KURS ISHI
SUD XARAJATLARI
REJA:
I.
KIRISH
II.
ASOSIY QISM
1) Davlat boji va uning turlari
2) Ishni ko’rish bilan bog’liq bo’lgan chiqimlar
3) Sud xarajatlarini to’lashda imtiyozlar
III.
XULOSA
IV.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Sud xarajatlari deganda, fuqarolik ishini ko‘rish va hal qilish bilan bog’liq
ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan qonunda nazarda tutilgan
xarajatlar tushuniladi. Sud xarajatlarining joriy etilishi bir qator maqsadlarni ko‘zda
tutadi. Davlat boji natijasida olinadigan mablag’lar unchalik ahamiyat kasb etmasa-
da, biroq, sud faoliyatini davom ettirish jarayonidagi xarajatlarni qoplashga
qaratiladi. Mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligi sud xarajatlarining
quyidagi ikki turini nazarda tutadi:
a) davlat boji;
b) ishni ko‘rish bilan bog’liq chiqimlar.
Fuqarolik ishlari bo'yicha, sudlov faoliyatini tashkil etish, davlat byudjetini
shakllantirish, sud ishlarini yuritishni og'ishmay amalga oshirish, sud hujjatlari
aylanmasini tashkil etish, shuningdek, sudga murojaat qiluvchilarning protsessual
majburiyatlari bajarilishini ta'minlash, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
protsessual mas'uliyatini yanada oshirish, odil sudlovni amalga oshirishga
ko'maklashuvchi shaxslarni amalga oshirilgan protsessual harakatlari uchun moddiy
rag’batlantirish va boshqa sudga oid harakatlar uchun tushum bo'ladigan,
undiriladigan, to'lanadigan, taqsimlanadigan va sarflanadigan mablag'larga sud
xarajatlari deyiladi. Fuqarolik protsessual kodeksining 13-bobi (127-142-moddalari)
“Sud xarajatlari” ga bag'ishlangan. Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko'rish bilan
bog’liq chiqimlardan iborat bo’ladi.
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va
(yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar
tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to'lovdir (O'zbekiston
Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi «Davlat boji to’g'risida»gi O'RQ-600-sonli
Qonuni 3-moddasi).
ASOSIY QISM
Davlat boji va ularning turlari
Davlat boji quyidagilardan undiriladi: fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga
beriladigan da'vo arizalaridan, davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy
faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini
o'zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari
(harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan), alohida tartibda
yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarning hal qiluv
qarorlari, ish yuritishni tugatish to'g'risidagi, da'voni ko'rmasdan qoldirish
to'g'risidagi, sud jarimalarini solish to'g'risidagi ajrimlar ustidan beriladigan
apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan,
hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan,
hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varagasi berish
to'g'risidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish
haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish to'g'risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha sud ajrimlari
ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi
shikoyatlardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining
(arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan,
chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv
qarorini tan olish va ijroga garatish to'g'risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari
bo'yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va
nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek, fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar
tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko'chirma nusxalarini berganlik uchun va
boshqa.
Davlat boji ariza, da'vo arizasi shikoyat (bundan buyon ariza) sudga
berilgunga qadar to'lanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan bo'lsa (masalan,
to'lovchi davlat bojini to’lashdan ozod gilingan, davlat boji to'lash kechiktirilgan
yoki bo'lib-bo'lib to'lanadigan hollarida).
Davlat bojini naqd pulsiz shaklda to'laganligi fakti qog'ozdagi yoki elektron
shakldagi to'lov hujjati bilan tasdiqlanadi.
Davlat bojini naqd pul shaklida to'laganligi fakti:
bank tomonidan to'lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya
bilan;
belgilangan shaklda to'lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat
organi va tashkilotning kassasi tomonidan to'lovchiga beriladigan kvitansiya bilan
tasdiglanadi.
Da’vo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo'yicha sudga ariza
berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada O'zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada
belgilanadi va undiriladi.
Agar muayyan sudda ko'rilishi kerak bolgan bir necha arizalar bo'yicha davlat
boji bir to'lov topshiriqnomasi bilan to'langan bo'lsa, to'lov topshiriqnomasi
ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan to'lov
topshiriqnomasi sanasi va raqami ko'rsatilgan asosda to'lov topshiriqnomasi qo'shib
qo'yilgan ishga havola qilingan holda davlat boji to'langanligi to'g'risida belgi
qo'yiladi (ma'lumotnoma tuziladi).
Davlat boji umumiy asoslarda undiriladi (davlat boji to'g'risidagi Qonunning
19-moddasi)
a) qarshi da'vo arizalaridan;
b) uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da'vo talablari bilan kirishganligi
to'g'risidagi arizalardan;
c) ishga kirishgan da'vogarning huquqiy vorisidan, agar da'vogar
tomonidan boj to’lanmagan bo'lsa.
Masalan: Fuqarolik ishlari bo'yicha davlat boji rekvizitlari Toshkent shahri
Shayxontoxur
tumani
kodi
26277,
shaxsiy
g'azna
hisobvarag'i
4014108600262773422956011
Da'voning bahosi da'vogar tomonidan ko'rsatiladi. Da'vogar ko'rsatgan baho
talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo'lsa,
da'voning bahosini sudya belgilaydi.
Da'vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo'lsa, davlat
bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilayai va keyinchalik ishni hal gilish
chog'ida sud belgilagan da'vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to'lanmagan qismi
undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.
To'langan davlat boji da'vogar o'z talablarini kamaytirgan, arz qilingan
talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda
qaytarilmaydi.
Arz qilingan talablar ko'paytirilganda yetishmayotgan summa da'voning
ko'paytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qo'shimcha tarzda to'lanadi.
Masalan: Da'voning bahosi quyidagicha belgilanadi:
1) pul undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha undiriladigan summaga qarab;
2) mol-mulkni talab qilib olish to’g'risidagi da'volar bo’yicha talab
qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab;
3) bir nechta mustaqil talabdan iborat da’volar bo’yicha barcha talablarning
umumiy summasiga qarab;
4) aliment undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha bir yillik to’lovlarning
yig'indisiga qarab va boshqa.
Agar arizachi qonunga ko'ra davlat bojini to'lashdan ozod qilinmagan va
arizada uni to'lashni kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash haqida iltimosnoma mavjud
bo'lmasa, shuningdek, pochta xarajatlari to'lanmaganda, sudya arizani qaytarish
haqida ajrim chiqarishi shart (FPK 195-moddasi). Ajrimda to'lanishi lozim bo'lgan
davlat boji, pochta xarajatlari summasi ko'rsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf
qilingandan so'ng takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi
shart.
Ishni ko’rish bilan bog’liq bo’lgan chiqimlar
Sudda ishlar ko'rilishida faqat davlat boji emas, balki ish ko'rish davomida
vujudga keladigan chiqimlar ham undiriladi. Davlat boji sudga murojaat qilish
jarayonida undirilsa va gonunda belgilangan imtiyozli holatlardan tashqari,
undirilishi majburiy bo'lgan (hattoki da'vogar ozod qilingan bo'lsa, javobgardan
undirishga yo'l qo'yiladi) xarajat turi sanaladi. Davlat boji hamma da'vo talablari
(mulkiy va nomulkiy turlari)ga nisbatan qat'iy belgilangan bo'lib, uni undirish
shart. Ishni ko'rish bilan bog'liq chiqimlar ham turlariga ko'ra majburiy hamda
ishni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan holatda undirishga yo'l qo'yiladi. Agar ishni
ko'rish davomida ko'rsatilgan chiqimlar sarflangan bo'lsa, unda undirishga yo'l
qo'yiladi.
Fugarolik protsessual kodeksi (132-moddasi) ga ko'ra,
Ishni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan chiqimlar:
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to'lanishi lozim
bo'lgan summalar;
2) joyida ko'zdan kechirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar;
3) javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
3') sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog'liq pochta
xarajatlari;
5) sud inajlisini videokonferensaloqa rejimida o'tkazish bilan bog'liq
xarajatlar;
6) sud tomonidan tan olingan boshga zarur xarajatlar.
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa
bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning
depozit hisobvarag'iga kiritilishi lozim.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar
summasi sud tomonidan belgilanadi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga da'vo arizasi (ariza, shikoyat) bilan
murojaat qilinganda quyidagi miqdorda pochta xarajatiari to'lanishi belgilandi:
sud buyrug'i berish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilinganda bazaviy
hisoblash miqdorining besh foizi miqdorida;
boshqa barcha ishlar bo'yicha ariza va da'vo arizasi bilan murojaat
qilinganda - bazaviy hisoblash miqdorining yetti foizi miqdorida;
ko'rilgan ishlar bo'yicha chigarilgan sud garorlari ustidan apellyatsiya
tartibida shikoyat berilganda – bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 foizi miqdorida
to'lanadi,
Umumiy qoidaga ko'ra. ish bo’yicha sud xarajatlarini nizoda nohaq bo'lib
chiqqan taraf to’laydi.
Davogar arz qiigan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning o’rni
javobgar tomonidan qoplanmaydi:
Ekspertlarga, mutaxassislarga, guvohlarga, tarjimonlarga tegishli bo'lgan
summalarni to'lash va ularning o'rtacha ish haqini saqlab qolish (FPK 134-modda).
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo'Igan
summalar ular o'z vazifalarini bajarib bo’lganidan so'ng sud tomonidan to'lanadi.
Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirig'i bo'yicha bajargan ishi uchun, agar bu
ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, haq oladi. Ekspertlar,
mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarning sudga borishi munosabati bilan ularning
ishda bo'lmagan vaqtida ish joyidagi o'rtacha ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda saqlanadi.
Sud xarajatlarini to’lashda imtiyozlar
Sud xarajatlarini to'lashda imtiyoziar:
Sud xarajatlarini to’lashni kechiktirish;
Sud xarajatlarini bo'lib-bo'lib to'lash;
Sud xarajatlari miqdorlarini kamaytirish;
Depozit hisobvarag'iga oldindan kiritish;
Qonunda belgilangan hollarda daviat bojini to'lashni kechiktirish;
Davlat bojidan ozod qilish;
Davlat bojini qaytarish;
Yo'qotilgan vaqt uchun haq undirish;
Xarajatlar o'rnini qoplash;
Sud xarajatlarini taqsimlash.
Sud xarajatlarini to'lashni kechiktirish, bo'lib- bo'lib to'lash va ularning
miqdorini kamaytirish (FPK133-modda).
Davlat bojini to'lashni kechiktirishga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda
yol qo'yiladi. Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki
ikkalasining
davlat
daromadiga
undiriladigan
sud
xarajatlarini
to'lashni
kechiktirishga yoki bo'lib-bo'lib to'lashga yo'l qo'yishi,shuningdek bu xarajatlarning
miqdorini kamaytirishi mumkin.
Sud chiqimlarini tolash uchun mablag'larni kiritish tartibi (FPK 135-
modda).Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to'lanishi lozim
bolgan summalar yoki joyida ko'zdan kechirishni o'tkazishga doir xarajatlar uchun
zarur bo'lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan
sudning depozit hisobvarag'iga oldindan kiritiladi.
Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan bo'lsa yoki guvohlarni,
ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida ko'zdan kechirish
sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng
miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilantayinlansa, to'lanishi
lozim bo'lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag'idan to'lanishi
mumkin.
Fuqarolik ishlari boyicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilish
Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan quyidagilar ozod
qilinadi:
1) da'vogarlar - ish hagini undirish to'g'risidagi da'volar va mehnat huquqlari
munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) da'vogarlar - alimentlar undirish to'g'risidagi da'volaryuzasidan;
3) da'vogarlar - mehnatda mayib bo'lganligi yoki sog'lig'ining boshqacha
tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tulayli yetkazilgan
zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da’volar yuzasidan;
4) da'vogarlar - gonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka
tortganlik, ma'muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning
o'rnini qoplash bilan bog'lig nizolar yuzasidan;
5) da'vogarlar - jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash
to'g'risidagi da'volar yuzasidan;
5') da'vogarlar - tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga
yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararningo'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar
yuzasidan;
Davlat bojini qaytarish tartibi. Davlat boji quyidagi hollarda to'liq yoki qisman
qaytarilishi kerak:
1) davlat boji qonun hujjatlarida talab gilinganidan ortiqcha miqdorda
to'langanida;
2) sud da'vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad
etganda, shuningdek, notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;
3) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni gabul
gilish rad etilganda;
4) davlat boji to'langan da'vo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellyatsiya,
kassatsiya va nazorat shikoyati sudga kelib tushmaganda;
5) agar ish sudga taalluqli bo'lmasa, ishni yuritish tugatilganda;
6) ariza ko'rmasdan qoldirilganda, agar u muomnalaga layoqatsiz shaxs
tomonidan berilgan bo'lsa;
7) sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o'rtasidagi,
ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ish mavjud
bo'lsa, ariza ko'rmasdan goldirilganda;
8) agar taraflar o'rtasida nizoni hal gilish uchun hakamlik sudiga topshirish
to'g'risida hakamlik bitimi tuzilgan bo'lsa, ariza ko'rmasdan goldirilganda;
9) agar taraflar o'rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo'lsa, ariza ko'rmasdan
qoldirilganda;
10) ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat
huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa;
11) da'vogar nizoni sudga gadar hal etish (e'tiroz bildirish) tartibiga rioya
etmaganda, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning