Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Sut emizuvchilar ekologiyasi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati va muhofaza qilish.

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

1016,6 KB


 
 
 
 
 
 
Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Sut emizuvchilar 
ekologiyasi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati va muhofaza qilish. 
 
 
R E J A 
1. Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 
2. Sut emizuvchilar ekologiyasi. 
3. Sut emizuvchilarning tabiatda va insonlar hayotidagi ahamiyati. 
 
 
Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. Sut emizuvchilarning ajdodlari perim 
davrida yashagan darranda tishli sudralib yuruvchilar xisoblanadi. Bular bir 
tomondan primitiv belgilarga (Amfitsel umurtqalilar, miya qutisi bo’shlig’ining juda 
kichikligi) ikkinchi tomondan ega bo’lsa ikkinchi tomondan xos belgilari: tishlari 
ayrim katakchalarga o’rnashgan va gruppalarga ajralgan, engsa bo’rtmalari ikkita 
bo’lgan. Trias davrida sut emizuvchilar darranda tishli sudralib –yuruvchilardan 
ajralib chiqqan. Ustki trias davrida yashagan dastlabki sut emizuvchilar ikki 
gruppaga bo’lingan. Ko’p bo’rtmalilar degan gruppasining kurak tishlar yaxshi 
rivojlangan va keskich tishlari bo’lmagan. Bular kalamush va sug’urdek kaltalikda 
bo’lgan. Ko’p bo’rtmalilarning qadimgi vakillaridan bir yo’llilar kelib chiqqan deb 
faraz qiladilar. Mezozoy erasining yura davrida darranda tishli su4dralib 
yuruvchilardan ajralib chiqqan sut emizuvchilarning ikkinchi gruppasi 3 burtmalilar 
bo’lib, bular aksariyat xayaonlar bo’lgan. 3 bo’rtmalilarning asoaiy gruppasi bo’lib 
pantoteriyalar xisoblanadi. Pantoteriyalar ko’p chilik qopchiqlilar va yo’ldoshlilarni 
bergan dastlabki shoxcha hisoblanadi. Ko’pchiqlilar bo’r davrida paydo bo’lgan. 
Yo’ldoshlilar ham bo’r davrining boshida paydo bo’lgan xar-xil yo’nalishlarga qarab 
evolyutsiya qilgan.
Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Sut emizuvchilar ekologiyasi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati va muhofaza qilish. R E J A 1. Sut emizuvchilarni kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 2. Sut emizuvchilar ekologiyasi. 3. Sut emizuvchilarning tabiatda va insonlar hayotidagi ahamiyati. Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. Sut emizuvchilarning ajdodlari perim davrida yashagan darranda tishli sudralib yuruvchilar xisoblanadi. Bular bir tomondan primitiv belgilarga (Amfitsel umurtqalilar, miya qutisi bo’shlig’ining juda kichikligi) ikkinchi tomondan ega bo’lsa ikkinchi tomondan xos belgilari: tishlari ayrim katakchalarga o’rnashgan va gruppalarga ajralgan, engsa bo’rtmalari ikkita bo’lgan. Trias davrida sut emizuvchilar darranda tishli sudralib –yuruvchilardan ajralib chiqqan. Ustki trias davrida yashagan dastlabki sut emizuvchilar ikki gruppaga bo’lingan. Ko’p bo’rtmalilar degan gruppasining kurak tishlar yaxshi rivojlangan va keskich tishlari bo’lmagan. Bular kalamush va sug’urdek kaltalikda bo’lgan. Ko’p bo’rtmalilarning qadimgi vakillaridan bir yo’llilar kelib chiqqan deb faraz qiladilar. Mezozoy erasining yura davrida darranda tishli su4dralib yuruvchilardan ajralib chiqqan sut emizuvchilarning ikkinchi gruppasi 3 burtmalilar bo’lib, bular aksariyat xayaonlar bo’lgan. 3 bo’rtmalilarning asoaiy gruppasi bo’lib pantoteriyalar xisoblanadi. Pantoteriyalar ko’p chilik qopchiqlilar va yo’ldoshlilarni bergan dastlabki shoxcha hisoblanadi. Ko’pchiqlilar bo’r davrida paydo bo’lgan. Yo’ldoshlilar ham bo’r davrining boshida paydo bo’lgan xar-xil yo’nalishlarga qarab evolyutsiya qilgan.
 
 
SUT EMIZUVCHILARNING EKOLOGIYASI: Yashash sharoiti va tarqalishi. 
Sut emizuvchi-larning biologik progressi bo’lib ularning geografik va biotipik 
tarqalishi xisoblanadi. Sut emizuvchilar Antarktidadan tashqari xamma joyda 
tarqalgan. Tabiatda yovvoyi qo’ylar va echkilar 6000 m, bo’rilar 7150 m, dengiz 
sathidan balandlikda uchraydi. Sut emizuvchilar uchun ayrim turlarini keng 
tarqalishi xam xarakterlidir. Masalan: bo’ri va tulki Yevropa, Osiyo va Shimoliy 
Amerika, kashalot issiq va o’rta mintaqadagi barcha okeanlarda tarqalgan. Bundan 
tashqari sut emizuvchilar turli xil muxit sharoitlarida yashaydi. 
 
Yashash sharoitlariga qarab sut emizuvchilar 4ta asosiy ekologik gruppalarga 
bo’linadi.  
1.Yerda yashovchilar sut emizuvchilarning eng katta gruppasi bo’lib, yer 
sharining barcha quruqliklarini egallagan. Bular asosan barcha o’rmon va 
butazorlarda xamda ochiq yerlarda yashashga moslashgan. Daraxtda yashovchilar 
o’zlarining ko’p vaqtlarini daraxtda o’tkazadi, darxtda ovqat topib yeydi, dam oladi 
va ko’payishi uchun uya qurishda daraxt kovaklaridan foydalanadi. Masalan, 
kemiruvchilardan olmaxon, yirtqichlardan ba’zi suvsarlar, lemurlar, maymunlar va 
boshqalar daraxtda yashaydi. Ochiq joyda yashovchilar xam xilma-xildir. 
 
Bu gruppaga yer ustida yashovchi tuyoqli hayvonlar, yer ostida uya qilib, 
ovqatni yer ostidan topuvchi qo’sh oyoqlilar, yumronqoziqlar, ko’pchilik yirtqichlar, 
tovusqonlar kiradi. 
3.Yer tagida yashovchilar muhitga o’ta moslashgan bo’lib, butun hayotini 
yoki hayotining ko’p qismini yer tagida o’tkazadi. Bu gruppaga kiruvchi sut 
emizuvchilarning ko’zlari va quloq surpralari rivojlanmagan, gavdasi o’qlovsimon 
bo’ladi, dumi kalta yoki mutlaqo bo’lmaydi va qilsiz bo’ladi. Ularning oldingi 
oyoqlarini barmoqlari ham yaxshi taraqqiy etgan. 
Bularga krotlar, ko’rsichqonlar, kopchiqli krotlar kiradi. 
3. Suvda yashovchilar orasida morfologik tomondan suvda chshashga ozroq 
moslashgan norka, oq ayiq, suv kalamushi, o’rdak burun, ondatra, nutriya, bobir, 
suvda yashashga kuchliroq moslashgan tyulenlar va morjlar hamda suvda yashashga 
butunlay moslashgan diqqatiga sazovardir. Ayniqsa kitsimonlar to’liq suv muxitida 
yashashga moslashgan sut emizuvchilar xisoblanadi. Kitsimonlar tasodifan
SUT EMIZUVCHILARNING EKOLOGIYASI: Yashash sharoiti va tarqalishi. Sut emizuvchi-larning biologik progressi bo’lib ularning geografik va biotipik tarqalishi xisoblanadi. Sut emizuvchilar Antarktidadan tashqari xamma joyda tarqalgan. Tabiatda yovvoyi qo’ylar va echkilar 6000 m, bo’rilar 7150 m, dengiz sathidan balandlikda uchraydi. Sut emizuvchilar uchun ayrim turlarini keng tarqalishi xam xarakterlidir. Masalan: bo’ri va tulki Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika, kashalot issiq va o’rta mintaqadagi barcha okeanlarda tarqalgan. Bundan tashqari sut emizuvchilar turli xil muxit sharoitlarida yashaydi. Yashash sharoitlariga qarab sut emizuvchilar 4ta asosiy ekologik gruppalarga bo’linadi. 1.Yerda yashovchilar sut emizuvchilarning eng katta gruppasi bo’lib, yer sharining barcha quruqliklarini egallagan. Bular asosan barcha o’rmon va butazorlarda xamda ochiq yerlarda yashashga moslashgan. Daraxtda yashovchilar o’zlarining ko’p vaqtlarini daraxtda o’tkazadi, darxtda ovqat topib yeydi, dam oladi va ko’payishi uchun uya qurishda daraxt kovaklaridan foydalanadi. Masalan, kemiruvchilardan olmaxon, yirtqichlardan ba’zi suvsarlar, lemurlar, maymunlar va boshqalar daraxtda yashaydi. Ochiq joyda yashovchilar xam xilma-xildir. Bu gruppaga yer ustida yashovchi tuyoqli hayvonlar, yer ostida uya qilib, ovqatni yer ostidan topuvchi qo’sh oyoqlilar, yumronqoziqlar, ko’pchilik yirtqichlar, tovusqonlar kiradi. 3.Yer tagida yashovchilar muhitga o’ta moslashgan bo’lib, butun hayotini yoki hayotining ko’p qismini yer tagida o’tkazadi. Bu gruppaga kiruvchi sut emizuvchilarning ko’zlari va quloq surpralari rivojlanmagan, gavdasi o’qlovsimon bo’ladi, dumi kalta yoki mutlaqo bo’lmaydi va qilsiz bo’ladi. Ularning oldingi oyoqlarini barmoqlari ham yaxshi taraqqiy etgan. Bularga krotlar, ko’rsichqonlar, kopchiqli krotlar kiradi. 3. Suvda yashovchilar orasida morfologik tomondan suvda chshashga ozroq moslashgan norka, oq ayiq, suv kalamushi, o’rdak burun, ondatra, nutriya, bobir, suvda yashashga kuchliroq moslashgan tyulenlar va morjlar hamda suvda yashashga butunlay moslashgan diqqatiga sazovardir. Ayniqsa kitsimonlar to’liq suv muxitida yashashga moslashgan sut emizuvchilar xisoblanadi. Kitsimonlar tasodifan
 
 
qirng’oqqa chiqib qolsa, xaloq bo’ladi. Terisida jun qatlami, yog’ va ter bezlari 
keyingi oyoqlari yo’q.  
4. Havoda yashovchilarga faqat qo’lqanotlilar yoki ko’rshapalaklar kiradi. 
Havoda uchib yurish uchun ko’rshapalaklarda uchish organi qanot hosil bo’ladi. 
To’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toji suyagi bo’ladi. Bosh skelet suyaklari 
qo’shilib ketadi. 
  
 Sut emizuvchilarning ovqati nixoyatda xilma-xildir. Shu bilan birgalikda 
bular o’z ovqatlarini turli xil hayot muxitlarida- havo, yer usti, yer osti, suv 
qatlamlaridan tutib oladi. Ovqatning xiliga qarab sut emizuvchilarning ikkita 
gruppaga: go’shtxo’r va o’simlikxo’r gruppalarga bo’lish mumkin. Go’shtxo’rlar o’z 
navbatida xashoratxo’rlarga (ko’rshapalaklar, yerqazirlar) yirtqichlarga (ba’zi 
yirtqichlar, kopchiklilar, delfinlar, tyulenlar) o’limtikxo’rlarga (shog’ol, sirtlon) 
bo’linadi. O’simlikxo’r darandalar juda ham ko’p. Bu gruppaga ko’pchilik 
maymunlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar, kopchiklilar kiradi. Ovqat xarakteriga qarab 
bular o’txo’r, donxo’r va mevaxo’rlarga bo’linadi. Lekin sut emizuvchilarning bu 
gruppalari qisman shartli bo’lib, hayvonning geografik tarqalishi, yoshi, yil 
fasillariga qarab o’zgarib turadi. Masalan, qo’ng’ir ayiq, Janubiy Kavkazda o’simlik 
bilan ovqatlansa, uzoq sharqda baliq va tyulenlar bilan ovqatlanadi.  
Sut emizuvchilar hayotida sutka va mavsum siklligi.  
Sut emizuvchilarda tinchlik davri bilan aktivlik davrining sutka va yil fasli sari 
mumtazam ravshda almashinib turishi ovqat topishga bog’liq ravshda boradi. Sutkali 
siklligi. Tirikchilikni tunda yoki kunda o’tkazish darandaning ovqat topishi 
xarakteriga bog’liq. Kemiruvchilar bilan ovqatlanuvchi ko’pchilik yirtqichlar 
turlicha aktivlik bilan kechasi ham, kunduzi buning aksicha, ko’rshapalaklar faqat 
kechasi aktiv bo’ladi.  
Fasl siklligi ham ovqat topish qiyin bo’ladigan yil fasllariga moslanishidir. Bu 
moslanish yozda uyquga kirish hodisasi bilan ifodalaniladi. Uyquga kirish bir 
yo’llilar, kopchiklar hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, yirtqichlar va kemiruvchilarda 
namoyan bo’ladi. Uyquga kirish xarakteriga qarab 3 tipda bo’ladi.  
1. Qishki uyqu yoki fakultativ uyqu modda almashinuvi darajasi gavda 
temperaturasi va nafas olish prosesslarining unchalik pasaymasligi bilan 
xarakterlanadi. Bu uyqu osonlik bilan buzilishi mumkin. Bunday uyqu ayiqlarga,
qirng’oqqa chiqib qolsa, xaloq bo’ladi. Terisida jun qatlami, yog’ va ter bezlari keyingi oyoqlari yo’q. 4. Havoda yashovchilarga faqat qo’lqanotlilar yoki ko’rshapalaklar kiradi. Havoda uchib yurish uchun ko’rshapalaklarda uchish organi qanot hosil bo’ladi. To’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toji suyagi bo’ladi. Bosh skelet suyaklari qo’shilib ketadi. Sut emizuvchilarning ovqati nixoyatda xilma-xildir. Shu bilan birgalikda bular o’z ovqatlarini turli xil hayot muxitlarida- havo, yer usti, yer osti, suv qatlamlaridan tutib oladi. Ovqatning xiliga qarab sut emizuvchilarning ikkita gruppaga: go’shtxo’r va o’simlikxo’r gruppalarga bo’lish mumkin. Go’shtxo’rlar o’z navbatida xashoratxo’rlarga (ko’rshapalaklar, yerqazirlar) yirtqichlarga (ba’zi yirtqichlar, kopchiklilar, delfinlar, tyulenlar) o’limtikxo’rlarga (shog’ol, sirtlon) bo’linadi. O’simlikxo’r darandalar juda ham ko’p. Bu gruppaga ko’pchilik maymunlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar, kopchiklilar kiradi. Ovqat xarakteriga qarab bular o’txo’r, donxo’r va mevaxo’rlarga bo’linadi. Lekin sut emizuvchilarning bu gruppalari qisman shartli bo’lib, hayvonning geografik tarqalishi, yoshi, yil fasillariga qarab o’zgarib turadi. Masalan, qo’ng’ir ayiq, Janubiy Kavkazda o’simlik bilan ovqatlansa, uzoq sharqda baliq va tyulenlar bilan ovqatlanadi. Sut emizuvchilar hayotida sutka va mavsum siklligi. Sut emizuvchilarda tinchlik davri bilan aktivlik davrining sutka va yil fasli sari mumtazam ravshda almashinib turishi ovqat topishga bog’liq ravshda boradi. Sutkali siklligi. Tirikchilikni tunda yoki kunda o’tkazish darandaning ovqat topishi xarakteriga bog’liq. Kemiruvchilar bilan ovqatlanuvchi ko’pchilik yirtqichlar turlicha aktivlik bilan kechasi ham, kunduzi buning aksicha, ko’rshapalaklar faqat kechasi aktiv bo’ladi. Fasl siklligi ham ovqat topish qiyin bo’ladigan yil fasllariga moslanishidir. Bu moslanish yozda uyquga kirish hodisasi bilan ifodalaniladi. Uyquga kirish bir yo’llilar, kopchiklar hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, yirtqichlar va kemiruvchilarda namoyan bo’ladi. Uyquga kirish xarakteriga qarab 3 tipda bo’ladi. 1. Qishki uyqu yoki fakultativ uyqu modda almashinuvi darajasi gavda temperaturasi va nafas olish prosesslarining unchalik pasaymasligi bilan xarakterlanadi. Bu uyqu osonlik bilan buzilishi mumkin. Bunday uyqu ayiqlarga,
 
 
yenotlarga, yenotsimon itlarga va bo’rsiqlarga xosdir. Ular yiqilgan daraxt ostida 
(qo’ng’ir ayiq) hashak ostida, daraxt kovaklarida (qora ayiq, yenot) uxlaydi. Uxlash 
muddati shimolda ko’proq, janubga borgan sari kamayib boradi.  
2. Haqiqiy uyqu bunda gavda temperaturasi ancha pasayadi. Nafas olish 
keskin sekinlashadi va chuqur karaxt xolida bo’ladi, lekin qish vaqtida kqisqa 
muddatga, havo juda isib ketganda uyg’onadi. Bunday uyqu tipratikanlarga, 
sug’urlarga, yumronqoziqlarga va qo’shoyoqlilarga xosdir. Haqiqiy uyquga kirish 
ba’zan qishda emas, yozda ham bo’ladi.  
Davriy migratsiya. Odatda ovqat tanqisligiga yoki ovqat topishning iloji 
yo’qligiga bog’liq bo’ladi. Davriy migratsiya asosan tuyoqlilar va ularning orqasidan 
yuradigan katta yirtqichlarda hamda ko’rshapalaklarda ko’riladi. Davriy migratsiya 
baliqlardagi singari gorizontal va vertikal migratsiyalarga bo’linadi. Shimol bug’usi, 
(kosulya) ning mamlakatimizda, Afrika tuyoqlilardan kiyiklarning ko’chib yurishlari 
gorizontal migratsiyaga misol bo’lsa, baland tog’larda yashaydigan tog’ echkilari 
serkalar va ular orqasidan yirik yirtqichlarning ko’chishi vertikal migratsiyaga misol 
bo’ladi. 
Ko’payiishi: Sut emizuvchialr ko’payish harakteriga qarab uch gruppaga 
bo’linadi: 
1.Tuxum qo’yib ko’payish. Tuxumi sariq moddaga boy bo’lib, tug’ilganda 
zarodish ancha rivojlangan bo’ladi. Tuxumni onasi bosib inkubatsiya qiladi 
(o’rdakburun) yoki xaltada olib yuradi (exidna). Tuxumdan ochib chiqqan bolani 
onasi sut bilan boqadi. 
 
2.Chala, nimjon bola tug’ib ko’payish. Bola bachadonda rivojalanadi, 
yo’ldosh bo’lmaydi. Tug’ilgan bola qopchiqda olib yuriladi va sut bilan boqiladi. Bu 
hodisa qopchiqlarga xosdir. 
 
3.Yaxshi rivojlangan bola tug’ib ko’payish. Bularnng tug’ilgan bolalari yaxshi 
rivojlangan va xatto o’sha kuni yura oladi. Xech bo’lmaganda o’zi ema oladi, chunki 
bularning bolalari yo’ldosh ichida, u orqali ona organizmi xisobidan ovqatlanadi. Bu 
guruxga yo’ldoshlilar misol bo’ladi. 
 
Sut emizuvchilar turli yoshda balog’atga yetadi. Masalan, fillar 20,25 yoshda, 
bo’ri 1 yoshda, mayda kemiruvchilar esa oyligida bolalaydi. Sut emizuvchilar 
ko’pgina bir yilda bir marta bola tug’adi. Lekin ko’pincha kemiruvchilar yiliga bir
yenotlarga, yenotsimon itlarga va bo’rsiqlarga xosdir. Ular yiqilgan daraxt ostida (qo’ng’ir ayiq) hashak ostida, daraxt kovaklarida (qora ayiq, yenot) uxlaydi. Uxlash muddati shimolda ko’proq, janubga borgan sari kamayib boradi. 2. Haqiqiy uyqu bunda gavda temperaturasi ancha pasayadi. Nafas olish keskin sekinlashadi va chuqur karaxt xolida bo’ladi, lekin qish vaqtida kqisqa muddatga, havo juda isib ketganda uyg’onadi. Bunday uyqu tipratikanlarga, sug’urlarga, yumronqoziqlarga va qo’shoyoqlilarga xosdir. Haqiqiy uyquga kirish ba’zan qishda emas, yozda ham bo’ladi. Davriy migratsiya. Odatda ovqat tanqisligiga yoki ovqat topishning iloji yo’qligiga bog’liq bo’ladi. Davriy migratsiya asosan tuyoqlilar va ularning orqasidan yuradigan katta yirtqichlarda hamda ko’rshapalaklarda ko’riladi. Davriy migratsiya baliqlardagi singari gorizontal va vertikal migratsiyalarga bo’linadi. Shimol bug’usi, (kosulya) ning mamlakatimizda, Afrika tuyoqlilardan kiyiklarning ko’chib yurishlari gorizontal migratsiyaga misol bo’lsa, baland tog’larda yashaydigan tog’ echkilari serkalar va ular orqasidan yirik yirtqichlarning ko’chishi vertikal migratsiyaga misol bo’ladi. Ko’payiishi: Sut emizuvchialr ko’payish harakteriga qarab uch gruppaga bo’linadi: 1.Tuxum qo’yib ko’payish. Tuxumi sariq moddaga boy bo’lib, tug’ilganda zarodish ancha rivojlangan bo’ladi. Tuxumni onasi bosib inkubatsiya qiladi (o’rdakburun) yoki xaltada olib yuradi (exidna). Tuxumdan ochib chiqqan bolani onasi sut bilan boqadi. 2.Chala, nimjon bola tug’ib ko’payish. Bola bachadonda rivojalanadi, yo’ldosh bo’lmaydi. Tug’ilgan bola qopchiqda olib yuriladi va sut bilan boqiladi. Bu hodisa qopchiqlarga xosdir. 3.Yaxshi rivojlangan bola tug’ib ko’payish. Bularnng tug’ilgan bolalari yaxshi rivojlangan va xatto o’sha kuni yura oladi. Xech bo’lmaganda o’zi ema oladi, chunki bularning bolalari yo’ldosh ichida, u orqali ona organizmi xisobidan ovqatlanadi. Bu guruxga yo’ldoshlilar misol bo’ladi. Sut emizuvchilar turli yoshda balog’atga yetadi. Masalan, fillar 20,25 yoshda, bo’ri 1 yoshda, mayda kemiruvchilar esa oyligida bolalaydi. Sut emizuvchilar ko’pgina bir yilda bir marta bola tug’adi. Lekin ko’pincha kemiruvchilar yiliga bir
 
 
necha marta bolalaydi. Masalan tiyinlar (olmaxonlar) va tovushqonlar yilda uch 
martagacha, sichqonlar va kalamushlar esa undan xam ko’p bolalaydi. Ikkinchi 
tomondan ba’zi bir darrandalar, masalan qo’tos, tuya, kitlar yil oralab urchiydi, fillar 
esa 3-4 yil o’tkazib urchiydi. Katta darrandalar xar safar bitta, kichik darrandalar esa 
ko’p bola tug’adi. Masalan oq sichqonlar 1-18 tagacha bola tug’adi. Bu hodisa 
yilning iliq sharoitiga qarab o’zgarib turadi. 
 
Sut emizuvchilarning bo’g’ozlik va tug’ish davri uzoq bo’lganligi munosabati 
bilan kuyukish ya’ni qo’shilish davri xar xil bo’ladi. Masalan itlar (bo’ri, tulki) 
qishning oxirida yanvar, fevral, oylarida qo’shiladi. Bo’g’ozlik davri qisqa 
bo’ladigan 
mayda 
darrandalar 
(tipratikanlar, 
sassiqquzonlar, 
latchalar, 
kemiruvchilar) bahorda ko’payadi, suvsar bo’rsiq kabi hayvonlar yozda, bug’ilar 
kuzda qo’shiladi. 
 
Bo’g’ozlik davri sut emizuvchi hayvonning katta-kichikligiga ma’lum 
darajada bog’liq bo’ladi. Masalan, mayda kemruvchilarda bo’g’ozlik davri 8-20 kun, 
quyonda bir oy, tovushqonda50 kun, itda 2 oy, arslonda-4 oy, ayiqda-7 oy, otda-11 
oy, tuyada bir yilcha, filda 20 oy davom etadi. Begemot bolasini qornida 8 oy, sigir, 
orangutan va odam 9 oy, katta kit bir yilcha bolasni qornida olib yuradi. 
Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati. Sut emizuvchilarning hayoti 
o’simliklar va boshqa hayvonlar bilan chambarchas bog’liq. Ularasosiy o’txo’r 
hayvonlar sifatida o’simliklar hosil qiladigan organik moddalarni o’zlashtirib o’z 
tanasini tiklaydi. Sut emizuvchilar tezagi va murdasi esa saprofag hayvonlar 
(go’ngxo’r qo’ng’izlar, pashshalar), saprofit zamburug’lar va bakteriyalar uchun 
oziq bo’ladi. Bu organizmlar faoliyati tufayli tuproq o’simliklarni o’sishi uchun 
zarur bo’lgan mineral moddalar bilan boyiydi. Yerda in quradigan va tuproqda 
yashaydigan sut emizuvchilar tuproqni yumshatib, unga havo va suv o’tishini 
yaxshilaydi. Hayvonlar bilan o’simliklar hayotining o’zaro chambarchas bogiiqligi 
dasht va cho’llarda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Hasharotxo’r va yirtqich sut 
emizuvchilar zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hasharotlar sonini cheklab turadi. 
Yirtqich sut emizuvchilar kasal va nimjon hayvonlar yoki ular murdasi bilan 
oziqlanib, hayvonlar naslini yaxshilanishiga yordam beradi; yer yuzini tozalab, 
tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi.
necha marta bolalaydi. Masalan tiyinlar (olmaxonlar) va tovushqonlar yilda uch martagacha, sichqonlar va kalamushlar esa undan xam ko’p bolalaydi. Ikkinchi tomondan ba’zi bir darrandalar, masalan qo’tos, tuya, kitlar yil oralab urchiydi, fillar esa 3-4 yil o’tkazib urchiydi. Katta darrandalar xar safar bitta, kichik darrandalar esa ko’p bola tug’adi. Masalan oq sichqonlar 1-18 tagacha bola tug’adi. Bu hodisa yilning iliq sharoitiga qarab o’zgarib turadi. Sut emizuvchilarning bo’g’ozlik va tug’ish davri uzoq bo’lganligi munosabati bilan kuyukish ya’ni qo’shilish davri xar xil bo’ladi. Masalan itlar (bo’ri, tulki) qishning oxirida yanvar, fevral, oylarida qo’shiladi. Bo’g’ozlik davri qisqa bo’ladigan mayda darrandalar (tipratikanlar, sassiqquzonlar, latchalar, kemiruvchilar) bahorda ko’payadi, suvsar bo’rsiq kabi hayvonlar yozda, bug’ilar kuzda qo’shiladi. Bo’g’ozlik davri sut emizuvchi hayvonning katta-kichikligiga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. Masalan, mayda kemruvchilarda bo’g’ozlik davri 8-20 kun, quyonda bir oy, tovushqonda50 kun, itda 2 oy, arslonda-4 oy, ayiqda-7 oy, otda-11 oy, tuyada bir yilcha, filda 20 oy davom etadi. Begemot bolasini qornida 8 oy, sigir, orangutan va odam 9 oy, katta kit bir yilcha bolasni qornida olib yuradi. Sut emizuvchilarning tabiatdagi ahamiyati. Sut emizuvchilarning hayoti o’simliklar va boshqa hayvonlar bilan chambarchas bog’liq. Ularasosiy o’txo’r hayvonlar sifatida o’simliklar hosil qiladigan organik moddalarni o’zlashtirib o’z tanasini tiklaydi. Sut emizuvchilar tezagi va murdasi esa saprofag hayvonlar (go’ngxo’r qo’ng’izlar, pashshalar), saprofit zamburug’lar va bakteriyalar uchun oziq bo’ladi. Bu organizmlar faoliyati tufayli tuproq o’simliklarni o’sishi uchun zarur bo’lgan mineral moddalar bilan boyiydi. Yerda in quradigan va tuproqda yashaydigan sut emizuvchilar tuproqni yumshatib, unga havo va suv o’tishini yaxshilaydi. Hayvonlar bilan o’simliklar hayotining o’zaro chambarchas bogiiqligi dasht va cho’llarda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Hasharotxo’r va yirtqich sut emizuvchilar zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hasharotlar sonini cheklab turadi. Yirtqich sut emizuvchilar kasal va nimjon hayvonlar yoki ular murdasi bilan oziqlanib, hayvonlar naslini yaxshilanishiga yordam beradi; yer yuzini tozalab, tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi.
 
 
Sut emizuvchilarning odam faoiiyatidagi ahamiyati. Insoniyat tarixida sut 
emizuvchilar asosiy oziq manbai sifatida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Odam sut 
emizuvchiiarni qadim-qadimdan boshlab go’shti, terisi va mo’ynasi uchun ovlagan, 
ulami qo’lga o’rgatgan va sutidan foydalangan. Sut emizuvchilarning odam 
hayotidagi ahamiyati kun sayin ornib bormoqda. Ulardan yovvoyi cho’chqalar, 
tyuleniar, ayrim kitsimonlar go’shti uchun ovianadi. Olmaxon sayg’oq, soqol, tulki, 
ondatra, krot, quyon, suvsar, ayrim dengiz hayvonlari (dengiz qunduzi, dengiz 
mushuk-tari) dan qimmatbaho mo’yna olinadi. Sut emizuvchilar orasida 
zararkunanda turlari ham ko’p. Kalamushlar va sichqonlar omborlarda 
saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini yeb zarar keltirsa, yumronqoziqlar, 
qo’shoyoqlar, dala sichqonlari dasht-lardagi ekinlarni yeb katta ziyon keltiradi. 
Bundan tashqari bir qancha kemiruvchilar: yumronqoziqlar, kalamushlar, 
qumsichqon-larodamlarga o’lat va leyshmanioz kabi kasalliklarni yuqtiradi. Yirtqich 
hayvonlar orqali odamga qutirish kasaliigi va har xil gijjalar yuqishi mumkin. 
Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. Odamning xo’jalik faoliyati natijasida 
keyingi yillarda bir qancha sut emizuvchilar soni keskin kamayib, ayrim turlari yo’q 
bo’lib ketdi. Faqat keyingi 300 yil davomida yer yuzidan sut emizuvchilarning 60 
dan ortiq turi yo’q bo’lib ketgan. O’zbekiston faunasi tarkibidan ham o’tgan asming 
ikkinchi yarmida turon yo’lbarsi, orol baqra balig’i butunlay yo’qolib ketdi. Ayrim 
turlari, masalan, Buxoro bug’usi, Prjevalskiy oti, jayron, zubr va boshqalar faqat 
tutqunlikda va yarim tutqunlikda saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar sonining 
kamayib ketishi sabablari ko’plab ovlash, ekinlar va hayvonlarni muhofaza qilish 
maqsadida ularni ko’plab qirib tashlanishi, hayvonlar yashaydigan muhitning 
buzilishi, ular uchun oziq bo’ladigan jonivorlar va o’simliklarning kamayib ketishi, 
uy hayvonlari va introduksiya qilingan hayvonlar sonining ko’payishi bilan 
konkurensiyaning oshishidan iborat. Sut emizuvchilar turlari sonini oshirishda ayrim 
tadbirlar kamyob turlarni ovlashni taqiqlash, ular yashaydigan muhitni buzmasdan 
saqlab qolish, qo’riqxonalar, buyurtmaxonalar, ovchilik xo’jaliklari tashkil etish, 
hayvonlarni tutqunlikda ko’paytirib, so’ngra tabiiy muhitga qo’yib yuborishdan 
iborat. O’zbekiston respublikasi Qizil kitobiga sut emizuvchilarning 24 turi 
kiritilgan.
Sut emizuvchilarning odam faoiiyatidagi ahamiyati. Insoniyat tarixida sut emizuvchilar asosiy oziq manbai sifatida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Odam sut emizuvchiiarni qadim-qadimdan boshlab go’shti, terisi va mo’ynasi uchun ovlagan, ulami qo’lga o’rgatgan va sutidan foydalangan. Sut emizuvchilarning odam hayotidagi ahamiyati kun sayin ornib bormoqda. Ulardan yovvoyi cho’chqalar, tyuleniar, ayrim kitsimonlar go’shti uchun ovianadi. Olmaxon sayg’oq, soqol, tulki, ondatra, krot, quyon, suvsar, ayrim dengiz hayvonlari (dengiz qunduzi, dengiz mushuk-tari) dan qimmatbaho mo’yna olinadi. Sut emizuvchilar orasida zararkunanda turlari ham ko’p. Kalamushlar va sichqonlar omborlarda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini yeb zarar keltirsa, yumronqoziqlar, qo’shoyoqlar, dala sichqonlari dasht-lardagi ekinlarni yeb katta ziyon keltiradi. Bundan tashqari bir qancha kemiruvchilar: yumronqoziqlar, kalamushlar, qumsichqon-larodamlarga o’lat va leyshmanioz kabi kasalliklarni yuqtiradi. Yirtqich hayvonlar orqali odamga qutirish kasaliigi va har xil gijjalar yuqishi mumkin. Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. Odamning xo’jalik faoliyati natijasida keyingi yillarda bir qancha sut emizuvchilar soni keskin kamayib, ayrim turlari yo’q bo’lib ketdi. Faqat keyingi 300 yil davomida yer yuzidan sut emizuvchilarning 60 dan ortiq turi yo’q bo’lib ketgan. O’zbekiston faunasi tarkibidan ham o’tgan asming ikkinchi yarmida turon yo’lbarsi, orol baqra balig’i butunlay yo’qolib ketdi. Ayrim turlari, masalan, Buxoro bug’usi, Prjevalskiy oti, jayron, zubr va boshqalar faqat tutqunlikda va yarim tutqunlikda saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar sonining kamayib ketishi sabablari ko’plab ovlash, ekinlar va hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida ularni ko’plab qirib tashlanishi, hayvonlar yashaydigan muhitning buzilishi, ular uchun oziq bo’ladigan jonivorlar va o’simliklarning kamayib ketishi, uy hayvonlari va introduksiya qilingan hayvonlar sonining ko’payishi bilan konkurensiyaning oshishidan iborat. Sut emizuvchilar turlari sonini oshirishda ayrim tadbirlar kamyob turlarni ovlashni taqiqlash, ular yashaydigan muhitni buzmasdan saqlab qolish, qo’riqxonalar, buyurtmaxonalar, ovchilik xo’jaliklari tashkil etish, hayvonlarni tutqunlikda ko’paytirib, so’ngra tabiiy muhitga qo’yib yuborishdan iborat. O’zbekiston respublikasi Qizil kitobiga sut emizuvchilarning 24 turi kiritilgan.