SUD MUZOKARASINING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI.

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

127,0 KB


 
 
1 
 
 
 
 
SUD MUZOKARASINING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI. 
 
Reja : 
1. Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi. 
2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. 
3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar.
1 SUD MUZOKARASINING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI. Reja : 1. Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi. 2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. 3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar.
 
 
2 
 
1.Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi. 
 
Sud muzokaralari sud muhokamasining yorqin va hayajonli qismi bo’lib, unda 
protsessning tortishuv printsipiga amal qilinishi yaqqol ifodalanadi.  
  
Sud tergovi tamomlanganidan so’ng sud taraflarning muzokarasini eshitishga 
o’tadi. Ayblov va himoya tomonlar sudga murojaat qilib, sud muhokamasini tasavvur 
qilinganiday yakunlab, ish bo’yicha qanday adolatli qaror chiqarish lozimligi 
haqidagi takliflari bilan sudga murojaat qilishadi. 
Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan 
boshlanadi, undan keyin jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, yoki ularnining vakillari, 
himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili 
so’zga chiqadi.  
   Davlat 
ayblovchisi 
va 
jamoat 
ayblovchisining, 
himoyachi 
va 
jamoat 
himoyachisining so’zga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan 
holda belgilaydi (O’zR JPK 449 m.2-q).  
Sud muzokarasi fikrlar kurashi, manfaatlari odatda to’g’ri kelmaydigan 
taraflarning tortishuvidir. Shunga qaramasdan axloqiy xususiyatning umumiy 
talablari sud muzokarasi ishtirokchilarining barchasiga tegishlidir. А. F. Koni 
aytganiday bu-sud muzokaralarida axloqan ruxsat etilgan yoki ruxsat etilmagan 
odob-axloq asoslari bilan bog’langan talablardir1. 
Sud muzokarasida ichtirok etayotganlar jamiyatda qabul qilingan axloqiy 
normalarni nafaqat hurmat qilishlari, balki ularga og’ishmay rioya qilishlari talab 
qilinadi. Aksincha axloqqa sid qarashlarni targ’ibot qilib o’z pozitsiyasini saqlab 
qolishdan saqlanishlari kerak. Sud muzokarasi ishtirokchilaridan birontasi ishda 
ishtirok etayotganlarning, hatto ishning qaysi bir holati bo’yicha eslatib o’tilgan 
ammo ishda qatnashmayotgan shaxlarning ham qadr-qimmatini kamsitishga haqli 
emas. 
                                                 
1 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч.: В 8 т. Т. 4. М., 1967. С. 66.
2 1.Sud muzokarasining axloqiy asoslari va o’ziga xosligi. Sud muzokaralari sud muhokamasining yorqin va hayajonli qismi bo’lib, unda protsessning tortishuv printsipiga amal qilinishi yaqqol ifodalanadi. Sud tergovi tamomlanganidan so’ng sud taraflarning muzokarasini eshitishga o’tadi. Ayblov va himoya tomonlar sudga murojaat qilib, sud muhokamasini tasavvur qilinganiday yakunlab, ish bo’yicha qanday adolatli qaror chiqarish lozimligi haqidagi takliflari bilan sudga murojaat qilishadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi, undan keyin jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, yoki ularnining vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so’zga chiqadi. Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, himoyachi va jamoat himoyachisining so’zga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi (O’zR JPK 449 m.2-q). Sud muzokarasi fikrlar kurashi, manfaatlari odatda to’g’ri kelmaydigan taraflarning tortishuvidir. Shunga qaramasdan axloqiy xususiyatning umumiy talablari sud muzokarasi ishtirokchilarining barchasiga tegishlidir. А. F. Koni aytganiday bu-sud muzokaralarida axloqan ruxsat etilgan yoki ruxsat etilmagan odob-axloq asoslari bilan bog’langan talablardir1. Sud muzokarasida ichtirok etayotganlar jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarni nafaqat hurmat qilishlari, balki ularga og’ishmay rioya qilishlari talab qilinadi. Aksincha axloqqa sid qarashlarni targ’ibot qilib o’z pozitsiyasini saqlab qolishdan saqlanishlari kerak. Sud muzokarasi ishtirokchilaridan birontasi ishda ishtirok etayotganlarning, hatto ishning qaysi bir holati bo’yicha eslatib o’tilgan ammo ishda qatnashmayotgan shaxlarning ham qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas. 1 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч.: В 8 т. Т. 4. М., 1967. С. 66.
 
 
3 
Sud muzokarasida qatnashayotganlar bahslarda odob saqlashlari, sudda 
guvohlar, tarjimonlar, expertlar, mutaxassislarning shaxsi va xatti-harakatlariga baho 
berishda ehtiyot bolishlari talab etiladi. Sud muzokarasida ishtirok etayotgan 
tomonlar 
sudga 
hurmat 
bildirishlari, 
sudning 
obro’sini 
saqlashga 
ko’maklasishlari lozim. Sud muzokarasida ishtirok etayotganlar tomonidan 
sud’yalarning xatti-harakatiga baho berilishiga umuman yo’l qo’yilmaydi. 
Odatda sud muzokarasida ishtipor etayotganlar ayblovning isbotlatlanganligi, 
sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning xatti-harakatlari haqida, sud 
tomonidan jazo tayinlanishi mumkin holatlarda hisobga olinishi lozim bolgan holatlar 
to’g’risida har xil pozitsiyani ushlashadi. Shu sababli ham sudda muzokaraga 
chiquvchining axloqiy erkinligi muammosi, ya’ni u sudga o’zining sud nutqida ham 
haqiqatni aytish muammosi yuzaga keladi. Sud muzokarasida sudlanuvchining o’zi, 
ya’ni qonuniy asoslarga binoan himoyachining ishtirok etmasligi mumkin holatda, 
himoya nutqini gapirayotganida sudga haqiqatni gapirmaganligi, ya’ni yolg’onni 
gapirganligi uchun unga huquqiy tarzda e’tiroz bildirishlik mumkin emas. Ammo 
axloqiy nuqtai nazardan sudlanuvchi to’g’ri gapirishdan, yolg’ondan yiroq 
bo’lishdan ozod etilmaydi.2 
Sud muzokarasida istirok etayotgan boshqa tomonlar, masalan davlat 
ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi boshqa huquqiy holatda bo’lishadi va ularga 
nisbatan yo’naltirilgan axloqiy talablar ham farq qiladi. Bu talabdan kelib chiqqan 
holda na prokuror, na advokat va na jabrlanuvchi sudga yolg’on gapirishga, sudga 
haqiqatga yaqin bo’lmagan, yo’lg’on ma’lumotlar haqida xabar berishga va shu 
asosda o’z nutqlarini tuzishga haqli emaslar.   
P.S.Porovshikov asosli yozganiday, “Sud tomonlardan haqiqatni, hattoki 
ochiqchalikni talab qilolmaydi: ular sud oldida faqat haqqoniylik uchun 
majburdirlar!..”3  
                                                 
2 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине 
Челябинск, 2005.  
3 Qarang: Сергеич П. Искусство речи на суде. М., 1960. С. 262.
3 Sud muzokarasida qatnashayotganlar bahslarda odob saqlashlari, sudda guvohlar, tarjimonlar, expertlar, mutaxassislarning shaxsi va xatti-harakatlariga baho berishda ehtiyot bolishlari talab etiladi. Sud muzokarasida ishtirok etayotgan tomonlar sudga hurmat bildirishlari, sudning obro’sini saqlashga ko’maklasishlari lozim. Sud muzokarasida ishtirok etayotganlar tomonidan sud’yalarning xatti-harakatiga baho berilishiga umuman yo’l qo’yilmaydi. Odatda sud muzokarasida ishtipor etayotganlar ayblovning isbotlatlanganligi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning xatti-harakatlari haqida, sud tomonidan jazo tayinlanishi mumkin holatlarda hisobga olinishi lozim bolgan holatlar to’g’risida har xil pozitsiyani ushlashadi. Shu sababli ham sudda muzokaraga chiquvchining axloqiy erkinligi muammosi, ya’ni u sudga o’zining sud nutqida ham haqiqatni aytish muammosi yuzaga keladi. Sud muzokarasida sudlanuvchining o’zi, ya’ni qonuniy asoslarga binoan himoyachining ishtirok etmasligi mumkin holatda, himoya nutqini gapirayotganida sudga haqiqatni gapirmaganligi, ya’ni yolg’onni gapirganligi uchun unga huquqiy tarzda e’tiroz bildirishlik mumkin emas. Ammo axloqiy nuqtai nazardan sudlanuvchi to’g’ri gapirishdan, yolg’ondan yiroq bo’lishdan ozod etilmaydi.2 Sud muzokarasida istirok etayotgan boshqa tomonlar, masalan davlat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi boshqa huquqiy holatda bo’lishadi va ularga nisbatan yo’naltirilgan axloqiy talablar ham farq qiladi. Bu talabdan kelib chiqqan holda na prokuror, na advokat va na jabrlanuvchi sudga yolg’on gapirishga, sudga haqiqatga yaqin bo’lmagan, yo’lg’on ma’lumotlar haqida xabar berishga va shu asosda o’z nutqlarini tuzishga haqli emaslar. P.S.Porovshikov asosli yozganiday, “Sud tomonlardan haqiqatni, hattoki ochiqchalikni talab qilolmaydi: ular sud oldida faqat haqqoniylik uchun majburdirlar!..”3 2 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 3 Qarang: Сергеич П. Искусство речи на суде. М., 1960. С. 262.
 
 
4 
Sud muzokarasi ishtirokchilaridan prokuror va advokatning sud nutqlarining 
o’ziga xoslik tomonlari mavjud bo’lib, ular ish holatlariga baho berishda har xil 
yondashadi, bu ularning kasbiy vazifalaridan kelib chiqadi. Agarda ayblob sudda o’z 
isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishi va himoya foydasiga gapirishi 
mumkin. Ammo advokat faqat himoyasi ostidagi shaxsning manfaatini ko’zlab 
harakat qiladi va uning pozitsiyasi himoyasi ostidagi shaxsning pozitsiyasi bilan bir 
xil bo’ladi. Ayblovni qo’llovchining fikri bilan to’liq rozi bo’lganda ham u himoya 
qilishdan voz kechishga haqli emas.  
Sud muzokarasining axloqiy ahamiyati sudlanuvchini, jabrlanuvchini, 
guvohlarni va sudda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarni, shuningdek sud zalida 
hozir bo’lganlarni axloqiy tarbiyalashga ko’maklashishdan iborat.  
Shu boisdan ham sud muzokarasi ishtirokchilari nutqlari xolisona, beg’araz, 
haqqoniy bo’lib, bunda tomonlar sud’yalarning sabr-toqatini suiiste’mol qilmagan 
holda odob-axloq qoidalari doirasidan chetga chiqmasdan o’z nuqtai nazarini 
ishonchli asoslar, dalillar asosida ifodalashi lozim. 
Sud muzokarasi odob-axloq doirasida olib borilishi, faqat ko’rilayotgan ish 
yuzasidangina so’z yuritilishi, muzokara ishtipokchilarining shaxsiyatiga tegmaslik, 
bir-birlarini kamsitmaslik, piching-kesatiqli so’zlarni ishlatmasliklari lozim. Sud 
muzakorasida inson taqdirini adolatli hal qilish, har bir ish zamirida allaqanday 
mavhum bir sud hodisasi emas, balki ushbu ish ortida tirik jon – inson turganini 
yoddan chiqarmaslik kerak. Sudlanuvchi ham har qanday boshqa shaxs kabi qadr-
qimmati hurmat qilinishi lozim bo’lgan shaxs hisoblanadi.  
Sudda tomonlarning muzokara nutqlarini olib borish madaniyati sudda raislik 
qiluvchiga bog’lik bo’ladi. U muzokara jarayoniga uning ishtirokchilarining o’zini 
tutish madaniyati va nutq madaniyatiga ta’sir qiladi. Uning zimmasiga yuklangan 
vazifa – ayblov va himoya tomonlarning dalil va mulohazalariga nisbatan e’tiroz va 
tanqidiy fikrlar protsessual qonun doirasidagi ma’naviy-axloqiy me’yorlardan chiqib 
ketmasligini nazorat qilishdan iborat.  
Sudda raislik qiluvchi sud’ya o’zining protsess ishtirokchilari va sud zalida 
yig’ilganlarning hamisha diqqat-e’tiborida turishini anglashi, his qilishi va tabiiyki,
4 Sud muzokarasi ishtirokchilaridan prokuror va advokatning sud nutqlarining o’ziga xoslik tomonlari mavjud bo’lib, ular ish holatlariga baho berishda har xil yondashadi, bu ularning kasbiy vazifalaridan kelib chiqadi. Agarda ayblob sudda o’z isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishi va himoya foydasiga gapirishi mumkin. Ammo advokat faqat himoyasi ostidagi shaxsning manfaatini ko’zlab harakat qiladi va uning pozitsiyasi himoyasi ostidagi shaxsning pozitsiyasi bilan bir xil bo’ladi. Ayblovni qo’llovchining fikri bilan to’liq rozi bo’lganda ham u himoya qilishdan voz kechishga haqli emas. Sud muzokarasining axloqiy ahamiyati sudlanuvchini, jabrlanuvchini, guvohlarni va sudda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarni, shuningdek sud zalida hozir bo’lganlarni axloqiy tarbiyalashga ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham sud muzokarasi ishtirokchilari nutqlari xolisona, beg’araz, haqqoniy bo’lib, bunda tomonlar sud’yalarning sabr-toqatini suiiste’mol qilmagan holda odob-axloq qoidalari doirasidan chetga chiqmasdan o’z nuqtai nazarini ishonchli asoslar, dalillar asosida ifodalashi lozim. Sud muzokarasi odob-axloq doirasida olib borilishi, faqat ko’rilayotgan ish yuzasidangina so’z yuritilishi, muzokara ishtipokchilarining shaxsiyatiga tegmaslik, bir-birlarini kamsitmaslik, piching-kesatiqli so’zlarni ishlatmasliklari lozim. Sud muzakorasida inson taqdirini adolatli hal qilish, har bir ish zamirida allaqanday mavhum bir sud hodisasi emas, balki ushbu ish ortida tirik jon – inson turganini yoddan chiqarmaslik kerak. Sudlanuvchi ham har qanday boshqa shaxs kabi qadr- qimmati hurmat qilinishi lozim bo’lgan shaxs hisoblanadi. Sudda tomonlarning muzokara nutqlarini olib borish madaniyati sudda raislik qiluvchiga bog’lik bo’ladi. U muzokara jarayoniga uning ishtirokchilarining o’zini tutish madaniyati va nutq madaniyatiga ta’sir qiladi. Uning zimmasiga yuklangan vazifa – ayblov va himoya tomonlarning dalil va mulohazalariga nisbatan e’tiroz va tanqidiy fikrlar protsessual qonun doirasidagi ma’naviy-axloqiy me’yorlardan chiqib ketmasligini nazorat qilishdan iborat. Sudda raislik qiluvchi sud’ya o’zining protsess ishtirokchilari va sud zalida yig’ilganlarning hamisha diqqat-e’tiborida turishini anglashi, his qilishi va tabiiyki,
 
 
5 
uning barcha fikr-mulohazalari, imo-ishoralari, yuzidagi ifodasi atrofdagilar 
tomonidan muttasil kuzatib borilishini nazardan qochirmasligi kerak. Shu o’rinda 
sud’yaning tinglash qobiliyatini alohida ta’kidlash losim. Uning bu qobiliyati 
muzokaraga chiquvchilarning nutqini og’ir-vazminlik va diqqat bilan tinglay olish 
hamda tushunishni taqozo etadi, uning e’tiborsizligi esa muzokaraga chiqishda 
izchillikning yo’qolishiga olib keladi va bu holat protsessual, axloqiy va madaniy 
nutq me’yorlarining buzilishi tariqasida baholanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. 
 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasida O’zbekiston 
Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni 
O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar 
amalga oshirishi belgilab qo’yilgan. O’zR JPK 34-moddasi 2-qismida prokurorning 
sud muhokamasida qatnashib ayblovning qonuniy va asoslantirilganligini ta’minlash 
vazifasi belgilangan. Ushbu vazifaning amalga oshirilishini - fuqarolar, korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo’li bilan
5 uning barcha fikr-mulohazalari, imo-ishoralari, yuzidagi ifodasi atrofdagilar tomonidan muttasil kuzatib borilishini nazardan qochirmasligi kerak. Shu o’rinda sud’yaning tinglash qobiliyatini alohida ta’kidlash losim. Uning bu qobiliyati muzokaraga chiquvchilarning nutqini og’ir-vazminlik va diqqat bilan tinglay olish hamda tushunishni taqozo etadi, uning e’tiborsizligi esa muzokaraga chiqishda izchillikning yo’qolishiga olib keladi va bu holat protsessual, axloqiy va madaniy nutq me’yorlarining buzilishi tariqasida baholanadi. 2. Prokuror ayblov nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasida O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalga oshirishi belgilab qo’yilgan. O’zR JPK 34-moddasi 2-qismida prokurorning sud muhokamasida qatnashib ayblovning qonuniy va asoslantirilganligini ta’minlash vazifasi belgilangan. Ushbu vazifaning amalga oshirilishini - fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo’li bilan
 
 
6 
samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instantsiya sudlarida ishlar 
ko’rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etishida ko’ramiz.  
Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilayotganda prokuror davlat ayblovini quvvatlaydi 
va shu sababli prokurorga nisbatan davlat ayblovchisi termini qo’llaniladi.  
Davlat ayblovchisi sud tergovi yakunlarini inobatga olib, o’z nutqida 
sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emasligi to’g’risidagi xulosaga keladi. Davlat 
ayblovchisi bu vakolatini muvaffaqiyatli bajarishi uchun muzokara nutqida davlat 
ayblovining o’ziga xos nozik tomonlarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Bu 
borada O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1998 yil 12 noyabrdagi 
“Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilishida prokuror vakolatini ta’minlash ishini 
takomillashtirish haqida”gi buyrug’ida: “Sudlarda ishtirok etayotgan va davlat 
ayblovini 
quvvatlayotgan 
prokurorlar 
notiqlik 
mahoratiga 
ega 
bo’lsinlar, 
sud’yalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo’ysunishi, o’zaro tortishuv 
tamoiliga, sud muhokamasi va madaniyati qoidalariga qat’iy rioya qilsinlar, dalil-
isbotlarni tekshirishda faol ishtirok etib, ishni ko’rishda yuzaga kelgan masalalar 
bo’yicha asosli xulosalar berib, … jinoyat sodir qilganlarga murosasiz bo’lib, tergov 
va suddagi ma’lumotlar aybsizlikdan to’liq dalolat bersa, ayblovdan voz kechib, o’z 
faoliyati bilan odil sudlovga ko’maklashsinlar. Davlat ayblovchisining fikri sudda 
yozma taqdim etilishi majburiyligi haqidagi qonun talabiga rioya qilsinlar” 4, - deb 
ta’kidlanganligini alohida ta’kidlash o’rinli bo’ladi.  
Ba’zi prokurorlar o’zlarining faoliyatlarida himoya qilishdek muqaddas 
burchlarini unutib, ko’pincha jajolash xususiyatlarini namoyon qilib qoymoqdalar. 
Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi 
chaqiriq oltinchi sessiyasida: “Yana bir o’z echimini kutayotgan muammo huquqni 
muhofaza qiluvchi idoralarning barchasiga taalluqlidir. U ham bo’lsa, ushbu kasbni 
tanlagan ayrim xodimlarning maxsus xizmat libosini kiyishi bilan birdaniga yurish-
turishi, xulq-atvori o’zgarib qoladi. Ularning ongida “Biz davlatning o’ta ishonchli 
odamlarimiz, qolganlar esa biz nazorat qilib turishimiz lozim bo’lgan omma, xalos 
                                                 
4 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг амалдаги буйруқлари, кўрсатмалари, низом ва 
йўриқномалари тўплами. Т., 1999, 185-186-бетлар.
6 samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instantsiya sudlarida ishlar ko’rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etishida ko’ramiz. Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilayotganda prokuror davlat ayblovini quvvatlaydi va shu sababli prokurorga nisbatan davlat ayblovchisi termini qo’llaniladi. Davlat ayblovchisi sud tergovi yakunlarini inobatga olib, o’z nutqida sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emasligi to’g’risidagi xulosaga keladi. Davlat ayblovchisi bu vakolatini muvaffaqiyatli bajarishi uchun muzokara nutqida davlat ayblovining o’ziga xos nozik tomonlarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1998 yil 12 noyabrdagi “Sudlarda jinoyat ishlari ko’rilishida prokuror vakolatini ta’minlash ishini takomillashtirish haqida”gi buyrug’ida: “Sudlarda ishtirok etayotgan va davlat ayblovini quvvatlayotgan prokurorlar notiqlik mahoratiga ega bo’lsinlar, sud’yalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo’ysunishi, o’zaro tortishuv tamoiliga, sud muhokamasi va madaniyati qoidalariga qat’iy rioya qilsinlar, dalil- isbotlarni tekshirishda faol ishtirok etib, ishni ko’rishda yuzaga kelgan masalalar bo’yicha asosli xulosalar berib, … jinoyat sodir qilganlarga murosasiz bo’lib, tergov va suddagi ma’lumotlar aybsizlikdan to’liq dalolat bersa, ayblovdan voz kechib, o’z faoliyati bilan odil sudlovga ko’maklashsinlar. Davlat ayblovchisining fikri sudda yozma taqdim etilishi majburiyligi haqidagi qonun talabiga rioya qilsinlar” 4, - deb ta’kidlanganligini alohida ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Ba’zi prokurorlar o’zlarining faoliyatlarida himoya qilishdek muqaddas burchlarini unutib, ko’pincha jajolash xususiyatlarini namoyon qilib qoymoqdalar. Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida: “Yana bir o’z echimini kutayotgan muammo huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning barchasiga taalluqlidir. U ham bo’lsa, ushbu kasbni tanlagan ayrim xodimlarning maxsus xizmat libosini kiyishi bilan birdaniga yurish- turishi, xulq-atvori o’zgarib qoladi. Ularning ongida “Biz davlatning o’ta ishonchli odamlarimiz, qolganlar esa biz nazorat qilib turishimiz lozim bo’lgan omma, xalos 4 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг амалдаги буйруқлари, кўрсатмалари, низом ва йўриқномалари тўплами. Т., 1999, 185-186-бетлар.
 
 
7 
degan” kayfiyat paydo bo’ladi. Bu, axir, o’tmishga, sho’ralar davriga xos bo’lgan 
axloqiy tubanlik asorati emasmi? Davlat muassasalari, birinchi navbatda, prokuratura 
xodimlari bir haqiqatni qulog’iga quyib olsinki, ular ham mana shu xalqning bir 
qismi, hech kimdan, oddiy odamlardan ortiq joyi yo’q. Prokuratura xodimlari ularni 
nazorat qilishi emas, balki ularga xizmat qilishi kerak”5 degan gaplariga huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar, birinchi navbatda prokuratura xodimlari to’liq amal 
qilishlari shart. 
Prokuror sud muzokarasida ayblov nutqini ifodalar ekan, o’zining madaniyatli, 
odob-axloqli ekanligini namoyish eta olishi kerak. Har qanday sharoitda ham 
muzokarada ishtirok etayotgan tomonlardan birontasiga do’q-po’pisa qilishga haqli 
emas. Garchand sudlanuvchi retsidiv jinoyatchi bo’lsa ham, uni kamsitish, 
masxaralash, unga nisbatan kesatiq, qochirim so’zlarni aslo ishlatmasligi, 
shaxsiyatiga tegadigan so’zlardan saqlanishi kerak. Prokuror odamlar nazdida davlat 
odami, davlat ramzi. Prokurorning asosiy quroli bo’lgan qonunni ifodalovchi bu-so’z 
ekanligini unutmaslik kerak va u sud muzokarasida davlat ayblovchisi sifatida 
ishtirok etganda, o’z nutqini mantiqan izchil, aniq va tiniq, zarur o’rinlarda rasmiylik 
ma’nosiga urg’u berib, chiroyli ifodalasa uning nufuzi, obro’-e’tibori yanada oshadi, 
ta’sirchan bo’ladi.  
Prokuror ayblov muzokara nutqida fikrni faqat ayblov doirasida emas, balki bir 
vaqtning o’zida huquqiy madaniyat, odob-axloq targ’ibotchisi ekanligini ham 
ko’rsata olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prokuror o’z muzokara nutqida 
jinoyatning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish bilan birga, sudlanuvchining 
shaxsiga, sodir etilgan jinoyatga siyosiy, huquqiy, axloqiy baho berishi ham ijobiy 
holdir. Masalan, sodir etilgan jinoyat inson sog’ligi, hayoti, sha’ni, qadr-qimmatiga 
nisbatan xavf solar ekan, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilab qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy huquqlari haqida to’xtalishi, moboda 
jinoyat davlat mulki yoki fuqarolarning xususiy mulkini o’zlashtirish, talonchilik, 
bosqinchilik, firibgarlik bilan bog’liq bo’lsa, halol va foydali mehnatning sharafi 
haqida to’xtalish maqsadli bo’ladi.  
                                                 
5 Каримов И.А. Адолат ─ қонун устуворлигида. “Фидокор” газетаси, 2001 йил 30 август
7 degan” kayfiyat paydo bo’ladi. Bu, axir, o’tmishga, sho’ralar davriga xos bo’lgan axloqiy tubanlik asorati emasmi? Davlat muassasalari, birinchi navbatda, prokuratura xodimlari bir haqiqatni qulog’iga quyib olsinki, ular ham mana shu xalqning bir qismi, hech kimdan, oddiy odamlardan ortiq joyi yo’q. Prokuratura xodimlari ularni nazorat qilishi emas, balki ularga xizmat qilishi kerak”5 degan gaplariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar, birinchi navbatda prokuratura xodimlari to’liq amal qilishlari shart. Prokuror sud muzokarasida ayblov nutqini ifodalar ekan, o’zining madaniyatli, odob-axloqli ekanligini namoyish eta olishi kerak. Har qanday sharoitda ham muzokarada ishtirok etayotgan tomonlardan birontasiga do’q-po’pisa qilishga haqli emas. Garchand sudlanuvchi retsidiv jinoyatchi bo’lsa ham, uni kamsitish, masxaralash, unga nisbatan kesatiq, qochirim so’zlarni aslo ishlatmasligi, shaxsiyatiga tegadigan so’zlardan saqlanishi kerak. Prokuror odamlar nazdida davlat odami, davlat ramzi. Prokurorning asosiy quroli bo’lgan qonunni ifodalovchi bu-so’z ekanligini unutmaslik kerak va u sud muzokarasida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etganda, o’z nutqini mantiqan izchil, aniq va tiniq, zarur o’rinlarda rasmiylik ma’nosiga urg’u berib, chiroyli ifodalasa uning nufuzi, obro’-e’tibori yanada oshadi, ta’sirchan bo’ladi. Prokuror ayblov muzokara nutqida fikrni faqat ayblov doirasida emas, balki bir vaqtning o’zida huquqiy madaniyat, odob-axloq targ’ibotchisi ekanligini ham ko’rsata olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prokuror o’z muzokara nutqida jinoyatning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish bilan birga, sudlanuvchining shaxsiga, sodir etilgan jinoyatga siyosiy, huquqiy, axloqiy baho berishi ham ijobiy holdir. Masalan, sodir etilgan jinoyat inson sog’ligi, hayoti, sha’ni, qadr-qimmatiga nisbatan xavf solar ekan, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy huquqlari haqida to’xtalishi, moboda jinoyat davlat mulki yoki fuqarolarning xususiy mulkini o’zlashtirish, talonchilik, bosqinchilik, firibgarlik bilan bog’liq bo’lsa, halol va foydali mehnatning sharafi haqida to’xtalish maqsadli bo’ladi. 5 Каримов И.А. Адолат ─ қонун устуворлигида. “Фидокор” газетаси, 2001 йил 30 август
 
 
8 
 
Davlat ayblovchisining barcha xulosalari va sud muhokamasiga taklif 
qilayotgan fikrlari qonunga va sud tergovida isbotlangan ishning haqiqiy holatlariga 
asoslangan 
bo’lishi 
kerak. 
Yuridik 
baho 
aniqlangan 
haqiqiy 
holatlarga 
qo’llanilayotgan qonun normalariga muvofiq bo’lishi, ya’ni prokuror adolatli bo’lishi 
lozim. Davlat ayblovchisining xatti-harakati, uning tutgan nuqtai nazari axloqiy 
normalarga tayangan va ularga mos bo’lishi kerak. Prokuror jamiyat manfaatini 
himoya qiladi, davlat nomidan ish yuritadi, shu bilan birgalikda u sudlanuvchining 
qonuniy manfaatini, qadr-qimmatini himoya qilishga ham chaqirilgan. А. F. 
Koni, прокурор “og’ir vazifasini bajara turib, jamiyatga xizmat qiladi. Bunday 
xizmat qilish unga faqat jiddiy axloqiy intizom joriy qilinganda va jamiyat manfaati 
va shaxsning insoniy qadr-qimmati bir xil g’amxo’rlik va qunt bilan 
himoyalanganida foydali bo’ladi”6. 
Ushbulardan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat ayblovchisi - prokuror 
muzokara nutqining axloqiy xususiyatini asosan u tutgan nuqtai nazarning ish holati 
bo’yicha to’g’riligi, sud muhokamasiga havola qilayotgan xulosalarining adolatliligi 
belgilaydi. Masalan, jinoyatni sodir etganlikda aybi isbotlanmagan shaxsni 
sudlashlikni talab qilayotgan prokuror axloqsiz harakat qilgan bo’ladi.  
 
Prokurorning ayblov nutqi odatda ish holatlaridan kelib chiqqan holda 
mantiqan ketma-ketlikda ifodalanadigan bir necha qismlardan iborat tuziladi. Odatda 
u ko’rib chiqilayotgan ishning, sudlanuvchi ayblanayotgan jinoyatning xususiyatli 
tomonini ifodalashdan boshlanadi. Yaqin o’rtalargacha ayblov nutqida jinoyatga 
“ijtimoiy-siyosiy” baho berish majburiy holat hisoblanar edi va bu “har bir ayblov 
nutqining zaruriy elementi bo’lishi lozim”7 deb hisoblanar edi. G.A.Vasilyevaning 
fikriga qo’shilgan holda bunday siyosatlashtirilgan tushuncha o’rniga ayblov nutqiga 
sudda ko’rilayotgan jinoyat ishining huquqiy va axloqiy xususiyatlariga, jiniyat 
ishining o’ziga xos xususiyati va jinoyatning xavfliligiga baho berishga 
                                                 
6 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч. Т. 4. С. 62-63. 
 
7 Qarang: Проблемы судебной этики. С. 227.
8 Davlat ayblovchisining barcha xulosalari va sud muhokamasiga taklif qilayotgan fikrlari qonunga va sud tergovida isbotlangan ishning haqiqiy holatlariga asoslangan bo’lishi kerak. Yuridik baho aniqlangan haqiqiy holatlarga qo’llanilayotgan qonun normalariga muvofiq bo’lishi, ya’ni prokuror adolatli bo’lishi lozim. Davlat ayblovchisining xatti-harakati, uning tutgan nuqtai nazari axloqiy normalarga tayangan va ularga mos bo’lishi kerak. Prokuror jamiyat manfaatini himoya qiladi, davlat nomidan ish yuritadi, shu bilan birgalikda u sudlanuvchining qonuniy manfaatini, qadr-qimmatini himoya qilishga ham chaqirilgan. А. F. Koni, прокурор “og’ir vazifasini bajara turib, jamiyatga xizmat qiladi. Bunday xizmat qilish unga faqat jiddiy axloqiy intizom joriy qilinganda va jamiyat manfaati va shaxsning insoniy qadr-qimmati bir xil g’amxo’rlik va qunt bilan himoyalanganida foydali bo’ladi”6. Ushbulardan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat ayblovchisi - prokuror muzokara nutqining axloqiy xususiyatini asosan u tutgan nuqtai nazarning ish holati bo’yicha to’g’riligi, sud muhokamasiga havola qilayotgan xulosalarining adolatliligi belgilaydi. Masalan, jinoyatni sodir etganlikda aybi isbotlanmagan shaxsni sudlashlikni talab qilayotgan prokuror axloqsiz harakat qilgan bo’ladi. Prokurorning ayblov nutqi odatda ish holatlaridan kelib chiqqan holda mantiqan ketma-ketlikda ifodalanadigan bir necha qismlardan iborat tuziladi. Odatda u ko’rib chiqilayotgan ishning, sudlanuvchi ayblanayotgan jinoyatning xususiyatli tomonini ifodalashdan boshlanadi. Yaqin o’rtalargacha ayblov nutqida jinoyatga “ijtimoiy-siyosiy” baho berish majburiy holat hisoblanar edi va bu “har bir ayblov nutqining zaruriy elementi bo’lishi lozim”7 deb hisoblanar edi. G.A.Vasilyevaning fikriga qo’shilgan holda bunday siyosatlashtirilgan tushuncha o’rniga ayblov nutqiga sudda ko’rilayotgan jinoyat ishining huquqiy va axloqiy xususiyatlariga, jiniyat ishining o’ziga xos xususiyati va jinoyatning xavfliligiga baho berishga 6 Qarang: Кони А. Ф. Собр. соч. Т. 4. С. 62-63. 7 Qarang: Проблемы судебной этики. С. 227.
 
 
9 
bag’ishlangan qismni ajratish maqsadga muofiq bo’ladi.8 Ko’rilayotgan ishning 
umumiy tavsifi, uning o’ziga xos xususiyatlari ob’ektiv, o’ziga mos bo’lishi, 
bo’rttirib ifodalashlardan xoli bo’lishi kerak. 
Davlat ayblovchisi o’z nutqida ishning haqiqiy holatini sud tergovi natijasida 
aniqlanganligi tartibida bayon qiladi va sudlanuvchi muayyan harakatlarni sodir 
qilganligini, unga qo’yilgan aybni tasdiqlaydi, asoslar bo’lganida ayblovdan voz 
kechganligini 
bildiradi. 
Prokurorning 
huquqiy 
va 
axloqiy 
majburiyati 
sudlanuvchining nimada aybdorligi haqidagi sudga taklif qilayotgan xulosalarining 
haqqoniyligida ifodalanadi. Agar sud muhokamasi davomida sudlanuvchiga 
qoyilgan ayblov o’z isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishga majbur.  
Ayblov nutqida markaziy o’rinni sudda tekshirilgan dalillarning analizi va 
ayblovning 
isbotlanganligi 
yoki 
isbotlanmaganligi 
haqidagi 
xulosaning 
asoslanganligi egallaydi.  
Qilmishga yuridik baho berish prokuror ayblov nutqining elementlaridan 
hisoblanadi va u dalillar bilan isbotlangan bo’lishi, tadbiq qilinayotgan moddiy 
qonunning mohiyatini chuqur tushunishga asoslangan bo’lishi lozim.  
Prokurorning nutqida sudda aniqlangan faktlarga asoslangan sudlanuvchi 
shaxsining tafsiloti beriladi va u ob’ektiv bo’lishi kerak. Prokuror sudlanuvchining 
aybini engillashtirishga xizmat qiladigan ijobiy axloqiy tomonlari, oldingi ko’rsatgan 
yaxshi xizmatlari, na’munali xulq-atvori haqida gapirmaslikka haqqi yo’q.  
Prokuror sudlanuvchining pushaymonda bo’lmaganini, o’zini aybdor deb 
hisoblamasligini, 
xoxlamasligi 
yoki 
eslamasligi 
sababli 
savollarga 
javob 
bermaganliklarini ayblovga qo’shishga haqli emas va bunday qo’shishlik axloqqa zid 
hisoblanadi. Shuningdek ayblov nutqida sudlanuvchining ustidan kulish, haqoratli 
ta’riflash, tashqi ko’rinishi, millati, jismoniy kamchiliklari haqida keltirilishi mumkin 
emas. Prokuror sudlanuvchini ta’riflashda uning uchun aybsizlik prezumptsiyasi 
mavjud ekanligidan kelib chiqishi lozim, ya’ni sudlanuvchi oqlanishi, ayblov hukmi 
bekor bo’lishi mumkin, shu sababli sudda aniqlangan va yuridik faktga ega bo’lgan 
                                                 
8 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине 
Челябинск, 2005.
9 bag’ishlangan qismni ajratish maqsadga muofiq bo’ladi.8 Ko’rilayotgan ishning umumiy tavsifi, uning o’ziga xos xususiyatlari ob’ektiv, o’ziga mos bo’lishi, bo’rttirib ifodalashlardan xoli bo’lishi kerak. Davlat ayblovchisi o’z nutqida ishning haqiqiy holatini sud tergovi natijasida aniqlanganligi tartibida bayon qiladi va sudlanuvchi muayyan harakatlarni sodir qilganligini, unga qo’yilgan aybni tasdiqlaydi, asoslar bo’lganida ayblovdan voz kechganligini bildiradi. Prokurorning huquqiy va axloqiy majburiyati sudlanuvchining nimada aybdorligi haqidagi sudga taklif qilayotgan xulosalarining haqqoniyligida ifodalanadi. Agar sud muhokamasi davomida sudlanuvchiga qoyilgan ayblov o’z isbotini topmasa prokuror ayblovdan voz kechishga majbur. Ayblov nutqida markaziy o’rinni sudda tekshirilgan dalillarning analizi va ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi haqidagi xulosaning asoslanganligi egallaydi. Qilmishga yuridik baho berish prokuror ayblov nutqining elementlaridan hisoblanadi va u dalillar bilan isbotlangan bo’lishi, tadbiq qilinayotgan moddiy qonunning mohiyatini chuqur tushunishga asoslangan bo’lishi lozim. Prokurorning nutqida sudda aniqlangan faktlarga asoslangan sudlanuvchi shaxsining tafsiloti beriladi va u ob’ektiv bo’lishi kerak. Prokuror sudlanuvchining aybini engillashtirishga xizmat qiladigan ijobiy axloqiy tomonlari, oldingi ko’rsatgan yaxshi xizmatlari, na’munali xulq-atvori haqida gapirmaslikka haqqi yo’q. Prokuror sudlanuvchining pushaymonda bo’lmaganini, o’zini aybdor deb hisoblamasligini, xoxlamasligi yoki eslamasligi sababli savollarga javob bermaganliklarini ayblovga qo’shishga haqli emas va bunday qo’shishlik axloqqa zid hisoblanadi. Shuningdek ayblov nutqida sudlanuvchining ustidan kulish, haqoratli ta’riflash, tashqi ko’rinishi, millati, jismoniy kamchiliklari haqida keltirilishi mumkin emas. Prokuror sudlanuvchini ta’riflashda uning uchun aybsizlik prezumptsiyasi mavjud ekanligidan kelib chiqishi lozim, ya’ni sudlanuvchi oqlanishi, ayblov hukmi bekor bo’lishi mumkin, shu sababli sudda aniqlangan va yuridik faktga ega bo’lgan 8 Qarang: Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005.
 
 
10 
faktlargagina asoslanib ayblov nutqini tuzishi va jazo choralarini asoslashda nafaqat 
sudlanuvchining aybini og’irlashtiradigan balki engillashtiradigan holatlarni ham 
keltirishi lozim.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. 
 
 
Mamkatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan davlatimiz va jamiyatimiz 
talablariga javob beradigan, inson huquqlarini qonuniy himoya qila oladigan 
zamonoviy advakatura institutini yaratish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. 
Ma’lumki, sobiq sovet tuzumi davrida advokatning vazifasi sotsialistik qonunchilikni 
mustahkamlash, sotsialistik odil sudlovga xizmat qilish bo’lib, inson huquqlari va 
qonuniy manfaatlari, inson omili ikkinchi darajaga tushib qolgan edi va advokaturaga 
nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyati yuzaga kela boshlagan edi.  
Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi 
chaqiriq o’n to’rtinchi sessiyasida: “Biz advokatura tizimini kuchaytirish va uning 
chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura 
maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida 
ham ko’pgina chora-tadbirlar ko’rmoqdamiz” deganlarida nechog’lik haq ekanligini 
vaqt ko’rsatdi. Ko’p o’tmay 1996 yilning 27 dekabrida O’zbekiston Respublikasining 
“Аdvokatura to’g’risida”gi hamda 1998 yilning 25 dekabrida esa O’zbekiston 
Respublikasining “Аdvokatlik faoliyatining kafolatlari, аdvokatlarning ijtimoiy
10 faktlargagina asoslanib ayblov nutqini tuzishi va jazo choralarini asoslashda nafaqat sudlanuvchining aybini og’irlashtiradigan balki engillashtiradigan holatlarni ham keltirishi lozim. 3. Himoyachi nutqi etikasi va unga bo’lgan talablar. Mamkatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan davlatimiz va jamiyatimiz talablariga javob beradigan, inson huquqlarini qonuniy himoya qila oladigan zamonoviy advakatura institutini yaratish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’lumki, sobiq sovet tuzumi davrida advokatning vazifasi sotsialistik qonunchilikni mustahkamlash, sotsialistik odil sudlovga xizmat qilish bo’lib, inson huquqlari va qonuniy manfaatlari, inson omili ikkinchi darajaga tushib qolgan edi va advokaturaga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyati yuzaga kela boshlagan edi. Prezidentimiz I.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq o’n to’rtinchi sessiyasida: “Biz advokatura tizimini kuchaytirish va uning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko’pgina chora-tadbirlar ko’rmoqdamiz” deganlarida nechog’lik haq ekanligini vaqt ko’rsatdi. Ko’p o’tmay 1996 yilning 27 dekabrida O’zbekiston Respublikasining “Аdvokatura to’g’risida”gi hamda 1998 yilning 25 dekabrida esa O’zbekiston Respublikasining “Аdvokatlik faoliyatining kafolatlari, аdvokatlarning ijtimoiy
 
 
11 
himoyasi to’g’risida”gi qonunlarining qabul qilinishi zamonaviy advokaturaning 
barpo etilishidagi muhim bosqich bo’ldi. Ushbu qonunlarda advokatlarning huquq va 
vazifalari, ular oldiga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yildi. Аdvokatlik faoliyatining 
asosiy printsiplari, advokatning vakolatlari, аdvokatning daxlsizligi, аdvokatlik 
faoliyatiga aralashishga yo’l qo’ymaslik, advokatlik faoliyati himoyalanishining 
ta’minlanishi hamda advokatning ijtimoiy himoyasi kabi masalalarning qonun yo’li 
bilan belgilanganligi advokatlarning tom ma’nodagi nufuzining oshishiga sabab 
bo’lmoqda. 
Advokatlarga 
bunday 
imtiyozlarning 
berilishi 
ular 
zimmasiga 
katta 
mas’uliyatlar ham yuklaydi. Ayni chog’da advokatlarning sud muzokarasidagi 
ishtiroki, uning himoya nutqi yuzaki emas, balki yuqori darajada bo’lishi talab etiladi. 
Albatta, buning majburiyat yuki juda katta, chunki buning uchun advokatlar 
yurisprudentsiyani qanday yuqori darajada o’zlashtirgan bo’lsalar, adabiy til va uning 
tarkibiy qismi bo’lgan yuridik til me’yorlari va talablarini ham xuddi shunday yuqori 
darajada bilishlari shart bo’ladi. Chunki yuridik til me’yorlari va talablariga rioya 
qilgan holda yaxshi o’ylab tuzilgan advokatning himoya nutqi sudda ko’rib 
chiqilayotgan ishning pirovard natijasiga katta ta’sir o’tkazishi mumkin. Atoqli olim 
M.S Strogovich “advokatning himoya nutqi jinoyat ishi bo’yicha suddagi 
chiqishlarining yuqori cho’qqisidir”, deb alohida ta’kidlagan edi.9 
Advokatning himoya nutqi ifodalanayotgan fikrni dalillar bilan isbotlashga 
asoslanadi. Advokat muayyan ish yuzasidan etarli dalillar to’play olmasa, sudda 
jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinayotgan himoyasi ostidagi shaxsning 
aybsizligini isbotlay olmaydi, oqibatda himoya nutqi ham talab darajasida 
shakllanmaydi va ko’zlangan maqadga erisholmaydi. Xolbuki aybi sudda aniqlangan 
dalillar bilan isbotini topib turgan shaxsni aybi yo’q deb sudni ishontirishga harakat 
qilinishi ham advokatning nufuziga, axloqiga putur etkazadi.  
Аdvokat, odatda, davlat ayblovchsidan keyin muzokaraga chiqqanda davlat 
ayblovchisi-prokuror aybloviga javoban dalillar keltirishi, himoyasi ostidagi 
shaxsning tavsifini ochib berishi kerak va uning himoya nutqi agarda sudlanuvchi 
                                                 
9 Qarang: Защитительные речи советских адвокатов. Под.ред. М.С.Строговича, М.: Госюриздат, 1956.-С.13.
11 himoyasi to’g’risida”gi qonunlarining qabul qilinishi zamonaviy advokaturaning barpo etilishidagi muhim bosqich bo’ldi. Ushbu qonunlarda advokatlarning huquq va vazifalari, ular oldiga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yildi. Аdvokatlik faoliyatining asosiy printsiplari, advokatning vakolatlari, аdvokatning daxlsizligi, аdvokatlik faoliyatiga aralashishga yo’l qo’ymaslik, advokatlik faoliyati himoyalanishining ta’minlanishi hamda advokatning ijtimoiy himoyasi kabi masalalarning qonun yo’li bilan belgilanganligi advokatlarning tom ma’nodagi nufuzining oshishiga sabab bo’lmoqda. Advokatlarga bunday imtiyozlarning berilishi ular zimmasiga katta mas’uliyatlar ham yuklaydi. Ayni chog’da advokatlarning sud muzokarasidagi ishtiroki, uning himoya nutqi yuzaki emas, balki yuqori darajada bo’lishi talab etiladi. Albatta, buning majburiyat yuki juda katta, chunki buning uchun advokatlar yurisprudentsiyani qanday yuqori darajada o’zlashtirgan bo’lsalar, adabiy til va uning tarkibiy qismi bo’lgan yuridik til me’yorlari va talablarini ham xuddi shunday yuqori darajada bilishlari shart bo’ladi. Chunki yuridik til me’yorlari va talablariga rioya qilgan holda yaxshi o’ylab tuzilgan advokatning himoya nutqi sudda ko’rib chiqilayotgan ishning pirovard natijasiga katta ta’sir o’tkazishi mumkin. Atoqli olim M.S Strogovich “advokatning himoya nutqi jinoyat ishi bo’yicha suddagi chiqishlarining yuqori cho’qqisidir”, deb alohida ta’kidlagan edi.9 Advokatning himoya nutqi ifodalanayotgan fikrni dalillar bilan isbotlashga asoslanadi. Advokat muayyan ish yuzasidan etarli dalillar to’play olmasa, sudda jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinayotgan himoyasi ostidagi shaxsning aybsizligini isbotlay olmaydi, oqibatda himoya nutqi ham talab darajasida shakllanmaydi va ko’zlangan maqadga erisholmaydi. Xolbuki aybi sudda aniqlangan dalillar bilan isbotini topib turgan shaxsni aybi yo’q deb sudni ishontirishga harakat qilinishi ham advokatning nufuziga, axloqiga putur etkazadi. Аdvokat, odatda, davlat ayblovchsidan keyin muzokaraga chiqqanda davlat ayblovchisi-prokuror aybloviga javoban dalillar keltirishi, himoyasi ostidagi shaxsning tavsifini ochib berishi kerak va uning himoya nutqi agarda sudlanuvchi 9 Qarang: Защитительные речи советских адвокатов. Под.ред. М.С.Строговича, М.: Госюриздат, 1956.-С.13.
 
 
12 
aybsiz deb topilganda uni oqlashga, aybdor deb topilganda adolatli jazo 
tayinlanishiga asos bo’ladi.  
Аdvokat bu borada o’z imidjini yaratar ekan, quyidagilarga alohida e’tibor 
berishi maqsadga muvofiq bo’ladi:  
Muzokara nutqida advokat mantiqiy urg’uga aloqida e’tibor qaratishi, 
so’zining ma’nosi va ovozida uyg’unlik bo’lishi lozim. Ko’rilayotgan ish advokat 
tomonidan yaxshi o’rganilgan bo’lsada, nutqi ohangi unga mos kelmasa, ishonchli 
chiqmaydi va sud ishtirokchilari tomonidan o’zlashtirilmay qoladi.  
Аdvokat himoya nutqini jonliroq, ma’noliroq va ishonch bilan ifodalashi 
lozim, aks holda tinglovchilarda teskari taassurot qoldirishi mumkin. 
O’z-o’zidan ma’lumki, himoyachi – advokat tortishuv protsessida o’z nutqida 
ayblov tomonga qarshi turadi va uning sud muzokarasidagi ishtiroki muayyan 
axloqiy talablarga bo’ysunadi. Sud muzokarasida himoyani umuman olib 
borishning, shuningdek uning mazmuni va tuzilishining eng muhim jihati o’z 
pozitsiyasini huquqiy va axloqiy asoslarga tayangan holda to’g’ri tanlay 
olishdan iborat bo’ladi.  
Shuni e’tibordan chiqarmaslik lozimki, himoyachi himoya qilishning faqat 
qonuniy asoslari va usullarini qo’llashi mumkin. Qonunni buzgan shaxsni himoya 
qilar ekan himoyachining o’zi qonunga og’ishmay rioya etishi, ya’ni qonuniy 
usullardan foydalangan holda himoya qilishi kerak. Shuningdek u himoyaning 
qo’llanilishi axloqan mumkin bo’lgan usullarini tatbiq qilishi lozim bo’ladi. Misol 
uchun himoyachi o’ziga ishonch bildirgan shaxsga foydali bo’lsada, sudga 
yolg’on gapirishi, sudni noqonuniylikka undashga haqli emas.10 
Ya.S.Kisilev “Advokatda nafaqat yolg’on gapirishga, nafaqat sun’iy, o’ylab 
topilgan, qalbakilashtirilgan dalillardan foydalanishga, balki samimiy bo’lmaslikka 
ham, ayorlik qilishga ham haqqi yo’q”11 deganida qanchalik haq ekanligini ta’kidlash 
o’rinli bo’ladi.  
                                                 
10 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста. Учебно-методический комплекс по дисциплине 
Челябинск, 2005.  
11 Qarang: Проблемы судебной этики. С. 240.
12 aybsiz deb topilganda uni oqlashga, aybdor deb topilganda adolatli jazo tayinlanishiga asos bo’ladi. Аdvokat bu borada o’z imidjini yaratar ekan, quyidagilarga alohida e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo’ladi: Muzokara nutqida advokat mantiqiy urg’uga aloqida e’tibor qaratishi, so’zining ma’nosi va ovozida uyg’unlik bo’lishi lozim. Ko’rilayotgan ish advokat tomonidan yaxshi o’rganilgan bo’lsada, nutqi ohangi unga mos kelmasa, ishonchli chiqmaydi va sud ishtirokchilari tomonidan o’zlashtirilmay qoladi. Аdvokat himoya nutqini jonliroq, ma’noliroq va ishonch bilan ifodalashi lozim, aks holda tinglovchilarda teskari taassurot qoldirishi mumkin. O’z-o’zidan ma’lumki, himoyachi – advokat tortishuv protsessida o’z nutqida ayblov tomonga qarshi turadi va uning sud muzokarasidagi ishtiroki muayyan axloqiy talablarga bo’ysunadi. Sud muzokarasida himoyani umuman olib borishning, shuningdek uning mazmuni va tuzilishining eng muhim jihati o’z pozitsiyasini huquqiy va axloqiy asoslarga tayangan holda to’g’ri tanlay olishdan iborat bo’ladi. Shuni e’tibordan chiqarmaslik lozimki, himoyachi himoya qilishning faqat qonuniy asoslari va usullarini qo’llashi mumkin. Qonunni buzgan shaxsni himoya qilar ekan himoyachining o’zi qonunga og’ishmay rioya etishi, ya’ni qonuniy usullardan foydalangan holda himoya qilishi kerak. Shuningdek u himoyaning qo’llanilishi axloqan mumkin bo’lgan usullarini tatbiq qilishi lozim bo’ladi. Misol uchun himoyachi o’ziga ishonch bildirgan shaxsga foydali bo’lsada, sudga yolg’on gapirishi, sudni noqonuniylikka undashga haqli emas.10 Ya.S.Kisilev “Advokatda nafaqat yolg’on gapirishga, nafaqat sun’iy, o’ylab topilgan, qalbakilashtirilgan dalillardan foydalanishga, balki samimiy bo’lmaslikka ham, ayorlik qilishga ham haqqi yo’q”11 deganida qanchalik haq ekanligini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. 10 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста. Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 11 Qarang: Проблемы судебной этики. С. 240.