sho’rlangan tuproqlar maydoni. Hozirgi vaqtda
Yer sharining turli hududlarida tez sur’atlar bilan yuzaga kelayotgan sho’rlanish
jarayonlarini o’rganish muhim dolzarb masalalardan hisoblanadi. O’zbekistonda
tarqalgan sho’rlangan tuproqlarning turli xossa-xususiyatlarini hamda unumdorlik
ko’rsatkichlarini sho’rlanish jarayonlari ta’sirida o’zgarishi bir qator olimlar
tomonidan o’rganilgan bo’lib, ularning ishlarida sho’rlangan tuproqlarning genezisi
va meliorasiyasiga oid umumiy muammolar o’rganilgan, shu bilan birga
tuproqlardagi suv hamda tuzlar harakatining barcha mexanizmlari va umumiy
qonuniyatlari ochib berilgan. Bularga misol qilib L.T.Tursunov va b., 1972, 1990,
2008; Uzoqov va b., 2008; M.U.Umarov, 1974, 1975; A.M.Rasulov, 1976;
A.U.Axmedov va b., 1984, 1994; Ye.I.Pankova va b., 1987, 1996; A.A.Tursunov,
1987; S.A.Abdullayev va b., 1995, 1997; M.M.Tashkuziyev, 1996, 2000;
T.X.Xojiyev va b., 1997; I.Turapov va b., 2000, 2001; Kurvantayev va b., 2000;
I.A.Yamnova va b., 2007, 2008; X.E.Yuldasheva, 2008 va boshqalarni ko’rsatish
mumkin.
Ma’lumki, so’nggi yillarda O’zbekiston hududida tabiiy komponentlarning,
shu jumladan tuproqlarning ham ekologik holati yomonlashuvi kuchli darajada
kuzatilmoqda. Sug’orish va sho’r yuvish me’yorlarining oshishi sizot suvlari
sathining ko’tarilishiga olib kelmoqda va bu o’z navbatida tuproq sho’rlanishining
asosiy sabablaridan biriga aylanmoqda. Shu bois, arid mintaqa sho’rlangan
tuproqlarining unumdorlik holatini hozirgi sharoitlarda o’rganish tuproqshunoslik
fanining muhim hayotiy muammolaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlar turli gorizontal-kenglik
zonalarida uchraydi: janubiy (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari),
markaziy (Farg’ona vodiysining ko’p tumanlari, Mirzacho’l, Jizzax, Samarqand
viloyatining
ayrim
tumanlari)
va
shimoliy
(Xorazm,
Qoraqalpog’iston
Respublikasi). Bu yerlarni sho’rhokli va sho’rhoksimon tuproqlar tashkil etadi.
Bulardan tashqari tuproq singdirish kompleksida singdirilgan natriy yoki
magniyning miqdorlari yuqori bo’lgan, agrofizikaviy xossalari o’ta yomon
sho’rtobsimon tuproqlar ham uchraydi (Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi)
O’zbekistonning ko’p tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori ko’p
holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki sho’rlanish xlorid-sulfatli yoki sulfatli.
Buxoro viloyatining tumanlarida va Farg’ona vodiysida tuzlar tarkibini asosan
sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda
tuproq sho’rlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va kam
holatlarda xloridli sho’rlanish tiplari uchrab turadi. Sug’oriladigan tuproqlarning
ayrim qismlarida gidrokarbonatli chuchuk grunt suvlari yer yuzasiga yaqin
joylashgan maydonlarda sho’rlanishning o’ziga xos magniy karbonatli turi
aniqlangan bo’lib, ular Samarqand, Farg’ona va Toshkent viloyatlarining qator
tumanlaridagi o’tloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, ko’pgina maydonlarni egallagan.
Suvda eruvchi tuzlarning yuqori harakatchanligi bois sug’oriladigan
sho’rlangan tuproqlar maydonlari doim o’zgaruvchan. Tabiiy va xo’jalik omillari
sharoitlariga bog’liq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi
va bir vaqtning o’zida sho’rlanganlik darajalari kuchayib yoki pasayishi mumkin.
Sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanganlik darajasiga qarab 4 ta asosiy guruhga -
sho’rlanmagan, oz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan, kuchli sho’rlangan va
sho’rhoklarga bo’linadi. Sho’rlanish darajasi asosan tuproqning sho’rlanish
ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Turli tipda sho’rlangan tuproqlar uchun
tuzlar miqdorining maqbul chegarasi quyidagi jadvalda keltirilgan (50-jadval).
50-jadval
Tuproqlarning ximizmi bo’yicha sho’rlanganlik darajasi
(xloridli sho’rlanish tipidagi tuproqlar uchun)
Sho’rlanganlik
darajasi
0-100 sm li qatlamdagi tuzlar miqdori
quruq qoldiq
shu jumladan xlor
Sho’rlanmagan
< 0,3
< 0,01
Kuchsiz sho’rlangan
0,3 - 1,0
0,01 - 0,05
O’rtacha
sho’rlangan
1,0 - 2,0
0,05 - 0,10
Kuchli sho’rlangan
2,0 - 3,0
0,10 - 0,15
Sho’rhoklar
> 3,0
> 0,15
Birinchi zona - katta nishablik va yillik atmosfera yog’in-sochinlari ko’p
bo’ladigan (500-600 mm) tog’ oldi baland yerlaridan iborat. Bu yerlarda suvni
o’zidan yaxshi o’tkazuvchi, mayda tosh, shag’al, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin
(1,5-2,0 m) joylashgan. Grunt suvlari chuchuk bo’lib, yer yuzasidan 10-30 m va
undan ham past chuqurlikda joylashib, o’zining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga
100 metr atrofida) bilan farqlanadi. Tuproq qatlamlari va grunt suvlarida
nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv o’tkazuvchanligining yuqori bo’lishi
va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada ta’minlanganligi sababli bu yerlarda
sho’rlanish sodir bo’lmaydi, barcha pastki gidrogeologik zonaga oqizib yuvilib
ketiladi, shu bois birinchi zona yerlari meliorativ qulay yerlar hisoblanib,
sho’rlanishga va botqoqlanishga moyil emas.
Ikkinchi gidrogeologik zona (yer osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish
zonasi) - quyi, pastki chegaralaridan boshlanib, pastki uchinchi zona oraliqlaridagi
nishabi nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali
qatlami, qalin soz va og’ir qumoqli mexanik tarkibga ega. Grunt suvlari o’z
yo’nalishida og’ir tarkibli qatlamlarga duch keladi va ular qarshiligiga uchrab
siqilish sharoitida joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) ko’tarilishi
yoki sizib chiqish mumkin. Grunt suvlari oqimining sekinligiga qaramasdan
(sutkasiga 10 metr atrofida) chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar miqdori 0,2-
0,4 g/l), shu bois tuproqlar deyarli sho’rlanmaydi, faqat botqoqlanish jarayoni yuz
berishi mumkin.
Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va
mineralizasiyasining ortishi (1,5-2,0 g/l va undan ortiq) tufayli tuproqlarda
sho’rlanish jarayonini kuzatish mumkin. Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi
yoki uni butunlay yo’qligi oqibatida sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanishi asosan
uchinchi zonada (tarqalib ketish) grunt suvlarining bug’lanish zonasida sodir
bo’lishi mumkin.
O’zbekiston hududidagi ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi
nishabi kichik bo’lgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan.
Bu yerlarning iqlimi quruq va jazirama, yillik bug’lanish (600-1200 mm) atmosfera
yog’inlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli og’ir
mexanik tarkibli bo’lib, suv ko’tarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shag’al
yotqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 m va ko’p). Grunt suvlari sho’rlangan
(minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi
juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz. Tabiiy sharoitning mana
bunday majmuidan kelib chiqib, sho’rlangan grunt suvlari katta miqdorda
bug’lanishga sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bug’lanib turadi, tuzlar esa
asta-sekin to’planib tuproqni sho’rlantiradi. Havo quruq va uning harakati qancha
yuqori, tuproqning suv ko’tarish qobilyati kuchli (yuqori), grunt suvlarining
joylanishi yer yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizasiyasi yuqori bo’lsa, tuproq
sho’rlanishi jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi. O’zbekistonda sho’rlangan
va sho’rlanishga moyil yerlar Farg’ona vodiysida, Mirzacho’lda, Buxoro viloyatida,
Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi.
To’rtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha bo’lishi mumkin.
Grunt suvlari chuchuk bo’lgan hududlarda (Chirchiq, Angren, Zarafshon, Norin,
Qoradaryo bo’ylarida) qayir
yerlar sho’rlanmagan, biroq ayrim joylar
botqoqlashgan. Grunt suvlari minerallashgan (yer yuzasiga nisbatan yaqin
joylashgan - 1,5-2,5 metrgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili)
maydonlarda qayir yerlar sho’rlangan va meliorativ tadbirlar o’tkazishni taqazo
etadi.
Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to’planishiga bir qancha omillar ta’sir
etadi. Tuzlar hosil bo’lishining asosiy manbalari atmosfera yog’in-sochinlari,
tuproq-grunt suvlari, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, nihoyat oqar suvlar
harakatining sustligi, tuzlarning dengizdan quruqlikka shamol ta’sirida kelib
qo’shilishi (impulverizasiya), o’simliklar, sug’orish suvlari va boshqalar tuz
to’plovchi manbalardan hisoblanadi.
Tajriba nuqtai nazaridan olib qaraganda oqar suvlar yoki grunt suvlari bilan
birgalikda tuproqqa kelib to’planadigan tuzlar alohida ahamiyatga molikdir.
Tuzlarning suv bilan kelib tuproqqa tarqalishi ko’proq quyidagi mahalliy tabiiy
sharoitlarga: joyning relyefi va geologik tuzilishiga, tuproq gruntining suv
o’tkazadigan (filtrlash) xossalari kabilarga bog’liqdir.
Tuproq tarkibida tuzlarning tarqalishi va to’planishida iqlimning roli. Tuproqda
tuzlarning to’planishi ko’pincha issiq va quruq iqlimli hududlarga xos bo’lib,
Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda keng tarqalgandir. Bunga sabab quruq
va issiq o’lkalarda atmosfera yog’in-sochinining kamligi tufayli yerning chuqur
qatlamlarigacha namlanmasligi, grunt suvlarining tuproq yuzasiga yaqin
joylashganligi va parlanishning nihoyatda ko’pligidir. Parlanishning miqdori iqlimiy
sharoitlarga bog’liq ravishda ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Birinchidan erkin suv
yuzasidan parlanish, ikkinchidan tuproq yuzasidan parlanish. Quyida keltirilgan
jadvaldan ko’rinib turibdiki, shimoldan janubga qarab yurgan sari bug’lanish ortib
borishini ko’ramiz, shunga mos ravishda parlanish ham bir me’yorda oshib boradi
(51-jadval).
51-jadval
Har xil zonalardagi namlikni bug’lanishi va parlanishi (mm)
Zonalar
Bug’lanish
Parlanish
Tundra
200-300
70-120
Tayga
300-600
200-300
Aralash
o’rmon
400-850
250-430
Dasht
600-1100
240-550
Chala cho’llar
900-1000
180-200
Cho’llar
1500-2000
50-100
Subtropik
800-1300
300-750
V.A.Kovdaning ta’riflashicha, atmosferadan tushadigan yog’in-sochin
o’simliklar qoplami va sizot suvlarning yer yuzasiga uzoq-yaqin joylashganligiga
qarab parlanish shimoldan janubga tomon iqlimni quruqlasha borishi bilan orta
boradi.
Dasht va o’rmon-dasht zonasida sho’rxok va sho’rxoklashgan tuproqlar,
sho’rlangan gruntlardan yoki yer osti suvlari chuqur joylashmagan, minerallashgan
(1,5-2,5m) sizot suvlaridan paydo bo’ladi. Qo’riq dasht zonasida esa, tuproqlarning
sho’rlanishi yog’ingarchilikni ozligi va uning yil davomida bir xilda
tarqalmasligidan va bahor, yoz oylarining uzoq davom etishidan va nihoyat,
atmosferadan tushadigan yog’in yerning chuqur qatlamlarini namlatmasligidan hosil
bo’ladi. Bunday sharoitda ko’proq solodlashgan tuproqlar paydo bo’ladi.
Sho’rlangan va solodlashgan qatlamlar yer yuzasidan uncha chuqur joylashmagan
bo’lib, sizot suvining kapillyar rejimi tipi ostida dasht zonasiga qaraganda ko’proq
tuz to’planadi.
52-jadval
Turli landshaftli mintaqalarda tuzlarning tarqalishi
Landshaft
mintaqala
ri
Yog’in-
sochinlarni
ng o’rtacha
yillik
miqdori,
mm
Yillik
o’rtacha
bug’lanis
h, mm
Quruq
davrlarda
gi
havoning
nisbiy
namligi,
%
Grunt
suvlarin
i eng
yuqori
mineral
i-
zasiyasi
, g/l
Tuproqda
gi yengil
eruvchi
tuzlarning
miqdori,
%
Tuproqd
a
tarqalga
n tuzlar
Cho’l
100
2000 -
2500
20
200-
350
25-50
NaCl,
KNO3,
MgCl2,
MgSO4,
CaSO4,
CaCl2
Yarim
cho’l
200-300
1000 -
1500
20-30
100-
150
5-8
NaCl,
Na2SO4
CaSO4,
MgSO4,
Dasht
300-450
800 -
1000
35-40
50-100
2-3
Na2SO4,
Na2CO3
NaHCO
3
O’rmon-
dasht
350-500
500-800
40-45
1-3
0,5-1
NaHCO
3
Na2CO3
Namlik birmuncha yuqori bo’lgan iqlim sharoitlarida kam eriydigan tuzlar
to’plangani holda suvda ko’proq eriydigan tuzlar chuqur qatlamlarga, ona jins va
grunt suvlarigacha yuvilib ketadi. Qurg’oqchilik ortgan sari suvda ko’proq eriydigan
tuzlar to’plana boshlaydi. Kuchsiz sho’rlanishning boshlang’ich davrida soda tuzi
ko’proq to’plana boshlaydi. Sho’rlanish kuchaygan sari birinchi o’rinni sulfatlar,
undan keyin xloridlar egallaydi.
Cho’l zonalarida tuproqlar sho’rlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan
biri shamoldir. Bu zonalar yoz oylari shamol rejimi bilan bog’liq bo’lib, yer ustki
qismini qurishi, chang hamda tuzlarning uchirib olib ketishi bilan xarakterlanadi va
tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Tabiatda elementlarning geoximik aylanishida,
ayniqsa tuproqlarning sho’rlanishida shamolning ta’siri kattadir. Shamol orqali
tuzlar chang va mayda zarrachalar bilan dengizlardan olib kelinib, shamol
pasayganda yoki yomg’ir yoqqanda ular tuz jamg’armasi hisobida ma’lum yerlarda
yig’iladi. F.Klarkning ma’lumotlariga qaraganda, har yili yerga atmosferadan 2 t dan
20 t gacha natriy xlorid tushar ekan. Shulardan eng ko’pi dengiz oldi hududlarga
to’g’ri keladi. Misol tariqasida Orol dengizini ko’rsatish mumkin. Olimlar
keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Orol bo’yi maydonlariga har yili dengizdan 170-
800 kg/ga tuzlar shamollar olib kelib yotqiziladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq qatlamlarida tuzlarni to’planishi va
aralashishida joyning iqlimiy sharoiti katta rol o’ynaydi. Shuning uchun har bir
joyning iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi yerlarni o’zlashtirish, uning
hosildorligini meliorativ nuqtai nazardan oshirish, xamda agrotexnikaga tayangan
holda tuproqlarni sho’rlanishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Ma’lumki, tuproq unumdorligini pasaytiruvchi salbiy omillardan biri – bu
sho’rlanish jarayoni hisoblanadi. Olib borilgan ko’p sonli tajribalar natijasiga ko’ra,
hatto kam sho’rlangan yerlarda ham asosiy qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining
sezilarli darajada kamayishi kuzatilgan. Bu jarayonning jadallashib davom etishi
yerlarni qishloq xo’jalik ekinlari uchun yaroqsiz holga olib kelishi mumkin. Aynan
mana shu muammoni o’rganish ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tiborini o’ziga jalb
qilmoqda.
Tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan ta’siri ko’pgina tadqiqotchilar
tomonidan o’rganilgan. Ma’lumki, tuproqdagi tuzlarning o’simliklarga bo’lgan
zararlilik darajasi har xil bo’lib, ular uchun eng zararlisi va xavfligi soda (Na2CO3)
hisoblanadi. Soda suvda erib natriy ishqorini (NaOH) hosil qiladi va bu tuz
o’simliklarga zaharli ta’sir etadi. U ildizlarni kesib, ularni qoraytirib, nobud qiladi.
Xlor tuzlari ham juda zararli, sulfat tuzlari esa nisbatan kamroq zararli hisoblanadi.
Qiyin eruvchi tuzlar (SaSO4, CaCO3) ning yuqori miqdorlari ham o’simliklar uchun
zararsiz. Sho’rlangan tuproqlarda natriy va magniyning oson eruvchi tuzlari ko’proq
uchraydi. Ularning qiyosiy zararliligini quyidagi raqamlar nisbati bilan joylashtirish
(belgilash) mumkin (Axmedov va b., 2002):
Tuzlar
Na2CO3
NaCl
MgSO4
NaHCO3
Na2SO4
Zararlilik
darajasi
10
5-6
3-5
3
1
Tadqiqotlar natijalari tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan salbiy ta’siri
sulfat-xloridli tipdagi sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli sho’rlanishga
qaraganda birmuncha ko’proq ekanligini ko’rsatadi. Xloridli sho’rlanishda esa
sulfatli sho’rlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan.
Tuzlarning suvda erish jarayoni qattiq modda yuzasiga ikki qutbli (dipol)
suvning ta’sir etishdan boshlanadi. Agar suvninng dipol (ikki qutblilik) vaqti
atomlar, ionlar va molekulalarning ushlab turuvchi kristal reshetkasidan yuqori
bo’lsa, u holda ular qattiq moddadan ajralib eritmaga o’tadi. Tuzlarning eruvchanligi
ularning suvda erigan modda va gazlarning tabiatiga, haroratiga va bosimiga bog’liq
bo’ladi.
Suvda xloridlar ko’proq (yaxshiroq) erisa sulfatlardan MgSO4 tuzi yaxshi
eriydi, Na2SO4 va K2SO4 tuzlari kamroq, CaSO4∙2H2O (gips) juda yomon eriydi.
Haroratning ortishi bilan bir qator tuzlarning eruvchanligi (MgCl2, CaCl2, MgSO4,
Na2SO4) ortadi, gipsning eruvchanligi haroratga deyarli bog’liq bo’lmaydi. Na2SO4
tuzining eruvchanligi 00 dan 100 gacha haroratda past, 300gacha ortganda kam
hollarda eruvchanligi ortadi. Keyinchalik esa butunlay o’zgarmaydi. Tuzlarning
suvda eruvchanligi SO2 miqdoriga ham bog’liq. Agar tuproq havosida 0,2% SO2
bo’lsa SaSO3 ni eruvchanligi odatdagi (SO3 - 0,03%) ga nisbatan 15 marta ortadi.
Bir qancha tuzlar ishtirokida tuzlarning eruvchanligining kamayishi kuzatilgan.
Tuproq eritmasida NaCl ning yuqori miqdori qayd etilganda gipsning eruvchanligi
keskin ortadi va u kapillyar suvlar orqali yuqoriga ko’tarilib, natijada tuproqning
ustki qatlamida gipsning to’planishi sodir bo’ladi. MgCl2 tuzining eruvchanligi
CaCl2 ishtirokida keskin kamayadi. Huddi shunday holatni CaSO4 tuzining Na2SO4
va MgSO4 ishtirokida kuzatish mumkin. SaSO3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida
tahminan 22 martaga, Na2SO4 ning ishtirokida esa 50 martaga ortadi. MgCO3 ning
eruvchanligi NaCl ishtirokida 4 marta, Na2SO4 ishtirokida esa 5 marta ortadi
(Gafurova va b., 2003).
Eritmaning ma’lum bir konsentrasiyasida tuzlar kristall modda shaklida
cho’kmaga tushadi. Tuzlarning cho’kmaga tushishi boshlangan konsentrasiya
ko’rsatkichi haroratga, bosimga va boshqa tuz va gazlarning ishtirok etishiga bog’liq
bo’ladi. Ko’p komponentli eritmalardan tuzlarning cho’kmaga tushish (ketma-
ketligi) ularning erish darajasiga bog’liq. Kuchsiz eriydigan tuzlar pastroq, yaxshi
eriydigan tuzlar esa yuqori konsentrasiyada cho’kmaga tusha boshlaydi. Tuzlarning
cho’kmaga tushishining umumiy qonuniyatlari quyidagi qatorlar bilan ifodalanadi,
ya’ni kationlar quyidagi tartib bo’yicha cho’kmaga tushadilar:
Si - Fe - Ca - Mg, Ca - Mg - K, Na - K - Mg
CO3 SO4 Cl
anionlar esa: CO3 - SO4 - Cl.
Tuzlarning eruvchanligiga va ularning eritmadan cho’kmaga tushishi suv
ushlovchi gruntlar va tuproqlarning xossalariga, jumladan, mexanik tarkibi, suv
xossalari, singdirilgan asoslar tarkibi, pH, SO2 karbonatlar va boshqalarga katta
ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, u o’simliklardagi qator biokimyoviy va fiziologik
funksiyalari, ularning suv va oziqlanish rejimlari va ildiz sistemalari holatini
buzilishiga olib keladi. Tuzlar ta’sirida fotosintez jarayonlari jadalligi,
o’simliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik
moddalarning to’planishi kamayadi. Tuzlarning o’simliklarga zararli ta’siri urug’
chigit unib chiqish fazasidan ko’rina boshlaydi. Tuproq sho’rlanganligi yuqori
darajada bo’lganda urug’lar unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urug’ yaxshi
o’sishi zarur bo’lgan namlikni o’zlashtira olmaydi. Shu bois urug’larning unib
chiqish energiyasi kamayadi yoki urug’ butunlay unib o’smaydi. Natijada
ekinlarning yakka-dukka o’sib chiqishi kuzatiladi, o’simliklarning gektar hisobidagi
soni kamayadi, tuproq yuzasida sho’r dog’lar paydo bo’ladi, o’simliklarning nobud
bo’lishi kuzatiladi.
Tuproq sho’rlanishi qishloq xo’jalik ekinlarining ildizlariga ham salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga o’tishini
kechiktiradi.
Sho’rlangan
tuproqlarda
o’simliklar
tomonidan
suv
o’zlashtirilishi
sekinlashadi va transpirasiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi.
Tuproqdan o’simliklarga suv oziqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining
so’rish kuchi ta’siri ostida o’tiladi. So’rish kuchi o’simliklarning hujayra shirasi
so’rish bosimi tufayli sodir bo’lib, u o’simliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator
sabzavot va poliz ekinlari uchun, jumladan bodringlarda so’rish kuchi bor-yo’g’i 2-
5 atm., sho’rlanmagan tuproqlardagi g’o’za 10-15 atm., sho’rlangan tuproqlardagi
15-25 atm. Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud bo’lib, bu kuchlar
katta oraliqda o’zgarib turadi. U tuproqda qancha tuz ko’p bo’lsa, nam kam bo’lsa,
shuncha katta bo’ladi. Sho’rlanmagan tuproqlarda namlik 9,4 % bo’lsa, bu kuch 20
atm. ni va kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda 35 atm. ni va kuchli sho’rlangan
tuproqlarda 143 atm. ni tashkil etadi.
Tuproqning suv ushlab turuvchi kuchi va o’simliklarning so’rish kuchi
ko’rsatkichlarining nisbati o’simliklarning suv bilan ta’minlanishini aniqlaydi. Agar
tuzli eritma konsentrasiyasi va tuproq eritmasining so’rish bosimi yuqori bo’lsa
o’simliklar suvni o’zlashtira olmaydi yoki juda oz miqdorda o’zlashtiradi. Bunday
hollarda tuproqda namlikning bo’lishiga qaramay o’simliklarning nobud bo’lishi
(nimjon o’sishi), ularning o’sish va rivojlanishini susaytiruvchi “fiziologik
quruqlik” sodir bo’ladi.
Sho’rlangan tuproqlarda mineral oziqlanishning buzilishi sodir bo’ladi. Bu
holat o’simliklarning qator muhim oziqa elementlarining yetarli darajada o’zlashtira
olmasliklari (kalsiy, fosfor, marganes, temir) va aksincha zararli elementlarning
(xlor, natriy, magniy) ko’plab o’zlashtirilishi bilan ifodalanadi. Kuchli sho’rlangan
tuproqlardagi o’simliklarda xlor miqdori me’yoridan 3-4 marta, natriy 5-10 marta
ortib ketishi mumkin. O’simliklarda tuzlarning katta miqdorda to’planishi, ularni
tuzlar bilan zaharlanishiga olib keladi.
Tuproqdagi tuzlarning yuqori konsentrasiyasidan o’simliklarning zaharlanishi
asta-sekin ortib boradi, barglarning so’lishi va nihoyat qurishi boshlanadi. Ko’p
holatlarda barglari sarg’ayadi, ularda tuzli dog’lar paydo bo’ladi. Bunday barglar
keyinchalik to’kilib ketadi. Ayrim hollarda o’simliklarning jabrlanishi (zaharlanishi)
tuzlarning bevosita emas, balki bilvosita ta’siri ostida tuproq fizikaviy xossalarining
yomonlashuviga va tuproq eritmasidagi ishqoriylikning ortib ketishiga sabab
bo’luvchi tuproqning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriydan hosil bo’lgan
soda hisobiga sodir bo’lishi mumkin.
Tuzlarni o’simliklarning biokimyoviy va fiziologik jarayonlariga hamda
tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga ko’rsatadigan zararli ta’siri, oxir oqibatda
o’simliklarning yomon o’sishi, ularning rivojlanish fazalarining kechikishi,
unumdorlikning pasayishi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining kamayishini
belgilaydi.
Ma’lumki, kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda paxta hosildorligi sho’rlanmagan
tuproqlarga qaraganda 10-15, o’rtacha sho’rlangan tuproqlarda 30-35, kuchli
sho’rlangan tuproqlarda 60-65 % ga va undan ham ortiq kamayadi.
Sho’rlangan tuproqlar ekinlar hosildorligining nafaqat miqdoriga, balki sifatiga
ham ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning sho’rlanish darajasini ortib borishi bilan
o’simliklar sifati yomonlashib boradi. Jumladan, paxtaning tola uzunligi kamayadi,
bir tekislik darajasi yomonlashadi va tolaning mustahkamligi (qattiqligi) pasayadi.
Sho’rlangan tuproqlar kartoshka mevasi sifatini ham yomonlashtiradi. Lekin shular
bilan bir qatorda, ayrim o’simliklarda tuproq sho’rlanishining kamroq miqdori
mahsulotlar sifatini yaxshilaydi. Masalan, qovunlarda qand moddasi, g’alla
ekinlarida oqsil moddasi ortadi, qand lavlagi, uzum mevalarida qand miqdori
ko’payadi.
Qishloq xo’jaligi ekinlarining tuzga chidamliligi. Qishloq xo’jalik
ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi
tuzlarning o’simliklarga nisbatan ularning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarar
yetkazmaydigan miqdori tushuniladi.
Turli tuproq sharoitlarida o’suvchi o’simliklarning tuzga chidamlilik darajasi
bir xil emas. Ular bir qator omillarga: o’simlik turlari va biologik xossalarga, aynan
o’simliklar navi, o’simliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, oziqa moddalari
va namlikka, ayniqsa tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog’liq. Madaniy
o’simliklar, umuman olganda sho’rga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan
xarakterlanadi, ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, no’xat) tuzga juda kam
chidamli hisoblanadi. Ayrim o’simliklar tuzga o’ta chidamli, masalan, lavlagi (qand
lavlagi, osh lavlagi, yem sifatida ishlatiladigan hashaki lavlagi), oq jo’xori. Nisbatan
sho’rga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium
barbadense L) o’rta tolali navlarga (Gossipium hirsitum L) nisbatan sho’rga
chidamli hisoblanadi.
Sho’rga chidamlilik o’simliklarning yoshiga qarab o’zgarib turadi. Tuzning
o’simliklarga dastlabki ta’siri, urug’larning unib chiqishi, nihollarning o’sishi va
vegetasiyaning boshlanish davrlariga to’g’ri keladi.
O’simliklar uchun nisbatan zararsiz bo’lgan sulfat tuzlari ko’p bo’lgan
tuproqlarda (Farg’ona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi
yuqoriroq, xlor tuzlari ko’p bo’lgan tuproqlarda esa kamroq. O’simliklarning
sho’rga chidamliligini belgilovchi muhim omil bu – tuproq namligi hisoblanadi.
Tuproqlarda tuzlar tarkibining bir xilda bo’lishiga qaramay, o’simliklarning tuzga
chidamliligi tuproq namining ortib borishi bilan ko’payadi, chunki bu vaqtda tuproq
eritmasining konsentrasiyasi ortadi.
O’simliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi oziqa moddalarning
miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik
moddalar bilan o’g’itlanganda o’simliklar tuzlarning salbiy ta’siriga kamroq duchor
bo’ladilar.
Biroq, yuqori darajada sho’rlangan tuproqlarga katta normalarda mineral
o’g’itlarni bir tomonlama solish foyda keltirmaydi. Aksincha, zarar keltirishi
mumkin, chunki buning natijasida tuproq eritmasining yuqori konsentrasiyasi
yanada ortib ketishi mumkin .
O’simliklarning sho’rga chidamlilik darajasiga ularning o’sish va rivojlanish
davri hamda muhit sharoitlarining ta’siri kattadir.
Tuproq sho’rlanishining mavsumiy tiklanishini takrorlamaslik va barcha dala
ekinlaridan, shu jumladan tuzga kam chidamli o’simliklardan yuqori hosilni
ta’minlash uchun xlor ionining miqdori 0,01 % dan katta bo’lmasligi kerak.
53-jadval
O’simliklarning tuzga chidamliligi va ular vegetasiya davrining birinchi
bosqichlarida normal o’sishi uchun tuproqdagi xlorning me’yoriy miqdorlari
Tuzga
chidamlilik
darajasi
Qishloq xo’jalik
ekinlari
Tuproqdagi xlor
miqdorining
chegarasi, %
Tuproq
eritmasining xlor
bo’yicha
konsentrasiyasi, g/l
Juda kam
Beda, mosh,
loviya, no’xat
0,008-0,01
0,42-0,53
Kam
Bug’doy, arpa,
makkajo’xori
0,01-0,015
0,53-0,79
O’rtacha
Paxta, shabdar
0,015-0,02
0,79-1,05
Yuqori
Lavlagi, oq jo’xori
0,03-0,04
1,58-2,10
Baland
Kungaboqar
0,04-0,06
2,10-3,16
Poliz va sabzavot ekinlarining tuzga chidamliligi ham turlicha. Bu xil
ekinlardan bodring, pomidor, tarvuz tuzga juda kam chidamli; karam, qovunlar
ko’proq chidamli hisoblanadi. Mevali daraxtlar (urug’li mevalar) ichida olma va nok
tuzga kamroq chidamli. Danakli mevalar (o’rik, olcha, tog’olcha) tuzga ancha
chidamli, ayniqsa eng ko’p chidamli mevalardan - uzum hisoblanadi. Shuningdek,
turli tuman va mintaqalarda ularning tabiiy sharoitlari, tuproq qoplami xarakteri,
qishloq xo’jalik ekinlarining normal o’sishi uchun tuproqlardagi tuzlar miqdori
normalari (me’yorlari) turlichaligini ta’kidlash zarur (54-jadval).
54-jadval
Tuproqlardagi tuzlar miqdori normalari
Hududlar
Tuzlarning me’yoriy miqdori, %
Quruq qoldiq
Sulfat ioni
Xlor ioni
Mirzacho’l
0,25-0,30
0,10-0,15
0,008-0,01
Farg’ona vodiysi,
Buxoro viloyati
0,75-1,00
0,30-0,40
0,01-0,0015
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
Xorazm viloyati
0,30-0,50
0,20-0,25
0,03-0,04
Farg’ona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori me’yoriy
miqdori (0,75-1,0 % gacha) bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sulfat
tuzlarining o’simliklar uchun kam zararli tuzlarning ko’p bo’lishi bilan, xlorning
yuqori me’yoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpog’iston rayonlarida ko’p bo’lishi
esa (0,03-0,04 % gacha) bu rayonlarlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning
toksik (zaharli) ta’sirini susaytiruvchi kalsiy kationining ko’p miqdorda bo’lishi
bilan bog’liq.
Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish
bo’yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho’rlanishiga va botqoqlanishiga
qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho’rlanish va
sho’rhoklanish jarayonlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib
chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:
suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga
qo’shilib ularning sathini ko’tarilishiga sabab bo’ladi);
tuproq namligining bug’lanishini har taraflama kamaytirish;
yuza joylashgan sho’r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
Tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo’lsa, undan namlik kamroq
bug’lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday
natijalarga erishish uchun ixota o’rmon polosalarini o’tkazish, g’o’za-bedani
almashlab ekish, ekin ekishning rasional agrotexnikasidan foydalanish zarur.
Shunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki
kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozim. Har bir hudud uchun
qo’llaniladigan tadbirlar tizimi shu yerning tabiiy va xo’jalik sharoitlarini hisobga
olgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Ko’riladigan barcha
tadbirlar ma’lum tartibda, o’z vaqtida va yuqori sifatli qilib amalga oshirilishi
maqsadga muvofiqdir (Kamilov, 1985).
Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan unumli foydalanish katta
ahamiyatga ega. Sug’oriladigan hududda yerdan foydalanish koeffisenti (YeFK)
sug’oriladigan maydonning shu xo’jalik umumiy maydoniga bo’lgan nisbatini
bildiradi. Masalan, xo’jalikning umumiy yer maydoni 3500 ga, sug’oriladigan
maydoni 2600 ga desak,
2600
YeFK = = 0,74 % ga teng bo’ladi.
3500
YeFK qiymati turli hududlarning tabiiy va xo’jalik sharoitlariga qarab har xil:
0,3-0,4 dan 0,6-0,85 gacha va undan ham katta bo’ladi.
Sug’oriladigan yerlar orasida sug’orilmaydigan yerlar bo’ladi. Shu
sug’orilmaydigan yerlarga sug’oriladigan yerlardan sizot suvlari oqib boradi.
Shuningdek, sho’r yuvish jarayonida ham sug’oriladigan yerlarning sho’rini
ketkizish ancha oson bo’ladi. Bu yerlar sho’rlanishga uncha moyil bo’lmaydi.
Yerdan foydalanish koeffisiyenti qancha katta bo’lsa, sizot suv oqimi ham
shuncha kam - demak, sho’rlanishning oldini olish bo’yicha qilinadigan tadbirlar
(suv-xo’jalik, agromeliorativ) ning zarurati ham katta bo’ladi.
Sizot suvlari oqimi kuchsiz bo’lgan tumanlarda zovur qazimasdan sug’orish
maydonlarini kengaytirish sizot suvlari sathini ko’tarilishiga, bu esa o’z navbatida
yerlarning sho’rlanishiga sabab bo’ladi.
Tuproqni yuvishga tayyorlash. Suvni oz sarflab ko’p tuzlarni yuvib yuborish
uchun qator agrotexnik shartlarga rioya qilish zarur. Sho’r yuvishdan oldin dalani
yaxshilab tekislab chiqish eng muhim shartlardan hisoblanadi. Agar sho’ri
yuviladigan dalaning yuzi notekis bo’lsa, u yerni tekis va yetarlicha sho’rsizlantirib
bo’lmaydi. Sharoitga qarab sho’r yuvish natijalari turlicha bo’ladi. Turlicha asosiy
ishlov berishlar bilan birgalikda sho’r yuvish samaraliligi sho’r yuvish muddatiga
bog’liqdir.
Yerning sho’ri kechiktirib yuvilganda (fevral-mart oylarida) kuzgi shudgorlash
o’zining samaradorligini ancha yo’qotadi. Bu holda paxta hosili ham