Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog’ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko’p qanotlilar, suyakli baliqlar to’dasi. Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

1,0 MB


 
 
 
 
 
 
Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog’ayli 
ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko’p qanotlilar, suyakli baliqlar to’dasi. 
Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi. 
Kaftqanotlilar kichik sinfining ta’rifi. 
 
 
R E J A 
Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi. 
Suyakli baliqlar sinfini tasnifi. 
Suyakli baliqlarining tashqi va ichki tuzilishi. 
Suyakli baliqlarining asosiy turkumlari.  
     Suyakli baliqlar xordalilar tipining eng yirik sinfi bo’lib, 20000 ga yaqin 
turni o’z ichiga oladi. Ularga barcha baliqlar turining 99%i kiradi. Uiar ma’lum suv 
havzalarida tarqalgan. 
Ko’pchilik suyakli baliqlar suvda tez suzadi, shuning uchun tanasi ham 
akulalarnikiga o’xshash cho’ziq torpedasimon bo’ladi. Sekin harakatlanadigan 
baiiqlar tanasi kalta va balandroq bo’ladi (masalan, ko’pchilik karpsimonlar), suv 
tubida kam harakat qiladigan baliqlar (kambalalar)ning tana shakli skatlarniki singari 
yapaloq bo’ladi. 
    Suyakli baliqlar terisi mayda yupqa suyak tangachalar bilan qoplangan. 
Tangachalar 
cherepitsa 
singari 
bir-biri 
ustiga 
taxlanib, 
baliq 
tanasini 
jarohatlanishdan saqlaydi va egiluvchanligini ta’minlaydi.Sovuq tushganida baiiqlar 
va tangachalarning o’sishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi. Tangachalardagi 
yillik halqalarni sanash orqali baliq yoshini aniqlash mumkin. Birqancha baliqlar 
terisida tangachalar bo’lmaydi. Baliqlar terisidagi bezlari ishlab chiqaradigan 
shilimshiq moddasuzayotgan baliq tanasini suvda ishqalanishini kamaytiradi, terini 
kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. Epidermis osttda 
Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog’ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko’p qanotlilar, suyakli baliqlar to’dasi. Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi. Kaftqanotlilar kichik sinfining ta’rifi. R E J A Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi. Suyakli baliqlar sinfini tasnifi. Suyakli baliqlarining tashqi va ichki tuzilishi. Suyakli baliqlarining asosiy turkumlari. Suyakli baliqlar xordalilar tipining eng yirik sinfi bo’lib, 20000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularga barcha baliqlar turining 99%i kiradi. Uiar ma’lum suv havzalarida tarqalgan. Ko’pchilik suyakli baliqlar suvda tez suzadi, shuning uchun tanasi ham akulalarnikiga o’xshash cho’ziq torpedasimon bo’ladi. Sekin harakatlanadigan baiiqlar tanasi kalta va balandroq bo’ladi (masalan, ko’pchilik karpsimonlar), suv tubida kam harakat qiladigan baliqlar (kambalalar)ning tana shakli skatlarniki singari yapaloq bo’ladi. Suyakli baliqlar terisi mayda yupqa suyak tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar cherepitsa singari bir-biri ustiga taxlanib, baliq tanasini jarohatlanishdan saqlaydi va egiluvchanligini ta’minlaydi.Sovuq tushganida baiiqlar va tangachalarning o’sishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi. Tangachalardagi yillik halqalarni sanash orqali baliq yoshini aniqlash mumkin. Birqancha baliqlar terisida tangachalar bo’lmaydi. Baliqlar terisidagi bezlari ishlab chiqaradigan shilimshiq moddasuzayotgan baliq tanasini suvda ishqalanishini kamaytiradi, terini kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. Epidermis osttda  
 
joylashgan pigment hujayralar baliq terisiga rang beradi. Baliq rangi odatda 
atrofmuhit rangiga moslashgan bo’ladi. , 
 
 
 
Oqcha baliqning tashqi tuzilishi: 1-orqa suzgich; 2-dum suzgich;3-anal 
suzgich; 4-qorin suzgich; 5-ko’krak suzgich; 6-og’iz; 7- burun teshigi,8-ko’z; 9- 
jabra qopqog’i; 10-yon suzgich; 11- anal tcshik. 
Harakatlanish organlari: Suyakli baliqlarda ham tog’ayli baliqlar singari 
harakatlanish organlari toq (dum, orqa, anal) va juft (ko’krak, qorin) suzgichlardan 
iborat. Tuban suyakli baliqlarning dum suzgichi tog’ayli baliqlar singari geteroserkal 
(suzgichining yuqori bo’lagi pastki bo’lagiga nisbatan ancha yirik). Ko’pchilik 
suyakli baliqlar dum suzgichi gomoserkal, ya’ni dum suzgich bo’laklari deyarli teng 
bo’ladi. 
Skeleti: Suyakli baliqlar skeleti asosan suyakdan iborat; faqat tuban tuziigan 
vakillarida xorda saqlanib qolgan./BnsA skeleti miya qutisi va visseral bo’limiardan 
iborat. Miya qutisi yuqori tomoni juft burun, peshona, tepa va ensa suyaklaridan, yon 
tomoni ko’rish, eshitish, muvozanat saqlash organini himoya qilib turadigan bir 
qancha suyaklardan iborat. 
Visseral sketet jabra yoylari, yuqori va pastki jag’lardan iborat. Jabra yoylari 
boshining ikki yonida joylashgan bo’lib, ko’pchilik baliqiarda besh juft suyaklardan 
iborat. Yoylarning ostki qismi o’zaro tutashgan.  
Umurtqa pog’onasi juda ko’p umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning ikki 
yoni botiq (amfitsel) bo’lib, uning bir juftdan ustki va ostki o’simtalari bor. Ustki 
o’simtalari o’zaro birlashib, ular orasida umurtqa nayi hosil bo’ladi. Bu nay ichida 
orqa 
miya 
joylashgan. 
Umurtqalar
joylashgan pigment hujayralar baliq terisiga rang beradi. Baliq rangi odatda atrofmuhit rangiga moslashgan bo’ladi. , Oqcha baliqning tashqi tuzilishi: 1-orqa suzgich; 2-dum suzgich;3-anal suzgich; 4-qorin suzgich; 5-ko’krak suzgich; 6-og’iz; 7- burun teshigi,8-ko’z; 9- jabra qopqog’i; 10-yon suzgich; 11- anal tcshik. Harakatlanish organlari: Suyakli baliqlarda ham tog’ayli baliqlar singari harakatlanish organlari toq (dum, orqa, anal) va juft (ko’krak, qorin) suzgichlardan iborat. Tuban suyakli baliqlarning dum suzgichi tog’ayli baliqlar singari geteroserkal (suzgichining yuqori bo’lagi pastki bo’lagiga nisbatan ancha yirik). Ko’pchilik suyakli baliqlar dum suzgichi gomoserkal, ya’ni dum suzgich bo’laklari deyarli teng bo’ladi. Skeleti: Suyakli baliqlar skeleti asosan suyakdan iborat; faqat tuban tuziigan vakillarida xorda saqlanib qolgan./BnsA skeleti miya qutisi va visseral bo’limiardan iborat. Miya qutisi yuqori tomoni juft burun, peshona, tepa va ensa suyaklaridan, yon tomoni ko’rish, eshitish, muvozanat saqlash organini himoya qilib turadigan bir qancha suyaklardan iborat. Visseral sketet jabra yoylari, yuqori va pastki jag’lardan iborat. Jabra yoylari boshining ikki yonida joylashgan bo’lib, ko’pchilik baliqiarda besh juft suyaklardan iborat. Yoylarning ostki qismi o’zaro tutashgan. Umurtqa pog’onasi juda ko’p umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning ikki yoni botiq (amfitsel) bo’lib, uning bir juftdan ustki va ostki o’simtalari bor. Ustki o’simtalari o’zaro birlashib, ular orasida umurtqa nayi hosil bo’ladi. Bu nay ichida orqa miya joylashgan. Umurtqalar  
 
 
 
Suyakli baliqlar skeleti: 1-umurtqa o’simtasi; 2-umurtqalar pastki yoyi;3-
umurtqalar pastki o’simtasi; 4-qovurg’alar; 5-suzgichlar radialar nurlari;6-ko’krak 
suzgkhi kamari; 7-qorin suzgichi kamari; 8-bosh. 
tanasi pastki qismidan ketadigan bir juft kalta ostki o’simtalar bilan uzun 
qoviirg’alar tutashgan. Qovurg’alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin 
joylashgan. Qovurg’alar tana devori uchun tayanch hisoblanadi. Umurtqa pog’onasi 
dum qismidagi umurtqalarning pastki yoylari birlashib hosil qiigan nay orqali yirik 
qon tomiri o’tadi. Pastki yoylarda qoviirg’alar tutashmagan. Baliqlar suzgichlarini 
suyak yoylari tutib turadi. Muskullar orasida joylashgan kamar suyakiari juft 
suzgichlar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Ko’krak suzgichlari kamari bosh bilan 
birikkan bir necha suyakdan iborat. Qorin kamari bir juft chanoq suyagidan tashkil 
topgan. 
Muskullari: Baliqlar tanasi va dumidagi muskullar metamer (taram-taram 
bo’lib) joylashgan. Tananing ikki yoni bo’ylab o’tgan keng tasmaga o’xshash 
muskullar biriktiruvchi to’qimadan iborat parda—mioseptalar orqali sigmentlar-
tniomerlarga bo’lingan. Tana bo’ylab o’tadigan miosepta muskullarni qorin va orqa 
bo’limlarga ajratib turadi. Bosh, suzgichlar va uiar kamarlari alohida muskullar bilan 
ta’minlangan. 
 
Suyakli baliqlar skeleti: 1-umurtqa o’simtasi; 2-umurtqalar pastki yoyi;3- umurtqalar pastki o’simtasi; 4-qovurg’alar; 5-suzgichlar radialar nurlari;6-ko’krak suzgkhi kamari; 7-qorin suzgichi kamari; 8-bosh. tanasi pastki qismidan ketadigan bir juft kalta ostki o’simtalar bilan uzun qoviirg’alar tutashgan. Qovurg’alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin joylashgan. Qovurg’alar tana devori uchun tayanch hisoblanadi. Umurtqa pog’onasi dum qismidagi umurtqalarning pastki yoylari birlashib hosil qiigan nay orqali yirik qon tomiri o’tadi. Pastki yoylarda qoviirg’alar tutashmagan. Baliqlar suzgichlarini suyak yoylari tutib turadi. Muskullar orasida joylashgan kamar suyakiari juft suzgichlar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Ko’krak suzgichlari kamari bosh bilan birikkan bir necha suyakdan iborat. Qorin kamari bir juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Muskullari: Baliqlar tanasi va dumidagi muskullar metamer (taram-taram bo’lib) joylashgan. Tananing ikki yoni bo’ylab o’tgan keng tasmaga o’xshash muskullar biriktiruvchi to’qimadan iborat parda—mioseptalar orqali sigmentlar- tniomerlarga bo’lingan. Tana bo’ylab o’tadigan miosepta muskullarni qorin va orqa bo’limlarga ajratib turadi. Bosh, suzgichlar va uiar kamarlari alohida muskullar bilan ta’minlangan.  
 
 
Suzgich pufagi: Suyak skelet tog’ayga nisbatan ancha og’ir bo’lganidan 
baiiqlarning suzishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun baliqlar ovqat hazm qilish 
sistemasi oldingi qismi hisobidan suzgich pufak hosil bo’lgan. Ichak stida joylashgan 
suzgich pufak gazlar aralashmasi (azot, kislorod, karbonad angidrid) bilan 
to’ldirilgan. Tuban tuzilgan baliqlar suzgich pufagi ular hayoti davomida ichak bilan 
bog’langan bo’lganidan ular ochiq pufaklilar deyiladi. Yopiq pufaklilar deb 
ataladigan ko’pchilik baliqlar suzgich pufagi ichakdan batamom ajralgan bo’lib, juda 
ko’p kapillarlar bilan qoplangan. Gazlar ana shu kapillarlar orqali pufakka o’tadi. 
Qorin bo’shlig’i devori muskullarining qisqarib-bo’shashishi natijasida pufak hajmi 
ortishi yoki kamayishi mumkin. Pufak hajmi ortganida tana og’irligi kamayib, baliq 
suv yuzasiga ko’tariladi. Pufak hajmi qisqarganida, aksincha tana og’irligi oshib, 
baliq suv tubiga cho’kadi. Shunday qilib suzgich pufak gidrostatik funksiyani 
bajaradi. Ayrim baliqlar suzgich pufagi bir qancha uyakchalar bilan tutashgan bo’lib, 
tovush to’lqinlarini o’tkazish vazifasini bajaradi. 
Sekin harakatlanadigan, suv tubida yashaydigan hamda muskullari kuchli 
rivojlangan va tez suzadigan baliqlarning suzgich pufagi yo’qolib ketgan. Agar 
ularning suzgich pufagi bo’lganida, uiar suv yuzasiga tez ko’tarilganida suzgich 
pufagi kengayib, baliq qornini yorib yuborgan bo’lardi. 
Qon aylanish sistemasi: Ikki xil nafas oluvchilardan boshqa barcha baliqlarda 
qon aylanish sistemasi bitta doiradan iborat. Ikki kamerali yuragi bo’lma va 
qorinchadan iborat. Tananing hamma qismlaridan vena qon yupqa devorli vena 
sinusi orqali yurak bo’lmasiga, undan yurak 
qorinchasiga o’tadi. Qorinchadan qorin aortasi boshlanadi; undan qon jabra 
arteriyalariga o’tadi. Jabralarda kislorodga to’yingan qon bir juft jabrausti 
arteriyalariga to’planadi. Ulardan oldingi tomonga uyqu arieriyalari, orqaga orqa 
aortasiketadi. Orqa aortasidan turli organlarga arteriya-lar chiqadi. Baliqlarda qon 
unchalik ko’p bo’lmaydi. Karp balig’i qoni tana massasining 2% ini tashkil etadi. 
Eritrositlari oval shaklda, yadroli. Qon hujayralari taloqda va buyrak to’qimalarida 
hosil bo’ladi. Baliqlar yuragi minutiga 20-30 marta, qishki karaxt holatida 1—2 
marta qisqaradi. 
Suzgich pufagi: Suyak skelet tog’ayga nisbatan ancha og’ir bo’lganidan baiiqlarning suzishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun baliqlar ovqat hazm qilish sistemasi oldingi qismi hisobidan suzgich pufak hosil bo’lgan. Ichak stida joylashgan suzgich pufak gazlar aralashmasi (azot, kislorod, karbonad angidrid) bilan to’ldirilgan. Tuban tuzilgan baliqlar suzgich pufagi ular hayoti davomida ichak bilan bog’langan bo’lganidan ular ochiq pufaklilar deyiladi. Yopiq pufaklilar deb ataladigan ko’pchilik baliqlar suzgich pufagi ichakdan batamom ajralgan bo’lib, juda ko’p kapillarlar bilan qoplangan. Gazlar ana shu kapillarlar orqali pufakka o’tadi. Qorin bo’shlig’i devori muskullarining qisqarib-bo’shashishi natijasida pufak hajmi ortishi yoki kamayishi mumkin. Pufak hajmi ortganida tana og’irligi kamayib, baliq suv yuzasiga ko’tariladi. Pufak hajmi qisqarganida, aksincha tana og’irligi oshib, baliq suv tubiga cho’kadi. Shunday qilib suzgich pufak gidrostatik funksiyani bajaradi. Ayrim baliqlar suzgich pufagi bir qancha uyakchalar bilan tutashgan bo’lib, tovush to’lqinlarini o’tkazish vazifasini bajaradi. Sekin harakatlanadigan, suv tubida yashaydigan hamda muskullari kuchli rivojlangan va tez suzadigan baliqlarning suzgich pufagi yo’qolib ketgan. Agar ularning suzgich pufagi bo’lganida, uiar suv yuzasiga tez ko’tarilganida suzgich pufagi kengayib, baliq qornini yorib yuborgan bo’lardi. Qon aylanish sistemasi: Ikki xil nafas oluvchilardan boshqa barcha baliqlarda qon aylanish sistemasi bitta doiradan iborat. Ikki kamerali yuragi bo’lma va qorinchadan iborat. Tananing hamma qismlaridan vena qon yupqa devorli vena sinusi orqali yurak bo’lmasiga, undan yurak qorinchasiga o’tadi. Qorinchadan qorin aortasi boshlanadi; undan qon jabra arteriyalariga o’tadi. Jabralarda kislorodga to’yingan qon bir juft jabrausti arteriyalariga to’planadi. Ulardan oldingi tomonga uyqu arieriyalari, orqaga orqa aortasiketadi. Orqa aortasidan turli organlarga arteriya-lar chiqadi. Baliqlarda qon unchalik ko’p bo’lmaydi. Karp balig’i qoni tana massasining 2% ini tashkil etadi. Eritrositlari oval shaklda, yadroli. Qon hujayralari taloqda va buyrak to’qimalarida hosil bo’ladi. Baliqlar yuragi minutiga 20-30 marta, qishki karaxt holatida 1—2 marta qisqaradi.  
 
Nafas olish sistemasi: Jabralari juda ko’p jabra yaproqchalaridan iborat. 
Yaproqchalar jabra yoylariga yopishganligi bilan tog’ayli baliqlarning jabralar 
oralig’i to’sig’iga yopishgan jabralardan farq qiladi. Shuning uchun suyakli baliqlar 
jabralari yuzasi ham nisbatan katta bo’ladi. Ularning nafas olish va chiqarish 
mexanizmi ham ancha mukammallashgan. Nafas olishda teri ham qatnashadi. 10 % 
ga yaqin gaz almashinuvi teri orqali sodir bo’ladi. Gaz almashinuvida suzgich pufagi 
va ichakning ayrim qismlari ham ishtirok etishi mumkin. 
Ayirish sistemasi: Ayirish organi umurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan 
qoramtir-qizg’ish rangli uzun tasma shakiidagi tana buyraklaridan iborat. Siydik 
naylarining uchki qismi qo’shilib umumiy teshik orqaii anal teshigidan orqaroqda 
tashqariga ochiladi. Siydik nayining ana shu qo’sliilgan joyidan siydik pufagi 
boshlanadi. 
Ovqat hazm qilish sistemasi: Suyakli baliqlar ichagida ichak yuzasini 
kengaytiradigan spiral burmalar rivojlanmagan. Shuning uchun ularning ichagi 
ancha uzun bo’ladi. Bundan tashqari ko’pchilik baliqlar ichagining boshlang’ich 
qismida joylashgan pilorik o’simtalar ham ichak yuzasini kengaytirish vazifasini 
bajaradi. Yirtqich baliqlarning og’zi keng bo’lib, unda yirik va o’tkir tishlari 
joylashgan; oshqozoni katta, ichagi o’txo’r baliqlarnikiga nisbatan kalta bo’ladi. 
O’txo’r, ayniqsa mayda umurtqasiz hayvonlar va organik qoldiqlar bilan 
oziqlanadigan baliqlarning tishlari mayda yoki umuman bo’lmaydi; oshqozoni 
rivojlanmagan. Karpsimon baliqlar halqumida oziqni maydalaydigan maxsus 
halqum tishchalari bo’ladi. Jigari rivojlangan, lekin oshqozonosti bezi alohida 
bo’lakchalar holida bo’lib, yaxltt shaklda emas. 
Nerv sistemasi: Suyakli baliqlar nerv sistemasi boshqa birlamchi suvda 
yashovchilarga nisbatan yaxshiroq rivojlangan bo’lsada bir qancha tuban tuzilish 
belgilariga ega. Bosh miyasi uncha katta bo’lmasdan oldingi, oraliq, o’rta va 
uzunchoq miya hamda miyachadan iborat . Oldingi miyasi yarimsharlar hosil 
qilmaydi. Oldingi miyaning oldingi qismi hidlov bo’laklariga o’tadi. Hidlov 
bo’laklaridan hidlov nervlari boshlanadi. 
   Oldingi miya hidlash markazi hamda harakatni muvofiqlashtirib turish 
vazifasini bajaradi. Oraliq miya juda kichik bo’lib, uning ustida epifiz joylashgan. 
Oraliq miyaning ostki yuzasida esa gipofiz joylashgan. Uning pastki qismidan 
Nafas olish sistemasi: Jabralari juda ko’p jabra yaproqchalaridan iborat. Yaproqchalar jabra yoylariga yopishganligi bilan tog’ayli baliqlarning jabralar oralig’i to’sig’iga yopishgan jabralardan farq qiladi. Shuning uchun suyakli baliqlar jabralari yuzasi ham nisbatan katta bo’ladi. Ularning nafas olish va chiqarish mexanizmi ham ancha mukammallashgan. Nafas olishda teri ham qatnashadi. 10 % ga yaqin gaz almashinuvi teri orqali sodir bo’ladi. Gaz almashinuvida suzgich pufagi va ichakning ayrim qismlari ham ishtirok etishi mumkin. Ayirish sistemasi: Ayirish organi umurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan qoramtir-qizg’ish rangli uzun tasma shakiidagi tana buyraklaridan iborat. Siydik naylarining uchki qismi qo’shilib umumiy teshik orqaii anal teshigidan orqaroqda tashqariga ochiladi. Siydik nayining ana shu qo’sliilgan joyidan siydik pufagi boshlanadi. Ovqat hazm qilish sistemasi: Suyakli baliqlar ichagida ichak yuzasini kengaytiradigan spiral burmalar rivojlanmagan. Shuning uchun ularning ichagi ancha uzun bo’ladi. Bundan tashqari ko’pchilik baliqlar ichagining boshlang’ich qismida joylashgan pilorik o’simtalar ham ichak yuzasini kengaytirish vazifasini bajaradi. Yirtqich baliqlarning og’zi keng bo’lib, unda yirik va o’tkir tishlari joylashgan; oshqozoni katta, ichagi o’txo’r baliqlarnikiga nisbatan kalta bo’ladi. O’txo’r, ayniqsa mayda umurtqasiz hayvonlar va organik qoldiqlar bilan oziqlanadigan baliqlarning tishlari mayda yoki umuman bo’lmaydi; oshqozoni rivojlanmagan. Karpsimon baliqlar halqumida oziqni maydalaydigan maxsus halqum tishchalari bo’ladi. Jigari rivojlangan, lekin oshqozonosti bezi alohida bo’lakchalar holida bo’lib, yaxltt shaklda emas. Nerv sistemasi: Suyakli baliqlar nerv sistemasi boshqa birlamchi suvda yashovchilarga nisbatan yaxshiroq rivojlangan bo’lsada bir qancha tuban tuzilish belgilariga ega. Bosh miyasi uncha katta bo’lmasdan oldingi, oraliq, o’rta va uzunchoq miya hamda miyachadan iborat . Oldingi miyasi yarimsharlar hosil qilmaydi. Oldingi miyaning oldingi qismi hidlov bo’laklariga o’tadi. Hidlov bo’laklaridan hidlov nervlari boshlanadi. Oldingi miya hidlash markazi hamda harakatni muvofiqlashtirib turish vazifasini bajaradi. Oraliq miya juda kichik bo’lib, uning ustida epifiz joylashgan. Oraliq miyaning ostki yuzasida esa gipofiz joylashgan. Uning pastki qismidan  
 
ko’rish nervlari chiqadi. G ipofiz va epifiz ichki sekretsiya bezlari hisoblanadi. O’rta 
miya nisbatan yirik; uning ustki yuzasida ikkita ko’rish do’mboqchasi bo’ladi. Bu 
do’mboqchalar ko’rish nervlari bilan bog’langan. Miyacha harakatni boshqaradi. 
Shuning uchun miyaning bu bo’limi baliqlarning harakatchanligiga qarab har xil 
darajada rivojlangan. Uzunchoq miya ustki tomondan epiteliy parda bilan 
qoplangan. 
Baliqlar bosh miyasidan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miya ingichka 
tizimcha shaklida umurtqa pog’onasining oxirgi qismigacha davom etadi. 
Sezgi organlari: tuzilishi suv muhitiga moslashgan. Hid bilish organi bir juft 
hidlov chuqurchasidan iborat bo’lib, burun teshiklari orqali tashqariga ochiladi. 
Burun teshiklari quruqlikda yashovchi hayvonlar singari og’iz bo’shlig’i yoki 
halqumga ochilmaydi. Hid bilish baliqlarni oziqni axtarib topishida katta 
ahamiyatga ega. Baliqlar terisi, boshidagi mo’ylovlari ham tuyg’u vazifasini 
bajaradi. Ta’m bilish vazifasini lablarida va og’iz bo’shlig’ida joylashgan ta ‘m bilish 
retseptorlari bajaradi. 
   Suv muhiti havoga nisbatan tiniq bo’lmaganligi sababli baliqlar to’^/yaqindan 
ko’rishga moslashgan. Ko’z shox qavati yassi, ko’zgavhari sharsimon bo’ladi. 
Ko’pchiiik baliqlar I metr masofadan yaxshi ko’radi, lekin akkomodatsiya tufayli 
ko’z bilan 10—12 metrgacha masofadan ko’rishi mumkin. Suvning ustki yorug’ 
qatlamida hayot kechiradigan baliqlar buyumlar rangini yaxshi ajratadi. Suvning 
chuqur qatiamlarida yashaydigan baliqlar ko’zi rangni ajrata olmaydi, hatto ko’zlari 
reduksiyaga uchraydi. 
   Baliqlarning eshitish organi suyak kapsulasi ichida joylashgan ichki quloqdan 
iborat. Ichki quloqning pardasimon labirinti oval xaltacha, o’zaro perpendikular 
joylashgan uchta yarim doirasimon naychalar va endolimfa bilan to’ldirilgan pastki 
dumaloq xaltachadan iborat. Eshitish funksiyasi pastki xaltacha bilan bog’liq. 
Quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos bo’lgan chig’anoq baliqlarda bo’lmaydi. 
Yarim doira naychalar toshchalar-otolitlar muallaq turadi. Otolitlar ichki quloqni 
qoplab turadigan sezgir epiteliy kiprikchalari bilan bogliq. Baliqlarning tana holati 
o’zgarganida otolitlarni kiprikchalarga ta’siri ham o’zgaradi; bu o’zgarishni sezgir 
epiteliy hujayralari qabul qiladi. 
ko’rish nervlari chiqadi. G ipofiz va epifiz ichki sekretsiya bezlari hisoblanadi. O’rta miya nisbatan yirik; uning ustki yuzasida ikkita ko’rish do’mboqchasi bo’ladi. Bu do’mboqchalar ko’rish nervlari bilan bog’langan. Miyacha harakatni boshqaradi. Shuning uchun miyaning bu bo’limi baliqlarning harakatchanligiga qarab har xil darajada rivojlangan. Uzunchoq miya ustki tomondan epiteliy parda bilan qoplangan. Baliqlar bosh miyasidan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miya ingichka tizimcha shaklida umurtqa pog’onasining oxirgi qismigacha davom etadi. Sezgi organlari: tuzilishi suv muhitiga moslashgan. Hid bilish organi bir juft hidlov chuqurchasidan iborat bo’lib, burun teshiklari orqali tashqariga ochiladi. Burun teshiklari quruqlikda yashovchi hayvonlar singari og’iz bo’shlig’i yoki halqumga ochilmaydi. Hid bilish baliqlarni oziqni axtarib topishida katta ahamiyatga ega. Baliqlar terisi, boshidagi mo’ylovlari ham tuyg’u vazifasini bajaradi. Ta’m bilish vazifasini lablarida va og’iz bo’shlig’ida joylashgan ta ‘m bilish retseptorlari bajaradi. Suv muhiti havoga nisbatan tiniq bo’lmaganligi sababli baliqlar to’^/yaqindan ko’rishga moslashgan. Ko’z shox qavati yassi, ko’zgavhari sharsimon bo’ladi. Ko’pchiiik baliqlar I metr masofadan yaxshi ko’radi, lekin akkomodatsiya tufayli ko’z bilan 10—12 metrgacha masofadan ko’rishi mumkin. Suvning ustki yorug’ qatlamida hayot kechiradigan baliqlar buyumlar rangini yaxshi ajratadi. Suvning chuqur qatiamlarida yashaydigan baliqlar ko’zi rangni ajrata olmaydi, hatto ko’zlari reduksiyaga uchraydi. Baliqlarning eshitish organi suyak kapsulasi ichida joylashgan ichki quloqdan iborat. Ichki quloqning pardasimon labirinti oval xaltacha, o’zaro perpendikular joylashgan uchta yarim doirasimon naychalar va endolimfa bilan to’ldirilgan pastki dumaloq xaltachadan iborat. Eshitish funksiyasi pastki xaltacha bilan bog’liq. Quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos bo’lgan chig’anoq baliqlarda bo’lmaydi. Yarim doira naychalar toshchalar-otolitlar muallaq turadi. Otolitlar ichki quloqni qoplab turadigan sezgir epiteliy kiprikchalari bilan bogliq. Baliqlarning tana holati o’zgarganida otolitlarni kiprikchalarga ta’siri ham o’zgaradi; bu o’zgarishni sezgir epiteliy hujayralari qabul qiladi.  
 
   Ko’pchilik baliqlar tishlari va suzgichlarini ishqalash, suzgich pufaklari va 
boshqa organlari yordamida turii xil ovoz chiqaradi. Eshitish va ovoz chiqarish 
baliqlarning o’zaro aloqa qilishi va tashqi muhit bilan munosabatlarida katta 
ahamiyatga ega. 
Yon chiziqlar: baliqlarning o’ziga xos sezgi organi hisoblanadi. Ko’pchilik 
baliqlarning yon chiziqlari terida joylashgan naychalardan iborat. Naychalar 
tangachalarni teshib o’tadiganteshikchalar orqali tashqi muhit bilan bog’Iangan. Ana 
shunday teshikchali tangachalar baliq tanasi yon tomoni bo’ylab qator bo’Iib 
joylashib punktir chiziqni hosil qiladi. Yon chiziq nayi devorida nerv tolalari uchlari 
joylashgan. Yon chiziq orqali baliqlar suvning bosimi va oqimini hamda past 
chastotali tovushlarni sezadi. Ayrim baliqlarda yon chiziq o’rnida maxsus sezgi 
naychasi rivojlangan. Bunday naycha seldning boshida joylashgan. Baliqlarning 
ko’payishi va rivojlanishi 
Ko’payishi: Baliqlar odatda ayrim jinsli, lekin ular orasida germafroditlari ham 
bo’ladt (dengiz olabug’asi). Tuxumlari tuxumdondagi follikulalarda yetilib, tuxum 
yoMi orqali tashqi muhitga chiqariladi. Ayrim losossimonlar tuxumlari 
tuxumdondagi tana bo’shlig’iga tushadi; u yerdan qorin tomondagi jinsiy teshik 
orqali suvga chiqariladi. Tuxumlar odatda suvda urug’lanadi. Ayrim baliqlar uchun 
ichki urug’lanish, shuningdek tiriktug’ishxos. 
Baliqlar suv o’simliklari yoki suvdagi narsalarga, ba’zan suv tubiga uvildiriq 
tashlaydi. Dengiz baliqlarining tuxumi suvda suzib yuradi. Tuxum hujayralari va 
tuxumdan chiqqan baliq chavoqlarining ko’p qismi nobud bo’ladi. Shuning uchun 
suyakli baliqlar odatda juda ko’p, masalan, karp, cho’rtan 1 mln va undan ortiq, 
treska 9 mln gacha, oybaliq 300 mln gacha uvildiriq tashlaydi. Tirik tug’adigan va 
nasl to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan baliqlar kam tuxum qo’yadi. 
Rivojlanishi: Ko’pchilik baliqlar metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan 3-
8 kun ichida chavoqlar chiqadi. Baliq chavoqlari dastlab sarig’don xaltasida qolgan 
zahira sariqlik qoldig’i bilan oziqlanadi; keyinroq faol oziqlanishga o’tadi. Baliqlar 
turli yoshda voyaga yetadi. Masalan, xatnsa balig’i bir yoshda, ko’pchilik 
karpsimonlar3—4 yoshda, osetrva sevryuga 10—15 yoshda; beluga 14-20 yoshda 
voyaga yetadi. Voyaga yetish davrida baliqlarning tashqi ko’rinishi va turq-atvorida 
turli xil o’zgarishlar paydo bo’ladi. Masalan, uvildiriq tashlashdan oldin bukri baliq 
Ko’pchilik baliqlar tishlari va suzgichlarini ishqalash, suzgich pufaklari va boshqa organlari yordamida turii xil ovoz chiqaradi. Eshitish va ovoz chiqarish baliqlarning o’zaro aloqa qilishi va tashqi muhit bilan munosabatlarida katta ahamiyatga ega. Yon chiziqlar: baliqlarning o’ziga xos sezgi organi hisoblanadi. Ko’pchilik baliqlarning yon chiziqlari terida joylashgan naychalardan iborat. Naychalar tangachalarni teshib o’tadiganteshikchalar orqali tashqi muhit bilan bog’Iangan. Ana shunday teshikchali tangachalar baliq tanasi yon tomoni bo’ylab qator bo’Iib joylashib punktir chiziqni hosil qiladi. Yon chiziq nayi devorida nerv tolalari uchlari joylashgan. Yon chiziq orqali baliqlar suvning bosimi va oqimini hamda past chastotali tovushlarni sezadi. Ayrim baliqlarda yon chiziq o’rnida maxsus sezgi naychasi rivojlangan. Bunday naycha seldning boshida joylashgan. Baliqlarning ko’payishi va rivojlanishi Ko’payishi: Baliqlar odatda ayrim jinsli, lekin ular orasida germafroditlari ham bo’ladt (dengiz olabug’asi). Tuxumlari tuxumdondagi follikulalarda yetilib, tuxum yoMi orqali tashqi muhitga chiqariladi. Ayrim losossimonlar tuxumlari tuxumdondagi tana bo’shlig’iga tushadi; u yerdan qorin tomondagi jinsiy teshik orqali suvga chiqariladi. Tuxumlar odatda suvda urug’lanadi. Ayrim baliqlar uchun ichki urug’lanish, shuningdek tiriktug’ishxos. Baliqlar suv o’simliklari yoki suvdagi narsalarga, ba’zan suv tubiga uvildiriq tashlaydi. Dengiz baliqlarining tuxumi suvda suzib yuradi. Tuxum hujayralari va tuxumdan chiqqan baliq chavoqlarining ko’p qismi nobud bo’ladi. Shuning uchun suyakli baliqlar odatda juda ko’p, masalan, karp, cho’rtan 1 mln va undan ortiq, treska 9 mln gacha, oybaliq 300 mln gacha uvildiriq tashlaydi. Tirik tug’adigan va nasl to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan baliqlar kam tuxum qo’yadi. Rivojlanishi: Ko’pchilik baliqlar metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan 3- 8 kun ichida chavoqlar chiqadi. Baliq chavoqlari dastlab sarig’don xaltasida qolgan zahira sariqlik qoldig’i bilan oziqlanadi; keyinroq faol oziqlanishga o’tadi. Baliqlar turli yoshda voyaga yetadi. Masalan, xatnsa balig’i bir yoshda, ko’pchilik karpsimonlar3—4 yoshda, osetrva sevryuga 10—15 yoshda; beluga 14-20 yoshda voyaga yetadi. Voyaga yetish davrida baliqlarning tashqi ko’rinishi va turq-atvorida turli xil o’zgarishlar paydo bo’ladi. Masalan, uvildiriq tashlashdan oldin bukri baliq  
 
tanasining kumush rangi o’zgarib, qo’ng’ir-malla rangga kiradi; terisida qoramtir 
dog’lar paydo bo’ladi. Erkak baliq tanasining orqasida bukrisi paydo bo’ladi; jag’lari 
egilib, ilmoqqa o’xshash bo’lib qoladi. 
Migratsiyasi: Ko’pchilik baliqlar uvildiriq tashlash uchun yashash joyidan 
boshqa joylarga, masalan, ko’llardan daryolarga, chuqur suvlardan sayozlikka, 
daryolarning quyi qismidan yuqori qismiga ko’chib o’tadi, ya’ni migratsiya qiladi. 
O’tkinchi baliqlar dengizlardan daryolarga (losossimonlar), ba’zan aksincha 
daryoiardan dengizlarga (ilon baliq) ko’chadi. Migratsiya davomida baliqlar 
oziqlanmaydi. Ayrim baliqlar (lososlar, ayrim seldlar) hayoti davomida bir marta 
uvildiriq tashlab, halok bo’ladi. Uvildiriq tashlash migratsiyasi tufayli baliqlar 
o’zlari yashab kelayotgan joydan ancha uzoqqa borib ko’payish imkoniga ega 
bo’ladi. Masalan, o’tkinchi baliqlardan osetrsimonlar (osetr, sevryuga, beluga) 
ko’payish davri boshlanguncha Kaspiy, Azov va Qora dengizlarda yashaydi, lekin 
ko’payish uchun bu dengizlarga quyiladigan daryolarning yuqori qismiga o’tib 
uvildiriq tashlaydi. Shundan so’ng baliqlar yana dengizga qaytib, navbatdagi 
ko’payish davrigacha yashaydi. Osetrsimonlar hayoti davomida bir necha marta 
ko’payadi. Ularning tuxumlaridan chiqqan chavoqlari suv oqimi bilan dengizga 
keladi va urchib voyaga yetadi. 
   Tinch okeani losossimon baliqlari (keta, gorbusha, chavicha) umri davomida 
faqat bir marta ko’payadi. Ular bir necha yil dengiz va okeanlarda yashab, ko’payish 
davrida Shimoliy Amerika, Uzoq Sharq daryolariga o’tadi va uvildiriq tashlagach, 
halok boMadi. Migratsiya davomida ular oziqlanmaydi. Yevropa va Shimoliy Afrika 
daryolarida yashaydigan ugor balig’i 7000—8000 km masofani suzib o’tib, 
Shimoliy Amerika yaqinidagi Sargass dengiziga uvildiriq tashlaydi. Ularning 
chavoqlari okean va dengizlar osha ikki yil suzib, yana daryoga keladi va 20 yilga 
yaqin o’sib, voyaga yetadi. 
   Dengizning daryo quyiladigan chuchuklashgan suvlarida yashaydigan 
baliqlar: zog’ora, vobla, oqcha ko’payish uchun daryoning quyi oqimiga o’tib 
uvildiriq tashlaydi. Ular yarim o’tkinchi baliqlar guruhiga kiradi. Baliqlar 
migratsiyasi yil fasllarining almashinuvi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Qish 
faslida suvning sovib ketishi bilan ko’pchilik baliqlar suv havzasining chuqur joyiga 
ko’chib, qishni o’sha yerda o’tkazadi. Bir qancha baliqlar oziq qidirib ham ancha 
tanasining kumush rangi o’zgarib, qo’ng’ir-malla rangga kiradi; terisida qoramtir dog’lar paydo bo’ladi. Erkak baliq tanasining orqasida bukrisi paydo bo’ladi; jag’lari egilib, ilmoqqa o’xshash bo’lib qoladi. Migratsiyasi: Ko’pchilik baliqlar uvildiriq tashlash uchun yashash joyidan boshqa joylarga, masalan, ko’llardan daryolarga, chuqur suvlardan sayozlikka, daryolarning quyi qismidan yuqori qismiga ko’chib o’tadi, ya’ni migratsiya qiladi. O’tkinchi baliqlar dengizlardan daryolarga (losossimonlar), ba’zan aksincha daryoiardan dengizlarga (ilon baliq) ko’chadi. Migratsiya davomida baliqlar oziqlanmaydi. Ayrim baliqlar (lososlar, ayrim seldlar) hayoti davomida bir marta uvildiriq tashlab, halok bo’ladi. Uvildiriq tashlash migratsiyasi tufayli baliqlar o’zlari yashab kelayotgan joydan ancha uzoqqa borib ko’payish imkoniga ega bo’ladi. Masalan, o’tkinchi baliqlardan osetrsimonlar (osetr, sevryuga, beluga) ko’payish davri boshlanguncha Kaspiy, Azov va Qora dengizlarda yashaydi, lekin ko’payish uchun bu dengizlarga quyiladigan daryolarning yuqori qismiga o’tib uvildiriq tashlaydi. Shundan so’ng baliqlar yana dengizga qaytib, navbatdagi ko’payish davrigacha yashaydi. Osetrsimonlar hayoti davomida bir necha marta ko’payadi. Ularning tuxumlaridan chiqqan chavoqlari suv oqimi bilan dengizga keladi va urchib voyaga yetadi. Tinch okeani losossimon baliqlari (keta, gorbusha, chavicha) umri davomida faqat bir marta ko’payadi. Ular bir necha yil dengiz va okeanlarda yashab, ko’payish davrida Shimoliy Amerika, Uzoq Sharq daryolariga o’tadi va uvildiriq tashlagach, halok boMadi. Migratsiya davomida ular oziqlanmaydi. Yevropa va Shimoliy Afrika daryolarida yashaydigan ugor balig’i 7000—8000 km masofani suzib o’tib, Shimoliy Amerika yaqinidagi Sargass dengiziga uvildiriq tashlaydi. Ularning chavoqlari okean va dengizlar osha ikki yil suzib, yana daryoga keladi va 20 yilga yaqin o’sib, voyaga yetadi. Dengizning daryo quyiladigan chuchuklashgan suvlarida yashaydigan baliqlar: zog’ora, vobla, oqcha ko’payish uchun daryoning quyi oqimiga o’tib uvildiriq tashlaydi. Ular yarim o’tkinchi baliqlar guruhiga kiradi. Baliqlar migratsiyasi yil fasllarining almashinuvi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Qish faslida suvning sovib ketishi bilan ko’pchilik baliqlar suv havzasining chuqur joyiga ko’chib, qishni o’sha yerda o’tkazadi. Bir qancha baliqlar oziq qidirib ham ancha  
 
uzoq joylarga migratsiya qiladi. Bunday oziqlanish migratsiyasi treska uchun xos. 
Bu baliq Atiantika okeanida uvildiriq tashlagach, oziq ko’p bo’ladigan Barens va 
boshqa Shimoliy dengizlarga migratsiya qiladi. 
Naslga g’amxo’rlik qilish instinkti:Baliqlar naslga kam g’amxo’rlik qiladi. 
Ko’pchilik baliqlarning naslga g’amxo’rligi asosan tuxum qo’yish uchun joy 
tanlashdan iborat. Bunday bafiqlar tuxumi va chavoqlarini himoya qilmaydi va juda 
ko’p tuxum qo’yadi. Ularning tuxumi va chavoqlarining ko’p qismi boshqa suv 
hayvonlariga yem bo’ladi; juda oz qismi yashab qolib, voyaga yetadi. 
   Ayrim baliqlarda naslga g’amxo’rlik qilish instinkti yaxshi rivojlangan. 
Masalan, chuchuk suv tikan balig’i urchish davrida suv o’tlaridan uya qurib, unga 
urg’ochilarini jalb qiladi. Urg’ochilari qo’ygan tuxumlami urug’lantiradi va 
qo’riqlaydi. Dengizotchasining erkagi urg’ochisi qo’ygan tuxumlarini qornidagi 
xaltachasida, Afrikadagi suv havzalarida tarqalgan tilapiyaning erkagi esa og’zida 
olib yiiradi. Nasli to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan baliqlar kam tuxum qo’yadi, 
lekin naslining ko’p qismi yashab qoladi. 
Ekologik guruhlari. Baliqlarning hayoti bevosita suv bilan bog’liq bo’lganidan 
ularga suvning tarkibi, tiniqligi, suv havzasining geografik o’rni, chuqurligi, 
maydoni, oziq resurslari va odam faoliyati katta ta’sir ko’rsatadi. Suv havzalarining 
hamma qismida ham sharoit bir xil bo’lmaydi. Yashash sharoiti xususiyatiga ko’ra 
suv havzalari pelagial, bental va litoral zonalarga ajratiladi 
Pelagial zona suv qa’rini o’z ichiga oladi. Bu zonada yashaydigan baliqlar faol 
harakat qiladi, plankton (mayda organizmlar) va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. 
Ko’pchilik pelagial baliqlar (seld, treska, chuchuk suvlarda oq sla, losos, siglar va 
boshqalar) yaxshi suzadi, ularning tanasi cho’ziq bo’lib, iJcki yonidan siqilgan, dumi 
kuchli rivojlangan bo’ladi. Gavdasi orqa tomondan qoramtir, qorin tomondan oqish 
yoki kumush rangda. 
Bental baliqlar suv tubida yashaydi (skatlar, kambalalar, buqa baliqlar, chuchuk 
suvlarda-laqqa, sterlyad). Bu guruhga mansub baliqlar odatda kam harakat bolib, 
tanasi yapatoq bo’ladi. Bental baliqlar asosan suv tubi (bentos)dagi hayvonlar bilan 
oziqlanadi. 
Yashash joyiga ko’ra baliqlarni dengiz baliqlari (doim dengizda uchraydi), 
chuchuk suv baliqlari (doim chuchuk suvda yashovchi) va o’tkinchi (dengizlarda 
uzoq joylarga migratsiya qiladi. Bunday oziqlanish migratsiyasi treska uchun xos. Bu baliq Atiantika okeanida uvildiriq tashlagach, oziq ko’p bo’ladigan Barens va boshqa Shimoliy dengizlarga migratsiya qiladi. Naslga g’amxo’rlik qilish instinkti:Baliqlar naslga kam g’amxo’rlik qiladi. Ko’pchilik baliqlarning naslga g’amxo’rligi asosan tuxum qo’yish uchun joy tanlashdan iborat. Bunday bafiqlar tuxumi va chavoqlarini himoya qilmaydi va juda ko’p tuxum qo’yadi. Ularning tuxumi va chavoqlarining ko’p qismi boshqa suv hayvonlariga yem bo’ladi; juda oz qismi yashab qolib, voyaga yetadi. Ayrim baliqlarda naslga g’amxo’rlik qilish instinkti yaxshi rivojlangan. Masalan, chuchuk suv tikan balig’i urchish davrida suv o’tlaridan uya qurib, unga urg’ochilarini jalb qiladi. Urg’ochilari qo’ygan tuxumlami urug’lantiradi va qo’riqlaydi. Dengizotchasining erkagi urg’ochisi qo’ygan tuxumlarini qornidagi xaltachasida, Afrikadagi suv havzalarida tarqalgan tilapiyaning erkagi esa og’zida olib yiiradi. Nasli to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan baliqlar kam tuxum qo’yadi, lekin naslining ko’p qismi yashab qoladi. Ekologik guruhlari. Baliqlarning hayoti bevosita suv bilan bog’liq bo’lganidan ularga suvning tarkibi, tiniqligi, suv havzasining geografik o’rni, chuqurligi, maydoni, oziq resurslari va odam faoliyati katta ta’sir ko’rsatadi. Suv havzalarining hamma qismida ham sharoit bir xil bo’lmaydi. Yashash sharoiti xususiyatiga ko’ra suv havzalari pelagial, bental va litoral zonalarga ajratiladi Pelagial zona suv qa’rini o’z ichiga oladi. Bu zonada yashaydigan baliqlar faol harakat qiladi, plankton (mayda organizmlar) va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko’pchilik pelagial baliqlar (seld, treska, chuchuk suvlarda oq sla, losos, siglar va boshqalar) yaxshi suzadi, ularning tanasi cho’ziq bo’lib, iJcki yonidan siqilgan, dumi kuchli rivojlangan bo’ladi. Gavdasi orqa tomondan qoramtir, qorin tomondan oqish yoki kumush rangda. Bental baliqlar suv tubida yashaydi (skatlar, kambalalar, buqa baliqlar, chuchuk suvlarda-laqqa, sterlyad). Bu guruhga mansub baliqlar odatda kam harakat bolib, tanasi yapatoq bo’ladi. Bental baliqlar asosan suv tubi (bentos)dagi hayvonlar bilan oziqlanadi. Yashash joyiga ko’ra baliqlarni dengiz baliqlari (doim dengizda uchraydi), chuchuk suv baliqlari (doim chuchuk suvda yashovchi) va o’tkinchi (dengizlarda  
 
yashab, chuchuk suvlarga uvildiriq tashlovchi) gumhlarga ajratiladi. Birinchi 
guruhga seld, treska, kambala, skatlar, ikkinchi guruhga ko’pchilik karpsimonlar 
(zog’ora, laqqa, cho’rtan, oqcha), uchinchi guruhga osetrsimonlar, losossimonlar, 
ugor kiradi. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Suyakli baliqlarda yashash muhitiga hos qanday moslanishlar bor? 
2. Suyakli baliqlarning skeleti va muskullari tuzilishini tushuntiring.   
3. Baliqlarning qon aylanish sistemasi qanday tuzilganligini tushuntiring. 
4. Baliqlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan? 
5. Baliqlarning qanday rivojlanishini tushuntiring. 
Glossariy 
1. Geteroserkal- suzgichining yuqori bo’lagi pastki bo’lagiga nisbatan ancha 
yirik. 
2. Gomoserkal- suzgich bo’laklari deyarli teng bo’ladi. 
3. Umurtqa nayi- har bir umurtqaning ikki yoni botiq (amfitsel) bo’lib, uning 
bir juftdan ustki va ostki o’simtalari bor. Ustki o’simtalari o’zaro birlashib, ular 
orasida umurtqa nayi hosil bo’ladi. Bu nay ichida orqa miya joylashgan. 
4. Ko’krak suzgichlari kamari- bosh bilan birikkan bir necha suyakdan iborat. 
5. Qorin kamari- bir juft chanoq suyagidan tashkil topgan. 
6. Suzgich pufak- ovqatb hazm qilish sistemasi oldingi qismi hisobodan hosil 
bo’lib gazlar aralashmasi (azot, kislarod, karbonad angidrid) bilan to’lgan.  
7. Tana buyrak- (ayirish organi) umurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan 
qoramtir-qizg’ish rangli uzun tasma shaklida bo’ladi. 
Adabiyotlar 
1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев 
таржимаси), Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б. 
2. Дадаев С. Умуртқалилар зоологияси. Маърузалар матни. Т. Низомий 
номидаги ТДПУ наширёти. 2000. 
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий 
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017 
yashab, chuchuk suvlarga uvildiriq tashlovchi) gumhlarga ajratiladi. Birinchi guruhga seld, treska, kambala, skatlar, ikkinchi guruhga ko’pchilik karpsimonlar (zog’ora, laqqa, cho’rtan, oqcha), uchinchi guruhga osetrsimonlar, losossimonlar, ugor kiradi. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Suyakli baliqlarda yashash muhitiga hos qanday moslanishlar bor? 2. Suyakli baliqlarning skeleti va muskullari tuzilishini tushuntiring. 3. Baliqlarning qon aylanish sistemasi qanday tuzilganligini tushuntiring. 4. Baliqlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan? 5. Baliqlarning qanday rivojlanishini tushuntiring. Glossariy 1. Geteroserkal- suzgichining yuqori bo’lagi pastki bo’lagiga nisbatan ancha yirik. 2. Gomoserkal- suzgich bo’laklari deyarli teng bo’ladi. 3. Umurtqa nayi- har bir umurtqaning ikki yoni botiq (amfitsel) bo’lib, uning bir juftdan ustki va ostki o’simtalari bor. Ustki o’simtalari o’zaro birlashib, ular orasida umurtqa nayi hosil bo’ladi. Bu nay ichida orqa miya joylashgan. 4. Ko’krak suzgichlari kamari- bosh bilan birikkan bir necha suyakdan iborat. 5. Qorin kamari- bir juft chanoq suyagidan tashkil topgan. 6. Suzgich pufak- ovqatb hazm qilish sistemasi oldingi qismi hisobodan hosil bo’lib gazlar aralashmasi (azot, kislarod, karbonad angidrid) bilan to’lgan. 7. Tana buyrak- (ayirish organi) umurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan qoramtir-qizg’ish rangli uzun tasma shaklida bo’ladi. Adabiyotlar 1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев таржимаси), Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б. 2. Дадаев С. Умуртқалилар зоологияси. Маърузалар матни. Т. Низомий номидаги ТДПУ наширёти. 2000. 3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017  
 
4. Богданов О.П. Ўзбекистон ҳайвонлари (умуртқалилар) Тошкент, 
Ўқитувчи. 1983 
 
4. Богданов О.П. Ўзбекистон ҳайвонлари (умуртқалилар) Тошкент, Ўқитувчи. 1983