SURDOPEDAGOGIKA. ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR.
Reja:
1. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari.
2. Eshitish nuqsonlari bor bolalarning tavsifnomasi.
3. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar.
Tayanch iboralar:
Surdapedagogika–lotincha surdus kar, gung so'zidan olingan.
Nutq murakkab ruhiy faoliyatdir.U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va
bolaning umuman barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Bolalik davrida eshitishni yo’qotish esa bolaning psixologik rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko’rsatib, bir qator ikkilamchi nuqsonlarning paydo bo’lishiga olib
keladi, eshitish nuqsoni bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Karlikning erta paydo bo’lishi esa nutqning umuman rivojlanmasligiga olib kelishi
mumkin.
Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari tug’ma va orttirilgan bo’ladi.
Inson rivojlanishida nutq muhim faoliyatdir. Nutq eshituv organlari vositasi bilan
idrok etishga asoslangan, bo’lib atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib
boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshitish analizatori, nutqni harakatga
keltiruvchi analizator bilan mustahkam bog’langan holda ishlaydi. Eshituv
analizatorining rivojlanish darajasi ko’p jihatdan tafakkurga bog’liq. Bola nutqining
o’sib borishi tovushlar talaffuzi fiziologik eshitishning kamol topib borish darajasi
bilangina xarakterlanib qolmay balki muhimi o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi
so`zlarni tuzilishini, tovush tarkibining farqlay bilish qobilyati bilan ham
xarakterlanadi. Inson rivojlanishida fiziologik omillar turlicha ta`sir etadi.
Embrionllik davrida, homilaning rivojlanishida va tug`ilgandan keyin eshitishning
buzilishiga bir qancha sabablar ta`sir etadi:
onaning yuqumli kasalliklari (qizilcha, gripp, skarlatina, qizamiq);
onani antibiotiklar ta`sirida va alkagol ta`sirida zaxarlanishi;
ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi;
tug`lish jarayonidagi travmalar( shikastlar);
tug`ilgandan keyingi yuqumli kasalliklar bilan kasallanish;
e`tiborsizliklar natijasida quloq yo`liga yot jismlarining tushib qolishi;
ona va bolaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi.
Defektologiya ma’lumotlariga ko’ra eshitishda nuqsoni bor bolalarni rivojlanish
darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganiga va o’gir
yengilligiga bog’liq. Kichik yoshidagi bolalarning eshitish qobiliyati, nutqi
rivojlangandan so’ng, masalan: 2 yoshida yo’qolganida ham karlik natijasida bola
atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta–sekin unutadi.
Boladagi karlik bilan soqovlik qoshilib u kar-saqov bo’lib qoladi. Bolaga o’z vaqtida
mahsus yordam ko`rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo`ladi.
Surdopedagogikada eshitishida nuqsoni bor bolalar kar soqov (gung), zaif
eshituvchi, keyinchalik, qulog’i kar bo’lgan bolalar guruhiga bo’linib o’rganiladi.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha muassasalarda bolani
har tomonlama rivojlantirish,uni maktab ta’limiga tayyorlashni amalga oshiradi.
Yasli bog’chalariga bolalar 1.5 yoshdan,bolalar bog’chasiga 3 yoshdan qabul
qilinadi.
Maxsus umumta’lim maktablarda ta’lim tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar
asosida amalga oshiriladi. Sinf va tarbiya guruhlari 10-12 kishidan iborat bo’ladi.
Maxsus maktabgacha va maktab muassasalarida eshitishi buzilgan bolalarga
ta’lim-tarbiya korreksion ishlar olib boriladi hamda ularni oilasiga tibbiy, moddiy va
pedagogik yordam ko’rsatiladi. Respublika karlar jamiyati eshitishda nuqsoni
bo’lgan
o’smirlarni
kasb-hunarga
yo’llab,
moddiy
tomondan
ta’minlab,
mamlakatimiz siyosiy va madaniy hayotiga munosabatini oshirib boradi.
Eshitish qobiliyati zaif bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta
yutuqlarga erishmoqdalar. Mamlakatimizda turli korxonalarda hamma bilan teng
barobar zaif eshituvchilar ham mehnat qilmoqdalar. Tarbiyachi va o’qituvchilarning
asosiy vazifasi – qulog’i og’ir bolalarni boshqa anomaliyalardan ajratib, ularga
alohida maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlkashdan iborat.
Tekshirish uchun savollar.
1.Surdopedagogika faning vazifasi.
2.Bola rivojlanishida nutqning ahamiyati.
3.Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari?
4.Tug’ma nuqsonlarning kelib chiqish sabablari.
5.Hayot davomida orttirilgan sabablar.
6.Zayif eshituvchilar necha yoshdan ta’lim–tarbiya muassasalarida
tarbiyalanaladilar.
7.Hozirgi kunda eshitishda nuqsoni bor bolalar bilan olib borilayotgan korreksion
ishlarning ahamiyati.
8.O’zbekistonda nechta eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar muassasalari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Karimov.I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent 1998 yil.
2.Nikitina.M.I. Tahriri ostida “Surdopedagogika” M.1989 yil.
3. V.S. Raxmanova. “Defektologiya va logopediya asoslari”. T. “O’qituvchi” 1991
y.
4. V.S. Raxmanova.“Defektologiya asoslari. ma’ruza matni.T 2004yil.