SUT TISHLARNING ANATOMIYASI: UMUMIY TASNIFI, TUZILISH XUSUSIYATLARI, CHIQISH VAQTI, XAR BIR TISHNING TUZILISHINING XUSUSIYATLARI, DOIMIY TISHLARDAN FARQLARI, RIVOJLANISH ANOMALIYALARI
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
3
Faytl hajmi
21,6 KB
SUT TISHLARNING ANATOMIYASI: UMUMIY TASNIFI, TUZILISH
XUSUSIYATLARI, CHIQISH VAQTI, XAR BIR TISHNING
TUZILISHINING XUSUSIYATLARI, DOIMIY TISHLARDAN
FARQLARI, RIVOJLANISH ANOMALIYALARI
Sut tishlaring xususiy anatomiyasi
Sut tishlar - dentes decidua (dentes lactei) yoki vaqtincha tishlar (”decidua”
so‘zning to‘g‘ri ma’nosi – tushishi, tushadigan). Xar bir jag‘da 10ta tish bor,
ulardan: 4 ta kesuv tishlar, 2 ta qoziq tishlar, 4 ta katta oziq tishlar (molyar). Sut
tishlar tarkibida kichik oziq tishlari va uchinchi katta oziq tishlari bo‘lmaydi.
Sut tishlarining turlari, doimiy tish turlariga to‘g‘ri keladi va tuzilishi
jihatidan umumiylikka ega, lekin xajmi ancha kichikroq bo‘ladi. Sut tishlarining
toji bo‘rtib chiqqan, sferik shakliga ega. Sut tishlar doimiy tishlardan bo‘yin
sohasidagi aniq ko‘rinadigan torayishi - belbog‘cha (cingulum) bilan farqlanadi.
Sut tishlarining emal qavatida doimiy tishlarga nisbat ohaklanish jarayoni sust
kechishi sababli emal yupqa va ko‘kimtir-oqish rangda bo‘ladi. Dentin miqdori
ham 2 barobar kam, shuning uchun sut tishlarining pulpa bo‘shlig‘i va tish kanali
ancha keng.
Sut tishlarning doimiy tishlarga nisbatdan ildizlari kalta va ingichka. Ko‘p
ildizli tishlarda ildizlar “ombirsimon” shaklida, chunki ostida joylashgan doimiy
tishlarning kurtaklari ildizlararo masofani kengaytiradi (razdvigayut korni). Sut
tishlarining periodont qavati doimiy tishlarga nisbat siyrak.
Kesuvchi sut tishlari – doimiy tishlarga juda o‘xshash, ammo xajmi ancha
kichikroq va toji kaltaroq. Tishlarning kesuv qirrasi tekis holda. YUqori jag‘
suyagining kesuvchi tishlari pastki jag‘ tishlari xajmidan kattaroq. Kesuvchi
tishlardan eng kattasi yuqorgi medial kesuvchi tish xisoblanadi. Tish belgilari
barcha kesuvchi tishlarda bilinmaydi. Ba’zi xolatlarda pastki sut kesuvchi tishlar
o‘zaro yoki qoziq tishi bilan qo‘shilib ketishi mumkin.
Qoziq sut tishlari – doimiy qoziq tishlarga o‘xshash, faqat toj qismining uchi
o‘tkirroq bo‘ladi, kesuvchi dumbog‘i markazda joylashadi. Bu tishlarning ildizi
uzun, konussimon shakliga ega. YUqorgi qoziq tish pastki tishga nisbat kattaroq.
Katta oziq sut tishlar (molyarlar) doimiy molyar tishlardan farqlanadi, ayniqsa
yuqorgi birinchi molyar. Bu tish doimiy molyar tishlarga emas, balki birinchi
premolyar tishga o‘xshab ketadi. YUqori molyar sut tishlarining lunj (vestibulyar)
yuzasida lunj do‘mboqlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tish toj burchak va egrilik
belgilari yaxshi farqlanadi. Tishlarning bo‘yin qismida tish belbog‘i qalinlashadi
va bazal molyar dumbog‘ni, tuberculum molare hosil qiladi. YUqorgi katta oziq
sut tishlarning chaynov yuzasi ko‘p do‘mboqli, ularni ajratib turuvchi egat chuqur
va o‘rtada markaziy chuqurchaga o‘lanib ketgan. Ikkinchi yuqorgi molyar tishi
birinchidan kattaroq bo‘ladi. YUqorgi sut molyar tishlarining 3ta ildizi bor: 2ta
vestibulyar va 1ta tanglay.
Pastki sut molyar tishlari o‘zaro o‘xshash emas. Birinchi pastki molyar
tishning toj qismi asosida yaxshi rivojlangan belbog‘i va bazal dumbog‘i mavjud.
CHaynov yuzasida 2-4 ta do‘mboqlari bo‘lishi mumkin, yon bolishlar chuqur o‘rta
botig‘iga qo‘shilib ketishadi. Bu tishlarda lunj-mezial dumbog‘i yoki protokonid
(cuspis mesiobuccalis) doimo yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ikkinchi sut molyar tishi
birinchi doimiy molyarga o‘xshab ketadi. Pastki sut molyar tishlari 2ta ildizli –
mezial va distal. Mezial ildiz odatda ikkita kanalli.
Sut tishlarining chiqish tartibi va muddati. Umuman olganda tishlar yorib
chiqish jarayoni murakkab bo‘ladi. Bola organizmning bir qator kasalliklari
(neyroendokrin, raxit, ichi ketishi va x.q) tishlarning chiqishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, ya’ni chiqish vaqti buziladi, orqaga suriladi.
Odatda tishlarning chiqishi pastki jag‘dan boshlanadi. Tishlar simmetrik va
juft xolatda 2 oy interval bilan yorib chiqadi. Birinchi bo‘lib medial kesuv tishlari -
6-8 oylarda, lateral kesuv tishlari – 8-12oylarda, birinchi katta oziq tishlar - 12-16
oylarda, qoziq tishlar - 16-20 oylarda, ikkinchi katta oziq tishlar- 20-30 oylarda
chiqadi. Bolalarning 6-7 yoshidan boshlab asta-sekin sut tishlar doimiy tishlar
bilan almashinadi. SHu davrda doimiy tish kurtaklariga yaqin joylashgan sut
tishlarining ildizi asta-sekin so‘riladi, hamda sut tishlar orasida fiziologik diastema
va tremalar paydo bo‘ladi. Bunday xolat jag‘ suyaklari va doimiy tishlarning
normal taraqqiy etishi dalolatdir. Sut tishlarining chiqish jarayoni buzilsa xar xil
anomaliyalarni ko‘rish mumkin. Eng ko‘p xolatlarda retensiya – kech chiqishi yoki
yorib chiqmasligi xolatlari uchraydi.. Bu xolatda ko‘pincha tish toji kalta bo‘ladi,
ildizi tish alveolasi bilan qo‘shilib ketadi (ankiloz). Bundan tashqari sut tishlarning
vaqtdan oldin chiqishi kuzatiladi, bu anomaliya jag‘ suyaklarining noto‘g‘ri
rivojlanishiga olib keladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Baxadirov F.N. «Odam anatomiyasi». - 2005, 2006 yil. Toshkent.
2. Sapin M. R. Anatomiya cheloveka. - 1998.
3. Richard L.Drake, et alt. Gray`s Anatomy for students (third edition),
ELSEVIER 2014, 1161 p.
4. Anatomy of the Human Body. University of Washington. Seattle. 2004.
5. Xalkaro anatomik terminologiya eponimlar bilan. –Toshkent. 2011.
6. U. G‘ofurov.Tishlarning anatomiyasi.- o‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2015.