SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI. OTNI O‘RGATISH TIZIMI.OTNING LEKSIK VA GRAMMATIK MA’NOSI USTIDA ISHLASH. OTLARDA SON HAQIDA TUSHUNCHANI O‘RGANISH METODIKASI

Yuklangan vaqt

2024-10-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

38

Faytl hajmi

52,0 KB


 
 
 
 
 
 
SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI. 
OTNI O‘RGATISH TIZIMI.OTNING LEKSIK VA GRAMMATIK 
MA’NOSI USTIDA ISHLASH. OTLARDA SON HAQIDA TUSHUNCHANI 
O‘RGANISH METODIKASI 
 
 
Reja 
1. So`z turkumlari haqida umumiy tushuncha.  
2. Boshang`ich sinflarda so`z turkumi bo`yicha chegaralangan grammatik 
bilimlar.  
3. Otni o`rganishda izchillik, otlarda son bilan tanishtirish. 
 
Tayanch so`zlar va iboralar  
So`z turkumlari, og`zaki va yozma nutq, ot, sifat, son, fe‘l, grammatik 
tushuncha, otlarda son. 
 
 
Birinchi sinfda: ―Fonetika- bo`limidan tovush va harf unli, undosh harflar, 
tutuq belgisi, bo`g`in, bo`g`in ko`chirish; ―Leksikologiya- dan so`z ma`nosi; 
―Morfologiya- dan ism bildirgan so`zlar, harakat bildirgan so`zlar, so`roq bildirgan 
so`zlar; ―Sintaksis- dan nutq va gap, undov, so`roq, darak gaplar; imlo va tinish 
belgilar o`rganishi mo`ljallangan.  
Ikkinchi sinfda: birinchi sinfda o`rganilayotgan grammatik bilimlar 
takrorlanadi. Shu bilan birga, yozma ish turlaridan ko`chirib yozish, lug`at diktanti, 
izohli, rasmlar yuzasidan erkin ijodiy ishlar, nazorat diktanti, ta`limiy bayon va 
insholar; nazorat diktanti uchun birinchi yarim yillikda 30-35 so`zli; ikkinchi yarim 
yillikda 40-45 so`zli matn; so`roq gapli reja asosida ta`limiy bayon yozishlari 
belgilangan. O`quv yili oxirida minutiga 30-35 so`zni o`qishi kerak.
SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI. OTNI O‘RGATISH TIZIMI.OTNING LEKSIK VA GRAMMATIK MA’NOSI USTIDA ISHLASH. OTLARDA SON HAQIDA TUSHUNCHANI O‘RGANISH METODIKASI Reja 1. So`z turkumlari haqida umumiy tushuncha. 2. Boshang`ich sinflarda so`z turkumi bo`yicha chegaralangan grammatik bilimlar. 3. Otni o`rganishda izchillik, otlarda son bilan tanishtirish. Tayanch so`zlar va iboralar So`z turkumlari, og`zaki va yozma nutq, ot, sifat, son, fe‘l, grammatik tushuncha, otlarda son. Birinchi sinfda: ―Fonetika- bo`limidan tovush va harf unli, undosh harflar, tutuq belgisi, bo`g`in, bo`g`in ko`chirish; ―Leksikologiya- dan so`z ma`nosi; ―Morfologiya- dan ism bildirgan so`zlar, harakat bildirgan so`zlar, so`roq bildirgan so`zlar; ―Sintaksis- dan nutq va gap, undov, so`roq, darak gaplar; imlo va tinish belgilar o`rganishi mo`ljallangan. Ikkinchi sinfda: birinchi sinfda o`rganilayotgan grammatik bilimlar takrorlanadi. Shu bilan birga, yozma ish turlaridan ko`chirib yozish, lug`at diktanti, izohli, rasmlar yuzasidan erkin ijodiy ishlar, nazorat diktanti, ta`limiy bayon va insholar; nazorat diktanti uchun birinchi yarim yillikda 30-35 so`zli; ikkinchi yarim yillikda 40-45 so`zli matn; so`roq gapli reja asosida ta`limiy bayon yozishlari belgilangan. O`quv yili oxirida minutiga 30-35 so`zni o`qishi kerak.
 
 
Uchinchi sinfda: so`z yasovchi, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar, o`zak, 
o`zakdosh so`zlar; ot, otlarning birlik va ko`pligi, ot yasovchi qo`shimchlar; sifatni 
ma`nosi, so`roqlari, sifatning otdan oldin, keyin kelishi, sifat yasovchi 
qo`shimchalar; fe`l, fe`lning ma`nosi, so`rog`i, bo`lishli, ma`noli fe`llar; son, 
sonning ma`nosi, ta`rifi, so`roqlari, sanoq sonlar, tartib sonlar, yozilishi qiyin 
bo`lgan 85 so`z imlosini o`rganishlari kerak.  
To`rtinchi sinifda: gap so`z birikmasi, nutq, matn, so`z tarkibi, otlarning egalik 
va kelishiklar bilan qo`llanilishi, sifatning ma`no turliri; rang-tus, mazasi, xajmi, 
xususiyatlari; son, olmosh, kishilik olmashlari, ularning turlanishi; fe`l, fe`lllarda 
shaxs-son, fe`l zamonlari, qo`shma fe`llar; bog`lovchi, gapning uyushiq bo`laklari, 
undalma kabi grammatik bilimlar o`rganiladi.  
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, xodisalarning 
muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarga nisbatan juda 
muhimligi bilan farqlanadi. Grammatik tushunchani boshqacha qilib aytganda 
grammatik tushunchalar umumlashtigarlarini yana umumlashtirilgani hisoblanadi.  
Grammatik tushunchani o`zlashtirish uchun mavhum tafakkurni rivojlantirishi 
zarur. Mavhum fikrlash dars jarayonida turli mashqlar ishlash jarayonida hosil 
qilinadi. Psixologlar fikriga ko`ra mavhum tafakkur tahlil, sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, tadqiqot qilish orqali, ya`ni mavzuni amaliy bilish hisobiga yuzaga 
chiqadi. Masalan, fe`l predmetning harakatini bildiradi degan ta`rifga ko`ra o`quvchi 
to`g`ridan-to`g`ri yurish, bir joydan ikkinchi joyga siljishini tushunadilar, chunki bu 
qoida so`zning lesik ma`nosiga to`g`ri keladi. Ammo uxlamoq, o`ylamoq, o`smoq, 
ko`karmoq so`zlariga harakat boshlang`ich sinf o`quvchisiga o`ta muhimlik qiladi. 
O`qitishning psixologik, pedogogik ko`rsatmalarisga ko`ra bu sinf o`quvchilariga 
yotmoq, kasal bo`lmoq, uxlamoq, o`smoq kabi fe`llarni berishga ertalik qiladi.  
Tushunchani 
shakllantirish 
uchun 
o`quvchilarda 
ob`yektlashtirilgan 
ko`nikmasini o`stirish, ularni diqqatini so`zning aniq leksik ma`nosidani grammatik 
ma`nosiga qaratish hisobga olinishi darkor.  
O`quvchilarda so`z turkumlarini bilish ko`nikmasi ularning belgilari 
yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi 
so`zlarining qaysi so`z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o`quvchisi 
quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so`z narsani bildiryapti, ko`plikda
Uchinchi sinfda: so`z yasovchi, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar, o`zak, o`zakdosh so`zlar; ot, otlarning birlik va ko`pligi, ot yasovchi qo`shimchlar; sifatni ma`nosi, so`roqlari, sifatning otdan oldin, keyin kelishi, sifat yasovchi qo`shimchalar; fe`l, fe`lning ma`nosi, so`rog`i, bo`lishli, ma`noli fe`llar; son, sonning ma`nosi, ta`rifi, so`roqlari, sanoq sonlar, tartib sonlar, yozilishi qiyin bo`lgan 85 so`z imlosini o`rganishlari kerak. To`rtinchi sinifda: gap so`z birikmasi, nutq, matn, so`z tarkibi, otlarning egalik va kelishiklar bilan qo`llanilishi, sifatning ma`no turliri; rang-tus, mazasi, xajmi, xususiyatlari; son, olmosh, kishilik olmashlari, ularning turlanishi; fe`l, fe`lllarda shaxs-son, fe`l zamonlari, qo`shma fe`llar; bog`lovchi, gapning uyushiq bo`laklari, undalma kabi grammatik bilimlar o`rganiladi. Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, xodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarga nisbatan juda muhimligi bilan farqlanadi. Grammatik tushunchani boshqacha qilib aytganda grammatik tushunchalar umumlashtigarlarini yana umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchani o`zlashtirish uchun mavhum tafakkurni rivojlantirishi zarur. Mavhum fikrlash dars jarayonida turli mashqlar ishlash jarayonida hosil qilinadi. Psixologlar fikriga ko`ra mavhum tafakkur tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tadqiqot qilish orqali, ya`ni mavzuni amaliy bilish hisobiga yuzaga chiqadi. Masalan, fe`l predmetning harakatini bildiradi degan ta`rifga ko`ra o`quvchi to`g`ridan-to`g`ri yurish, bir joydan ikkinchi joyga siljishini tushunadilar, chunki bu qoida so`zning lesik ma`nosiga to`g`ri keladi. Ammo uxlamoq, o`ylamoq, o`smoq, ko`karmoq so`zlariga harakat boshlang`ich sinf o`quvchisiga o`ta muhimlik qiladi. O`qitishning psixologik, pedogogik ko`rsatmalarisga ko`ra bu sinf o`quvchilariga yotmoq, kasal bo`lmoq, uxlamoq, o`smoq kabi fe`llarni berishga ertalik qiladi. Tushunchani shakllantirish uchun o`quvchilarda ob`yektlashtirilgan ko`nikmasini o`stirish, ularni diqqatini so`zning aniq leksik ma`nosidani grammatik ma`nosiga qaratish hisobga olinishi darkor. O`quvchilarda so`z turkumlarini bilish ko`nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so`zlarining qaysi so`z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o`quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so`z narsani bildiryapti, ko`plikda
 
 
qo`llanadi – gullar, bu ot; guldor so`zi qanday? so`rog‘iga javob bo`lyapti, 
narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so`zi nima qildi? so`rog‘iga javob 
bo`lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo`lishsiz shaklda qo`llanadi – gullamadi, 
bu – fe‘l.  
Boshlang`ich sinflar dasturi o`quvchilarni so`z turkumlari mustaqil va 
yordamchi so`z turkumlariga bo`linishi bilan maxsus tanishtirishni ko`zda tutmaydi, 
ammo o`qituvchi bolalarni so`z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. 
Masalan, o`quvchilar mustaqil so`z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe‘lning gap 
bo`lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo`lagi bo`lmasligini biladilar.  
Aksariyat hollarda bir grammatik ma‘no faqat bir grammatik turkumga xos 
so’zlardagina yuzaga keladi. Buning asoaiy sababi ko’p so’zlar talaffuzda 
theirphonetic formasini o’zgartirishi ( ya‘ni talaffuz etilganda turli yo’llar bilan 
o’zgarishlarga uchrashi) mumkin.Nutqda bunday tovush o’zgarishlari so’z,ibora 
yoki jumla ichida ham sodir bo’lishi ham mumkin1.  
So`z turkumlarini o`rganishdagi asosiy vazifa o`quvchilarning og`zakiva yozma 
nutqini o`stirish, lug`atini yangi ot, sifat, son, fe‘llar bilan boyitish, o`quvchilar shu 
vaqtgacha foydalanib kelayotgan so`zlarning ma‘nosini aniq tushunishiga erishish, 
bog`lanishli nutqda u yoki bu so`zdan o`rinli foydalanish malakasini o`stirish 
hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so`z turkumlarini 
o`rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam 
ish olib boriladi, o`quvchilar ko`p ma‘noli so`zlar, ularning o`z va ko`chma ma‘noda 
ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta`limni o`quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, 
bevosita ko`rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog`lash 
muhim ahamiyatga ega.  
O`quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko`nikmalarini shakllantirish, 
atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o`stirish 
vazifasi ham amalga oshiriladi.  
―Ot- mavzusini o`rganish tizimi maqsadga yo`naltirilgan jarayon bo`lib, bunda 
shu so`z turkumining umumlashtirilgan ma‘nosi va grammatik belgilari aniq 
                                                 
1 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW 
SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011. p. 111
qo`llanadi – gullar, bu ot; guldor so`zi qanday? so`rog‘iga javob bo`lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so`zi nima qildi? so`rog‘iga javob bo`lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo`lishsiz shaklda qo`llanadi – gullamadi, bu – fe‘l. Boshlang`ich sinflar dasturi o`quvchilarni so`z turkumlari mustaqil va yordamchi so`z turkumlariga bo`linishi bilan maxsus tanishtirishni ko`zda tutmaydi, ammo o`qituvchi bolalarni so`z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o`quvchilar mustaqil so`z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe‘lning gap bo`lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo`lagi bo`lmasligini biladilar. Aksariyat hollarda bir grammatik ma‘no faqat bir grammatik turkumga xos so’zlardagina yuzaga keladi. Buning asoaiy sababi ko’p so’zlar talaffuzda theirphonetic formasini o’zgartirishi ( ya‘ni talaffuz etilganda turli yo’llar bilan o’zgarishlarga uchrashi) mumkin.Nutqda bunday tovush o’zgarishlari so’z,ibora yoki jumla ichida ham sodir bo’lishi ham mumkin1. So`z turkumlarini o`rganishdagi asosiy vazifa o`quvchilarning og`zakiva yozma nutqini o`stirish, lug`atini yangi ot, sifat, son, fe‘llar bilan boyitish, o`quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so`zlarning ma‘nosini aniq tushunishiga erishish, bog`lanishli nutqda u yoki bu so`zdan o`rinli foydalanish malakasini o`stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so`z turkumlarini o`rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o`quvchilar ko`p ma‘noli so`zlar, ularning o`z va ko`chma ma‘noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta`limni o`quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita ko`rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog`lash muhim ahamiyatga ega. O`quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko`nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o`stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. ―Ot- mavzusini o`rganish tizimi maqsadga yo`naltirilgan jarayon bo`lib, bunda shu so`z turkumining umumlashtirilgan ma‘nosi va grammatik belgilari aniq 1 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011. p. 111
 
 
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o`rganiladi, shuningdek, 
otdan nutqda to`g`ri foydalanish va to`g`ri yozish malakasini shakllantirish 
maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.  
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o`rganish vazifalari, 
o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material 
hajmi, ularni o`rganish izchilligi belgilangan.  
Boshlang`ich sinflarda otni o`rganish vazifalari quyidagilar:  
1) ―ot- haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;  
2) kim? so`rog‘iga javob bo`lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so`rog‘iga 
javob bo`lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash 
ko`nikmasini hosil qilish;  
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo`yilgan nomlar 
va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko`nikmasini shakllantirish;  
4) otlarda son (otning birlik va ko`plikda qo`llanishi) bilan tanishtirish;  
5) otlarni egalik qo`shimchalari bilan to`g`ri qo`llash ko`nikmasini 
shakllantirish;  
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo`shimchalarining yozilishi 
haqida malaka hosil qilish;  
7) o`quvchilar lug`atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o`rinli 
foydalanish malakasini o`stirish;  
8) so`zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.  
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o`zaro bog‘liq holda 
hal etiladi. SHu bilan birga, ―Ot- mavzusini o`rganishning muayyan bosqichida 
bajarish lozim bo`lgan bir vazifani hal qilishga ko`proq ahamiyat beriladi. Masalan, 
I-II sinflarda so`z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so`roqlari) 
o`rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko`plikda qo`llanishini 
o`zlashtirishga ahamiyat beriladi. IV sinfda otning egalik qo`shimchalari bilan 
qo`llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo`shimchalarining yozilishini 
o`rganishga e‘tibor qaratiladi. O`quvchilarning nutqi va tafakkurini o`stirish vazifasi 
esa mavzuni o`rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni 
o`rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o`quvchilar lug`atini
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o`rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to`g`ri foydalanish va to`g`ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o`rganish vazifalari, o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o`rganish izchilligi belgilangan. Boshlang`ich sinflarda otni o`rganish vazifalari quyidagilar: 1) ―ot- haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; 2) kim? so`rog‘iga javob bo`lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so`rog‘iga javob bo`lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko`nikmasini hosil qilish; 3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo`yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko`nikmasini shakllantirish; 4) otlarda son (otning birlik va ko`plikda qo`llanishi) bilan tanishtirish; 5) otlarni egalik qo`shimchalari bilan to`g`ri qo`llash ko`nikmasini shakllantirish; 6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish; 7) o`quvchilar lug`atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o`rinli foydalanish malakasini o`stirish; 8) so`zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o`zaro bog‘liq holda hal etiladi. SHu bilan birga, ―Ot- mavzusini o`rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo`lgan bir vazifani hal qilishga ko`proq ahamiyat beriladi. Masalan, I-II sinflarda so`z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so`roqlari) o`rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko`plikda qo`llanishini o`zlashtirishga ahamiyat beriladi. IV sinfda otning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo`shimchalarining yozilishini o`rganishga e‘tibor qaratiladi. O`quvchilarning nutqi va tafakkurini o`stirish vazifasi esa mavzuni o`rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o`rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o`quvchilar lug`atini
 
 
boyitishga, bog`lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga 
qaratiladi.  
So`z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma‘nolari va grammatik belgilari bilan 
ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma‘nosi shaxs va narsani ifodalash 
hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid 
narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog‘), o`simliklar (paxta, beda, gul), voqealar 
(yig‘in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo`ron, yomg‘ir, momaqaldiroq), belgi-
xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o`rin 
va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.  
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko`plikda qo`llanadi, egalik 
qo`shimchalari bilan o`zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko`proq ega, 
to`ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, 
son, olmosh, fe‘l bilan birika oladi.  
Otning ma‘nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham 
ot haqidagi bilim o`quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta 
shakllantira boriladi.  
Otni o`rganishda izchillik. Otni o`rganishga tayyorlov bosqichi savod 
o`rgatish davriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda o`quvchilar shaxs-narsalarni va 
ularning nomi bo`lgan so`zlarni farqlashga o`rganadilar, so`zning leksik ma‘nosiga 
e‘tibor ko`proq qaratiladi, ma‘nolarini hisobga olgan holda so`zlar (qushlar, meva va 
sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko`nikmasi 
shakllantiriladi. So`zlarni leksik ma‘nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni 
taqqoslash, o`xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko`nikmasini o`stiradi. 
Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o`quvchilar so`znnng 
aniq ma‘nosini yetarli bilmaydilar, so`zning leksik ma‘nosini bilish bilan birgalikda 
uning grammatik belgilarini ham o`zlashtirish zarur.  
Keyingi bosqichda otning leksik ma‘nolari va grammatik belgilari ustida 
maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so`rog‘iga javob bo`lishi, shaxs, narsani 
bildirishi tushuntiriladi). O`quvchilar kim? so`rog‘iga javob bo`lgan so`zlarni nima? 
so`rog‘iga javob bo`lgan otlardan farqlashga o`rganadilar. Bu bosqichda ular 
so`zlarni so`roq berish bilan farqlashni o`rganadilar, o`quvchilarda mavhum
boyitishga, bog`lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga qaratiladi. So`z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma‘nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma‘nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog‘), o`simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo`ron, yomg‘ir, momaqaldiroq), belgi- xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o`rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko`plikda qo`llanadi, egalik qo`shimchalari bilan o`zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko`proq ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe‘l bilan birika oladi. Otning ma‘nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o`quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Otni o`rganishda izchillik. Otni o`rganishga tayyorlov bosqichi savod o`rgatish davriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda o`quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo`lgan so`zlarni farqlashga o`rganadilar, so`zning leksik ma‘nosiga e‘tibor ko`proq qaratiladi, ma‘nolarini hisobga olgan holda so`zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko`nikmasi shakllantiriladi. So`zlarni leksik ma‘nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o`xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko`nikmasini o`stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o`quvchilar so`znnng aniq ma‘nosini yetarli bilmaydilar, so`zning leksik ma‘nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o`zlashtirish zarur. Keyingi bosqichda otning leksik ma‘nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so`rog‘iga javob bo`lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O`quvchilar kim? so`rog‘iga javob bo`lgan so`zlarni nima? so`rog‘iga javob bo`lgan otlardan farqlashga o`rganadilar. Bu bosqichda ular so`zlarni so`roq berish bilan farqlashni o`rganadilar, o`quvchilarda mavhum
 
 
grammatik tafakkur o`sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish 
ko`nikmasi shakllana boradi.  
II sinfda otlarning leksik ma‘nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi 
bilim chuqurlashtiriladi.  
―Ot- tushunchasini shakllantirish uchun shu so`z turkumiga kiradigan otlarni 
asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo`lgan belgilarni, ularning 
nutqimizdagi o`rnini ko`rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni 
o`rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan 
so`zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o`simliklar va hayvonlarni, tabiat 
hodisalarini, voqealarni bildiradigan so`zlar guruhlarga ajratiladi. SHu so`zlarning 
hammasi uchun umumiy bo`lgan belgilar aniqlanadi: bu so`zlar shaxs, narsalarni 
bildirib kim? yoki nima? so`rog‘iga javob bo`ladi.  
Dasturga ko`ra, boshlang`ich sinf o`quvchilarini sifat va boshqa so`z 
turkumlaridan yasalgan mavhum ma‘nodagi (yaxshilik, go`zallik, ishonch, sevinch, 
o`kinch, qo`rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo 
matnda uchrasa va o`quvchilar qiziqib so`rasalar, otning bolalar o`rgangan belgilari 
asosida (nima? so`rog‘iga javob bo`lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) 
tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko`rsatish uchun 
o`qituvchi o`qish kitobidan matn tanlab, o`quvchilarga matndagi otlarni topishni, 
so`ngra matnni shu so`zlarsiz o`qishni topshiradi. O`quvchilar matndagi otlarni 
tushirib qoldirib o`qiganda, matn mazmunini tushunib bo`lmasligini anglaydilar. 
Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o`rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu 
so`zlarsiz bir-birimizga o`z fikrimizni tushuntira olmaymiz.  
Otlarda son bilan tanishtirish. 3-sinfda ―Otlarda son-, ya‘ni otlarning birlik 
va ko`plikda qo`llanishi ustida ishlash jarayonida o`quvchilarda: 1) birlik va 
ko`plikda qo`llangan otlarning ma‘nosi va qo`shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi 
otdan ko`plik shaklidagi va, aksincha, ko`plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil 
qilish, 3) gapda so`zlarning bog`lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda 
to`g`ri foydalana olish ko`nikmalari shakllantiriladi.  
Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishi taqqoslash usulidan foydalanib 
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan 
otlar taqqoslanadi: daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar kabi. Suhbat
grammatik tafakkur o`sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko`nikmasi shakllana boradi. II sinfda otlarning leksik ma‘nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi. ―Ot- tushunchasini shakllantirish uchun shu so`z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo`lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o`rnini ko`rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni o`rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so`zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o`simliklar va hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so`zlar guruhlarga ajratiladi. SHu so`zlarning hammasi uchun umumiy bo`lgan belgilar aniqlanadi: bu so`zlar shaxs, narsalarni bildirib kim? yoki nima? so`rog‘iga javob bo`ladi. Dasturga ko`ra, boshlang`ich sinf o`quvchilarini sifat va boshqa so`z turkumlaridan yasalgan mavhum ma‘nodagi (yaxshilik, go`zallik, ishonch, sevinch, o`kinch, qo`rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o`quvchilar qiziqib so`rasalar, otning bolalar o`rgangan belgilari asosida (nima? so`rog‘iga javob bo`lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko`rsatish uchun o`qituvchi o`qish kitobidan matn tanlab, o`quvchilarga matndagi otlarni topishni, so`ngra matnni shu so`zlarsiz o`qishni topshiradi. O`quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o`qiganda, matn mazmunini tushunib bo`lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o`rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so`zlarsiz bir-birimizga o`z fikrimizni tushuntira olmaymiz. Otlarda son bilan tanishtirish. 3-sinfda ―Otlarda son-, ya‘ni otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishi ustida ishlash jarayonida o`quvchilarda: 1) birlik va ko`plikda qo`llangan otlarning ma‘nosi va qo`shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan ko`plik shaklidagi va, aksincha, ko`plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so`zlarning bog`lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to`g`ri foydalana olish ko`nikmalari shakllantiriladi. Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar kabi. Suhbat
 
 
asosida daftar so`zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so`zi nechta (ikki va undan 
ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so`zlar bilan ham shunday ishlanadi. 
Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni 
bildirsa, birlikda qo`llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, 
ko`plikda qo`llanadi. Ko`plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga –lar 
qo`shimchasi qo`shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so`rog‘iga, ko`plikdagi 
otlar esa kimlar? yoki nimalar? so`rog‘iga javob bo`ladi.  
Bu sinf o`quvchilariga faqat birlikda qo`llanadigan otlar, birlik shaklida 
qo`llangan armiya, qo`shin, xalq kabi otlar ko`plik ma‘nosini bildirishi, bunday 
otlarga ko`plik qo`shimchasi qo`shilganda anglatadigan ma‘nosi maxsus 
tushuntirilmaydi. Agar o`quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda 
tushuntirish mumkin.  
Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishini kuzatish aslida so`z shakli ustida 
ishlashning boshlang`ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o`quvchilar otlarni ko`plik 
qo`shimchasi bilan o`zgartirish, ya‘ni otga shakl yasovchi qo`shimcha qo`shish bilan 
so`zning leksik ma‘nosi o`zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.  
 
Bu mavzu boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu 
mavzu o`rganilgunga qadar, o`quvchilar ―shaxs- tushunchasi bilan hali 
tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o`rganmagan bo`ladilar. O`quvchilarga 
egalik qo`shimchasi shaxs, narsa birlik va ko`plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli 
ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. SHularni hisobga olib, o`quvchilarni otlarda 
egalik qo`shimchalari bilan tanishtirishda o`qituvchi ishni sarlavhadagi ―egalik- 
so`zining leksik ma‘nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: ―egalik- 
ega bo`lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma‘nolarini bildiradi, demak, egalik 
qo`shimchasi deganda biror narsaga ega bo`lishni, shu narsa tegishli, shu 
narsaning egasi ekaninn bildiradigan qo`shimchalar tushuniladi. Otlar egalik 
qo`shimchalari bilan qo`llanadi. Otga qo`shilgan egalik qo`shimchasi shu ot 
ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini 
bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o`qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening 
kitobing ham qiziqarlimi? Ra‘noning kitobi ham qiziqarli edi.
asosida daftar so`zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so`zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so`zlar bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo`llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko`plikda qo`llanadi. Ko`plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga –lar qo`shimchasi qo`shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so`rog‘iga, ko`plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so`rog‘iga javob bo`ladi. Bu sinf o`quvchilariga faqat birlikda qo`llanadigan otlar, birlik shaklida qo`llangan armiya, qo`shin, xalq kabi otlar ko`plik ma‘nosini bildirishi, bunday otlarga ko`plik qo`shimchasi qo`shilganda anglatadigan ma‘nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o`quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin. Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishini kuzatish aslida so`z shakli ustida ishlashning boshlang`ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o`quvchilar otlarni ko`plik qo`shimchasi bilan o`zgartirish, ya‘ni otga shakl yasovchi qo`shimcha qo`shish bilan so`zning leksik ma‘nosi o`zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar. Bu mavzu boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o`rganilgunga qadar, o`quvchilar ―shaxs- tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o`rganmagan bo`ladilar. O`quvchilarga egalik qo`shimchasi shaxs, narsa birlik va ko`plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. SHularni hisobga olib, o`quvchilarni otlarda egalik qo`shimchalari bilan tanishtirishda o`qituvchi ishni sarlavhadagi ―egalik- so`zining leksik ma‘nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: ―egalik- ega bo`lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma‘nolarini bildiradi, demak, egalik qo`shimchasi deganda biror narsaga ega bo`lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekaninn bildiradigan qo`shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo`shimchalari bilan qo`llanadi. Otga qo`shilgan egalik qo`shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o`qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra‘noning kitobi ham qiziqarli edi.
 
 
Kitobim, kitobing, kitobi so`zlari so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi va 
o`quvchilar kitob – o`zak, -im, -ing, -i qo`shimcha ekanini aniqlaydilar. O`qituvchi 
kitob va kitobim so`zlarini taqqoslashni –im qo`shimchasining ma‘nosi haqida o`ylab 
ko`rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o`quvchilar qo`shimchaning 
ma‘nosi haqiida fikr yuritadilar, ammo kitobim so`zining ma‘nosiga (mening kitobim 
– kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. 
O`qituvchi qisqa tushuntiradi:  
– Tilda uchta shaxs mavjud:  
I shaxs – so`zlovchi  
II shaxs – tinglovchi  
III shaxs – o`zga  
Hozir men sizga so`zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so`zlovchi, 
hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga 
qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o`zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko`plik 
sonda qo`llanishini bilasiz. Ma‘lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan 
ortiq shaxsga tegishli bo`lishi mumkin. Mana shu ma‘nolarni, ya‘ni biror shaxs va 
narsaning birlik yoki ko`plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga 
qo`shilgan egalik qo`shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so`ziga qo`shilgan -
im qo`shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya‘ni kitobniig egasi I shaxs 
ekanini bildiradi (-ing, -i qo`shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz 
so`zidagi -imiz qo`shimchasi kitob so`zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko`p shaxsga 
(ko`p so`zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo`shimchalari ham shunday 
tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo`shilgan mana shunday 
qo`shimchalar egalik qo`shimchalari deyiladi. Egalik qo`shimchalari tegishlilik, 
egalik ma‘nosini bildiradi.  
Egalik qo`shimchalari otlarga ikki variantda qo`shiladi. Akam va kitobim, akang 
va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar 
so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi, qo`shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida 
xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -
si egalik qo`shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -
imiz, -ingiz, -i egalik qo`shimchalari qo`shiladi. SHundan so`ng o`quvchilar ―Ona 
tili- darsligidagi qoidani o`rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.
Kitobim, kitobing, kitobi so`zlari so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi va o`quvchilar kitob – o`zak, -im, -ing, -i qo`shimcha ekanini aniqlaydilar. O`qituvchi kitob va kitobim so`zlarini taqqoslashni –im qo`shimchasining ma‘nosi haqida o`ylab ko`rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o`quvchilar qo`shimchaning ma‘nosi haqiida fikr yuritadilar, ammo kitobim so`zining ma‘nosiga (mening kitobim – kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O`qituvchi qisqa tushuntiradi: – Tilda uchta shaxs mavjud: I shaxs – so`zlovchi II shaxs – tinglovchi III shaxs – o`zga Hozir men sizga so`zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so`zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o`zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko`plik sonda qo`llanishini bilasiz. Ma‘lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo`lishi mumkin. Mana shu ma‘nolarni, ya‘ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko`plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo`shilgan egalik qo`shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so`ziga qo`shilgan - im qo`shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya‘ni kitobniig egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo`shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz so`zidagi -imiz qo`shimchasi kitob so`zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko`p shaxsga (ko`p so`zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo`shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo`shilgan mana shunday qo`shimchalar egalik qo`shimchalari deyiladi. Egalik qo`shimchalari tegishlilik, egalik ma‘nosini bildiradi. Egalik qo`shimchalari otlarga ikki variantda qo`shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi, qo`shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, - si egalik qo`shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, - imiz, -ingiz, -i egalik qo`shimchalari qo`shiladi. SHundan so`ng o`quvchilar ―Ona tili- darsligidagi qoidani o`rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.
 
 
O`quvchilarga egalik qo`shimchalari haqidagi ko`nikmani shakllantirish uchun 
matndan egalik qo`shimchasi bilan qo`llangan otni topish, uni tarkibiga ko`ra tahlil 
qilib, egalik qo`shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib 
qoldirilgan egalik qo`shimchasini qo`shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga 
qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.  
Egalik qo`shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar 
bilan turlanishini o`rganish jarayonida egalik qo`shimchasi bilan qo`llangan ot 
qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), 
kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o`rganish jarayonida esa egalik 
qo`shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan 
bog`lanib, so`z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.  
Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik 
otlarning gapda boshqa so`zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni 
o`rgatishda o`quvchilarning gapda so`zlarning bog`lanishini bilishlari nazarda 
tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o`quvchilar gapda ma‘no va grammatik 
tomondan bog`langan so`zlarni (so`z birikmalarini) ajratishga o`rganganlaridan 
so`ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so`zlarning bog`lanishi ustida 
ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o`quvchi ot gapda qaysi so`z bilan 
bog`langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so`zlar bilan bog`langanda 
qo`shimchalar bilan o`zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o`quvchilar 
1-sinfdayoq, so`z shakllarining o`zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so`z 
shakli nimaligini hali bilmaydilar. O`quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so`z 
o`zgartuvchi) qo`shimchalar bilan tanishadilar, bu qo`shimchalar gapda so`zlarni 
bog`lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.  
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik 
shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozishga 
o`rgatish hisoblanadi.  
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o`rganiladi:  
1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;  
2) ko`plikdagi otlarning turlanishini o`rgatish;  
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o`rganish va u bilan bog‘liq holda 
kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqida ko`nikma hosil qilish.
O`quvchilarga egalik qo`shimchalari haqidagi ko`nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo`shimchasi bilan qo`llangan otni topish, uni tarkibiga ko`ra tahlil qilib, egalik qo`shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo`shimchasini qo`shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi. Egalik qo`shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o`rganish jarayonida egalik qo`shimchasi bilan qo`llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o`rganish jarayonida esa egalik qo`shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog`lanib, so`z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi. Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so`zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o`rgatishda o`quvchilarning gapda so`zlarning bog`lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o`quvchilar gapda ma‘no va grammatik tomondan bog`langan so`zlarni (so`z birikmalarini) ajratishga o`rganganlaridan so`ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so`zlarning bog`lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o`quvchi ot gapda qaysi so`z bilan bog`langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so`zlar bilan bog`langanda qo`shimchalar bilan o`zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o`quvchilar 1-sinfdayoq, so`z shakllarining o`zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so`z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O`quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so`z o`zgartuvchi) qo`shimchalar bilan tanishadilar, bu qo`shimchalar gapda so`zlarni bog`lash uchun xizmat qilishini tushunadilar. 4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozishga o`rgatish hisoblanadi. Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o`rganiladi: 1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish; 2) ko`plikdagi otlarning turlanishini o`rgatish; 3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o`rganish va u bilan bog‘liq holda kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqida ko`nikma hosil qilish.
 
 
Otlarning kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi – turlanish haqida tushuncha 
berish bilan o`quvchilarga kelishik qo`shimchalari gapda so`zlarni bog`lash uchun 
xizmat qilishi, o`zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so`roqlari, qo`shimchalari 
va joylashish tartibi tushuntiriladi.  
O`quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni 
tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so`z 
birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so`zlar bilan shakl 
yasovchi qo`shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog`lanishini kuzatadilar, 
bu qo`shimchalar kelishik qo`shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo`shimchalari 
bilan o`zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning 
joylashish tartibi, so`roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq 
qo`shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh 
kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali 
bo`lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi.  
O`quvchilar o`zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o`zlashtirishda 
foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. 
Bajarilgan ish yozib boriladi: o`quvchilar avval gapda ot bog`langan so`zdan shu 
otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so`roqqa qarab kelishikni 
aniqlaydilar. Masalan, o`qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). Ular buni 
yaxshi o`zlashtirganlaridan so`ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.  
Ko`plikdagi otlarnnng turlanishini o`rganishda nutqda ko`plikdagi otlardan 
to`g`ri foydalanish ko`nikmasini takomillashtirish maqsadi ko`zda tutiladi. 
O`quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so`rog‘ini va bitta shaxs, 
narsani bildirishni aytadilar, (nima? – kitob, kim? – o`quvchi); o`qituvchi agar shu 
ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so`roqqa javob bo`lishini, 
qaysi kelishikni bildirishini so`raydi, ular qinalmay javob beradilar (nimalar? – 
kitoblar, kimlar? – o`quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko`plikdagi otlar bosh 
kelishikda nimalar? yoki kimlar? so`rog‘iga javob bo`ladi. O`quvchilar otlarning 
kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko`plikda turlaydilar va 
ko`plik qo`shimchasi doim kelishik qo`shimchasidan oldin qo`shilishini, so`roqlarini 
bilib oladilar.
Otlarning kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi – turlanish haqida tushuncha berish bilan o`quvchilarga kelishik qo`shimchalari gapda so`zlarni bog`lash uchun xizmat qilishi, o`zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so`roqlari, qo`shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. O`quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so`z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so`zlar bilan shakl yasovchi qo`shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog`lanishini kuzatadilar, bu qo`shimchalar kelishik qo`shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so`roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo`shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo`lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi. O`quvchilar o`zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o`zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o`quvchilar avval gapda ot bog`langan so`zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so`roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o`qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o`zlashtirganlaridan so`ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi. Ko`plikdagi otlarnnng turlanishini o`rganishda nutqda ko`plikdagi otlardan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini takomillashtirish maqsadi ko`zda tutiladi. O`quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so`rog‘ini va bitta shaxs, narsani bildirishni aytadilar, (nima? – kitob, kim? – o`quvchi); o`qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so`roqqa javob bo`lishini, qaysi kelishikni bildirishini so`raydi, ular qinalmay javob beradilar (nimalar? – kitoblar, kimlar? – o`quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko`plikdagi otlar bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so`rog‘iga javob bo`ladi. O`quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko`plikda turlaydilar va ko`plik qo`shimchasi doim kelishik qo`shimchasidan oldin qo`shilishini, so`roqlarini bilib oladilar.
 
 
Har bir kelishikni alohida o`rganishnipg vazifasi kelishikni o`rganish bilan 
bog‘liq holda kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish 
va o`quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga 
erishish hisoblanadi.  
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so`roqlardan foydalaniladi. Buning uchun 
o`quvchilar, birinchidan, so`roqni otning yakka o`ziga emas, balki gapda ot ma‘no 
tomondan bog`langan so`zdan shu otga berishni o`rganishlari, ikkinchidan, 
kelishiklarning so`roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o`zlashtirishda 
gapning asosini aniqlagach, gapda o`zaro bog`langan so`zlarni (so`z birikmalarini) 
belgilash, ot bog`langan so`zni topish, so`roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, 
birlik yoki ko`plikda qo`llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga 
muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni kinoga taklif qildi. Gap Alisher haqida aytilgan. 
(Kim?) Alisher – ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) – taklif qildi – 
kesim; taklif qildi (kimni?) – Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi 
(nimaga? yoki qaerga?) – kinoga (ot, jo`nalish kelishigida, birlik).  
Kelishiklarning xususiyatlarini o`rganishga qulaylik yaratish uchun har bir 
kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o`rganish maqsadga muvofiq:  
1. Kelishikning grammatik ma‘nosi.  
2. So`roqlari.  
3. Qo`shimchasi.  
4. Gapdagi vazifasi.  
Kelishiklarni shu tarzda o`rganish ularni o`zaro taqqoslashni yengillashtiradi va 
ongli o`zlashtirishni ta‘minlaydi.  
Bir kelishik o`zining muhim belgilari (ma‘nosi, so`rog‘i, qo`shimchasi, 
sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi 
otdan ongli foydalanish va kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish uchun 
o`quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o`zlashtirishi talab etiladi, 
shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o`zlashtirib, bir kelishikni 
ikkinchisidan farqlash ko`nikmasini shakllantirishga katta o`rin beriladi.  
Bosh kelishikning xususnyatlarini o`rganish bilan otning kelishik qo`shimchasi 
yo`q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so`zni o`ziga tobe 
qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so`roqlariga javob bo`lishi, gapda ega
Har bir kelishikni alohida o`rganishnipg vazifasi kelishikni o`rganish bilan bog‘liq holda kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish va o`quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi. Kelishiklarni bilib olish maqsadida so`roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o`quvchilar, birinchidan, so`roqni otning yakka o`ziga emas, balki gapda ot ma‘no tomondan bog`langan so`zdan shu otga berishni o`rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so`roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o`zlashtirishda gapning asosini aniqlagach, gapda o`zaro bog`langan so`zlarni (so`z birikmalarini) belgilash, ot bog`langan so`zni topish, so`roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, birlik yoki ko`plikda qo`llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni kinoga taklif qildi. Gap Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher – ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) – taklif qildi – kesim; taklif qildi (kimni?) – Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki qaerga?) – kinoga (ot, jo`nalish kelishigida, birlik). Kelishiklarning xususiyatlarini o`rganishga qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o`rganish maqsadga muvofiq: 1. Kelishikning grammatik ma‘nosi. 2. So`roqlari. 3. Qo`shimchasi. 4. Gapdagi vazifasi. Kelishiklarni shu tarzda o`rganish ularni o`zaro taqqoslashni yengillashtiradi va ongli o`zlashtirishni ta‘minlaydi. Bir kelishik o`zining muhim belgilari (ma‘nosi, so`rog‘i, qo`shimchasi, sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi otdan ongli foydalanish va kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish uchun o`quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o`zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o`zlashtirib, bir kelishikni ikkinchisidan farqlash ko`nikmasini shakllantirishga katta o`rin beriladi. Bosh kelishikning xususnyatlarini o`rganish bilan otning kelishik qo`shimchasi yo`q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so`zni o`ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so`roqlariga javob bo`lishi, gapda ega
 
 
vazifasida kelishi haqida o`quvchilarda ko`nikma hosil qilinadi; lug`atlarda otlar 
bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba‘zan egalik 
qo`shimchasi olib qo`llanishi bilan tanishtiriladi.  
O`quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir 
qo`shimcha o`rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini 
o`rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o`quvchilarda kelishiklardan 
to`g`ri foydalanish ko`nikmasini hosil qilish maqsadi ko`zda tutiladi. Bu maqsadga 
erishish uchun bu ikki kelishikning ma‘nosi, so`roqlari, qo`shimchasi va gapdagi 
vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.  
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma‘nosini bildirib, gapda 
boshqa otga bog`lanadi, u bog`langan ot egalik qo`shimchasi bilan qo`llanadi 
(o`quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba‘zan 
qaerning? so`roqlariga javob bo`ladi; 3) -ning qo`shimchasi bilan qo`llanadi; 4) 
gapda ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi.  
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o`ziga olgan shaxs, narsa 
ma‘nosini bildiradi, gapda doim fe‘lga bog`lanadi (vazifani bajardim, kitobni o`qidi 
kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni? ba‘zan qaerni? so`roqlariga javob bo`ladi; 3) -ni 
qo`shimchasi bilan qo`llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo`lak vazifasini bajaradi.  
O`quvchilarning bu ikki kelishik qo`shimchasidan nutqda to`g`ri foydalanish va 
ularni to`g`ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish uchun gapda otning qaysi 
so`z bilan bog`langanini aniqlash, so`roqlar o`rniga gapning mazmuniga mos so`zni 
kelishik bilan turlab qo`yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo`shimchalaridan mosini 
qo`yib ko`chirish, tanlab ko`chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish 
diktantlaridan ko`proq foydalaniladi.  
Boshlangich sinflar dasturiga ko`ra, o`quvchilarni qaratqich va tushum 
kelishigida otning belgisiz qo`llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi.  
O`quvchilar jo`nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, jo`nalish 
kelishigi qo`shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz undosh tovush 
bilan tugagan so`zlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ga qo`shilganda talaffuzda 
-ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi sinfga, ishga, SHavkatga kabi so`zlarni 
tovush-harf tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b) o`quvchilar ―Mehnat 
yetkazar har tilakka- kabi gapni o`qib, tilak so`zining o`zgarishini kuzatadilar;
vazifasida kelishi haqida o`quvchilarda ko`nikma hosil qilinadi; lug`atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba‘zan egalik qo`shimchasi olib qo`llanishi bilan tanishtiriladi. O`quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar, bir qo`shimcha o`rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklarning xususiyatlarini o`rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o`quvchilarda kelishiklardan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini hosil qilish maqsadi ko`zda tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun bu ikki kelishikning ma‘nosi, so`roqlari, qo`shimchasi va gapdagi vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi. Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma‘nosini bildirib, gapda boshqa otga bog`lanadi, u bog`langan ot egalik qo`shimchasi bilan qo`llanadi (o`quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba‘zan qaerning? so`roqlariga javob bo`ladi; 3) -ning qo`shimchasi bilan qo`llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi. Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o`ziga olgan shaxs, narsa ma‘nosini bildiradi, gapda doim fe‘lga bog`lanadi (vazifani bajardim, kitobni o`qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni? ba‘zan qaerni? so`roqlariga javob bo`ladi; 3) -ni qo`shimchasi bilan qo`llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo`lak vazifasini bajaradi. O`quvchilarning bu ikki kelishik qo`shimchasidan nutqda to`g`ri foydalanish va ularni to`g`ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish uchun gapda otning qaysi so`z bilan bog`langanini aniqlash, so`roqlar o`rniga gapning mazmuniga mos so`zni kelishik bilan turlab qo`yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo`shimchalaridan mosini qo`yib ko`chirish, tanlab ko`chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish diktantlaridan ko`proq foydalaniladi. Boshlangich sinflar dasturiga ko`ra, o`quvchilarni qaratqich va tushum kelishigida otning belgisiz qo`llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi. O`quvchilar jo`nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, jo`nalish kelishigi qo`shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so`zlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ga qo`shilganda talaffuzda -ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi sinfga, ishga, SHavkatga kabi so`zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b) o`quvchilar ―Mehnat yetkazar har tilakka- kabi gapni o`qib, tilak so`zining o`zgarishini kuzatadilar;
 
 
gapdagi tilakka bog`langan so`zni topadilar va shu so`zdan otga so`roq beradilar 
(etkazar (nimaga?) tilakka); bu jo`nalish kelishigining so`rog‘i ekanini aytadilar; 
tilakka so`zi so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi va tilak – o`zak, -ka qo`shimcha ekani 
aniqlanadi; so`ng uni tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, o`zakning oxiri -k undoshi 
bilan tugagani, qo`shimcha ham k undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli 
bilan xulosa chiqariladi: jo`nalish kelishigi qo`shimchasi oxiri k undoshi bilan 
tugagan otlarga -ka shaklida qo`shiladi. ―Baliq qarmoqqa ilindi- gapidagi 
qarmoqqa so`zi ustida ham yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o`qituvchi 
rahbarligida o`quvchilarning o`zlari chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan 
otlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -qa shaklida qo`shiladi.  
O`quvchilar o`rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, kelishik 
qo`shimchasi -da ning -ta bo`lib eshitilsa ham -da shaklida yozilishi tushuntiriladi. 
Ba‘zi o`quvchilar o`rin-payt kelishigi o`rniga jo`nalish kelishigi qo`shimchasini 
ishlatib, xatoga yo`l qo`yadilar. Bunday xatoning oldini olish uchun o`quvchilar 
bilan fe‘ldan jo`nalish va o`rin-payt kelishigida qo`llangan otga so`roq berib, so`z 
birikmasini topishni ko`proq mashq qilish va kelishiklarning so`rog‘i va ma‘nosiga 
qarab farqlashga o`rgatiladi. Masalan, bordi (qaerga?) – maktabga, bo`ldi (qaerda?) 
– maktabda; oldim (kimga?) – ukamga, ko`rdim (kimda?) – ukamda.  
O`quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja asosida 
tanishtirilib, ularga kelishik qo`shimchasining yozilishi tushuntiriladi.  
Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini 
ta‘minlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq mashq, tanlash, mashq 
materialini asta murakkablashtirib borish bilan o`quvchilarning mustaqqlligini 
oshirish, ikkinchidan, imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va 
o`quvchilarning nutqini o`stirish bilan bog`lab o`rgatishdir.  
Shunday qilib, boshlang`ich sinflarda ot yaxlit holda o`rganiladi va uni 
o`rganish o`quvchilar shu so`z turkumining belgilarini, vazifasini o`zlashtirishiga, 
shuningdek, ularda kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish ko`nikmasini 
shakllantirishga qaratiladi.  
 
Savol va topshiriqlar:
gapdagi tilakka bog`langan so`zni topadilar va shu so`zdan otga so`roq beradilar (etkazar (nimaga?) tilakka); bu jo`nalish kelishigining so`rog‘i ekanini aytadilar; tilakka so`zi so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilinadi va tilak – o`zak, -ka qo`shimcha ekani aniqlanadi; so`ng uni tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, o`zakning oxiri -k undoshi bilan tugagani, qo`shimcha ham k undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi: jo`nalish kelishigi qo`shimchasi oxiri k undoshi bilan tugagan otlarga -ka shaklida qo`shiladi. ―Baliq qarmoqqa ilindi- gapidagi qarmoqqa so`zi ustida ham yuqoridagi kabi ishlanadi. Xulosani o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning o`zlari chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan otlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -qa shaklida qo`shiladi. O`quvchilar o`rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, kelishik qo`shimchasi -da ning -ta bo`lib eshitilsa ham -da shaklida yozilishi tushuntiriladi. Ba‘zi o`quvchilar o`rin-payt kelishigi o`rniga jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ishlatib, xatoga yo`l qo`yadilar. Bunday xatoning oldini olish uchun o`quvchilar bilan fe‘ldan jo`nalish va o`rin-payt kelishigida qo`llangan otga so`roq berib, so`z birikmasini topishni ko`proq mashq qilish va kelishiklarning so`rog‘i va ma‘nosiga qarab farqlashga o`rgatiladi. Masalan, bordi (qaerga?) – maktabga, bo`ldi (qaerda?) – maktabda; oldim (kimga?) – ukamga, ko`rdim (kimda?) – ukamda. O`quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja asosida tanishtirilib, ularga kelishik qo`shimchasining yozilishi tushuntiriladi. Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini ta‘minlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq mashq, tanlash, mashq materialini asta murakkablashtirib borish bilan o`quvchilarning mustaqqlligini oshirish, ikkinchidan, imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va o`quvchilarning nutqini o`stirish bilan bog`lab o`rgatishdir. Shunday qilib, boshlang`ich sinflarda ot yaxlit holda o`rganiladi va uni o`rganish o`quvchilar shu so`z turkumining belgilarini, vazifasini o`zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish ko`nikmasini shakllantirishga qaratiladi. Savol va topshiriqlar:
 
 
1. Grammatik tushunchani o`rgatish jarayonida o`qituvchi qanday qilib 
o`quvchilarning aqliy faoliyatini aktivlashtiradi?  
 
2. Grammatik materialni o`rganishning har xil bosqichida darslik, bilan qanday 
ishlaysiz? Aniq misollar keltiring.  
3. Grammatik, leksik va so`z yasalishiga oid mashqlarni ayting.  
4. O`zbek tilini o`rganish jarayonida bilimda izchillik qanday ta`minlanadi? 
   
Sifatni o`rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan 
boyitib, murakkablashtirib borishni ko`zda tutadi. O`quvchilar I va II sinfda sifatning 
leksik ma‘nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so`rog‘ini berishga 
o`rganadilar; III sinfda sifat so`z turkumi sifatida o`rganiladi; IV sinfda ilgari 
o`rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil 
kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o`rgatiladi. Ona tili 
va o`qish darslarida o`quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga 
oldindan ma‘lum bo`lgan sifatlarning ma‘nosiga aniqlik kiritiladi.  
Sifatni o`rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat 
predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko`rinishi, maza-ta‘mi, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o`rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik 
ma‘nosi uni ot bilan bog‘liq holda o`rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun I 
sinfdanoq o`quvchilar e‘tibori sifatning otga bog`lanishini aniqlashga qaratiladi. 
O`quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so`roq yordamida gapda 
so`zlarning bog`lanishini aniqlash ko`nikmasi o`stiriladi, ya‘ni ular gapdagi sifat va 
otdan tuzilgan so`z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu 
bog‘liqlik 
aniqlashtiriladi. 
Shunday 
qilib, 
sifatning 
semantik-grammatik 
xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) 
ravishda olib borishni talab etadi.  
Boshlang`ich sinflarda ―Sifat- mavzusi quyidagi izchillikda o`rganiladi: 1) 
sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf); 
3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini 
o`zlashtirish (IV sinf).
1. Grammatik tushunchani o`rgatish jarayonida o`qituvchi qanday qilib o`quvchilarning aqliy faoliyatini aktivlashtiradi? 2. Grammatik materialni o`rganishning har xil bosqichida darslik, bilan qanday ishlaysiz? Aniq misollar keltiring. 3. Grammatik, leksik va so`z yasalishiga oid mashqlarni ayting. 4. O`zbek tilini o`rganish jarayonida bilimda izchillik qanday ta`minlanadi? Sifatni o`rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko`zda tutadi. O`quvchilar I va II sinfda sifatning leksik ma‘nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so`rog‘ini berishga o`rganadilar; III sinfda sifat so`z turkumi sifatida o`rganiladi; IV sinfda ilgari o`rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o`rgatiladi. Ona tili va o`qish darslarida o`quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma‘lum bo`lgan sifatlarning ma‘nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o`rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko`rinishi, maza-ta‘mi, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o`rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma‘nosi uni ot bilan bog‘liq holda o`rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun I sinfdanoq o`quvchilar e‘tibori sifatning otga bog`lanishini aniqlashga qaratiladi. O`quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so`roq yordamida gapda so`zlarning bog`lanishini aniqlash ko`nikmasi o`stiriladi, ya‘ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so`z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi. Boshlang`ich sinflarda ―Sifat- mavzusi quyidagi izchillikda o`rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o`zlashtirish (IV sinf).
 
 
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik 
ma‘nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari 
xilma-xil bo`lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. 
Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma‘nolarini aniqlash 
talab etiladi. O`qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko`rsatadi, o`quvchilar uning 
belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq 
olma; (qanday?) ip – uzun, ko`k ip. Albatta, suhbat asosida o`quvchilar olma, ip 
so`zlari nima? so`rog‘iga javob bo`lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, 
yumaloq kabi so`zlar qanday? so`rog‘iga javob bo`lib, predmetning belgisi (rangi, 
mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O`qituvchi atrofimizni o`rab olgan 
predmetlarning o`z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini 
yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, 
ko`m-ko`k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: 
qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar predmet belgisini bildiradi.  
O`quvchilar belgi bildirgan bunday so`zlarning nutqimizdagi ahamiyatini 
anglashlari uchun sifat ko`p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib 
qoldirib, so`ngra sifatlari bilan o`qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko`rsatiladi. 
Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so`zlardan 
foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko`rgazma vositalar (predmetlar, predmet 
rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.  
O`quvchilar qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan (predmet belgisini 
bildirgan) so`zlarni o`zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali 
hisoblanadi: 1) so`roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so`zlarni tanlash; 
2) aralash berilgan so`zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so`rog‘iga 
javob bo`lgan so`zni va unga bog`langan qanday? va qanaqa? so`rog‘iga javob 
bo`lgan so`zni tanlab (so`z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) Tayanch so`zlar 
va iboralar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.  
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: ―sifat- tushunchasini shakllantirish 
hamda o`quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash 
uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish 
hal qilinadi.
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma‘nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo`lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma‘nolarini aniqlash talab etiladi. O`qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko`rsatadi, o`quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip – uzun, ko`k ip. Albatta, suhbat asosida o`quvchilar olma, ip so`zlari nima? so`rog‘iga javob bo`lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so`zlar qanday? so`rog‘iga javob bo`lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O`qituvchi atrofimizni o`rab olgan predmetlarning o`z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko`m-ko`k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar predmet belgisini bildiradi. O`quvchilar belgi bildirgan bunday so`zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko`p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so`ngra sifatlari bilan o`qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko`rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so`zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko`rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. O`quvchilar qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan (predmet belgisini bildirgan) so`zlarni o`zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so`roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so`zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so`zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so`rog‘iga javob bo`lgan so`zni va unga bog`langan qanday? va qanaqa? so`rog‘iga javob bo`lgan so`zni tanlab (so`z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) Tayanch so`zlar va iboralar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish. Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: ―sifat- tushunchasini shakllantirish hamda o`quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish hal qilinadi.
 
 
―Sifat- tushunchasini shakllantirish o`quvchilarning ―predmet belgisi- degan 
umumlashtirilgan kategoriyani o`zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. SHu 
maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so`zlar guruhlanadi va 
shu so`zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma‘nosi bilan birga 
uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning 
xususiyatlarini umumlashtirish asosida o`quvchilar uning so`z turkumi sifatidagi 
o`ziga xos ko`rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? 
yoki qanaqa? so`rog‘iga javob bo`ladi, v) gapda otga bog`lanib, shu ot bilan so`z 
birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi.  
Bu sinfda og`zakiva yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya 
vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish 
kabilar)ga katta o`rin beriladi.  
O`quvchilarning 
sifatning 
leksik 
ma‘nosi 
haqidagi 
tushunchalarini 
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o`stirish uchun: 
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar 
tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday kitob? 
Qalin, qizil kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: 
Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3) 
predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan 
foydalanish mumkin.  
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o`rnini puxta 
o`zlashtirishga erishish uchun ma‘nodosh va zid ma‘noli sifatlar ustida ishlash, 
o`qish darslarida sifatning o`z va ko`chma ma‘noda ishlatilishini kuzatish maqsadga 
muvofiq. Sifatni o`rganish jarayonida so`z yasashga oid mashqlarni muntazam 
o`tkazib borish o`quvchilarda u yoki bu so`z turkumini yasash uchun so`z yasovchi 
qo`shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.  
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og`zakiva 
yozma nutqda sifatlardan aniq, o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish bilan 
bog‘liq holda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan sifatlarni va ko`m-ko`k, yam-yashil 
kabi sifatlarni to`g`ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni 
bajarishga qarab belgilanadi va o`quvchilar nutqini o`stirishga qaratiladi.
―Sifat- tushunchasini shakllantirish o`quvchilarning ―predmet belgisi- degan umumlashtirilgan kategoriyani o`zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. SHu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so`zlar guruhlanadi va shu so`zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma‘nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o`quvchilar uning so`z turkumi sifatidagi o`ziga xos ko`rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? so`rog‘iga javob bo`ladi, v) gapda otga bog`lanib, shu ot bilan so`z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi. Bu sinfda og`zakiva yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o`rin beriladi. O`quvchilarning sifatning leksik ma‘nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o`stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday kitob? Qalin, qizil kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan foydalanish mumkin. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o`rnini puxta o`zlashtirishga erishish uchun ma‘nodosh va zid ma‘noli sifatlar ustida ishlash, o`qish darslarida sifatning o`z va ko`chma ma‘noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o`rganish jarayonida so`z yasashga oid mashqlarni muntazam o`tkazib borish o`quvchilarda u yoki bu so`z turkumini yasash uchun so`z yasovchi qo`shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og`zakiva yozma nutqda sifatlardan aniq, o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish bilan bog‘liq holda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan sifatlarni va ko`m-ko`k, yam-yashil kabi sifatlarni to`g`ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o`quvchilar nutqini o`stirishga qaratiladi.
 
 
Nazariy ma‘lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini 
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo`yish, gapda sifat bog`langan otni (so`z birikmasini) 
aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki 
so`z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini 
tanlashda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, 
tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko`proq bo`lishiga e‘tibor beriladi. O`quvchilarning 
mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira 
boriladi. SHunday qilib, sifatni o`zlashtirishda uni ot bilan o`zaro bog‘liq holda 
o`rganishga asoslaniladi.  
Savol va topshiriqlar:  
1. Boshlang`ich sinflarda qanday so`z turkumlari o`rganiladi? Ularni 
o`rganishdagi izchillikni tushuntiring.  
2. O`quvchilarga sifatni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz? Sifatga 
oid bironta dars ishlanmasini yozing.  
3. Boshlang`ich sinfda sifat so`z turkumi yuzasidan o`quvchilarga qanday 
bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi?  
4. Sifatni o`rganish jarayonida o`quvchilarda qanday imloviy bilimlar hosil 
qilinadi?  
5. Sifatni o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish yuzasidan qanday 
mashqlar o`tkazasiz?  
6. Son so`z turkumini mustaqil ravishda tushuntirishga tayyorlaning.  
Predmetning miqdoriy belgisini anglatadigan leksemalarga son leksemalar 
deyiladi. O’zbek tilida son leksemaga shakl o’zgarishi xos emas, shunga ko’ra son 
leksema ot leksemaga shakl o’zgartiruvchisiz to’g’ridan to’g’ri bog’lanadi: ikki 
kishi-, to’rt shahar-, besh yil- kabi. Son leksemalar miqdor son va tartib son deb 
ajratiladi. Miqdor son predmetning umuman ko’p-ozligini emas, balki ma'lum bir 
aniq yoki chamali miqdorini anglatishga xizmat qiladi. Miqdor sonlardan dastlab 
sanoq sonlar ajratiladi. Lisoniy birlik deb avvalo asosiy sanoq sonlarga aytiladi; son 
leksemalarning boshqa turlari sanoq son asosida hosil qilinadi. Ma'lum tizim hosil 
etuvchi quyidagi 22 sanoq son son birliklari deyiladi: 1) birlik sonlari: bir-, .. to’qqiz-
; 2) o’nlik sonlar: o’n-, .. to’qson-; 3) yuqori miqdor sonlari: yuz-, ming-, million-, 
milliard-. Tarixan yuqori miqdor sonlari tarkibida quyidagicha o’zgarish voqe
Nazariy ma‘lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo`yish, gapda sifat bog`langan otni (so`z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so`z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo`shimchasi bilan qo`llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko`proq bo`lishiga e‘tibor beriladi. O`quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o`zlashtirishda uni ot bilan o`zaro bog‘liq holda o`rganishga asoslaniladi. Savol va topshiriqlar: 1. Boshlang`ich sinflarda qanday so`z turkumlari o`rganiladi? Ularni o`rganishdagi izchillikni tushuntiring. 2. O`quvchilarga sifatni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz? Sifatga oid bironta dars ishlanmasini yozing. 3. Boshlang`ich sinfda sifat so`z turkumi yuzasidan o`quvchilarga qanday bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi? 4. Sifatni o`rganish jarayonida o`quvchilarda qanday imloviy bilimlar hosil qilinadi? 5. Sifatni o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish yuzasidan qanday mashqlar o`tkazasiz? 6. Son so`z turkumini mustaqil ravishda tushuntirishga tayyorlaning. Predmetning miqdoriy belgisini anglatadigan leksemalarga son leksemalar deyiladi. O’zbek tilida son leksemaga shakl o’zgarishi xos emas, shunga ko’ra son leksema ot leksemaga shakl o’zgartiruvchisiz to’g’ridan to’g’ri bog’lanadi: ikki kishi-, to’rt shahar-, besh yil- kabi. Son leksemalar miqdor son va tartib son deb ajratiladi. Miqdor son predmetning umuman ko’p-ozligini emas, balki ma'lum bir aniq yoki chamali miqdorini anglatishga xizmat qiladi. Miqdor sonlardan dastlab sanoq sonlar ajratiladi. Lisoniy birlik deb avvalo asosiy sanoq sonlarga aytiladi; son leksemalarning boshqa turlari sanoq son asosida hosil qilinadi. Ma'lum tizim hosil etuvchi quyidagi 22 sanoq son son birliklari deyiladi: 1) birlik sonlari: bir-, .. to’qqiz- ; 2) o’nlik sonlar: o’n-, .. to’qson-; 3) yuqori miqdor sonlari: yuz-, ming-, million-, milliard-. Tarixan yuqori miqdor sonlari tarkibida quyidagicha o’zgarish voqe
 
 
bo’lgan: a) yuz-, ming- qatorida ilgari tuman- (10000), lak- (100000) sonlari 
ishlatilgan; bu yerda keyingi son oldingi sondan o’n karra ko’p miqdorni anglatgan; 
b) ijtimoiy taraqqiyot natijasida tuman-, lak- sonlari iste'moldan chiqqan (tuman- 
soni – turkiy, lak- soni asli hindcha); bular o’rnini million-, milliard- sonlari 
egallagan; bu yerda keyigi son oldingi sondan ming karra ko’p miqdorni anglatadi; 
ming- (1000), million- (1000000), milliard- (1000000000). Million- soni fransuzcha 
bo’lib, «mingta ming» ma'nosini, milliard- soni ham fransuzcha bo’lib, «mingta 
million» ma'nosini anglatadi. Zarurat tug’ilsa, trillion- soni ham ishlatiladi; bu son 
asli lotincha bo’lib, "mingta milliard» ma'nosini anglatadi. Ko’rinadiki, «o’n 
karralab» ko’payish «ming karralab « ko’payishga almashgan. Yuz-, ming- sonlari 
oldidan sifatlovchi keltirilishi bu leksemalar asli ot leksema ekanini ko’rsatadi. Hatto 
o’n- soni ham shunday xususiyatga ega bo’lgan: sakson-, to’qson- sonlari asli sakkiz-
, to’qqiz- birlik sonlarini sifatlovchi vazifasida o’n- leksemasiga bog’lab tuzilgan: 
sakkiz o’n- saksonkabi. Oltmish-, yetmish- o’nliklari ham asli «o’n» ma'nosini 
bildirgan mishleksemasiga olti-, yetti- birlik sonlari sifatlovchi tariqasida bog’lab 
tuzilgan deb taxmin qilinadi. Hozirgi o’zbek tilida yuqorida tilga olingan son 
leksemalar sodda son, tub son hisoblanadi. Sanoq son matematikada ma'lum 
miqdorning nomi sifatida ishlatiladi, shunga ko’ra ot leksema kabi turlanadi: Besh 
(5) ikkiga (2ga) bo’linmaydi. To’qqizdan (9dan) ikkini (2ni) olsak, yetti (7) qoladi 
kabi. Sanoq son kishi-, farzand-, o’g’il-, qiz-, ota-ona- kabi kishi otlariga bevosita 
birikadi: besh kishi- (farzand-, o’g’il-) kabi. Sanoq son narsani anglatadigan otga 
birikkanida orada o’sha narsa uchun o’lchov birligi bo’lib xizmat qiladigan ot 
leksema qatnashadi. Masalan, daraxt, ko’chat kabilar uchun o’lchov birligi vazifasini 
tup- leksemasi, qo’y, sigir kabilar uchun esa boshleksemasi bajaradi: uch tup olma-, 
ellik bosh qo’y- kabi. Bunday vazifada keladigan ot leksemaga numerativ deyiladi 
(lot. numeratio - «sanash», «hisob»). Bunday vazifada idish nomlari, vaqt o’lchovini, 
og’irlik o’lchovini, hajm o’lchovini, sath o’lchovini, uzunlik o’lchovini, pul 
o’lchovini bildiradigan va boshqa tur leksemalar keladi. 22 son birligi bilan 1tadan 
tortib 999999999999 tagacha bo’lgan miqdor ifodalanadi. Bu qadar ko’p miqdorni 
ifodalashga sodda sonlar bilan ma'lum qoliplar asosida hosil qilinadigan tuzma 
sonlar yordamida erishiladi. Bunday tuzma sonlarni tuzish qoliplari lisonda mavjud
bo’lgan: a) yuz-, ming- qatorida ilgari tuman- (10000), lak- (100000) sonlari ishlatilgan; bu yerda keyingi son oldingi sondan o’n karra ko’p miqdorni anglatgan; b) ijtimoiy taraqqiyot natijasida tuman-, lak- sonlari iste'moldan chiqqan (tuman- soni – turkiy, lak- soni asli hindcha); bular o’rnini million-, milliard- sonlari egallagan; bu yerda keyigi son oldingi sondan ming karra ko’p miqdorni anglatadi; ming- (1000), million- (1000000), milliard- (1000000000). Million- soni fransuzcha bo’lib, «mingta ming» ma'nosini, milliard- soni ham fransuzcha bo’lib, «mingta million» ma'nosini anglatadi. Zarurat tug’ilsa, trillion- soni ham ishlatiladi; bu son asli lotincha bo’lib, "mingta milliard» ma'nosini anglatadi. Ko’rinadiki, «o’n karralab» ko’payish «ming karralab « ko’payishga almashgan. Yuz-, ming- sonlari oldidan sifatlovchi keltirilishi bu leksemalar asli ot leksema ekanini ko’rsatadi. Hatto o’n- soni ham shunday xususiyatga ega bo’lgan: sakson-, to’qson- sonlari asli sakkiz- , to’qqiz- birlik sonlarini sifatlovchi vazifasida o’n- leksemasiga bog’lab tuzilgan: sakkiz o’n- saksonkabi. Oltmish-, yetmish- o’nliklari ham asli «o’n» ma'nosini bildirgan mishleksemasiga olti-, yetti- birlik sonlari sifatlovchi tariqasida bog’lab tuzilgan deb taxmin qilinadi. Hozirgi o’zbek tilida yuqorida tilga olingan son leksemalar sodda son, tub son hisoblanadi. Sanoq son matematikada ma'lum miqdorning nomi sifatida ishlatiladi, shunga ko’ra ot leksema kabi turlanadi: Besh (5) ikkiga (2ga) bo’linmaydi. To’qqizdan (9dan) ikkini (2ni) olsak, yetti (7) qoladi kabi. Sanoq son kishi-, farzand-, o’g’il-, qiz-, ota-ona- kabi kishi otlariga bevosita birikadi: besh kishi- (farzand-, o’g’il-) kabi. Sanoq son narsani anglatadigan otga birikkanida orada o’sha narsa uchun o’lchov birligi bo’lib xizmat qiladigan ot leksema qatnashadi. Masalan, daraxt, ko’chat kabilar uchun o’lchov birligi vazifasini tup- leksemasi, qo’y, sigir kabilar uchun esa boshleksemasi bajaradi: uch tup olma-, ellik bosh qo’y- kabi. Bunday vazifada keladigan ot leksemaga numerativ deyiladi (lot. numeratio - «sanash», «hisob»). Bunday vazifada idish nomlari, vaqt o’lchovini, og’irlik o’lchovini, hajm o’lchovini, sath o’lchovini, uzunlik o’lchovini, pul o’lchovini bildiradigan va boshqa tur leksemalar keladi. 22 son birligi bilan 1tadan tortib 999999999999 tagacha bo’lgan miqdor ifodalanadi. Bu qadar ko’p miqdorni ifodalashga sodda sonlar bilan ma'lum qoliplar asosida hosil qilinadigan tuzma sonlar yordamida erishiladi. Bunday tuzma sonlarni tuzish qoliplari lisonda mavjud
 
 
bo’lib, har gal nutqda bu qoliplar miqdor birliklari bilan to’ldiriladi. Tuzma 
sonlarning turlari va qoliplari quyidagicha:  
1. O’nliklar orasidagi miqdorni ifodalovchi tuzma sonlar "o’nlik son + birlik 
son" qolipi bilan tuziladi: o’n bir-, .. to’qson to’qqiz- kabi. Bunda o’nlik songa birlik 
son qo’shiladi: o’n va bir, o’n-u bir, o’n + bir; shunga ko’ra bu son turini qo’shuvga 
asoslanadigan tuzma son deb atash mumkin.  
2. Yuzliklarni ifodalovchi tuzma son bunday miqdor soni oldidan birlik sonni 
keltirish bilan ifodalanadi: bir yuz-, .. to’qqiz yuz- kabi. Bunda yuzlik son ot hukmida 
bo’lib, unga birlik son sifatlovchi vazifasida keladi; mohiyati jihatidan «karra» 
ma'nosi ifodalanadi: ikki yuz- «ikki karra yuz» kabi. Shunga ko’ra bu son turini 
ko’paytiruvga asoslanadigan tuzma son deb atash mumkin: ikki yuz- «ikki X yuz» 
kabi.  
3. Yuzliklar orasidagi miqdorning ifodalanishi o’nliklar orasidagi miqdorni 
ifodalash qolipi bilan tuziladi: a) "yuzlik + birlik": ikki yuz uch- kabi; b) "yuzlik + 
o’nlik": ikki yuz o’n- kabi; v) "yuzlik + o’nlik orasidagi birlik": ikki yuz to’qson 
to’qqiz- kabi.  
4. Mingliklar (va undan yuqori miqdor birliklari) bunday son oldidan quyidagi 
son turlarini keltirib ifodalanadi: a) birlik sonni: ikki ming-, .. to’qqiz milliard- kabi; 
b) o’nlik sonni: yigirma ming-, .. to’qson milliard- kabi; d) o’nliklar orasilagi sonni: 
yigirma bir ming-, .. to’qson to’qqiz milliard- kabi; e) yuzlik sonni: ikki yuz ming-, .. 
to’qqiz yuz milliard- kabi; f) yuzliklar orasidagi miqdor sonni: ikki yuz besh ming-, 
.. ikki yuz to’qson to’qqiz milliardkabi; g) yuqoridagi bandlarda ta'kidlangan barcha 
tur sonlarni: to’qqiz yuz to’qson to’qqiz milliard to’qqiz yuz to’qson to’qqiz million 
to’qqiz yuz to’qson to’qqiz ming to’qqiz yuz to’qson to’qqiz-. Ko’rinadiki, tuzma 
sonlarni tarkiblashda tenglik aloqasidan ham, tobelik aloqasidan ham foydalanilgan. 
Miqdor sonlarining sanoq sondan tashqari donalik son, chama son, taqsim son, 
jamlovchi son turlari mavjud; bular affiks bilan va boshqa usul bilan hosil qilinadi. 
Donalik son sanoq songa shakl yasovchi -ta affiksini qo’shib hosil qilinadi: bitta-, .. 
millionta- kabi. «Dona» ma'nosi -ta affiksidan tashqari dona, nafar kabi leksemalar 
bilan ham ifodalanadi; dona leksemasi narsalarning sanog’ini bildirishda, nafar 
leksemasi esa kishilarning sanog’ini bildirishda ishlatiladi: ikki dona qalam-, uch 
nafar otliq askar- kabi. Chama son predmetning miqdorini taxminlab bildiradi.
bo’lib, har gal nutqda bu qoliplar miqdor birliklari bilan to’ldiriladi. Tuzma sonlarning turlari va qoliplari quyidagicha: 1. O’nliklar orasidagi miqdorni ifodalovchi tuzma sonlar "o’nlik son + birlik son" qolipi bilan tuziladi: o’n bir-, .. to’qson to’qqiz- kabi. Bunda o’nlik songa birlik son qo’shiladi: o’n va bir, o’n-u bir, o’n + bir; shunga ko’ra bu son turini qo’shuvga asoslanadigan tuzma son deb atash mumkin. 2. Yuzliklarni ifodalovchi tuzma son bunday miqdor soni oldidan birlik sonni keltirish bilan ifodalanadi: bir yuz-, .. to’qqiz yuz- kabi. Bunda yuzlik son ot hukmida bo’lib, unga birlik son sifatlovchi vazifasida keladi; mohiyati jihatidan «karra» ma'nosi ifodalanadi: ikki yuz- «ikki karra yuz» kabi. Shunga ko’ra bu son turini ko’paytiruvga asoslanadigan tuzma son deb atash mumkin: ikki yuz- «ikki X yuz» kabi. 3. Yuzliklar orasidagi miqdorning ifodalanishi o’nliklar orasidagi miqdorni ifodalash qolipi bilan tuziladi: a) "yuzlik + birlik": ikki yuz uch- kabi; b) "yuzlik + o’nlik": ikki yuz o’n- kabi; v) "yuzlik + o’nlik orasidagi birlik": ikki yuz to’qson to’qqiz- kabi. 4. Mingliklar (va undan yuqori miqdor birliklari) bunday son oldidan quyidagi son turlarini keltirib ifodalanadi: a) birlik sonni: ikki ming-, .. to’qqiz milliard- kabi; b) o’nlik sonni: yigirma ming-, .. to’qson milliard- kabi; d) o’nliklar orasilagi sonni: yigirma bir ming-, .. to’qson to’qqiz milliard- kabi; e) yuzlik sonni: ikki yuz ming-, .. to’qqiz yuz milliard- kabi; f) yuzliklar orasidagi miqdor sonni: ikki yuz besh ming-, .. ikki yuz to’qson to’qqiz milliardkabi; g) yuqoridagi bandlarda ta'kidlangan barcha tur sonlarni: to’qqiz yuz to’qson to’qqiz milliard to’qqiz yuz to’qson to’qqiz million to’qqiz yuz to’qson to’qqiz ming to’qqiz yuz to’qson to’qqiz-. Ko’rinadiki, tuzma sonlarni tarkiblashda tenglik aloqasidan ham, tobelik aloqasidan ham foydalanilgan. Miqdor sonlarining sanoq sondan tashqari donalik son, chama son, taqsim son, jamlovchi son turlari mavjud; bular affiks bilan va boshqa usul bilan hosil qilinadi. Donalik son sanoq songa shakl yasovchi -ta affiksini qo’shib hosil qilinadi: bitta-, .. millionta- kabi. «Dona» ma'nosi -ta affiksidan tashqari dona, nafar kabi leksemalar bilan ham ifodalanadi; dona leksemasi narsalarning sanog’ini bildirishda, nafar leksemasi esa kishilarning sanog’ini bildirishda ishlatiladi: ikki dona qalam-, uch nafar otliq askar- kabi. Chama son predmetning miqdorini taxminlab bildiradi.
 
 
Bunda miqdor asosan oz tomonga, ba'zan-gina ko’p tomonga chamalanadi. Chama 
ma'nosi sintetik usul – affiks bilan va analitik usul – son birliklarini juftlash bilan 
ifodalanadi.  
1. Chama son quyidagi affikslar bilan yasaladi: 1) Donalik songa chama 
ma'nosini ifodalovchi -cha affiksini qo’shib yasaladi (odatda eng kichik donalik 
sondan-gina yasalmaydi): uchtacha-, yuztacha- kabi. Bunday yasalishda «donalab» 
chamalash ma'nosi ifodalanadi: o’ntacha yo to’qqizta, yo o’nta, yo o’n bitta kabi. 
Buni raqam bilan -/10 deb ko’rsatish mumkin. Bu tur chama sonni donalovchi chama 
son deb atash mumkin. 2) Yuz-, ming- kabi yuqori miqdorni anglatuvchi sanoq songa 
-larcha affiksini qo’shib yasaladi; bu affiks tarkibidagi -lar qismi «chegaralash» 
ma'nosini, -cha qismi «chama» ma'nosini ifodalaydi: yuzlarcha- «yuzga yaqin», 
«yuzga yetar-yetmas». Buni raqam bilan -100 deb ko’rsatish mumkin. 3) O’n-, yuz-
, ming- va undan yuqori miqdorni anglatadigan son birliklaridan -lab affiksi bilan 
yasaladi: yuzlab-, .. millionlab- kabi. Bunday yasalishda chama «bir necha» tarzida 
ifodalanadi: yuzlab- «bir necha yuzlarcha» kabi. Ko’paytiruv amalini eslatadigan bu 
chama son turini karralovchi chama son deb atash mumkin.  
2. Chama son analitik usul bilan quyidagicha tuziladi:  
1) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan birlik sonlari o’zaro juft holda ishlatiladi: 
uch-to’rt- kabi. Bunda oz miqdorni ifodalovchi birlik son oldin, ko’p miqdorni 
ifodalovchi birlik son keyin joylashadi; shunga ko’ra «ko’payuvchi chama» ma'nosi 
ifodalanadi: uch-to’rt «uch yo to’rt, yo besh» kabi. Ba'zan oz miqdorni ifodalovchi 
birlik son keyin keladi: besh-to’rt- kabi. Bunda «kamayuvchi chama» ma'nosi 
ifodalanadi: besh-to’rt- «besh yo to’rt, yo uch» kabi.  
O’n-o’n ikki, uch-besh kabi ishlatishda asli chama emas, balki «eng ozi – eng 
ko’pi», «ma'lum miqdor oralig’ida» kabi ma'no ifodalanadi.  
2) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan ikki donalik son juft holda ishlatiladi: 
uchta-to’rtta- kabi. Bu yerda chama ma'nosi «dona» ma'nosi qo’shilgan holda 
ifodalanadi.  
3) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan o’nlik sonlar juft holda ishlatiladi: o’ttiz-
qirq- kabi (Bunday juft son o’n-yigirma- tarzida tuzilmaydi). Bu yerda miqdor 
«o’nlab» chamalanadi.
Bunda miqdor asosan oz tomonga, ba'zan-gina ko’p tomonga chamalanadi. Chama ma'nosi sintetik usul – affiks bilan va analitik usul – son birliklarini juftlash bilan ifodalanadi. 1. Chama son quyidagi affikslar bilan yasaladi: 1) Donalik songa chama ma'nosini ifodalovchi -cha affiksini qo’shib yasaladi (odatda eng kichik donalik sondan-gina yasalmaydi): uchtacha-, yuztacha- kabi. Bunday yasalishda «donalab» chamalash ma'nosi ifodalanadi: o’ntacha yo to’qqizta, yo o’nta, yo o’n bitta kabi. Buni raqam bilan -/10 deb ko’rsatish mumkin. Bu tur chama sonni donalovchi chama son deb atash mumkin. 2) Yuz-, ming- kabi yuqori miqdorni anglatuvchi sanoq songa -larcha affiksini qo’shib yasaladi; bu affiks tarkibidagi -lar qismi «chegaralash» ma'nosini, -cha qismi «chama» ma'nosini ifodalaydi: yuzlarcha- «yuzga yaqin», «yuzga yetar-yetmas». Buni raqam bilan -100 deb ko’rsatish mumkin. 3) O’n-, yuz- , ming- va undan yuqori miqdorni anglatadigan son birliklaridan -lab affiksi bilan yasaladi: yuzlab-, .. millionlab- kabi. Bunday yasalishda chama «bir necha» tarzida ifodalanadi: yuzlab- «bir necha yuzlarcha» kabi. Ko’paytiruv amalini eslatadigan bu chama son turini karralovchi chama son deb atash mumkin. 2. Chama son analitik usul bilan quyidagicha tuziladi: 1) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan birlik sonlari o’zaro juft holda ishlatiladi: uch-to’rt- kabi. Bunda oz miqdorni ifodalovchi birlik son oldin, ko’p miqdorni ifodalovchi birlik son keyin joylashadi; shunga ko’ra «ko’payuvchi chama» ma'nosi ifodalanadi: uch-to’rt «uch yo to’rt, yo besh» kabi. Ba'zan oz miqdorni ifodalovchi birlik son keyin keladi: besh-to’rt- kabi. Bunda «kamayuvchi chama» ma'nosi ifodalanadi: besh-to’rt- «besh yo to’rt, yo uch» kabi. O’n-o’n ikki, uch-besh kabi ishlatishda asli chama emas, balki «eng ozi – eng ko’pi», «ma'lum miqdor oralig’ida» kabi ma'no ifodalanadi. 2) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan ikki donalik son juft holda ishlatiladi: uchta-to’rtta- kabi. Bu yerda chama ma'nosi «dona» ma'nosi qo’shilgan holda ifodalanadi. 3) Ketma-ket miqdorni ifodalaydigan o’nlik sonlar juft holda ishlatiladi: o’ttiz- qirq- kabi (Bunday juft son o’n-yigirma- tarzida tuzilmaydi). Bu yerda miqdor «o’nlab» chamalanadi.
 
 
4) O’nlik son shu o’nlik sonni besh- soni bilan birga juftlab tuziladi: o’ttiz-o’ttiz 
besh- kabi. Bunda miqdor «beshlab» chamalanadi. Bunday chama son o’ttiz besh-
qirq- tarzida ham tuziladi. Yuqori miqdor sonlarida «ketma-ket»lik talabidan ba'zan 
chetga chiqiladi: yuz-ikki yuz- deb ham, yuz-uch yuz- deb ham tuzish mumkin.  
3. Vaqtni chamalab ifolalash uchun soat birda kabi qurilmaga kelishikdan oldin, 
-lar affiksi qo’shiladi: soat birlarda kabi. Bunda «yaqin», «yetaryetmas « kabi 
chama ma'nosi ifodalanadi. Taqsim son miqdor sonlarining alohida turi bo’lib, 
quyidagicha hosil qilinadi:  
1) Donalik songa -dan affiksini qo’shib: ikkitadan, uchtadan, bir yuz o’ntadan 
kabi.  
2) Donalik sonni takrorlab, keyin -dan affiksini qo’shib: ikkita-ikkitadan kabi; 
ba'zan -dan affiksi har ikki dona songa qo’shiladi: ikkitadan-ikkitadan kabi.  
3) Oldingi tur ifodalanishdan keyin bo’lib yordamchisini qo’shib: ikkitadan-
ikkitadan bo’lib kabi.  
4) -ov affiksi bilan yasalgan jamlovchi sonni takrorlab, keyin bo’lib 
yordamchisini qo’shib: ikkov-ikkov bo’lib kabi. Jamlovchi son predmetning 
miqdorini to’dalab ifodalaydi, ayrim birlik sonlaridan-gina -ov, -ala affiksi bilan 
yasaladi:  
1) Ikkidan sakkizgacha bo’lgan olti sanoq sondan (ba'zangina o’n- sanoq 
sonidan) -ov affiksi bilan yasaladi: ikki + ov > ikkov-, uch + ov uchov- kabi. Bir- 
sonidan -ov affiksi bilan yasalgan birov- leksemasi ikki xil ma'noni ifodalaydi: a) qiz 
bolalarning o’yinida birov, ikkov kabi sanoqni bildiradi; b)»kimdir notanish kishi» 
ma'nosini bildiradi, bunda gumon olmoshi bo’ladi. -ov affiksi bilan yasalgan 
jamlovchi son ot tabiatli bo’lib, odatda ko’plik nisbatlovchisi qo’shilgan holda 
ishlatiladi, nisbatlovchidan keyin kelishik morfemasi qo’shiladi: ikkov + imiz + ni 
kabi.  
2) Ikkidan oltigacha bo’lgan to’rt sanoq sondan -ala affiksi bilan yasaladi: ikki 
+ ala > ikkala-, uch + ala > uchchala- kabi. Jamlovchi sonning bu turi ham ot 
tabiatli bo’lib, asosan ko’plik nisbatlovchisi va kelishik morfemasi qo’shilgan holda 
ishlatiladi: ikkalamizni, beshalamiz kabi. Bu tur jamlovchi son sifatlovchi vazifasida 
ham ishlatiladi, bunda nisbatlovchi va kelishik ko’rsatkichlari o’z-o’zidan 
qatnashmaydi: ikkala talaba-, ikkala xona- kabi. Son birliklari bilan butun miqdor-
4) O’nlik son shu o’nlik sonni besh- soni bilan birga juftlab tuziladi: o’ttiz-o’ttiz besh- kabi. Bunda miqdor «beshlab» chamalanadi. Bunday chama son o’ttiz besh- qirq- tarzida ham tuziladi. Yuqori miqdor sonlarida «ketma-ket»lik talabidan ba'zan chetga chiqiladi: yuz-ikki yuz- deb ham, yuz-uch yuz- deb ham tuzish mumkin. 3. Vaqtni chamalab ifolalash uchun soat birda kabi qurilmaga kelishikdan oldin, -lar affiksi qo’shiladi: soat birlarda kabi. Bunda «yaqin», «yetaryetmas « kabi chama ma'nosi ifodalanadi. Taqsim son miqdor sonlarining alohida turi bo’lib, quyidagicha hosil qilinadi: 1) Donalik songa -dan affiksini qo’shib: ikkitadan, uchtadan, bir yuz o’ntadan kabi. 2) Donalik sonni takrorlab, keyin -dan affiksini qo’shib: ikkita-ikkitadan kabi; ba'zan -dan affiksi har ikki dona songa qo’shiladi: ikkitadan-ikkitadan kabi. 3) Oldingi tur ifodalanishdan keyin bo’lib yordamchisini qo’shib: ikkitadan- ikkitadan bo’lib kabi. 4) -ov affiksi bilan yasalgan jamlovchi sonni takrorlab, keyin bo’lib yordamchisini qo’shib: ikkov-ikkov bo’lib kabi. Jamlovchi son predmetning miqdorini to’dalab ifodalaydi, ayrim birlik sonlaridan-gina -ov, -ala affiksi bilan yasaladi: 1) Ikkidan sakkizgacha bo’lgan olti sanoq sondan (ba'zangina o’n- sanoq sonidan) -ov affiksi bilan yasaladi: ikki + ov > ikkov-, uch + ov uchov- kabi. Bir- sonidan -ov affiksi bilan yasalgan birov- leksemasi ikki xil ma'noni ifodalaydi: a) qiz bolalarning o’yinida birov, ikkov kabi sanoqni bildiradi; b)»kimdir notanish kishi» ma'nosini bildiradi, bunda gumon olmoshi bo’ladi. -ov affiksi bilan yasalgan jamlovchi son ot tabiatli bo’lib, odatda ko’plik nisbatlovchisi qo’shilgan holda ishlatiladi, nisbatlovchidan keyin kelishik morfemasi qo’shiladi: ikkov + imiz + ni kabi. 2) Ikkidan oltigacha bo’lgan to’rt sanoq sondan -ala affiksi bilan yasaladi: ikki + ala > ikkala-, uch + ala > uchchala- kabi. Jamlovchi sonning bu turi ham ot tabiatli bo’lib, asosan ko’plik nisbatlovchisi va kelishik morfemasi qo’shilgan holda ishlatiladi: ikkalamizni, beshalamiz kabi. Bu tur jamlovchi son sifatlovchi vazifasida ham ishlatiladi, bunda nisbatlovchi va kelishik ko’rsatkichlari o’z-o’zidan qatnashmaydi: ikkala talaba-, ikkala xona- kabi. Son birliklari bilan butun miqdor-
 
 
gina emas, butunning qismiga teng miqdor ham ifodalanadi. Butun songa zid qo’yib 
bunday son turi kasr son deyiladi: o’ndan ikki-, sakkizdan bir- kabi. Bunday 
qurilmaning to’liq shakli asli o’n bo’lakdan ikki bo’lak shaklida tuzilgan, 
keyinchalik ixchamlikka intilib, bo’lak qismlari tashlangan, birinchi bo’lak- 
leksemasiga qo’shiladigan -dan affiksi sanoq songa qo’shiladigan bo’lgan: o’n 
bo’lakdan o’ndan kabi. O’n bo’lakdan ikki bo’lak- ot tabiatli qurilma bo’lib, unga 
nutqda kelishik morfemasi qo’shiladi; bo’lak ot tabiatli qurilma bo’lib, unga nutqda 
kelishik morfemasi qo’shiladi; bo’lak leksemasi tashlanganidan keyin kelishik 
morfemasi sanoq songa (asli ushbu qurilmaga yaxlitligicha) qo’shiladigan bo’lgan: 
(o’n bo’lak)dan (ikki bo’lak)ni (o’ndan ikki)ni kabi. Butun son bilan kasr sondan 
tuzilgan songa kasrli son (matematikada aralash son) deyiladi: ikki butun o’ndan 
ikki- kabi. Kasr son ham, kasrli son ham – tuzma son. Sanoq sondan -nchi affiksi 
bilan yasalgan son turiga tartib son deyiladi: ikkinchi-, yigirmanchi- kabi. Son 
leksemalarning boshqa turlari miqdor ma'nosini anglatsa, tartib son predmetning 
boshqa predmetlar qatorida nechanchi o’rinda ekanini ifodalaydi: uchinchi- soni 
«ikkidan keyingi» ma'nosini bildiradi. Tartib son sifat tabiatli bo’lib,  
sifatlovchi vazifasida keladi: to’qqizinchi sinf- kabi. Birinchi-, ikkinchi- tartib sonlari 
oliy nav- kabi birikmalar qatorida ishlatilib, belgi (sifat) ma'nosini kashf etgan: oliy 
nav-, birinchi nav- kabi. Tartib songa -dan affiksini qo’shib birinchidan, ikkinchidan 
kabi hosil qilingan leksemalar sira ma'nosini ifodalab, kirish bo’lak vazifasida 
keladi. Son leksemalar turlarini quyidagicha jadval tuzib ko’rsatish mumkin:  
Son leksemalar  
Miqdor sonlar Tartib son  
Butun sonlar Kasr son  
Sanoq son Kasrli son  
Donalik son Chama son Taqsim son Jamlovchi son  
Boshlang`ich sinf darsliklarida berilgan mashqlarni ko`rib chiqamiz. 3-sinf ona 
tili darsligidagi mavzularda quyidagicha topshiriqlar berilgan.336-mashq.Sonlarni 
o`zi bog`langan ot bilan ko`chiring.  
Bir tup, bir soat, bir kilogram,yeti yuz gramm,oltmish to`rt kishi.  
339-mashq. Quyidagi so`zlarni sanoq va tartibni bildirgan sonlar bilan qo`llab, 
birikma tuzing. Sonlarni raqamlar bilan yozing.
gina emas, butunning qismiga teng miqdor ham ifodalanadi. Butun songa zid qo’yib bunday son turi kasr son deyiladi: o’ndan ikki-, sakkizdan bir- kabi. Bunday qurilmaning to’liq shakli asli o’n bo’lakdan ikki bo’lak shaklida tuzilgan, keyinchalik ixchamlikka intilib, bo’lak qismlari tashlangan, birinchi bo’lak- leksemasiga qo’shiladigan -dan affiksi sanoq songa qo’shiladigan bo’lgan: o’n bo’lakdan o’ndan kabi. O’n bo’lakdan ikki bo’lak- ot tabiatli qurilma bo’lib, unga nutqda kelishik morfemasi qo’shiladi; bo’lak ot tabiatli qurilma bo’lib, unga nutqda kelishik morfemasi qo’shiladi; bo’lak leksemasi tashlanganidan keyin kelishik morfemasi sanoq songa (asli ushbu qurilmaga yaxlitligicha) qo’shiladigan bo’lgan: (o’n bo’lak)dan (ikki bo’lak)ni (o’ndan ikki)ni kabi. Butun son bilan kasr sondan tuzilgan songa kasrli son (matematikada aralash son) deyiladi: ikki butun o’ndan ikki- kabi. Kasr son ham, kasrli son ham – tuzma son. Sanoq sondan -nchi affiksi bilan yasalgan son turiga tartib son deyiladi: ikkinchi-, yigirmanchi- kabi. Son leksemalarning boshqa turlari miqdor ma'nosini anglatsa, tartib son predmetning boshqa predmetlar qatorida nechanchi o’rinda ekanini ifodalaydi: uchinchi- soni «ikkidan keyingi» ma'nosini bildiradi. Tartib son sifat tabiatli bo’lib, sifatlovchi vazifasida keladi: to’qqizinchi sinf- kabi. Birinchi-, ikkinchi- tartib sonlari oliy nav- kabi birikmalar qatorida ishlatilib, belgi (sifat) ma'nosini kashf etgan: oliy nav-, birinchi nav- kabi. Tartib songa -dan affiksini qo’shib birinchidan, ikkinchidan kabi hosil qilingan leksemalar sira ma'nosini ifodalab, kirish bo’lak vazifasida keladi. Son leksemalar turlarini quyidagicha jadval tuzib ko’rsatish mumkin: Son leksemalar Miqdor sonlar Tartib son Butun sonlar Kasr son Sanoq son Kasrli son Donalik son Chama son Taqsim son Jamlovchi son Boshlang`ich sinf darsliklarida berilgan mashqlarni ko`rib chiqamiz. 3-sinf ona tili darsligidagi mavzularda quyidagicha topshiriqlar berilgan.336-mashq.Sonlarni o`zi bog`langan ot bilan ko`chiring. Bir tup, bir soat, bir kilogram,yeti yuz gramm,oltmish to`rt kishi. 339-mashq. Quyidagi so`zlarni sanoq va tartibni bildirgan sonlar bilan qo`llab, birikma tuzing. Sonlarni raqamlar bilan yozing.
 
 
3-uy,4-qavat,5-sahifa, uchta maktab, II asr, besh qism.  
340-mashq. Sonlarning gapdagi vazifasini ayting. Ularni o`zi bog`langan so`z 
bilan ko`chiring.  
Uchinchi qorishma, birinchi sinf, ikkita chelak, to`rtinchi sinf.  
Aniqlovchi bo`lib kelyapti.  
Vazifa:341-mashq.  
Topishmoq 
javobini 
ayting. 
Raqamlarni 
harflar 
bilan 
ifodalab 
ko`chiring.Sonning turini aniqlang.  
Qirq o`rtoqqa bitta uy,  
Bir qiyofa, bir xil bo`y,  
Ketma-ket chiqishar,  
Chars-churs olov yoqishar.  
(Gugurt)  
Bir otasi, bir bolasi,  
Necha yuz ming bolasi.  
(Oy, yulduzlar)  
Supacha, supachada besh bola.  
(qo`l)  
Miqdor sonlar qatnashgan.  
343-mashq. Raqamlarni harfiy ifodalar bilan yozing. Sonlarni otlar bilan 
bog`lab birikma tuzing. Chizmada yozing.  
Namuna: ikki o`quvchi.  
To`rt askar, yettinchi bino,sakkizta qo`y,to`qqiz o`g`il,yigirmatta tovuq,o`ttizta 
stul, qirq eshak, ellikta daftar, oltmishta sigir,mingta buloq,bir million so`m.  
346-mashq. Katakcha o`rniga ertaklarda ko`p qo`llanadigan sonlarni 
topib,birikma tuzing va yozing.  
Yetti iqlim, yeti xazina, qirq kun, yetmish hunar, qirq kecha-kunduz, uch qiz.  
 
Xulosa 
 Son narsa-buyumning miqdorini, sanog`ini bildirgan so`z turkumi 
hisoblanadi. Bunda son so`z turkumiga oid mashqlar soddadan murakkabga tomon 
berilgan. Masalan, 1-sinf ona tili darsligidagi 137-mashqda so`zlarga so`roq berilishi
3-uy,4-qavat,5-sahifa, uchta maktab, II asr, besh qism. 340-mashq. Sonlarning gapdagi vazifasini ayting. Ularni o`zi bog`langan so`z bilan ko`chiring. Uchinchi qorishma, birinchi sinf, ikkita chelak, to`rtinchi sinf. Aniqlovchi bo`lib kelyapti. Vazifa:341-mashq. Topishmoq javobini ayting. Raqamlarni harflar bilan ifodalab ko`chiring.Sonning turini aniqlang. Qirq o`rtoqqa bitta uy, Bir qiyofa, bir xil bo`y, Ketma-ket chiqishar, Chars-churs olov yoqishar. (Gugurt) Bir otasi, bir bolasi, Necha yuz ming bolasi. (Oy, yulduzlar) Supacha, supachada besh bola. (qo`l) Miqdor sonlar qatnashgan. 343-mashq. Raqamlarni harfiy ifodalar bilan yozing. Sonlarni otlar bilan bog`lab birikma tuzing. Chizmada yozing. Namuna: ikki o`quvchi. To`rt askar, yettinchi bino,sakkizta qo`y,to`qqiz o`g`il,yigirmatta tovuq,o`ttizta stul, qirq eshak, ellikta daftar, oltmishta sigir,mingta buloq,bir million so`m. 346-mashq. Katakcha o`rniga ertaklarda ko`p qo`llanadigan sonlarni topib,birikma tuzing va yozing. Yetti iqlim, yeti xazina, qirq kun, yetmish hunar, qirq kecha-kunduz, uch qiz. Xulosa Son narsa-buyumning miqdorini, sanog`ini bildirgan so`z turkumi hisoblanadi. Bunda son so`z turkumiga oid mashqlar soddadan murakkabga tomon berilgan. Masalan, 1-sinf ona tili darsligidagi 137-mashqda so`zlarga so`roq berilishi
 
 
aytilgan bo`lsa,138-mashqda esa ham so`roq berilishi, ham songa oid so`zlarni 
nechta ekanligini topish haqida berilgan. Bu orqali o`quvchilarning aqli charxlanadi, 
son so`z turkumini tushunishi osonlashadi, hisob so`zlarni bilib olish ko`nikmasi 
hosil bo`ladi. 1-sinf darsligida matn ichidagi so`zlarga nechta? va nechanchi? 
So`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni topib kelish bo`lsa,2-sinf ona tili darsligida esa 
ham bu so`zlarni topish, ham u bilan bog`langan so`zlar bilan ko`chirish lozimligi 
eslatib o`tilgan. Hamda juft sonlar ham berib o`tilgan. Ikkala darslikdagi 
o`xshashliklar son so`roqlarining bir xilligida hamda narsalar sanog`ini bildirgan 
so`zlar tagiga to`lqinli chiziq chizilishi kerakligi aytilganligida hisoblanadi. 2-sinf 
darsligida matn ichida so`roqlarga to`g`ri misol yozilishi ham aytilgan. 3-sinf 
darsligida sonlar raqam bilan yozilganda -inchi, -nchi, qo`shimchasi o`rniga 
chiziqcha ishlatilishi, matn ichidan tartib sonlarni va sanoq sonlarni alohida ustun 
shaklda yozish kerakligi berilgan. Sonlar badiiy asarlarda so`z-harf bilan yozilishi 
ham o`rgatilgan. Hatto namuna bilan tushuntirib qo`yilgan. 4-sinfda ancha 
murakkablashtirilgan. Masalan: tartib sonlarni o`zak va qo`shimchaga ajratish 
lozimligi, sanoq sonlarni o`zi bilan bog`langan ot bilan birga ko`chirish kerakligi, 
topishmoqlarni topish sharti so`ralgan.  
Savol va topshiriqlar:  
1. Son deb nimaga aytiladi?  
2. Son nechanchi sinf darsliklarida berilgan?  
3. Son necha turga bo`linadi, sanab bering.  
4. Sonning turlariga misollar keltiring.  
5. Boshlang`ich sinflarda sonning o`rganilishini navbat bilan sanab o`ting, 
misollar keltiring.  
Boshqa turkum leksemalariga beriladigan so’roqni bildiruvchi va shunday 
leksemalar o’rnida ishlatiluvchi birliklarga olmosh leksemalar turkumi deyiladi. 
Olmoshdan leksik ma'no emas, balki mavhum grammatik ma'no anglashiladi.  
Har bir lug’aviy leksemalar turkumining o’z so’roq olmoshlari bo’ladi:  
1) ot so’roq olmoshlari: kim−, nima−;  
2) sifat so’roq olmoshlari: qanday, qanaqa, qaysi;  
3) son so’roq olmoshlari: necha, qancha, nechtadan, nechanchi;
aytilgan bo`lsa,138-mashqda esa ham so`roq berilishi, ham songa oid so`zlarni nechta ekanligini topish haqida berilgan. Bu orqali o`quvchilarning aqli charxlanadi, son so`z turkumini tushunishi osonlashadi, hisob so`zlarni bilib olish ko`nikmasi hosil bo`ladi. 1-sinf darsligida matn ichidagi so`zlarga nechta? va nechanchi? So`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni topib kelish bo`lsa,2-sinf ona tili darsligida esa ham bu so`zlarni topish, ham u bilan bog`langan so`zlar bilan ko`chirish lozimligi eslatib o`tilgan. Hamda juft sonlar ham berib o`tilgan. Ikkala darslikdagi o`xshashliklar son so`roqlarining bir xilligida hamda narsalar sanog`ini bildirgan so`zlar tagiga to`lqinli chiziq chizilishi kerakligi aytilganligida hisoblanadi. 2-sinf darsligida matn ichida so`roqlarga to`g`ri misol yozilishi ham aytilgan. 3-sinf darsligida sonlar raqam bilan yozilganda -inchi, -nchi, qo`shimchasi o`rniga chiziqcha ishlatilishi, matn ichidan tartib sonlarni va sanoq sonlarni alohida ustun shaklda yozish kerakligi berilgan. Sonlar badiiy asarlarda so`z-harf bilan yozilishi ham o`rgatilgan. Hatto namuna bilan tushuntirib qo`yilgan. 4-sinfda ancha murakkablashtirilgan. Masalan: tartib sonlarni o`zak va qo`shimchaga ajratish lozimligi, sanoq sonlarni o`zi bilan bog`langan ot bilan birga ko`chirish kerakligi, topishmoqlarni topish sharti so`ralgan. Savol va topshiriqlar: 1. Son deb nimaga aytiladi? 2. Son nechanchi sinf darsliklarida berilgan? 3. Son necha turga bo`linadi, sanab bering. 4. Sonning turlariga misollar keltiring. 5. Boshlang`ich sinflarda sonning o`rganilishini navbat bilan sanab o`ting, misollar keltiring. Boshqa turkum leksemalariga beriladigan so’roqni bildiruvchi va shunday leksemalar o’rnida ishlatiluvchi birliklarga olmosh leksemalar turkumi deyiladi. Olmoshdan leksik ma'no emas, balki mavhum grammatik ma'no anglashiladi. Har bir lug’aviy leksemalar turkumining o’z so’roq olmoshlari bo’ladi: 1) ot so’roq olmoshlari: kim−, nima−; 2) sifat so’roq olmoshlari: qanday, qanaqa, qaysi; 3) son so’roq olmoshlari: necha, qancha, nechtadan, nechanchi;
 
 
4) ravish so’roq olmoshlari: qachon, nega, nimaga, nechuk, qanday qilib, qay 
tarzda;  
5) fe'l so’roq olmoshlari: nima qildi, nima qiladi, nima qilayotir. Olmoshlarning 
quyidagi ma'no turlari so’roq olmoshlari asosida hosil qilingan:  
1. Gumon olmoshlari:  
1) so’roq olmoshi oldiga alla- affiksoidini qo’shib: a) ot so’roq olmoshiga: 
allakim−, allanima−, b) sifat so’roq olmoshiga: allaqanday, allaqaysi, d)son so’roq 
olmoshiga: allaqancha, allanechanchi, e) ravish so’roq olmoshiga: allaqachon kabi;  
2) so’roq olmoshi oxiriga -dir gumon yuklama-affiksini qo’shib: a) ot so’roq 
olmoshiga: kimdir, nimadir, b) sifat so’roq olmoshiga: qandaydir, qaysidir, d) son 
so’roq olmoshiga: qanchadir, nechanchidir; e) ravish so’roq olmoshiga: qachondir, 
negadir, nimagadir kabi. -dir asli gumon yuklamasi bo’lgani sababli ot so’roq 
olmoshiga sonlovchi va turlovchi affiksdan keyin qo’shiladi: kimlargadir kabi. 2. 
Belgilash olmoshlari so’roq olmoshlaridan oldin har ta'kidlov affiksoidini keltirib 
hosil qilinadi: a) ot so’roq olmoshi oldidan: har kim−, har nima−, b) sifat so’roq 
olmoshi oldidan: har qanday, har qaysi, d) son so’roq olmoshi oldidan: har qancha, 
e) ravish so’roq olmoshi oldidan: har qachon kabi. I z o h. Hamma, barcha, bari 
kabi leksemalarni olmoshlar qatoridan chiqarib, ko’p, bir talay kabi miqdor 
ravishlari qatoriga qo’shish to’g’ri, chunki bular «mavjud miqdordagi» kabi leksik 
ma'noni anglatadi. 3. Bo’lishsizlik olmoshlari so’roq olmoshlari oldidan hech inkor 
affiksoidini keltirib hosil qilinadi: a) ot so’roq olmoshi oldidan: hech kim−, hech 
nima−, b) sifat so’roq olmoshi oldidan: hech qanday, hech qaysi, d) son so’roq 
olmoshi oldidan: hech qancha, e) ravish so’roq olmoshi oldidan: hech qachon kabi. 
Yuqoridagi tasvirdan anglashiladiki, gumon olmoshlari, belgilash olmoshlari, 
bo’lishsizlik olmoshlari o’z ichida ot olmosh, sifat olmosh, son olmosh, ravish 
olmosh turlariga ajratiladi. Olmoshlarning grammatik tabiati qaysi turkum olmoshi 
ekaniga bog’liq. Kishilik olmoshlari ot olmoshlarning maxsus turi bo’lib, shaxs, son, 
o’rni bilan modal ma'nolarni ifodalaydigan quyidagicha paradigmani hosil qiladi: 
men− biz 1−, bizlar− biz 2 −sen− senlar−, siz 1−, sizlar− siz 2 − u − ular 1− ular 
2−Kishilik olmoshlarining bu paradigmasida shaxs, son, o’rni bilan modal 
ma'nolarning ifodalanishi quyidagicha: 1) men−, sen− olmoshlarida shaxs va son 
ma'nosini olmosh asosining o’zi ifodalaydi. Tarixan shaxs ma'nosini bu
4) ravish so’roq olmoshlari: qachon, nega, nimaga, nechuk, qanday qilib, qay tarzda; 5) fe'l so’roq olmoshlari: nima qildi, nima qiladi, nima qilayotir. Olmoshlarning quyidagi ma'no turlari so’roq olmoshlari asosida hosil qilingan: 1. Gumon olmoshlari: 1) so’roq olmoshi oldiga alla- affiksoidini qo’shib: a) ot so’roq olmoshiga: allakim−, allanima−, b) sifat so’roq olmoshiga: allaqanday, allaqaysi, d)son so’roq olmoshiga: allaqancha, allanechanchi, e) ravish so’roq olmoshiga: allaqachon kabi; 2) so’roq olmoshi oxiriga -dir gumon yuklama-affiksini qo’shib: a) ot so’roq olmoshiga: kimdir, nimadir, b) sifat so’roq olmoshiga: qandaydir, qaysidir, d) son so’roq olmoshiga: qanchadir, nechanchidir; e) ravish so’roq olmoshiga: qachondir, negadir, nimagadir kabi. -dir asli gumon yuklamasi bo’lgani sababli ot so’roq olmoshiga sonlovchi va turlovchi affiksdan keyin qo’shiladi: kimlargadir kabi. 2. Belgilash olmoshlari so’roq olmoshlaridan oldin har ta'kidlov affiksoidini keltirib hosil qilinadi: a) ot so’roq olmoshi oldidan: har kim−, har nima−, b) sifat so’roq olmoshi oldidan: har qanday, har qaysi, d) son so’roq olmoshi oldidan: har qancha, e) ravish so’roq olmoshi oldidan: har qachon kabi. I z o h. Hamma, barcha, bari kabi leksemalarni olmoshlar qatoridan chiqarib, ko’p, bir talay kabi miqdor ravishlari qatoriga qo’shish to’g’ri, chunki bular «mavjud miqdordagi» kabi leksik ma'noni anglatadi. 3. Bo’lishsizlik olmoshlari so’roq olmoshlari oldidan hech inkor affiksoidini keltirib hosil qilinadi: a) ot so’roq olmoshi oldidan: hech kim−, hech nima−, b) sifat so’roq olmoshi oldidan: hech qanday, hech qaysi, d) son so’roq olmoshi oldidan: hech qancha, e) ravish so’roq olmoshi oldidan: hech qachon kabi. Yuqoridagi tasvirdan anglashiladiki, gumon olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo’lishsizlik olmoshlari o’z ichida ot olmosh, sifat olmosh, son olmosh, ravish olmosh turlariga ajratiladi. Olmoshlarning grammatik tabiati qaysi turkum olmoshi ekaniga bog’liq. Kishilik olmoshlari ot olmoshlarning maxsus turi bo’lib, shaxs, son, o’rni bilan modal ma'nolarni ifodalaydigan quyidagicha paradigmani hosil qiladi: men− biz 1−, bizlar− biz 2 −sen− senlar−, siz 1−, sizlar− siz 2 − u − ular 1− ular 2−Kishilik olmoshlarining bu paradigmasida shaxs, son, o’rni bilan modal ma'nolarning ifodalanishi quyidagicha: 1) men−, sen− olmoshlarida shaxs va son ma'nosini olmosh asosining o’zi ifodalaydi. Tarixan shaxs ma'nosini bu
 
 
olmoshlarning m-, s- qismi, son ma'nosini -n qismi bildirgan bo’lsa ham, hozirgi 
o’zbek tilida bu olmoshlar tarkibi ma'noli qismlarga ajratilmaydi. 2) biz−, siz− 
olmoshlari ham xuddi shunday baholanadi: Tarixan shaxs ma'nosini b-, s- qismi, son 
ma'nosini -z qismi bildirgan bo’lsa ham, hozirgi o’zbek tilida bu olmoshlar ma'noli 
qismlarga ajratilmaydi. 3) biz−, siz− olmoshlari birlikni ifodalash uchun ham 
ishlatila boshlagani sababli, ko’plikni ochiq ifodalash maqsadi bilan bo’lsa kerak, bu 
olmoshlarga -lar ko’plik affiksini qo’shib ishlatish yuzaga kelgan. Bunday 
ishlatishda (bizlar−, sizlar−) biz-, siz- asoslari shaxs ma'nosini, -lar affiksi esa son 
ma'nosini ifodalaydi, demak, bu ma'nolarni olmosh tarkibidagi boshqa-boshqa 
qismlar bildiradi. 4) I, II shaxs olmoshlaridan farqli holda III shaxs olmoshi u− 
kishiliknarsa olmoshi deyiladi. Bu olmosh asli ko’rsatish olmoshidan o’sib 
chiqqanini hisobga olib, uni kishilik-ko’rsatish olmoshi deb baholash ham mavjud. 
Hozirgi o’zbek tilida u− II kishilik-narsa olmoshi bilan u− I ko’rsatish olmoshini 
omoifodalar deb qarash to’g’ri. u− kishilik-narsa olmoshining asosi I, II shaxs birlik 
kishilik olmoshlaridan farqli holda faqat shaxs ma'nosini bildiradi, son ma'nosini 
unga qo’shiladigan nol ko’rsatkichli morfema ifodalaydi; bu yerda nol ko’rsatkichli 
morfema shu olmosh asosiga ko’plik ma'nosini ifodalash uchun qo’shiladigan -lar 
affiksi bilan zidlashda belgilanadi: u + − u + lar−. Demak, III shaxs kishilik-narsa 
olmoshida shaxs ma'nosini asos, son ma'nosini esa grammatik ko’rsatkich 
ifodalaydi. 5) biz− 2 – bizlar−, siz− 2 – sizlar− munosabatida ham yuqoridagi kabi 
hodisani ko’ramiz: biz 2 + − biz + lar−, siz 2 + − siz + lar−. Xullas: a) men− 
olmoshi-gina -lar affiksini olmaydi, demak, son shakllarida zidlanish yo’q, shunga 
ko’ra shaxs va son ma'nosini bu olmoshning asosi bildiradi; b) sen− – senlar−, u− 
– ular− 1, biz 2 + − - bizlar−, siz 2 + −- sizlar− zidlanishida shaxs ma'nosini 
olmoshning asosi, son ma'nosini morfema ifodalaydi; d) senlar – sizlar zidlanishida 
son (ko’plik) ma'nosi affiks yordamida ifodalanadi, modal ma'nodagi zidlanish 
(«senlash» - «sizlash») olmosh asosidan anglashiladi; e) biz− 1 – biz− 2, siz− 1 – 
siz− 2, ular− 1 – ular− 2 zidlanishida «ko’plik» ma'nosi bilan ishlatilish birlamchi 
bo’lib, «ko’plik» yakka shaxsga ko’chirib ishlatilishi natijasida «birlik» ma'nosi 
yuzaga kelgan, bu «birlik» ma'nosi modal ma'no bilan birgalikda ifodalangan: biz− 
1(«ko’plik») – biz− 2 («birlik + kamtarlik»), siz− 1 («ko’plik») – siz− 2 («birlik+ 
sizlash»), ular− 1 («ko’plik») – ular− 2 («birlik + sizlash»); d) biz− 1 – bizlar−,
olmoshlarning m-, s- qismi, son ma'nosini -n qismi bildirgan bo’lsa ham, hozirgi o’zbek tilida bu olmoshlar tarkibi ma'noli qismlarga ajratilmaydi. 2) biz−, siz− olmoshlari ham xuddi shunday baholanadi: Tarixan shaxs ma'nosini b-, s- qismi, son ma'nosini -z qismi bildirgan bo’lsa ham, hozirgi o’zbek tilida bu olmoshlar ma'noli qismlarga ajratilmaydi. 3) biz−, siz− olmoshlari birlikni ifodalash uchun ham ishlatila boshlagani sababli, ko’plikni ochiq ifodalash maqsadi bilan bo’lsa kerak, bu olmoshlarga -lar ko’plik affiksini qo’shib ishlatish yuzaga kelgan. Bunday ishlatishda (bizlar−, sizlar−) biz-, siz- asoslari shaxs ma'nosini, -lar affiksi esa son ma'nosini ifodalaydi, demak, bu ma'nolarni olmosh tarkibidagi boshqa-boshqa qismlar bildiradi. 4) I, II shaxs olmoshlaridan farqli holda III shaxs olmoshi u− kishiliknarsa olmoshi deyiladi. Bu olmosh asli ko’rsatish olmoshidan o’sib chiqqanini hisobga olib, uni kishilik-ko’rsatish olmoshi deb baholash ham mavjud. Hozirgi o’zbek tilida u− II kishilik-narsa olmoshi bilan u− I ko’rsatish olmoshini omoifodalar deb qarash to’g’ri. u− kishilik-narsa olmoshining asosi I, II shaxs birlik kishilik olmoshlaridan farqli holda faqat shaxs ma'nosini bildiradi, son ma'nosini unga qo’shiladigan nol ko’rsatkichli morfema ifodalaydi; bu yerda nol ko’rsatkichli morfema shu olmosh asosiga ko’plik ma'nosini ifodalash uchun qo’shiladigan -lar affiksi bilan zidlashda belgilanadi: u + − u + lar−. Demak, III shaxs kishilik-narsa olmoshida shaxs ma'nosini asos, son ma'nosini esa grammatik ko’rsatkich ifodalaydi. 5) biz− 2 – bizlar−, siz− 2 – sizlar− munosabatida ham yuqoridagi kabi hodisani ko’ramiz: biz 2 + − biz + lar−, siz 2 + − siz + lar−. Xullas: a) men− olmoshi-gina -lar affiksini olmaydi, demak, son shakllarida zidlanish yo’q, shunga ko’ra shaxs va son ma'nosini bu olmoshning asosi bildiradi; b) sen− – senlar−, u− – ular− 1, biz 2 + − - bizlar−, siz 2 + −- sizlar− zidlanishida shaxs ma'nosini olmoshning asosi, son ma'nosini morfema ifodalaydi; d) senlar – sizlar zidlanishida son (ko’plik) ma'nosi affiks yordamida ifodalanadi, modal ma'nodagi zidlanish («senlash» - «sizlash») olmosh asosidan anglashiladi; e) biz− 1 – biz− 2, siz− 1 – siz− 2, ular− 1 – ular− 2 zidlanishida «ko’plik» ma'nosi bilan ishlatilish birlamchi bo’lib, «ko’plik» yakka shaxsga ko’chirib ishlatilishi natijasida «birlik» ma'nosi yuzaga kelgan, bu «birlik» ma'nosi modal ma'no bilan birgalikda ifodalangan: biz− 1(«ko’plik») – biz− 2 («birlik + kamtarlik»), siz− 1 («ko’plik») – siz− 2 («birlik+ sizlash»), ular− 1 («ko’plik») – ular− 2 («birlik + sizlash»); d) biz− 1 – bizlar−,
 
 
siz− 1 – sizlar− – senlar− qatori sinonimiyaga – ko’plikning har xil ifodasiga teng. 
Kishilik olmoshi ot olmosh sifatida turlanadi. Bunda men, sen olmoshlariga 
qaratqich kelishigi affiksi -ing shaklida, tushum kelishigi affiksi -i shaklida 
qo’shiladi. Makon kelishiklari affiksi u− olmoshining un- (< ul−) shakliga 
qo’shiladi. Hozirgi o’zbek tilida kishilik olmoshlariga nisbatlovchi qo’shilmaydi. 
Kishilik olmoshlarining so’zlashuv tilida saqlanib kelayotgan manim, saning, uni 
(shuningdek bizim, sizing) shakllari oxiridagi qo’shimchalarni nisbatlovchilar deb 
talqin qilish ham mumkin. Unda menim kitobim kabi birikmaning har ikki a'zosiga 
aslida ayni bir nisbatlovchi qo’shilgan bo’lib chiqadi. Adabiyotlarda ko’rsatish 
olmoshlari nomi bilan bu, shu, u, o’sha, mana, ana birliklari keltiriladi. Bular 
haqiqatda ko’rsatish ma'nosini ifodalaydi, lekin biror leksemaga olmosh bo’lib 
kelmaydi. Shunga ko’ra bularni olmosh deyish to’g’ri bo’lmaydi, shartli ravishda 
ko’rsatish birliklari deb nomlash mumkin. Ko’rsatish birliklari o’zaro quyidagicha 
oppozitiv munosabat hosil qiladi: bu shu mana mana bu mana shu u o’sha ana ana u 
ana o’sha. Ko’rsatish birliklari tizimining asosini bu, shu, u, o’sha tashkil qiladi; bu, 
shu oldidan mana birligini, u, o’sha oldidan ana birligini keltirish bilan ko’rsatish 
ma'nosi ta'kidlanadi. Mana, bu, shu qatori odatda yaqin masofadagi predmetni, ana, 
u, o’sha qatori uzoqroq masofadagi predmetni ko’rsatish uchun ishlatiladi; ana, ana 
u oldidan hov, huv birliklarini keltirish bilan masofaning yana−da uzoqroq ekanligi 
ifodalanadi. Bu, shu qatorida bu odatda birlamchi ko’rsatishda, shu esa ikkilamchi 
ko’rsatishda, shuningdek u birlamchi ko’rsatishda, o’sha ikkilamchi (oldin ham 
ta'kidlangan) ko’rsatishda ishlatiladi. o’rsatish birliklari sifat tabiatli bo’lgani uchun 
ularda shakl hosil qilish yo’q. O’zlik olmoshi deb ataladigan o’z− birligi biror 
leksemaga olmosh bo’lib kelmaydi, balki odatda ma'lum bir leksemaga bog’lanib, 
ta'kid ma'nosini ifodalaydi: men o’zim− (< mening o’zim−), o’zim−; akam o’zi− (< 
akamning o’zi−); o’z so’zida (< o’zining so’zida) kabi. Shunga ko’ra bu bir- likni 
ta'kid birligi deb atash ma'qul. O’z− birligi aslida ot leksema bo’lgan, shunga ko’ra 
nisbatlovchi va turlovchi affikslarni oladi, lekin grammatik son paradigmasining 
faqat birlik shaklida ishlatiladi. Olmosh so`z turkumiga o`rgatish usullarining oziga 
xosligi.
siz− 1 – sizlar− – senlar− qatori sinonimiyaga – ko’plikning har xil ifodasiga teng. Kishilik olmoshi ot olmosh sifatida turlanadi. Bunda men, sen olmoshlariga qaratqich kelishigi affiksi -ing shaklida, tushum kelishigi affiksi -i shaklida qo’shiladi. Makon kelishiklari affiksi u− olmoshining un- (< ul−) shakliga qo’shiladi. Hozirgi o’zbek tilida kishilik olmoshlariga nisbatlovchi qo’shilmaydi. Kishilik olmoshlarining so’zlashuv tilida saqlanib kelayotgan manim, saning, uni (shuningdek bizim, sizing) shakllari oxiridagi qo’shimchalarni nisbatlovchilar deb talqin qilish ham mumkin. Unda menim kitobim kabi birikmaning har ikki a'zosiga aslida ayni bir nisbatlovchi qo’shilgan bo’lib chiqadi. Adabiyotlarda ko’rsatish olmoshlari nomi bilan bu, shu, u, o’sha, mana, ana birliklari keltiriladi. Bular haqiqatda ko’rsatish ma'nosini ifodalaydi, lekin biror leksemaga olmosh bo’lib kelmaydi. Shunga ko’ra bularni olmosh deyish to’g’ri bo’lmaydi, shartli ravishda ko’rsatish birliklari deb nomlash mumkin. Ko’rsatish birliklari o’zaro quyidagicha oppozitiv munosabat hosil qiladi: bu shu mana mana bu mana shu u o’sha ana ana u ana o’sha. Ko’rsatish birliklari tizimining asosini bu, shu, u, o’sha tashkil qiladi; bu, shu oldidan mana birligini, u, o’sha oldidan ana birligini keltirish bilan ko’rsatish ma'nosi ta'kidlanadi. Mana, bu, shu qatori odatda yaqin masofadagi predmetni, ana, u, o’sha qatori uzoqroq masofadagi predmetni ko’rsatish uchun ishlatiladi; ana, ana u oldidan hov, huv birliklarini keltirish bilan masofaning yana−da uzoqroq ekanligi ifodalanadi. Bu, shu qatorida bu odatda birlamchi ko’rsatishda, shu esa ikkilamchi ko’rsatishda, shuningdek u birlamchi ko’rsatishda, o’sha ikkilamchi (oldin ham ta'kidlangan) ko’rsatishda ishlatiladi. o’rsatish birliklari sifat tabiatli bo’lgani uchun ularda shakl hosil qilish yo’q. O’zlik olmoshi deb ataladigan o’z− birligi biror leksemaga olmosh bo’lib kelmaydi, balki odatda ma'lum bir leksemaga bog’lanib, ta'kid ma'nosini ifodalaydi: men o’zim− (< mening o’zim−), o’zim−; akam o’zi− (< akamning o’zi−); o’z so’zida (< o’zining so’zida) kabi. Shunga ko’ra bu bir- likni ta'kid birligi deb atash ma'qul. O’z− birligi aslida ot leksema bo’lgan, shunga ko’ra nisbatlovchi va turlovchi affikslarni oladi, lekin grammatik son paradigmasining faqat birlik shaklida ishlatiladi. Olmosh so`z turkumiga o`rgatish usullarining oziga xosligi.