SUD XARAJATLARI

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

37,7 KB


 
 
 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
“FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQ”  
Fаnidan 
 
SUD XARAJATLARI 
 
 
I. 
Kirish. 
II. 
Asosiy qism:   
1. Davlat boji; 
2. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar; 
3. Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar; 
4. Janubiy Koreya Respublikasi. 
III. 
Xulosa. 
IV. 
Foydalanilgan adabiyotlar.
MUSTAQIL ISH “FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQ” Fаnidan SUD XARAJATLARI I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Davlat boji; 2. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar; 3. Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar; 4. Janubiy Koreya Respublikasi. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
 
 
 
I. 
Kirish 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha, sudlov faoliyatini tashkil etish, davlat byudjetini 
shaklllantirish, sud ishlarini yuritishni og‘ishmay amalga oshirish, sud hujjatlari 
aylanmasini tashkil  etish, shuningdek, sudga murojaat qiluvchlarning protsessual 
majburiyatlari bajarilishini ta’minlash, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual 
mas’uliyatini yanada oshirish, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 
shaxslarni amalga oshirilgan protsessual harakatlari uchun moddiy rag‘batlantirish va 
boshqa sudga oid harakatlari uchun tushum bo‘ladigan, undiriladiga, to‘lanadigan, 
taqsimlanadigan va sarflanadigan mablag‘larga sud xarajatlari deyiladi. 
Qisqacha qilib ayganda, sud xarajatlari bu fuqarolik ishlarini ko‘rish va 
hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qonunda 
belgilangan tartibda to‘lanadigan xarajatlarga aytiladi. 
Fuqarolik protsessual kodeksining 13-bobi “Sud xarajatlari” deb nomlanib,  
127-moddadan boshlab 142-moddalarni o‘z ichiga oladi. 
Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan 
iboratdir. 
Davlat boji “Fuqarolik protsessual kodeksi”ga binoan: 
“Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashdan ozod qilish, davlat 
bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.”1 
 
 
 
 
 
 
 
II. 
Asosiy qism: 
                                                          
 
1 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 128-moddasi
I. Kirish Fuqarolik ishlari bo‘yicha, sudlov faoliyatini tashkil etish, davlat byudjetini shaklllantirish, sud ishlarini yuritishni og‘ishmay amalga oshirish, sud hujjatlari aylanmasini tashkil etish, shuningdek, sudga murojaat qiluvchlarning protsessual majburiyatlari bajarilishini ta’minlash, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual mas’uliyatini yanada oshirish, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarni amalga oshirilgan protsessual harakatlari uchun moddiy rag‘batlantirish va boshqa sudga oid harakatlari uchun tushum bo‘ladigan, undiriladiga, to‘lanadigan, taqsimlanadigan va sarflanadigan mablag‘larga sud xarajatlari deyiladi. Qisqacha qilib ayganda, sud xarajatlari bu fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qonunda belgilangan tartibda to‘lanadigan xarajatlarga aytiladi. Fuqarolik protsessual kodeksining 13-bobi “Sud xarajatlari” deb nomlanib, 127-moddadan boshlab 142-moddalarni o‘z ichiga oladi. Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iboratdir. Davlat boji “Fuqarolik protsessual kodeksi”ga binoan: “Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashdan ozod qilish, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.”1 II. Asosiy qism: 1 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 128-moddasi
 
 
1.Davlat boji 
Davlat boji – yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va 
(yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar 
tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.2 
Davlat boji quyidagilardan undiriladi: 
I. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan; 
II. Davlat boshqaruv organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga 
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarining, va ular mansabdor 
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan 
(shikoyatlardan); 
III. Alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan; 
IV. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish 
to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish 
to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan 
va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; 
V. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi 
arizalardan; 
VI. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi 
berish to‘g‘risidagi arizalardan; 
VII. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik 
sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish 
to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan 
beriladigan  apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi 
shikoyatlardan; 
VIII. Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal 
qiluv qarorinin tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan; 
IX. Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal 
qiluv qarorinin tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan 
                                                          
 
2 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 3-
moddasi
1.Davlat boji Davlat boji – yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.2 Davlat boji quyidagilardan undiriladi: I. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan; II. Davlat boshqaruv organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarining, va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan); III. Alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan; IV. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; V. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan; VI. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan; VII. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; VIII. Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorinin tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan; IX. Chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorinin tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan 2 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 3- moddasi
 
 
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan  apellyatsiya, 
kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; 
X. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va 
ko‘chrma nusxalarini berganlik uchun va boshqalar. 
Davlat boji ariza, da’vo arizasi shikoyat sudga berilgunga qadar to‘lanadi, 
agar qonunda boshqacha belgilanmagan bo‘lsa (masalan, to‘lovchi davlat bojini 
to‘lashdan ozod qilingan, davlat boji to‘lash kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib 
to‘lanadigan hollarda).     
Davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‘laganligi fakti qog‘ozdagi yoki 
elektron shakldagi to‘lov hujjati bilan tadiqlanadi. 
Davlat bojini naqd pulsiz shaklida to‘laganligi fakti: 
 Bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya 
bilan; 
 Belgilangan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat 
organi va tashkilotning kvitansiya bilan tadiqlanadi. 
Da’vo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo‘yiocha sudga 
ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada 
belgilanadi va undiriladi. 
Agar muayyan sudda ko‘rilishi kerak bo‘lgan bir necha arizalar bo‘yicha 
davlat boji bir to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi 
ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan to‘lov 
topshiriqnomasi sanasi va raqami ko‘rsatilgan asosda to‘lov topshiriqnomasi qo‘shib 
qo‘yilgan ishga havola qilingan holda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida belgi 
qo‘yiladi (ma’lumotnoma tuziladi). 
Davlat boji quyidagi umumiy asoslarda undiriladi:3  
1) Qarshi da’vo arizalaridan; 
                                                          
 
3 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 19-
moddasi
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan; X. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chrma nusxalarini berganlik uchun va boshqalar. Davlat boji ariza, da’vo arizasi shikoyat sudga berilgunga qadar to‘lanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan bo‘lsa (masalan, to‘lovchi davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan, davlat boji to‘lash kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan hollarda). Davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‘laganligi fakti qog‘ozdagi yoki elektron shakldagi to‘lov hujjati bilan tadiqlanadi. Davlat bojini naqd pulsiz shaklida to‘laganligi fakti:  Bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan;  Belgilangan shaklda to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat organi va tashkilotning kvitansiya bilan tadiqlanadi. Da’vo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo‘yiocha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada belgilanadi va undiriladi. Agar muayyan sudda ko‘rilishi kerak bo‘lgan bir necha arizalar bo‘yicha davlat boji bir to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan to‘lov topshiriqnomasi sanasi va raqami ko‘rsatilgan asosda to‘lov topshiriqnomasi qo‘shib qo‘yilgan ishga havola qilingan holda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi (ma’lumotnoma tuziladi). Davlat boji quyidagi umumiy asoslarda undiriladi:3 1) Qarshi da’vo arizalaridan; 3 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 19- moddasi
 
 
2) Uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da’vo talablari bilan kirishganligi 
to‘g‘risidagin arizalardan; 
3) Ishga kirishgan da’vogarning huquqiy vorisidan, agar da’vogar tomonidan boj 
to‘lanmagan bo‘lsa. 
Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat boji rekvizitlari Toshkent shahri 
Shayxontoxur 
tumani 
kodi 
26277, 
shaxsiy 
g‘azna 
hisobvarag‘i 
4014108600262773422956011. 
Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan 
baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol 
bo‘lsa da’voning bahosini sudya belgilaydi. 
Da’vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo‘lsa, davlat 
bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish 
chog‘ida sud belgilagan da’vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to‘lanmagan qismi 
undiriladi yoki tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. 
To‘langan davlat boji da’vogar o‘z talablarini kamaytirgan, arz qilingan 
talablaridan voch kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda 
qaytarilmaydi. 
Arz qilingan talablar ko‘paytirilgandayetishmayotgan summa da’voning 
ko‘paytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qo‘shimcha tarzda to‘lanadi. 
Masalan, Da’voning bahosi quyidagicha belgilanadi: 
1) pul undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - undiriladigan summaga qarab; 
2) mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - talab 
qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab; 
3) bir nechta mustaqil talabdan iborat da’volar bo‘yicha - barcha talablarning 
umumiy summasiga qarab; 
4) aliment undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - 1 yillik to‘lovlarning 
yig‘indisiga qarab; 
5) muddatli to‘lovlar va pul berish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - 
to‘lovlarning yoki beriladigan pullarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yillik 
yig‘indisiga qarab;
2) Uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da’vo talablari bilan kirishganligi to‘g‘risidagin arizalardan; 3) Ishga kirishgan da’vogarning huquqiy vorisidan, agar da’vogar tomonidan boj to‘lanmagan bo‘lsa. Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat boji rekvizitlari Toshkent shahri Shayxontoxur tumani kodi 26277, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i 4014108600262773422956011. Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo‘lsa da’voning bahosini sudya belgilaydi. Da’vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo‘lsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chog‘ida sud belgilagan da’vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to‘lanmagan qismi undiriladi yoki tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. To‘langan davlat boji da’vogar o‘z talablarini kamaytirgan, arz qilingan talablaridan voch kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. Arz qilingan talablar ko‘paytirilgandayetishmayotgan summa da’voning ko‘paytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qo‘shimcha tarzda to‘lanadi. Masalan, Da’voning bahosi quyidagicha belgilanadi: 1) pul undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - undiriladigan summaga qarab; 2) mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab; 3) bir nechta mustaqil talabdan iborat da’volar bo‘yicha - barcha talablarning umumiy summasiga qarab; 4) aliment undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - 1 yillik to‘lovlarning yig‘indisiga qarab; 5) muddatli to‘lovlar va pul berish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - to‘lovlarning yoki beriladigan pullarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yillik yig‘indisiga qarab;
 
 
6) muddatsiz yoki umrbod to‘lovlar va pul berish to‘g‘risidagi da’volar 
bo‘yicha - to‘lovlarning yoki pullarning 3 yil ichidagi yig‘indisiga qarab; 
7) to‘lovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud ko‘paytirish to‘g‘risidagi 
da’volar bo‘yicha - to‘lovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki 
ko‘paytiriladigan summaga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik summaga qarab; 
8) to‘lovlarni yoki pul berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - 
qolgan to‘lovlar yoki pullar yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik yig‘indisiga qarab; 
9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi 
da’volar bo‘yicha - shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan 
foydalanish uchun to‘lanadigan to‘lovlarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yil 
ichidagi to‘lovlarning yig‘indisiga qarab; 
10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik 
huquqi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu 
miqdor kadastr qiymatidan, bunday baho bo‘lmaganida esa, majburiy sug‘urta 
bahosidan kam bo‘lmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar bo‘yicha esa - 
imoratlarning haqiqiy bahosidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Agar arizachi qonunga ko‘ra davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan va 
arizda uni to‘lashni kechiktirish, bo‘lib – bo‘lib to‘lash haqida iltimosnoma mabjud 
bo‘lmasa, shuningdek, pochta xarajatlari to‘lanmaganda, sudya arziani qayarish 
haqida ajrim chiqarishi shart.4 Ajrimda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji, pochta 
xarajatlari summasi ko‘rsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilingandan so‘ng 
takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi shart. 
 
2. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar 
Sudda ishlar ko‘rilishida faqat davlat boji emas, balki ish ko‘rish davomida 
vujudga keladigan chiqimlar ham undiriladi. Davlat boji sudga murojaat qilish 
jarayonida undirilsa va qonunda belgilangan imtiyozli holatlardan tashqari, undirilishi 
majburiy bo‘lgan (hattoki da’vogar ozod qilingan bo‘lsa, javobgardan undirishga yo‘l 
qo‘yiladi) bo‘lgan xarajat turi sanaladi. 
                                                          
 
4 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 195-moddasi
6) muddatsiz yoki umrbod to‘lovlar va pul berish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - to‘lovlarning yoki pullarning 3 yil ichidagi yig‘indisiga qarab; 7) to‘lovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud ko‘paytirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - to‘lovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki ko‘paytiriladigan summaga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik summaga qarab; 8) to‘lovlarni yoki pul berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - qolgan to‘lovlar yoki pullar yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 1 yillik yig‘indisiga qarab; 9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi da’volar bo‘yicha - shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan foydalanish uchun to‘lanadigan to‘lovlarning yig‘indisiga, lekin ko‘pi bilan 3 yil ichidagi to‘lovlarning yig‘indisiga qarab; 10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu miqdor kadastr qiymatidan, bunday baho bo‘lmaganida esa, majburiy sug‘urta bahosidan kam bo‘lmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar bo‘yicha esa - imoratlarning haqiqiy bahosidan kam bo‘lmasligi kerak. Agar arizachi qonunga ko‘ra davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan va arizda uni to‘lashni kechiktirish, bo‘lib – bo‘lib to‘lash haqida iltimosnoma mabjud bo‘lmasa, shuningdek, pochta xarajatlari to‘lanmaganda, sudya arziani qayarish haqida ajrim chiqarishi shart.4 Ajrimda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji, pochta xarajatlari summasi ko‘rsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilingandan so‘ng takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi shart. 2. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar Sudda ishlar ko‘rilishida faqat davlat boji emas, balki ish ko‘rish davomida vujudga keladigan chiqimlar ham undiriladi. Davlat boji sudga murojaat qilish jarayonida undirilsa va qonunda belgilangan imtiyozli holatlardan tashqari, undirilishi majburiy bo‘lgan (hattoki da’vogar ozod qilingan bo‘lsa, javobgardan undirishga yo‘l qo‘yiladi) bo‘lgan xarajat turi sanaladi. 4 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 195-moddasi
 
 
Davlat boji hamma da’vo talablari (mulkiy va nomulkiy turlari)ga nisbatan 
qat’i belgilangan bo‘lib, uni undirish shart. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan 
chiqimlar ham Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan holatda undirishga yo‘l qo‘yil;adi. 
Agar ishni ko‘rish davomida ko‘rsatilgan chiqimar sarflangan bo‘lsa, umda 
undirishga yo‘l qo‘yiladi. 
Masalan, Hamma fuqarolik ishi bo‘yicha sud majlisini videokonferensaloqa rejimida 
o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar vujudga kelmaydi. Ammo sud xabarnomalarini 
yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari deyarli barcha fuqarolik ishlari bo‘yicha 
amalga oshiriladi va undiriladi.  
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:5 
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan summalar; 
2) joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; 
3) Fuqarolik Protsessual Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan 
hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; 
31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta 
xarajatlari; 
4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq 
xarajatlar; 
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar. 
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu 
summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va 
sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim. 
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq 
xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan 
ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra Fuqarolik Protsessual Kodeksga muvofiq undiriladi. 
 
3. Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar 
                                                          
 
5 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 132-moddasi
Davlat boji hamma da’vo talablari (mulkiy va nomulkiy turlari)ga nisbatan qat’i belgilangan bo‘lib, uni undirish shart. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar ham Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan holatda undirishga yo‘l qo‘yil;adi. Agar ishni ko‘rish davomida ko‘rsatilgan chiqimar sarflangan bo‘lsa, umda undirishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, Hamma fuqarolik ishi bo‘yicha sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar vujudga kelmaydi. Ammo sud xabarnomalarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari deyarli barcha fuqarolik ishlari bo‘yicha amalga oshiriladi va undiriladi. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:5 1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar; 2) joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; 3) Fuqarolik Protsessual Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; 31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari; 4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar; 5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar. Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim. Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra Fuqarolik Protsessual Kodeksga muvofiq undiriladi. 3. Sud xarajatlarini to‘lashda imtiyozlar 5 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 132-moddasi
 
 
①
   Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish; 
②
 Sud xarajatlarini bo‘lib - bo‘lib to‘lash; 
③
 Sud xarajatlari miqdorlarini kamaytirish; 
④
 Depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritish; 
⑤
 Qonunda belgilangan hollarda davlat bojini to‘lashni kechiktirish; 
⑥
 Davlat bojidan ozod qilish 
⑦
 Davlat bojini qaytarish; 
⑧
 Yo‘qotilgan vaqt uchun haq undirish; 
⑨
 Xarajatlar o‘rnini qoplash; 
⑩
 Sud xarajatlarini taqsimlash. 
Sud xarajatlarga doir imtiyozlarni qo‘llashda e’tibor qaratiladi: 
Oilaviy ahvoli: 
1. Voyaga yetmagan farzandlari; 
2. Qaramog‘idagi boshqa 
boqimandalari. 
Mulkiy ahvoli: 
1. Ish haqi (daromadi); 
2. Bankda mablag‘lari mavjudligi; 
3. Egaligidagi mulklar. 
 
Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ularning 
miqdorlarini kamaytirish:6 
Davlat bojini to‘lashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda 
yo‘l qo‘yiladi. 
Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining 
davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki  
bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini 
kamaytirishi mumkin. 
Masalan, Da’vogar tuman fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari 
kengashining javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘liga nisbatab o‘zboshimchalik 
bilan qurilgan bino-inshootlarni buzish va yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoriga 
qaytarish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi bo‘yicha 
chiqarilgan hal qiluv qarorida keltirilgan: 
                                                          
 
6 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 133-moddasi
① Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish; ② Sud xarajatlarini bo‘lib - bo‘lib to‘lash; ③ Sud xarajatlari miqdorlarini kamaytirish; ④ Depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritish; ⑤ Qonunda belgilangan hollarda davlat bojini to‘lashni kechiktirish; ⑥ Davlat bojidan ozod qilish ⑦ Davlat bojini qaytarish; ⑧ Yo‘qotilgan vaqt uchun haq undirish; ⑨ Xarajatlar o‘rnini qoplash; ⑩ Sud xarajatlarini taqsimlash. Sud xarajatlarga doir imtiyozlarni qo‘llashda e’tibor qaratiladi: Oilaviy ahvoli: 1. Voyaga yetmagan farzandlari; 2. Qaramog‘idagi boshqa boqimandalari. Mulkiy ahvoli: 1. Ish haqi (daromadi); 2. Bankda mablag‘lari mavjudligi; 3. Egaligidagi mulklar. Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ularning miqdorlarini kamaytirish:6 Davlat bojini to‘lashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin. Masalan, Da’vogar tuman fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashining javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘liga nisbatab o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlarni buzish va yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoriga qaytarish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorida keltirilgan: 6 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 133-moddasi
 
 
3. Javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘lidan da’vogar tuman fermer, dehqon 
xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashining foydasiga dastlab pochta xarajatlari 
uchun to‘langan 15 610 so‘m undirilsin. 
Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi:7 
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan summalar yoki joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga doir xarajatlar uchun 
zarur bo‘lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan 
sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf 
tomonidan berilgan bo‘lsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, 
tarjimonlarni chaqirish, joyida ko‘zdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga 
oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza 
sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud 
tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok 
etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvarag‘iga 
o‘tkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga quyidagilar davlat bojini to‘lashdan 
ozod qilinadi:8 
1) Da’vogarlar - ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari 
munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan; 
2) Da’vogarlar - alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan; 
3) Da’vogarlar -  mehnatga mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda 
shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan... 
Davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:9 
i. Davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda 
to‘langanmida; 
                                                          
 
7 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 135-moddasi 
8 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni  
8-moddasi; 
9 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni  
18-moddasi;
3. Javobgar Soliyev Solih Soatmurot o‘g‘lidan da’vogar tuman fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashining foydasiga dastlab pochta xarajatlari uchun to‘langan 15 610 so‘m undirilsin. Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi:7 Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar yoki joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga doir xarajatlar uchun zarur bo‘lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan bo‘lsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida ko‘zdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga quyidagilar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi:8 1) Da’vogarlar - ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan; 2) Da’vogarlar - alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan; 3) Da’vogarlar - mehnatga mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan... Davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:9 i. Davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanmida; 7 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 135-moddasi 8 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 8-moddasi; 9 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to’g’risida”gi O’RQ – 600-SONLI Qonuni 18-moddasi;
 
 
ii. Sud da’vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad 
etganda, shuningdek, notarius notariat harakatlarni amalga oshirishni rad etganda; 
iii. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilishni 
rad etganda... 
Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash:10 
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu 
tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud 
xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma 
xarajatlarni undirib beradi. 
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo‘lsa, ushbu moddada 
ko‘rsatilgan summalar javobgardan da’vogarga talablarning sud tomonidan 
qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da’vogar arz qilgan 
talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. 
Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar 
tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning 
zimmasiga yuklatiladi. 
Agar da’vogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli 
ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud 
xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim 
bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga 
yuklatiladi. 
Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, 
shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini 
ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman 
qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan 
shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib 
ravishda undiriladi. 
                                                          
 
10 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 138-moddasi.
ii. Sud da’vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek, notarius notariat harakatlarni amalga oshirishni rad etganda; iii. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilishni rad etganda... Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash:10 Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo‘lsa, ushbu moddada ko‘rsatilgan summalar javobgardan da’vogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da’vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Agar da’vogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. 10 O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 1-apreldagi Fuqarolik protsessual kodeksi 138-moddasi.
 
 
Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan ko‘rib chiqish uchun 
yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini o‘zgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini 
qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha o‘zgartiradi. 
Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellyatsiya, kassatsiya va taftish 
shikoyatlarini berganda taraflar to‘lagan davlat bojiga ham taalluqlidir. 
 
4.Janubiy Koreya Respublikasi 
Koreya Respublikasi jahonda aglomeratsiya aholisi bo‘yicha 2 o‘rinda 
turadi. Poytaxti - Seul shahri. Shimoliy Osiyoda, koreys yarimorolida joylashgan 
davlat. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradoshdir. 
Koreya Respublikasida eng oliy qonun bu Konstitutsiyasi hisoblanadi.  
Koreya Respublikasining Konstitutsiyasi 1948-yil 17-iyulda qabul qilingan 
va hozirgacha 9 marta qayta ko‘rib chiqilgan. Oxirgi marta 1987-yil 29-oktabrda 
qayta 
ko‘rib 
chiqilgan 
Konstitutsiya 
amaldagi 
Koreya 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi hisoblanadi.  
Koreya Respublikasining Konstitusiyasining tuzilishi quyidagicha: 
 Muqaddima; 
 Asosiy matnda 130 ta modda; 
 Qo’shimcha qoida. 
Bu bayram kunida xizmatchilar va xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 
Faqat maxsus tadbir va bayramlardagina keng doirada nishonlanadi. Shu vaqtdagina 
ish kunlari bo‘lmaydilar. Bu mamlakatdagi qonunlari qabul qilinishi, e’lon qilinishi 
va qo‘llanilishiga doir qoidalardan tashkil topgan. 
Bunga qo‘shimcha ravishda, Koreya Respublikasining 2 tur nomlanishi 
ya’ni rasmiy va norasmiy nomlari mavjud. Bular: 
1. Rasmiy nomiga faqat Koreya Respublikasi kiradi; 
2. Norasmiy nomiga esa Janubiy Koreya Respublikasi va Koreya. 
    Janubiy Koreya Respublikasining Fuqarolik Protsessual Qonuni 
qismlardan, bo‘limlarda, 7-bob va 502-moddadan tashkil topgan. Koreya 
Respublikasining Fuqarolik Protsessual Qonunining 3-bobi “Yuridik xarajatlar”ga
Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini o‘zgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha o‘zgartiradi. Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini berganda taraflar to‘lagan davlat bojiga ham taalluqlidir. 4.Janubiy Koreya Respublikasi Koreya Respublikasi jahonda aglomeratsiya aholisi bo‘yicha 2 o‘rinda turadi. Poytaxti - Seul shahri. Shimoliy Osiyoda, koreys yarimorolida joylashgan davlat. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradoshdir. Koreya Respublikasida eng oliy qonun bu Konstitutsiyasi hisoblanadi. Koreya Respublikasining Konstitutsiyasi 1948-yil 17-iyulda qabul qilingan va hozirgacha 9 marta qayta ko‘rib chiqilgan. Oxirgi marta 1987-yil 29-oktabrda qayta ko‘rib chiqilgan Konstitutsiya amaldagi Koreya Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Koreya Respublikasining Konstitusiyasining tuzilishi quyidagicha:  Muqaddima;  Asosiy matnda 130 ta modda;  Qo’shimcha qoida. Bu bayram kunida xizmatchilar va xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. Faqat maxsus tadbir va bayramlardagina keng doirada nishonlanadi. Shu vaqtdagina ish kunlari bo‘lmaydilar. Bu mamlakatdagi qonunlari qabul qilinishi, e’lon qilinishi va qo‘llanilishiga doir qoidalardan tashkil topgan. Bunga qo‘shimcha ravishda, Koreya Respublikasining 2 tur nomlanishi ya’ni rasmiy va norasmiy nomlari mavjud. Bular: 1. Rasmiy nomiga faqat Koreya Respublikasi kiradi; 2. Norasmiy nomiga esa Janubiy Koreya Respublikasi va Koreya. Janubiy Koreya Respublikasining Fuqarolik Protsessual Qonuni qismlardan, bo‘limlarda, 7-bob va 502-moddadan tashkil topgan. Koreya Respublikasining Fuqarolik Protsessual Qonunining 3-bobi “Yuridik xarajatlar”ga