SUD TARKIBI

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

26,1 KB


 
 
 
 
 
KURS ISHI 
 
 
SUD TARKIBI 
 
 
Reja: 
I.Kirish 
II.Asosiy qism 
1. Sud tarkibining mohiyati 
2. Sud tarkibining asosiy turlari 
3. Sud tarkibini belgilovchi omillar 
4. Qonunchilikda sud tarkibi 
III. Xulosa  
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KURS ISHI SUD TARKIBI Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1. Sud tarkibining mohiyati 2. Sud tarkibining asosiy turlari 3. Sud tarkibini belgilovchi omillar 4. Qonunchilikda sud tarkibi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
 
 
 
KIRISH 
Hozirgi zamonaviy yurisprudensiya har tomonlama strategik ahamiyatga 
ega boigan islohotlami amalga oshirishni va ustuvor yo‘nalishlar ijrosini 
ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu maqsad va vazifalar sohada yuqori 
bilimli, malakali, keng dunyoqarashga ega, jahon standartlariga toia javob 
beradigan, eng asosiysi, o‘qishga va o‘rganishga ishtiyoqi baland, mustaqil 
fikrlay oladigan, mushohada va tahlil qilishga qobiliyatli kadrlar tayyorlashni 
taqozo etmoqda. Shu ma’noda zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini inobatga 
olgan holda o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish bugungi kun ijodkorining 
birlamchi vazifasi sanaladi. Yuridik fan va taiim tizimini tubdan takomillashib 
borayotganligi, milliy yurisprudensiya ilmiy maktablarining shakllana 
boshlagani, o‘zbek olimlarining xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib 
borayotganligi, milliy ishlanmalarning jahon miqyosida reytingi yuqori 
bazalarga kiritib borilishi, respublikamizda yanada raqobatbardosh, milliy 
ilmiy tadqiqotlar yaratishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, 
Muhtaram Prezidentim iz Sh.M . Mirziyoyevning«Biz hech qachon mehnatdan 
qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu 
shijoatli buyuk xalqmiz» degan purma’no so‘zlari har sohada har bir kasb 
egasiga yaratuvchanlik va ijodkorlik tuyg’usini bag’ishlashi ayni haqiqat. 
Shuningdek, global pandemiya sharoiti talablari ham taiim tizimini qulay, 
tezkor, o‘zlashtirish va o’rganish oson boigan adabiyotlar bilan ta’minlashni, 
o‘quv adabiyotlarini masofaviy o‘qitish shakliga moslashtirish, talaba 
(o‘quvchi) ning onlayn platformalarga joylashtirilgan adabiyotlardan 
foydalana olish ko‘nikmasini va mustaqil o‘rganish qobiliyatini hisobga olgan 
holda yaratish muallifdan katta tajriba, zamonaviy yondashuv va 
yaratuvchanlik munosabatini talab etadi.  
Fuqarolik protsessual huquqi deganda fuqarolik ishlarini ko‘rishda odil 
sudlovni amalga oshirish jarayonida sud va protsess ishtirokchilari o‘rtasidagi
KIRISH Hozirgi zamonaviy yurisprudensiya har tomonlama strategik ahamiyatga ega boigan islohotlami amalga oshirishni va ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu maqsad va vazifalar sohada yuqori bilimli, malakali, keng dunyoqarashga ega, jahon standartlariga toia javob beradigan, eng asosiysi, o‘qishga va o‘rganishga ishtiyoqi baland, mustaqil fikrlay oladigan, mushohada va tahlil qilishga qobiliyatli kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda. Shu ma’noda zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini inobatga olgan holda o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish bugungi kun ijodkorining birlamchi vazifasi sanaladi. Yuridik fan va taiim tizimini tubdan takomillashib borayotganligi, milliy yurisprudensiya ilmiy maktablarining shakllana boshlagani, o‘zbek olimlarining xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib borayotganligi, milliy ishlanmalarning jahon miqyosida reytingi yuqori bazalarga kiritib borilishi, respublikamizda yanada raqobatbardosh, milliy ilmiy tadqiqotlar yaratishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Muhtaram Prezidentim iz Sh.M . Mirziyoyevning«Biz hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli buyuk xalqmiz» degan purma’no so‘zlari har sohada har bir kasb egasiga yaratuvchanlik va ijodkorlik tuyg’usini bag’ishlashi ayni haqiqat. Shuningdek, global pandemiya sharoiti talablari ham taiim tizimini qulay, tezkor, o‘zlashtirish va o’rganish oson boigan adabiyotlar bilan ta’minlashni, o‘quv adabiyotlarini masofaviy o‘qitish shakliga moslashtirish, talaba (o‘quvchi) ning onlayn platformalarga joylashtirilgan adabiyotlardan foydalana olish ko‘nikmasini va mustaqil o‘rganish qobiliyatini hisobga olgan holda yaratish muallifdan katta tajriba, zamonaviy yondashuv va yaratuvchanlik munosabatini talab etadi. Fuqarolik protsessual huquqi deganda fuqarolik ishlarini ko‘rishda odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sud va protsess ishtirokchilari o‘rtasidagi
 
 
ijtimoiy huquqiy munosabatlarning fuqarolik protsessual huquqi normalari 
bilan tartibga solinishi va bu boradagi fuqarolik protsessual huquqiy 
munosabatlar tizimini o’rganuvchi huquq tarmog‘i, fan sohasi tushuniladi. 
Fuqarolik protsessi – bu sud tomonidan fuqarolar, tashkilotlar, davlat idoralari 
yoki boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquqiy nizolarni ko‘rib chiqish 
jarayoni. Bu jarayonda tomonlarning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini 
belgilash, ularni himoya qilish, tiklash yoki nizolarni hal qilish maqsad 
qilingan. 
          Fuqarolik protsessi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
          Da'voni kiritish – Da'vogar fuqarolik nizosini hal qilish uchun sudga 
da'vo arizasini taqdim etadi. Arizada nizo sabablari, da'vogarning talab va 
dalillari bayon qilinadi. 
 
Tayyorgarlik bosqichi – Sud arizani qabul qilganidan so‘ng, ishni ko‘rib 
chiqishga tayyorgarlik ko‘radi. Bu bosqichda sud taraflarga nizo mohiyati va 
sud jarayoni haqida ma'lumot beradi, dalillarni yig‘adi va ekspertlar, 
guvohlarni chaqirishi mumkin. 
 
Sud majlisi – Asosiy bosqich bo‘lib, unda taraflar o‘z dalil va faktlarini 
taqdim etadilar, guvohlar so‘roq qilinadi, ekspertlar xulosalari tinglanadi va sud 
nizo bo‘yicha huquqiy baholash o‘tkazadi. 
 
Sud qarori – Sud ishni ko‘rib chiqib, tomonlarning huquq va 
majburiyatlarini belgilab, qaror chiqaradi. Qaror taraflarga o‘z vaqtida 
yetkaziladi. 
 
Apellyatsiya va kassatsiya – Agar taraflar sud qaroridan norozi bo‘lsa, 
ular yuqori instansiya sudlariga shikoyat qilishlari mumkin. Apellyatsiya sudi 
qarorni qayta ko‘rib chiqadi, kassatsiya esa faqat qonuniylikka asoslangan 
tekshiruvni amalga oshiradi.
ijtimoiy huquqiy munosabatlarning fuqarolik protsessual huquqi normalari bilan tartibga solinishi va bu boradagi fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar tizimini o’rganuvchi huquq tarmog‘i, fan sohasi tushuniladi. Fuqarolik protsessi – bu sud tomonidan fuqarolar, tashkilotlar, davlat idoralari yoki boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquqiy nizolarni ko‘rib chiqish jarayoni. Bu jarayonda tomonlarning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularni himoya qilish, tiklash yoki nizolarni hal qilish maqsad qilingan. Fuqarolik protsessi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: Da'voni kiritish – Da'vogar fuqarolik nizosini hal qilish uchun sudga da'vo arizasini taqdim etadi. Arizada nizo sabablari, da'vogarning talab va dalillari bayon qilinadi. Tayyorgarlik bosqichi – Sud arizani qabul qilganidan so‘ng, ishni ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ko‘radi. Bu bosqichda sud taraflarga nizo mohiyati va sud jarayoni haqida ma'lumot beradi, dalillarni yig‘adi va ekspertlar, guvohlarni chaqirishi mumkin. Sud majlisi – Asosiy bosqich bo‘lib, unda taraflar o‘z dalil va faktlarini taqdim etadilar, guvohlar so‘roq qilinadi, ekspertlar xulosalari tinglanadi va sud nizo bo‘yicha huquqiy baholash o‘tkazadi. Sud qarori – Sud ishni ko‘rib chiqib, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilab, qaror chiqaradi. Qaror taraflarga o‘z vaqtida yetkaziladi. Apellyatsiya va kassatsiya – Agar taraflar sud qaroridan norozi bo‘lsa, ular yuqori instansiya sudlariga shikoyat qilishlari mumkin. Apellyatsiya sudi qarorni qayta ko‘rib chiqadi, kassatsiya esa faqat qonuniylikka asoslangan tekshiruvni amalga oshiradi.
 
 
 
Ijro bosqichi – Sud qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng, qaror ijroga 
yo‘naltiriladi va sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. 
 
Fuqarolik protsessi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual 
kodeksiga asosan o‘tkaziladi va uning asosiy vazifasi nizolarni adolatli va 
qonuniy hal qilishdir.
Ijro bosqichi – Sud qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng, qaror ijroga yo‘naltiriladi va sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik protsessi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga asosan o‘tkaziladi va uning asosiy vazifasi nizolarni adolatli va qonuniy hal qilishdir.
 
 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK PROTSESSUAL 
KODEKSI  
3-bob. Sud tarkibi 
17-modda. Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi 
Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi 
instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. Sudya ishni yakka 
tartibda ko‘rayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi. 
Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va 
ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud 
muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi 
istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan 
holda shakllantiriladi. 
Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida ko‘rish 
uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi. 
Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish 
tartibida ko‘rish Rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda amalga 
oshiriladi. 
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik 
qiladi. 
Ishni ko‘rish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega 
bo‘ladi. 
18-modda. Sud tarkibining o‘zgarmasligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSI 3-bob. Sud tarkibi 17-modda. Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. Sudya ishni yakka tartibda ko‘rayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi. Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko‘rish Rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda amalga oshiriladi. Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi. Ishni ko‘rish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega bo‘ladi. 18-modda. Sud tarkibining o‘zgarmasligi
 
 
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rilishi boshlangan ish shu 
sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rib tugatilishi lozim. 
Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin: 
o‘zini o‘zi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda 
belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda; 
sudya yo‘qligi tufayli ishni o‘z vaqtida ko‘rishning imkoniyati 
bo‘lmaganda. 
Sudya almashtirilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi. 
19-modda. Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi 
Ishning muhokamasi chog‘ida yuzaga keladigan barcha masalalar 
sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hay’ati ko‘rayotganda esa 
sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan hal etiladi. 
Masala hay’at tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham 
ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin 
ovoz beradi. 
Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va 
alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri 
konvertga solinib muhrlangan holda ishga qo‘shib qo‘yiladi, biroq o‘qib 
eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan 
tanishtirilmaydi. Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan 
tanishishga haqli. 
 
20-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l 
qo‘yilmasligi 
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv 
qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor 
qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi 
ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish 
tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rib tugatilishi lozim. Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin: o‘zini o‘zi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda; sudya yo‘qligi tufayli ishni o‘z vaqtida ko‘rishning imkoniyati bo‘lmaganda. Sudya almashtirilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi. 19-modda. Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi Ishning muhokamasi chog‘ida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hay’ati ko‘rayotganda esa sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan hal etiladi. Masala hay’at tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib muhrlangan holda ishga qo‘shib qo‘yiladi, biroq o‘qib eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli. 20-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.
 
 
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellyatsiya, 
kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin 
emas. 
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu 
ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda 
ishtirok etishi mumkin emas. 
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu 
ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda 
ishtirok etishi mumkin emas. 
Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni 
birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, 
shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda 
ishtirok etishi mumkin emas. 
           Fuqarolik ishi - ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini 
yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan 
talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan 
shakllantiriladi. 
 Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. 
 Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qog‘ozdagi 
ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin.   
           Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa 
ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa 
ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda 
qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan 
shaxslarga qaytariladi. 
           Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari 
sudьyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud 
majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas. Fuqarolik ishi - ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan shakllantiriladi.  Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.  Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin. Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudьyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik
 
 
qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan 
tasdiqlanadi. Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga 
yoki o’zga organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Sud 
ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror 
va buyruq qabul qiladi. Birinchi instantsiya sudi ishni mazmunan ko‘rish 
natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ayrim hollarda esa sud buyrug‘i 
qabul qiladi. Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni ko‘rish 
natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. 
Sud qonunda o‘zining vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik                     
to‘g‘risidagi ishni 
ko‘rish 
natijalari 
bo‘yicha 
qaror 
chiqaradi. 
Sud 
ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha 
ajrim chiqaradi. 2018 yilning 1 aprelidan amalga kiritilgan O‘zbekiston 
Respublikasining yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksining 44-bobi 
“Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish” deb nomlandi. Mazkur bobda 
apellatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi, muddati, apellatsiya shikoyatlarini 
(protestlarini) ko‘rib chiqadigan sudlar, apellatsiya instansiyasi sudining 
vakolatlari, birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellatsiya tartibida 
shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi, ularni ko‘rib chiqish tartibi bilan 
bog‘liq qator masalalar o‘z ifodasini topdi. Shu o‘rinda apellatsiya so‘zining 
ma’nosiga to‘htalib o‘tsak. Apellatsiya so‘zi “appelatio” – lotin tilida 
“murojaat” degan ma’noni anglatadi. Apellatsiya – sud ishlarini yuritishda 
fuqarolik, xo‘jalik va jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudlarida 
chiqarilgan va qonuniy kuchga kirmagan qarorlar, hal qiluv qarorlari, ajrimlar 
va hukmlarni yuqori instansiya sudi tomonidan qayta ko‘rish bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga soluvchi instansiya hisoblanadi. Apellatsiya birinchi 
instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan 
shikoyat qilish va yo‘l qo‘yilgan xatolarni tekshirish usuli darajasidan fuqarolik 
protsessual huquqi sohasining mustaqil institutiga aylanib ulgurgan. Yuridik 
fanlar nomzodi R.A.Xusainovaning fikricha “apellatsiya – birinchi instansiya 
sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori (ajrimi) qonuniy, asosli va
qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga yoki o’zga organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Sud ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi. Birinchi instantsiya sudi ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ayrim hollarda esa sud buyrug‘i qabul qiladi. Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. Sud qonunda o‘zining vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror chiqaradi. Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. 2018 yilning 1 aprelidan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksining 44-bobi “Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish” deb nomlandi. Mazkur bobda apellatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi, muddati, apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadigan sudlar, apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari, birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi, ularni ko‘rib chiqish tartibi bilan bog‘liq qator masalalar o‘z ifodasini topdi. Shu o‘rinda apellatsiya so‘zining ma’nosiga to‘htalib o‘tsak. Apellatsiya so‘zi “appelatio” – lotin tilida “murojaat” degan ma’noni anglatadi. Apellatsiya – sud ishlarini yuritishda fuqarolik, xo‘jalik va jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudlarida chiqarilgan va qonuniy kuchga kirmagan qarorlar, hal qiluv qarorlari, ajrimlar va hukmlarni yuqori instansiya sudi tomonidan qayta ko‘rish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi instansiya hisoblanadi. Apellatsiya birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan shikoyat qilish va yo‘l qo‘yilgan xatolarni tekshirish usuli darajasidan fuqarolik protsessual huquqi sohasining mustaqil institutiga aylanib ulgurgan. Yuridik fanlar nomzodi R.A.Xusainovaning fikricha “apellatsiya – birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori (ajrimi) qonuniy, asosli va
 
 
adolatli ekanligini aniqlash, mavjud sud xatolarini bartaraf etish maqsadida ish 
uchun ahamiyatli bo‘lgan yuridik va faktik holatlarni tekshirish orqali ishni 
mazmunan qayta ko‘rish uchun apellatsiya instansiyasi sudida qo‘zg‘atilgan ish 
yuritishning tartibini belgilovchi hamda fuqarolik protsessual huquqining 
fuqarolik ishini to‘g‘ri hal etish va birinchi instansiya sudining faoliyatini 
nazorat qilishni ta’minlashga qaratilgan normalari tizimidan iboratdir”. 
Ta’kidlash kerakki, sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi 
yuzasidan tekshiruv prokuror bergan protest asosida qo‘zg‘atilishi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Zero, amaldagi qonunchilik prokuror tomonidan protest 
keltirish jarayonida bir qator imtiyozlarni nazarda tutadi. Bular avvalo prokuror 
protesti uchun davlat bojining undirilmasligidir. Qolaversa, protest ishning 
qanday hal etilishidan moddiy manfaatdor bo‘lmagan, zimmasiga qonun 
ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari 
hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya 
qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish kabi muhim 
vazifalar yuklatilgan prokurorlar tomonidan keltirilishi sud qarorlarining 
kelajakda qonuniyligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik protsessual kodeksining 373-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi 
shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va 
majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sud 
hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqidagi shikoyat 
(ariza) bilan qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli. Prokuror 
muayyan ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qat’i nazar, sudning hal qiluv 
qarori, ajrimi, qarori ustidan o‘z vakolati doirasida protest keltirishga haqli. Sud 
hujjatlari apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasida ko‘rilganida ushbu 
instansiya sudlarining ajrimi yoki qarorida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi 
kerak: 1) ajrim yoki qaror chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim yoki qaror chiqargan 
sudning nomi va tarkibi; 3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa 
shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 4) ish kimning shikoyati yoki
adolatli ekanligini aniqlash, mavjud sud xatolarini bartaraf etish maqsadida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan yuridik va faktik holatlarni tekshirish orqali ishni mazmunan qayta ko‘rish uchun apellatsiya instansiyasi sudida qo‘zg‘atilgan ish yuritishning tartibini belgilovchi hamda fuqarolik protsessual huquqining fuqarolik ishini to‘g‘ri hal etish va birinchi instansiya sudining faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashga qaratilgan normalari tizimidan iboratdir”. Ta’kidlash kerakki, sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv prokuror bergan protest asosida qo‘zg‘atilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, amaldagi qonunchilik prokuror tomonidan protest keltirish jarayonida bir qator imtiyozlarni nazarda tutadi. Bular avvalo prokuror protesti uchun davlat bojining undirilmasligidir. Qolaversa, protest ishning qanday hal etilishidan moddiy manfaatdor bo‘lmagan, zimmasiga qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish kabi muhim vazifalar yuklatilgan prokurorlar tomonidan keltirilishi sud qarorlarining kelajakda qonuniyligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 373-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqidagi shikoyat (ariza) bilan qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli. Prokuror muayyan ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qat’i nazar, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan o‘z vakolati doirasida protest keltirishga haqli. Sud hujjatlari apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasida ko‘rilganida ushbu instansiya sudlarining ajrimi yoki qarorida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) ajrim yoki qaror chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim yoki qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi; 3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 4) ish kimning shikoyati yoki
 
 
protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi; 5) shikoyat qilingan yoki protest 
keltirilgan sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni; 6) shikoyatda 
yoki protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha 
mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va 
prokurorning fikri; 7) apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi 
xulosaga kelishiga asos bo‘lgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va 
protsessual huquq normalari; 8) qarorning xulosa qismi. Hal qiluv qarori, ajrim, 
qaror bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan taqdirda, 
kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi ishni yangidan ko‘rganda qaysi 
holatlar aniqlanishi zarurligini, qaysi dalillar talab qilib olinishi kerakligini, 
shuningdek ish topshirilayotgan sud boshqa qanday harakatlarni bajarishi 
lozimligini ko‘rsatishi shart. Sud shikoyatni (protestni) rad qilsa, qaysi 
sabablarga ko‘ra shikoyat yoki protestdagi vajlarni noto‘g‘ri deb yoki qarorni 
bekor qilish, o‘zgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarish uchun asos 
bo‘lmaydi deb topganligini ham o‘z ajrimida yoki qarorida ko‘rsatishi shart 
(FPKning 379-moddasi). Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi 
sudining ajrimi (qarori) chiqarilishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi. 
Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga 
ko‘ra, ularga apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining 
yoki qarorining ko‘chirma nusxasi imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta 
orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. Sud majlisiga kelmagan 
taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya, kassatsiya va 
nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi ajrim 
yoki qaror chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay pochta orqali 
yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi (FPKning 382-moddasi). O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 4-moddasiga ko‘ra, apellatsiya, 
kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlariga murojaat etilganda – shikoyat 
(protest) shaklida amalga oshiriladi. Demak, apellatsiya tartibida shikoyat 
(protest) shaklida murojaat etiladi. Apellatsiya shikoyati (protesti) keltirish 
ob’ekti qonuniy kuchga kirmagan sud hal qiluv qaroridir. O’zbekiston
protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi; 5) shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni; 6) shikoyatda yoki protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri; 7) apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo‘lgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari; 8) qarorning xulosa qismi. Hal qiluv qarori, ajrim, qaror bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan taqdirda, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi ishni yangidan ko‘rganda qaysi holatlar aniqlanishi zarurligini, qaysi dalillar talab qilib olinishi kerakligini, shuningdek ish topshirilayotgan sud boshqa qanday harakatlarni bajarishi lozimligini ko‘rsatishi shart. Sud shikoyatni (protestni) rad qilsa, qaysi sabablarga ko‘ra shikoyat yoki protestdagi vajlarni noto‘g‘ri deb yoki qarorni bekor qilish, o‘zgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarish uchun asos bo‘lmaydi deb topganligini ham o‘z ajrimida yoki qarorida ko‘rsatishi shart (FPKning 379-moddasi). Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) chiqarilishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi. Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, ularga apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi ajrim yoki qaror chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi (FPKning 382-moddasi). O’zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 4-moddasiga ko‘ra, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlariga murojaat etilganda – shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. Demak, apellatsiya tartibida shikoyat (protest) shaklida murojaat etiladi. Apellatsiya shikoyati (protesti) keltirish ob’ekti qonuniy kuchga kirmagan sud hal qiluv qaroridir. O’zbekiston
 
 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 30 noyabrdagi “Sudlar tomonidan 
fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti 
to‘g‘risida”gi 33-son qarorining 2-bandida ko‘rsatilishicha O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 383, 403-moddalariga 
muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish: 
a) da’vo tartibida yuritiladigan ishlar bo‘yicha: da’vogar, javobgar, 
uchinchi shaxs, ularning vakillari, davlat boshqaruvi organining 
shikoyati va prokurorning protesti bo‘yicha;  
b)  alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha: arizachi, manfaatdor 
shaxs, ularning vakillari shikoyati va prokurorning protesti bo‘yicha 
qo‘zg‘atiladi.  
Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek FPK373-moddasining 
birinchi qismiga muvofiq sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega 
bo‘lgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari 
haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham 
qo‘zg‘atilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida ko‘rsatilmagan hollarda ham, 
uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi. Sud hujjati ustidan 
apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek taraflar, 
uchinchi shaxslar yoki qonuniy vakilning huquqiy vorislari ham ega. Shaxsning 
birinchi instansiya sudida qatnashayotgan vakili, shu jumladan advokat, agar 
bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus 
ko‘rsatilgan bo‘lsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida 
shikoyat qilishga haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi). O‘tkazib 
yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan Fuqarolik 
protsessual kodeksining 155-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, xususiy 
shikoyat (protest) berilishi mumkin. Sudning o‘tkazib yuborilgan muddatni 
tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, 
apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb 
topganda, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, o‘tkazib yuborilgan 
muddatni tiklaydi va shikoyatni (protestni) FPK 386, 406-moddalari talablariga
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 30 noyabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 33-son qarorining 2-bandida ko‘rsatilishicha O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 383, 403-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish: a) da’vo tartibida yuritiladigan ishlar bo‘yicha: da’vogar, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari, davlat boshqaruvi organining shikoyati va prokurorning protesti bo‘yicha; b) alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha: arizachi, manfaatdor shaxs, ularning vakillari shikoyati va prokurorning protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi. Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek FPK373-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida ko‘rsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi. Sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek taraflar, uchinchi shaxslar yoki qonuniy vakilning huquqiy vorislari ham ega. Shaxsning birinchi instansiya sudida qatnashayotgan vakili, shu jumladan advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi). O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan Fuqarolik protsessual kodeksining 155-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Sudning o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topganda, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va shikoyatni (protestni) FPK 386, 406-moddalari talablariga