Suvning sifatini baholash (Suvning sifatini ichimlik maqsadlari uchun baholash)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

39,2 KB


 
 
 
 
 
 
 
Suvning sifatini baholash 
 
 
Ushbu mavzuda tabiiy suvlarning sifatini ichimlik, texnik va irrigatsiya 
maqsadlarida baholash masalalari yoritiladi. SHunigdek, turli yo‘nalishlarda 
foydalaniladigan va is’temol qilinadigan suvlarga quyiladigan talablar bayon 
etiladi.   
 
Reja: 
1.Suv xo‘jaligi tarmoqlari, suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar 
haqida; 
2. Suvning sifatini ichimlik maqsadlari uchun baholash; 
3. Texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan suvning sifatini baholash; 
4. Irrigatsiya maqsadlari uchun suvning yaroqliligini baholash. 
 
Ma’lumki, suv xo‘jaligi tarmoqlari suv iste’molchilari va suvdan 
foydalanuvchilarga bo‘linadi. Gidroenergetika, suv transporti, baliqchilik, 
rekreatsiya va boshqa sohalarda suv zahiralari miqdori deyarli o‘zgarmaydi. 
SHuning uchun ular suvdan foydalanuvchilar guruhiga kiradi. Ichimlik suv 
ta’minotiga, irrigatsiya tarmoqlari orqali sug‘orishga, yaylovlarni suvlantirishga 
olingan suv zahiralarining katta qismi butunlay sarflanadi. SHu tufayli sanab o‘tilgan 
ushbu tarmoqlar esa suv iste’molchilari guruhiga kiradi. 
Qayd etish lozimki, suvdan foydalanuvchi va suvni iste’mol qiluvchi 
guruhlarning har biri suvga o‘ziga xos bo‘lgan talablarni qo‘yadi. Bosqacha qilib 
aytganda, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladigan suvning yaroqlilik 
darajasi turlicha bo‘ladi. SHuning uchun tabiiy suvlar sifatini ularning kimyoviy 
tarkibi va boshqa xossalarini hisobga olgan holda, me’yorlashtirish lozim. Quyida 
shu masalalar ustida to‘xtalamiz.  
Suvning sifatini ichimlik maqsadlari uchun baholash. Suvning sifatini 
Suvning sifatini baholash Ushbu mavzuda tabiiy suvlarning sifatini ichimlik, texnik va irrigatsiya maqsadlarida baholash masalalari yoritiladi. SHunigdek, turli yo‘nalishlarda foydalaniladigan va is’temol qilinadigan suvlarga quyiladigan talablar bayon etiladi. Reja: 1.Suv xo‘jaligi tarmoqlari, suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar haqida; 2. Suvning sifatini ichimlik maqsadlari uchun baholash; 3. Texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan suvning sifatini baholash; 4. Irrigatsiya maqsadlari uchun suvning yaroqliligini baholash. Ma’lumki, suv xo‘jaligi tarmoqlari suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarga bo‘linadi. Gidroenergetika, suv transporti, baliqchilik, rekreatsiya va boshqa sohalarda suv zahiralari miqdori deyarli o‘zgarmaydi. SHuning uchun ular suvdan foydalanuvchilar guruhiga kiradi. Ichimlik suv ta’minotiga, irrigatsiya tarmoqlari orqali sug‘orishga, yaylovlarni suvlantirishga olingan suv zahiralarining katta qismi butunlay sarflanadi. SHu tufayli sanab o‘tilgan ushbu tarmoqlar esa suv iste’molchilari guruhiga kiradi. Qayd etish lozimki, suvdan foydalanuvchi va suvni iste’mol qiluvchi guruhlarning har biri suvga o‘ziga xos bo‘lgan talablarni qo‘yadi. Bosqacha qilib aytganda, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladigan suvning yaroqlilik darajasi turlicha bo‘ladi. SHuning uchun tabiiy suvlar sifatini ularning kimyoviy tarkibi va boshqa xossalarini hisobga olgan holda, me’yorlashtirish lozim. Quyida shu masalalar ustida to‘xtalamiz. Suvning sifatini ichimlik maqsadlari uchun baholash. Suvning sifatini  
 
 
ichimlik maqsadlarida baholashda uning minerallashuv darajasiga, tarkibidagi 
makro va mikrokomponentlarga, suvning fizik xususiyatlari hamda sanitar 
holatlariga katta e’tibor qaratish zarur. 
Ichimlik maqsadida foydalaniladigan tabiiy suvlarga quyidagicha talablar 
qo‘yiladi: 
1) suv tiniq, rangsiz va hidsiz bo‘lishi kerak; 
2) tabiiy suvlar tarkibidagi erigan moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 
oshib ketmasligi lozim; 
3) inson sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli moddalar ko‘rsatilgan 
me’yordan oshmasligi lozim; 
4) turli kasalliklar tarqatuvchi mikroorganizimlardan to‘laligicha xalos 
bo‘lishi kerak. 
Suvning sifatini ichimlik maqsadlari uchun baholashda asosiy ko‘rsatkichlar 
kimyoviy va bakteriologik tahlil hisoblanadi. Ichimlik suvining me’yorlari turli 
mas’ul tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
Tabiatni muhofaza qilish  davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Davlat 
standartining maxsus bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagi 3.1-jadvalda 
ichimlik suvlari sifatiga qo‘yilgan standart talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
keltirilgan.  
3.1-jadval 
Ichimlik suvi sifatiga qo‘yilgan talablar ko‘rsatkichlari 
 
Ko‘rsatkichlar 
O‘lcham birliklari 
Ruxsat etilgan me’yor 
Minerallashuv darajasi 
mg/l 
1000 
Kislorodning biologik 
iste’moli (KBI5) 
mg/l 
< 3  
Rux (Zn) 
mg/l 
0,01 
Sulfat (SO42+) 
mg/l 
500  
Xlor (Cl-) 
mg/l 
350 
Fenol 
mg/l 
0,001  
Neft mahsulotlari 
mg/l 
0,05 
ichimlik maqsadlarida baholashda uning minerallashuv darajasiga, tarkibidagi makro va mikrokomponentlarga, suvning fizik xususiyatlari hamda sanitar holatlariga katta e’tibor qaratish zarur. Ichimlik maqsadida foydalaniladigan tabiiy suvlarga quyidagicha talablar qo‘yiladi: 1) suv tiniq, rangsiz va hidsiz bo‘lishi kerak; 2) tabiiy suvlar tarkibidagi erigan moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshib ketmasligi lozim; 3) inson sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli moddalar ko‘rsatilgan me’yordan oshmasligi lozim; 4) turli kasalliklar tarqatuvchi mikroorganizimlardan to‘laligicha xalos bo‘lishi kerak. Suvning sifatini ichimlik maqsadlari uchun baholashda asosiy ko‘rsatkichlar kimyoviy va bakteriologik tahlil hisoblanadi. Ichimlik suvining me’yorlari turli mas’ul tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Davlat standartining maxsus bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagi 3.1-jadvalda ichimlik suvlari sifatiga qo‘yilgan standart talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. 3.1-jadval Ichimlik suvi sifatiga qo‘yilgan talablar ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar O‘lcham birliklari Ruxsat etilgan me’yor Minerallashuv darajasi mg/l 1000 Kislorodning biologik iste’moli (KBI5) mg/l < 3 Rux (Zn) mg/l 0,01 Sulfat (SO42+) mg/l 500 Xlor (Cl-) mg/l 350 Fenol mg/l 0,001 Neft mahsulotlari mg/l 0,05  
 
 
Alfa geksoxloran 
siklogeksan ( GXSG) 
mkg/l 
0,01 
Mis (Cu) 
mg/l 
0,001 
Sintetik yuza aktiv 
moddalar (SYUAM) 
mg/l 
0,1 
Azot ammoniy (NH4+) 
mg/l 
0,39 
Nitrit (NO2-) 
mg/l 
0,02 
Nitrat (NO3-) 
mg/l 
9,1 
Natriy (Na+) 
mg/l 
120 
Kalsiy (Ca2+) 
mg/l 
80 
Magniy (Mg2+) 
mg/l 
40 
Kaliy (K+) 
mg/l 
50 
 
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ichimlik maqsadida 
ishlatiladigan suvlar tarkibida sulfat ionlarining ruxsat etilgan me’yori 500 mg/l ni, 
xlorniki 350 mg/l ni, umumiy minerallashuv darajasi esa 1000 mg/l dan oshmasligi 
lozim. 
Oziq – ovqat sanoati tarmoqdarida suv turli xil texnologik maqsadlarda 
ishlatiladi. Bunda suvning sifatiga quyiladigan talablar ma’lum bir turdagi 
mahsulotni tayyorlashga mos bo‘lishi kerak. Masalan, shakar ishlab chiqarishda 
suvning chegara minerallashuv darajasi qancha kichik bo‘lsa, shuncha yaxshi 
bo‘ladi. CHunki suvning tarkibida tuz miqdorining ko‘p bo‘lishi shakarni 
qaynatishni qiyinlashtiradi. 
Suvning kimyoviy tarkibiga eng yuqori talab isitish qozonxonalariga 
qo‘yiladi. Bunday sharoitda, birinchi navbatda, suvning qattiqligiga alohida e’tibor 
beriladi. Oldingi mavzularda aytib o‘tilganidek, tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy va 
magniy bo‘lgan suv qattiq suv deb ataladi. Qattiq suv bug‘ qozonni devorlarida ko‘p 
quyqa hosil qiladi. SHuning uchun ham bug‘ qozonxonalarida ishlatiladigan suvlar 
dastlab ulardagi cho‘kmalar hosil qiladigan moddalarni yo‘qotish maqsadida qayti 
ishlanadi. Bunday jarayon suvni tayyorlash deb nomlanadi. 
 
SHunday qilib, texnik maqsadlarda ishlatiladigan suvlarni baholashda, 
Alfa geksoxloran siklogeksan ( GXSG) mkg/l 0,01 Mis (Cu) mg/l 0,001 Sintetik yuza aktiv moddalar (SYUAM) mg/l 0,1 Azot ammoniy (NH4+) mg/l 0,39 Nitrit (NO2-) mg/l 0,02 Nitrat (NO3-) mg/l 9,1 Natriy (Na+) mg/l 120 Kalsiy (Ca2+) mg/l 80 Magniy (Mg2+) mg/l 40 Kaliy (K+) mg/l 50 Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ichimlik maqsadida ishlatiladigan suvlar tarkibida sulfat ionlarining ruxsat etilgan me’yori 500 mg/l ni, xlorniki 350 mg/l ni, umumiy minerallashuv darajasi esa 1000 mg/l dan oshmasligi lozim. Oziq – ovqat sanoati tarmoqdarida suv turli xil texnologik maqsadlarda ishlatiladi. Bunda suvning sifatiga quyiladigan talablar ma’lum bir turdagi mahsulotni tayyorlashga mos bo‘lishi kerak. Masalan, shakar ishlab chiqarishda suvning chegara minerallashuv darajasi qancha kichik bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi. CHunki suvning tarkibida tuz miqdorining ko‘p bo‘lishi shakarni qaynatishni qiyinlashtiradi. Suvning kimyoviy tarkibiga eng yuqori talab isitish qozonxonalariga qo‘yiladi. Bunday sharoitda, birinchi navbatda, suvning qattiqligiga alohida e’tibor beriladi. Oldingi mavzularda aytib o‘tilganidek, tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy va magniy bo‘lgan suv qattiq suv deb ataladi. Qattiq suv bug‘ qozonni devorlarida ko‘p quyqa hosil qiladi. SHuning uchun ham bug‘ qozonxonalarida ishlatiladigan suvlar dastlab ulardagi cho‘kmalar hosil qiladigan moddalarni yo‘qotish maqsadida qayti ishlanadi. Bunday jarayon suvni tayyorlash deb nomlanadi. SHunday qilib, texnik maqsadlarda ishlatiladigan suvlarni baholashda,  
 
 
birinchi navbatda, ularning qattiqligi hisobga olinadi. Suvni qattiqligi bo‘yicha 
quyidagi guruhlarga ajratamiz (mmol ekv/l): 
 
- juda yumshoq (1,5 gacha); 
 
- yumshoq   (1,5 - 3,0); 
 
- o‘rtacha  (3,0 – 6,0); 
 
- qattiq  (6,0 – 10,0); 
 
- juda qattiq  (10 dan yuqori). 
 
Sanoatda qattiq suvlarni ishlatish ko‘pincha iqtisodiy zarar keltiradi. CHunki 
quvurlar devorlarida to‘planib qolgan quyqalar issiqliq o‘tkazishni kamaytiradi. Bu 
esa o‘z navbatida ko‘proq yoqilg‘i ishlatishni talab etadi. Masalan, 1 mm 
qalinlikdagi quyqalar yoqilg‘i sarfini 5 foizga ortishiga sabab bo‘ladi.  
Irrigatsiya maqsadlari uchun suvning yaroqliligini baholashda aniq 
me’yorni belgilash qiyin. CHunki suvning sifatidan tashqari sug‘oriladigan 
erlarning tuproq xususiyatlari, gidrogeologik sharoitlarini ham hisobga olish zarur 
bo‘ladi. Suvning sug‘orishga yaroqliligini baholashda mezon sifatida “irrigatsiya 
koeffitsienti” dan foydalaniladi. Ushbu koeffitsient Ki bilan belgilanadi. Uni 
hisoblash 
usullari 
I.N.Antipov-Karataev 
va 
G.M.Kader, 
M.F.Budanov, 
A.V.Mojayko, T.K.Vorotnik, X.Steblerlar kabi olimlar tomonidan tavsiya etilgan. 
Quyida Ki ni hisoblash usullari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Tadqiqotchilardan I.N.Antipov-Karataev va G.M.Kaderlar Ki = K1  deb qabul 
qilib, uni hisoblashda ionli almashinish ko‘rsatkichlaridan foydalanishni tavsiya 
etganlar. Ular tavsiya etgan usulda K1 quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: 
)
238
,
0
(
)
(
2
2
1
U
Na
Mg
Сa
К







, 
bu erda: Ca2+, Mg2+, Na+- suvdagi kationlar miqdorining ekvivalent qiymatlari; ∑U 
- umumiy minerallashuv darajasi, g/l. Agar K1 ≤ 1,0 sharti bajarilsa, suv sug‘orishga 
yaroqli, aksincha, ya’ni K1>1,0 bo‘lganda, sug‘orishga yaroqsiz hisoblanadi. 
Suvning sifatini irrigatsiya maqsadlarida baholashda A.V.Mojayko va 
T.K.Vorotnik Na+ va K+ ionlarining umumiy kationlar yig‘indisiga nisbatining 
foizlarda ifodalangan qiymati bo‘yicha aniqlashni tavsiya etadilar. Bu kattalik, ya’ni  
K2 quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
birinchi navbatda, ularning qattiqligi hisobga olinadi. Suvni qattiqligi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratamiz (mmol ekv/l): - juda yumshoq (1,5 gacha); - yumshoq (1,5 - 3,0); - o‘rtacha (3,0 – 6,0); - qattiq (6,0 – 10,0); - juda qattiq (10 dan yuqori). Sanoatda qattiq suvlarni ishlatish ko‘pincha iqtisodiy zarar keltiradi. CHunki quvurlar devorlarida to‘planib qolgan quyqalar issiqliq o‘tkazishni kamaytiradi. Bu esa o‘z navbatida ko‘proq yoqilg‘i ishlatishni talab etadi. Masalan, 1 mm qalinlikdagi quyqalar yoqilg‘i sarfini 5 foizga ortishiga sabab bo‘ladi. Irrigatsiya maqsadlari uchun suvning yaroqliligini baholashda aniq me’yorni belgilash qiyin. CHunki suvning sifatidan tashqari sug‘oriladigan erlarning tuproq xususiyatlari, gidrogeologik sharoitlarini ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Suvning sug‘orishga yaroqliligini baholashda mezon sifatida “irrigatsiya koeffitsienti” dan foydalaniladi. Ushbu koeffitsient Ki bilan belgilanadi. Uni hisoblash usullari I.N.Antipov-Karataev va G.M.Kader, M.F.Budanov, A.V.Mojayko, T.K.Vorotnik, X.Steblerlar kabi olimlar tomonidan tavsiya etilgan. Quyida Ki ni hisoblash usullari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Tadqiqotchilardan I.N.Antipov-Karataev va G.M.Kaderlar Ki = K1 deb qabul qilib, uni hisoblashda ionli almashinish ko‘rsatkichlaridan foydalanishni tavsiya etganlar. Ular tavsiya etgan usulda K1 quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: ) 238 , 0 ( ) ( 2 2 1 U Na Mg Сa К        , bu erda: Ca2+, Mg2+, Na+- suvdagi kationlar miqdorining ekvivalent qiymatlari; ∑U - umumiy minerallashuv darajasi, g/l. Agar K1 ≤ 1,0 sharti bajarilsa, suv sug‘orishga yaroqli, aksincha, ya’ni K1>1,0 bo‘lganda, sug‘orishga yaroqsiz hisoblanadi. Suvning sifatini irrigatsiya maqsadlarida baholashda A.V.Mojayko va T.K.Vorotnik Na+ va K+ ionlarining umumiy kationlar yig‘indisiga nisbatining foizlarda ifodalangan qiymati bo‘yicha aniqlashni tavsiya etadilar. Bu kattalik, ya’ni K2 quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:  
 
 
)
(
100
)
(
2
2
2












K
Na
Mg
Ca
K
Na
К
. 
 
Agar hisoblashlar natijasida K2>75 %  sharti bajarilsa, suv sug‘orish uchun 
juda xavfli, K2 = 66÷75% bo‘lsa, sug‘orish uchun xavflidir. Faqat K2<66% sharti 
bajarilgandagina, sug‘orishga olingan suv shu maqsadlarda foydalanilganda xavfsiz 
hisoblanadi. 
Suvning 
sug‘orishga 
yaroqliligini 
baholashda 
M.F.Budanov 
uning 
minerallashuv darajasiga, qattiqligiga, natriy miqdorining kalsiy va magniyning 
yig‘indisiga bo‘lgan nisbatiga bog‘liq holda hisoblashni tavsiya etadi. Bu 
koeffitsientni shartli ravishda K3 deb qabul qilamiz. Uni hisoblash ishlari quyidagi 
ifoda bilan amalga oshiriladi: 
)
(
2
2
3





Mg
Ca
Na
К
. 
 
Agar K3≤0,7 sharti bajarilsa, ekin maydonida sho‘rlanish kuzatilmaydi, 
aksincha, ya’ni K3>0,7 bo‘lganda, sug‘orishga olingan suv ekin maydonining qayta 
sho‘rlanishiga olib keladi. 
Suvning sifatini irrigatsiya maqsadlarida foydalanish uchun aniqlashning 
yana bir usuli X.Stebler tomonidan taklif etilgan. Bu usulda suvning sifatini 
baholash uchun ishqoriylik koeffitsienti deb ataluvchi kattalik tavsiya qilinadi. Bu 
koeffitsientning qiymati ionlarning ekvivalent miqdorlariga bog‘liq holda, quyidagi 
ifoda bilan aniqlanadi: 
)
4
(
288
4





Cl
Na
К
. 
 
Agar ishqoriylik koeffitsienti K4 > 18 bo‘lsa, suvning sifati yaxshi,  K4 =18÷6 
oralig‘ida bo‘lsa, suvning sifati qoniqarli, K4 = 5,9÷1,2 oraliqlarda esa, suvning 
sifati qoniqarsiz, K4  1,2 bo‘lsa, suvning sifati yomon bo‘ladi. 
Bundan tashqari suvning sug‘orishga yaroqliligini ifodalovchi ishqorlanish 
koeffitsientini AQSH lik olimlar natriyli adsorbsion nisbat (SAR) orqali hisoblashni 
tavsiya qilganlar. Ma’lumki, suvda natriy ko‘p bo‘lsa, tuproqning sho‘rlanishiga olib 
keladi. Bu kattalik quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: 
2
2
2





Mg
Ca
Na
SAR
, 
) ( 100 ) ( 2 2 2             K Na Mg Ca K Na К . Agar hisoblashlar natijasida K2>75 % sharti bajarilsa, suv sug‘orish uchun juda xavfli, K2 = 66÷75% bo‘lsa, sug‘orish uchun xavflidir. Faqat K2<66% sharti bajarilgandagina, sug‘orishga olingan suv shu maqsadlarda foydalanilganda xavfsiz hisoblanadi. Suvning sug‘orishga yaroqliligini baholashda M.F.Budanov uning minerallashuv darajasiga, qattiqligiga, natriy miqdorining kalsiy va magniyning yig‘indisiga bo‘lgan nisbatiga bog‘liq holda hisoblashni tavsiya etadi. Bu koeffitsientni shartli ravishda K3 deb qabul qilamiz. Uni hisoblash ishlari quyidagi ifoda bilan amalga oshiriladi: ) ( 2 2 3      Mg Ca Na К . Agar K3≤0,7 sharti bajarilsa, ekin maydonida sho‘rlanish kuzatilmaydi, aksincha, ya’ni K3>0,7 bo‘lganda, sug‘orishga olingan suv ekin maydonining qayta sho‘rlanishiga olib keladi. Suvning sifatini irrigatsiya maqsadlarida foydalanish uchun aniqlashning yana bir usuli X.Stebler tomonidan taklif etilgan. Bu usulda suvning sifatini baholash uchun ishqoriylik koeffitsienti deb ataluvchi kattalik tavsiya qilinadi. Bu koeffitsientning qiymati ionlarning ekvivalent miqdorlariga bog‘liq holda, quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: ) 4 ( 288 4      Cl Na К . Agar ishqoriylik koeffitsienti K4 > 18 bo‘lsa, suvning sifati yaxshi, K4 =18÷6 oralig‘ida bo‘lsa, suvning sifati qoniqarli, K4 = 5,9÷1,2 oraliqlarda esa, suvning sifati qoniqarsiz, K4  1,2 bo‘lsa, suvning sifati yomon bo‘ladi. Bundan tashqari suvning sug‘orishga yaroqliligini ifodalovchi ishqorlanish koeffitsientini AQSH lik olimlar natriyli adsorbsion nisbat (SAR) orqali hisoblashni tavsiya qilganlar. Ma’lumki, suvda natriy ko‘p bo‘lsa, tuproqning sho‘rlanishiga olib keladi. Bu kattalik quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: 2 2 2      Mg Ca Na SAR ,  
 
 
Agar SAR<10 sharti bajarilsa, bunday suv sug‘orish uchun yaxshi deb, SAR 
= 11÷20 oralig‘ida bo‘lsa, sug‘orish uchun qoniqarli deb, SAR>20 bo‘lganda esa, 
bunday   suv   sug‘orish uchun yaroqsiz deb hisoblanadi. 
O‘rta Osiyo Irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti (SANIIRI) olimlari suvning 
sug‘orish uchun yaroqliligini soda hosil qilish koeffitsienti “Ks” orqali ifodalashni 
tavsiya etganlar. Bu koeffitsient quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 





2
2
3
Mg
Ca
HCO
Кс
 . 
Agar Ks<1,25 sharti bajarilsa, suv sug‘orish uchun xavfsiz deb, Ks = 1,25÷2,50 
oralig‘ida bo‘lsa, sug‘orish uchun yaroqli deb, Ks>2,50 sharti bajarilganda esa, 
sug‘orish uchun yaroqsiz deb qabul qilinadi.  
 
Sinov savollari va topshiriqlar: 
1. Ichimlik maqsadlarida foydalaniladigan suvlarga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
2. Texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan suvlarga qanday talablar qo‘yiladi? 
3. Irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladigan suvlarga qo‘yiladigan talablarni 
bilasizmi? 
4. “Irrigatsiya koeffitsienti” nima? 
5. Irrigatsiya koeffitsientini hisoblashning qanday usullari bor? 
 
Agar SAR<10 sharti bajarilsa, bunday suv sug‘orish uchun yaxshi deb, SAR = 11÷20 oralig‘ida bo‘lsa, sug‘orish uchun qoniqarli deb, SAR>20 bo‘lganda esa, bunday suv sug‘orish uchun yaroqsiz deb hisoblanadi. O‘rta Osiyo Irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti (SANIIRI) olimlari suvning sug‘orish uchun yaroqliligini soda hosil qilish koeffitsienti “Ks” orqali ifodalashni tavsiya etganlar. Bu koeffitsient quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:      2 2 3 Mg Ca HCO Кс . Agar Ks<1,25 sharti bajarilsa, suv sug‘orish uchun xavfsiz deb, Ks = 1,25÷2,50 oralig‘ida bo‘lsa, sug‘orish uchun yaroqli deb, Ks>2,50 sharti bajarilganda esa, sug‘orish uchun yaroqsiz deb qabul qilinadi. Sinov savollari va topshiriqlar: 1. Ichimlik maqsadlarida foydalaniladigan suvlarga qanday talablar qo‘yiladi? 2. Texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan suvlarga qanday talablar qo‘yiladi? 3. Irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladigan suvlarga qo‘yiladigan talablarni bilasizmi? 4. “Irrigatsiya koeffitsienti” nima? 5. Irrigatsiya koeffitsientini hisoblashning qanday usullari bor?