“SOVETLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA ARXEOLOGIYAGA OID TADQIQOTLAR”
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
40
Faytl hajmi
55,0 KB
1
“SOVETLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA ARXEOLOGIYAGA OID
TADQIQOTLAR”
REJA:
Kirish..............................................................................................3-4-bet
I – bob. O‘rta Osiyoda XIX asrning birinchi yarmida tarixni o’rganish yuzasidan
erishilgan ayrim yutuqlar tahlili.
1.1
O‘rta
Osiyoda
arxeologiya
fanining
shakllanish
jarayoniga
Rus
sharqshunosligining ta‘siri.............................................5-9-bet
1.2
Sovet
davrida
O’zbekistonda
paleolit
davriga
tegishli
tadqiqotlar
............................................10-16-bet
II – bob. Sovetlar davrida O’zbekistondan yetishib chiqan arxeologlar.
2.1
O’zbekistonda arxeologiya fanining shakillanishi.................17-23-bet
2.2
O’zbek arxeologiya olimlari Yahyo Gu‘lomov va Andrey Shishkin
tadqiqotlari ……………………...........24-27-bet
Xulosa.........................................................................................28-29-bet
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................30-bet
2
Kirish
1918 – yilda Moddiy madaniyat tarixi va Rossiya akademiyasi tuzildi . Unga
barcha arxeologik , san’at , madaniyat va memorchilik yodgorliklarini hisobga olib
ularni davlat himoyasiga olish vazifasi qo’yildi. Arxeologik tadqiqotlarni
kengaytirish maqsadida Ruslar O’rta Osiyo hududida 5 ta ekspeditsiya tashkil etiladi.
1936 – yilda Masson boshchiligida Termiz arxeologik ekspeditsiyasi;1937 – yilda
Bernshtam boshchiligida yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi; 1937 – yilda Tolstof
rahbarligida Xorazm ekspedidsiyasi; 1937 –yilda Masson rahbarligida Farg’ona
arxeologik ekspeditsiyasi; 1937 – yilda Shishkin rahbarligida quyi Zarafshon
arxeologik ekspeditsiyasi; O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar anchagina
rivojlandi.
Unda sobiq SSR fanlar akademiyasining O’rta Osiyo respublikalaridagi
filiallari, Lelingrad va Moskvadagi ilmiy tashkilotlar, moddiy madaniyat tarixi
akademiyasi, sharq madaniyati muzeyi kabi tashkilotlar O’zbekiston hududida
arxeologik tadqiqotlarni olib bora boshladi. 1939 – yildan boshlab fanlar
akademiyasi tashkil topgan .Uchinchi bosqich 1945 – yildan keyingi davrlarni o’z
ichiga oladi. Bu davrda yuqoridagi ekspeditsiyalar tarkibiga o’zgartirish kiritildi.
Yettisuv eksoeditsiyasina - 1944 – 1949 – yillarda Tyanshan Oliy ekspeditsiyasi,
1951 – 1955 – yillarda esa Qirg’iziston arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom
ettiradi . 1946 – 1952 – yillarda Farg’ona arxeologiyasini Bernshtant rahbarligida
Pomir oloy va Pomir Farg’ona ekspeditsiyalarini o’rgandi 1970 – yilda Farg’ona
ekspeditsiysi tashkiletildi. O’zbekistonda arxeologiya fani eng yosh ilmiy sohalardan
biridir . Shuni qayd etish lozimki, o’lkani tadqiq etishga oid birinchi qadamlar XIX
asrning oxiridan boshlab qo’yilgan edi.
o’zbek arxeologlarining, balki O’rta Osiyo qadimshunoslarining fan olamida
Yo`qorida darajasiga ko’tarilgan YA.G’. G’ulomov ning tinimsiz sa`y - harakatlari
tufayli o’tgan asrimizning 60 yillarida birin-ketin o’zbek arxeologlaridan fan
nomzodlari chiqa boshladi. Natijada, 1970 yilning 1 oktyabriga kelib, katta
3
tashkilotchi
o’z
xalqining
fidoyisi,
O’zbekiston
Respublikasi
Fanlar
Akademiyasining sobiq vitse prezidenti I.M. Mo’minov homiyligida O’zR FA si
tarkibida asosiy o’zagini o’zbek olimlari tashkil qilgan arxeologiya instituti tashkil
etildi. Ana shu ilmiy tekshirish instituti bazasida 10 dan ortiq fan doktorlari va 50 dai
ortiq fan nomzodlari tayyorlanib, ular tomonidan ibtidoiy jamoa tuzumini barcha
jabhalarini yorituvchi o’nlab yirik monografiyalar va yuzlab muhim muammolar
echimiga oid ilmiy maqolalar yuzaga keldi Bunday ilmiy izlanishlarni yakuni
ajdodlarimizni ibtidoiy jamoa tuzumini barcha qirralarini yoritish uchun poydevor
yaratgan bo’lsa, 1991 yilning 1 sentyabrida jonajon O`zbekistonimizning
mustaqillikka yerishuvi barcha fanlar qatori, arxeologiya fani va uni mutaxassis
olimlari uchun ulkan maqsadlarni amalga oshirishlariga juda katta imkoniyatlarni
yaratib
byerdi.
Birinchi
Prezidentimiz
Islom
Abdug’anievich
Karimov
aytganlaridek: «Mustaqillik yillari o’z o’tmishimizni, o’z madaniyatimizni xolisona
bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi vazifamizni anglab olish
davridir... Bu davr ma`naviy uyg’onish va milliy o’zligini anglashning o’sish
davridir» (I.A.Karimov. 1995.)
Shunday ekan, shu kunning talabi mustaqil O’zbekistonimizdagi xar bir
oriyati, vijdoni pok insonning kim bo’lishidan, qaysi kasbga mansub bo’lishidan
qat`iy nazar, imkon qadar mustakilligimizni mustahkamlash yo’lida fidoiylik
qilmog’i lozim. Bu borada tarixchi va arxeolog olimlarimizning ma`suliyati yanada
kuchliroq bo’lishi kerak deb o’ylaymiz. Chunki tariximizni bor bo’yi - basti bilan
oqilona ko’rsatishimiz uchun hech qachon va hech bir zamonda hozirgidek sharoit
yaratilmagan edi. Shuning uchun ham, hozirgi kunda arxeolog olimlarimiz
tomonidan mustaqil O’zbekistonimizni erksevar fuqarosi, o’zligini anglashga va
ma`naviyatini yanada yuksaltirishga hissa qo’shish maqsadida, juda keng miqyosda
ilmiy izlanishar olib borilmoqda. Bu borada ibtidoiy tuzum tarixini ilk davri haqida
keyingi yillarda juda katta arxeologik ishlar olib borildi.
4
I – bob. O‘rta Osiyoda XIX asrning birinchi yarmida tarixni o’rganish
yuzasidan erishilgan ayrim yutuqlar tahlili.
1.1 O‘rta Osiyoda arxeologiya fanining shakllanish jarayoniga Rus
sharqshunosligining ta‘siri
5
O’rta Osiyo tarixini o’rganishda rus sharqshunoslarining roli aytarli darajada
ma’lum. XIX asrning 2-yarmida O’rta Osiyo chor qo’shinlari tomonidan bosib
olingach, bu erga rus olimlari kelib, ko’plab tadqiqot ishlarini olib bordilar. Avvalam
bor bu ish chor hukumati foydasiga bo’lsada, ammo, bajarilgan ilmiy ishlarning
ahamiyati ham aytarli edi. Shunday murakkab va og’ir sharoitda ham tarixchilar,
sharqshunoslar, arxeologlar o’z fikr va mulohazalarini erkin bayon etishga harakat
qilganlar, asarlar yaratganlar. Ammo, mustamlaka siyosatmandlari xalq ommasining
milliy ongini o’stirishga yordamlashishni aslo ma’qul ko’rmasada, fan uchun xizmat
qiluvchilar ham bor edi. Ularning foliyatlari ham mavjud sharoitga nisbatan qiyin
kechgan, albatta. Sababi, chor hukumati amaldorlari omma o’rtasida tarixiy
bilimlarni targ’ibot qilish, ular diqqatini qadimgi zamon yodgorliklarini o’rganishga
tortish kabi ishlardan cho’chir edilar. Binobarin, O’rta Osiyoning yangi-yangi
hududlarida Rossiya hukmronligining o’rnatilishi, ularning Umumrossiya iqtisodiy
taraqqiyoti yo’liga qo’shib yuborilishi tufayli turmushning o’zi ilmiy tadqiqotlar
o’tkazish zarurligini taqoza qilardi. O’rta Osiyoning yaxshiroq o’rganilmaganligi
mustamlaka ma’muriyatining maqsadlarini ro’yobga chiqarishga halaqit berar edi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining ma’lum bir qismi, o’zlarining ko’p asrlik tarixiga, o’z urf-
odatlari, xususiyatlari, turmush tarziga ega bo’lgan ko’p sonli O’rta Osiyo xalqlari
ommasini ekspulatatsiya qilish tizimini kuchaytirishga yordam berishi ko’zda tutilar
edi. Tabiiy boyliklari, madaniy merosi g’oyat boy bo’lgan va kam tekshirilgan bu
hudud rus ziyolilarining taraqqiyparvar qismini juda qiziqtirardi. Shuning uchun
ham, darvinizmning e’tiqodli tarafdorlaridan biri bo’lgan mashhur rus olimi –
zoolog, zoogeograf va otashin sayyox, N.A.Severtsov (1827-1886), mashhur rus
geografi P.P.Semenov-Tyanshanskiy (1827-1914), tabiatshunos va sayyox,
A.P.Fedchenko (1844-1873), geolog va gyugraf I.V.Mushketov (1850-1902),
mashhur olim, hozirgi zamon ilmiy tuproqshunosligiga asos solgan V.V.Dokuchaev
(1846-1903) singari jonkuyar olimlar O’rta Osiyoni o’rganish borasida katta ilmiy
tadqiqot ishlari olib bordilar, boy manbalar to’plashga erishdilar. Bir guruh harbiy
6
topagraflar esa tabiiy kontrastlari bir-biridan keskin farq qiladigan juda katta hududni
keng ko’lamda suratga tushirish, xaritalashtirishdek mashaqatli vazifalarni bajardi1.
Mamlakatning iqlim sharoiti o’rganildi, metrologik markazlar tashkil qilindi.
Masalan, 1867 yilda Toshkent metrologik markazi tuzildi, so’ngra bunday joylar
mamlakatning boshqa joylarida ham tuzildi. 1874 yili Rossiyadagi eng qadimgi
Pulkovo rasadxonasi ilmiy xodimlarining yordamida Toshkent falakiyotshunoslik
rasadxonasi ochildi, ilmiy tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. To’g’ri, kadrlar
etishmasligi, mablag’ tanqisligi sababli bu ishlar zaruriyatga nisbatan rivojlanmadi,
albatta. O’lkani o’rganishda statistika qo’mitalari ham muhim rol o’ynadi. 1868 yil
Turkiston statistika qo’mitasi tuzildi, statistik ma’lumotlar nashr qilina boshlandi2.
1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi
A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi) katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Kutubxona o’lkani o’rganish bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar, ayniqsa, mahalliy
xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kutubxona tashabbuskor ziyolilar
harakati tufayli boyib bordi. Kutubxona fondida saqlanayotgan adabiyot va manba
majmualaridan O’rta Osiyoga, ayniqsa Turkiston o’lkasiga taalluqli «Turkiston
asarlar va maqolalar to’plami» juda qimmatli asar bo’lib, hozir ham u o’z ahamiyatini
yo’qotgan emas. Bu to’plamni tuzish ishlarini taniqli rus olimi, biblografi
V.I.Mejovning xizmatlari kattadir. U Peterburgda 1868 yildan boshlab 20 yil
davomida to’plamlarni yaratish ustida ish olib borgan. Masalan, 1888 yilda
«Turkiston to’nlami»ga kirgan katta-kichik jildlarning soni 416 taga etgan edi. Bu
to’plamlar 1867-1887 yillarda yig’ilgan materiallarni o’z ichiga olar edi. Ammo,
o’lkadagi chor ma’muriyatining buyrug’i bilan «mablag’ yo’qligi sababli» bu
faoliyat to’xtatib qo’yilgan edi. V.I.Mejov «Turkiston to’plami»ga 3 kitobdan iborat
sistematik va alfavit ko’rsatkichini ham tuzgan edi.
1 “O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar jurnali” . 2008-2009. 7-soni. 27-28-b
2 “O‘rta osiyo arxeologiyasi” S.2019. 32-b.
7
Eng muhimi shundaki, 1872 yilda A.L.Kun va boshqa Sharqshunoslar
mashhur «Turkiston albomi»ni tuzib tamomladilar. Bu albomda Turkiston
o’lkasining etnografiyasi, arxeologiyasi, kasb-hunar va tarixga doir manbalar suratli
tarzda ifodalangan edi. Bu nodir asar hozirgi qadar ham o’z ilmiy qiymatini saqlab
keladi. Albom 1262 dona rangli va rangsiz fotosuratlar yopishtirilgan 447 kartondan
iborat bo’lib, Rossiyada faqat uch kutubxonada - imperator kutubxonasi, Fanlar
Akademiyasi kutubxonasi va Turkiston kutubxonasida saqlanilgan. Bu albom ilmiy
jihatdaya ham qimmatli asardir1.
1917 yilga qadar Turkistondagi ilmiy jamiyatlar tomonidan «Axborot»lar
chiqarila boshlangan edi. Jumladan, Rus geografiya jamiyatining Turkiston bo’limi
«Axborot»ning 13 jildi (1898-1917), Turkiston havaskor arxeologlari to’garaginiig
majlislar qarorlari va «Fxborot»laridan 21 to’plam (1896-1917) va boshqa
sohalardagi «Axborot»lar singari ma’lumotlari bosib chiqarilgan bo’lib, bu ahvol
ilmiy izlanishlarning bir qator jonlanganligidan dalolat berar edi. Turkiston
o’lkasining qadimiyot yodgorliklari ko’pdan buyon olimlarning diqqatini o’ziga jalb
qilib kelar edi. XIX asr davomida osori-atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, qidiruv
va qisman qazish ishlari olib borildi. Bu sohadagi ishlar P.I.Lerx, N.I.Veselovskiy,
V.A.Jukovskiy, V.V.Bartold va mahalliy turkistonshunoslardan M.S.Andreev,
V.L.Vyatkin,
A.L.Kun,
A.A.Semenov,
I.T.Poslavskiy,
N.P.Ostroumov
va
boshqalarning nomlari bilan bog’liqdir. Shuningdek, sobiq turkistonning qadimiy
yodgorliklarni hisobga olish va tekshirishga markaz ilmiy muassalaridan Imperator
arxeologiya komissiyasi, ayniqsa Rus arxeologiya jamiyatining Sharq bo’limi,
bundan tashqari, 1903 yilda tashkil qilingan O’rta va Sharqiy Osiyoni tarixiy,
arxeologik, lingvistik va etnografik jihatdan o’rganish qo’mitasi ham e’tibor bilan
qaradi.
O’sha vaqtlarda havoskor rus kollektsiyachilaridan Barshchevsiky, Vyatknn,
Kastalskiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslavskiy, Stolyarov, Terentev, Trafimov,
1 O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi : avlodlar izlanishi va kashfiyotlari”. T:. 2020. 40-b.
8
Likoshin va boshqalarning to’plagan ko’pdan-ko’p ma’lumotlari hammaga mashhur
edi. Bu arxeologik yig’malarning aksariyati 1871, 1874, 1889 yillarda Toshkent,
Samarqand va Farg’onada ochilgan muzeylarda, shuningdek, Sankt- Peterburg,
Moskva muzeylari ko’rgazma va zaxiralarida saqlanadn. Shu bilan bir qatorda
o’lkaning etnografiyasini o’rganishda ham aytarli tadqiqotlar olib borildi, serob
manbalar to’planildi. Bu borada V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, V.V.Radlov,
A.N.Samoylovich singari mashhur sharqshunoslarning yaratgan asarlari ham
ahamiyatlidir1.
O’lkani, xususan, tarixiy va arxeologik jixatdan o’rganish uchun zarur
mablag’lar ajratilish talab qilinar edi. Biroq, o’lkada davlat ilmiy-tekshirish
muassasalari deyarli yoki butunlay yo’q edi. Bu vaziyat, o’lkadagi olimlarni,
umuman rus ziyolilari namoyondalarini birlashtirib, Moskva, Peterburgdagi yirik
olimlarning qo’llab-quvvatlashi bilan o’lkada ilmiy jamiyatlar tuzaboshlashga
undardi. Ko’pgina ilmiy jamiyatlarning paydo bo’lishi bu erda mahalliy
turkistonshunos xodimlar paydo bo’lganligidan va ularning faoliyatlarini bir qator
o’zaro muvofiqlash zarurligidan dalolat berardi. Shulardan biri, arxeologiya,
antropologiya, etnografiya havoskorlari jamiyatining Turkiston bo’limi edi. Shunday
qilib, 1870 yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati vujudga keldi. Bu jamiyat o’z oldiga
xususan, O’rta Osiyo tarixi, gergrafiyasi, etnografiyasi, statistikasi, iqtisodiyotiga oid
ma’lumotlarni to’plash, ishlash va tarqatishni maqsad qilib qo’ygan edi. Uning
birinchi ochiq majlisi 1971 yil 28 yanvarda bo’ldi. Shu bilan bir vaqtda
A.P.Fedchenkoning faol ishtiroki bilan tabiyot, arxeologiya, ayatropologiya va
etnografiya havoskorlari jamiyatining Turkiston bo’limining ochilishi ahamiyatli
bo’ldi. Bo’lim a’zolari aytilgan sohalar bo’yicha tadqiqotlar olib borish, manbalar
to’plashga kirishdilar. O’lkada ishlab turgan havaskor arxeologlar 1895 yilda
Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagiga birlashdi. O’lkadagi shu singari
boshqa ilmiy to’garaklar ham rejali ishlar olib borgan bo’lmasalarda,
1 A.Arsixovskiy – “Arxeologiya asoslari” T:. “O’qituvchi” 1970.
9
havaskorlarning qiziqishi kuchli edn. Arxeologiya ishlari asosan yozuv manbalarni
to’plashga, ayrim holatlarda arxeologik manbalar yig’ish, qazish ishlari o’tkazish
kabi ishlar ham bo’lib turardi.
Yuqorida aytilganidek, O’rta Osiyoning chor qo’shinlari bosib olishdan ancha
ilgari, hatto imperator Petr I zamonida ham bu o’lkaga nisbatan bo’lgan qiziqish
kuchli bo’lgan. Rus chor hukumati xayolidan O’rta Osiyo hech qachon
ko’tarilmagan. Shu maqsadlarni amalga oshirish ishtiyoqida bu erga bir necha
razvedka ishlari amalga oshirilgan. Bu ishlarning ayrimlari arxeologik tekshiruv
o’tkazish niqobida ham bo’lgan. Shunday arxeologik razvedkali ekapeditsiyalardan
biri 1819 yildagi kapitap N.N.Muravevning tekshirish ishlari edi. Ekspeditsiya
Turkmaniston va Xiva tumanlariga jo’natilgan edi. U aslida harbiy maqsaddagi
ekspeditsiya bo’lsada, bir muncha qimmatli kuzatuvlar olib bordi, ko’pgina qadimgi
yodgorliklarni ro’yxatga oldi, turli turmush buyumlarini to’pladi. Keyinchalik
N.N.Muravevning kundalik daftari frantsuz va nemis tillariga tarjima qilindi. Unda
Xiva xonligi haqida qiziqarli ma’lumotlar to’plangan edi.
O’rta Osiyoda ibtidoiy kishilar yashaganligi haqida rus olimlari birinchilardan
bo’lib fikr bildirishgan edilar. Jumladan, A.S.Uvarovning uqtirishicha, agar Ovrupa
qitasida mamont davrida ibtidoiy odamlar yashaganligi aniqlangan ekan, demak, bu
jarayon O’rta Osiyoda ham bo’lgan. Xullas, XIX asrning o’rtalariga, ya’ni
Rossiyaning bu o’lkalarni bosib olinishiga qadar ham O’rta Osiyo ibtidoiy davri
tarixidan darak beruvchi qiziqarli manbalar to’plana borgan. Bu manbalar turli
kasbdagi kishilar tomonidan to’plangan va hozir ham Sankt-Peterburg, Moskva,
Toshkent, Samarqand singari shaharlarning muzey zaxiralarida saqlanib kelinadi.
Ularning aksariyati o’rganilib chiqilgan ham, xullas, muzeylar manbalarning
guvohlik berishicha, XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta Osiyoning tosh asri haqida
dastlabki ma’lumotlar to’plana borgan. Masalan, A.A.Spitsinning ma’lumotiga
ko’ra, Qirg’izistonda 1850 yilning yozida qadimgi mozorlar tekshirilib ko’rilganda,
toshdan yasalgan 4 ta kamon o’qi topilgan. Shu yili S.I.Gulyaev qadimgi tog’
konlarida kuzatishlar olib borib, ibtidoiy kishilarning mehnat qurollarini topadi. U
10
shunday tosh bolg’alarning Qoraqalin o’lkasida ham topilganligi haqida xabar
beradi. Doktor A.Shrenko 1855 yili toshdan yasalgan bolg’alar topib, antropologiya
va
etnografiya muzeyiga topshirganligi haqida ma’lumot beradi. A.Gebel
topilmalari ham qiziqarlidir. U, 1864 yili (Hozirgi Fedcheshso bug’ozi) Mang’ishloq
yarim oroli hududidan bir necha tosh parahalari hamda o’zaklarini topgan va ularni
Peterburgdagi antropologiya etnografiya muzeyga sovg’a qilgan. Bu dalillar O’rta
Osiyo hududida ibtidoiy davrning boshdan kechirganlari haqidagi dastlabki
ma’lumotlar edi. Ammo, mutaxassis arxeologlarning yo’qligi hamda tekshirish
ishlarining hali yo’lga qo’shilmaganligi tufayli bu topilmalarga nisbatan ilmiy
tafsilotlar yaratilmagan, shuningdek, ayrim topilmalar esa kishilarning shaxsiy
kollektsiyalarida qolib ketgan, fan olamiga olib chiqilmagan. To’g’ri, to’garak
a’zolarining o’rtaga qo’ygan masalalari va mulohazalari dastlab topgan materiallari,
undan keyingi tadqiqotchilar uchun yordamchi ma’lumot bo’lib xizmat qildi.
O’tmish yodgorliklari haqida tafsilotlar yuritish, arxeologik va yozma manbalarni
solishtirib o’rganishga imkon berdi. Ayni vaqtda, hali to’garak a’zolarining
xulosalari munozarali va zamon sinoviga bardosh beraolmagan bo’lsada, xar holda
butun davr uchun, shubhasiz katta ahamiyatga ega edi. Ularning bu boshlagan ishlari
tatqiqodchilik fikrlarining rivojlanishiga turtki bo’ldi, unga ilmiy jamoat diqqatini
tortdi. Mashhur rus sharqshunosi V.V.Bartold to’garak ishlariga katta yordam
ko’rsatdi. Hammasi bo’lib o’lkada 15 ga yaqin ilmiy jamiyat ish olib borgan bo’lib,
shulardan tarix va arxeologiya jamiyati ham bor edi1. Ammo, shuni aytish zarurki
mustamlaka Turkiston sharoitida ilmiy jamiyatlarning faoliyati mahalliy aholi
o’rtasida yoyilmadi. Ilmiy tibiiyot jamiyatlari bundan bir qadar mustosnodir. To’g’ri,
ilmiy jamiyatlar huzurida faol o’lkashunoslar, mahalliy muxbirlar pavdo bo’ldi. Bu
borada rus tadqiqotchilari, kollektsionerlari va ilmiy jamiyatlarning ta’siri ostida
osori-atiqa havaskorlari qadimgi yodgorliklarni to’playdigan havaskorlar etishib
chiqdi. Bular orasida samarqandlik Mirzo Buxoriy, Mirzo Abdulloning nomlari
1 Lunin B.V.Nauchno’e obshestva Turkestana i ix progressivnaya deyatelnost, Tashkent, Nauka, 1962)
11
alohida ajralib turadi. Mirzo Buxoriy boy arxeologik-numizmatik kollektsiyalar
tuplashga erishgan va bularning bir qismi Ermitaj kollektsiyalariga kirgan. Ajoyib
san’atkor - xattot Mirzo Barot Mullo Qosimov Samarqand va uning atroflaridagi
ko’pdan-ko’p qadimgi zamon yodgorliklari suratini chizgan va to’plagan. U,
Ulug’bek madrasasining ham g’oyat aniq eskizini tayyorlagan edi. Mirzo Abdullo
Abduraxmon, A.L.Kunning Iskandarko’l ilmiy safarida qatnashib, qadimgi toshlarga
yozilgan xatlar qayd qilingan ma’lumotlarni to’plagan va uning yuritgan kundaligi
muhim arxeologik manba sanaladi. Turkiston o’lkasida tug’ilib o’sgan kishilardan
bir qanchasi foydali qazilmalar topish va ularni tavsiflash, qadimgi zamon
yodgorliklarini qidirib topish kabi ishlarda ishtirok etganlar.
XX asr boshlarida ham Turkistondagi ilmiy jamiyatlar, shu jumlaladan tarix,
arxeologiya havaskorlari ham aytarli ishlarni bajarishdilar.
1907 yilda bibliograf I.V.Dmitrovskiy rahbarligi ostida «Turkiston
to’plami»ni tuzish ishlari yangidan boshlandi. 1917 yilga qadar to’plam jildlariniig
soni 394 ga etkazilgan edi1. Hozir bu to’plam Alisher Navoiy nomli O’zbekiston
milliy kutubxonasida saqlanadi. 1952 yilda Moskvadagi Davlat xalq kutubxonasida
«Turkiston to’plami»ning yana 29 jildi topildi. Bu to’plamlarda O’rta Osiyo va unga
qo’shni bo’lgan Sharq mamlakatlarining tarixi, arxeologiyasi, etnografiyasi,
adabiyoti, iqtisodiyoti, madaniyat tarixi va boshqa masalalariga doir keng
ma’lumotlar taqdim qilingan.
1.2
Sovet davrida O’zbekistonda paleolit davriga tegishli tadqiqotlar
Faqat fashistlargina toza qondan yaralgan odamlar bo’lib, ularning kelib
chiqish joylari O’rta Osiyo bo’lgan deb da`vo qilib chiqdilar. Ularning kelib chiqish
joylarining O’rta Osiyo deb ko’rsatishlarini sababi, 1938 yilga qadar O’rta Osiyo
hududidan o’rat paleolit, ya`ni muste davrida yashagan neandertal odamlarini
1 www.arxiv.uz
12
makonlarini topilmagani edi. Aniqrog’i, O’rta Osiyodagi Rossiyaga qaram bo’lgan
respublikalarning birontasida ham arxeolog olimlarni umuman bo’lmaganligi
sababli, bu region mutlaqo o’rganilmagan edi. Shuning uchunham A.P.Okladnikov
tomonidan Teshiktosh g`orini, ya`ni neandertal odamlarini yashagan makonini
topilishi o’z vaqtida juda katta voqea bo’lib, yuqoridagi kabi g’ayri ilmiy
uydirmalarga barham berishga sabab bo’lgan. O’sha vaqtlarda ham arxeologiya
fanidan yaxshi tanilmagan, endigina aspiranturaning 2 kursida o’qiyotgan aspirant
A.P. Okladnikov davlat mukofotining sovrindori bo’lgan edi1.
Shuni aytish kerakki, o’tgan asrimizning 2 yarmidan boshlab, ayniqsa, uning
oxirgi choragida O’rta Osiyodagi respublikalarning milliy kadrlardan tashkil topgan
mutaxassislarni ilmiy izlanishlari natijasida O’rta Osiyo hududlarida 300 dan ortik,
o’rta polialitga, ya`ni muste davriga mansub neandertal odamlarni mehnat qurollari
va makonlari borligi aniqlandi. Bu borada O’zbekiston Respublikasida Arxeologiya
institutining tashkil topgani va unda mutaxassis arxeolog olimlarni jamlangani
tufayli, u bosh rolni o’ynadi. Faqat Toshkent vohasining o’zidagina 30 dan ortiq
muste yodgorliklari topildi va mukammal ravishda o’rganildi. Ammo, O’rta
Osiyodagi 300 dan ortiq muste yodgorliklari orasida Teshiktosh g`orida yashagan
neandertal odamlarning makoni o’zining kadimiyligi va arxeologik matyeriallarini
boyligi bilan hamon o’z hukmronligini davom ettirib kelmoqda. Haqiqatdan ham
Teshiktosh G`oridan topilgan arxeologik topilmalar hozirgacha juda katta
ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Faqat toshdan yasalgan mahnat qurollarining soni
339 ta bo’lib, ularning chiqindilari 3000 taga etadi.
Teshiktoshdan topilgan mehnat qurollarini aksariyati qirquvchi va
tarashlovchi vazifalarni bajarganlar. Bu mehnat qurollari orasida o’rta paleolitni
neandertal odamlariga xos bo’lgan rapydasimon nukleuslar (o’zaklar) bir nechta
nusxada bo’lib, o’larning diametri 10-15 sm bo’lgan. Bu kabi o’zaklardan neandertal
odamlari ot-boynik ( vazni 300 gr 0,5 kg bo’lgan qayroq toshlar) yordamida
1 “Selung`ur va obirahmat g`or makonlarining tariximizni o`rganishdagi o`rni” S:. 2012. 9-10-b.
13
uchburchaksimon uchirindilar uchirib olingan. Uchirib olingan uchirindilar o’tkir
qirralarga ega bo’lib, ulardan 9 tyerilarga ishlov byerish, yog’ochlarni kesish,
randalash kabi ishlarda foydalanganlar. Muste madaniyatiga ya`ni, neandertallarga
xos bo’lgan bo’lgan bunday mehnat qurollari Teshiktoshdan boshqa hech qayerda
hozirgacha bunchalik ko’p topilmagan. Teshiktoshda topilgan topilmalarning eng
qimmatlisi bu Teshiktosh neandertal odamining suyak qoldiqlaridir. Bular asosan,
kalla suyagi, elka va o’ng son suyagining parchalari, yo’g’on boldir suyagi va deyarli
saqlanib qolgan ikkala kichik boldir suyagi, diafizi hamda umurtqa pog’onasining
ba`zi bo’laklaridir. A.P.Okladnikov tomonidan topilgan va mukammal ravishda
o’rganilgan Teshiktosh yodg`orligini muhim axamiyatlaridan yana biri shundaki,
neandertal bolani ko’milgan qabrini o’rab, sanchilgan tog’ echkisi shoxlarining
topilganligi-dir. A.P.Okladnikovning xulosasiga ko’ra, ajdodlarimizda ko’mish
marosimini o’rta paleolit ya`ni, neandertallar zamoniga kelib paydo bo’lganini
tasdiqlaydi. Ko’mish marosimidan dalolat byeruvchi bu kabi yodgorliklar jahonning
boshqa joylarida ham topilgan bo’lsada, qabrlarni echki shoxlari bilan o’rab qo’yish
ya`ni, nimagadir ishonish, e`tiqod qilishni aks ettiradigan neandertallarga xos
yodgorliklar bizning O`zbekistonimizdan boshqa jahonning hech bir yerida
topilgani yo’q. Shuning uchun yer yuzida e`tiqod qilish, birinchi bo’lib bizning
ajdodlarimizda paydo bo’lgan desak bo’lavyeradi. Teshiktosh g`oridan topilgan
odamning suyak qoldiqlari antropologlarda o’z vaqtida juda katta qiziqish
uyg’otgan.
Antropolog xulosalariga ko’ra neandertal bolaning bosh suyagini hajmi 1490
3 sm bo’lib, uni qopqog’i pitekontrop va sinantropnikidan ancha balandroq bo’lgan.
(Debets 1940), (Gremyatsiy 1949). Teshiktosh G`orining neandertal odamining
suyak qoldiqlarini o’rganishga qiziqish antropologlar tomonidan 1970 yillarda ham
davom etdi. Taniqli antropolog olim akademik V.A. Alekseevni antropologiya
fanini keyingi yutuqlariga tayangan holda Teshiktosh odamini takroriy
o’rganipshing natijalari, bu neandertal odamini suyak qolddiqlari, ilgari aytilganidek
8 yashar o’g’il bolani suyak qoldiqlari bo’lmay balki, ayol 10 kishiniki bo’lib, uni
14
inson evolyutsiyasining neandertal vazifasiga mansub va Evropa yoki Old Osiyo
guruhiga kirishini ko’rsatdi. (Alekseev, 1973.) Yuqoridagi aytilgan fikrlarga xulosa
qilib, Shuni aytish joizki, yer sharida yashovchi barcha xalqlar o’zlarining tarixiy
taraqqiyot yo’llarida neandertal odamni bosqichini o’z boshidan kechirib o’tganlar.
Hech qanday oliy irq yoki past irq bo’lmagan.
Dunyoning ko’p joylarida bo’lgani kabi O`rta Osiyoda ham neandertal
yashaganlar. 1938 yilda A.P.Okladnikov tomonidan Teshiktosh odamini
topilishining buyuk ahamiyatlaridan yana biri shu bo’ldiki, O’rta Osiyoda
insoniyatning qadimdan, ya`ni 80-100 ming yillardan byeri yashab kelganliklarini
isbotlab byerdi. Ilgari bizga ma`lum bo’lmagan ajdodlarimizni o’rta paleolit
tarixining sahifalari har tomonlama dalilli ashyolarga suyanilgan holda yoritildi va
ilmiy jihatdan asoslab byerildi. Bunday holat nafaqat O’zbekiston, balki butun O’rta
Osiyo xalqlarining qalblarini faxr-iftixor va g’ururga to’ldirdi. Shunday bo’lishi
tabiiy edi.
Toshkent shahrining sharqiy-shimoli-sharqiy tomonidan 100 km uzoqlikda
joylashgan Bo’stonlik tumanining Burchmulla qishlog’i yaqinida topilgan Obi-
Rahmat paleolit davri manzilgohi A.R.Muhammadjonov tomonidan 1962 yilda
ochilgan
bo’lib,
uning
birlamchi
qazish
ishlari
M.M.Gyerasimov
va
X.K.Nasriddinovlar rahbarligida olib borilgan, 1964-1965 yillardan boshlab esa
mazkur faoliyatga R.H.Sulaymonov rahbarlik qilgan. 1998 yildan boshlab,
manzilgoh Uz FA Arxeologiya instituti hamda Rossiya FA Sibir bo’limining
Arxeologiya va etnografiya institutlari ko’shma ekspeditsiyasi tomonidan
akademiklar U.I.Islomov va A.P.Dyerevyankolar umumiy raxbarligida tadqiq etib
kelinmoqda. Markaziy Osiyoning tosh davri tarixiga tegishli bo’lgan joylari ichida,
ayniksa, uning o’rta paleolit davri oxiri va yukori palsolit davri boshiga taalluqli
yodgorliklari ichida Obi-Rahmat g`ori nosbligi bilan o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ko’p mstrli kalinlikdagi paleolit davrining madaniy qoldiklari hamda yukori
darajada boyitilgan yer katlamlarining mavjudligi kadimgi odamga xos moddiy
madaniyat taraqqiyoti doirasida kechgan evolyutsion o’zgarishlarni bir nscha o’n
15
mingyilliklar davomida kuzatish imkoniyagini yaratadi. Olib borilgan tadqiqot
ishlari natijasida g’orning stratigrafik ketma-ketligining davomiy bir jinsli ekanligi
tasdiqlandi, uning asosida esa so’nggi o’rta paleolit davrining plastiksimon
tsxnologiyasi bilan birgalikda uncha ko’p miqdorda bo’lmagan levalluaz
texnikasining korishmasi mavjudligi aniqlandi. Obi-Rahmat sdg`orligiga tegishli
bo’lgan ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyati uning barcha qatlamlarida
namoyon bo’lgan yuqori paleolit davriga taalluqli xarakteristikalarning ham
texnologik, ham tipologik darajada mavjudligi hisoblanadi. Davrlashtirishning rang-
barang absolyut metodlari ko’llanilishi 12 Obi-Rahmat kompleksining faoliyat olib
borgan davri xududlarini 60 minimum -40 minimum interval orasida belgilash
imkoniyatini yaratdi1. Shunday qilib, Obi-Rahmat yodg`orligining kelib chiqishi
yangi madaniyatning ilk shakllanish davrlariga borib taqaladi. 2003 yilning yoz
mavsumida yodgorlikning kariyb 60 minimum yoshga oid katlamida kadimgi
odamning suyak qoldiklari topildi. Buning natijasida o’tish davri industriyasini anik
belgilangan jismoniy odam tipi bilan solishtirish va bog’lash mumkin bo’ldi, Chunki
bugungi kunda dunyo mikyosida mazkur o’tish davriga xos bo’lgan kadimgi
odamga tegishli koldiklar borasida bir necha tarkoq ma`lumotlargina saqlangan
xolos2.
Shunday qilib, Obi-Rahmat yodg`orligida topilgan odam ko’rinishi neandertal
tipidagi odam va zamonaviy odamlar tashqi kiyofasining qorishma-aralashma tipini
namoyon kiladi. Obi-Raxmat odami qiyofasining ko’pchilik parametrlari esa
bugungi kundagi mavjud paleantropologik ma`lumotlar ichida o’xshashi yo`q va
takrorlanmas hisoblanadi. SHu bilan birga, bugungi kunda bunday o’ziga xoslik va
takrorlanmaslik, mavjud xususiyatlarning korishmaligi nimalar asosida vujudga
kelgani va nimalarga asoslanishini xam aniq izohlashning imkoniyati mavjud emas.
Mazkur holat, bir tomondan, zamonaviy kiyofadagi odamning mustaqil ravishda
1 “Selung`ur va obirahmat g`or makonlarining tariximizni o`rganishdagi o`rni” S:. 2012. 24-b.
2 “Selung`ur va obirahmat g`or makonlarining tariximizni o`rganishdagi o`rni” S:. 2012. 27-b.
16
multiregional shakllanganligini namoyon qilsa, ikkinchi tomondan, neandertal odam
bilan zamonaviy odam gibridlashuvining dalili topilganini namoyon etadi, Chunki
bugungi kungacha ilmda mana shunday metizatsiya jarayonining kelib chiqishi.
Obirahmat yodg`orligi atrofida olib borilgan arxeologik tadqikotlar mazkur xudud
tosh davrida ibtidoiy odamlar tomonidan faol ravishda o’zlashtirilganligini
ko’rsatdi. 2005 yildan Paltau daryosining yukori okimida ko’pkatlamli Dodakatim
paleolit davri yodg`orligi o’rganilmoqda. Mazkur yodgorlik O`zbekiston kadimgi
tarixining eng kam o’rganilgan davriga alokador bo’lib, yukori paleolitning o’rta
boskichiga tegishlidir.
Arxiologik kollektsiyaning dastlabki o’rganilishi natijalari, Shuningdek,
uning absolyut yoshini aniklash bo’yicha olingan natijalar (21-23 minimum)
Markaziy Osiyoda mikrolitik an`analar belgilanganidan ancha oldinrok paydo
bo’lganligini, Shuningdek, O’zbekiston xududida mezolit madaniyati shakllanishiga
doir ilk o’choqlarning mavjudligini ilmiy tasdiklaydi. Bu esa O`zbekiston hududida
eng kadimiy madaniyatlar genezisining regional o’chog’i mavjud bo’lganligini
ilmiy asoslash uchun imkoniyat yaratadi. Markaziy Osiyo hududida madaniyatlar
getsezesi jarayonini rekonstruktsiya kilish uchun Markaziy Osiyoning betakror
yodg`orligi bo’lgan Ko’lbulok manzilgoxini o’rganish juda katta ahamiyat kasb
etadi. Mazkur paleolit davri manzilgohi Chotqol tog’ tizmalarining janubi-sharkiy
pastligida Qizil-olma soyining kuyi oqimi chap soxilida, Angren shahri yakinida
joylashgan.
Yodgorlik 1962 yilda O.M.Rostovtsev tomonidan ochilgan. 1963 yildan 1993
yillargacha statsionar qazishma ishlari O’z FA Arxeologiya institutining Oxangaron
paleolit guruxi tomonidan olib borilgan. 2007 yilda UzFA AI, Rossiya FA SB AEI
hamda Belgiyaning San`at va tarix Qirollik muzeyining o’zaro hamkorligi asosida
Ko’lbulok manzilgoxini o’rganishda yangi izlanishlar davri boshlandi1. Yodgorlikni
ilmiy o’rganish ishlarining boshlanishi natijasida shimoli-g’arbiy Tyan-SHan
1 “O’zbekiston Arxeologiyasi”. S:. 2010. 17-b
17
xududlarida tosh davri ishlab chikarishi (industriyasi), ya`ni ashel davridan boshlab
to yukori paleolit davrigacha bo’lgan ishlab chikarish tarakkiyoti dinamikasi
jarayonlarini qayta shakllantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Bugungi
kungacha tadqiq etilayotgan tarixiy davr bo’yicha axborotlar etishmovchiligi, eng
avvalo, yodgorliklarning aniq statistik ma`lumotlar jarayoniga tortilmaganligi,
Shuningdek, arxeologik matyeriallarning sifatli nashr qilinmaganligida sezilar edi.
Ohangaron daryosi vodiysi, eng avvalo Ko’lbulok manzilgohida tashkil etilgan
yangi ish jarayonlari mana shu etishmovchiliklarni bartaraf etishga xizmat kildi.
Umuman olganda, Ko’lbulok manzilgohida olib borilgan dala ishlari jarayonida 19
m.dan iborat to’rtlamchi qatlamlari ochilgan bo’lib, qazishma ishlarining umumiy
xajmi 600 kv.m.ni tashkil kilgan. Yodgorlikning kuyi, ashel davriga oid qatlamlari
chegaralangan xajmda ochilgan (3 kv.m.). SHu bilan birga, qazishma ishlarini olib
borish jarayonida texnik sabablar (yerosti suvlarining chikishi) ga ko’ra, mavjud
madaniy katlamlarning barchasi o’tilmagan1.
Farg’ona vodiysidagi Selung`ur g`oridan topilgan manbaviy ashyolar 6 ham
Yo`qorida ta`kidlangan bebaho yodgorliklar jumlasidandir va bu yerda aniqlangan
Fyergantrop, ya`ni Farg’ona odami ahamiyati jihatidan ulardan qolishmaydi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo shu jumladan, O’zbekiston hududlari ham ibtidoiy odam
shakllangan va taraqqiy qilgan insoniyat beshiklaridan biridir. Yurtimiz ilk paleolit
davrining boshlaridanoq odamning eng qadimgi fizik tiplaridan bo’lgan xomo
yerektuslar tomonidan o’zlashtirilganligini 1,5 mln. yillar bilan sanalangan Farg’ona
vodiysidagi Selung`ur va 550 ming yillar bilan sanalangan Toshkent vohasidagi
Ko’lbuloqning quyi qatlamlari yorqin misol bo’la oladi. Selung`ur g`orining 3-
madaniy qatlamida oltita alohida tish (3 ta yo`qori qoziq tish va 3 ta pastki jag’ tish)
topilgan bo’lib, bu tishlar bir nechta turli jinsdagi individlarga mansub bo’lishi
mumkin. Shuningdek, Teshiktosh bolasiga Yaqinroq yosh bolaning o’ng elka suyagi
topilgan. A. A. Zubovning ta`kidlashicha, Selung’ir odami jag’ tishlarning
1 www.ziyo.net
18
morfologiyasi qator arxaik belgilarini saqlab qolgan, shu bilan birga evolyutsion
tarqqiyotda anchayin ilgarilab ketgan va zamonaviy odamga eltuvchi asosiy
magistraldan chetlashgan mavjudot ekanligini ko’rsatadi. Elka suyagi esa,
antropologlarning fikricha, Teshiktoshdagi bilan taqqoslanganda ancha arxaik
ko’rinishga ega. Shuningdek, Selung`urda ensa suyagining bo’lagi ham topilgan,
biroq uning ilmiy talqini nashr qilinmagan. 1980-yili Sazag’on 2 makonida 1,2 m
chuqurlikdagi madaniy qatlamdan 12-14 yoshlardagi bolaning qabri topildi. Qabr
toshlar bilan yotqizilgan bo’lib, uning Yaqinidan tosh va sopol buyumlar
aniqlangan. Marhum janubiy-sharqqa qaratilib, o’ng yonboshi bilan yuzi yerga
qaratib qo’yilgan. 1981 yilda bu qabrdan 10 m shimolroqda, o’sha chuqurlikda katta
yoshdagi yerkak kishining qabri topildi. Qabrning hajmi 180x100 sm. Marhumning
boshi janubiy- g’arbga qaratib qo’yilgan va bu joyda o’raning pastki qismi 160 sm
gacha kengayadi.
Ushbu kengaytirilgan qismining devori toshlar bilan tyerilgan. Bunday yirik
tosh tyerma yer sathidan 70-100 sm chuqurlikdan boshlab amalga oshirilgan.
Qabrning umumiy chuqurligi esa, 1,2 m. Qabr bosh qismining 50-70 sm
chuqurligida toshlar to’planiganligi aniqlangan. Qabr ustida tosh tyermasining
qoldiqlari borligi qayd etilgan. Marhum yuzi yerga qaratib, biroz bukilgan holatda
qo’yilgan. Qabrning ustki qatlamidan ko’mir va kul qoldiqlari, pastki qatlamidan
oxra va tosh buyumlar topilgan. Bosh chanog’ining antropologik xususiyatlari T. X.
Xodjaev tomonidan o’rganilgan. Suyaklar yaxshi saqlanmagan. Bosh chanog’i 35-
40 yoshlardagi yerkak kishiga tegishli bo’lgan. Uning ayrim xususiyatlari
(dolixokraniyasi, uzunchoq va nisbatan kichik yuzi) uni evropoid irqining janubiy
shakllariga xosligini ko’rsatadi. Bu topilma avvalambor, Janubiy Tojikiston va
Janubi-G’arbiy Turkmanistondagi matyeriallar bilan genetik jihatdan bog’liq. Bu
bosh chanog’i Kaltaminor madaniyatiga oid Tumekkichijik qabri bosh suyagidan
farq qiladi.
Sazag’on 2 dan tozalangan qabr qurilmasi yerlik aholining diniy tasavvurlari
haqida fikr yuritish imkonini byeradi. Bu yerdagi qabrning 0,8-1,5 m chuqurligidan
19
yirik ishlov byerilmagan toshlardan tyerilgan doira shaklidagi qurilma topilgan. 3
diametrdagi bu chuqurlikda doiraning ichidan qo’y yoki echkilarning suyak
qoldiqlari aniqlangan. O’raning janubiy-g’arbiy qismida, o’sha chuqurlikda qo’y
yoki echkining bosh va oyoq suyaklari topilgan. Ularning joylashuv xususiyatlari bu
joyda marosimlar uyushtirilganligi haqida guvohlik byeradi. O’rada mayda ko’mir
bo’laklari va oxra qoldiqlari ham bor. Ushbu madaniyatga oid dastlabki qabr, yoki
odam qoldiqlari 1972-yili SHimoliy Turkmanistonning SHohsanam qal`asi
Yaqinidan topilgan. U fanda Tumekkichijik qabri nomi bilan mashhurdir. Oradan
to’rt yil o’tgandan keyin 1976 -yilda Tolstov neolit makonini o’rganish jarayonida
yana ikkita neolit davri qabri borligini aniqlanadi. Ular Tolstov makoni uchinchi uyi
hamda Jonbos 4 makoni oralig’idagi taqirda joylashgan. Birinchi qabrning ustki
qismi deflyatsiya ta`sirida buzilgan va qum yuzasida chig’anoqdan ishlangan
munchoqlar va chaqmoqtosh buyumlar sochilib yotganligi kuzatilgan1.
Bu topilmalarning chuqurligi 10-12 sm. ni tashkil qiladi. Odam skletining
mayda bo’laklari, chaqmoqtosh buyumlar va chig’anoqlardan ishlangan
taqinchoqlar tartibsiz (140x180 sm) xolatda yotganligi aniqlandi. Suyaklarning
ayrim bo’laklarining joylashuvi marhumning egilgan holatda va shimol-sharq janub-
g’arb yo’nalishida ko’milganligi haqida taxmin qilish imkonini byeradi. Odam
suyaklari bilan birga yuzga Yaqin chig’anoq munchoqlar, tosh buyumlar va
chaplama sopol idishlar siniqlari topilgan. So’nggi paleolit davri yevropada bundan
35 ming yillar muqaddam, zamonaviy tipdagi odam, ya`ni xomo sapiens sapiensning
paydo bo’lishi bilan belgilanadi (orinyak yodgorliklari). O’zbekiston hududlarida
paleolitning so’nggi bosqichiga oid yodgorliklar ko’plab topilgan. Ammo, ularning
sanasi yo`qori paleolit davrining ikkinchi yarmi va oxirlari bilan belgilanadi. Mezolit
davriga oid paleoantrapologik topilmalar yurtimiz yodgorliklarida uchramagan.
Biroq neolit davriga oid Kaltaminor va Sazag’on madaniyati makonlaridan topilgan
qabrlardagi topilmalar evropoid irqiga mansub.
1 J.Kabirov, A.Sagdullayev – “O’rta Osiyo arxeologiyasi”. T:. “O’qituvchi”. 1990. 47-b.
20
Olingan barcha ma`lumotlar, ibtidoiy davrlarda O’zbekiston hududlarida
o’zining kelib chiqishiga ko’ra evropoid irqiga mansub odamlar yashaganligidan
dalolat byeradi. Bu masala ibtidoiy davr arxeologiyasining eng dolzarb, shu bilan
birga o’ta munozorali sohalaridan biridir. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi
yodg`orligimiz Farg’ona vodiysidagi Selung’ir g`ori qatlamlari Toshkentdagi kimyo
laboratoriyasida kaliy argon usuli bilan 1,5 mln. yillar bilan sanalangan. Biroq, bir
guruh xorijlik tadqiqotchilar hech qanday yetarlicha asossiz ravishda uning
qadimiyligiga shubha bilan qarashmoqdalar. Ularning fikricha, Selungo`rning
sanasi 250-300 ming yildan oshmaydi. Ular yoshartirilgan ushbu xronologiyaga
sabab qilib yodgorlik industriyasi tip-varaqalarining to’liq tasnifi ishlab
chiqilmaganligini
ko’rsatadilar.
Toshkentdagi
Ko’lbuloq
manzilgohining
qazishmasidagi 19 m chuqurlikkacha aniqlangan quyi 22 ta madaniy qatlamlari
shubhasiz ilk paleolit davriga oiddir. Biroq ushbu qatlamlardan olingan tosh
buyumlarning tip-varaqalari ishlab chiqilmagan hamda qatlamlari bo’yicha absolyut
sanalar amalga oshirilmagan. Bu matyeriallar taxminan 550 ming yillar bilan
belgilangan. Ammo, ularning geologik holati masalasida munozoralar mavjud.
Ko’lbuloqning quyi qatlamlari matyeriallari ilk paleolitga xosligi shubha
uyg’otmaydi.
Bundan tashqari faqat tipologik jihatdan ilk paleolit davri industriyalari
ko’rinishiga ega Chashma, So’x, Bo’kantog’, Orolbo’yi va boshqa yig’ma
matyeriallar
ham
aniqlangan.
O’rta
paleolit
davriga
oid
yurtimizdagi
yodgorliklarning katta qismi ochiq tipda bo’lib, pleystotsen davrining iqlim
sharoitlari ta`sirida madaniy qatlamlari aralashib ketgan va shu sababli muayyan
absolyut sanalash ishlarini amalga oshirishning iloji yo’q. Bunday komplekslar
faqatgina texnik-tipologik usullar yordamida nisbiy sanalanishi mumkin. Bunday
yodgorliklardan
Zarafshon
vodiysidagi
Qo’tirbuloq
manzilgohi
o’rta
pleystotsenning o’rtalari bilan davrlashtirilgan edi. Biroq 1990 -yilda yodgorlikning
madaniy g`orizontlaridan olingan uran uslubiga oid tahlillar uning sanasini 32 ming
yillar bilan belgiladi. Ushbu dalilga albatta, ishonish qiyin va bu Qo’tirbuloq
21
qatlamlarining aralashib ketganligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan tashqari,
qatlamlarning aralashib ketganligini to’plamda mayda tosh payraxalarning kamligi,
tosh buyumlarning tabiiy ta`sirlar tufayli emirilganligi va o’yib-kyertib ishlangan
qurollarning ko’pligi kabi ma`lumotlarham isbotlaydi. Shunga o’xshash
manzaralarni O’zbekistonning o’rta paleolitga oid boshqa ochiq tipdagi
manzilgohlarida ham kuzatish mumkin.
O’zbekistondagi o’rta paleolitga oid g’or manzilgohlari, nisbatan yaxshi
o’rganilgan bo’lishiga qaramasdan, ularning aksariyat qismida absolyut sanalash
ishlari amalga oshirilmagan, faqatgina geologik jihatdangina davrlashtirilgan.
Masalan, Teshiktosh g`ori qatlamlari o’rta pleystotsenga yoki bo’lmasa, o’rta
paleolit davriga oid, deb talqin qilingan. Ammo, o’rta paleolit davri yoki o’rta
pleystotsen geologik bosqichi bir necha o’n ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bu hol
tosh asri arxeologiya yodgorliklarini aniq davrlashtirishda, ibtidoiy tarixni yozishda
va talqin qilishda qator muammolarni keltirib chiqaradi. Toshkent viloyatidagi Obi
Raxmat g`ori nisbatan yaxshi o’rganilgan va uning qatlamlaridan bir nechta absolyut
sanalar olingan. Bu ma`lumotlar yodgorlikning eng qadimgi sanasi 87 ming yil bilan
quyi sanasi esa 36 ming yillar bilan davrlanadi.
22
2.1
O’rta Osiyoda arxeologiya fanining shakillanishi.
Eslasam universitetning tarix fakultetiga o‘qishga kelganimga 50 yil bo‘libdi.
Demak 1970 yili men Toshkentga kelganimda arxeologiya kafedrasi 30 yoshda
bo‘lgan tadqiqotlari keng ko‘lamda O‘zbekiston va qardosh Turkmaniston
respublikalarida olib borilayotgan davr ekan. Men kunduzi bo‘limga ballarim
yetmagani uchun o‘qishni kechkida boshlaganman. Bizga “Arxeologiya asoslari”
fanidan dos. I. Ahrorov dars o‘tgan edilar. Kechki bo‘lim talabalari Qashqadaryoga
bir oylik arxeologik amaliyotga olib borilmaydi, shuning uchun bunday baxtga
musharraf bo‘lmaganman. Armiya safida xizmatni tugatib qaytganimdan so‘ng men
III kurs kunduzgi bo‘lim rus guruhiga (o‘zbek guruhi bo‘lmagani uchun) o‘tib
o‘qishni davom ettirdim. Guruhimizda 35 ta talaba bo‘lsa, ulardan 13 kishi
arxeologiya kafedrasida ixtisoslashar edilar1.
Barchani sanab o‘tirmayman, ammo ulardan G.Bogomolov, K.Burxanov,
O.Papaxristular keyinchalik O‘zbekistonda, Qozog‘istondagi keng ko‘lamli
arxeologik qazishmalarda qatnashib ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Yodimda
V
kursda
o‘qiganimizda
paxtaga
9a
sovxozga
borganimizda
arxeolog
kursdoshlarimiz amaliyotlarini tugallaganlaridan so‘ng paxtaga kelgan edilar. Bir
narsa aniq yodimda, biz tarix fakultetida o‘qiy boshlaganimizda O‘zbekistonda
yashagan ilk odamlar yoshi o‘rta paleolit (Teshiktosh bolasi) bilan belgilanar edi.
Agar hozirda Vatanimizda ilk ajdodlarimiz 1mln yildan buyon yashayotgani ilm
ommasi tomonidan tan olingan bo‘lsa, qadim shaharlarimiz 2200, 2500-2700 yillik
yubileylarini o‘tkazayotgan, o‘tkazgan bo‘lsa bu tadbirlarda yurtimizning eng keksa
arxeologiya muassasi Ye.M.Masson asos solgan arxeologiya kafedrasining
bitiruvchilarining oddiy laborantdan tortib akademik, professorlargacha barcha -
1 “O‘rta osiyo arxeologiyasi” S.2019. 32-b.
23
barchalarini hissalari borligi shubhasiz. Men o‘qishni bitirib fakultetda ishda
qolganimdan so‘ng kafedramizda (Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi kafedrasida)
bugungi kunda taniqli olim O‘zFA akademigi A.S.Sagdullaev bilan birga 36
ishladik. Keyinchalik kafedraga etnografiya nomi ham qo‘shilgandan so‘ng,
arxeolog A.Kabirov va antropolog T.Q.Xodjayovlar bilan ishlashga to‘g‘ri keldi.
Bizning tarixchi talabalar uyushtirgan ilk etnografik ekspeditsiyalarimiz, aynan
A.Sagdullaev tarix fakulteti dekani bo‘lgan paytlarida tashkil etilgani ham
yodimda1. Tarix fakulteti so‘nggi 45 yilda 6 ta joyda faoliyat yuritgan bo‘lsa,
(kafedramiz xonalari doim arxeologiya kafedrasi) bilan yonma-yon bo‘lardi.
Shuning uchun 1977 yildan boshlab kafedra mudirlari bo‘lgan t.f.n., dos. Svetlana
Borisovna Lunina, t.f.n., dos. Zamira Ismoilovna Usmonova, kabinet mudiri Vatan
urushi qatnashchisi V.F. Yadikov, o‘qituvchilardan N.I. Krashenennikova, N.P.
Stolyarova, G.Ya. Dresvyanskayalarni, tengdoshlarimiz O.N. Lushpenkolarni doim
yodga olaman, eslayman. Ularning ayrimlari olamdan o‘tdi, lekin men 70-80 yillarni
nafaqat arxeologiya, balki etnologiya fanini ham yuksalgan davri bo‘lgan degan
fikrdaman. Ustozlar ajoyib, fidoyi insonlar, benazir ilm sohiblari, betakror
pedagoglar edilar. S.B. Lunina, G.B. Nikolskayalar barcha-barchani sizlab (“Vi”)
deb gapirganlari biz uchun saboq edi. Aynan ularni namunasida biz talabalarga
tengimiz sifatida munosabatda bo‘lishga, ularni bilimlarini yuksaltirishga, o‘zimizni
ustimizda doimo ishlashga o‘rganganmiz harakat qilamiz. Taqdir taqozosiga ko‘ra
A. Sagdullaev bilan uzoq yillar hamkorlikda ishlabgina qolmasdan, qo‘shni
yashadik, oilaviy yaqin bo‘ldik. Faqat ishda emas, ekspeditsiyalarda, paxta
kompaniyalarida birga bo‘lib, oilviy marosimlar, bayramlarni hamkorlikda
o‘tkazdik.
O‘tgan asrning 30-yillari o‘rtalarida O‘rta
Osiyo respublikalarida
arxeologiyani rivojlantirish, ekspeditsiyalarni tashkil etish va keng qamrovli dala
tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida malakali mutaxassislarni tayyorlash va
1 www.fati.uz
24
arxeologiya kafedrasini ochish masalasi ilgari surildi. Shu bois 1940 yili O‘rta Osiyo
davlat universitetining tarix fakultetida (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti) professor M.Ye.Masson tomonidan O‘rta Osiyo
arxeologiyasi kafedrasiga asos solinadi. Shu paytlarda u mintaqada yagona
arxeologiya kafedrasi bo‘lib, sobiq davlat miqyosida bunday kafedralar faqat
Moskva, Leningrad (Sankt-Peterburg) va Kiev universitetlarida mavjud bo‘lgan.
O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasida, son jihatdan nisbatan kam, turli yillarda har
bir kursda o‘rtacha 5-8 ta talaba ta’lim olgan. Arxeologiya uzoq o‘tmishga murojaat
etgan, o‘z xususiyatlariga ega fan sifatida, dala sharoitdagi ekspeditsiyalar, qazish
ishlari va mashaqqatli mehnat bilan uzviy bog‘langan.
Ehtimol, shu sabablar ixtisoslikni tanlab olishda talabalardan ko‘plarining
qiziqishlarini qoniqtirmagan. Talabalar tarkibiga ko‘ra O‘rta Osiyo arxeologiyasi
maktabi baynalminal bo‘lib, kafedrada turli millatlar vakillari, shuningdek, o‘tgan
asrning 80-yillarida xorijiy Osiyo hamda Afrika mamlakatlaridan yoshlar o‘qishgan.
Ularni ilmiy qiziqishlar, izlanish va kashfiyotlarga intilish birlashtirgan. Kafedrada
ixtisoslashgan ta’lim birinchi kursdan boshlangan. Biroq har o‘quv yili boshida
ma’ruzular sentabr oyining o‘rtalariga qadar davom etgan, keyin esa tarix fakulteti
talabalari va professor - o‘qituvchilari (boshqa fakultetlar va respublika
oliygohlarining vakillari singari) paxta yig‘im-terimiga jo‘nab ketishgan. Faqat II-V
kurslar arxeolog talabalarga avval bir oy mobaynida dala o‘quv arxeologiya
amaliyotini (60-70 yillarda Turkmanistondagi Ko‘hna Marv shahar xarobalarida)
o‘tkazishga ruxsat berilgan. Undan keyin ular ham paxta dalalarida “amaliyotni”
davom etishgan. Paxta terish mavsumi muddatining yakuni, odatda ko‘ra,
respublikada paxta tayyorlash majburiyatining bajarilishi kunlari bilan belgilangan
(misol tariqasida, 1983 yilda talabalar va o‘qituvchilar paxta yig‘im terimida 23
dekabrgacha kechikib qolishgan).
Bu jihatlarni hisobga olgan holda, o‘quv jarayonida auditoriyadan tashqari
mustaqil ta’lim, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash va bilim olish katta ahamiyatga ega
bo‘lgan. Shu paytlarda kitobning qadr-qimmati, kitob o‘qish zarurati yangidan
25
anglangan. O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasida umumiy arxeologiya, dala
tadqiqot usullari va to‘rtlamchi geologiya, antropologiya, epigrafika va paleografiya,
numizmatika, etnografiya, shaharlarning tarixiy topografiyasi, O‘rta Osiyoning
san’ati va me’morchiligi tarixi bo‘yicha maxsus kurslar ishlab chiqilgan.
Shuningdek, talabalar Samarqand va Buxoroda me’moriy - tanishib chiqish
amaliyotini o‘tishgan. Afsuski, hozirda shunday amaliyot olib borilmaydi. Arxeolog
kadrlarni tayyorlash jarayonida M.Ye.Masson rahbarligida 1946 yilda tashkil etilgan
Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va 1964 yilda asos
solingan Kesh arxeologiya-topografik ekspeditsiyasi tadqiqotlarida talabalar va
aspirantlarning ishtirok etishi katta ahamiyat kasb etgan1. Bugungi kunda
talabalarning dala arxeologik amaliyoti, yodgorliklar bilan tanishib chiqish,
cheklangan ekskursiya xususiyatga tobora aylanib bormoqda. Arxeologik qazish
ishlari uslublarini ko‘rgazma vositalar yordamida auditoriyalarda o‘rganish, bu
sohada bilimlar va ko‘nikmalarni amaliy jihatdan boyitishga xizmat qilmaydi.
Nazariy va amaliy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi, yaqin o‘tmish o‘quv jarayonining
eng muhim omili bo‘lib, tadqiqot ko‘nikmalarini belgilab bergan. O‘sha paytlarda
III kursdan boshlab, talabalar bitiruv (diplom) ishlarini yozish maqsadida,
arxeologik materiallarini yig‘ish, ularga ishlov berish va tahlil qilish borasida
dastlabki tadqiqotlarni amalga oshirishgan.
Shu bilan birga ushbu materiallarni talabalar ekspeditsiyalarda qazish ishlar
orqali o‘z mehnati bilan qo‘lga kiritishgan. O‘rganilgan yodgorliklar (manzilgohlar
va shahar xarobalari) hamda topilgan moddiy manbalarning xronologik doirasi (tosh
davridan so‘nggi o‘rta asrlarga qadar) turlicha bo‘lgan. Bu, o‘z navbatida, muayyan
davr arxeologiyasi va tarixi bo‘yicha kelgusi ixtisoslikni belgilab bergan. Kafedra
talabalarini o‘qitish jarayonida ilmiy bayon tilni bilishga katta e’tibor berilgan.
Arxeologik tushunchalar va atamalar asosida ilmiy tavsiflash va tushuntirish
qoidalarini o‘rganishga o‘quv seminarlardagi bahs-munozaralar, dala tadqiqotlar
1 A.Asqarov – “O’zbek xalqining etnogezi va etnologik tarixi”
26
hisobotlarini va kurs ishlarini yozish, gazetalar uchun maqolalarni yoritish yordam
bergan. Shuningdek, arxeologik ilmiy to‘garak yig‘ilishlari va talabalar
konferensiyalarida ma’ruzalar bilan chiqish, ma’ruza matnidagi gap ma’nosini ilmiy
jihatdan to‘g‘ri tuzilishiga ko‘maklashgan. Hozirda arxeologiya mavzulariga oid
ayrim maqolalar va kitoblarda xorijiy ilmiy adabiyotlardan olib o‘zlashtirilgan
atamalardan foydalanish holatlari ko‘payib bormoqda. Biroq ayniqsa o‘quv
qo‘llanmalar va darsliklarda hamda ilmiy ommabop adabiyotlarda bunday
atamalarga izoh bermasdan, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatish o‘quvchilar uchun
muammo yaratadi.
Arxeologiya kafedrasida, ehtimol, shunga o‘xshash holatlarining oldini olish,
tushunarli ilmiy tilga amal qilish tartibini o‘rgatish, bu maktabning arxeologiya oliy
ta’limi tizimidagi yorqin xususiyatlaridan biri bo‘lgan. Kafedra bitiruvchilari ilmiy
asarlar bilan bir qatorda ravon tilda yozilgan va keng kitobxonlarga mo‘ljallangan
ko‘p sonli ilmiy ommabop kitoblarni yaratishgan. O‘rta Osiyo arxeologiyasi
maktabida mashhur olimlar bilim olishgan. Ulardan ko‘plari dunyo miqyosidagi
olimlar - akademiklar (6 ta), fan doktorlari va nomzodlari, mintaqa qadimgi va o‘rta
asrlar tarixi va madaniyatini o‘rganishga hamda muzeyshunoslik va oliy ta’lim
tizimi rivojiga katta hissa qo‘shgan va o‘z ilmiy maktablarini yaratgan
tadqiqotchilardir. Kafedra bitiruvchilari O‘rta Osiyoda buyuk arxeologik
kashfiyotlarning mualliflari, ularning faoliyati natijasida mintaqa arxeologiyasining
turli yo‘nalishlari tubdan o‘zgarib, yangicha ilmiy qarashlar va yondashuvlar bilan
boyitilgan. Mazkur holat jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan. Kafedra
shogirdlarining Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘d, Ustrushona, Farg‘ona va
Chochdagi talaygina kashfiyotlar natijalari ko‘p sonli nashrlarda, shu jumladan,
dunyoning turli mamlakatlarida e’lon qilingan monografiyalar va ilmiy to‘plamlarda
hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z aksini topgan. Bu borada yorqin
namunalarni keltirish mumkin.
Ular orasida Janubiy Qozog‘iston, Toshkent vohasi va Janubiy Tojikistonda
paleolit davri makonlari, Kopetdog‘ etaklari va quyi Murg‘ob vohasida neolit,
27
eneolit, bronza va ilk temir davrlari yodgorliklarining tadqiq etilishini tilga olish
lozim. Shuningdek, neolit davriga oid Joytun madaniyati, bronza asri Oltintepa va
Gonur sivilizatsiyalariga mansub muhim arxeologik ma’lumotlari ilmiy muomalaga
kiritilgan. Kafedra bitiruvchilari bronza va ilk temir davriga oid Dashtli, Tillatepa
va Qutlug‘tepa (Shimoliy Afg‘oniston), Qizilcha 6, Qiziltepa, Talashkan va
Bandixon (Surxon vohasi), Daratepa, Sangirtepa va Uzunqir (Qashqadaryo vohasi)
hamda Zarafshon vohasida qadimgi ko‘chmanchilarning mozor qo‘rg‘onlari
(Xazara, Qalqonsoy) kabi hozirgi paytda arxeologiya fanida mashhur yodgorliklarni
kashf etishgan. M.Ye.Masson rahbarligida Niso va Ko‘hna Marv shahar
harobalarida ko‘p yillar mobaynida arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Shu
bilan birga antik va o‘rta asrlar davri Sug‘d, Choch va Iloq, Ustrushona va Baqtriya
- Toxariston shaharlari va qal’alarida (Yerqo‘rg‘on, Afrasiyob, Shoshtepa, Kanka,
Nurtepa, Dalvarzin, Termiz, Kampirtepa, Qo‘rg‘onzol, Uzundara va boshqalarida)
olib borilgan tadqiqotlarni qayd etish lozim. Shuningdek, kafedraning sobiq
talabalari tomonidan epigrafika va numizmatika, tasviriy san’at va me’morchilik
yodgorliklari hamda qadimiy tog‘ konlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Kafedra
bitiruvchilari
Turkmaniston,
Tojikiston
va
Qirg‘izistonda
arxeologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Ularning tadqiqotlari
natijasida Shahrisabz, Qarshi, Toshkent kabi tarixiy shaharlarning yoshi aniqdanib,
isbotlangan. Ushbu qisqacha ma’lumotlar kafedra shogirdlari tadqiqotlarining
asosiy yo‘nalishlari, ularning miqdor va sifat jihatlarini hamda amalga oshirilgan
ishlarning ulkan ilmiy ahamiyatini ochib berisholmaydi. Bu alohida maxsus tadqiqot
mavzusidir. O‘rta Osiyo arxeologiyasi maktabining sobiq o‘quvchilari hozirgi
paytda Markaziy Osiyoda hamda Moskva va Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlari
akademiyasining Arxeologiya instituti, Davlat Sharq muzeyi va Davlat Ermitajining
yetakchi ilmiy xodimlari, shuningdek, ular Dog‘iston va Xakasiya, Ozarbayjon,
Gresiya va G yermaniyada tadqiqotlarni olib borishmoqda. Kafedra talablari
arxeologiya ixtisosligi bilan birga umumtarixiy bilimlarga ega bo‘lishgan. Shu bois
bitiruvchilardan tarix fanining boshqa sohalarini rivojlantirishda yirik olimlar
28
yetishib chiqqan. Shu yo‘nalishda etnologiya, O‘zbekistonning XX asr tarixi va
tarixshunosligi, Qo‘qon xonligi tarixi va O‘rta Osiyoning XVII-XIX asrlar
diplomatik munosabatlari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarni qayd etish
mumkin. Bugungi kunda kafedra bitiruvchilari, tanilgan olimlar va tajribali
professor-o‘qituvchilar O‘zFA Arxeologiya Milliy markazi, San’atshunoslik
instituti, Tarix instituti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda respublikaning
universitetlari va viloyatlar muzeylarida ilmiy-tadqiqotlar, pedagogika-tarbiyaviy
faoliyat va tarixiy-madaniy merosni targ‘iboti sohalarida samarali ishlarni amalga
oshirishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda arxeolog
mutaxassislar va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash akademik Ya.G‘.G‘ulomov
ilmiy maktabida yo‘lga qo‘yilgan. Arxeologiya maktabi Nukusda ham shakllangan.
Uning rivojlanishiga Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi rahbari S.P.Tolstov katta
hissa qo‘shgan1.
Arxeolog kadrlarni tayyorlash Samarqand davlat universitetida amalga
oshirilmokda. Ushbu ishlarni D.N.Lev va M.D.Jo‘raqulovlar boshlab berishgan. Bir
qator O‘zbekiston qadimshunoslari sobiq Leningrad Arxeologiya instituti bo‘limi va
Novosibirskdagi Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi aspiranturasida o‘qishgan.
O‘zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida bu ilmiy maktablar vakillarining
xizmati kattadir. Ularning arxeologik tadqiqotlari tufayli dunyo ahamiyatiga ega
bo‘lgan moddiy madaniyat yodgorliklari va qadimiy sivilizatsiyalar markazlari
kashf etildi. O‘tgan asrning 90-yillari - XXI asr boshlarida universitetlar
talabalarining dala arxeologik amaliyoti, o‘quv-tadqiqot jarayonining hal qiluvchi
bosh omillaridan biri sifatida o‘z ahamiyatini bosqichma-bosqich yo‘qotib quydi2.
Bu holat arxeolog mutaxassislar, shu jumladan, ulardan yuqori malakali kadrlarni
tayyorlashda zamonaviy muammolarning kelib chiqishiga asosiy sabab bo‘ldi.
Aksincha, bu davrda xalqaro ilmiy hamkorlik, xorijiy arxeologlar bilan qo‘shma
ekspeditsiyalar tashkil etish sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
1 A.Egamberdiyeva – “Arxeologiya” T:. 2011. 12-13-b.
2 Z.Ibragimov – “Markaziy Osiyo arxeologiyasi”
29
Bunday hamkorlik yangi ekspeditsiyalarni moliyalashtirish, xorijda malaka
oshirish,
birgalikda
maqolalar
chop
etish
va
ilmiy
konferensiyalarni
tashkillashtirishga xizmat qiladi. Biroq Avstraliya va Yaponiya, Polsha, Chexiya va
boshqa mamlakatlardan dastlab O‘zbekistonga kelgan arxeologlar, boshdan
mahalliy arxeologiya an’analari va maktablarning saboqlarini bilib olish va amaliyot
orttirishni maqsad qilib qo‘yishgan. Shu bois O‘zbekistonda ixtisoslashgan oliy
arxeologiya maktablarining an’analarini yangi asoslarda rivojlantirish - dolzarb
vazifa, negaki bugungi kunda jahon miqyosidagi arxeologiya tarixiy-madaniy
merosni o‘rganish, targ‘ib qilish va saqlab qolish sohalariga ulkan hissa qo‘shib,
yosh avlodning barqaror madaniy rivojlanishiga ko‘maklashadi. Arxeologik
amaliyot paytida, quyi kurslar talabalari qazish ishlar maydonchalarida yuqori
kurslar talabalarining yordamchilari bo‘lishgan. Ularning vazifalari topilmalarni
ro‘yxatga olish va dastlabki ta’riflash, sopol parchalariga shifr qo‘yish kabi ishlardan
iborat bo‘lgan. Katta kurslar vakillari kazish ishlar maydonchalari rahbarlari sifatida
har kungi qazish tadqiqotlarining natijalarini dala kundalik daftarlarida yoritib,
chizma ishlarni amalga oshirishgan. U yoki bu qazish ob’ektidan topilgan
materiallardan talabalar kurs va bitiruv ishlarini yozish chog‘ida foydalanishgan.
Qadimiy turar joylar va turli binolar qoldiqlarini qazib ochish paytida madaniy
qatlamning ketma-ketligi xususiyati, uning tuzilishi - stratigrafik tadqiqotlar
yordamida arxeologik yodgorlikning davriy rivojlanishi haqida aniq va ilmiy
asoslangan tasavvurlarga ega bo‘lishi mumkin.
Madaniy qatlam qurilishlar qoldiqlari, arxeologik ashyolar va tuproq
qatlamlardan iborat bo‘ladi. Bu qatlamlar u yoki bu yodgorliklarda shurf va keng
ko‘lamdagi qazish ishlari orqali o‘rganiladi. “Shurf” so‘zi “qazish” degan ma’noni
bildiradi. Shurf solish deyilganda, yodgorlikdagi dastlabki qazish ishlari tushuniladi.
Shurf orqali madaniy qatlam aniqlanib o‘rganiladi va yodgorlik haqida umumiy
ma’lumotlar qo‘lga kiritiladi. Shurf to‘g‘ri to‘rtburchak (3x2 m) yoki kvadrat (3x3
m) shakllarida qazish bo‘lib, uning chuqurligi madaniy qatlamning qalinligi bilan
belgilanadi. O‘rta Osiyoda ilk arxeologik ishlar boshlangan davrida (XIX asrning