Siydik haydovchi moddalar (Diuretiklar).

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

29,1 KB


 
 
 
 
 
 
Siydik haydovchi moddalar (Diuretiklar). 
 
 
Reja. 
1. Siydik haydovchi moddalar moddalar  
2. Buyrak koptokchalarida qondagi birlamchi siydikning filtrlanishi  
3. Suvning passiv so‘rilishi. Simob preparatlari, saluretiklar, osmotik diuretiklar, 
kislota  hosil qiluvchi preparatlar  
4. Dixlotiazid. Laziks. Diakarb. Veroshpiron. Mannit 
 
 
Diuretiklar – organizmda suv-tuz almashinuviga ta’sir etib, suv va tuzlarning 
buyraklar orqali chiqib ketishini oshiradigan preparatlardir.  
 
Ma’lumki, odam organizmi normal sharoitda 40-50 l (65-70% li) suv saqlaydi. 
Bu suv asosan xujayralar ichida bo‘lib, 30-35 l ni tashkil qiladi. Qolgani esa 
to‘qimalar, hujayralar orasida joylashgan (10-12 l), 3,5 l gacha qon tomirlarida, qon 
tarkibida bo‘ladi. Hujayra va to‘qimalarda doimo suv bilan elektrolidlarning 
almashinuvi bo‘lib turadi. Suvning organizmda taqsimlanishi va uning almashishi 
elektrolidlarga, birinchi galda natriyga bog‘liqdir. Elektrolidlar miqdorining 
organizmda doimo bir me’yorda bo‘lishini, asab-endokrin tizimi (mineral 
kortikoidlar, antidiuretik, gormon) qon aylanishini ta’minlaydi. Organizmda ushbu 
muhitning doimiyligi (rN, osmotik bosim yoki gomeostaz holati), ko‘proq shu 
elektrolidlar balansiga, chiqarish organi bo‘lgan buyraklarning fiziologik faoliyatiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
 
Buyraklarning ko‘pchilik kasalliklarida (nefrit, nefroz va boshqalar), yurak 
porogi sababli, yurak-tomir tizimi faoliyatining zaiflashishi (dekompensatsiya 
holati) va jigar kasalliklarida (sirroz va boshqalar) suv-tuz almashinuvi buzilib, 
organizmda suv yig‘ila boshlaydi, shishlar paydo bo‘ladi. Natriy ionlarining 
yig‘ilishi, osmotik bosimning ko‘tarilishiga va suv yig‘ilishiga sababchi bo‘ladi.  
Siydik haydovchi moddalar (Diuretiklar). Reja. 1. Siydik haydovchi moddalar moddalar 2. Buyrak koptokchalarida qondagi birlamchi siydikning filtrlanishi 3. Suvning passiv so‘rilishi. Simob preparatlari, saluretiklar, osmotik diuretiklar, kislota hosil qiluvchi preparatlar 4. Dixlotiazid. Laziks. Diakarb. Veroshpiron. Mannit Diuretiklar – organizmda suv-tuz almashinuviga ta’sir etib, suv va tuzlarning buyraklar orqali chiqib ketishini oshiradigan preparatlardir. Ma’lumki, odam organizmi normal sharoitda 40-50 l (65-70% li) suv saqlaydi. Bu suv asosan xujayralar ichida bo‘lib, 30-35 l ni tashkil qiladi. Qolgani esa to‘qimalar, hujayralar orasida joylashgan (10-12 l), 3,5 l gacha qon tomirlarida, qon tarkibida bo‘ladi. Hujayra va to‘qimalarda doimo suv bilan elektrolidlarning almashinuvi bo‘lib turadi. Suvning organizmda taqsimlanishi va uning almashishi elektrolidlarga, birinchi galda natriyga bog‘liqdir. Elektrolidlar miqdorining organizmda doimo bir me’yorda bo‘lishini, asab-endokrin tizimi (mineral kortikoidlar, antidiuretik, gormon) qon aylanishini ta’minlaydi. Organizmda ushbu muhitning doimiyligi (rN, osmotik bosim yoki gomeostaz holati), ko‘proq shu elektrolidlar balansiga, chiqarish organi bo‘lgan buyraklarning fiziologik faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Buyraklarning ko‘pchilik kasalliklarida (nefrit, nefroz va boshqalar), yurak porogi sababli, yurak-tomir tizimi faoliyatining zaiflashishi (dekompensatsiya holati) va jigar kasalliklarida (sirroz va boshqalar) suv-tuz almashinuvi buzilib, organizmda suv yig‘ila boshlaydi, shishlar paydo bo‘ladi. Natriy ionlarining yig‘ilishi, osmotik bosimning ko‘tarilishiga va suv yig‘ilishiga sababchi bo‘ladi.  
 
 
Ma’lumki, siydik ajralishi buyraklarda bo‘ladigan quyidagi jarayonlarga 
bog‘liq, ya’ni filtratsiya yo‘li bilan birlamchi siydikning qaytadan qonga so‘rilishi 
(reabsorbsiya), kanalcha epiteliylaridan ayrim moddalarning ajralishi. 
 
Buyrak 
koptokchalarida 
qondagi 
birlamchi 
siydikning 
filtrlanishi, 
kapillyarlardagi qonning gidrostatik bosimiga, undagi filtratsiya bo‘lmaydigan 
moddalar (oqsil, glikogen va yuqori molekulali birikmalar) konsentratsiyasiga, qon 
aylanishiga, ishlayotgan koptokchalar soniga va boshqalarga bog‘liq.  
 
 
Birlamchi siydikning filtrlanishi passiv jarayon bo‘lib, buyraklar tomonidan 
quvvat sarflanishi talab qilinmaydi va farmakologik ta’sirga bo‘ysunmaydi. Bir 
kecha-kunduzda buyraklardan 150 litrgacha suv, 1200g natriy va boshqa 
moddalar(glyukoza, aminokislotalar, mochevina, xar xil elektrolitlar va boshqalar) 
ajralib chiqadi.  
 
Buyrak kanalchalari epiteliy sekretsiyasi faol jarayon bo‘lib, ayrim 
metabolitlarni (siydik kislota, vodorod ionlari, kaliy ionlari va boshqalar) va 
ko‘pchilik dori moddalarini (sulfanilamidlar, antibiotiklar va boshqalar) kanalchalar 
bo‘shlig‘iga, ayrim moddalarni esa qonga qayta so‘rilishini ta’minlaydi. Bu jarayon 
epiteliy pardasidagi aloxida o‘tkazuvchi tizim orqali bajariladi va buning uchun 
quvvat sarflanib, ayrim fermentlar qatnashadi. Ushbu tizim dori moddalar ta’sirida 
o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin. Ularning ta’sirida ayrim elektrolitlarning chiqib 
ketishi tezlashadi, ayrimlarning chiqishi esa kamayadi. 
 
Birlamchi siydikning kanalchalarda qaytadan so‘rilishi (reabsorbsiya) 
organizmda suv-elektrolit balansini bir me’yorda ushlab turadigan jarayon 
hisoblanadi. Reabsorbsiya natijasida buyraklar kanalchalarida birlamchi siydikning 
99% i so‘riladi va 1200g filtrdan o‘tgan natriyning 1195 grammi qayta suriladi. 
Reabsorbsiya faol jarayon bo‘lib, quvvat talab qiladi. Bu jarayonning sodir 
bo‘lishida fermentlar tizimi qatnashadi (suksindegidrogeneza, karboangidraza). 
Ushbu tizimning qisman bo‘lsa xam tormozlanishi, siydik ajralishini ko‘paytiradi. 
Ko‘pchilik siydik haydovchi dori moddalarning ta’siri aynan shu jarayonga 
qaratilgan. Elektrolitlarning va ular bilan birga suvning reabsorbsiyalanishi 
kanalchalarning deyarli hamma qismida sodir bo‘ladi. Lekin ayrim elektrolitlar 
(kaliy, xlor) kanalchalarning proksimal (boshlang‘ich), ayrimlari (kaliy ionlarining 
Ma’lumki, siydik ajralishi buyraklarda bo‘ladigan quyidagi jarayonlarga bog‘liq, ya’ni filtratsiya yo‘li bilan birlamchi siydikning qaytadan qonga so‘rilishi (reabsorbsiya), kanalcha epiteliylaridan ayrim moddalarning ajralishi. Buyrak koptokchalarida qondagi birlamchi siydikning filtrlanishi, kapillyarlardagi qonning gidrostatik bosimiga, undagi filtratsiya bo‘lmaydigan moddalar (oqsil, glikogen va yuqori molekulali birikmalar) konsentratsiyasiga, qon aylanishiga, ishlayotgan koptokchalar soniga va boshqalarga bog‘liq. Birlamchi siydikning filtrlanishi passiv jarayon bo‘lib, buyraklar tomonidan quvvat sarflanishi talab qilinmaydi va farmakologik ta’sirga bo‘ysunmaydi. Bir kecha-kunduzda buyraklardan 150 litrgacha suv, 1200g natriy va boshqa moddalar(glyukoza, aminokislotalar, mochevina, xar xil elektrolitlar va boshqalar) ajralib chiqadi. Buyrak kanalchalari epiteliy sekretsiyasi faol jarayon bo‘lib, ayrim metabolitlarni (siydik kislota, vodorod ionlari, kaliy ionlari va boshqalar) va ko‘pchilik dori moddalarini (sulfanilamidlar, antibiotiklar va boshqalar) kanalchalar bo‘shlig‘iga, ayrim moddalarni esa qonga qayta so‘rilishini ta’minlaydi. Bu jarayon epiteliy pardasidagi aloxida o‘tkazuvchi tizim orqali bajariladi va buning uchun quvvat sarflanib, ayrim fermentlar qatnashadi. Ushbu tizim dori moddalar ta’sirida o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin. Ularning ta’sirida ayrim elektrolitlarning chiqib ketishi tezlashadi, ayrimlarning chiqishi esa kamayadi. Birlamchi siydikning kanalchalarda qaytadan so‘rilishi (reabsorbsiya) organizmda suv-elektrolit balansini bir me’yorda ushlab turadigan jarayon hisoblanadi. Reabsorbsiya natijasida buyraklar kanalchalarida birlamchi siydikning 99% i so‘riladi va 1200g filtrdan o‘tgan natriyning 1195 grammi qayta suriladi. Reabsorbsiya faol jarayon bo‘lib, quvvat talab qiladi. Bu jarayonning sodir bo‘lishida fermentlar tizimi qatnashadi (suksindegidrogeneza, karboangidraza). Ushbu tizimning qisman bo‘lsa xam tormozlanishi, siydik ajralishini ko‘paytiradi. Ko‘pchilik siydik haydovchi dori moddalarning ta’siri aynan shu jarayonga qaratilgan. Elektrolitlarning va ular bilan birga suvning reabsorbsiyalanishi kanalchalarning deyarli hamma qismida sodir bo‘ladi. Lekin ayrim elektrolitlar (kaliy, xlor) kanalchalarning proksimal (boshlang‘ich), ayrimlari (kaliy ionlarining  
 
sekretsiyasi, natriy), distal (oxiri), boshqalari esa nefronning ikkala qismida (natriy, 
xlor) qaytadan so‘riladi. 
 
Suvning passiv so‘rilishi (elekrolitlarsiz) kanalchaning distal qismida 
bajariladi va bu jarayon gipofiz bezining antidiuretik (ADG) va buyrak usti bezining 
aldosteron gormonlari tomonidan bajarilib turiladi. 
 
Demak, birlamchi siydikning elektrolitlar hisobiga qaytadan so‘rilishi ancha 
murakkab jarayon bo‘lib, siydik haydovchi dori moddalarning ta’sir mexanizmi 
asosan ana shu reabsorbsiyaning o‘zgarishiga bog‘liqdir. 
 
Tibbiyot va veterinariya amaliyotida ishlatiladigan diuretiklar kimyoviy 
tuzilishi, olinishi, ta’sir mexanizmi va ishlatilishi bo‘yicha turlicha. SHu sababli ular 
quyidagi guruxlar bo‘yicha tasnif qilinadi. 
1. Simob preparatlari; 
2. Saluretiklar; 
3. Purin unumlari; 
4. Karboangidraza ingibitorlari; 
5. Aldosteron antogonistlari; 
6. Osmotik diuretiklar; 
7. Kislota hosil qiluvchi preparatlar. 
 
Simobli diuretiklar. Simob preparatlari eng kuchli diuretiklar hisoblanishiga 
qaramay, ularni nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lganligi uchun hamda ular o‘rnini 
bosadigan kam zaharli preparatlar olinganligi sababli amaliyotida kam ishlatiladi. 
Tarkibida simob saqlovchi diuretiklar qatoriga merkuzal, novurit va promeran 
preparatlari kiradi. Bular hozirgi vaqtda dorilar reestridan uchirilgan bo‘lsa, xam, 
lekin nazariy axamiyatga ega. Ular simobning organiq birikmalari hisoblanadi. 
Simobli diuretiklarning peshob haydovchi ta’sir mexanizmi quyidagilar bilan 
izohlanadi. Buyrak kanlchalaridagi kislotali muhit (siydikda N ionlarining soni 
plazmaga nisbatan 100-1000 marta ko‘p bo‘ladi) simob birikmalaridan organiq 
simob kationini hosil qiladi. Ushbu kation elektrolitlarning qayta so‘rilishini 
ta’minlaydigan bir necha fermentlar (suksindegidrogeneza, membrana ATF - faza) 
faolligini pasaytiradi hamda natriy va xlor ionlarini, shu bilan bir qatorda suvning 
reabsorbsiyasini ham kamaytiradi, natijada siydik ajrashi ko‘payadi. 
sekretsiyasi, natriy), distal (oxiri), boshqalari esa nefronning ikkala qismida (natriy, xlor) qaytadan so‘riladi. Suvning passiv so‘rilishi (elekrolitlarsiz) kanalchaning distal qismida bajariladi va bu jarayon gipofiz bezining antidiuretik (ADG) va buyrak usti bezining aldosteron gormonlari tomonidan bajarilib turiladi. Demak, birlamchi siydikning elektrolitlar hisobiga qaytadan so‘rilishi ancha murakkab jarayon bo‘lib, siydik haydovchi dori moddalarning ta’sir mexanizmi asosan ana shu reabsorbsiyaning o‘zgarishiga bog‘liqdir. Tibbiyot va veterinariya amaliyotida ishlatiladigan diuretiklar kimyoviy tuzilishi, olinishi, ta’sir mexanizmi va ishlatilishi bo‘yicha turlicha. SHu sababli ular quyidagi guruxlar bo‘yicha tasnif qilinadi. 1. Simob preparatlari; 2. Saluretiklar; 3. Purin unumlari; 4. Karboangidraza ingibitorlari; 5. Aldosteron antogonistlari; 6. Osmotik diuretiklar; 7. Kislota hosil qiluvchi preparatlar. Simobli diuretiklar. Simob preparatlari eng kuchli diuretiklar hisoblanishiga qaramay, ularni nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lganligi uchun hamda ular o‘rnini bosadigan kam zaharli preparatlar olinganligi sababli amaliyotida kam ishlatiladi. Tarkibida simob saqlovchi diuretiklar qatoriga merkuzal, novurit va promeran preparatlari kiradi. Bular hozirgi vaqtda dorilar reestridan uchirilgan bo‘lsa, xam, lekin nazariy axamiyatga ega. Ular simobning organiq birikmalari hisoblanadi. Simobli diuretiklarning peshob haydovchi ta’sir mexanizmi quyidagilar bilan izohlanadi. Buyrak kanlchalaridagi kislotali muhit (siydikda N ionlarining soni plazmaga nisbatan 100-1000 marta ko‘p bo‘ladi) simob birikmalaridan organiq simob kationini hosil qiladi. Ushbu kation elektrolitlarning qayta so‘rilishini ta’minlaydigan bir necha fermentlar (suksindegidrogeneza, membrana ATF - faza) faolligini pasaytiradi hamda natriy va xlor ionlarini, shu bilan bir qatorda suvning reabsorbsiyasini ham kamaytiradi, natijada siydik ajrashi ko‘payadi.  
 
 
Simobli diuretiklarning ta’siri, nefronning natriy va xlor ionlarinig 
reabsorbsiyasi ko‘proq (85-90%) bo‘ladigan, proksimal qismiga qaratilganligi 
sababli peshob ko‘p miqdorda ajraladi. Ularning ta’siri in’eksiya qilingandan keyin 
(meruzal, novurit) 2-3 soat o‘tgach boshlanadi. Eng yuqori samarasi 4-9 soat ichida 
ko‘rinadi va bu 24 soatgacha davom etadi. Preparatlar organizmdan 2 kun 
maboynida chiqib ketadi. Shu sababli simobli diuretiklar har 3-4 kunda 1marta 
yuboriladi. Birinchi yuborilgandan keyin diuretikning samarasi bo‘lmasa, uni qayta 
yuborish tavsiya etilmaydi. Chunki qo‘mulyasiya holati yuz berib, buyraklar va 
boshqa organlarning (me’da, ichak) faoliyati buzilishi mumkin. 
 
Simobli diuretiklar asosan yurak va jigar faoliyatining zaiflashishi bilan 
bog‘liq, shishlar vaqtida tavsiya etiladi. Buyrak kasalligi tufayli paydo bo‘lgan 
shishlarda tavsiya etilmaydi (nefrit, nefroz va bosh) 
 
Saluretiklar. Ushbu guruxga asosan dixlotiazid va unga yaqin bir qator 
preparatlar kiradi. Ular siydik haydaydigan ta’siri bo‘yicha og‘iz orqali beriladigan 
preparatlar orasida eng kuchli diuretiklardan hisoblanadi va amaliyotida juda ko‘p 
ishlatiladi. 
 
Bu guruxga kiruvchi preparatlar (dixlotiazid, siklometiazid, oksodomin 
furosemid, triampur-kompozitum va boshqalar) buyrak kanalchalarining proksimal 
qismiga ta’sir ko‘rsatib, natriy ionlarining qayta surilishini tormozlaydi. SHu bilan 
bir qatorda ular kanalchalarning distal qismida natriy biokarbonat va kaliyning 
chiqishini (sekretsiyasini) oshiradi. Shu sababli siydik ajrashi sezilarli darajada 
ko‘payadi. Saluretiklarning ta’sir mexanizmi yaxshi aniqlanmagan. Lekin taxminlar 
bo‘yicha ular kanalchalarning proksimal qismidagi natriy ionlari surilishini 
ta’minlaydigan aloxida fermentni to‘sadi. Bundan tashqari, ularning ta’sirida 
kanalchaning distal qismidagi karboangidraza fermenti ham to‘siladi. SHu sababdan 
biokarbonat va kaliyning chiqishi ortadi. Natijada siydik qisman ishqoriy muhitga 
ega bo‘lib qoladi.  
 
Preparatlarning ta’siri ichilgandan keyin 30-60 daqiqa o‘tgach boshlanadi, 2-
3 soat ichida ta’siri qo‘chayib borib, 8-12 soatgacha davom etadi. Ular asosan yurak-
tomir etishmovchiligi, jigar va buyrak kasalligi tufayli paydo bo‘lgan shishlarda, 
glaukoma (ko‘k suv kasalligi), xomiladorlik toksikozida tavsiya etiladi.  
Simobli diuretiklarning ta’siri, nefronning natriy va xlor ionlarinig reabsorbsiyasi ko‘proq (85-90%) bo‘ladigan, proksimal qismiga qaratilganligi sababli peshob ko‘p miqdorda ajraladi. Ularning ta’siri in’eksiya qilingandan keyin (meruzal, novurit) 2-3 soat o‘tgach boshlanadi. Eng yuqori samarasi 4-9 soat ichida ko‘rinadi va bu 24 soatgacha davom etadi. Preparatlar organizmdan 2 kun maboynida chiqib ketadi. Shu sababli simobli diuretiklar har 3-4 kunda 1marta yuboriladi. Birinchi yuborilgandan keyin diuretikning samarasi bo‘lmasa, uni qayta yuborish tavsiya etilmaydi. Chunki qo‘mulyasiya holati yuz berib, buyraklar va boshqa organlarning (me’da, ichak) faoliyati buzilishi mumkin. Simobli diuretiklar asosan yurak va jigar faoliyatining zaiflashishi bilan bog‘liq, shishlar vaqtida tavsiya etiladi. Buyrak kasalligi tufayli paydo bo‘lgan shishlarda tavsiya etilmaydi (nefrit, nefroz va bosh) Saluretiklar. Ushbu guruxga asosan dixlotiazid va unga yaqin bir qator preparatlar kiradi. Ular siydik haydaydigan ta’siri bo‘yicha og‘iz orqali beriladigan preparatlar orasida eng kuchli diuretiklardan hisoblanadi va amaliyotida juda ko‘p ishlatiladi. Bu guruxga kiruvchi preparatlar (dixlotiazid, siklometiazid, oksodomin furosemid, triampur-kompozitum va boshqalar) buyrak kanalchalarining proksimal qismiga ta’sir ko‘rsatib, natriy ionlarining qayta surilishini tormozlaydi. SHu bilan bir qatorda ular kanalchalarning distal qismida natriy biokarbonat va kaliyning chiqishini (sekretsiyasini) oshiradi. Shu sababli siydik ajrashi sezilarli darajada ko‘payadi. Saluretiklarning ta’sir mexanizmi yaxshi aniqlanmagan. Lekin taxminlar bo‘yicha ular kanalchalarning proksimal qismidagi natriy ionlari surilishini ta’minlaydigan aloxida fermentni to‘sadi. Bundan tashqari, ularning ta’sirida kanalchaning distal qismidagi karboangidraza fermenti ham to‘siladi. SHu sababdan biokarbonat va kaliyning chiqishi ortadi. Natijada siydik qisman ishqoriy muhitga ega bo‘lib qoladi. Preparatlarning ta’siri ichilgandan keyin 30-60 daqiqa o‘tgach boshlanadi, 2- 3 soat ichida ta’siri qo‘chayib borib, 8-12 soatgacha davom etadi. Ular asosan yurak- tomir etishmovchiligi, jigar va buyrak kasalligi tufayli paydo bo‘lgan shishlarda, glaukoma (ko‘k suv kasalligi), xomiladorlik toksikozida tavsiya etiladi.  
 
 
Saluretiklarning asosiy kamchiligi shundan iboratki, ular kaliy ionlarining 
chiqishini tezlashtirgani uchun gipokaliemiya (organizmda kaliy ionlarining 
kamayishi) holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu o‘z navbatida ishtaxaning 
yomonlashishiga, mushaklar tonusining bo‘shashiga va yurak ritmining buzilishiga 
olib keladi. Bunda yurak glikozidlari berilayotgan bo‘lsa, ularning zaharli ta’siri 
qo‘chayadi. Shu sababli saluretiklar (ayniqsa, dixlotiazid, siklometiazid) uzoq 
muddat davomida berilmaydi. Agar 5-6 kundan ortiq vaqt berilsa, kaliy saqlaydigan 
preparatlar (kaliy xlorid, panangin,asparkam), mevalar (o‘rik, shaftoli va b.k.) 
beriladi. Saluretiklarning ta’siri natijasida siydik kislotasining organizmda yig‘ilib 
qolishi podagraga (mayda bo‘g‘imlarning og‘rishi, shishib qolishi) xos bo‘lgan 
o‘zgarishlarni berishi mumkin. 
 
Bu guruxga kiradigan laziks (furosemid) preparati antranil kislota unumi 
bo‘lib, siydik haydovchi ta’siri tez vujudga keladi (venaga yuborilganda 2-3 
daqiqadan keyin, ichilsa 20-30 daqiqa o‘tgach). Ta’sir muddati, yuborilgan yo‘liga 
qarab, 2-8 soatgacha davom etadi. Laziksning ijobiy tomonlaridan biri shuki, u 
boshqa diuretiklar naf qilmaganida ham o‘z ta’sirini saqlaydi. Bundan tashqari uni 
venaga yuborish mumkinligi tez yordam ko‘rsatishga zamin yaratadi. Laziksning 
ta’siri mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. U natriy va xlorning qayta so‘rilishini, butun 
nefron bo‘yicha tormozlaydi va kaliy sekretsiyasini esa oshiradi, degan fikr mavjud.  
 
Triampur-kompozitum preparati o‘z tarkibida triamteren bilan – dixlotiazid 
saqlaydi. Triamteren natriy ionlarining siydik bilan chiqarilishini tezlashtiradi, lekin 
kaliyning chiqishini o‘zgartirmaydi. Bu preparat ham yurak, buyrak, jigar 
kasalliklarida bo‘ladigan shishlarda davo maqsadida qo‘llaniladi.  
 
Preparati natriy uretik (natriyning siydik bilan chiqishi) bo‘lib, uzoq ta’sir 
etadigan diuretik. Gipotenziv ta’sirga xam ega.  
 
Purin unumlari. Bu moddalarga choy bargi va kofedan olinadigan 
alkaloidlar, teofillin va teobromid kiradi. Ushbu diuretiklar boshqa guruxlarga 
nisbatan kuchsizroq siydik haydaydi. Ular buyraklar tomirlarini kengaytirib, unda 
qon aylanishini oshiradi. Natijada ko‘pchilik buyrak koptokchalarida filtratsiya 
tezlashadi va birlamchi siydikning miqdori oshadi. Bundan tashqari, purin unumlari 
buyrak kanalchalarida natriy ionlarining qayta so‘rilishini qisman kamaytiradi.  
Saluretiklarning asosiy kamchiligi shundan iboratki, ular kaliy ionlarining chiqishini tezlashtirgani uchun gipokaliemiya (organizmda kaliy ionlarining kamayishi) holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu o‘z navbatida ishtaxaning yomonlashishiga, mushaklar tonusining bo‘shashiga va yurak ritmining buzilishiga olib keladi. Bunda yurak glikozidlari berilayotgan bo‘lsa, ularning zaharli ta’siri qo‘chayadi. Shu sababli saluretiklar (ayniqsa, dixlotiazid, siklometiazid) uzoq muddat davomida berilmaydi. Agar 5-6 kundan ortiq vaqt berilsa, kaliy saqlaydigan preparatlar (kaliy xlorid, panangin,asparkam), mevalar (o‘rik, shaftoli va b.k.) beriladi. Saluretiklarning ta’siri natijasida siydik kislotasining organizmda yig‘ilib qolishi podagraga (mayda bo‘g‘imlarning og‘rishi, shishib qolishi) xos bo‘lgan o‘zgarishlarni berishi mumkin. Bu guruxga kiradigan laziks (furosemid) preparati antranil kislota unumi bo‘lib, siydik haydovchi ta’siri tez vujudga keladi (venaga yuborilganda 2-3 daqiqadan keyin, ichilsa 20-30 daqiqa o‘tgach). Ta’sir muddati, yuborilgan yo‘liga qarab, 2-8 soatgacha davom etadi. Laziksning ijobiy tomonlaridan biri shuki, u boshqa diuretiklar naf qilmaganida ham o‘z ta’sirini saqlaydi. Bundan tashqari uni venaga yuborish mumkinligi tez yordam ko‘rsatishga zamin yaratadi. Laziksning ta’siri mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. U natriy va xlorning qayta so‘rilishini, butun nefron bo‘yicha tormozlaydi va kaliy sekretsiyasini esa oshiradi, degan fikr mavjud. Triampur-kompozitum preparati o‘z tarkibida triamteren bilan – dixlotiazid saqlaydi. Triamteren natriy ionlarining siydik bilan chiqarilishini tezlashtiradi, lekin kaliyning chiqishini o‘zgartirmaydi. Bu preparat ham yurak, buyrak, jigar kasalliklarida bo‘ladigan shishlarda davo maqsadida qo‘llaniladi. Preparati natriy uretik (natriyning siydik bilan chiqishi) bo‘lib, uzoq ta’sir etadigan diuretik. Gipotenziv ta’sirga xam ega. Purin unumlari. Bu moddalarga choy bargi va kofedan olinadigan alkaloidlar, teofillin va teobromid kiradi. Ushbu diuretiklar boshqa guruxlarga nisbatan kuchsizroq siydik haydaydi. Ular buyraklar tomirlarini kengaytirib, unda qon aylanishini oshiradi. Natijada ko‘pchilik buyrak koptokchalarida filtratsiya tezlashadi va birlamchi siydikning miqdori oshadi. Bundan tashqari, purin unumlari buyrak kanalchalarida natriy ionlarining qayta so‘rilishini qisman kamaytiradi.  
 
 
Bu preparatlar katta bo‘lmagan yurak va buyrak shishlarida davo uchun 
beriladi. Agar simob diuretiklari bilan birga berilsa, ular ta’sirini kuchaytiradi.  
 
Teofillinning etilendiamin bilan aralashmasi (eufillin) o‘zining siydik 
haydaydigan ta’siriga ko‘ra laziksga qisman o‘xshaydi. Venaga yuborilganda 
eufillin tez va kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham tez yordam 
ko‘rsatishda (o‘pkaning o‘tkir shishi, miya shishi) qo‘l keladi.  
 
Osmotik diuretiklar. Osmotik diuretiklar deb, shunday kimyoviy moddalarga 
aytiladiki, ular organizmga yuborilganda siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqib, 
siydik miqdorini oshiradi. Ular buyraklar kanalchalari proksimal qismida qayta 
so‘rilmaydi yoki kam so‘riladi. Shu sababli kanalchalarda osmotik bosim ortadi va 
elektrolitlar bilan suvning so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada siydikning miqdori 
ko‘payadi (asosan natriy hisobiga). Osmotik diuretiklarga mannitol va mochevina 
preparatlari kiradi. Ular venaga yuborilganida siydik haydovchi samarasi tez yuzaga 
chiqadi. Ushbu moddalarni yuqori konsentratsiyalarida (20-30%) yuborilganida, 
qonda osmotik bosimni oshiradi. To‘qimadagi suvlar qonga o‘tadi va undan keyin 
buyraklar orqali chiqariladi. Preparatlarning bunday ta’siri asosan miya 
shikastlanganda, miya to‘qima shishini kamaytirish maqsadida (degidratatsion 
terapiya), o‘pka to‘qimasi shishganida ishlatiladi. 
 
Bu preparatlar, jarohatlanish va quyish oqibatida bo‘ladigan behushlik, 
organizm zaharlanganda, gemoliz holatlarida keng qo‘llaniladi. Bundan asosiy 
maqsad organizmdagi zaharli va keraksiz moddalarni chiqarib yuborishdir. Osmotik 
diuretiklar 5-10% li eritma shaklida, bir kunda 3-5l tomchilab yuboriladi. 
 
Kislota xosil qiladigan diuretiklar. Asosiy vakili ammoniy xlorid 
hisoblanadi. U mochevina bilan xlorid kislotaga parchalanib, biokarbonatdan 
natriyni chiqarib yuboradi. Hosil bo‘lgan ko‘mir kislota o‘pka orqali chiqib ketadi.  
 
Ammoniy xloridning siydik haydaydigan samarasi kuchli emas. Bu 
samaradorlik mochevina va natriy xlorid hisobiga yuzaga keladi.  
 
Yuqorida keltirilgan diuretiklardan tashqari bir qator o‘simliklardan 
tayyorlangan preparatlar ham mavjud (ortisifon bargi damlamasi, siydik 
haydaydigan yig‘ma va bosh). 
 
Preparatlari:  
Bu preparatlar katta bo‘lmagan yurak va buyrak shishlarida davo uchun beriladi. Agar simob diuretiklari bilan birga berilsa, ular ta’sirini kuchaytiradi. Teofillinning etilendiamin bilan aralashmasi (eufillin) o‘zining siydik haydaydigan ta’siriga ko‘ra laziksga qisman o‘xshaydi. Venaga yuborilganda eufillin tez va kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham tez yordam ko‘rsatishda (o‘pkaning o‘tkir shishi, miya shishi) qo‘l keladi. Osmotik diuretiklar. Osmotik diuretiklar deb, shunday kimyoviy moddalarga aytiladiki, ular organizmga yuborilganda siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqib, siydik miqdorini oshiradi. Ular buyraklar kanalchalari proksimal qismida qayta so‘rilmaydi yoki kam so‘riladi. Shu sababli kanalchalarda osmotik bosim ortadi va elektrolitlar bilan suvning so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada siydikning miqdori ko‘payadi (asosan natriy hisobiga). Osmotik diuretiklarga mannitol va mochevina preparatlari kiradi. Ular venaga yuborilganida siydik haydovchi samarasi tez yuzaga chiqadi. Ushbu moddalarni yuqori konsentratsiyalarida (20-30%) yuborilganida, qonda osmotik bosimni oshiradi. To‘qimadagi suvlar qonga o‘tadi va undan keyin buyraklar orqali chiqariladi. Preparatlarning bunday ta’siri asosan miya shikastlanganda, miya to‘qima shishini kamaytirish maqsadida (degidratatsion terapiya), o‘pka to‘qimasi shishganida ishlatiladi. Bu preparatlar, jarohatlanish va quyish oqibatida bo‘ladigan behushlik, organizm zaharlanganda, gemoliz holatlarida keng qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad organizmdagi zaharli va keraksiz moddalarni chiqarib yuborishdir. Osmotik diuretiklar 5-10% li eritma shaklida, bir kunda 3-5l tomchilab yuboriladi. Kislota xosil qiladigan diuretiklar. Asosiy vakili ammoniy xlorid hisoblanadi. U mochevina bilan xlorid kislotaga parchalanib, biokarbonatdan natriyni chiqarib yuboradi. Hosil bo‘lgan ko‘mir kislota o‘pka orqali chiqib ketadi. Ammoniy xloridning siydik haydaydigan samarasi kuchli emas. Bu samaradorlik mochevina va natriy xlorid hisobiga yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan diuretiklardan tashqari bir qator o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar ham mavjud (ortisifon bargi damlamasi, siydik haydaydigan yig‘ma va bosh). Preparatlari:  
 
 
Dixlotiazid. 6-xlor - 7- sulfamoil – 3,4 – digidro – 1,2,4 – benzotiadizin 1,1 – 
diokis. 0,025 – 0,1g dan tabletkalar shaklida chiqariladi.  
 
Buyurilishi: ovqatdan oldin 0,025-0,05g dan kuniga ichish uchun beriladi. 
Og‘ir holatlarda dozani kuniga 0,2g gacha ko‘tarish mumkin. Preparat 3-7 kun 
davomida berilgandan so‘ng 3-4 kun tanaffus qilinadi.  
 
Laziks. 4- Xlor- (2-furilmetil) 5-sulfamoilantranil kislota. 0,04g dan 
tabletkalar shaklida, 1% li eritmasi, 2ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 
Buyurilishi: 1 tabletkadan kuniga 1marta (ertalab), zarur hollarda esa kuniga 0,08-
0,16g dan 1-2marta, xar 6 soatda ichiladi. 20-60 mg dan bir kecha-kunduzda 1-2 
marta mushaklar orasiga yoki venaga yuboriladi.  
 
Diakarb. 2-Atsetilamino 1,3,4 – tiazol – 5-sulfamid. 0,25g dan tabletka 
shaklida chiqariladi.  
 
Buyurilishi: 0,125-0,25 g dan kuniga 1-3 marta ichiladi.  
 
Veroshpiron. Propion kislotaning - lakton 3-3-okso-7a-tiatsetil 17 –oksi-4-
androsten-17a-il. 0,025 g dan tabletkalar holida chiqariladi.  
 
Buyurilishi: 0,1-0,2g dan kuniga (2-4 qismga bo‘lib) ichiladi.  
 
Mannit. Olti atomlik spirt. 30g dan liofillangan shaklda, 500ml hajmli 
flaqonlarda, 15% li eritma shaklida, 400ml dan flakonda chiqariladi. 
 
Buyurilishi: 5% li glyukozada eritib, 10-15-20% li preparatning eritmasi 
tayyorlanadi va venaga (sekin-asta) yuboriladi. 
           
 
 
 
 
 
 
20-jadval  
Siydik haydovchi moddalar 
Preparat  
Yuborish 
usuli 
       Doza  
Ishlab 
chiqarish 
shakli  
ot, sigir 
cho‘chqa, 
qo‘y  
mayda 
hayvonla
r 
Dixlotiazid - 
Dichlothiazi
dum 
ichga 
1 
1,5 
4 
0,025 va 0,1 
tabletka 
Diakarb 
– 
Diacarbum  
ichga 
8 
20 
30 
0,25 g tabletka 
Dixlotiazid. 6-xlor - 7- sulfamoil – 3,4 – digidro – 1,2,4 – benzotiadizin 1,1 – diokis. 0,025 – 0,1g dan tabletkalar shaklida chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 0,025-0,05g dan kuniga ichish uchun beriladi. Og‘ir holatlarda dozani kuniga 0,2g gacha ko‘tarish mumkin. Preparat 3-7 kun davomida berilgandan so‘ng 3-4 kun tanaffus qilinadi. Laziks. 4- Xlor- (2-furilmetil) 5-sulfamoilantranil kislota. 0,04g dan tabletkalar shaklida, 1% li eritmasi, 2ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Buyurilishi: 1 tabletkadan kuniga 1marta (ertalab), zarur hollarda esa kuniga 0,08- 0,16g dan 1-2marta, xar 6 soatda ichiladi. 20-60 mg dan bir kecha-kunduzda 1-2 marta mushaklar orasiga yoki venaga yuboriladi. Diakarb. 2-Atsetilamino 1,3,4 – tiazol – 5-sulfamid. 0,25g dan tabletka shaklida chiqariladi. Buyurilishi: 0,125-0,25 g dan kuniga 1-3 marta ichiladi. Veroshpiron. Propion kislotaning - lakton 3-3-okso-7a-tiatsetil 17 –oksi-4- androsten-17a-il. 0,025 g dan tabletkalar holida chiqariladi. Buyurilishi: 0,1-0,2g dan kuniga (2-4 qismga bo‘lib) ichiladi. Mannit. Olti atomlik spirt. 30g dan liofillangan shaklda, 500ml hajmli flaqonlarda, 15% li eritma shaklida, 400ml dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: 5% li glyukozada eritib, 10-15-20% li preparatning eritmasi tayyorlanadi va venaga (sekin-asta) yuboriladi. 20-jadval Siydik haydovchi moddalar Preparat Yuborish usuli Doza Ishlab chiqarish shakli ot, sigir cho‘chqa, qo‘y mayda hayvonla r Dixlotiazid - Dichlothiazi dum ichga 1 1,5 4 0,025 va 0,1 tabletka Diakarb – Diacarbum ichga 8 20 30 0,25 g tabletka  
 
Kaliy atsetat 
– 
Kalli 
acetas  
ichga 
80 
50 
100 
Kukun. 33-
35% li eritma 
Toloknyanka 
bargi 
– 
Foliumuvae 
ursi 
ichga  
70 
140 
300 
Barglari 100 gr 
li qog‘oz 
idishda  
 
Kaliy atsetat – Kalli acetas ichga 80 50 100 Kukun. 33- 35% li eritma Toloknyanka bargi – Foliumuvae ursi ichga 70 140 300 Barglari 100 gr li qog‘oz idishda