Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari. Gregarinalar va Koksidiysimonlar sinfi vakillarini tuzilishi
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
34,0 KB
Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari. Gregarinalar va
Koksidiysimonlar sinfi vakillarini tuzilishi
R E J A
1. Sporalilar klassifikatsiyasi va asosiy vakillari.
2. Gregarinalar sinfi vakillarini tuzilishi.
3. Koksidiyasimonlar sinfi va unga mansub hayvonlar.
Sporalilar tipida gregarinalar va koksidiylar sinflari mavjud.
1-sinf. Gregarinalar-Gregarinina.
Bu sinfga umurtqasiz hayvonlar tanasida tekinxo’rlik bilan yashovchi,
gavdasining uzunligi 10 mkm.dan 16 mm.ga qadar bo’lgan bir hujayrali
hayvonlarning maxsus guruhlari kiradi. Mazkur sinfning 500-1000 turi borligi qayd
etilgan. Ko’pchilik gregarinalar umurtqasiz hayvonlardan halqali chuvalchanglar,
bo’g’imoyoqlilar tanasida tekinxo’rlik bilan hayot kechiradi.
Gregarinalar tanasi chuvalchangsimon shaklda bo’lib unda epimerit,
protomerit va deytomerit deb ataladigan qismlari bo’ladi. Tanasi 3 bo’lakdan iborat
gregarinalar asosan ichakda yashaydi. Gregarina tanasi mustaxkam pellikula bilan
o’ralgan bo’ladi. Ektoplazmasi tiniq, endoplazmasi esa qo’ng’ir-qoramtir
endoplazmaga ajralib turadi. Endoplazmada zapas ozuqa-glikogen zaxirasi bo’ladi.
Ko’payishi: Aksariyat gregarinalar jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Voyaga yetgan
gregarinalar epimerit qismini yo’qotib bir-birlari bilan qo’shilib oladi. Juftlashgan
gregarinalarga sizigiy deyiladi. Sizigiy atrof maxsus qobiq bilan o’ralgan har ikki
gregarina sista ichida qoladi. Sizigiyadan gregarinalarning yadrolari bir necha
bo’lakka maydalanadi. Bu yadro bo’laklari atrofi sitoplazma bilan o’ralib, ulardan
gametalar paydo bo’ladi. Sizigiy ichidagi gametalarning yadrosidan paydo bo’lgan
gametalar o’zaro qo’shiladi. Qo’shilish natijasida zigota hosil bo’lib u qattiq po’stga
o’ralib oosistaga aylanadi.
Oosista ichida yadro 8 bo’lakka maydalanadi. Dastlabki ikki bo’linishi-meyoz
usulida o’ta hosil bo’lgan yadrolar ustki tomoni sitoplazma bilan o’ralib kichik
chuvalchangsimon
tanachalar-sporozoitlar
paydo
bo’ladi.
Oosista
ichida
sporozoitlar paydo bo’lgan davr, ya’ni boshqa hayvonlarga yuqadigan davr
hisoblanadi.
Yetilgan sistalar hayvon axlati bilan tashqariga chiqib, boshqa hayvon
tomonidan yutib yuborilgach, ikkinchi hayvon ichida spora yorilib uning ichidagi
sporozoitlar hayvon ichak devori hujayralari
ichiga kirib oladi va o’sha yerda
o’sib rivojlanadi. Undan asta epimerit, protomerit, deytomerit qismlari paydo
bo’ladi.
Gregarinalar rivojlanishida 3 davr: voyaga etish, jinsiy hujayralar hosil bo’lishi
va urug’lanishi, zigota hosil bo’lib undan sporozoitlar shakllanishi davrlari
kuzatiladi. Gregarinalar ayrim umurtqasiz hayvonlarda yashaydi. Corycella armata,
Gregarina blattarum gregarinalar vakilidir.
2-sinf. Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfi
Koksidiyasimonlar halqali chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar, umurtqali
hayvonlarda tekinxo’rlik qilib yashaydi. Bularning aksariyati hujayra ichida
tekinxo’rlik qilishi bilan gregarinalardan farqlanadi. Ko’pchilik turlarining hayoti
jinssiz va jinsiy ko’payish, sporogoniyaning qonuniy navbatlashuvi orqali o’tadi.
Xo’jayin almashtirmasdan rivojlanadigan vakillarining sporogoniyasi tashqi
muhitda, xo’jayin almashtirib rivojlandiganlariniki esa boshqa hayvonlar tanasida
kechadi.
Rivojlanishida jinssiz ko’payishi jinsiy ko’payish bilan navbatlashuvi
kuzatiladi. Jinsiy ko’payish har-xil kattalikdagi gametalarning qo’shilishidan sodir
bo’ladi. Koksidiysimonlar sinfi koksidiyalar qon sporalilar va piroplazmidlar
turkumlarini o’z ichiga oladi.
1 turkum. Koksidiyalar (Coccidiida).
Koksidiyalar hujayra ichida tekinxo’rlik qiluvchi, ular hayvonlarning ichagi,
jigari, buyragi, epiteliy hujayralarida tekinxo’rlik qilishadigan, tanasi ovalsimon
ko’rinishda bo’lgan jonivorlardir.
Koksidiylar taraqqiyotini o’rganish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Koksiydilarning taraqqiyotini quyon ichagida yashovchi Eimeria misolida
ko’rib chiqamiz. Quyon eymeriyaning oosistasini ovqatlik bilan yutib yuboradi. Har
bir oosista ichida 4 tadan sporoblast (sporosista) bo’ladi. Har qaysi sporosista ichida
ikkitadan ingichka chuvalchangsimon sporozoit bo’ladi. Ichagida oosista va
sporosistalar qobig’i yorilib uning ichagidagi sporozoitlar ichak bo’shlig’iga, undan
ichak devori, jigar, oshqozon osti bez hujayra devorlariga kirib oladi. Bu yerda
sporozoit o’sib trofozoitga, so’ng shizontga aylanadi.
Shizont yadrosi 32 taga bo’lakka maydalanadi. Har bir yadro atrofi sitoplazma
bilan o’ralib undan hosil bo’lgan yangi individ-merozoit deyiladi. Shizogoniya oddiy
jinsiy ko’payishdir. Bunda tekinxo’r o’z xo’jayin tanasida son jihatdan ko’payadi.
Shizogoniya 4-5 marta takrorlanadi. Oxirgi jinsiy ko’payishdan hosil bo’lgan
merozoitlar endi jinsiy hujayralar gametalar hosil qiladi, ya’ni yangi hujayralarga
kirib ona merozoitlar gamontlar hosil qiladi. Gamontlarning ayrimlari o’sib etiladi.
Biroq ularning yadrosi bo’linmay qoladi. Bulardan makrogametalar, ikkinchi xil
gamont yadrosi bir necha bor bo’linib unda mikrogametalar paydo bo’ladi.
Mikrogametalar cho’zinchoq, o’zida xivchin hosil qilib shu xivchinlar yordamida
harakatlanib mikrogameta bilan qo’shiladi. Natijada makrogameta va mikrogameta
yadrolari qo’shilishidan zigota hosil bo’ladi. Zigota o’zida ichki qavat mustahkam
po’st ishlab chiqarib oosistaga aylanadi. Oosistaning keyingi rivojlanishi tashqarida
ochiq havoda o’tadi.
Quyon tezagi bilan oosistalar tashqariga chiqgach oosista yadrosi ikki marta
bo’linadi. Har qaysi yadro bo’lagi sitoplazma bilan o’ralib 4 ta sporoblast hosil
qiladi. Po’st bilan o’ralgan sporoblastlar sporalar deyiladi. Har qaysi sporaning
yadrosi yana ikkiga bo’linib ikkitadan sporozoitni hosil qiladi. Oosista shu davrda
yuqumli hisoblanadi.
Sporozoit tuzilishini elektron mikroskop ostida ko’rilganda unda tanasi uch
kameradan tashkil topgan pellikula, uning ostida naysimon fibrillar borligi ko’rinadi.
Merozoit va sporozoitlar juda kichik (8 mkm) bir-biriga o’xshash hujayralardan
iborat. U yerda ham barcha hujayralarda bo’ladigan yadro, endoplazmatik to’r, golji
kompleksi bilan bir qatorda quyidagi tuzilmalari ham bo’ladi. Konoid - hujayraning
oldida keng halqasi bo’lib, bu tekinxo’rlikning xo’jayin tanasi ichiga kirib olishiga
xizmat qiladi. Roptriylar xo’jayin tanasi ichiga kirishiga yordam beruvchi suyuqlik
xaltasidir.
Roptriylar 2-14 tagacha bo’ladi. Mikronemalar roptriylar bilan bog’langan
tolachalardir. Ularning vazifasi yaxshi aniqlangan emas. Mikrosporalar hujayra
og’izchasi bo’lib ular orqali xo’jayin tanasidan tekinxo’rga ovqatlik kiradi.
Koksidiyalar-koksidioz kasalini keltirib chiqaradi. Eimeria tenella quyonlarda
tekinxo’rlik qiladi. E.bovis qoramollarda ichburug’ kasalini chiqaradi. Eymeriyadan
farq qilib, taksoplazma xo’jayin almashtirib yashaydi.
Jinsiy jarayon mushuklar ichagida o’tib, u yerda taksoplazma oosistalari hosil
bo’ladi. Mushuklar taksoplazmalarning asosiy xo’jayini hisoblanadi. Jinssiz
ko’payish qushlar va boshqa hayvonlar tanasida o’tadi.
Taksoplazmalarning jinssiz bo’g’ini yarim oysimon shaklda bo’lib, 4-7 mkm
uzunlikdadir. Jinssiz bo’g’imning oddiyligi, elektron mikroskop ostida ko’rinishi
xuddi koksidiyalar merozoitining tuzilishiga o’xshaydi. Ko’plarida yosh
parazitlarning organoidlari (konoidi, halqasi, roptriysi mikronemalari) yadroning
bo’linishi bilan bir vaqtda hosil bo’ladi. Yosh hujayralar pellikulasi ona hujayra
pellikulasidan hosil bo’ladi. Bo’linish naychasida merozoitlar sistalarga o’ralib
hayvon chiqindilari bilan tashqariga chiqadi. Odamlar ham toksoplazmalar bilan
zararlanadi. Bunda limfatik tugunlar nerv sistemalari, ko’z kasallanadi.
Toksoplazmaga toxoplasmua gondii misol bo’ladi.
2-turkum. Qon sporalilar-(Haemosporidia).
Bu turkumga mansub koksidlar xo’jayin almashtirib yashaydigan turlarini o’z
ichiga oladi. Qon sporalilarning taraqqiyoti, ahamiyatini bezgak plazmodiysi-
Plasmodium vivax ning misolida beriladi.
Odamdagi bezgak kasali qon sporalilarning Plasmodium malariae (4 kunlik
bezgak) P.vivax (48 soat) P.palciparum (24 soat) da kasallanib, bezgak xurujini hosil
qiladigan turlari bilan bog’liqdir. Bezgak parazitlarining tana tuzilishi koksidiylar
sporozoiti tana tuzilishiga o’xshash bo’lib 5-8 mkm uzunlikda bo’ladi. Bezgak
tekinxo’ri sog’lom odamga bezgak bilan kasallangan odam qonidan sporozoitlarni
yuqishidan boshlanadi. Bezgak tekinxo’rini kasal odamdan sog’lom odamga
Anofeles avlodiga mansub chivinlar yuqtiradi.
Chivin so’lagida bo’lgan sporozoitlar sog’lom odam tanasiga o’tgach (chivin
sog’lom odam qonini so’rayotganda), sporozoit qon oqimi bilan jigarga, qon tomir
devorlariga kirib oladi. Jigarda sporozoitlar trofozoit va shizontlarga aylanadi.
Shizont yadrosini bir necha bor bo’linishi natijasida yangi merozoitlar paydo bo’ladi.
Bu merozoitlar endi qizil qon hujayrasi ichiga kirib o’z taraqqiyotini davom ettiradi.
Tekinxo’r qizil qon hujayrasi eritrotsitini yeb kattalashadi. Har-bir eritrotsit ichida
10-20 ta parazit hosil bo’ladi. Merozoitlar eritrotsitlarni yemirib qon suyuqligiga
chiqadi. U yerdan yangi eritrotsitlar ichiga kiradi. Eritrotsitlar ichida tekinxo’rlar bir
necha marta jinssiz ko’payib chiqqanidan so’ng ko’payish to’xtaydi. Ulardan
makrogameta va mikrogametalar hosil bo’ladi.
Eritrotsit ichida makro va mikrogametalar chivin tanasiga o’tgach ular
qo’shilishidan zigota paydo bo’ladi. Mikrogametalar harakatchan tanachalardir. Ular
makrogametalarni topib ichiga kiradi, bo’linish sodir bo’lib hosil bo’lgan zigota
chuvalchangsimon harakat qiladi. Shuning uchun uni ookineta deb ataladi. Zigota
pashsha ichida po’st bilan o’ralib oosistaga aylanadi. Oosista yadrosi tez maydalanib
undan ko’p sonli sporozoitlar shakllanadi. Oosista devori yorilib sporozoit pashsha
so’lagiga o’tadi.
Chivin boshqa odamni chaqqanda endi u o’z taraqqiyotini boshlaydi. Bezgak
plazmodiysi odam qoniga o’tgandan so’ng kasallik alomati paydo bo’lishigacha
bo’lgan davr inkubatsiya davri deyiladi. Bu odatda ikki haftaga cho’ziladi. Bezgak
xuruji eritrotsitlarni buzib undan merozoitlar qon suyuqligiga o’tayotgan paytda
namoyon bo’ladi. Bezgakka qarshi olib borilgan kurash tadbirlari tufayli kamaygan.
1984 yili yer yuzida 400 ming odam bezgak bilan og’rigan.
Miksosporidiyalar tipiga umurtqasiz va ba’zi umurtqali hayvonlar tanasida
tekinxo’rlik bilan yashaydigon jonivorlar kiradi. Hayot tarzi tekinxo’rlik qiladigan
vegetativ va boshqa hayvonlarga tarqalishga xizmat qiluvchi sporalik stadiyalari
orqali o’tadi.
Tekinxo’rlik qiluvchi davri vegetativ va generativ hujayralardan tarkib topadi.
Bu tip vakillar asosan jinssiz ko’payadi. Generativ hujayralardan meyoz orqali juda
ko’p sonli sporalar hosil bo’ladi. Bu tip vakillarining sporalari bir necha
hujayralardan iborat bo’lib, uning ichida ikki yadroli amyobasimon murtak
joylashadi. Spora ichida otiluvchi ipcha bo’ladi. Otiluvchi iplar parazitni boshqa
hayvonlarga yopishishiga va tarqalishiga xizmat qiladi. Miksosporidiyalar
hayotining boshlang’ich davrida amyobasimon kichik bir hujayrali organizm
hisoblanadi, amyobasimon tanasi umurtqali hayvon to’qimalarida parazitlik qilib
yashaydi. Miksosporidiyalar tipi ichida miksosporalilar va aktinomiksidlar sinflari
mavjud.
Tip. Miksosporalilar (Mixosporea)
Bu sinf vakillari odatda dengiz va chuchuk suvlardagi baliqlarda parazitlik
bilan hayot kechiradi. Bularning 700 ga yaqin turi ma’lum. Miksosporalilar yoki
ikkinchi xil qilib aytilganda shilimshiq sporalilar baliqlarning jabralarida, teri va
muskullarida, nerv sistemasi va tog’ay to’qimasida parazitlik bilan yashaydilar.
Hayvonlarning to’qimalarida miksosporidiyalar ko’payib baliqlarga ancha katta
ziyon etkazadi.
Masalan, Myxobolus pfeiferi karpsimon baliqlarda turlicha shishlarni hosil
qiladi. Miksosporidiyalarning hosil qiladigan bunday sistalarining ichida juda ko’p
yadrolar bo’lib ular a) vegetativ, b) generativ yadrolarga bo’linadi. Vegetativ
yadrolar plazmodiyning barcha hayotiy funksiyalari: moddalar almashinuvi, oqsillar
sintezi, o’sish kabi vazifalarni bajarsa, generativ yadro - ko’payish protsessida
ishtirok etadi. Kasal baliqlardan sporalar tashqariga chiqqach u boshqa baliqlar
tomonidan yutib yuboriladi.
Baliqning ichagida spora yorilib undan otilib chiqqan hujayra ichak epiteliysi
ichiga yorib kiradi. Bu spora keyinchalik qon oqimi bilan turli to’qimalarga borib u
yerda yangi koloniyani tashkil etadi. Koloniyalar to’qimalarda kattalashib 1-2 sm
kattalikda sistalar hosil qiladi. Miksosporalilar generativ yadrosini bo’linishi
natijasida undan sporalar hosil bo’ladi. Spora ichida otiluvchi kapsula, hamda ikki
yadroli amyobasimon murtagi joylashadi. Spora tashqi tomondan qattiq po’st bilan
o’ralgan, uzun o’simtalari bo’ladi. Baliqlar tanasidan suvga tushgan sporani boshqa
baliqlar yutib yuborish orqali tekinxo’rni o’ziga yuqtirib oladi. Baliq tanasi ichida
spora qobig’i yorilib undan otiluvchi ipchalar ichak devoriga sanchiladi. Spora
tavaqalari ochilib undan endi amyobasimon parazit chiqib u qonga o’tadi, qon orqali
tekinxo’r baliqning turli organlariga tarqaladi. Bu tanachaning o’sib rivojlanishi
natijasida ko’p yadroli yangi plazmodiy hosil bo’ladi. Plazmodiyda yana generativ
va vegetativ yadrolar shakllanadi. Miksosporidiyalar baliqlarda tekinxo’rlik qilib
ayniqsa baliq chavoqlarini ko’plab nobud bo’lishiga olib keladi. Forel balig’ining
tog’ay to’qimalarida parazlik qiluvchi Myxosoma serebralis jonivorning
umurtqasini qiyshayib qolishiga sabab bo’ladi. Oqibatda baliqlar yaxshi harakat qila
olmasligi tufayli Kudoa urug’iga kiruvchi miksosporidiyalar esa ovlanadigan dengiz
baliqlarining muskullarini yemirilishiga ta’sir qiladi.
Aktinomiksidlar sinfi vakillari halqali chuvalchanglar tanasida tekinxo’rlik
qilishadi. Sporasining ancha murakkabligi bilan miksosporalilardan farq qiladi.
Tip. Mikrosporidiya (Microsporidia).
Mikrosporidiyalar hujayra ichida tekinxo’rlik qiluvchi jonivorlardan bo’lib
ko’proq bo’g’imoyoqlilar, baliqlarda yashaydi. Sporasida otiluvchi ipi bo’lishi bilan
ular miksosporalilarga o’xshab ketadi. Biroq mikrosporidiyalar sporasi ichida faqat
birgina hujayrasi bo’lishi bilan ulardan farq qiladi. Mikrosporidiyalarning sporasi
juda kichik, qalin po’st bilan o’ralgan bo’ladi. Mikrosporidiyalarning hayoti ham
xuddi miksosporidiyalarnikiga o’xshab ketadi. Kasal hasharotdan sog’ hasharotga
tushgan sporadan otiluvchi kapsula tashqariga chiqadi va o’zi bilan murtakni olib
yangi xo’jayinini to’qimasiga yopishtrib qo’yadi. Bu yerda amyobasimon tanacha
yadrosi bo’linib ko’paya boshlaydi va mikrosporidiyalarga xos zanjirsimon ketma-
ket keluvchi koloniyani hosil qiladi va tez orada ular sporalarni hosil qiladi. Tut ipak
qurtini Nosema bombycis zararlaydi.
Bu parazit ipak qurtida pebrina kasalligini chaqiradi. Tut ipak qurti
lichinkalari Nosema bilan uni sporalarini yeb yuborishi orqali ularni yuqtirib oladi.
Kasallangan qurtlar kam harakat bo’lib, ularning tanalarida qo’ng’ir dog’lar hosil
bo’ladi. Agar zararlangan lichinka g’umbakka aylanib qolgan bo’lsa bu g’umbakdan
Nosema bilan kasallangan kapalak uchib chiqadi. Bu kapalak Nosema bilan
kasallangan tuxum qo’yadi va yangi avlodda ham mikrosporidiyalarni rivojlanishi
davom etadi.
Mikrosporidiyalar asalarilarda Nosema aris ich ketish kasalligini chaqiradi.
Asalari va tut ipak qurtining bu tekinxo’rlariga qarshi kurash asosan profilaktika
tadbirlaridan iboratdir. Zararlangan asalari oilalari, uyalari dezinfeksiya qilinadi. Tut
ipak
qurtining
tuxumlari
doimo
tekinxo’r
bilan
kasallangan
yoki
kasallanmaganligini aniqlash bo’yicha tekshiruvlar o’tkazib turiladi.
2. Spiral kipriklilar (Spirotricha) sinfi. Bu kenja sinfga mansub
jonivorlarning og’iz atrofida kipriklar soat mili aylanadigan tomonga qaragan holda
spiral buralib turadi. Bu kipriklar og’iz atrofida bir necha qator membranellalar hosil
qiladi. Spiral kipriklilar har xil kipriklilar, qorin kipriklilar va kam kipriklilar
turkumlariga bo’linadi.
Har xil kipriklilar (Heterotricha) turkumi vakillarning og’iz atrofida
joylashgan kipriklaridan tashqari yana tana yuzasi ham bir xil kattalikdagi kipriklar
bilan qoplanadi.Bu turkumga mansub infuzoriyalar ancha yirik, zanjirsimon,
spiralsimon katta yadrolari bo’ladi. Ba’zi vakillari amfibiylarda tekinxo’rlik
qilishadi. Har xil kipriklilarga misol qilib karnaychi- Stentor avlodi vakillari hamda
bursariya, spirostomium kabilar ko’rsatiladi.
Qorin kipriklilar (Hypotricha) turkumi vakillari chuchuk suvlar hamda
dengizlarda ko’p uchraydi. Ularning qorin qismida joylashgan kipriklari birlashib
yo’g’on o’simtalar- sirrilarni hosil qiladi. Bu kenja sinfga chuchuk suvlarda
tarqalgan yirik infuzoriya stilonixiya-stylonichia mytilus misol bo’ladi.
Аyrim zооlоglаrning fikrichа sаrkоdаlilаr, хususаn chig’аnоqsiz аmyobаlаr
eng qаdimiy hаyvоnlаr hisоblаnаdi. Chunki bir qаnchа оrgаnоidlаr (оg’iz,
pоrоshitsа, pеllikulа) ning rivоjlаnmаgаnligi, tаnа shаklining dоimiy bo’lmаsligi
hаmdа hаrаkаtlаnish оrgаnоidining iхtisоslаshmаgаn sохtа oyoqlаrdаn ibоrаt
ekаnligi ulаrni mоrfоlоgik jihаtdаn eng sоddа hаyvоnlаr ekаnligini ko’rsаtаdi. Lеkin
1941-yildа Pаshеr dаstlаbki оrgаnizmlаr аtrоf-muhitning аnоrgаnik mоddаlаri bilаn
оziqlаngаn bo’lishi kеrаk, shuning uchun dаstlаbki оrgаnizmlаr o’simliklаrgа
o’хshаsh аutоtrоf оziqlаngаn dеgаn fikrni o’rtаgа tаshlаydi. Kеyinchаlik bu fikrni
bоshqа bir qаnchа zооlоglаr hаm quvvаtlаdi. Ulаr fikrichа ko’pchilik sаrkоdаlilаr
o’z tаrаqqiyot sikli dаvоmidа хivchinli stаdiyalаrni o’tаdi. Mаsаlаn, fоrаminifеrаlаr
vа rаdiоlаriyalаr хivchinli gаmеtаlаr hоsil qilаdi. Buni sаrkоdаlilаrning qаdimiy
аjdоdlаri tuzilish bеlgilаrining tаkrоrlаnishi dеb tushuntirilаdi. Аyrim аrаlаsh
оziqlаnаdigаn miksоtrоf хivchinlilаrning аvtоtrоf (fоtоsintеz) оziqlаnishdаn
оsоnlikchа gеtеrоtrоf (sаprоfit) оziqlаnishgа o’tishini yuqоridаgi fikrning isbоti
tаriqаsidа
ko’rsаtilаdi.
Хivchinlilаrning
хivchini
prоkаriоt
оrgаnizmlаr
(bаktеriyalаr) ning хivchini bilаn tеnglаshtirilаdi. Kеltirilgаn dаlillаrgа аsоslаnib,
sаrkоdаlilаr eng qаdimgi gеtеrоtrоf хivchinlilаrdаn kеlib chiqqаn; хivchinlilаr
bаrchа sоddа hаyvоnlаr, shuning bilаn birgа butun hаyvоnоt dunyosining аjdоdi
hisоblаnishi zаrur bo’lаdi. Lеkin elеktrоn mikrоskоpdа оlib bоrilgаn tеkshirishlаr
хivchinlilаrning хivchini аnchа murаkkаb tuzilgаnligi, ulаr mоrfоlоgik vа fiziоlоgik
хususiyatlаrigа ko’rа prоkаriоt bаktеriyalаr хivchinidаn kаttа fаrq qilishini ko’rsаtdi.
Yuqоridа kеltirilgаn dаlillаr hоzirgi хivchinlilаr yoki sаrkоdаlilаrni bаrchа sоddа
hаyvоnlаrning dаstlаbki аjdоdlаri emаsligini ko’rsаtаdi.
А. I. Оpаrin o’zining yеrdа hаyotning pаydо bo’lishi hаqidаgi gipоtеzаsidа
оrgаnik mоddаlаr tirik оrgаnizmlаr pаydо bo’lishidаn оldin nоbiоlоgik yo’l bilаn
sintеz bo’lgаn dеyilаdi. Dаstlаbki оrgаnizmlаr esа аtrоf muhitdаgi оrgаnik
mоddаlаrni diffuziya yo’li bilаn qаbul qilib, оziqlаngаn bo’lishi kеrаk. Shungа
аsоsаn хivchinlilаr vа sаrkоdаlilаr judа sоddа tuzilgаn, hоzirgаchа sаqlаnib
qоlmаgаn. Eng tubаn tuzilishgа egа bo’lgаn gеtеrоtrоf eukаriоt оrgаnizmlаrdаn
kеlib chiqqаn dеyish to’g’rirоq bo’lаr edi.
Хivchinlilаr bir hujаyrаli hаyvоnlаrning bundаn kеyingi evоlyutsiyasidа kаttа
o’rin tutgаn. Infuzоriyalаr kipriklаrining хivchinlаrgа o’хshаsh tuzilgаnligi ulаrni
хivchinlilаrdаn kеlib chiqqаnligini ko’rsаtаdi. So’ruvchi infuzоriyalаr kiprikli
infuzоriyalаrdаn kеlib chiqqаn bo’lib, kеyinchаlik o’zigа хоs оziqlаnish tа’siridа
kipriklаrini yo’qоtgаn.
Spоrаlilаr tipining kеlib chiqishi hаm хivchinlilаr bilаn bоg’lаngаn. Kоksidiyalаr
vа qоn spоrаlilаri gаmеtаlаrining hаqiqiy хivchinlilаrgа o’хshаshligi buni isbоt
qilаdi. Bundаn tаshqаri хivchinlilаr vа spоrаlilаr hаyot siklidа zigоtа rеduksiyali
bo’linish (mеyоz) sоdir bo’lаdigаn, hаyotining аsоsiy qismini gаplоid хrоmоsоmаlik
hоldа o’tkаzаdigаn hаyvоnlаr hisоblаnаdi.
Miksоspоridiyalаr vа mikrоspоridiyalаr kеlib chiqishi хivchinlilаr bilаn emаs,
bаlki sаrkоdаlilаr bilаn bоg’lаngаn. Chunki ulаrning hаyot sikli хivchinli stаdiyasi
bo’lmаy, plаzmоdiy dеb аtаlаdigаn murtаgi esа аmyobаlаrgа o’хshаsh tuzilgаn
bo’lаdi.
Sоddа hаyvоnlаr оrаsidа хivchinlilаr sinfi hаyvоnоt dunyosining bundаn kеyingi
tаrаqqiyotidа judа muhim o’rin tutgаn. Хivchinlilаrning qаdimgi kоlоniyali
fоrmаlаri оrqаli ko’p hujаyrаli hаyvоnlаr kеlib chiqqаn.
Хivchinlilаr sinfi filоgеnеtik jihаtdаn tubаn suv o’tlаri bilаn hаm bоg’lаngаn.
Yashil хivchinlilаrdаn fitоmоnаdlаr, qаlqоndоr хivchinlilаr, evglеnаsimоnlаr vа
хlaminаdаlаrni аyni bir vаqtning o’zidа bir hujayrali hаyvоnlаrgа hаmdа tubаn suv
o’tlаrigа kiritish mumkin. O’simliklаr evоlyutsiyasi jаrаyonidа shulаrgа o’хshаsh bir
hujаyrаli suv o’tlаridаn bоshqа birmunchа murаkkаb tuzilgаn suv o’tlаri kеlib
chiqqаn. Ko’p hujаyrаli hаyvоnlаr esа gеtеrоtrоf оziqlаnаdigаn kоlоniаl хivchin-
lilаrdаn kеlib chiqqаn dеyish mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Sporali hayvonlarning tekinxo’r yashashlari munosabati bilan tuzilish
xususiyatlarini tushuntiring.
2. Sporalilar necha xil yo’l bilan ko’payishadi?
3. Sporogoniya va shizogoniyaning mohiyatini tushuntiring?
4. Gregarinalarning tuzilishi va taraqqiyotini aytib bering.
5. Koksidiylar qanday ko’payadi?
6. Mikso va mikrosporidiyalar haqida nimalar bilasiz?
7. Xivchinning tuzilishi haqida nimalar bilasiz?
8. Xivchinlilarning oziqlanish usullari necha xil bo’ladi?
9. Xivchinlilarning ko’payish usullari haqida nimalar bilasiz?
10. Xivchinlilar klassifikatsiyasini so’zlang.
11. O’simliksimon xivchinlilarning muhim vakillari haqida nimalar bilasiz?
12. Hayvonsimon xivchinlilarning zararli vakillari qaysilar?
13. Biоlоgiya аsоslаri darsligining (2002) 9-rasmida yoqachali xivchinlilarda
xivchin harakati tufayli yuzaga keladigan suv oqimi yo’nalishini kuzating.
14. Darslikning 52-sahifasida berilgan (S-37) topshiriqlariga javoblar bering.
To’g’ri
javoblarni baholang.
Glossariy
1. Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub hayvonlar
tipi.
2. Sizigiy-juftlashgan gregarinalar.
3. Koksidioz- koksidiyalar keltirib chiqaradigan kasallik.
4. Merozoit- har bir yadro atrofi sitoplazma bilan o’ralib undan hosil bo’lgan
yangi individga aytiladi.
5. Gregarinalar-
umurtqasiz
hayvonlardan
halqali
chuvalchanglar,
bo’g’imoyoqlilar tanasida tekinxo’rlik bilan hayot kechiradi.
6. Koksidiyasimonlar-halqali chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar, umurtqali
hayvonlarda tekinxo’rlik qilib yashaydi.
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС,
2005.190 б.