Sudya va ptotsesning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
Yuklangan vaqt
2025-04-09
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
73,4 KB
Fuqarolik protsessual huquqi
Mavzu: Sudya va ptotsesning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
Reja:
Fuqarolik protsessi ishtirokchilari
Fuqarolik prosessining boshqa ishirokchilari
Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
Fuqarolik protsessi ishtirokchilari
Fuqarolik protsessi ishtirokchilari — bu
fuqarolik sud ishlarida qatnashadigan
shaxslar va tashkilotlardir. Ular sudda o‘z
huquqlari va manfaatlarini himoya qilish,
shuningdek, sud tomonidan belgilangan
qarorlarni amalga oshirish uchun ishtirok
etadilar. Quyidagi ishtirokchilar fuqarolik
protsessida ishtirok etishi mumkin
Da’vogar (plaintiff) va javobgar
Ushbu shaxs yoki tashkilot sudga
murojaat qilib, o‘z huquqlari va
manfaatlariga ziyon yetkazilganligini
yoki majburiyatning
bajarilmaganligini da’vo qiladi.
Da’vogar sudga murojaat qilib, o‘z
talabi asosida suddan qaror
chiqarishni so‘raydi.
Da’vogar tomonidan sudga kiritilgan
da’voga javob beradigan shaxs yoki
tashkilot. Javobgar da’vogar
tomonidan ayblanayotgan holatlarni
inkor etishi yoki da’vogarning
talablarini qabul qilmasligi mumkin.
Da`vogar
Javobgar
Fuqarolik protsessida xukm chiqaruvchi
mustaqil organ hisoblanadi. Sudda
sudyalar ishlaydi va ular da’vo arizalarini
ko‘rib chiqadi, guvohlarni tinglaydi va
protsessning davomiyligi va tartibini
belgilaydi.
Davolovchi shaxslarning huquqlarini
himoya qiluvchi va huquqiy maslahat
beruvchi shaxs. Advokatlar da’vogar yoki
javobgar nomidan sudda vakillik qiladi,
hujjatlarni tayyorlaydi va sudda ishtirok
etadi.
Sud
Advakat
Guvoh, Mutaxasis
Guvoh-Sudda ma’lumotlarni taqdim etish uchun chaqirilgan shaxs. Guvohlar o‘z ko‘rgan va
bilganlarini tasdiqlash uchun guvohlik beradi.
Mutaxasis-Maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan shaxs, sudga ma’lum bir masalada yordam
beradi. Ularning fikrlari sud tomonidan ishonchli deb topilgan hollarda ishtirok etadi.
Sudyani rad qilishning huquqiy asoslari
• Sudyani rad qilish tartibi, asosan, fuqarolik protsessual kodeksi va boshqa tegishli qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasida, masalan, Fuqarolik protsessual kodeksi sudya va protsess
ishtirokchilarining xolisligi, tarafkashlikdan holi bo‘lishi va rad qilish tartiblarini belgilaydi. Bu qonun
hujjatlari sudya va boshqa protsess ishtirokchilarning tarafkashlikka oid shubhalarini bartaraf etishga yordam
beradi va jarayonning adolatli o‘tishiga xizmat qiladi.
• Sudyani rad qilish tartibi fuqarolik protsessining xolis va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun zaruriy huquqiy
mexanizmdir. Rad qilish asoslari va tartibi aniq protsessual huquqiy me’yorlar orqali belgilanadi va sud
jarayonida ishtirok etgan tomonlarning xolis va tarafkashlikdan holi bo‘lishini ta’minlaydi. Sudyani rad qilish,
sud tizimining ishonchliligini oshiradi va protsessga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.
Sudyani rad qilish asoslari
•Shaxsiy manfaatlar: Sudya da’vogar,
javobgar yoki protsessning boshqa
ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqada
bo‘lsa, masalan, ular bilan o‘zaro
qarindoshlik, do‘stlik yoki boshqa
aloqalar mavjud bo‘lsa.
•Qarashlar va oldindan qabul qilingan
fikrlar: Sudya ma’lum bir masala
bo‘yicha oldindan qaror qabul qilgan
yoki bunday qarashlarga ega bo‘lsa.
•Shubhalar va ehtiyotkorlik: Sudya
o‘zining tarafkash bo‘lishi mumkinligi
haqida shubhalarga ega bo‘lsa.
•Moliyaviy manfaatlar: Sudya o‘zining
yoki yaqinlari uchun da’vogar yoki
javobgardan moliyaviy foyda olishga
qiziqsa.