Sport tadbirlarining tomoshaviyligini hamda ta’sirchanligini oshirishda musiqaning roli.

Yuklangan vaqt

2025-02-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

17,6 KB


 
 
 
 
 
 
Sport tadbirlarining tomoshaviyligini hamda ta’sirchanligini oshirishda 
musiqaning roli. 
 
 
Reja: 
1.  Musiqa haqida tushuncha. 
2.  Tadbirlarida, keng qo‘llaniladigan o‘zbek milliy musiqalari 
 
 
Bugungi kunda butun yer sayyorasi bo‘ylab inson zoti borki hech biri o‘zini 
musiqasiz tasavvur qila olmaydi. Biz ushbu mavzu orqali aynan sport tadbirlarida 
foydalaniladigan yoki foydalanishi kerak bo‘ladigan qo‘shiqlar va musiqalar haqida  
qolaversa musiqalarni o‘z o‘rniga qo‘yish hamda tanlay bilish va ularning ta’siri 
o‘rni haqida to‘xtalib o‘tamiz.  
Xo‘sh eng avvalo musiqa o‘zi nima?  
Musiqa — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy 
tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san’at turi. Uning mazmuni 
oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan 
iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, 
zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida 
mujassamlashtiradi. 
Bundan tashqari, musiqa – shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, 
intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham 
yorqin aks ettiradi. 
Musiqa 1896 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan beri sport tadbirlarida ishlatilgan. 
Qadimgi yunonlar festivallar, turnirlar va sport tadbirlarida musiqadan keng
Sport tadbirlarining tomoshaviyligini hamda ta’sirchanligini oshirishda musiqaning roli. Reja: 1. Musiqa haqida tushuncha. 2. Tadbirlarida, keng qo‘llaniladigan o‘zbek milliy musiqalari Bugungi kunda butun yer sayyorasi bo‘ylab inson zoti borki hech biri o‘zini musiqasiz tasavvur qila olmaydi. Biz ushbu mavzu orqali aynan sport tadbirlarida foydalaniladigan yoki foydalanishi kerak bo‘ladigan qo‘shiqlar va musiqalar haqida qolaversa musiqalarni o‘z o‘rniga qo‘yish hamda tanlay bilish va ularning ta’siri o‘rni haqida to‘xtalib o‘tamiz. Xo‘sh eng avvalo musiqa o‘zi nima? Musiqa — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san’at turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa – shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqa 1896 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan beri sport tadbirlarida ishlatilgan. Qadimgi yunonlar festivallar, turnirlar va sport tadbirlarida musiqadan keng
 
 
foydalanganliklari ma’lum. Musiqa bizning hissiyotlarimizga ta’sir qiladi, shuning 
uchun ham hayotimizning har bir jabhasida muhim ahamiyatga ega.  
Sport - bu ko‘ngil ochishning ajoyib usuli bo‘lib turli xil odamlarni bir joyga 
to‘playdi va musiqa yordamida ularning hayajonlarini, ehtiroslarini yanada 
ko‘taradi. Yaxshi musiqa, yaxshi sport bayrami va yaxshi muxlislar sport 
tadbirlarida katta zavqlanishning asosiy kaliti hisoblanadi! Sportda musiqa haqida 
gap ketganda, uning asosiy maqsadi muxlislar va sportchilarni hayajonlantirishdir, 
ya’ni ularga bayramona kayfiyat, kuchli ehtiros va emotsional motivatsiya 
ulashishdir.  
Sport tadbirlarining ochilish va yopilish marosimlari uchun maxsus musiqalar 
tanlash va ulardan foydalanish mutaxassislar uchun katta mas’uliyat talab etadi. 
Bunda tanlanadigan musiqalar albatta tadbir ruhiga mos bo‘lishi, ayniqsa, milliy 
kuy-qo‘shiqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.  
Chunki, 
milliy 
musiqa 
va 
qo‘shiqlarimiz 
sport 
tadbirlarimizning 
ta’sirchanligini oshirishi bilan bir qatorda aholiga, ayniqsa, yoshlarimizning 
madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning milliy va umumbashariy madaniyatning 
eng yaxshi nodir durdonalaridan namunalaridan bahramand etish, shu asosda 
ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.  
Hozirgacha davlat ahamiyatidagi qolaversa barcha Mustaqillik bayramlari, 
Navro‘z umumxalq bayramlarida, ommaviy badiiy tomoshalar, har xil ko‘rinishdagi 
sport tadbirlarida, keng qo‘llaniladigan o‘zbek milliy musiqalari hamda 
qo‘shiqlaridan qo‘ydagi san’atkorlarning kuy- qo‘shiqlarini misol keltirishimiz 
mumkin.    
Farrux Zokirov (Yalla guruhi) “O‘zbekiston vatanim” qo‘shig‘i.  
Ozodbek Nazarbekov Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat 
vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan xonandaning “Mendirman” qo‘shig‘i 
buyuk ajdodlarimizga hurmat, g'urur va iftixor, mustaqilligimizga shukronalik, 
mardlik, jasurlik ruhida yaratilgan bo‘lib, barcha tadbirlarda xususan: sport 
tadbirlarida, Navro‘z, Mustaqillik, 14-yanvar vatan himoyachilari kuni, 9-may 
Xotira va qadrlash kuniga bag‘shlangan va barcha vatanparvarlik shukuhini
foydalanganliklari ma’lum. Musiqa bizning hissiyotlarimizga ta’sir qiladi, shuning uchun ham hayotimizning har bir jabhasida muhim ahamiyatga ega. Sport - bu ko‘ngil ochishning ajoyib usuli bo‘lib turli xil odamlarni bir joyga to‘playdi va musiqa yordamida ularning hayajonlarini, ehtiroslarini yanada ko‘taradi. Yaxshi musiqa, yaxshi sport bayrami va yaxshi muxlislar sport tadbirlarida katta zavqlanishning asosiy kaliti hisoblanadi! Sportda musiqa haqida gap ketganda, uning asosiy maqsadi muxlislar va sportchilarni hayajonlantirishdir, ya’ni ularga bayramona kayfiyat, kuchli ehtiros va emotsional motivatsiya ulashishdir. Sport tadbirlarining ochilish va yopilish marosimlari uchun maxsus musiqalar tanlash va ulardan foydalanish mutaxassislar uchun katta mas’uliyat talab etadi. Bunda tanlanadigan musiqalar albatta tadbir ruhiga mos bo‘lishi, ayniqsa, milliy kuy-qo‘shiqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki, milliy musiqa va qo‘shiqlarimiz sport tadbirlarimizning ta’sirchanligini oshirishi bilan bir qatorda aholiga, ayniqsa, yoshlarimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi nodir durdonalaridan namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Hozirgacha davlat ahamiyatidagi qolaversa barcha Mustaqillik bayramlari, Navro‘z umumxalq bayramlarida, ommaviy badiiy tomoshalar, har xil ko‘rinishdagi sport tadbirlarida, keng qo‘llaniladigan o‘zbek milliy musiqalari hamda qo‘shiqlaridan qo‘ydagi san’atkorlarning kuy- qo‘shiqlarini misol keltirishimiz mumkin. Farrux Zokirov (Yalla guruhi) “O‘zbekiston vatanim” qo‘shig‘i. Ozodbek Nazarbekov Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan xonandaning “Mendirman” qo‘shig‘i buyuk ajdodlarimizga hurmat, g'urur va iftixor, mustaqilligimizga shukronalik, mardlik, jasurlik ruhida yaratilgan bo‘lib, barcha tadbirlarda xususan: sport tadbirlarida, Navro‘z, Mustaqillik, 14-yanvar vatan himoyachilari kuni, 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘shlangan va barcha vatanparvarlik shukuhini
 
 
beradigan tadbirlarda, hamda harbiy namoyishlar va paradlarda keng qo'lanilib 
kelinmoqda.  
Sulton Ali Rahmatov. Bastakor Sulton ali Rahmatovning deyarli barcha 
musiqalari ommaviy bayramlarimizda, sport tadbirlarimizda keng qo'llaniladi. 
Hosila Rahimova. “Alpomish, To‘maris,  Bos-bos, Kurash, O‘tov” 
qo‘shiqlari. 
Sevara Nazarxon. “Ulug‘imsan vatanim” tadbirlar so'ngida, sportchilarimiz 
taqdirlanayotgan paytda ko'pincha ishlatiladi. 
Rashid Xoliqov (Shaxzod guruhi) “Ey aziz yurtim” qo‘shig‘i.  
Jaxongir Poziljonov (Bojalar guruhi) “O‘zbekiston, Chempion” qo‘shiqlari.  
Bundan tashqari: chorlov, fanfar, madhiya, marsh musiqalari, har bir sport 
turi bo‘yicha madhiyalar, fonda tadbir boshlanishigacha uning ruhiyatini berib 
turuvchi maxsus musiqalar, badiiy qismda esa boshlovchilar uchun musiqalar, 
xonandalar, raqqosalar, bolalar chiqishlari uchun, sportchilar va teatrlashtirilgan 
tomoshalar, harbiylar chiqishlari hamda final uchun tadbirning ruhiyatidan 
g‘oyasidan mazmun mohiyatidan kelib chiqib musiqalar tanlanadi va ijro etiladi.  
Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning vazifalari  
quyidagilardan iborat:  
• musiqa-qatnashuvchilar ishtirokchilar obrazlarini xarakterlaydi; 
• harakat vaqti va joyini ifodalashi mumkin; 
• tomoshabinga ko'rinmayotgan voqealarni ilg‘ab olishga tez tushuna olishiga 
yordam beradi; 
• monolog va dialoglarning emotsionalligini (tuyg'u, hayajon) kuchaytiradi; 
• so'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan daqiqalarni tasvirlay oladi; 
• xatti - harakat, voqealarni to'ldirishi, boyitishi mumkin; 
• pauzalar o‘rnini to‘ldirishi mumkin; 
• vaqtni tejash yoki cho'zish va boshqa muhim vazifalarni bajarishi mumkin. 
Musiqa hozirgi kunda davlat bayramlari, tadbirlari va spektakllarini 
boshqarishning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
beradigan tadbirlarda, hamda harbiy namoyishlar va paradlarda keng qo'lanilib kelinmoqda. Sulton Ali Rahmatov. Bastakor Sulton ali Rahmatovning deyarli barcha musiqalari ommaviy bayramlarimizda, sport tadbirlarimizda keng qo'llaniladi. Hosila Rahimova. “Alpomish, To‘maris, Bos-bos, Kurash, O‘tov” qo‘shiqlari. Sevara Nazarxon. “Ulug‘imsan vatanim” tadbirlar so'ngida, sportchilarimiz taqdirlanayotgan paytda ko'pincha ishlatiladi. Rashid Xoliqov (Shaxzod guruhi) “Ey aziz yurtim” qo‘shig‘i. Jaxongir Poziljonov (Bojalar guruhi) “O‘zbekiston, Chempion” qo‘shiqlari. Bundan tashqari: chorlov, fanfar, madhiya, marsh musiqalari, har bir sport turi bo‘yicha madhiyalar, fonda tadbir boshlanishigacha uning ruhiyatini berib turuvchi maxsus musiqalar, badiiy qismda esa boshlovchilar uchun musiqalar, xonandalar, raqqosalar, bolalar chiqishlari uchun, sportchilar va teatrlashtirilgan tomoshalar, harbiylar chiqishlari hamda final uchun tadbirning ruhiyatidan g‘oyasidan mazmun mohiyatidan kelib chiqib musiqalar tanlanadi va ijro etiladi. Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning vazifalari quyidagilardan iborat: • musiqa-qatnashuvchilar ishtirokchilar obrazlarini xarakterlaydi; • harakat vaqti va joyini ifodalashi mumkin; • tomoshabinga ko'rinmayotgan voqealarni ilg‘ab olishga tez tushuna olishiga yordam beradi; • monolog va dialoglarning emotsionalligini (tuyg'u, hayajon) kuchaytiradi; • so'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan daqiqalarni tasvirlay oladi; • xatti - harakat, voqealarni to'ldirishi, boyitishi mumkin; • pauzalar o‘rnini to‘ldirishi mumkin; • vaqtni tejash yoki cho'zish va boshqa muhim vazifalarni bajarishi mumkin. Musiqa hozirgi kunda davlat bayramlari, tadbirlari va spektakllarini boshqarishning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
 
 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 27 iyun kuni 
Namangan viloyati faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida ham musiqa haqida alohida 
to‘xtalib qo‘yidagi “Ashula eshitib bajarilgan ishda 10 baravar baraka bo‘ladi” 
degan fikrni ta’kidlab o‘tgan hamda shunday izohlagan.“Bu nima uchun kerak? 
Iqtisodiyotni tiklaymiz, lekin shuning barobarida madaniyatimizni tiklab bormasak, 
ertaga ma'naviy ozuqa bo‘lmagan elda, xalqda, yoshda yutuq bo‘lmaydi”. 
Sh.Mirziyoyev.  
Mutaxassis rejissyorlar tomonidan sahnalashtirilmagan sport tadbirlarida 
o‘tkaziladigan 
kichik 
va 
katta 
hajmdagi 
ommaviy 
sport 
tadbirlarida 
tashkilotchilarning hamda ishtirokchilarning tadbirning mazmun mohiyatiga va 
g‘oyasiga, uning bayramona kayfiyatini va jo‘shqinligini namoyon qilishda, 
tadbirning ruhiyatini ochib berishga xizmat qiladigan musiqalarni tanlay bilish 
mahorati, va tushunchaning yetishmayotganligi katta muammolardan biri ekanligi 
sabab bo‘lmoqda. 
 Musiqa yoki qo‘shiqni o‘z joyiga va o‘rniga qo‘ya olish, madaniyatini 
shakllantirish, bugungi kunda dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda va yuqori darajadagi 
ommaviy sport tadbirlarini tayyorlash jarayonida ma’sul mutaxasisslar e’tibor 
qaratishi lozim bo‘lgan quyidagi takliflarni inobatga olishlari kerak.  
1) Sportchilar uchun maxsus milliy ruh va kuch g‘ayrat, shijoat hamda tetiklik 
beradigan musiqalarni yaratish. 
2) O‘zbek sporti va yo‘nalishlari bo‘yicha milliyligimiz aks etib turuvchi o‘z 
madhiyalarini yaratish. 
3) Aynan sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasida tahsil olayotgan talabalarni 
Respublikamiz 
hududlarida 
yoki bizga 
yaqin bo‘lgan hududlarda 
o‘tkaziladigan sport tadbirlarini tashkiliy jarayonlariga jalb qilish. 
Talabalarimiz nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan birgalikda olib borib, 
mujassamlashtirsa 
maqsadga 
muvofiq 
bo‘lar 
edi. 
Shunda 
muhtaram 
prezidentimizning qaror va farmonlariga hamda ommaviy sportni rivojlantirishdagi 
targ‘ibot tadbirlariga o‘z hissamizni samaraliroq qo‘hgan bo‘lar edik.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 27 iyun kuni Namangan viloyati faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida ham musiqa haqida alohida to‘xtalib qo‘yidagi “Ashula eshitib bajarilgan ishda 10 baravar baraka bo‘ladi” degan fikrni ta’kidlab o‘tgan hamda shunday izohlagan.“Bu nima uchun kerak? Iqtisodiyotni tiklaymiz, lekin shuning barobarida madaniyatimizni tiklab bormasak, ertaga ma'naviy ozuqa bo‘lmagan elda, xalqda, yoshda yutuq bo‘lmaydi”. Sh.Mirziyoyev. Mutaxassis rejissyorlar tomonidan sahnalashtirilmagan sport tadbirlarida o‘tkaziladigan kichik va katta hajmdagi ommaviy sport tadbirlarida tashkilotchilarning hamda ishtirokchilarning tadbirning mazmun mohiyatiga va g‘oyasiga, uning bayramona kayfiyatini va jo‘shqinligini namoyon qilishda, tadbirning ruhiyatini ochib berishga xizmat qiladigan musiqalarni tanlay bilish mahorati, va tushunchaning yetishmayotganligi katta muammolardan biri ekanligi sabab bo‘lmoqda. Musiqa yoki qo‘shiqni o‘z joyiga va o‘rniga qo‘ya olish, madaniyatini shakllantirish, bugungi kunda dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda va yuqori darajadagi ommaviy sport tadbirlarini tayyorlash jarayonida ma’sul mutaxasisslar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan quyidagi takliflarni inobatga olishlari kerak. 1) Sportchilar uchun maxsus milliy ruh va kuch g‘ayrat, shijoat hamda tetiklik beradigan musiqalarni yaratish. 2) O‘zbek sporti va yo‘nalishlari bo‘yicha milliyligimiz aks etib turuvchi o‘z madhiyalarini yaratish. 3) Aynan sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasida tahsil olayotgan talabalarni Respublikamiz hududlarida yoki bizga yaqin bo‘lgan hududlarda o‘tkaziladigan sport tadbirlarini tashkiliy jarayonlariga jalb qilish. Talabalarimiz nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan birgalikda olib borib, mujassamlashtirsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda muhtaram prezidentimizning qaror va farmonlariga hamda ommaviy sportni rivojlantirishdagi targ‘ibot tadbirlariga o‘z hissamizni samaraliroq qo‘hgan bo‘lar edik.