SINF TAXTASIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH METODIKASI

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

390,2 KB


 
 
 
 
 
 
SINF TAXTASIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH METODIKASI 
 
 
Reja:  
1. Sinf taxtasida harflarning yozilishi 
2. Sinf taxtasining satndarti 
3. Sinf taxtasidan samarali foydalanish 
 
 
Sinf taxtasi yozuvning aniq va chiroyli bo’lishiga asosiy rol o’ynaydi. Shuning 
uchun har bir maktab yuqori sifatli sinf taxtalari (doskalar) bilan ta’minlangan 
bo’lishi shart.  
 
Sinf taxtasida o’quvchilar uchun yozilgan har bir yozuv aniq va chiroyli bo’lishi 
lozim. O’quvchilar sinf taxtasiga yozishni yaxshi ko’radilar, shuning uchun ular 
vaqt-vaqti bilan doskaga chiqarib turiladi. Ular sinf taxtasiga yozayotganda harf 
va uning unsurlarini to’g’ri yozishga harakat qiladilar, chunki sinfdagi 
SINF TAXTASIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH METODIKASI Reja: 1. Sinf taxtasida harflarning yozilishi 2. Sinf taxtasining satndarti 3. Sinf taxtasidan samarali foydalanish Sinf taxtasi yozuvning aniq va chiroyli bo’lishiga asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun har bir maktab yuqori sifatli sinf taxtalari (doskalar) bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Sinf taxtasida o’quvchilar uchun yozilgan har bir yozuv aniq va chiroyli bo’lishi lozim. O’quvchilar sinf taxtasiga yozishni yaxshi ko’radilar, shuning uchun ular vaqt-vaqti bilan doskaga chiqarib turiladi. Ular sinf taxtasiga yozayotganda harf va uning unsurlarini to’g’ri yozishga harakat qiladilar, chunki sinfdagi  
 
o’rtoqlari ularning yozuvini kuzatib turadilar. Lekin ayrim maktab o’quvchilari 
sinf taxtasining to’g’ri kelgan eridan yoza beradilar, yozuvlari ham bir tekis 
chiqmaydi. Bunday kamchiliklarning bo’lmasligi uchun har bir o’qituvchi 
yomon yozadigan o’quvchilarning qo’llaridan ushlab daftarga o’xshab sinf 
taxtasida ham yozish qoidalarini o’rgatib borishi lozim. 
Sinf taxtasiga yozilgan har bir harf o’quvchilarga aniq ko’rinib turishi lozim. 
Sinf taxtasining yuzi tekis bo’lib, juda silliq ham bo’lmasligi lozim, aks 
holda, bo’r sirg’anib ketaveradi. Sinf taxtasini ikki turga bo’lish mumkin: biri-
doim devorga osig’lik turadigan, ikkinchisi vertikal o’q atrofida aylanadigan 
sinf taxtasi. Bunday sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, uni tushayotgan 
yoruqqa qarab burish mumkin bo’ladi. Bulardan tashqari, maktabda bir necha 
ko’chma sinf taxtasi ham bo’lishi kerak (2- rasm). 
  
 
2- rasm 
Vertikal o’q atrofida aylanadigan doskaning uzunligi 1,65 m, balandligi 
esa 1,13 m ga tengdir. Bunday sinf taxtasidan ikki smenali maktablarda 
foydalanish mumkin. Kataklarga ajratilgan sinf taxtasi yuqori sinf o’quvchilari 
uchun qulay emas, shuning uchun sinf taxtasining orqasidan (tekis tomonidan) 
foydalaniladi. Boshlang’ich sinflarda vertikal o’q atrofida aylanadigan sinf 
taxtasidan foydaniladi (uning bir tomoniga daftarning kataklari chizilgan, 
ikkinchi tomoni esa rasm darslari uchun mo’ljallangan bo’ladi).  
Devorga o’rnatilgan sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, u kam joy 
oladi. 
Sinf taxtasi linoliumdan yoki taxtadan yasalishi mumkin. Linoliumdan 
yasalgan sinf taxtasi sifatli hisoblanadi, chunki taxtadan yasalgan sinf taxtalari 
o’rtoqlari ularning yozuvini kuzatib turadilar. Lekin ayrim maktab o’quvchilari sinf taxtasining to’g’ri kelgan eridan yoza beradilar, yozuvlari ham bir tekis chiqmaydi. Bunday kamchiliklarning bo’lmasligi uchun har bir o’qituvchi yomon yozadigan o’quvchilarning qo’llaridan ushlab daftarga o’xshab sinf taxtasida ham yozish qoidalarini o’rgatib borishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan har bir harf o’quvchilarga aniq ko’rinib turishi lozim. Sinf taxtasining yuzi tekis bo’lib, juda silliq ham bo’lmasligi lozim, aks holda, bo’r sirg’anib ketaveradi. Sinf taxtasini ikki turga bo’lish mumkin: biri- doim devorga osig’lik turadigan, ikkinchisi vertikal o’q atrofida aylanadigan sinf taxtasi. Bunday sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, uni tushayotgan yoruqqa qarab burish mumkin bo’ladi. Bulardan tashqari, maktabda bir necha ko’chma sinf taxtasi ham bo’lishi kerak (2- rasm). 2- rasm Vertikal o’q atrofida aylanadigan doskaning uzunligi 1,65 m, balandligi esa 1,13 m ga tengdir. Bunday sinf taxtasidan ikki smenali maktablarda foydalanish mumkin. Kataklarga ajratilgan sinf taxtasi yuqori sinf o’quvchilari uchun qulay emas, shuning uchun sinf taxtasining orqasidan (tekis tomonidan) foydalaniladi. Boshlang’ich sinflarda vertikal o’q atrofida aylanadigan sinf taxtasidan foydaniladi (uning bir tomoniga daftarning kataklari chizilgan, ikkinchi tomoni esa rasm darslari uchun mo’ljallangan bo’ladi). Devorga o’rnatilgan sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, u kam joy oladi. Sinf taxtasi linoliumdan yoki taxtadan yasalishi mumkin. Linoliumdan yasalgan sinf taxtasi sifatli hisoblanadi, chunki taxtadan yasalgan sinf taxtalari  
 
har yili bo’yab turiladi. Natijada bo’yoqlar qatlami hosil bo’lib, sinf taxtasiga 
yozish vaqtida bo’r sirg’anib ketaveradi. 
Sinf taxtasi qoida bo’yicha eniga 1200 mm, uzunligi 3000 mm bo’lishi 
lozim (3- rasm). 
 
 
3- rasm 
Sinf taxtasi chetiga raqamlar tortilgan, pastki qismida esa bo’r va latta 
qo’yadigan joy bo’lishi lozim. 
Sinf taxtasidagi yozuv o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi uchun unda 
har xil egri-bugri yo’llar, tirnalgan chiziqlar bo’lmasligi va u har bir sinf 
o’quvchilarining yoshiga moslab osib qo’yilgan bo’lishi kerak. Boshlang’ich 
sinf o’quvchilari uchun poldan 85 sm, 5- 10- sinf o’quvchilari uchun esa 95 sm 
yuqoriga o’rnatilgan bo’lishi lozim. O’quvchilarga yozuvlarni yanada 
yaqqolroq ko’rsatish uchun sinf taxtasini balandroq qo’yish ham mumkin. 
Ammo bunda sinf taxtasining uzunligi bilan teng bo’lgan taxta qo’yilishi lozim 
(4- rasm). 
 
4- rasm 
har yili bo’yab turiladi. Natijada bo’yoqlar qatlami hosil bo’lib, sinf taxtasiga yozish vaqtida bo’r sirg’anib ketaveradi. Sinf taxtasi qoida bo’yicha eniga 1200 mm, uzunligi 3000 mm bo’lishi lozim (3- rasm). 3- rasm Sinf taxtasi chetiga raqamlar tortilgan, pastki qismida esa bo’r va latta qo’yadigan joy bo’lishi lozim. Sinf taxtasidagi yozuv o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi uchun unda har xil egri-bugri yo’llar, tirnalgan chiziqlar bo’lmasligi va u har bir sinf o’quvchilarining yoshiga moslab osib qo’yilgan bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun poldan 85 sm, 5- 10- sinf o’quvchilari uchun esa 95 sm yuqoriga o’rnatilgan bo’lishi lozim. O’quvchilarga yozuvlarni yanada yaqqolroq ko’rsatish uchun sinf taxtasini balandroq qo’yish ham mumkin. Ammo bunda sinf taxtasining uzunligi bilan teng bo’lgan taxta qo’yilishi lozim (4- rasm). 4- rasm  
 
Sinf taxtasining ostiga bo’r maydalarining to’kilmasligi uchun pastki 
ramkaning ustiga eni 5-6 sm li taxtacha o’rnatilishi, chap tomoniga esa bo’r 
turishi uchun quticha mahkamlanishi maqsadga muvofiqdir. 
Sinf taxtasi devorning o’rtasiga o’rnatilgan bo’lib, yorug’ chap tomondan 
tushib turishi kerak. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qiydigan darsxonalardagi sinf taxtalari 
yozuv 
darslari 
uchun 
moslashtirilib, 
kataklarga 
ajratilgan 
bo’lishi, 
yozayotganda qimirlamasligi lozim. Agar sinf doskasi qora rangda bo’lsa, havo 
rang bo’yoq bilan, agar doska jigar rang linoliumdan qilingan bo’lsa, qora 
bo’yoq bilan kataklar chiziladi. Sinf taxtasiga kataklar chizish vaqtida, albatta 
moyli bo’yoqdan foydalanish kerak. 
Sinf taxtasidagi chiziqlar o’quvchilarning daftarlaridagi chiziqlardan o’n 
marta katta bo’lishi kerak. Sinf taxtasi kataklarga ajratilmagan bo’lsa, 
o’qituvchi husnixat mashqlarining boshlanishidan oldin doskani chizib 
tayyorlab qo’yishi kerak. Buning uchun o’qituvchi chizg’ich va uchburchakdan 
foydalanib, kataklarni quyidagi tartibda chizishi mumkin (5- rasm). 
 
5- rasm 
Doskadagi chiziqlar yo’g’on-ingchka bo’lmay bir tekisda bo’lishi zarur. 
Devorga o’rnatilgan doskadan samarali foydalanish maqsadida uni uch qismga 
bo’lib, bir qismiga o’sha sinfning o’ziga mos chiziqli daftarning kataklari 
chiziladi, o’rtada esa rasm darsi uchun joy qoldiriladi, o’rtadagi bo’sh joyning 
yoniga matematika darsi uchun kataklar chiziladi (6- rasm). 
Sinf taxtasining ostiga bo’r maydalarining to’kilmasligi uchun pastki ramkaning ustiga eni 5-6 sm li taxtacha o’rnatilishi, chap tomoniga esa bo’r turishi uchun quticha mahkamlanishi maqsadga muvofiqdir. Sinf taxtasi devorning o’rtasiga o’rnatilgan bo’lib, yorug’ chap tomondan tushib turishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qiydigan darsxonalardagi sinf taxtalari yozuv darslari uchun moslashtirilib, kataklarga ajratilgan bo’lishi, yozayotganda qimirlamasligi lozim. Agar sinf doskasi qora rangda bo’lsa, havo rang bo’yoq bilan, agar doska jigar rang linoliumdan qilingan bo’lsa, qora bo’yoq bilan kataklar chiziladi. Sinf taxtasiga kataklar chizish vaqtida, albatta moyli bo’yoqdan foydalanish kerak. Sinf taxtasidagi chiziqlar o’quvchilarning daftarlaridagi chiziqlardan o’n marta katta bo’lishi kerak. Sinf taxtasi kataklarga ajratilmagan bo’lsa, o’qituvchi husnixat mashqlarining boshlanishidan oldin doskani chizib tayyorlab qo’yishi kerak. Buning uchun o’qituvchi chizg’ich va uchburchakdan foydalanib, kataklarni quyidagi tartibda chizishi mumkin (5- rasm). 5- rasm Doskadagi chiziqlar yo’g’on-ingchka bo’lmay bir tekisda bo’lishi zarur. Devorga o’rnatilgan doskadan samarali foydalanish maqsadida uni uch qismga bo’lib, bir qismiga o’sha sinfning o’ziga mos chiziqli daftarning kataklari chiziladi, o’rtada esa rasm darsi uchun joy qoldiriladi, o’rtadagi bo’sh joyning yoniga matematika darsi uchun kataklar chiziladi (6- rasm).  
 
 
6- rasm 
Sinf taxtasidan bunday samarali foydalanish dars sifatini oshiradi. 
Husnixat mashg’ulotlarini to’g’ri uyushtirishdan sinf taxtasi bilan bir qatorda 
bo’r ham katta rol o’ynaydi. Har xil shakldagi qattiq yoki ho’l bo’rlardan 
foydalanish dars sifatini pasaytiradi, harf va uning unsurlarini noaniq 
ifodalashga olib keladi: tegishli yo’g’onlikdagi yoki ingichkalikdagi chiziqlarni 
chizishni qiyinlashtiradi. 
Bo’r yumshoq bo’lishi, ammo nam bo’lmasligi kerak. Bo’r 15x15 mm li 
kvadrat shaklida bo’lib, uzunligi 50 mm dan oshmasligi yoki 30 mm dan kam 
bo’lmasligi lozim. Bunday bo’rni ushlash qulay bo’lib, yozishga osonlik 
tug’diradi. Qo’lni toza tutish maqsadida bo’rning yarmigacha qog’oz o’raladi. 
Bo’r uch barmoq - bosh, o’rta va ko’rsatkich barmoq bilan ushlanadi. 
Yozish vaqtida ko’rsatkich barmoq bilan bosib turiladi va tegishli chiziq 
chiziladi (7- rasm). 
 
7- rasm 
Sinf taxtasida harf va uning unsurlarini ko’rsatishdan oldin bo’rning 
uchini qalamtarosh bilan tekislab yozishga moslab olish zarur. 
Husnixat mashg’ulotlarida dumaloq bo’rlardan foydalanishga ruxsat 
etilmaydi, chunki u tegishli chiziqlarni bermaydi va har xil qalinlikda yozadi. 
Bo’rni to’g’ri ushlash qoidalarini o’quvchilarga ko’rsatish va unga amal 
qilishga o’rgatib borish lozim. Ayrim o’quvchilar bo’rni besh barmoq bilan 
6- rasm Sinf taxtasidan bunday samarali foydalanish dars sifatini oshiradi. Husnixat mashg’ulotlarini to’g’ri uyushtirishdan sinf taxtasi bilan bir qatorda bo’r ham katta rol o’ynaydi. Har xil shakldagi qattiq yoki ho’l bo’rlardan foydalanish dars sifatini pasaytiradi, harf va uning unsurlarini noaniq ifodalashga olib keladi: tegishli yo’g’onlikdagi yoki ingichkalikdagi chiziqlarni chizishni qiyinlashtiradi. Bo’r yumshoq bo’lishi, ammo nam bo’lmasligi kerak. Bo’r 15x15 mm li kvadrat shaklida bo’lib, uzunligi 50 mm dan oshmasligi yoki 30 mm dan kam bo’lmasligi lozim. Bunday bo’rni ushlash qulay bo’lib, yozishga osonlik tug’diradi. Qo’lni toza tutish maqsadida bo’rning yarmigacha qog’oz o’raladi. Bo’r uch barmoq - bosh, o’rta va ko’rsatkich barmoq bilan ushlanadi. Yozish vaqtida ko’rsatkich barmoq bilan bosib turiladi va tegishli chiziq chiziladi (7- rasm). 7- rasm Sinf taxtasida harf va uning unsurlarini ko’rsatishdan oldin bo’rning uchini qalamtarosh bilan tekislab yozishga moslab olish zarur. Husnixat mashg’ulotlarida dumaloq bo’rlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki u tegishli chiziqlarni bermaydi va har xil qalinlikda yozadi. Bo’rni to’g’ri ushlash qoidalarini o’quvchilarga ko’rsatish va unga amal qilishga o’rgatib borish lozim. Ayrim o’quvchilar bo’rni besh barmoq bilan  
 
ushlab, bor kuchlari bilan bosib yozadilar. Bunday o’quvchilarning qo’lidan 
ushlab, mashq qildirish zarur. 
Ba’zi vaqtlarda sinf taxtasi yaltirib ko’rinib o’quvchilarga undagi 
yozuvlar ko’rinmay qoladi. Buning uchun sinf taxtasining pastki ikki 
burchagiga uzunligi 20-25 sm bo’lgan ikkita yog’och oyoqchalar qoqiladi. Bu 
yog’och oyoqchalar mahkam qilib qoqilmasdan, o’rtasiga bir dona mix urilib, 
u aylanib turishi lozim. Chunki u kerak bo’lmagan vaqtda sinf taxtasining yon 
tomoniga burib qo’yiladi (8- rasm).  
 
8- rasm 
Sinf taxtasi yaltirab ko’ringan vaqtda esa shu oyoqchalar devorga tirab 
qo’yiladi (9- rasm). 
 
9- rasm 
 Natijada sinf taxtasidagi yaltirash yo’qolib, hamma o’quvchilarga yozuv 
aniq ko’rinadi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Husnixat darslarida sinf taxtasi qanday rol o’ynaydi? 
2. 
Osma va ko’chma sinf taxtasi haqida gapirib bering. 
3. 
Husnixat darslarida qanday jadvallardan foydalaniladi. 
4. 
Husnixat darslarida qanday aralash jadvallardan foydalaniladi? 
ushlab, bor kuchlari bilan bosib yozadilar. Bunday o’quvchilarning qo’lidan ushlab, mashq qildirish zarur. Ba’zi vaqtlarda sinf taxtasi yaltirib ko’rinib o’quvchilarga undagi yozuvlar ko’rinmay qoladi. Buning uchun sinf taxtasining pastki ikki burchagiga uzunligi 20-25 sm bo’lgan ikkita yog’och oyoqchalar qoqiladi. Bu yog’och oyoqchalar mahkam qilib qoqilmasdan, o’rtasiga bir dona mix urilib, u aylanib turishi lozim. Chunki u kerak bo’lmagan vaqtda sinf taxtasining yon tomoniga burib qo’yiladi (8- rasm). 8- rasm Sinf taxtasi yaltirab ko’ringan vaqtda esa shu oyoqchalar devorga tirab qo’yiladi (9- rasm). 9- rasm Natijada sinf taxtasidagi yaltirash yo’qolib, hamma o’quvchilarga yozuv aniq ko’rinadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Husnixat darslarida sinf taxtasi qanday rol o’ynaydi? 2. Osma va ko’chma sinf taxtasi haqida gapirib bering. 3. Husnixat darslarida qanday jadvallardan foydalaniladi. 4. Husnixat darslarida qanday aralash jadvallardan foydalaniladi?  
 
5. 
Ko’rgazma qurollarning sifati nimalarga bog’liq boladi? 
6. 
Husnixat darslarida bo’r qanday ahamiyatga ega? 
 
Mavzuga doir testlar 
1. 
Qoida bo’yicha sinf taxta (doska)si eniga qancha bo’lishi kerak? 
A) 1200 mm * 
B) 1500 mm 
C) 1000 mm 
D) 2000 mm 
2. 
Qoida bo’yicha sinf taxta (doska)sining uzunligi qancha  
bo’lishi kerak? 
A) 2000 mm 
B) 1200 mm 
C) 3000 mm * 
D) 4000 mm 
3. 
Boshlang’ich sinflarda sinf doskasi poldan qancha  
balandlikda joylashgan bo’lishi kerak? 
A) 100 sm. 
B) 90 sm. 
C) 85 sm. * 
D) 50 sm. 
4. 
Boshlang’ich sinflarda qanday bo’rdan foydalanish tauvsiya  
etiladi? 
A) 15x15 mm.li uzunligi 30-50 mm * 
B) 20x20mm.li kvadrat, uzunligi 40-50 mm 
C) 15x20 mm.li kvadrat, uzunligi 30-60 mm 
D) 10x10mm.li kvadrat, uzunligi 20-40 mm 
 
5. Ko’rgazma qurollarning sifati nimalarga bog’liq boladi? 6. Husnixat darslarida bo’r qanday ahamiyatga ega? Mavzuga doir testlar 1. Qoida bo’yicha sinf taxta (doska)si eniga qancha bo’lishi kerak? A) 1200 mm * B) 1500 mm C) 1000 mm D) 2000 mm 2. Qoida bo’yicha sinf taxta (doska)sining uzunligi qancha bo’lishi kerak? A) 2000 mm B) 1200 mm C) 3000 mm * D) 4000 mm 3. Boshlang’ich sinflarda sinf doskasi poldan qancha balandlikda joylashgan bo’lishi kerak? A) 100 sm. B) 90 sm. C) 85 sm. * D) 50 sm. 4. Boshlang’ich sinflarda qanday bo’rdan foydalanish tauvsiya etiladi? A) 15x15 mm.li uzunligi 30-50 mm * B) 20x20mm.li kvadrat, uzunligi 40-50 mm C) 15x20 mm.li kvadrat, uzunligi 30-60 mm D) 10x10mm.li kvadrat, uzunligi 20-40 mm