Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfining umumiy ta’rifi. Asosiy a’zolar tizimining morfologik va funksional ta’rifnomasi. Siydik-ta’nosil tizimi. Nerv tizimi va sezgi a’zolari
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
919,0 KB
Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfining umumiy ta’rifi. Asosiy a’zolar
tizimining morfologik va funksional ta’rifnomasi. Siydik-ta’nosil tizimi. Nerv
tizimi va sezgi a’zolari. Markaziy nerv tizimi va bosh miyasining tuzilishidagi
o’ziga xos xususiyatlari. Xulq-atvorining (etologiyasi) murakkab shakllari.
R E J A
1. Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfining umumiy ta’rifi.
2. Asosiy a’zolar tizimining morfologik va funksional ta’rifnomasi.
3. Nerv tizimi va sezgi a’zolari.
4. Markaziy nerv tizimi va bosh miyasining tuzilishidagi o’ziga xos
xususiyatlari.
Sut emizuvchilar — tanasi jun bilan qoplangan issiq qonli umurtqali hayvonlar.
Ular bolasini sut bilan boqadi. Sut emizuvchilar boshqa umurtqali hayvonlarga
nisbatan yuksak tuzilishga ega, Oyoqlari tanasi ostida joylashgan, ko’pchiligining
tishlari ixtisoslashgan; tirik bola tug’adi. Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi,
skeleti, muskullari, nerv sistemasi
Umumiy tavsifi. Sut emizuvchilar - amniota guruhiga mansub issiqqonli hayvonlar.
Tanasi jun bilan qoplangan, terisida yog’ va ter bezlari bor. Bosh miya yarimsharlari
po’stlog’i kuchli rivojlangan. O’rta qulog’ida uchta eshitish suyakchalari bor.
Tishlari jag’ chuqurchasida joylashgan bo’lib, shakli va vazifasiga ko’ra turlicha
ixtisoslashgan. O’pkasi alveolar tipda, yuragi to’rt kamerali. Yagona yurak aortasi
yurakni chap tomondan aylanib o’tadi. Ko’krak qafasi bo’shlig’i qorin bo’shlig’tdan
yupqa to’siq-diafragma bilan ajralgan. Ayirish organi bir juft buyrakdan iborat.
Barcha sut emizuvchilar urg’ochisida sut bezlari rivojlangan bo’lib, bolasini
sut bilan boqadi. Ularning ko’pchiligi tirik bola tug’adi, faqat ayrimlari tuxum tug’ib
ko’payadi.
Sut emizuvchilarning 4500 dan ortiq turi ma’lum. O’zbekiston faunasida 95
ga yaqin turi tarqalgan. Sut emizuvchilar sinfi tuxum qo’yuvchilar, xaltalilar,
yo’ldoshlilar kenja sinflariga bo’linadi.
Tana qoplag’ichi. Sut emizuvchilar terisida naysimon ter bezlari va alveolar yog’
bezlari bor. Ter bezlari ayirish funksiyasini bajaradi; ular ishlab chiqaradigan ter
issiq havoda tanani sovutadi. Yog’ bezlari ajratib chiqaradigan sekreti teri va junni
yog’lab, mexanik ta’sirdan himoya qiladi, teri va junga suv yuqtirmaydi. Barcha Sut
emizuvchilar uchun xos bo’lgan sut bezlari ishlab chiqaradagan sut esa ularning
bolasi uchun oziq hisoblanadi. Sut bezlarining so’rg’ichlari odatda ko’krak va
qorinda, ba’zan tananing yon tomonida joylashadi. So’rg’ichlar soni sut
emizuvchilarning serpushtligiga bog’liq; 1-2 ta bola tug’adigan sut emizuvchilarda
ularning soni 2-4 ta, ko’p bola tug’adiganlarda 10 tagacha, ba’zan undan ham
ko’proq bo’ladi.
Sut emizuvchilar gavdasi bosh, bo’yin, tana va oyoqlarga ajratiladi. Gavdasi
jun bilan qoplangan; faqat ayrim sut emizuvchilarning jun qoplami ikkilamchi tarzda
reduksiyaga uchragan. Jun qoplami Sut emizuvchilar uchun katta ahamiyatga ega
bo’lib, termoregulatsiya, mexanik ta’sirdan himoya qilish vazifasini bajaradi. Sut
emizuvchiiar tanasining rangi ham jun qoplami rangi bilan bog’liq. Jun qoplami juda
ko’p alohida soch tolalaridan tashkil topgan. Soch-ipsimon muguz moddadan iborat
bo’lib, epidermisning ostki qavatlaridan hosil bo’ladi. Har bir soch tolasi teri ustida
joylashgan soch o’qidan va teri ichiga botib kirgan soch ildizidan iborat, soch ildizi
soch xaltachasida joylashgan; ildizi uchida piyozchasi bor. Piyozcha hujayralarining
ko’payishi tufayli soch o’sadi. Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplami ikki xil:
yo’g’on, uzun va dag’al hamda ular ostida joylashgan mayin va qalin tivit junlardan
iborat. Qalin tivit terida haroratni saqiaydi; dag’al junlar esa tivit qavat va terini
mexanik ta’sirdan himoya qiladi. Sut emizuvchilar og’zi va ko’zlari atrofida, yelkasi,
oyoqlari va boshqa joylarida bo’Iadigan uzun va yo’g’on qillar esa tuyg’u vazifasini
bajaradi, qillarning ildizi nervlar bilan o’ralgan. Shimoliy va mo’tadil iqlimda
yashaydigan Sut emizuvchilarning jun qoplami mavsumga qarab almashinib turadi.
Odatda kuzda sodir bo’Iadigan tullashda yozgi siyrak va kalta junlar qishki qalin va
uzun jun qoplami bilan almashinadi. Ko’pincha qishki jun qoplami yozgisidan rangi
bilan ham farq qiladi. Masalan, oq tovushqonning qishki junlari oq, yozgi junlari esa
qo’ng’ir-kulrang bo’ladi. Tropik mintaqalardagi hayvonlarda mavsumiy tullash
sodir bo’lmaydi; ular juni yil davomida asta-sekin almashinadi.
Ko’pchilik Sut emizuvchilar barmoqlarining uchki qismi epidermisdan hosil
bo’lgan muguz tirnoq-tuyoq bilan qoplangan. Tirnoq va tuyoqlar tuzilishiga ko’ra
o’zaro o’xshash bo’lib mustahkam muguz plastinka, tirnoqosti plastinkasi va barmoq
yostiqchasidan iborat. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tirnoq plastinkasi qalin
bo’rtiq, biroz pastga egilgan; plastinka uchi o’tkir, tirnoq osti plastinkasi yaxshi
rivojlangan, yostiqchasi katta va yumshoq bo’ladi. Yuksak Sut emizuvchilar
(primatlar) ning tirnoq plastinkasi yupqa, yassi; tirnoq osti plastinkasi
rivojlanmagan, barmoq yostiqchasi yirik va yumshoq tuyoqli Sut emizuvchilar
tuyog’i barmoqlar uchki qismini o’rab turadigan muguzdan iborat; ostki plastinkasi
yo’g’onlashgan va qattiq bo’ladi. Bir qancha Sut emizuvchilar uchun xos bo’lgan
shoxlar ham epidermisdan hosil bo’ladigan muguz moddadan iborat.
Skeleti. Sut emizuvchilar skeleti suyakdan iborat. Xorda faqat embrional
rivojlanishining dastlabki davrlarida bo’ladi. O’q skeleti - umurtqa pog’onasi o’zaro
yassi yuza orqali tutashib turadigan umurtqalardan tashkil topgan. Umurtqalar
oralig’ida tog’ay va xorda qoldiqlari saqlanib qolgan. Bo’yin umurtqalari odatda 7
ta bo’ladi. Birinchi bo’yin umurtqasi atlant halqa shaklida bo’lib, bosh qutisi bilan
ikkita yuza orqali tutashadi. Ikkinchi bo’yin umurtqasi — egistrofeyning oldingi
egilgan o’simtasi atlant halqasiga kirib turadi. Umurtqalarning bunday tutashuvi
tufayli bosh bemalol harakatlanadi. Ko’krak umurtqalari 12-15 ta, ularning
ko’pchiligiga qovurg’alarning bir uchi kelib tutashadi. Uning uchi ikkinchi to’sh
suyagi bilan tutashuvi natijasida ko’krak qafasi hosil bo’ladi (106-rasm). Bel
umurtqalari 2-9 tagacha bo’lib rudimentar qovurg’alarga ega. 3~4-dumg’aza
umurtqalari birga qo’shilib yagona dumg’aza suyagini hosil qiladi. Dumg’aza suyagi
chanoq suyaklari birikishi uchun mustahkam tayanch asos bo’lib xizmat qiladi. Dum
umurtqalari soni har xil. Sut emizuvchilarning o’rta qulog’ida uchta suyakchalar:
bolg’acha, sandoncha va uzangicha bo’ladi. Bolg’acha sudralib yuruvchilar pastki
jag’i burchagida joylashgan suyakchadan, sandoncha - kvadrat suyagidan, uzangicha
tuban umurtqalilarning tilosti yoyi ustki qismining o’zgarishidan kelib chiqadi. Sut
emizuvchilarning bosh qutisi katta; u umurtqa pog’onasi bilan ikki yuza orqali
birikkan. Bitta suyakdan iborat pastki jag’ bosh qutisining chakka qismiga bevosita
birikadi.
Yelka kamari juft kurak va o’mrov suyaklaridan iborat. Korakoid suyaklari deyarli
barcha sut emizuvchilarda rudimentar korakoid o’simtasi shaklida kurak suyagiga
yopishgan. Faqat kloakalilarda bu suyak mustaqil holda qoladi. Chanoq suyagi 3 juft:
o’tirg’ich, qov va quymich suyaklaridan iborat.
Sut emizuvchilarning oyoqlari ham boshqa quruqlikda yashovchi umurtqaliiar
singari besh barmoqli, ammo tez yugurishga moslanish natijasida barmoqlar soni
qisqarib, otlarda faqat bitta barmoq saqlanib qolgan. Harakatlanishda oyoqlar
holatiga ko’ra sut emizuvchilarni tovonda yuruvchilar (ayiqlar), yarimtovonda
yuruvchilar (ko’pchilik kemiruvchilar, yirtqichlar) va barmoqda yuruvchilar
(tuyoqlilar) ajratiladi. Tovonda yuruvchilar yurganda tovonmng hamma yuzasi (kaft
oldi, kaft, panja) ga, yarim tovon (panja)da yuruvchilar kaft va barmoqlarga,
barmoqda yuruvchilar - faqat barmoqqa, hatto uning eng uchki qismi (tuyoq)qa
tayanadi.
Muskullari. Sut emizuvchilarning muskullari xilma-xil va ancha murakkab
tuzilgan. Skelet muskullari ko’ndalang yol-yol tolali muskullardan, ichki organlar
muskullari esa silliq tolali muskullardan iborat. Ularning oldingi, orqa va keyingi
oyoqlari, chaynash, bo’yin, nafas olish muskullari, ayniqsa yaxshi rivojlangan.
Yirtqich hayvonlar jag’lari yordamida o’z o’ljasini ushlaydi va o’ldiradi, itlar ancha
yirik suyaklarni maydalaydi. O’txo’r hayvonlar oziqni uzib olib, chaynaydi.
It skeleti:
l-miya qutisi; 2-bo’yin umurtqalari; 3-ko’krak umurtqalari; 4-bel umurtqalari; 5-
chanoq; 6-dum umurtqalari; 7-kurak; 8-yelka;9-bilak; 10-tirsak; 11-tovon va panja
suyaklari; 12-qovurg’alar; 13-son; 14-katta boldir; 15-kichik boldir; 16-orqa oyoq
tovon va panja suyakiari.
Nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan. Bosh miyasi, ayniqsa oldingi miya katta
yarimsharlari po’stlog’i va miyacha yirik bo’ladi. Bosh miyaning tuzilishi Sut
emizuvchilar oliy nerv faoliyatining murakkablashuvi va harakatlanishining xilma-
xil bo’lishiga sabab bo’lgan. Bosh miya yarim sharlarining nisbatan yirik bo’lishi va
murakkab tuzilishi biian birga ularning yuzasida har xil egri-bugri egatchalar paydo
bo’ladi. Egatchalar yarimsharlar yuzasini kengaytiradi.
Sut emizuvchilar:
A-bosh skeleti; B-muskullari: 1-miya qutisi; 2-yuz skeleti; 3-oziq tishlar; 4-qoziq
tishlar; 5-kurak tishlar; 6-yirtqich tish; 7-ko’z kosasi; 8-yuqori jag’; 9-pastki jag’;
10-chaynash muskullari.
Bosh miya nervlari 12 juft bo’ladi. Sezgi organlari yaxshi rivojlangan.
Ko’pchilik Sut emizuvchilar hayo-tida hid bilish muhim ahamiyatga ega. Ular hid
orqali o’z ozig’ini to’pib yeydi; o’z turi individlarini taniydi; dushmanlarini sezadi
yoki o’zi egallagan hududni belgilaydi. Shuning uchun sut emizuvchilarning hidlov
chuqurchasi katta bo’lib, uning yuzasini hidlov chig’anoqlari deb ataladigan
burmalar yanada kengaytiradi. Eshitish organi ham odatda yaxshi rivojlangan bo’lib,
tashqi, o’rta va ichki quloqdan iborat. Quloq suprasi faqat Sut emizuvchilar uchun
xos, u tovushni kuchaytirish va uning yo’nalishini aniqlash vazifasini bajaradi.
Ko’pchilik hayvonlarda quloq suprasi harakatchan bo’ladi. Nog’ora parda tashqi
quloqni ichki quloqdan ajratib turadi. O’rta quloq bo’shlig’ida 3 ta eshitish
suyakchalari: bolg’acha, sandoncha, uzangicha joylashgan. Bolg’achaning
yo’g’onlashgan uchi nog’ora pardaga, ikkinchi uchi sandoncha bilan harakatchan
tutashgan. Uzangicha esa ichki quloqning oval tuynukchasiga tiralib turadi. Eshitish
suyakchalari tovush to’lqinlarini tashqi quloqdan ichki quloqqa o’tkazadi. Ichki