SHO‘RLANGAN TUPROQLAR. Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o’simliklar o’sishi va hosildorligiga ta’siri

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

28

Faytl hajmi

68,8 KB


 
 
 
 
 
 
SHO‘RLANGAN TUPROQLAR 
 
 
 
Reja: 
1. Sho’rlangan tuproklar, ularning kelib chikishi, xossalari, ulardan 
foydalanish  
2. Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o’simliklar o’sishi va 
hosildorligiga ta’siri 
3. Sho’rlangan tuproqlarni, sho’rhoklarni va sho’rtoblarni meliorasiya qilish. 
Sug’oriladigan tuproqlarning ikkilamchi sho’rlanishi va uning oldini olish 
 
Tayanch iboralar: sho’rlangan tuproqlar, sho’rxoklar, sho’rtoblar, cho’l 
zonasi tuproqlari, gidromorf tuproqlar, bo’z tuproqlar. 
 
 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sug’oriladigan yerlarning qariyb 9,6 
foizining meliorativ holati yomon bo’lib, bu avvalo, tuproqning sho’rlanish darajasi 
yuqoriligi va yer osti suvlarining ko’tarilishi bilan bog’liqdir. Shunday ekan, 
sug’orilib ekin ekiladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish, ularning meliorativ 
holatini yaxshilash orqali unumdorligini orttirish bugungi qishloq xo’jaligining eng 
muhim vazifalaridan hisoblanadi (Kuziyev, 2000). 
Bugungi kunga kelib respublika umumiy yer maydonining 46,3 % ini turli 
darajada sho’rlangan yerlar tashkil etadi (O’zbekiston Respublikasi tuproq 
qoplamlari Atlasi, 2010).
SHO‘RLANGAN TUPROQLAR Reja: 1. Sho’rlangan tuproklar, ularning kelib chikishi, xossalari, ulardan foydalanish 2. Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o’simliklar o’sishi va hosildorligiga ta’siri 3. Sho’rlangan tuproqlarni, sho’rhoklarni va sho’rtoblarni meliorasiya qilish. Sug’oriladigan tuproqlarning ikkilamchi sho’rlanishi va uning oldini olish Tayanch iboralar: sho’rlangan tuproqlar, sho’rxoklar, sho’rtoblar, cho’l zonasi tuproqlari, gidromorf tuproqlar, bo’z tuproqlar. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sug’oriladigan yerlarning qariyb 9,6 foizining meliorativ holati yomon bo’lib, bu avvalo, tuproqning sho’rlanish darajasi yuqoriligi va yer osti suvlarining ko’tarilishi bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sug’orilib ekin ekiladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish, ularning meliorativ holatini yaxshilash orqali unumdorligini orttirish bugungi qishloq xo’jaligining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi (Kuziyev, 2000). Bugungi kunga kelib respublika umumiy yer maydonining 46,3 % ini turli darajada sho’rlangan yerlar tashkil etadi (O’zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari Atlasi, 2010).
 
 
Sho’r tuproqlar tarqalgan hududlar katta miqyosdagi tuproq-geokimyoviy 
formasiya bo’lib, turli xil tuproqlarni o’zida birlashtiradi. Ularning umumiy belgilari 
quyidagilardan iborat: akkumulyativ yoki paleoakkumulyativ landshaftlarda hosil 
bo’lishi, yuqori konsentrasiyadagi eritmalarda suvda oson eruvchi tuzlarning tuproq 
hosil bo’lish jarayonlarida ishtirok etishi, tuproq eritmalarining yuqori 
konsentrasiyasi tuproq profilining turli qatlamlaridagi o’ta yuqori ishqoriylik sababli 
o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni vujudga 
keltirishi (bundan sho’r tuproqlarda o’suvchi galofitlar mustasno) va boshqalar 
(Gafurova va b., 2003). 
Sho’rlangan tuproqlar deb tuproq profilida madaniy o’simliklarning (galofit 
bo’lmagan) rivojlanishi uchun zaharli ta’sir etuvchi, suvda oson eruvchi tuzlarni 
tutuvchi tuproqlarga aytiladi. Suvda oson eruvchi tuzlarga sovuq suvda gipsning 
(CaSO4∙2H2O) eruvchanligidan (2 g/l atrofida) ortiq eriydigan tuzlar kiradi. Agar 
tuproqning yuqorigi 0-30 sm qatlamida 0,6 % ortiq soda, 0,1 % dan ortiq xlor va 2% 
dan ortiq sulfatlar uchrasa, bunday sho’r tuproqlar sho’rhoklar deb ataladi. 
Tuproqlarning bunday tabaqalanishi tuzlarning turlicha zaharliligidan kelib chiqadi. 
Masalan, eng zaharli tuz soda (Na2CO3) hisoblanadi. Uning 0,6 % miqdori tuproqni 
butunlay unumsiz holatga keltiradi, 0,1 % atrofidagi miqdori o’simliklarning normal 
o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Dunyo tuproq xaritasidagi (FAO) 
tuproqlar sistemastikasida (tizimida) yuqorigi 0-15 sm li qatlamda 3 % dan ortiq 
miqdorda tuz ushlagan tuproqlar sho’rhoklar guruhiga kiritilgan. Yuqorida 
ko’rsatilgan miqdordagi tuzlar tuproqning yuza qatlamida emas, balki chuqurroq 
qatlamlarida bo’lgan tuproqlar sho’rhokli tuproqlar va shu miqdordan kam bo’lgan, 
lekin tuproqning istalgan qatlamlarida uchrasa sho’rhoksimon tuproqlar deb ataladi. 
Demak, tuproqlar tuzlarning tuproq profilida joylanishiga qarab yuza va chuqur 
sho’rhoksimon bo’lishi mumkin. 
Sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlarning hosildorligi tuproq hosil qiluvchi 
jinslarning xarakteriga, tuproq tiplariga, sug’orish davrlariga, sho’rlanganlik 
darajalariga hamda ularda o’tkazilayotgan agrotexnik va meliorativ tadbirlarning 
majmuasiga bog’liq. O’zining kelib chiqishiga ko’ra sug’oriladigan sho’rlangan
Sho’r tuproqlar tarqalgan hududlar katta miqyosdagi tuproq-geokimyoviy formasiya bo’lib, turli xil tuproqlarni o’zida birlashtiradi. Ularning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: akkumulyativ yoki paleoakkumulyativ landshaftlarda hosil bo’lishi, yuqori konsentrasiyadagi eritmalarda suvda oson eruvchi tuzlarning tuproq hosil bo’lish jarayonlarida ishtirok etishi, tuproq eritmalarining yuqori konsentrasiyasi tuproq profilining turli qatlamlaridagi o’ta yuqori ishqoriylik sababli o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni vujudga keltirishi (bundan sho’r tuproqlarda o’suvchi galofitlar mustasno) va boshqalar (Gafurova va b., 2003). Sho’rlangan tuproqlar deb tuproq profilida madaniy o’simliklarning (galofit bo’lmagan) rivojlanishi uchun zaharli ta’sir etuvchi, suvda oson eruvchi tuzlarni tutuvchi tuproqlarga aytiladi. Suvda oson eruvchi tuzlarga sovuq suvda gipsning (CaSO4∙2H2O) eruvchanligidan (2 g/l atrofida) ortiq eriydigan tuzlar kiradi. Agar tuproqning yuqorigi 0-30 sm qatlamida 0,6 % ortiq soda, 0,1 % dan ortiq xlor va 2% dan ortiq sulfatlar uchrasa, bunday sho’r tuproqlar sho’rhoklar deb ataladi. Tuproqlarning bunday tabaqalanishi tuzlarning turlicha zaharliligidan kelib chiqadi. Masalan, eng zaharli tuz soda (Na2CO3) hisoblanadi. Uning 0,6 % miqdori tuproqni butunlay unumsiz holatga keltiradi, 0,1 % atrofidagi miqdori o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Dunyo tuproq xaritasidagi (FAO) tuproqlar sistemastikasida (tizimida) yuqorigi 0-15 sm li qatlamda 3 % dan ortiq miqdorda tuz ushlagan tuproqlar sho’rhoklar guruhiga kiritilgan. Yuqorida ko’rsatilgan miqdordagi tuzlar tuproqning yuza qatlamida emas, balki chuqurroq qatlamlarida bo’lgan tuproqlar sho’rhokli tuproqlar va shu miqdordan kam bo’lgan, lekin tuproqning istalgan qatlamlarida uchrasa sho’rhoksimon tuproqlar deb ataladi. Demak, tuproqlar tuzlarning tuproq profilida joylanishiga qarab yuza va chuqur sho’rhoksimon bo’lishi mumkin. Sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlarning hosildorligi tuproq hosil qiluvchi jinslarning xarakteriga, tuproq tiplariga, sug’orish davrlariga, sho’rlanganlik darajalariga hamda ularda o’tkazilayotgan agrotexnik va meliorativ tadbirlarning majmuasiga bog’liq. O’zining kelib chiqishiga ko’ra sug’oriladigan sho’rlangan
 
 
tuproqlar turli tiplariga, jumladan och tusli bo’z, o’tloqi-bo’z, bo’z-o’tloqi, o’tloqi, 
botqoq-o’tloqi, taqirli, taqir-o’tloqi va boshqa bo’lishi mumkin.  
Sho’rlangan 
sug’oriladigan tuproqlardagi suvda oson eruvchi tuzlar asosan uch kation (Na+, Ca++, 
Mg++) va to’rt anion (Sl-, SO4--, HCO3-, CO3--) ning kimyoviy birikishi natijasida 
hosil bo’lgan 12 xil tuzdan iborat (24-jadval).  
24-jadval 
Tuproq-gruntlardagi asosiy suvda oson eruvchi tuzlar 
 
Xloridlar 
Sulfatlar 
Karbonatlar 
Bikarbonatlar 
NaCl 
(natriy xlorid) 
Na2SO4 
(natriy sulfat) 
Na2CO3 
(natriy 
karbonat) 
NaHCO3 
(natriy bikarbonat) 
MgCl2 
(magniy xlorid) 
MgSO4 
(magniy sulfat) 
MgCO3 
(magniy 
karbonat) 
Mg(HCO3)2 
(magniy bikarbonat) 
CaCl2 
(kalsiy xlorid) 
CaSO4∙2H2O 
(kalsiy sulfat) 
CaCO3 
(kalsiy 
karbonat) 
Ca(HCO3)2 
(kalsiy bikarbonat) 
 
Ushbu tuzlardan 4 xili, ya’ni Mg(CO3)2, CaSO4∙2H2O, CaCO3 va Ca(HCO3)2 
tuzlari deyarli zararsiz. Bular ichida eng zararsiz tuz gips (CaSO4) va ohak (CaCO3) 
hisoblanadi. Qolgan 8 xil tuzlar o’simliklar uchun zaharli, ayniqsa eng xavflisi 
Na2CO3 va keyingi o’rinda MgCl2 toksik tuzlari hisoblanadi.  
Sho’rhoklar, qabul qilingan tuproqlar sistematikasiga ko’ra: avtomorf – grunt 
suvlari chuqur joylashgan maydonlarda o’zida tuz ushlangan jinslardan va 
gidromorf – minerallashgan grunt suvlari ta’sirida hosil bo’lgan sho’rhoklarga 
bo’linadi. Avtomorf sho’rhoklar quyidagi tipchalarga: tipik - qoldiq, qaytalangan va 
taqirlashgan; gidromorf sho’rhoklar esa - tipik, o’tloqi, botqoq, shorli (sor), loy-
vulqonli va tepa-do’nglik tipchalariga bo’linadi. Yana sho’rhoklar sho’rlanish 
ximizmi (tipi)ga qarab xloridli, sulfat-xloridli, xlorid-sulfatli, sulfatli, soda-xloridli,
tuproqlar turli tiplariga, jumladan och tusli bo’z, o’tloqi-bo’z, bo’z-o’tloqi, o’tloqi, botqoq-o’tloqi, taqirli, taqir-o’tloqi va boshqa bo’lishi mumkin. Sho’rlangan sug’oriladigan tuproqlardagi suvda oson eruvchi tuzlar asosan uch kation (Na+, Ca++, Mg++) va to’rt anion (Sl-, SO4--, HCO3-, CO3--) ning kimyoviy birikishi natijasida hosil bo’lgan 12 xil tuzdan iborat (24-jadval). 24-jadval Tuproq-gruntlardagi asosiy suvda oson eruvchi tuzlar Xloridlar Sulfatlar Karbonatlar Bikarbonatlar NaCl (natriy xlorid) Na2SO4 (natriy sulfat) Na2CO3 (natriy karbonat) NaHCO3 (natriy bikarbonat) MgCl2 (magniy xlorid) MgSO4 (magniy sulfat) MgCO3 (magniy karbonat) Mg(HCO3)2 (magniy bikarbonat) CaCl2 (kalsiy xlorid) CaSO4∙2H2O (kalsiy sulfat) CaCO3 (kalsiy karbonat) Ca(HCO3)2 (kalsiy bikarbonat) Ushbu tuzlardan 4 xili, ya’ni Mg(CO3)2, CaSO4∙2H2O, CaCO3 va Ca(HCO3)2 tuzlari deyarli zararsiz. Bular ichida eng zararsiz tuz gips (CaSO4) va ohak (CaCO3) hisoblanadi. Qolgan 8 xil tuzlar o’simliklar uchun zaharli, ayniqsa eng xavflisi Na2CO3 va keyingi o’rinda MgCl2 toksik tuzlari hisoblanadi. Sho’rhoklar, qabul qilingan tuproqlar sistematikasiga ko’ra: avtomorf – grunt suvlari chuqur joylashgan maydonlarda o’zida tuz ushlangan jinslardan va gidromorf – minerallashgan grunt suvlari ta’sirida hosil bo’lgan sho’rhoklarga bo’linadi. Avtomorf sho’rhoklar quyidagi tipchalarga: tipik - qoldiq, qaytalangan va taqirlashgan; gidromorf sho’rhoklar esa - tipik, o’tloqi, botqoq, shorli (sor), loy- vulqonli va tepa-do’nglik tipchalariga bo’linadi. Yana sho’rhoklar sho’rlanish ximizmi (tipi)ga qarab xloridli, sulfat-xloridli, xlorid-sulfatli, sulfatli, soda-xloridli,
 
 
soda-sulfatli, xlorid-sodali, sulfat-sodali, sulfat yoki xlorid-gidrokarbonatli 
turkumlarga hamda sho’rlanish manbalariga ko’ra - litogenli, qadimiy gidromorfli 
va biogenli turkumlarga ajraladi.  
Shuningdek, sho’rhoklar tuproq profilidagi tuzlarning tarqalish xarakteriga 
ko’ra: ustki, yuzaki (agar tuzli qatlam 0-30 sm da tarqalgan bo’lsa) va chuqur profilli 
(agar butun profil sho’rhoklar darajasida sho’rlangan bo’lsa) guruhlarga bo’linadi. 
Morfologik tashqi ko’rinishga ko’ra sho’rhoklar - mayin, qatqaloq, qora va ho’l 
guruhlarga bo’linadi. Qatqaloq sho’rhoklarning betida yupqagina tuz qavati 
(qatqaloq) hosil bo’ladi va bu qatqaloq tarkibida asosan xlorid tuzlar (NaCl) bo’lib, 
sulfatlar oz uchraydi. Mayin sho’rhoklarning ustki qavati quruq, g’ovak va juda 
mayin bo’ladi, kishi oyog’i oson botadi va iz tushadi. Bu xildagi sho’rhoklar 
tarkibida asosan sulfatlar, ayniqsa Na2SO4 ko’p bo’ladi. Qora sho’rhoklarda soda 
(Na2CO3) ko’p bo’lganligidan tuproq gumusi tarkibidagi gumin kislota eriydi va 
qora tus hosil qiladi. Ho’l sho’rhoklar tarkibi asosan CaCl2 va MgCl2 tuzlaridan 
iborat bo’ladi. 
Sho’rhoklarda tarqalgan o’simliklar onda-sonda, yakka-dukka tarzda 
rivojlangan bo’lib, ular sho’ra o’simliklarini turlik o’rinishlarini namoyon qiladi 
(sertuz va yuqori osmotik bosimli tuproq eritmasida hayot kechirishga moslashgan 
qorasho’ra, sarsazan, sho’ra, burgan, shuvoq, kurmak kabilar) va ildiz 
sistemalarining chuqur ketishi va kul moddasining yuqori miqdorda bo’lishi bilan 
farqlanadi. Sho’ralarning ayrim turlarida kul elementlarining miqdori 20-30% ni 
tashkil etadi. Kul tarkibida xlor, oltingugurt, natriy elementlari ko’proq uchraydi. 
O’zbekiston hududidagi sho’rlangan tuproqlar maydoni. Hozirgi vaqtda 
Yer sharining turli hududlarida tez sur’atlar bilan yuzaga kelayotgan sho’rlanish 
jarayonlarini o’rganish muhim dolzarb masalalardan hisoblanadi. O’zbekistonda 
tarqalgan sho’rlangan tuproqlarning turli xossa-xususiyatlarini hamda unumdorlik 
ko’rsatkichlarini sho’rlanish jarayonlari ta’sirida o’zgarishi bir qator olimlar 
tomonidan o’rganilgan bo’lib, ularning ishlarida sho’rlangan tuproqlarning genezisi 
va meliorasiyasiga oid umumiy muammolar o’rganilgan, shu bilan birga 
tuproqlardagi suv hamda tuzlar harakatining barcha mexanizmlari va umumiy
soda-sulfatli, xlorid-sodali, sulfat-sodali, sulfat yoki xlorid-gidrokarbonatli turkumlarga hamda sho’rlanish manbalariga ko’ra - litogenli, qadimiy gidromorfli va biogenli turkumlarga ajraladi. Shuningdek, sho’rhoklar tuproq profilidagi tuzlarning tarqalish xarakteriga ko’ra: ustki, yuzaki (agar tuzli qatlam 0-30 sm da tarqalgan bo’lsa) va chuqur profilli (agar butun profil sho’rhoklar darajasida sho’rlangan bo’lsa) guruhlarga bo’linadi. Morfologik tashqi ko’rinishga ko’ra sho’rhoklar - mayin, qatqaloq, qora va ho’l guruhlarga bo’linadi. Qatqaloq sho’rhoklarning betida yupqagina tuz qavati (qatqaloq) hosil bo’ladi va bu qatqaloq tarkibida asosan xlorid tuzlar (NaCl) bo’lib, sulfatlar oz uchraydi. Mayin sho’rhoklarning ustki qavati quruq, g’ovak va juda mayin bo’ladi, kishi oyog’i oson botadi va iz tushadi. Bu xildagi sho’rhoklar tarkibida asosan sulfatlar, ayniqsa Na2SO4 ko’p bo’ladi. Qora sho’rhoklarda soda (Na2CO3) ko’p bo’lganligidan tuproq gumusi tarkibidagi gumin kislota eriydi va qora tus hosil qiladi. Ho’l sho’rhoklar tarkibi asosan CaCl2 va MgCl2 tuzlaridan iborat bo’ladi. Sho’rhoklarda tarqalgan o’simliklar onda-sonda, yakka-dukka tarzda rivojlangan bo’lib, ular sho’ra o’simliklarini turlik o’rinishlarini namoyon qiladi (sertuz va yuqori osmotik bosimli tuproq eritmasida hayot kechirishga moslashgan qorasho’ra, sarsazan, sho’ra, burgan, shuvoq, kurmak kabilar) va ildiz sistemalarining chuqur ketishi va kul moddasining yuqori miqdorda bo’lishi bilan farqlanadi. Sho’ralarning ayrim turlarida kul elementlarining miqdori 20-30% ni tashkil etadi. Kul tarkibida xlor, oltingugurt, natriy elementlari ko’proq uchraydi. O’zbekiston hududidagi sho’rlangan tuproqlar maydoni. Hozirgi vaqtda Yer sharining turli hududlarida tez sur’atlar bilan yuzaga kelayotgan sho’rlanish jarayonlarini o’rganish muhim dolzarb masalalardan hisoblanadi. O’zbekistonda tarqalgan sho’rlangan tuproqlarning turli xossa-xususiyatlarini hamda unumdorlik ko’rsatkichlarini sho’rlanish jarayonlari ta’sirida o’zgarishi bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, ularning ishlarida sho’rlangan tuproqlarning genezisi va meliorasiyasiga oid umumiy muammolar o’rganilgan, shu bilan birga tuproqlardagi suv hamda tuzlar harakatining barcha mexanizmlari va umumiy
 
 
qonuniyatlari ochib berilgan. Bularga misol qilib L.T.Tursunov va b., 1972, 1990, 
2008; Uzoqov va b., 2008; M.U.Umarov, 1974, 1975; A.M.Rasulov, 1976; 
A.U.Axmedov va b., 1984, 1994; Ye.I.Pankova va b., 1987, 1996; A.A.Tursunov, 
1987; S.A.Abdullayev va b., 1995, 1997; M.M.Tashkuziyev, 1996, 2000; 
T.X.Xojiyev va b., 1997; I.Turapov va b., 2000, 2001; Kurvantayev va b., 2000; 
I.A.Yamnova va b., 2007, 2008; X.E.Yuldasheva, 2008 va boshqalarni ko’rsatish 
mumkin.  
Ma’lumki, so’nggi yillarda O’zbekiston hududida tabiiy komponentlarning, 
shu jumladan tuproqlarning ham ekologik holati yomonlashuvi kuchli darajada 
kuzatilmoqda. Sug’orish va sho’r yuvish me’yorlarining oshishi sizot suvlari 
sathining ko’tarilishiga olib kelmoqda va bu o’z navbatida tuproq sho’rlanishining 
asosiy sabablaridan biriga aylanmoqda. Shu bois, arid mintaqa sho’rlangan 
tuproqlarining unumdorlik holatini hozirgi sharoitlarda o’rganish tuproqshunoslik 
fanining muhim hayotiy muammolaridan biri hisoblanadi. 
O’zbekistonda sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlar turli gorizontal-kenglik 
zonalarida uchraydi: janubiy (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari), 
markaziy (Farg’ona vodiysining ko’p tumanlari, Mirzacho’l, Jizzax, Samarqand 
viloyatining 
ayrim 
tumanlari) 
va 
shimoliy 
(Xorazm, 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi). Bu yerlarni sho’rhokli va sho’rhoksimon  tuproqlar tashkil etadi. 
Bulardan tashqari tuproq singdirish kompleksida  singdirilgan natriy yoki 
magniyning miqdorlari yuqori bo’lgan, agrofizikaviy xossalari o’ta yomon 
sho’rtobsimon tuproqlar ham uchraydi (Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi) 
 
O’zbekistonning ko’p tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori 
ko’p holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki sho’rlanish xlorid-sulfatli yoki 
sulfatli. Buxoro viloyatining tumanlarida va Farg’ona vodiysida tuzlar tarkibini 
asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu 
yerlarda tuproq sho’rlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va 
kam holatlarda xloridli sho’rlanish tiplari uchrab turadi. Sug’oriladigan
qonuniyatlari ochib berilgan. Bularga misol qilib L.T.Tursunov va b., 1972, 1990, 2008; Uzoqov va b., 2008; M.U.Umarov, 1974, 1975; A.M.Rasulov, 1976; A.U.Axmedov va b., 1984, 1994; Ye.I.Pankova va b., 1987, 1996; A.A.Tursunov, 1987; S.A.Abdullayev va b., 1995, 1997; M.M.Tashkuziyev, 1996, 2000; T.X.Xojiyev va b., 1997; I.Turapov va b., 2000, 2001; Kurvantayev va b., 2000; I.A.Yamnova va b., 2007, 2008; X.E.Yuldasheva, 2008 va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Ma’lumki, so’nggi yillarda O’zbekiston hududida tabiiy komponentlarning, shu jumladan tuproqlarning ham ekologik holati yomonlashuvi kuchli darajada kuzatilmoqda. Sug’orish va sho’r yuvish me’yorlarining oshishi sizot suvlari sathining ko’tarilishiga olib kelmoqda va bu o’z navbatida tuproq sho’rlanishining asosiy sabablaridan biriga aylanmoqda. Shu bois, arid mintaqa sho’rlangan tuproqlarining unumdorlik holatini hozirgi sharoitlarda o’rganish tuproqshunoslik fanining muhim hayotiy muammolaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlar turli gorizontal-kenglik zonalarida uchraydi: janubiy (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari), markaziy (Farg’ona vodiysining ko’p tumanlari, Mirzacho’l, Jizzax, Samarqand viloyatining ayrim tumanlari) va shimoliy (Xorazm, Qoraqalpog’iston Respublikasi). Bu yerlarni sho’rhokli va sho’rhoksimon tuproqlar tashkil etadi. Bulardan tashqari tuproq singdirish kompleksida singdirilgan natriy yoki magniyning miqdorlari yuqori bo’lgan, agrofizikaviy xossalari o’ta yomon sho’rtobsimon tuproqlar ham uchraydi (Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi) O’zbekistonning ko’p tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori ko’p holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki sho’rlanish xlorid-sulfatli yoki sulfatli. Buxoro viloyatining tumanlarida va Farg’ona vodiysida tuzlar tarkibini asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda tuproq sho’rlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va kam holatlarda xloridli sho’rlanish tiplari uchrab turadi. Sug’oriladigan
 
 
tuproqlarning ayrim qismlarida gidrokarbonatli chuchuk grunt suvlari yer yuzasiga 
yaqin joylashgan maydonlarda sho’rlanishning o’ziga xos magniy karbonatli turi 
aniqlangan bo’lib, ular Samarqand, Farg’ona va Toshkent viloyatlarining qator 
tumanlaridagi o’tloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, ko’pgina maydonlarni egallagan. 
Suvda eruvchi tuzlarning yuqori harakatchanligi bois sug’oriladigan 
sho’rlangan tuproqlar maydonlari doim o’zgaruvchan. Tabiiy va xo’jalik omillari 
sharoitlariga bog’liq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi 
va bir vaqtning o’zida sho’rlanganlik darajalari kuchayib yoki pasayishi mumkin. 
Sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanganlik darajasiga qarab 4 ta asosiy guruhga - 
sho’rlanmagan, oz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan, kuchli sho’rlangan va 
sho’rhoklarga bo’linadi. Sho’rlanish darajasi asosan tuproqning sho’rlanish 
ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Turli tipda sho’rlangan tuproqlar uchun 
tuzlar miqdorining maqbul chegarasi quyidagi jadvalda keltirilgan (25-jadval).  
25-jadval 
Tuproqlarning ximizmi bo’yicha sho’rlanganlik darajasi 
(xloridli sho’rlanish tipidagi tuproqlar uchun) 
 
Sho’rlanganlik darajasi 
0-100 sm li qatlamdagi tuzlar miqdori 
quruq qoldiq 
shu jumladan xlor 
Sho’rlanmagan 
< 0,3 
< 0,01 
Kuchsiz sho’rlangan 
0,3 - 1,0 
0,01 - 0,05 
O’rtacha sho’rlangan 
1,0 - 2,0 
0,05 - 0,10 
Kuchli sho’rlangan 
2,0 - 3,0 
0,10 - 0,15 
Sho’rhoklar 
> 3,0 
> 0,15 
 
 
Cug’oriladigan sho’rlangan tuproqlarni sug’orishga qaratilgan meliorativ 
tadbirlarni aniqlashda albatta u yoki bu tuproqlarning o’ziga xos xossalari - 
sho’rlanganlik xarakteri, darajasi va tuzlarning tarkibi hisobga olinishi kerak. 
Shuningdek, hududning tabiiy sharoitlariga, ya’ni iqlim, yerning joylashish holati va 
uning nishabligi, litologik tuzilishi, tuproq-gruntlarning suv-fizik xossalari va
tuproqlarning ayrim qismlarida gidrokarbonatli chuchuk grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarda sho’rlanishning o’ziga xos magniy karbonatli turi aniqlangan bo’lib, ular Samarqand, Farg’ona va Toshkent viloyatlarining qator tumanlaridagi o’tloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, ko’pgina maydonlarni egallagan. Suvda eruvchi tuzlarning yuqori harakatchanligi bois sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlar maydonlari doim o’zgaruvchan. Tabiiy va xo’jalik omillari sharoitlariga bog’liq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi va bir vaqtning o’zida sho’rlanganlik darajalari kuchayib yoki pasayishi mumkin. Sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanganlik darajasiga qarab 4 ta asosiy guruhga - sho’rlanmagan, oz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan, kuchli sho’rlangan va sho’rhoklarga bo’linadi. Sho’rlanish darajasi asosan tuproqning sho’rlanish ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Turli tipda sho’rlangan tuproqlar uchun tuzlar miqdorining maqbul chegarasi quyidagi jadvalda keltirilgan (25-jadval). 25-jadval Tuproqlarning ximizmi bo’yicha sho’rlanganlik darajasi (xloridli sho’rlanish tipidagi tuproqlar uchun) Sho’rlanganlik darajasi 0-100 sm li qatlamdagi tuzlar miqdori quruq qoldiq shu jumladan xlor Sho’rlanmagan < 0,3 < 0,01 Kuchsiz sho’rlangan 0,3 - 1,0 0,01 - 0,05 O’rtacha sho’rlangan 1,0 - 2,0 0,05 - 0,10 Kuchli sho’rlangan 2,0 - 3,0 0,10 - 0,15 Sho’rhoklar > 3,0 > 0,15 Cug’oriladigan sho’rlangan tuproqlarni sug’orishga qaratilgan meliorativ tadbirlarni aniqlashda albatta u yoki bu tuproqlarning o’ziga xos xossalari - sho’rlanganlik xarakteri, darajasi va tuzlarning tarkibi hisobga olinishi kerak. Shuningdek, hududning tabiiy sharoitlariga, ya’ni iqlim, yerning joylashish holati va uning nishabligi, litologik tuzilishi, tuproq-gruntlarning suv-fizik xossalari va
 
 
ayniqsa gidrogeologik sharoitlari, ya’ni grunt suvlarining chuqurligi va harakatiga 
bog’liq ravishda sug’oriladigan hududlar bir nechta gidrogeologik zonalarga 
bo’linadi: ustki va grunt suvlarining pastki qatlamlarigacha singib ketish  zonasi; 
grunt suvlarining yer yuzasiga sizib chiqish (buloqlar ko’rinishida) zonasi; tarqalib 
ketish va qayir zonalari (Pankov, 1974). 
 
Birinchi zona - katta nishablik va yillik atmosfera yog’in-sochinlari ko’p 
bo’ladigan (500-600 mm) tog’ oldi baland yerlaridan iborat. Bu yerlarda suvni 
o’zidan yaxshi o’tkazuvchi, mayda tosh, shag’al, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin 
(1,5-2,0 m) joylashgan. Grunt suvlari chuchuk bo’lib, yer yuzasidan 10-30 m va 
undan ham past chuqurlikda joylashib, o’zining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga 
100 metr atrofida) bilan farqlanadi. Tuproq qatlamlari va grunt suvlarida 
nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv o’tkazuvchanligining yuqori bo’lishi 
va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada ta’minlanganligi sababli bu yerlarda 
sho’rlanish sodir bo’lmaydi, barcha pastki gidrogeologik zonaga oqizib yuvilib 
ketiladi, shu bois birinchi zona yerlari meliorativ qulay yerlar hisoblanib, 
sho’rlanishga va botqoqlanishga moyil emas. 
 
Ikkinchi gidrogeologik zona (yer osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish 
zonasi) - quyi, pastki chegaralaridan boshlanib, pastki uchinchi zona oraliqlaridagi 
nishabi nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali 
qatlami, qalin soz va og’ir qumoqli mexanik tarkibga ega. Grunt suvlari o’z 
yo’nalishida og’ir tarkibli qatlamlarga duch keladi va ular qarshiligiga uchrab 
siqilish sharoitida joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) ko’tarilishi 
yoki sizib chiqish mumkin. Grunt suvlari oqimining sekinligiga qaramasdan 
(sutkasiga 10 metr atrofida) chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar miqdori 0,2-
0,4 g/l), shu bois tuproqlar deyarli sho’rlanmaydi, faqat botqoqlanish jarayoni yuz 
berishi mumkin. 
 
Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va 
mineralizasiyasining ortishi (1,5-2,0 g/l va undan ortiq) tufayli tuproqlarda 
sho’rlanish jarayonini kuzatish mumkin. Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi 
yoki uni butunlay yo’qligi oqibatida sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanishi asosan
ayniqsa gidrogeologik sharoitlari, ya’ni grunt suvlarining chuqurligi va harakatiga bog’liq ravishda sug’oriladigan hududlar bir nechta gidrogeologik zonalarga bo’linadi: ustki va grunt suvlarining pastki qatlamlarigacha singib ketish zonasi; grunt suvlarining yer yuzasiga sizib chiqish (buloqlar ko’rinishida) zonasi; tarqalib ketish va qayir zonalari (Pankov, 1974). Birinchi zona - katta nishablik va yillik atmosfera yog’in-sochinlari ko’p bo’ladigan (500-600 mm) tog’ oldi baland yerlaridan iborat. Bu yerlarda suvni o’zidan yaxshi o’tkazuvchi, mayda tosh, shag’al, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) joylashgan. Grunt suvlari chuchuk bo’lib, yer yuzasidan 10-30 m va undan ham past chuqurlikda joylashib, o’zining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga 100 metr atrofida) bilan farqlanadi. Tuproq qatlamlari va grunt suvlarida nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv o’tkazuvchanligining yuqori bo’lishi va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada ta’minlanganligi sababli bu yerlarda sho’rlanish sodir bo’lmaydi, barcha pastki gidrogeologik zonaga oqizib yuvilib ketiladi, shu bois birinchi zona yerlari meliorativ qulay yerlar hisoblanib, sho’rlanishga va botqoqlanishga moyil emas. Ikkinchi gidrogeologik zona (yer osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish zonasi) - quyi, pastki chegaralaridan boshlanib, pastki uchinchi zona oraliqlaridagi nishabi nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali qatlami, qalin soz va og’ir qumoqli mexanik tarkibga ega. Grunt suvlari o’z yo’nalishida og’ir tarkibli qatlamlarga duch keladi va ular qarshiligiga uchrab siqilish sharoitida joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) ko’tarilishi yoki sizib chiqish mumkin. Grunt suvlari oqimining sekinligiga qaramasdan (sutkasiga 10 metr atrofida) chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar miqdori 0,2- 0,4 g/l), shu bois tuproqlar deyarli sho’rlanmaydi, faqat botqoqlanish jarayoni yuz berishi mumkin. Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va mineralizasiyasining ortishi (1,5-2,0 g/l va undan ortiq) tufayli tuproqlarda sho’rlanish jarayonini kuzatish mumkin. Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi yoki uni butunlay yo’qligi oqibatida sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanishi asosan
 
 
uchinchi zonada (tarqalib ketish) grunt suvlarining bug’lanish zonasida sodir 
bo’lishi mumkin. 
 
O’zbekiston hududidagi ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi 
nishabi kichik bo’lgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan. 
Bu yerlarning iqlimi quruq va jazirama, yillik bug’lanish (600-1200 mm) atmosfera 
yog’inlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli og’ir 
mexanik tarkibli bo’lib, suv ko’tarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shag’al 
yotqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 m va ko’p). Grunt suvlari sho’rlangan 
(minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi 
juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz. Tabiiy sharoitning mana 
bunday majmuidan kelib chiqib, sho’rlangan grunt suvlari katta miqdorda 
bug’lanishga sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bug’lanib turadi, tuzlar esa 
asta-sekin to’planib tuproqni sho’rlantiradi. Havo quruq va uning harakati qancha 
yuqori, tuproqning suv ko’tarish qobilyati kuchli (yuqori), grunt suvlarining 
joylanishi yer yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizasiyasi yuqori bo’lsa, tuproq 
sho’rlanishi jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi. O’zbekistonda sho’rlangan 
va sho’rlanishga moyil yerlar Farg’ona vodiysida, Mirzacho’lda, Buxoro viloyatida, 
Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. 
 
To’rtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha bo’lishi mumkin. 
Grunt suvlari chuchuk  bo’lgan hududlarda (Chirchiq, Angren, Zarafshon, Norin, 
Qoradaryo bo’ylarida) qayir 
yerlar sho’rlanmagan, biroq ayrim joylar 
botqoqlashgan. Grunt suvlari minerallashgan (yer yuzasiga nisbatan yaqin 
joylashgan - 1,5-2,5 metrgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili) 
maydonlarda qayir yerlar sho’rlangan va meliorativ tadbirlar o’tkazishni taqazo 
etadi. 
Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to’planishiga bir qancha omillar 
ta’sir etadi. Tuzlar hosil bo’lishining asosiy manbalari atmosfera yog’in-sochinlari, 
tuproq-grunt suvlari, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, nihoyat oqar suvlar 
harakatining sustligi, tuzlarning dengizdan quruqlikka shamol ta’sirida kelib
uchinchi zonada (tarqalib ketish) grunt suvlarining bug’lanish zonasida sodir bo’lishi mumkin. O’zbekiston hududidagi ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi nishabi kichik bo’lgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan. Bu yerlarning iqlimi quruq va jazirama, yillik bug’lanish (600-1200 mm) atmosfera yog’inlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli og’ir mexanik tarkibli bo’lib, suv ko’tarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shag’al yotqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 m va ko’p). Grunt suvlari sho’rlangan (minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz. Tabiiy sharoitning mana bunday majmuidan kelib chiqib, sho’rlangan grunt suvlari katta miqdorda bug’lanishga sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bug’lanib turadi, tuzlar esa asta-sekin to’planib tuproqni sho’rlantiradi. Havo quruq va uning harakati qancha yuqori, tuproqning suv ko’tarish qobilyati kuchli (yuqori), grunt suvlarining joylanishi yer yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizasiyasi yuqori bo’lsa, tuproq sho’rlanishi jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi. O’zbekistonda sho’rlangan va sho’rlanishga moyil yerlar Farg’ona vodiysida, Mirzacho’lda, Buxoro viloyatida, Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. To’rtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha bo’lishi mumkin. Grunt suvlari chuchuk bo’lgan hududlarda (Chirchiq, Angren, Zarafshon, Norin, Qoradaryo bo’ylarida) qayir yerlar sho’rlanmagan, biroq ayrim joylar botqoqlashgan. Grunt suvlari minerallashgan (yer yuzasiga nisbatan yaqin joylashgan - 1,5-2,5 metrgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili) maydonlarda qayir yerlar sho’rlangan va meliorativ tadbirlar o’tkazishni taqazo etadi. Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to’planishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Tuzlar hosil bo’lishining asosiy manbalari atmosfera yog’in-sochinlari, tuproq-grunt suvlari, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, nihoyat oqar suvlar harakatining sustligi, tuzlarning dengizdan quruqlikka shamol ta’sirida kelib
 
 
qo’shilishi (impulverizasiya), o’simliklar, sug’orish suvlari va boshqalar tuz 
to’plovchi manbalardan hisoblanadi. 
Tajriba nuqtai nazaridan olib qaraganda oqar suvlar yoki grunt suvlari bilan 
birgalikda tuproqqa kelib to’planadigan tuzlar alohida ahamiyatga molikdir. 
Tuzlarning suv bilan kelib tuproqqa tarqalishi ko’proq quyidagi mahalliy tabiiy 
sharoitlarga: joyning relyefi va geologik tuzilishiga, tuproq gruntining suv 
o’tkazadigan (filtrlash) xossalari kabilarga bog’liqdir. 
Tuproq tarkibida tuzlarning tarqalishi va to’planishida iqlimning roli. 
Tuproqda tuzlarning to’planishi ko’pincha issiq va quruq iqlimli hududlarga xos 
bo’lib, Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda keng tarqalgandir. Bunga sabab 
quruq va issiq o’lkalarda atmosfera yog’in-sochinining kamligi tufayli yerning 
chuqur qatlamlarigacha namlanmasligi, grunt suvlarining tuproq yuzasiga yaqin 
joylashganligi va parlanishning nihoyatda ko’pligidir. Parlanishning miqdori iqlimiy 
sharoitlarga bog’liq ravishda ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Birinchidan erkin suv 
yuzasidan parlanish, ikkinchidan tuproq yuzasidan parlanish. Quyida keltirilgan 
jadvaldan ko’rinib turibdiki, shimoldan janubga qarab yurgan sari bug’lanish ortib 
borishini ko’ramiz, shunga mos ravishda parlanish ham bir me’yorda oshib boradi 
(26-jadval). 
 
26-jadval 
Har xil zonalardagi namlikni bug’lanishi va parlanishi (mm) 
Zonalar 
Bug’lanish 
Parlanish 
Tundra 
200-300 
70-120 
Tayga 
300-600 
200-300 
Aralash o’rmon 
400-850 
250-430 
Dasht 
600-1100 
240-550 
Chala cho’llar 
900-1000 
180-200 
Cho’llar 
1500-2000 
50-100 
Subtropik 
800-1300 
300-750
qo’shilishi (impulverizasiya), o’simliklar, sug’orish suvlari va boshqalar tuz to’plovchi manbalardan hisoblanadi. Tajriba nuqtai nazaridan olib qaraganda oqar suvlar yoki grunt suvlari bilan birgalikda tuproqqa kelib to’planadigan tuzlar alohida ahamiyatga molikdir. Tuzlarning suv bilan kelib tuproqqa tarqalishi ko’proq quyidagi mahalliy tabiiy sharoitlarga: joyning relyefi va geologik tuzilishiga, tuproq gruntining suv o’tkazadigan (filtrlash) xossalari kabilarga bog’liqdir. Tuproq tarkibida tuzlarning tarqalishi va to’planishida iqlimning roli. Tuproqda tuzlarning to’planishi ko’pincha issiq va quruq iqlimli hududlarga xos bo’lib, Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda keng tarqalgandir. Bunga sabab quruq va issiq o’lkalarda atmosfera yog’in-sochinining kamligi tufayli yerning chuqur qatlamlarigacha namlanmasligi, grunt suvlarining tuproq yuzasiga yaqin joylashganligi va parlanishning nihoyatda ko’pligidir. Parlanishning miqdori iqlimiy sharoitlarga bog’liq ravishda ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Birinchidan erkin suv yuzasidan parlanish, ikkinchidan tuproq yuzasidan parlanish. Quyida keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, shimoldan janubga qarab yurgan sari bug’lanish ortib borishini ko’ramiz, shunga mos ravishda parlanish ham bir me’yorda oshib boradi (26-jadval). 26-jadval Har xil zonalardagi namlikni bug’lanishi va parlanishi (mm) Zonalar Bug’lanish Parlanish Tundra 200-300 70-120 Tayga 300-600 200-300 Aralash o’rmon 400-850 250-430 Dasht 600-1100 240-550 Chala cho’llar 900-1000 180-200 Cho’llar 1500-2000 50-100 Subtropik 800-1300 300-750
 
 
V.A.Kovdaning ta’riflashicha, atmosferadan tushadigan yog’in-sochin 
o’simliklar qoplami va sizot suvlarning yer yuzasiga uzoq-yaqin joylashganligiga 
qarab parlanish shimoldan janubga tomon iqlimni quruqlasha borishi bilan orta 
boradi. 
Dasht va o’rmon-dasht zonasida sho’rxok va sho’rxoklashgan tuproqlar, 
sho’rlangan gruntlardan yoki yer osti suvlari chuqur joylashmagan, minerallashgan 
(1,5-2,5m) sizot suvlaridan paydo bo’ladi. Qo’riq dasht zonasida esa, tuproqlarning 
sho’rlanishi yog’ingarchilikni ozligi va uning yil davomida bir xilda 
tarqalmasligidan va bahor, yoz oylarining uzoq davom etishidan va nihoyat, 
atmosferadan tushadigan yog’in yerning chuqur qatlamlarini namlatmasligidan hosil 
bo’ladi. Bunday sharoitda ko’proq solodlashgan tuproqlar paydo bo’ladi. 
Sho’rlangan va solodlashgan qatlamlar yer yuzasidan uncha chuqur joylashmagan 
bo’lib, sizot suvining  kapillyar rejimi tipi ostida dasht zonasiga qaraganda ko’proq 
tuz to’planadi. 
Cho’l va chala cho’l zonalarida esa boshqa zonalarga qaraganda atmosferadan 
keladigan yog’ingarchilikni ozligi (yog’ingarchilik asosan bahor va qish oylarida) 
va bu tuproqni chuqur qatlamlarini namlata olmasligi, bug’lanishni nihoyatda 
ko’pligi oqibatida bu zonalarda tuzlarni to’planishi tez va ko’p miqdorda bo’ladi. 
Bundan tashqari sizot suvlar yer yuzasidan chuqur joylashmagan bo’lsa u tuproq 
kapillyarlari orqali ham ko’tarilib tuproqni sho’rlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Turli landshaft - geokimyoviy holatlarda turlicha tuzlar to’planadi (27-jadval).  
27-jadval 
Turli landshaftli mintaqalarda tuzlarning tarqalishi 
 
Landshaft 
mintaqala
ri 
Yog’in-
sochinlarni
ng o’rtacha 
yillik 
miqdori, 
mm 
Yillik 
o’rtacha 
bug’lanis
h, mm 
Quruq 
davrlarda
gi 
havoning 
nisbiy 
Grunt 
suvlarin
i eng 
yuqori 
mineral
i-
Tuproqda
gi yengil 
eruvchi 
tuzlarning 
miqdori, 
% 
Tuproqd
a 
tarqalga
n tuzlar
V.A.Kovdaning ta’riflashicha, atmosferadan tushadigan yog’in-sochin o’simliklar qoplami va sizot suvlarning yer yuzasiga uzoq-yaqin joylashganligiga qarab parlanish shimoldan janubga tomon iqlimni quruqlasha borishi bilan orta boradi. Dasht va o’rmon-dasht zonasida sho’rxok va sho’rxoklashgan tuproqlar, sho’rlangan gruntlardan yoki yer osti suvlari chuqur joylashmagan, minerallashgan (1,5-2,5m) sizot suvlaridan paydo bo’ladi. Qo’riq dasht zonasida esa, tuproqlarning sho’rlanishi yog’ingarchilikni ozligi va uning yil davomida bir xilda tarqalmasligidan va bahor, yoz oylarining uzoq davom etishidan va nihoyat, atmosferadan tushadigan yog’in yerning chuqur qatlamlarini namlatmasligidan hosil bo’ladi. Bunday sharoitda ko’proq solodlashgan tuproqlar paydo bo’ladi. Sho’rlangan va solodlashgan qatlamlar yer yuzasidan uncha chuqur joylashmagan bo’lib, sizot suvining kapillyar rejimi tipi ostida dasht zonasiga qaraganda ko’proq tuz to’planadi. Cho’l va chala cho’l zonalarida esa boshqa zonalarga qaraganda atmosferadan keladigan yog’ingarchilikni ozligi (yog’ingarchilik asosan bahor va qish oylarida) va bu tuproqni chuqur qatlamlarini namlata olmasligi, bug’lanishni nihoyatda ko’pligi oqibatida bu zonalarda tuzlarni to’planishi tez va ko’p miqdorda bo’ladi. Bundan tashqari sizot suvlar yer yuzasidan chuqur joylashmagan bo’lsa u tuproq kapillyarlari orqali ham ko’tarilib tuproqni sho’rlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Turli landshaft - geokimyoviy holatlarda turlicha tuzlar to’planadi (27-jadval). 27-jadval Turli landshaftli mintaqalarda tuzlarning tarqalishi Landshaft mintaqala ri Yog’in- sochinlarni ng o’rtacha yillik miqdori, mm Yillik o’rtacha bug’lanis h, mm Quruq davrlarda gi havoning nisbiy Grunt suvlarin i eng yuqori mineral i- Tuproqda gi yengil eruvchi tuzlarning miqdori, % Tuproqd a tarqalga n tuzlar
 
 
namligi, 
% 
zasiyasi
, g/l 
Cho’l 
100 
2000 -
2500 
20 
200-
350 
25-50 
NaCl, 
KNO3, 
MgCl2, 
MgSO4, 
CaSO4, 
CaCl2 
Yarim 
cho’l 
200-300 
1000 - 
1500 
20-30 
100-
150 
5-8 
NaCl, 
Na2SO4 
CaSO4, 
MgSO4, 
Dasht 
300-450 
800 -
1000 
35-40 
50-100 
2-3 
Na2SO4, 
Na2CO3 
NaHCO
3 
O’rmon-
dasht 
350-500 
500-800 
40-45 
1-3 
0,5-1 
NaHCO
3 
Na2CO3 
Na2SO4 
 
Namlik birmuncha yuqori bo’lgan iqlim sharoitlarida kam eriydigan tuzlar 
to’plangani holda suvda ko’proq eriydigan tuzlar chuqur qatlamlarga, ona jins va 
grunt suvlarigacha yuvilib ketadi. Qurg’oqchilik ortgan sari suvda ko’proq eriydigan 
tuzlar to’plana boshlaydi. Kuchsiz sho’rlanishning boshlang’ich davrida soda tuzi 
ko’proq to’plana boshlaydi. Sho’rlanish kuchaygan sari birinchi o’rinni sulfatlar, 
undan keyin xloridlar egallaydi.  
Cho’l zonalarida tuproqlar sho’rlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi 
omillardan biri shamoldir. Bu zonalar yoz oylari shamol rejimi bilan bog’liq bo’lib, 
yer ustki qismini qurishi, chang hamda tuzlarning uchirib olib ketishi bilan
namligi, % zasiyasi , g/l Cho’l 100 2000 - 2500 20 200- 350 25-50 NaCl, KNO3, MgCl2, MgSO4, CaSO4, CaCl2 Yarim cho’l 200-300 1000 - 1500 20-30 100- 150 5-8 NaCl, Na2SO4 CaSO4, MgSO4, Dasht 300-450 800 - 1000 35-40 50-100 2-3 Na2SO4, Na2CO3 NaHCO 3 O’rmon- dasht 350-500 500-800 40-45 1-3 0,5-1 NaHCO 3 Na2CO3 Na2SO4 Namlik birmuncha yuqori bo’lgan iqlim sharoitlarida kam eriydigan tuzlar to’plangani holda suvda ko’proq eriydigan tuzlar chuqur qatlamlarga, ona jins va grunt suvlarigacha yuvilib ketadi. Qurg’oqchilik ortgan sari suvda ko’proq eriydigan tuzlar to’plana boshlaydi. Kuchsiz sho’rlanishning boshlang’ich davrida soda tuzi ko’proq to’plana boshlaydi. Sho’rlanish kuchaygan sari birinchi o’rinni sulfatlar, undan keyin xloridlar egallaydi. Cho’l zonalarida tuproqlar sho’rlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri shamoldir. Bu zonalar yoz oylari shamol rejimi bilan bog’liq bo’lib, yer ustki qismini qurishi, chang hamda tuzlarning uchirib olib ketishi bilan
 
 
xarakterlanadi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Tabiatda elementlarning 
geoximik aylanishida, ayniqsa tuproqlarning sho’rlanishida shamolning ta’siri 
kattadir. Shamol orqali tuzlar chang va mayda zarrachalar bilan dengizlardan olib 
kelinib, shamol pasayganda yoki yomg’ir yoqqanda ular tuz jamg’armasi hisobida 
ma’lum yerlarda yig’iladi. F.Klarkning ma’lumotlariga qaraganda, har yili yerga 
atmosferadan 2 t dan 20 t gacha natriy xlorid tushar ekan. Shulardan eng ko’pi 
dengiz oldi hududlarga to’g’ri keladi. Misol tariqasida Orol dengizini ko’rsatish 
mumkin. Olimlar keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Orol bo’yi maydonlariga har yili 
dengizdan 170-800 kg/ga tuzlar shamollar olib kelib yotqiziladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq qatlamlarida tuzlarni to’planishi 
va aralashishida joyning iqlimiy sharoiti katta rol o’ynaydi. Shuning uchun har bir 
joyning iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi yerlarni o’zlashtirish, uning 
hosildorligini meliorativ nuqtai nazardan oshirish, xamda agrotexnikaga tayangan 
holda tuproqlarni sho’rlanishiga yo’l qo’ymaslik lozim. 
Ma’lumki, tuproq unumdorligini pasaytiruvchi salbiy omillardan biri – bu 
sho’rlanish jarayoni hisoblanadi. Olib borilgan ko’p sonli tajribalar natijasiga ko’ra, 
hatto kam sho’rlangan yerlarda ham asosiy qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining 
sezilarli darajada kamayishi kuzatilgan. Bu jarayonning jadallashib davom etishi 
yerlarni qishloq xo’jalik ekinlari uchun yaroqsiz holga olib kelishi mumkin. Aynan 
mana shu muammoni o’rganish ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tiborini o’ziga jalb 
qilmoqda. 
Tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan ta’siri ko’pgina tadqiqotchilar 
tomonidan o’rganilgan. Ma’lumki, tuproqdagi tuzlarning o’simliklarga bo’lgan 
zararlilik darajasi har xil bo’lib, ular uchun eng zararlisi va xavfligi soda (Na2CO3) 
hisoblanadi. Soda suvda erib natriy ishqorini (NaOH) hosil qiladi va bu tuz 
o’simliklarga zaharli ta’sir etadi. U ildizlarni kesib, ularni qoraytirib, nobud qiladi. 
Xlor tuzlari ham juda zararli, sulfat tuzlari esa nisbatan kamroq zararli hisoblanadi. 
Qiyin eruvchi tuzlar (SaSO4, CaCO3) ning yuqori miqdorlari ham o’simliklar uchun 
zararsiz. Sho’rlangan tuproqlarda natriy va magniyning oson eruvchi tuzlari ko’proq
xarakterlanadi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Tabiatda elementlarning geoximik aylanishida, ayniqsa tuproqlarning sho’rlanishida shamolning ta’siri kattadir. Shamol orqali tuzlar chang va mayda zarrachalar bilan dengizlardan olib kelinib, shamol pasayganda yoki yomg’ir yoqqanda ular tuz jamg’armasi hisobida ma’lum yerlarda yig’iladi. F.Klarkning ma’lumotlariga qaraganda, har yili yerga atmosferadan 2 t dan 20 t gacha natriy xlorid tushar ekan. Shulardan eng ko’pi dengiz oldi hududlarga to’g’ri keladi. Misol tariqasida Orol dengizini ko’rsatish mumkin. Olimlar keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Orol bo’yi maydonlariga har yili dengizdan 170-800 kg/ga tuzlar shamollar olib kelib yotqiziladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq qatlamlarida tuzlarni to’planishi va aralashishida joyning iqlimiy sharoiti katta rol o’ynaydi. Shuning uchun har bir joyning iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi yerlarni o’zlashtirish, uning hosildorligini meliorativ nuqtai nazardan oshirish, xamda agrotexnikaga tayangan holda tuproqlarni sho’rlanishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Ma’lumki, tuproq unumdorligini pasaytiruvchi salbiy omillardan biri – bu sho’rlanish jarayoni hisoblanadi. Olib borilgan ko’p sonli tajribalar natijasiga ko’ra, hatto kam sho’rlangan yerlarda ham asosiy qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining sezilarli darajada kamayishi kuzatilgan. Bu jarayonning jadallashib davom etishi yerlarni qishloq xo’jalik ekinlari uchun yaroqsiz holga olib kelishi mumkin. Aynan mana shu muammoni o’rganish ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan ta’siri ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. Ma’lumki, tuproqdagi tuzlarning o’simliklarga bo’lgan zararlilik darajasi har xil bo’lib, ular uchun eng zararlisi va xavfligi soda (Na2CO3) hisoblanadi. Soda suvda erib natriy ishqorini (NaOH) hosil qiladi va bu tuz o’simliklarga zaharli ta’sir etadi. U ildizlarni kesib, ularni qoraytirib, nobud qiladi. Xlor tuzlari ham juda zararli, sulfat tuzlari esa nisbatan kamroq zararli hisoblanadi. Qiyin eruvchi tuzlar (SaSO4, CaCO3) ning yuqori miqdorlari ham o’simliklar uchun zararsiz. Sho’rlangan tuproqlarda natriy va magniyning oson eruvchi tuzlari ko’proq
 
 
uchraydi. Ularning qiyosiy zararliligini quyidagi raqamlar nisbati bilan joylashtirish 
(belgilash) mumkin (Axmedov va b., 2002): 
 
Tuzlar 
Na2CO3 
NaCl 
MgSO4 
NaHCO3 
Na2SO4 
Zararlilik 
darajasi 
10 
5-6 
3-5 
3 
1 
 
Tadqiqotlar natijalari tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan salbiy ta’siri 
sulfat-xloridli tipdagi sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli sho’rlanishga 
qaraganda birmuncha ko’proq ekanligini ko’rsatadi. Xloridli sho’rlanishda esa 
sulfatli sho’rlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan.  
Tuzlarning suvda erish jarayoni qattiq modda yuzasiga ikki qutbli  (dipol) 
suvning ta’sir etishdan boshlanadi. Agar suvninng dipol (ikki qutblilik) vaqti 
atomlar, ionlar va molekulalarning ushlab turuvchi kristal reshetkasidan yuqori 
bo’lsa, u holda ular qattiq moddadan ajralib eritmaga o’tadi. Tuzlarning eruvchanligi 
ularning suvda erigan modda va gazlarning tabiatiga, haroratiga va bosimiga bog’liq 
bo’ladi.  
Suvda xloridlar ko’proq (yaxshiroq) erisa sulfatlardan MgSO4 tuzi yaxshi 
eriydi, Na2SO4 va K2SO4 tuzlari kamroq, CaSO4∙2H2O (gips) juda yomon eriydi. 
Haroratning ortishi bilan bir qator tuzlarning eruvchanligi (MgCl2, CaCl2, MgSO4, 
Na2SO4) ortadi, gipsning eruvchanligi haroratga deyarli bog’liq bo’lmaydi. Na2SO4 
tuzining eruvchanligi 00 dan 100 gacha haroratda past, 300gacha ortganda kam 
hollarda eruvchanligi ortadi. Keyinchalik esa butunlay o’zgarmaydi. Tuzlarning 
suvda eruvchanligi SO2 miqdoriga ham bog’liq. Agar tuproq havosida 0,2% SO2 
bo’lsa SaSO3 ni eruvchanligi odatdagi (SO3 - 0,03%) ga nisbatan 15 marta ortadi. 
Bir qancha tuzlar ishtirokida tuzlarning eruvchanligining kamayishi kuzatilgan. 
Tuproq eritmasida NaCl ning yuqori miqdori qayd etilganda gipsning eruvchanligi 
keskin ortadi va u kapillyar suvlar orqali yuqoriga ko’tarilib, natijada tuproqning 
ustki qatlamida gipsning to’planishi sodir bo’ladi. MgCl2 tuzining eruvchanligi 
CaCl2 ishtirokida keskin kamayadi. Huddi shunday holatni CaSO4 tuzining Na2SO4
uchraydi. Ularning qiyosiy zararliligini quyidagi raqamlar nisbati bilan joylashtirish (belgilash) mumkin (Axmedov va b., 2002): Tuzlar Na2CO3 NaCl MgSO4 NaHCO3 Na2SO4 Zararlilik darajasi 10 5-6 3-5 3 1 Tadqiqotlar natijalari tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan salbiy ta’siri sulfat-xloridli tipdagi sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli sho’rlanishga qaraganda birmuncha ko’proq ekanligini ko’rsatadi. Xloridli sho’rlanishda esa sulfatli sho’rlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan. Tuzlarning suvda erish jarayoni qattiq modda yuzasiga ikki qutbli (dipol) suvning ta’sir etishdan boshlanadi. Agar suvninng dipol (ikki qutblilik) vaqti atomlar, ionlar va molekulalarning ushlab turuvchi kristal reshetkasidan yuqori bo’lsa, u holda ular qattiq moddadan ajralib eritmaga o’tadi. Tuzlarning eruvchanligi ularning suvda erigan modda va gazlarning tabiatiga, haroratiga va bosimiga bog’liq bo’ladi. Suvda xloridlar ko’proq (yaxshiroq) erisa sulfatlardan MgSO4 tuzi yaxshi eriydi, Na2SO4 va K2SO4 tuzlari kamroq, CaSO4∙2H2O (gips) juda yomon eriydi. Haroratning ortishi bilan bir qator tuzlarning eruvchanligi (MgCl2, CaCl2, MgSO4, Na2SO4) ortadi, gipsning eruvchanligi haroratga deyarli bog’liq bo’lmaydi. Na2SO4 tuzining eruvchanligi 00 dan 100 gacha haroratda past, 300gacha ortganda kam hollarda eruvchanligi ortadi. Keyinchalik esa butunlay o’zgarmaydi. Tuzlarning suvda eruvchanligi SO2 miqdoriga ham bog’liq. Agar tuproq havosida 0,2% SO2 bo’lsa SaSO3 ni eruvchanligi odatdagi (SO3 - 0,03%) ga nisbatan 15 marta ortadi. Bir qancha tuzlar ishtirokida tuzlarning eruvchanligining kamayishi kuzatilgan. Tuproq eritmasida NaCl ning yuqori miqdori qayd etilganda gipsning eruvchanligi keskin ortadi va u kapillyar suvlar orqali yuqoriga ko’tarilib, natijada tuproqning ustki qatlamida gipsning to’planishi sodir bo’ladi. MgCl2 tuzining eruvchanligi CaCl2 ishtirokida keskin kamayadi. Huddi shunday holatni CaSO4 tuzining Na2SO4
 
 
va MgSO4 ishtirokida kuzatish mumkin. SaSO3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida 
tahminan 22 martaga, Na2SO4 ning ishtirokida esa 50 martaga ortadi. MgCO3 ning 
eruvchanligi NaCl ishtirokida 4 marta, Na2SO4 ishtirokida esa 5 marta ortadi 
(Gafurova va b., 2003). 
Eritmaning ma’lum bir konsentrasiyasida tuzlar kristall modda shaklida 
cho’kmaga tushadi. Tuzlarning cho’kmaga tushishi boshlangan konsentrasiya 
ko’rsatkichi haroratga, bosimga va boshqa tuz va gazlarning ishtirok etishiga bog’liq 
bo’ladi. Ko’p komponentli eritmalardan tuzlarning cho’kmaga tushish (ketma-
ketligi) ularning erish darajasiga bog’liq. Kuchsiz eriydigan tuzlar pastroq, yaxshi 
eriydigan tuzlar esa yuqori konsentrasiyada cho’kmaga tusha boshlaydi. Tuzlarning 
cho’kmaga tushishining umumiy qonuniyatlari quyidagi qatorlar bilan ifodalanadi, 
ya’ni kationlar quyidagi tartib bo’yicha cho’kmaga tushadilar: 
 
Si - Fe - Ca - Mg,   Ca - Mg - K,   Na - K - Mg 
 
 
      CO3       SO4       Cl 
 
 
anionlar esa: CO3 - SO4 - Cl.   
Tuzlarning eruvchanligiga va ularning eritmadan cho’kmaga tushishi suv 
ushlovchi gruntlar va tuproqlarning xossalariga, jumladan, mexanik tarkibi, suv 
xossalari, singdirilgan asoslar tarkibi, pH, SO2 karbonatlar va boshqalarga katta 
ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, u o’simliklardagi qator biokimyoviy va fiziologik 
funksiyalari, ularning suv va oziqlanish rejimlari va ildiz sistemalari holatini 
buzilishiga olib keladi. Tuzlar ta’sirida fotosintez jarayonlari jadalligi, 
o’simliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik 
moddalarning to’planishi kamayadi. Tuzlarning o’simliklarga zararli ta’siri urug’ 
chigit unib chiqish fazasidan ko’rina boshlaydi. Tuproq sho’rlanganligi yuqori 
darajada bo’lganda urug’lar unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urug’ yaxshi 
o’sishi zarur bo’lgan namlikni o’zlashtira olmaydi. Shu bois urug’larning unib
va MgSO4 ishtirokida kuzatish mumkin. SaSO3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida tahminan 22 martaga, Na2SO4 ning ishtirokida esa 50 martaga ortadi. MgCO3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida 4 marta, Na2SO4 ishtirokida esa 5 marta ortadi (Gafurova va b., 2003). Eritmaning ma’lum bir konsentrasiyasida tuzlar kristall modda shaklida cho’kmaga tushadi. Tuzlarning cho’kmaga tushishi boshlangan konsentrasiya ko’rsatkichi haroratga, bosimga va boshqa tuz va gazlarning ishtirok etishiga bog’liq bo’ladi. Ko’p komponentli eritmalardan tuzlarning cho’kmaga tushish (ketma- ketligi) ularning erish darajasiga bog’liq. Kuchsiz eriydigan tuzlar pastroq, yaxshi eriydigan tuzlar esa yuqori konsentrasiyada cho’kmaga tusha boshlaydi. Tuzlarning cho’kmaga tushishining umumiy qonuniyatlari quyidagi qatorlar bilan ifodalanadi, ya’ni kationlar quyidagi tartib bo’yicha cho’kmaga tushadilar: Si - Fe - Ca - Mg, Ca - Mg - K, Na - K - Mg CO3 SO4 Cl anionlar esa: CO3 - SO4 - Cl. Tuzlarning eruvchanligiga va ularning eritmadan cho’kmaga tushishi suv ushlovchi gruntlar va tuproqlarning xossalariga, jumladan, mexanik tarkibi, suv xossalari, singdirilgan asoslar tarkibi, pH, SO2 karbonatlar va boshqalarga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, u o’simliklardagi qator biokimyoviy va fiziologik funksiyalari, ularning suv va oziqlanish rejimlari va ildiz sistemalari holatini buzilishiga olib keladi. Tuzlar ta’sirida fotosintez jarayonlari jadalligi, o’simliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik moddalarning to’planishi kamayadi. Tuzlarning o’simliklarga zararli ta’siri urug’ chigit unib chiqish fazasidan ko’rina boshlaydi. Tuproq sho’rlanganligi yuqori darajada bo’lganda urug’lar unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urug’ yaxshi o’sishi zarur bo’lgan namlikni o’zlashtira olmaydi. Shu bois urug’larning unib
 
 
chiqish energiyasi kamayadi yoki urug’ butunlay unib o’smaydi. Natijada 
ekinlarning yakka-dukka o’sib chiqishi kuzatiladi, o’simliklarning gektar hisobidagi 
soni kamayadi, tuproq yuzasida sho’r dog’lar paydo bo’ladi, o’simliklarning nobud 
bo’lishi kuzatiladi.  
Tuproq sho’rlanishi qishloq xo’jalik ekinlarining ildizlariga ham salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga o’tishini 
kechiktiradi.  
Sho’rlangan 
tuproqlarda 
o’simliklar 
tomonidan 
suv 
o’zlashtirilishi 
sekinlashadi va transpirasiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi. 
Tuproqdan o’simliklarga suv oziqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining 
so’rish kuchi ta’siri ostida o’tiladi. So’rish kuchi o’simliklarning hujayra shirasi 
so’rish bosimi tufayli sodir bo’lib, u o’simliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator 
sabzavot va poliz ekinlari uchun, jumladan bodringlarda so’rish kuchi bor-yo’g’i 2-
5 atm., sho’rlanmagan tuproqlardagi g’o’za 10-15 atm., sho’rlangan tuproqlardagi 
15-25 atm. Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud bo’lib, bu kuchlar 
katta oraliqda o’zgarib turadi. U tuproqda qancha tuz ko’p bo’lsa, nam kam bo’lsa, 
shuncha katta bo’ladi. Sho’rlanmagan tuproqlarda namlik 9,4 % bo’lsa, bu kuch 20 
atm. ni va kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda 35 atm. ni va kuchli sho’rlangan 
tuproqlarda 143 atm. ni tashkil etadi.    
Tuproqning suv ushlab turuvchi kuchi va o’simliklarning so’rish kuchi 
ko’rsatkichlarining nisbati o’simliklarning suv bilan ta’minlanishini aniqlaydi. Agar 
tuzli eritma konsentrasiyasi va tuproq eritmasining so’rish bosimi yuqori bo’lsa 
o’simliklar suvni o’zlashtira olmaydi yoki juda oz miqdorda o’zlashtiradi. Bunday 
hollarda tuproqda namlikning bo’lishiga qaramay o’simliklarning nobud bo’lishi 
(nimjon o’sishi), ularning o’sish va rivojlanishini susaytiruvchi “fiziologik 
quruqlik” sodir bo’ladi.  
Sho’rlangan tuproqlarda mineral oziqlanishning buzilishi sodir bo’ladi. Bu 
holat o’simliklarning qator muhim oziqa elementlarining yetarli darajada o’zlashtira 
olmasliklari (kalsiy, fosfor, marganes, temir) va aksincha zararli elementlarning 
(xlor, natriy, magniy) ko’plab o’zlashtirilishi bilan ifodalanadi. Kuchli sho’rlangan
chiqish energiyasi kamayadi yoki urug’ butunlay unib o’smaydi. Natijada ekinlarning yakka-dukka o’sib chiqishi kuzatiladi, o’simliklarning gektar hisobidagi soni kamayadi, tuproq yuzasida sho’r dog’lar paydo bo’ladi, o’simliklarning nobud bo’lishi kuzatiladi. Tuproq sho’rlanishi qishloq xo’jalik ekinlarining ildizlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga o’tishini kechiktiradi. Sho’rlangan tuproqlarda o’simliklar tomonidan suv o’zlashtirilishi sekinlashadi va transpirasiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi. Tuproqdan o’simliklarga suv oziqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining so’rish kuchi ta’siri ostida o’tiladi. So’rish kuchi o’simliklarning hujayra shirasi so’rish bosimi tufayli sodir bo’lib, u o’simliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator sabzavot va poliz ekinlari uchun, jumladan bodringlarda so’rish kuchi bor-yo’g’i 2- 5 atm., sho’rlanmagan tuproqlardagi g’o’za 10-15 atm., sho’rlangan tuproqlardagi 15-25 atm. Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud bo’lib, bu kuchlar katta oraliqda o’zgarib turadi. U tuproqda qancha tuz ko’p bo’lsa, nam kam bo’lsa, shuncha katta bo’ladi. Sho’rlanmagan tuproqlarda namlik 9,4 % bo’lsa, bu kuch 20 atm. ni va kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda 35 atm. ni va kuchli sho’rlangan tuproqlarda 143 atm. ni tashkil etadi. Tuproqning suv ushlab turuvchi kuchi va o’simliklarning so’rish kuchi ko’rsatkichlarining nisbati o’simliklarning suv bilan ta’minlanishini aniqlaydi. Agar tuzli eritma konsentrasiyasi va tuproq eritmasining so’rish bosimi yuqori bo’lsa o’simliklar suvni o’zlashtira olmaydi yoki juda oz miqdorda o’zlashtiradi. Bunday hollarda tuproqda namlikning bo’lishiga qaramay o’simliklarning nobud bo’lishi (nimjon o’sishi), ularning o’sish va rivojlanishini susaytiruvchi “fiziologik quruqlik” sodir bo’ladi. Sho’rlangan tuproqlarda mineral oziqlanishning buzilishi sodir bo’ladi. Bu holat o’simliklarning qator muhim oziqa elementlarining yetarli darajada o’zlashtira olmasliklari (kalsiy, fosfor, marganes, temir) va aksincha zararli elementlarning (xlor, natriy, magniy) ko’plab o’zlashtirilishi bilan ifodalanadi. Kuchli sho’rlangan
 
 
tuproqlardagi o’simliklarda xlor miqdori me’yoridan 3-4 marta, natriy 5-10 marta 
ortib ketishi mumkin. O’simliklarda tuzlarning katta miqdorda to’planishi, ularni 
tuzlar bilan zaharlanishiga olib keladi.  
Tuproqdagi tuzlarning yuqori konsentrasiyasidan o’simliklarning zaharlanishi 
asta-sekin ortib boradi, barglarning so’lishi va nihoyat qurishi boshlanadi. Ko’p 
holatlarda barglari sarg’ayadi, ularda tuzli dog’lar paydo bo’ladi. Bunday barglar 
keyinchalik to’kilib ketadi. Ayrim hollarda o’simliklarning jabrlanishi (zaharlanishi) 
tuzlarning bevosita emas, balki bilvosita ta’siri ostida tuproq fizikaviy xossalarining 
yomonlashuviga va tuproq eritmasidagi ishqoriylikning ortib ketishiga sabab 
bo’luvchi tuproqning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriydan hosil bo’lgan 
soda hisobiga sodir bo’lishi mumkin.  
Tuzlarni o’simliklarning biokimyoviy va fiziologik jarayonlariga hamda 
tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga ko’rsatadigan zararli ta’siri, oxir oqibatda 
o’simliklarning yomon o’sishi, ularning rivojlanish fazalarining kechikishi, 
unumdorlikning pasayishi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining kamayishini 
belgilaydi.  
Ma’lumki, kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda paxta hosildorligi sho’rlanmagan 
tuproqlarga qaraganda 10-15, o’rtacha sho’rlangan tuproqlarda 30-35, kuchli 
sho’rlangan tuproqlarda 60-65 % ga va undan ham ortiq kamayadi.  
Sho’rlangan tuproqlar ekinlar hosildorligining nafaqat miqdoriga, balki 
sifatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning sho’rlanish darajasini ortib borishi bilan 
o’simliklar sifati yomonlashib boradi. Jumladan, paxtaning tola uzunligi kamayadi, 
bir tekislik darajasi yomonlashadi va tolaning mustahkamligi (qattiqligi) pasayadi. 
Sho’rlangan tuproqlar kartoshka mevasi sifatini ham yomonlashtiradi. Lekin shular 
bilan bir qatorda, ayrim o’simliklarda tuproq sho’rlanishining kamroq miqdori 
mahsulotlar sifatini yaxshilaydi. Masalan, qovunlarda qand moddasi, g’alla 
ekinlarida oqsil moddasi ortadi, qand lavlagi, uzum mevalarida qand miqdori 
ko’payadi. 
Qishloq xo’jaligi ekinlarining tuzga chidamliligi. Qishloq xo’jalik 
ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi
tuproqlardagi o’simliklarda xlor miqdori me’yoridan 3-4 marta, natriy 5-10 marta ortib ketishi mumkin. O’simliklarda tuzlarning katta miqdorda to’planishi, ularni tuzlar bilan zaharlanishiga olib keladi. Tuproqdagi tuzlarning yuqori konsentrasiyasidan o’simliklarning zaharlanishi asta-sekin ortib boradi, barglarning so’lishi va nihoyat qurishi boshlanadi. Ko’p holatlarda barglari sarg’ayadi, ularda tuzli dog’lar paydo bo’ladi. Bunday barglar keyinchalik to’kilib ketadi. Ayrim hollarda o’simliklarning jabrlanishi (zaharlanishi) tuzlarning bevosita emas, balki bilvosita ta’siri ostida tuproq fizikaviy xossalarining yomonlashuviga va tuproq eritmasidagi ishqoriylikning ortib ketishiga sabab bo’luvchi tuproqning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriydan hosil bo’lgan soda hisobiga sodir bo’lishi mumkin. Tuzlarni o’simliklarning biokimyoviy va fiziologik jarayonlariga hamda tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga ko’rsatadigan zararli ta’siri, oxir oqibatda o’simliklarning yomon o’sishi, ularning rivojlanish fazalarining kechikishi, unumdorlikning pasayishi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining kamayishini belgilaydi. Ma’lumki, kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda paxta hosildorligi sho’rlanmagan tuproqlarga qaraganda 10-15, o’rtacha sho’rlangan tuproqlarda 30-35, kuchli sho’rlangan tuproqlarda 60-65 % ga va undan ham ortiq kamayadi. Sho’rlangan tuproqlar ekinlar hosildorligining nafaqat miqdoriga, balki sifatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning sho’rlanish darajasini ortib borishi bilan o’simliklar sifati yomonlashib boradi. Jumladan, paxtaning tola uzunligi kamayadi, bir tekislik darajasi yomonlashadi va tolaning mustahkamligi (qattiqligi) pasayadi. Sho’rlangan tuproqlar kartoshka mevasi sifatini ham yomonlashtiradi. Lekin shular bilan bir qatorda, ayrim o’simliklarda tuproq sho’rlanishining kamroq miqdori mahsulotlar sifatini yaxshilaydi. Masalan, qovunlarda qand moddasi, g’alla ekinlarida oqsil moddasi ortadi, qand lavlagi, uzum mevalarida qand miqdori ko’payadi. Qishloq xo’jaligi ekinlarining tuzga chidamliligi. Qishloq xo’jalik ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi
 
 
tuzlarning o’simliklarga nisbatan ularning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarar 
yetkazmaydigan miqdori tushuniladi.  
Turli tuproq sharoitlarida o’suvchi o’simliklarning tuzga chidamlilik darajasi 
bir xil emas. Ular bir qator omillarga: o’simlik turlari va biologik xossalarga, aynan 
o’simliklar navi, o’simliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, oziqa moddalari 
va namlikka, ayniqsa tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog’liq. Madaniy 
o’simliklar, umuman olganda sho’rga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan 
xarakterlanadi, ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, no’xat) tuzga juda kam 
chidamli hisoblanadi. Ayrim o’simliklar tuzga o’ta chidamli, masalan, lavlagi (qand 
lavlagi, osh lavlagi, yem sifatida ishlatiladigan hashaki lavlagi), oq jo’xori. Nisbatan 
sho’rga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium 
barbadense L) o’rta tolali navlarga (Gossipium hirsitum L) nisbatan sho’rga 
chidamli hisoblanadi. 
Sho’rga chidamlilik o’simliklarning yoshiga qarab o’zgarib turadi. Tuzning 
o’simliklarga dastlabki ta’siri, urug’larning unib chiqishi, nihollarning o’sishi va 
vegetasiyaning boshlanish davrlariga to’g’ri keladi.  
O’simliklar uchun nisbatan zararsiz bo’lgan sulfat tuzlari ko’p bo’lgan 
tuproqlarda (Farg’ona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi 
yuqoriroq, xlor tuzlari ko’p bo’lgan tuproqlarda esa kamroq. O’simliklarning 
sho’rga chidamliligini belgilovchi muhim omil bu – tuproq namligi hisoblanadi. 
Tuproqlarda tuzlar tarkibining bir xilda bo’lishiga qaramay, o’simliklarning tuzga 
chidamliligi tuproq namining ortib borishi bilan ko’payadi, chunki bu vaqtda tuproq 
eritmasining konsentrasiyasi ortadi. 
O’simliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi oziqa moddalarning 
miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik 
moddalar bilan o’g’itlanganda o’simliklar tuzlarning salbiy ta’siriga kamroq duchor 
bo’ladilar.  
Biroq, yuqori darajada sho’rlangan tuproqlarga katta normalarda mineral 
o’g’itlarni bir tomonlama solish foyda keltirmaydi. Aksincha, zarar keltirishi
tuzlarning o’simliklarga nisbatan ularning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarar yetkazmaydigan miqdori tushuniladi. Turli tuproq sharoitlarida o’suvchi o’simliklarning tuzga chidamlilik darajasi bir xil emas. Ular bir qator omillarga: o’simlik turlari va biologik xossalarga, aynan o’simliklar navi, o’simliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, oziqa moddalari va namlikka, ayniqsa tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog’liq. Madaniy o’simliklar, umuman olganda sho’rga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan xarakterlanadi, ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, no’xat) tuzga juda kam chidamli hisoblanadi. Ayrim o’simliklar tuzga o’ta chidamli, masalan, lavlagi (qand lavlagi, osh lavlagi, yem sifatida ishlatiladigan hashaki lavlagi), oq jo’xori. Nisbatan sho’rga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium barbadense L) o’rta tolali navlarga (Gossipium hirsitum L) nisbatan sho’rga chidamli hisoblanadi. Sho’rga chidamlilik o’simliklarning yoshiga qarab o’zgarib turadi. Tuzning o’simliklarga dastlabki ta’siri, urug’larning unib chiqishi, nihollarning o’sishi va vegetasiyaning boshlanish davrlariga to’g’ri keladi. O’simliklar uchun nisbatan zararsiz bo’lgan sulfat tuzlari ko’p bo’lgan tuproqlarda (Farg’ona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi yuqoriroq, xlor tuzlari ko’p bo’lgan tuproqlarda esa kamroq. O’simliklarning sho’rga chidamliligini belgilovchi muhim omil bu – tuproq namligi hisoblanadi. Tuproqlarda tuzlar tarkibining bir xilda bo’lishiga qaramay, o’simliklarning tuzga chidamliligi tuproq namining ortib borishi bilan ko’payadi, chunki bu vaqtda tuproq eritmasining konsentrasiyasi ortadi. O’simliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi oziqa moddalarning miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik moddalar bilan o’g’itlanganda o’simliklar tuzlarning salbiy ta’siriga kamroq duchor bo’ladilar. Biroq, yuqori darajada sho’rlangan tuproqlarga katta normalarda mineral o’g’itlarni bir tomonlama solish foyda keltirmaydi. Aksincha, zarar keltirishi
 
 
mumkin, chunki buning natijasida tuproq eritmasining yuqori konsentrasiyasi 
yanada ortib ketishi mumkin (30-jadval).  
O’simliklarning sho’rga chidamlilik darajasiga ularning o’sish va rivojlanish 
davri hamda muhit sharoitlarining ta’siri kattadir.  
Tuproq sho’rlanishining mavsumiy tiklanishini takrorlamaslik va barcha dala 
ekinlaridan, shu jumladan tuzga kam chidamli o’simliklardan yuqori hosilni 
ta’minlash uchun xlor ionining miqdori 0,01 % dan katta bo’lmasligi kerak.  
28-jadval 
O’simliklarning tuzga chidamliligi va ular vegetasiya davrining birinchi 
bosqichlarida normal o’sishi uchun tuproqdagi xlorning me’yoriy miqdorlari 
 
Tuzga 
chidamlilik 
darajasi 
Qishloq xo’jalik 
ekinlari 
Tuproqdagi xlor 
miqdorining 
chegarasi, % 
Tuproq 
eritmasining xlor 
bo’yicha 
konsentrasiyasi, g/l 
Juda kam 
Beda, mosh, 
loviya, no’xat 
0,008-0,01 
0,42-0,53 
Kam 
Bug’doy, arpa, 
makkajo’xori 
0,01-0,015 
0,53-0,79 
O’rtacha 
Paxta, shabdar 
0,015-0,02 
0,79-1,05 
Yuqori 
Lavlagi, oq jo’xori 
0,03-0,04 
1,58-2,10 
Baland 
Kungaboqar 
0,04-0,06 
2,10-3,16 
 
Poliz va sabzavot ekinlarining tuzga chidamliligi ham turlicha. Bu xil 
ekinlardan bodring, pomidor, tarvuz tuzga juda kam chidamli; karam, qovunlar 
ko’proq chidamli hisoblanadi. Mevali daraxtlar (urug’li mevalar) ichida olma va nok 
tuzga kamroq chidamli. Danakli mevalar (o’rik, olcha, tog’olcha) tuzga ancha 
chidamli, ayniqsa eng ko’p chidamli mevalardan - uzum hisoblanadi. Shuningdek, 
turli tuman va mintaqalarda ularning tabiiy sharoitlari, tuproq qoplami xarakteri,
mumkin, chunki buning natijasida tuproq eritmasining yuqori konsentrasiyasi yanada ortib ketishi mumkin (30-jadval). O’simliklarning sho’rga chidamlilik darajasiga ularning o’sish va rivojlanish davri hamda muhit sharoitlarining ta’siri kattadir. Tuproq sho’rlanishining mavsumiy tiklanishini takrorlamaslik va barcha dala ekinlaridan, shu jumladan tuzga kam chidamli o’simliklardan yuqori hosilni ta’minlash uchun xlor ionining miqdori 0,01 % dan katta bo’lmasligi kerak. 28-jadval O’simliklarning tuzga chidamliligi va ular vegetasiya davrining birinchi bosqichlarida normal o’sishi uchun tuproqdagi xlorning me’yoriy miqdorlari Tuzga chidamlilik darajasi Qishloq xo’jalik ekinlari Tuproqdagi xlor miqdorining chegarasi, % Tuproq eritmasining xlor bo’yicha konsentrasiyasi, g/l Juda kam Beda, mosh, loviya, no’xat 0,008-0,01 0,42-0,53 Kam Bug’doy, arpa, makkajo’xori 0,01-0,015 0,53-0,79 O’rtacha Paxta, shabdar 0,015-0,02 0,79-1,05 Yuqori Lavlagi, oq jo’xori 0,03-0,04 1,58-2,10 Baland Kungaboqar 0,04-0,06 2,10-3,16 Poliz va sabzavot ekinlarining tuzga chidamliligi ham turlicha. Bu xil ekinlardan bodring, pomidor, tarvuz tuzga juda kam chidamli; karam, qovunlar ko’proq chidamli hisoblanadi. Mevali daraxtlar (urug’li mevalar) ichida olma va nok tuzga kamroq chidamli. Danakli mevalar (o’rik, olcha, tog’olcha) tuzga ancha chidamli, ayniqsa eng ko’p chidamli mevalardan - uzum hisoblanadi. Shuningdek, turli tuman va mintaqalarda ularning tabiiy sharoitlari, tuproq qoplami xarakteri,
 
 
qishloq xo’jalik ekinlarining normal o’sishi uchun tuproqlardagi tuzlar miqdori 
normalari (me’yorlari) turlichaligini ta’kidlash zarur (29-jadval). 
29-jadval 
Tuproqlardagi tuzlar miqdori normalari 
 
Hududlar 
Tuzlarning me’yoriy miqdori, % 
Quruq qoldiq 
Sulfat ioni 
Xlor ioni 
Mirzacho’l 
0,25-0,30 
0,10-0,15 
0,008-0,01 
Farg’ona vodiysi, 
Buxoro viloyati 
0,75-1,00 
0,30-0,40 
0,01-0,0015 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, 
Xorazm viloyati 
0,30-0,50 
0,20-0,25 
0,03-0,04 
 
Farg’ona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori 
me’yoriy miqdori (0,75-1,0 % gacha) bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida 
sulfat tuzlarining o’simliklar uchun kam zararli tuzlarning ko’p bo’lishi bilan, 
xlorning yuqori me’yoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpog’iston rayonlarida 
ko’p bo’lishi esa (0,03-0,04 % gacha) bu rayonlarlar tuproqlari va grunt suvlarida 
tuzlarning toksik (zaharli) ta’sirini susaytiruvchi kalsiy kationining ko’p miqdorda 
bo’lishi bilan bog’liq. 
Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish 
bo’yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho’rlanishiga va botqoqlanishiga 
qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho’rlanish va 
sho’rhoklanish jarayonlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib 
chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni  bartaraf qilish kerak: 
 suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga 
qo’shilib ularning sathini ko’tarilishiga sabab bo’ladi); 
 tuproq namligining bug’lanishini har taraflama kamaytirish; 
 yuza joylashgan sho’r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
qishloq xo’jalik ekinlarining normal o’sishi uchun tuproqlardagi tuzlar miqdori normalari (me’yorlari) turlichaligini ta’kidlash zarur (29-jadval). 29-jadval Tuproqlardagi tuzlar miqdori normalari Hududlar Tuzlarning me’yoriy miqdori, % Quruq qoldiq Sulfat ioni Xlor ioni Mirzacho’l 0,25-0,30 0,10-0,15 0,008-0,01 Farg’ona vodiysi, Buxoro viloyati 0,75-1,00 0,30-0,40 0,01-0,0015 Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati 0,30-0,50 0,20-0,25 0,03-0,04 Farg’ona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori me’yoriy miqdori (0,75-1,0 % gacha) bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sulfat tuzlarining o’simliklar uchun kam zararli tuzlarning ko’p bo’lishi bilan, xlorning yuqori me’yoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpog’iston rayonlarida ko’p bo’lishi esa (0,03-0,04 % gacha) bu rayonlarlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning toksik (zaharli) ta’sirini susaytiruvchi kalsiy kationining ko’p miqdorda bo’lishi bilan bog’liq. Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo’yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho’rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho’rlanish va sho’rhoklanish jarayonlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:  suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga qo’shilib ularning sathini ko’tarilishiga sabab bo’ladi);  tuproq namligining bug’lanishini har taraflama kamaytirish;  yuza joylashgan sho’r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
 
 
Tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo’lsa, undan namlik kamroq 
bug’lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday 
natijalarga erishish uchun ixota o’rmon polosalarini o’tkazish, g’o’za-bedani 
almashlab ekish, ekin ekishning rasional agrotexnikasidan foydalanish zarur. 
Shunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki 
kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozim. Har bir hudud uchun 
qo’llaniladigan tadbirlar tizimi shu yerning tabiiy  va xo’jalik sharoitlarini hisobga 
olgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Ko’riladigan barcha 
tadbirlar ma’lum tartibda, o’z vaqtida va yuqori sifatli qilib amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqdir (Kamilov, 1985). 
Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan unumli foydalanish katta 
ahamiyatga ega. Sug’oriladigan hududda yerdan foydalanish koeffisenti (YeFK) 
sug’oriladigan maydonning shu xo’jalik umumiy maydoniga bo’lgan nisbatini 
bildiradi. Masalan, xo’jalikning umumiy yer maydoni 3500 ga, sug’oriladigan 
maydoni 2600 ga desak, 
 
              
 
 
 
2600 
YeFK =    = 0,74 % ga teng bo’ladi. 
 
 
 
 
        3500 
YeFK qiymati turli hududlarning tabiiy va xo’jalik sharoitlariga qarab har xil: 
0,3-0,4 dan 0,6-0,85 gacha va undan ham katta bo’ladi. 
Sug’oriladigan yerlar orasida sug’orilmaydigan yerlar bo’ladi. Shu 
sug’orilmaydigan yerlarga sug’oriladigan yerlardan sizot suvlari oqib boradi. 
Shuningdek, sho’r yuvish jarayonida ham sug’oriladigan yerlarning sho’rini 
ketkizish ancha oson bo’ladi. Bu yerlar sho’rlanishga uncha moyil bo’lmaydi. 
Yerdan foydalanish koeffisiyenti qancha katta bo’lsa, sizot suv oqimi ham 
shuncha kam - demak, sho’rlanishning oldini olish bo’yicha qilinadigan tadbirlar 
(suv-xo’jalik, agromeliorativ) ning zarurati ham katta bo’ladi.
Tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo’lsa, undan namlik kamroq bug’lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday natijalarga erishish uchun ixota o’rmon polosalarini o’tkazish, g’o’za-bedani almashlab ekish, ekin ekishning rasional agrotexnikasidan foydalanish zarur. Shunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozim. Har bir hudud uchun qo’llaniladigan tadbirlar tizimi shu yerning tabiiy va xo’jalik sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Ko’riladigan barcha tadbirlar ma’lum tartibda, o’z vaqtida va yuqori sifatli qilib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir (Kamilov, 1985). Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Sug’oriladigan hududda yerdan foydalanish koeffisenti (YeFK) sug’oriladigan maydonning shu xo’jalik umumiy maydoniga bo’lgan nisbatini bildiradi. Masalan, xo’jalikning umumiy yer maydoni 3500 ga, sug’oriladigan maydoni 2600 ga desak, 2600 YeFK =  = 0,74 % ga teng bo’ladi. 3500 YeFK qiymati turli hududlarning tabiiy va xo’jalik sharoitlariga qarab har xil: 0,3-0,4 dan 0,6-0,85 gacha va undan ham katta bo’ladi. Sug’oriladigan yerlar orasida sug’orilmaydigan yerlar bo’ladi. Shu sug’orilmaydigan yerlarga sug’oriladigan yerlardan sizot suvlari oqib boradi. Shuningdek, sho’r yuvish jarayonida ham sug’oriladigan yerlarning sho’rini ketkizish ancha oson bo’ladi. Bu yerlar sho’rlanishga uncha moyil bo’lmaydi. Yerdan foydalanish koeffisiyenti qancha katta bo’lsa, sizot suv oqimi ham shuncha kam - demak, sho’rlanishning oldini olish bo’yicha qilinadigan tadbirlar (suv-xo’jalik, agromeliorativ) ning zarurati ham katta bo’ladi.