So’ngi o’zbek xonliklari davrida tibbiyotni rivojlanishi
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
23,7 KB
So’ngi o’zbek xonliklari davrida tibbiyotni rivojlanishi
Tibbiy bilimlar qatorida tibbiyot tarixi fani aloxida o’rin egallaydi.U
tibbiyotning tarixiy rivojlanish yo’llari va uning xozirgi kungacha etgan darajasi
haqida umumlashtiruvchi tushuncha beradi,tibbiyotning tarakkiyot qonunlarini
ochadi va shunga asosan uning kelgusidagi yunalish yo’llarini ko’rsatib
beradi.Tibbiyot tarixi umuminsoniyat tarixining muxum qismidir
Bo’lajak xaqim uchun tibbiyot tarixini o’rganish muhim ahamiyatga
ega.Tibbiyot tarixi Fani tibbiyotning rivojlanish yo’llarini chuqur o’rganishda,uning
erishgan yutuqlarini to’g’ri anglashda talabalarga dastur bo’lib xizmat
qiladi,ularning bilim darajasi va saviyasini oshiradi.Umuman,tibbiyot tarixi fani
talabalarning kasbiy-estetik, ma’naviy-g’oyaviy va madaniy jixatdan yuksak
darajadagi mutaxassislar bo’lib etishishlarida katta rol o’ynaydi.
Mavzu: So’ngi o’zbek xonliklari davrida tibbiyotni rivojlanishi
XVIII asr O’rtalariga kelib, xozirgi O’zbekiston xududi va Turkmaniston,
Qirgiziston hamda Tojikistonning ko’pgina qismi uch o’zbek xonligi Quqon,
Xorazm xonlari hamda Buxoro amirligi O’rtasida taqsimlab olingan edi. Bu
xonliklar xududida yashovchi axolining ko’pchiligini o’zbeklar tashkil etar edilar.
Ayrim shaxarlar va qishloqlarda tojiklar yashar edilar. Xiva va Buxoro
xonliklarining g’arbiy va janubiy qismida turkmanlar joylashgan edi. Quqon
xonligining shimolida qirg’izlar va qozoqlar, Orol dengizi atrofida esa qorakalpoklar
yashardi. Bundan tashqari, bu uchala xonlik xududida eronliklar, arablar, xindlar,
yaxudiylar va boshqa xalqlar ham istikomad qilardi.
Ayrim xonlar mamlakat iqtisodiyotini ko’tarish, davlatni mustaxkamlash va
ba’zi bir obodonchilik ishlarini amalga oshirishga o’rinib ko’rdilar. Urishlar
davomida vayron bo’lgan sugorish inshoatlarini qisman tikladilar, YAngi kanallar
ham kazidilar. Masalan, Fargona vodiysida SHaxrixon, Andijon va YAngiariq
kanallari barpo etildi. Toshkent viloyatida 1822-1842 yillarda Xonariq kanali
kazildi. Bunday ishlar Buxoro amirligi va Xorazm xonligida ham amalga oshirildi
va o’z samarasini berdi. Mamlakatda biroz iqtisodiy ko’tarinqilik sezildi.
SHaxarlarda YAngi karvonsaroylar, bozorlar, hammomlar, machitlar-madrasalar
ko’rildi. 1848 yilda Buxoroda 38 karvonsaroy, 9 ta savdo rastalari, 45 ta bozor, 16
ta hamom bo’lgan. Toshkentda 15 ta karvonsaroy, kata mexmonxona, 5 ta bozor, 11
ta hammom bo’lgan. Boshqa shaxarlarda ham shunga o’xshash muassasalar mavjud
edi. Ba’zi tabiblar tib soxasida asarlar ham yaratdilar. Masalan, Xiva xoni
Muhammad Raximning saroy tabibi Axmad Tabibiy bir necha asar yozdi. Quqon
xoni saroyida xizmat qilgan tabib va shoir Fazliy ham ijod qilish bilan shug’ullangan.
Ammo ko’pchilik tabiblar eski kitoblardan kuchirma qilish bilan cheklanib kolar
edilar.
XVIII-XIX asrlarda O’zbekiston xududida quyidagi ko’zga ko’ringan tabiblar
yashaganlar. Junaydullo Xozik, Ja’farxuja Xozaraspi, Maxmud Yaypaniy,
Tursunxuja Xaqim, Abdullo Xuja tabib, Baldaqli tabib, Xaqimcha tabib, Xoji tabib,
Atoullo tabib, Mannop tabib, Nurillo tabib va boshqalar.
JUNAYDULLO XOZIK
Junaydullo Xozik o’tgan asrning ko’zga ko’ringan tabiblaridan bo’lgan, o’zi
asli Xirotlik edi. Tarix, adabiyot tibbiyot soxasida chuqur bilimga ega bo’lgan. XIX
asrning boshlarida Buxoroga kelib, tabiblik ishi bilan shug’ullangan. U chuqur bilimi
va etuk tajribasi tufayli kasalliklarni to’g’ri aniqlab, muvaffaqiyatli davolagan va
xalq O’rtasida katta xurmatga sasovor bo’lgan.
Junaydullo Xozik tabiblikdan tashqari, badiiy adabiyot bilan ham
shugillangan, she’rlar yozgan. Tarixiy mavzularda ham asarlar yaratgan. Xozik o’z
she’rlarida nodon ulamolarni tankid ostiga olardi. U xatto Buxoro amiri Nasrulloxon
sha’niga ham tankidiy fikr bildirgan. Buning natijasida xonning gazabiga duchor
bo’ladi va Buxoroda yashay olmay Quqonga kuchadi. Bu erda bir oz vaqt
yashagandan so’ng Xivaga ketadi. Ammo bu erda ham xon bilan kelisha olmaydi va
Quqonga kaytadi. 1842 yilda Quqonni Buxoro amiri Nasrullo zabt etadi. Quqon xoni
Muhammad Alini katl ettiradi. Buxoro xonining askarlari shaxarni talon-taroj
qiladilar, axolini talaydilar, barcha xunarmandlar, nakkoshlar Buxoroga olib ketiladi.
Junaydullo Xozikni ham olib ketishadi. Lekin u SHaxrisabzga kochadi. Ammo
Nasrullo nayrang ishlatib, Xozikni katl ettiradi.
Junaydullo Xozikdan ba’zi asarlar qolgan. SHulardan biri tibbiyotga
taalluqlidir. Bu kitobni Xozik «Xaqiqatni aniqlash va uni tekshirib ko’rish» deb
atagan. Xozik o’lkamiz tibbiyoti tarixida muhim o’rin egallagan.
JA’FAR XUJA XAZORASPIY
Ja’far Xuja Xazoraspiy oxirgi xorazmlik olim va tabiblardan biri edi. Ancha
chuqur bilim va tajribaga ega bo’lgan. Xazoraspiyning tibbiy fikrlari sharq
tibbiyotiga xos bo’lgan mijoz tushunchasiga asoslangan edi. Olimning fikricha, xar
qanday kasallikning asosiy sababi organizmdagi suyoq moddalar (qon, shillik ut,
qora ut) ning o’zgarishidan kelib chiqadi. Bu o’zgarish miqdoriy va sifat o’zgarishi
bo’lishi mumkin. Bu o’zgarishning moxiyati shundan iboratki, noto’g’ri ovqatlanish
natijasida tabiat omillarining salbiy ta’sir etishi va shunga o’xshash zararli omillar
ta’sirida suyoqliklardan biri oshib ketadi yoki uning sifati o’zgaradi. Buning
okibatida muvozanat bo’zilib, kasallik paydo bo’ladi. SHuning uchun Xazoraspiy
bemorni muolaja qilishda unga dori berishdan oldin tanani ortiqcha xiltdan tozalash
kerak, deydi. SHu maqsad uchun surgi dori berish yoki kayt qildirishni tavsiya etadi.
Qon olishni ham afzal ko’radi.
Xazoraspiy kasallikning okibatini oldindan ko’ra bilish, ya’ni prognostikaga
aloxida ahamiyat bergan. Bu tabibning obrusi uchun ham juda muhim, deydi. Tabib
prognozni aniqlab olgandan so’ng shunga qarab ish ko’rishi kerak. Xazoraspiyning
tibga oid asosiy kitobi «Tib bilimlari to’plami» deb atalgan. Mazmun jixatidan bu
asar Ibn Sino «Tib qonunlari» ning uchinchi kitobiga uxshaydi. Xazoraspiyning Ibn
Sino kabi odam organizmi kasalliklarini boshdan boshlab oyokkacha hamma
organlari bo’yicha bayon qilingan. Bundan tashqari, kitobda gijjalar, rishta, teri
kasalliklari haqida ma’lumot berilgan. Xar xil zaxarlanish va ularni davolash
masalasiga ham tuxtalgan. Kitobda xar xil dorilar, ularni tayyorlash va ishlatish
usullari ham ko’rsatilgan. Nixoyat, ba’zi yoqumli kasalliklar, masalan, suvchechak
haqida ham ma’lumot berilgan. Ja’far Xuja Xazoraspiyning «Tib bilimlari» kitobi
Sharq tibbiyoti tarixida muhim rol uynagan.
MAXMUD XAQIM YAYPANIY.
Maxmud Xaqim Yaypaniy-Quqondiy asrning ikkinchi yarmi, XX asrning
boshida yashagan yirik o’zbek tabiblaridan biri edi. U xar xil fanlar soxasida chuqur
bilimli olim va tajribali tabib bo’lgan. Maxmud Xaqim 1851 yil Quqonda yaqin
YAypan kishlogida tavallud topgan. Yaypaniyning o’tmish avlodlari taniqli kishilar
bo’lganlar. Uning bobosi Mulla Badal Quqon xoni Amir Umarxon saroyida xizmat
qilgan. Otasi Badaliy ancha badavlat odam bo’lgan, savdo ishlari bilan
shug’ullangan, kata erlari ham bo’lgan. Maxmud Yaypaniy yoshligidanok juda
zexnli bola bo’lgan va adabiyotga qiziqkan, ko’p ukigan. U Quqondagi «Mirzo
Quqondiy» madrasasida taxsil ko’rgan. Madrasada u vaqtda dunyoviy fanlar
o’qitilmagan. Talabalar asosan ko’r’on va shariat qonunlarini o’rganish bilan
shug’ullanadilar. Faqat ayrim mudarrislar talabalarga ba’zi bir dunyoviy fanlar
(tarix, jugrofiya, astronomiya, riyoziyot) haqida boshlangich ma’lumot berardilar.
Yaypaniy bu darslarni katta qiziqish Bilan o’rganadi va o’zi ham mustaqil ravishda
kitoblar o’qib, o’z bilimini kengaytiradi. Yaypaniy arab, fors tillarini tez o’zlashtirib
oladi. U qadimgi faylasuflar (Aristotel, Platon va tabiblar Xippokrat, Galen, Abu
Bakr ar-Roziy, Ibn Sino ) ning asarlarini kunt bilan o’rganadi. Buning natijasida katta
olim va tabib bo’lib etishadi. Ammo bu vaqtga kelib, O’vropa Fani va tibbiyoti ancha
ilgarilab ketgan edi. Sharq fani va tibbiyoti esa O’rta asr darajasida kotib qolgandi.
Buni yaxshi tushingan Yaypaniy O’vropa tibbiyotini mustaqil o’rgana boshlaydi.
Rus tilida chiqarilgan tibbiy kitoblarni ukiydi, O’vropacha retsept yozishni o’rganib
oladi.
Maxmud Xaqim Yaypaniy xayotda juda kamtarin kishi bo’lgan, kambagal,
beva- bechoralarga raxm-shavkat bilan qaragan, ularni bepul davolagan. SHuning
uchun xalq O’rtasida juda katta xurmatga sazovor bo’lgan. Uning shuxrati butun
Quqon xonligiga tarqaldi. SHunda Quqon xoni Xudoyorxon Yaypaniyni Saroy
tabibi vazifasiga taklif etadi. Ammo bu taklifni kabo’l qilmaydi.
Yaypaniy fanning xar bir soxasiga oid ko’pgina asarlar yozgan. Ammo bizga
ularning hammasi ma’lum emas. Biz Yaypaniyning ikki asarini bilamiz. Biri «Bilim
ulchovi», ikkinchisi esa «Tabiblik qonuni».
«Tabiblik qonuni» tibbiyot ilmiga bag’ishlangan. Kitob arab tilida yozitgan.
Yaypaniy o’z kitobida kasalliklarni aniqlash va ularni davolash masalalarini
yoritgan. Bunda avvalo tashxis va davolash soxasidagi o’tgan olimlarning va o’z
zamonasidagi tabiblarning fikrlari keltiriladi. So’ng muallif o’z fikr va tajribalarini
bayon etadi. Yaypaniy kasallik sabablari masalasida mijoz tushinchasida to’rgan.
Ammo bu masala u boshqa tabiblarning fikridan boshqacharok fikr yuritgan.
Masalan, Yaypaniyning fikricha, mijoz o’zgarmas xususiyat emas, u sharoitga qarab
o’zgarishi mumkin. Uning aytishicha, yil fasliga qarab, odamning mijozi o’zgarib
turadi. Masalan, yoz faslida mijoz issiq, kishda esa sovuq bo’ladi. Kasalik sababi
haqida so’zlab, Yaypaniy organizmdagi suyoqliklarga aloxida ahamiyat beradi. U bu
suyoqliklar tashqi va ichki faktorlar ta’sirida o’zgaradi, deydi. Tashqi faktorlardan u
yomon ovqat, iklim va ob-xavoning o’zgarishi, ogir jismoniy mexnat hamda ruxiy
kechinmalarni sanab utadi. Bulardan tashqari, tashqi muxitda kasallik paydo qiluvchi
jonivorlar (parazitlar) ham bo’lishini ko’rsatadi. Masalan, Yaypaniy rishta va
bezgakni shunday jonivorlar paydo qiladi, deydi. Bundan ko’rinib turibdiki, kasallik
sabablari masalasida Yaypaniyning fikrlari xozirgi zamon tushinchasiga yaqin
bo’lgan. Sharq tibbiyoti tarixida Yaypaniy muhim iz qoldirgan.
Quqonda o’tgan asrda Yana bir yirik tabib Xaqimcha tabib o’tgan. Xaqimcha
tabib Hamza Xaqimzoda Niyoziyning otasi bo’lgan.
Hamzaning o’zi ham tibbiy bilimga ega bo’lgan. Masalan, u Yusuf ibn
Muhammadning «Tibbi Yusufiy» kitobini chuqur mutolaa qilgani ma’lum.
Samarkanda o’tgan asrning oxiri, XX asrning boshida mashxur Atoullo tabib
yashagan. U asli Afganistonlik bo’lgan. O’tgan asr oxirlarida Samarkandga kelib, u
erda yashagan va tabiblik qilgan. Atoullo tabib bilimdon, xozik odam bo’lgan. U bir
necha tilni arab, fors, turk, o’zbek va rus tillarini bilgan, mashxur YUnon, Rim va
Sharq tabiblarining asarlarini chuqur o’rgangan. O’vropa tibbiyoti bilan ham tanish
bo’lgan. Masalan u lotin tilida retsept yozishni bilgan va bemorlarga dorini
ko’pincha o’zi tayyorlab bergan.
Atoullo tabib kasalliklarni aniqlashda tomirni ushlab ko’rish, eshitib ko’rish,
palpatsiya qilish usullaridan foydalangan. U kichik jarroxlik bilan ham
shug’ullangan. Masalan, og’riq tishni sug’irib olish, yiringlagan joyni kesish va
boshqalar. Bu tabib ham tibbiyot tarixida sezilarli iz qoldirgan.
O’zbekiston shaxarlarida boshqa mamlakatlardan kelgan tabiblar ham xizmat
qilganlar. Masalan, Toshkentda afganistonlik Omonullo tabib, arabistonlik Abu Bakr
tabib oilasiz bir o’zi yashar edi. Uning bir xonali kichkina xovlisi bor edi. Uy ichi
xar xil dorixona asboblari, shishalar bilan tula edi. Uning tokchalariga xar xil tibbiy
kitoblar taxlab qo’yilgan bulardi. Bunday ukimishli tabiblar u vaqtda juda kam
bo’lgan. SHunday qilib, XIX asrning oxirlariga kelib, O’zbekistonda ilmiy tibbiyot
o’zining so’ngi davrini kechirmokda edi.