Spirtli ichimliklar isteʼmol qiluvchi oʻsmirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
22,4 KB
Spirtli ichimliklar isteʼmol qiluvchi oʻsmirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-
pedagogik faoliyat
Reja:
1. Spirtli ichimliklar isteʼmol qilish muammosi
2. Bolalarning spirtli ichimliklar ichishining sabab va oqibatlari.
3. Bolalardagi spirtli ichimlikka munosabat darajasi va har bir darajada ijtimoiy
pedagogning yordam berish shakllari.
Tayanch tushunchalar: Spirtli ichimlik, deviant patologik ruju, istisno,
Adaptatsion, Profilaktik, Vositachilik, Reabilitatsion.
23.1. Spirtli ichimliklar isteʼmol qilish muammosi. Bolalar ichkilikbozligi
va ayniqsa uning yoshlar oʻrtasida keng tarqalishi eng jiddiy ijtimoiy pedagogik
muammolardan biri hisoblanadi. Ichkilikbozlik tushunchasi ikki oʻrinda aniqlanadi.
Tibbiy nuqtayi nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga yengib
boʻlmas ehtiyoj tugʻilishida namoyon boʻladigan surunkali kasallikdir. ijtimoiy
pedagogik nuqtayi nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimlikka deviant patologik ruju
qoʻyish bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shaxslaridan biridir.
Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan
bevosita bogʻliq. Chunki, birinchidan, u aniq ijtimoiy psixologik sabablar tufayli
kelib chiqadi, ikkinchidan odatda deviant xulq-atvor kabi gʻayri ijtimoiy
hislatlarning kelib chiqishiga olib keladi. Ichkilikbozlik namoyon boʻlishining
ijtimoiypsixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy
omillarni ajratsak boʻladi. Shaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va xaraktereologik
xususiyatlar
bajarishi
mumkin.
Mikroijtimoiy
omillarga
alkogollashuv
koʻrsatkichlari (ichkilik isteʼmol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda
alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiypsixologik belgilar kiradi. Ijtimoiy
psixologik omillar shartli ravishdagina ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga
taʼsir koʻrsatar ekan, ular yaxlit va kompleks tarzda oʻrganilishi lozim.Yuqorida
alkogollashuv darajasiga (bir oyda kamida bir marta isteʼmol qilish) ega oʻsmirlar
guruhida ijobiy ijtimoiy mikro muhitda shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasini
taʼminlovchi shaxsiy xususiyatlar tizimi yaxshi rivojlangan.
Bolalar ichkilikbozligi bir qator xususiyatlarga ega:
1) spirtli ichimliklarga tez koʻnikish.
2) ichkilikbozlikning tez rivojlanishi.
3) davolashning samaradorligi.
4) organizmning tez buzilishi jarayoni.
23.2. Bolalarning spirtli ichimliklar ichishining sabab va oqibatlari.
Bolalarning spirtli ichimliklarga koʻnikishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk davri,
maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, oʻsmirlik davrida jadal kechadi.
Birinchi davr-bolalikning ilk davri boʻlib, unda bolalarning alkogollashuvi
ixtiyorsiz xarakterga ega. Bu bir necha sabablarga koʻra roʻy beradi-homiladorlik va
emizish davria spirtli ichimlik isteʼmol qilish, mast holatda homilador boʻlish. Ichki
organ va aʼzolarning jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda homilaning
zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi-oyoq va qoʻllarning
rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy aʼzolardagi nuqsonlar, bosh
hajmining kichiklashishi va boshqalar. Homila alkogol oldida himoyasiz boʻlgani
sababli u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida
istisqo, aqli norasolikni kuzatsak boʻladi. Bunday bolalar garchi bolaliklarida hayot
bilan vidolashmasalar ham butun umr aqli noraso boʻlib oʻtadilar.
Ikkinchi davr-maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng
ahamiyatli sabablar- ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka
qiziqish paydo boʻlishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik anʼanalaridir.
Biologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-
avlodga oʻtmaydi, faqatgina unga mayl oʻtadi. Bolalarda ichkilikbozlikning
rivojlanishiga ota-onalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi.Maktab sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib ota-onalar
shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga nisbatan salbiy
munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik
bilan munosabatda boʻlish, uning maktab hayotiga doimiy eʼtibor qaratish,
maktabda va oilada gigiyenik normalarga amal qilishdir.
Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqishmasa yoki nomiga
qiziqsa (baholarni nazorat qilish surunkali tarzda ortda qolayotgan bola toʻliqsizlik
xissini boshdan ogʻir kechiradi) maktabga nisbatan qiziqishi neytrallashadi, soʻngra
bolada taʼlim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.u oʻzini namoyon
qilishning boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda bu bola koʻcha guruhlariga
qoʻshilib qoladi va u yerda spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga oʻrganadi. Agar bola
spirtli ichimlik bilan tanish boʻlsa va bu “tanishuv” oilada sodir boʻlgan boʻlsa, bu
oʻrganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada maktab, maktab hayotiga
nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola oʻziga oʻxshagan bolalarning koʻcha
guruhini afzal koʻra boshlaydi.
Uchinchi bosqich-oʻspirinlik va oʻsmirlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablarga
oiladagi nomaqbul holat, oʻzini namoyon qilish, OAVlaridagi reklama,
muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik
oqibatlari haqidagi bilimlarning yoʻqligi kiradi. Bu davrda ichkilikka ruju qoʻyish
roʻy beradi. ijtimoiy adabiyotlarda ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi
aniqlangan:
1. oʻziga yuqori baho bergan bolalar
2. shafqatsiz va agressiv xulq-atvorli bolalar
3. amaliy hayotga koʻnikmagan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan judo boʻlgan
bolalar
4. turgʻunlikka tushgan bolalar
23.3. Bolalardagi spirtli ichimlikka munosabat darajasi va har bir
darajada ijtimoiy pedagogning yordam berish shakllari. Bolalarning spirtli
ichimlik isteʼmol qilishiga tortilganliklarining bir nechta darajalari mavjud:
1. Nolga teng daraja-juda kamdan-kam isteʼmol qilish;
2. Epizodik isteʼmol darajasi-turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik;
3. Yuqori daraja-1 oyda ikki martadan ortiq isteʼmol qilish;
4. Namoyon boʻlgan ruhiy tobelik darajasi-mast boʻlishning ruhiy holatning istalgan
holatga aylanishi, ichimlikka ruhiy qaram boʻlishning yuzaga kelishi;
5. Ichimlikka jism tobe boʻlish darajasi-spirtli ichimlikni nazoratsiz isteʼmol qilish;
Shaxsning alkogollashuvi-aroqxoʻrga aylanishi. Ijtimoiy pedagogikaning ichimlik
isteʼmol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishning asosiy
yoʻnalishlari:
1. Adaptatsion-bolaning shaxsiy ijobiy xislatlar rivojlantirish orqali bolaning
adaptativ xususiyatlarini toʻgʻirlash.
2. Oilaviy- ota-onalarning sharoitlarini mo‘tadillashtirish
3. Profilaktik-bolalarda spirtli ichimlik isteʼmol qilishga salbiy munosabat
shakllantirish.
4. Vositachilik-bola va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
5. Reabilitatsion-alkogol tobe holatidagi bolani ijtimoiy reabilitatsiya qilish.
Oʻz faoliyatida ijtimoiy pedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Ijtimoiy
pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashxis qoʻyish boʻlib, bolaning spirtli
ichimlik ichishga ruju qoʻyishini oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik
isteʼmol qilishga mayli bor bola haqida axborot toʻplash, uning real shaxsiy
xususiyatlarini oʻrganish, bola oilasi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, bolaga salbiy
taʼsir koʻrsatayotgan manbalarni oʻrganish, ichkilikbozlikning yetakchilarini
aniqlash, bolani alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni oʻrganish, bolaga
mikromuhit taʼsirini oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish. Uning mohiyati shuki, qoʻyilgan tashhiz
asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy
pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshib,
ijtimoiy adaptatsiya, korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi taʼlim-tarbiya boʻlib, bolada uning ijtimoiy pedagogik
reabilitatsiyasi davomida shakllanishi lozim boʻlgan xislatlarni, bolalar va kattalar
xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik taʼsirni oshirish, bola tarbiyasidagi
boʻshliqlarni toʻldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib oʻtish uchun lozim
boʻlgan malaka va koʻnikmalarni shakllantirishni koʻzda tutadi.
Ijtimoiy pedagogning toʻrtinchi vazifasi-huquqiy himoya boʻlib, uning
mohiyati shuki ijtimoiypedagog faoliyati huquqiy asosda koʻriladi.
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan
ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi,
boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun
ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi-kommunikativ. Bunda koʻzga ijtimoiy pedagogik faoliyatni
amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari orasida koʻpgina aloqalar
oʻrnatiladi.
Ettinchi vazifa-profilaktik funkyiya boʻlib, u erishilgan ijobiy natijalarni
mustahkamlashni koʻzda tutadi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo boʻlishini
bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning bolalar hayotining alkogollashuvga qarshi qaratish
tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab oʻz xususiyatlariga ega. Maktabgacha va
kichik maktab yoshi.
Bir yoshdan yetti yoshgacha bolada odatlar shakllanishida hal qiluvchi taʼsirni
ota-onalar koʻrsatishadi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagogning oila bilan
ishlashi muhim ahamiyatga ega. U quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlarning madaniyatini shakllantirish,
chunki faqatgina uygʻun oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol
odatlar paydo boʻlishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning
paydo boʻlishi uchun ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim.
2. Bola hayotiy faoliyatining sogʻlom muhitini shakllantirish.
Ijtimoiypedagog faoliyati ota-onalarda sogʻlom ijtimoiypsixologik yoʻl-
yoʻriqlarni shakllantirishga va bolalarning spirtli ichimlik isteʼmol qilgani uchun
ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim.
Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga
oshirilishi lozim. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka
qarshi tarbiyasiga qoʻshilishlari kerak. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi
tarbiyasi haqida bilimlar targʻiboti quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi:
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning toʻliq shakllanmagan
organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik isteʼmol qilishlarining yomon
oqibatlari, voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga oʻrgatishning
axloqiy va huquqiy javobgarligi haqida.
2. Kichik maktab yoshining spetsifik xususiyatlari anotolik, marfologik,
psixofiziologik xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabda taʼlim olishning birinchi
bosqichiga bola hayotidagi eng inqorozli bosqich sifatida taʼrif berish, boshlangʻich
bosqichga koʻnikish qiyinchiliklari haqida, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining
boshlanishi haqida, taʼlim muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida
maʼlumot berish.
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sogʻlom hayot tarziga intilishni
shakllantirish uchun ota-onalarning optimal xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning
ichkibozlik anʼanalarini kichik maktab yoshiga xos boʻlgan taqlidiy xulq-atvorni
inobatga olgan holda koʻrib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga eʼtiborli
boʻlish, bolalarning boʻsh vaqtlarini oʻtkazishlariga yordam berish, uni noxush
oilaviy maishiy nizolardan holiroq qilish.
Shuningdek, ijtimoiy pedagog ota-onalar bilan hamkorlikda boʻsh vaqt,
bayramlarni spirtli ichimliksiz oʻtkazish rejasini ham ishlab chiqish lozim.
Faoliyatning asosiy metodi suhbat, maslahat, trening shaklida oʻtkaziladigan
oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiypedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy
xarakter berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi
lozim. U bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini toʻgʻirlashga, ularni ijobiy
faoliyatga jalb etishga, oilada oʻz maqomini tiklashga qaratilishi lozim.
Oʻspirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab
davrlaridan biridir. Bu davrda uygʻun faoliyatning faollashuvi fanida organizmning
barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning
kelishi bilan yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan
davom etadi. Bola u uchun obroʻli boʻlgan kattalarning koʻrsatmalariga amal qilgan
kichik maktab yoshidan farqli ravishda oʻspirin oʻz xulq-atvor tamoyillariga, oʻz
qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tugʻiladi, kattalar
nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.
Aynan oʻspirinlik davrida ichkilikka ruju qoʻyishning ilk bosqichining
shakllanishi boshlanishi mumkin. Chunki u oʻspirin guruhlari sharoitida namoyon
boʻladi va shuning uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega boʻladi. Bu
yoshdagi bola katta boʻlishga yoki kattalardek koʻrinishga harakat qiladi. Bu ham
ijobiy ham salbiy maʼnoda namoyon boʻlishi mumkin.
Katta boʻlish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa
ijtimoiy salbiy maʼnoda: chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, jinsiy
masʼuliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon boʻladi.
Oʻspirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek taʼsirlarini
oʻtkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda boʻlish katta
ahamiyat kasb eta boshlaydi. Oʻspirinning ijtimoiy maqomi qancha past boʻlsa,
uning guruhga taʼsiri shuncha kam boʻladi.
Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy-pedagog faoliyatida asosiy urgʻu guruh
bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yoʻnalishlari orqali amalga
oshiriladi:
1. Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik
bilan bogʻliq mavzularda baxs-munozaralar oʻtkazish orqali amalga oshirsa boʻladi.
Bu mashgʻulotlar natijasi guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan guruh
qarashining shakllanishi boʻlishi lozim.
Baxs-munozaradan tashqari rasmli oʻyinlar ham oʻtkazish mumkin.
Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday oʻyinlarda bolaning shaxsiy
rivojlanish, jamoaviy muomala malakalariga oʻrganishga erishsa boʻladi.
Ijtimoiypedagog oʻspirinlar guruhida shakllantirish mumkin boʻlgan asosiy ijtimoiy
malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga
qarshi tura olishdir.
Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bolalarni qoʻrqitadigan usullardan
foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Oʻspirinlarning boʻsh vaqtini tashkillashtirish, chunki boʻsh vaqtni
mazmunsiz oʻtkazish oʻspirin tomonidan spirtli ichimlik isteʼmol qilish xavfini
oshiradi. Toʻgarak, seksiya, klub, bolalar va oʻsmirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin
reklama qilish zarur. Ijtimoiypedagog oʻspirinning qiziqishlarini bilishi va uning
boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga yordam berishi lozim.
Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli boʻsh vaqtni oʻtkazishning
jamoaviy shakllarini rivojlantirish lozim. Shuni inobatga olish lozimki, deviant xulq-
atvorli bolalar asosan intelektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan
shugʻullanishga qiziqishadi. Shuning uchun ularning sport seksiyalariga
qatnashishlariga yanada koʻproq sharoitlar yaratib berish lozim.
Ijtimoiy pedagog tomonidan oʻtkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada
mustahkam antialkogol qarashlarni: sogʻlom hayot tarzining zarurligi, organizm
shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik isteʼmol qilish mumkin emasligi,
ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini-shakllantirishga qaratiladi.
Maktab
pedagog
jamoasini
ichkilikka
qarshi
yoʻnaltirish
ham
ijtimoiypedagog vazifasi hisoblanadi. Oʻspirin yoshidagi oʻquvchilarning taʼlim
dasturi bilan tanishish asosida ijtimoiypedagog ichkilikka qarshi tarbiya
elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin.
Oʻsmirlik davri. Oʻspirinlikdan farqli oʻlaroq 17-18 yoshli oʻquvchilarda
tengdoshlari jamoasiga emotsional tobelik kuchli boʻlmay, birinchi oʻringa
individuallik koʻtariladi. Hayotda oʻz oʻrnini qidirish, oʻzini biror-bir kasbiy
faoliyatda anglab olish bilan birgalikda oʻz ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy pedagog oʻz eʼtiborini ichimlik isteʼmol qilishga mayli bor oʻsmirlar
bilan individual ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga
oshiriladi:
1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish
maqsadida individual konsultatsiyalar oʻtkazish.
2. Shaxsni ijtimoiy tarbiyalash. ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali oʻsmirga
ijtimoiy ijobiy xulq-atvor normalarini oʻzlashtirishga yordam beradi.
Oʻsmirlarning ichkilikka qarshi metodlar asosiy va yordamchi metodlarga
ajratiladi.
Asosiylari-suhbat jarayonida ijtimoiypedagog tomonidan oʻz nuqtayi nazari,
dalillari, faktlarni monologik bayon etish, maʼruzalar oʻqish.
Yordamchilar-kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar oʻtkazish
va boshqalar. Bu metodlar turli ish shakllari-jamoaviy, individual shaklda va turli
mikromuhitlarda-oila, maktab jamoasi, doʻstlar davrasida amalga oshiriladi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. “Ichkilikbozlik” tushunchasiga taʼrif bering?
2. Bolalar ichkibozligining xususiyatlarini ochib koʻrsating?
3. Oʻspirin yoshdagi bolalarning ichkilikbozligi sabablari va oqibatlarini tushuntirib
bering?
4. Bolalarda ichkilikka ruju qoʻyishni keltirib chiqaruvchi oilaviy xarakterdagi
sabablarga nimalar kiradi?
5. Ijtimoiypedagogning ichkilikbozlikka qarshi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va
funksiyalari qaysilar?
6. Bolalar va oʻsmirlarning antialkogol reabilitatsiyasi metod va shakllarini sanab
oʻting?
7. Bolalardagi spirtli ichimlikka munosabat darajasi va har bir darajada ijtimoiy
pedagogning yordam berish shakllari.
8. Bolalarning spirtli ichimlik isteʼmol qilishiga tortilganliklarining bir nechta
darajalari mavjud ular haqida ma’lumot bering?