TABIAT KOMPLEKSLARI VA ULARNING BARQARORLIGI (Landshaft va uning tuzilishi, Loyihalash ishlarida landshaft tahlili)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

1,3 MB


 
 
 
 
 
 
TABIAT KOMPLEKSLARI VA ULARNING BARQARORLIGI 
 
 
Reja:  
1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha 
2. Landshaft va uning tuzilishi 
3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili  
4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish 
5. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishi 
 
 
Mazkur mavzuda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: tabiat komponentlari, 
tabiat komplekslari, landshaftlar, joy, maydon, fatsiya, landshaft tahlili, tabiat 
komplekslarining barqarorligi.  
 
Yer sharida tabiatni tashkil etuvchi komponentlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq. 
Shunga ko’ra, turli kattalikdagi maydonlarni egallagan geografik komplekslar 
vujudga kelgani sizga quyi sinflardan ma’lum. Bir xil tabiiy sharoitga ega bo’lgan 
hududlarni birlashtiruvchi tabiat komplekslarini ilmiy-amaliy jihatdan o’rganish 
muhimdir. Ularning o’zgaruvchanligi, rivojlanishi, tabiiy boyliklarning joylashuvi, 
mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish xalq xo’jaligini rivojlantirishda 
ulardan foydalanishning samarali yo’llarini ochib beradi. Har bir tabiat kompleksi 
ma’lum darajada barqarordir. Bu xususiyat qishloq xo’jalik ishlarida hisobga olinishi 
muhim ahamiyatga ega. Bu kabi masalalarni mavzuni o’rganish va tahlil qilish 
davomida bilib olasiz. 
1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha 
 
Sizga ma’lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu 
tarkibiy qismlar tog’ jinslaridan (litosfera), suvdan (gidrosfera), havodan (atmosfera) 
va tirik organizmlar (biosfera)dan iborat. 
TABIAT KOMPLEKSLARI VA ULARNING BARQARORLIGI Reja: 1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha 2. Landshaft va uning tuzilishi 3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili 4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish 5. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishi Mazkur mavzuda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: tabiat komponentlari, tabiat komplekslari, landshaftlar, joy, maydon, fatsiya, landshaft tahlili, tabiat komplekslarining barqarorligi. Yer sharida tabiatni tashkil etuvchi komponentlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Shunga ko’ra, turli kattalikdagi maydonlarni egallagan geografik komplekslar vujudga kelgani sizga quyi sinflardan ma’lum. Bir xil tabiiy sharoitga ega bo’lgan hududlarni birlashtiruvchi tabiat komplekslarini ilmiy-amaliy jihatdan o’rganish muhimdir. Ularning o’zgaruvchanligi, rivojlanishi, tabiiy boyliklarning joylashuvi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish xalq xo’jaligini rivojlantirishda ulardan foydalanishning samarali yo’llarini ochib beradi. Har bir tabiat kompleksi ma’lum darajada barqarordir. Bu xususiyat qishloq xo’jalik ishlarida hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu kabi masalalarni mavzuni o’rganish va tahlil qilish davomida bilib olasiz. 1. Tabiat komplekslari haqida tushuncha Sizga ma’lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlar tog’ jinslaridan (litosfera), suvdan (gidrosfera), havodan (atmosfera) va tirik organizmlar (biosfera)dan iborat.  
 
 
Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o’zaro ta’sirda va o’zaro 
munosabatda bo’ladi, natijada yer yuzasining turli tabiiy sharoitiga ega bo’lgan 
hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko’rinishi, o’lchamlari 
va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho’l, o’rmon, dasht, botqoq, 
muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi. 
 
Shuning uchun ham bizni o’rab turgan tabiiy muhit juda xilma-xildir. Siz 
yashab turgan joyning o’zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish 
mumkin: o’rmon, balandlik, jarlik, yonbag’ir, qumli do’ng, vodiy, botiq va h.k. 
Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. 
Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq va quruq bo’lishi 
mumkin.  
 
Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi va munosabati tasodifiy 
emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq davrlar 
mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o’rtasida juda mustahkam aloqa va 
o’zaro ta’sir mavjud. Masalan, O’rta Osiyodagi cho’llarning pastqam sho’rxok 
joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o’sadi. Tabiat 
komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun yaxlit tizimga 
birlashtiradi. Mazkur tizimning barcha qismi bir-biri bilan chambarchas bog’langan, 
uning bir qismi o’zgarsa, boshqa qismi ham o’zgaradi. Masalan, botqoq quritiladigan 
bo’lsa, mazkur joydagi tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit 
ham o’zgaradi.  
 
Tabiat komponentlarining o’zaro aloqasi va ta’siri oqibatida yer yuzasida turli 
xil tabiat komplekslari vujudga keladi. “Kompleks” so’zi lotincha bo’lib, 
“uyg’unlik” degan ma’noni beradi.  
 
Har bir tabiiy kompleks ma’lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi. 
Shuning uchun ular tabiiy-hududiy komplekslar, qisqa qilib tabiiy komplekslar 
(geokomplekslar) deb ataladi. 
 
Tabiat kompleksi deb, Yer yuzining tabiat komponentlarining o’zaro 
murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatining xususiyatlariga ko’ra 
boshqa joylardan farq qiladigan qismlariga aytiladi.  
Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o’zaro ta’sirda va o’zaro munosabatda bo’ladi, natijada yer yuzasining turli tabiiy sharoitiga ega bo’lgan hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko’rinishi, o’lchamlari va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho’l, o’rmon, dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi. Shuning uchun ham bizni o’rab turgan tabiiy muhit juda xilma-xildir. Siz yashab turgan joyning o’zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o’rmon, balandlik, jarlik, yonbag’ir, qumli do’ng, vodiy, botiq va h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq va quruq bo’lishi mumkin. Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi va munosabati tasodifiy emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o’rtasida juda mustahkam aloqa va o’zaro ta’sir mavjud. Masalan, O’rta Osiyodagi cho’llarning pastqam sho’rxok joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o’sadi. Tabiat komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun yaxlit tizimga birlashtiradi. Mazkur tizimning barcha qismi bir-biri bilan chambarchas bog’langan, uning bir qismi o’zgarsa, boshqa qismi ham o’zgaradi. Masalan, botqoq quritiladigan bo’lsa, mazkur joydagi tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit ham o’zgaradi. Tabiat komponentlarining o’zaro aloqasi va ta’siri oqibatida yer yuzasida turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi. “Kompleks” so’zi lotincha bo’lib, “uyg’unlik” degan ma’noni beradi. Har bir tabiiy kompleks ma’lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi. Shuning uchun ular tabiiy-hududiy komplekslar, qisqa qilib tabiiy komplekslar (geokomplekslar) deb ataladi. Tabiat kompleksi deb, Yer yuzining tabiat komponentlarining o’zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatining xususiyatlariga ko’ra boshqa joylardan farq qiladigan qismlariga aytiladi.  
 
 
Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo’ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari, 
geografik mintaqalar, materiklar, okeanlar tabiiy-hududiy kompleks bo’lib 
hisoblanadi.  
 
Eng katta tabiiy kompleks geografik qobiq hisoblanadi. Geografik qobiq o’z 
navbatida Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa 
materiklarga bo’linadi. Okean va materiklar geografik mintaqalarga hamda tabiat 
zonalariga, tabiat zonalari esa landshaftlarga bo’linadi. Tabiiy geografiya fanining 
o’rganish obyekti – landshaftdir.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                12- rasm. Tabiat kompleksining bo’linishi 
2. Landshaft va uning tuzilishi 
 
 
“Landshaft” nemischa so’z bo’lib, “joy” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi 
paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi.  
 
Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. 
Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, cho’l va h.k. 
Geogradik qobiq 
Quruqlik 
Materiklar 
Subkontinentlar 
Tabiiy geografik 
o’lkalar 
Geografik 
landshaftlar 
Okeanlar 
Nabiiy geografik 
rayonlar 
Suvlik 
Okeanlarning 
Dengizlar 
Qo’ltiqlar, 
bo’q’ozlar 
Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo’ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari, geografik mintaqalar, materiklar, okeanlar tabiiy-hududiy kompleks bo’lib hisoblanadi. Eng katta tabiiy kompleks geografik qobiq hisoblanadi. Geografik qobiq o’z navbatida Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa materiklarga bo’linadi. Okean va materiklar geografik mintaqalarga hamda tabiat zonalariga, tabiat zonalari esa landshaftlarga bo’linadi. Tabiiy geografiya fanining o’rganish obyekti – landshaftdir. 12- rasm. Tabiat kompleksining bo’linishi 2. Landshaft va uning tuzilishi “Landshaft” nemischa so’z bo’lib, “joy” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, cho’l va h.k. Geogradik qobiq Quruqlik Materiklar Subkontinentlar Tabiiy geografik o’lkalar Geografik landshaftlar Okeanlar Nabiiy geografik rayonlar Suvlik Okeanlarning Dengizlar Qo’ltiqlar, bo’q’ozlar  
 
 
Tor ma’noda landshaft – yer yuzasidagi chegaralari bilan ajralib turuvchi 
joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko’ra bir butunligi, geologik 
tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan 
ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, 
taqirli, sho’rxokli landshaftlar, tog’lardagi yaylov, o’rmon, vodiy landshaftlari shular 
jumlasidandir.  
 
Odatda landshaftlar tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi.  Tabiiy 
landshaft – faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan 
landshaftdir. Unga inson faoliyati ta’sir etmagan bo’ladi. Masalan, Chotqol biosfera 
qo’riqxonasida archazorlar shular jumlasiga kiradi.  
Antopogen landshaft – tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va 
shakllanayotgan landshaft -  
dir.                  
Bunga 
inson 
faoliyati        
ta’sirida 
vujudga 
kelgan 
landshaftlar kiradi.   
Tabiatning 
barcha 
komponentlari va landshaftlar 
 13-rasm. 
Tadiiy 
landshaft Archazor       u yoki 
bu darajada inson ta’sirida 
bo’ladi. Fan-texnika inqilobi 
sharoitida insonning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Mazkur landshaftlar 
insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida shakllanadi, ammo tabiiy xususiyatlarini saqlab 
qoladi va tabiat qonunlariga bo’ysunadi. 
 
Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo’linadi: qishloq xo’jalik yoki 
agrolandshaftlar (ekinzorlar, bog’lar, yaylovlar); suv yoki landshaftlar (kanallar, 
hovuzlar, suv omborlari); shahar yoki seliteb landshaftlar (shaharlar, qishloqlar); 
sanoat landshaftlar (zavodlar, shaxtalar, chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo’llar va 
h.k.). 
 
Landshaftlar joy, maydon va fatsiyadan tuzilgan bo’lib, uning eng kichik 
birligi fatsiyadan iboratdir.  
Tor ma’noda landshaft – yer yuzasidagi chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko’ra bir butunligi, geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, sho’rxokli landshaftlar, tog’lardagi yaylov, o’rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir. Odatda landshaftlar tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy landshaft – faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faoliyati ta’sir etmagan bo’ladi. Masalan, Chotqol biosfera qo’riqxonasida archazorlar shular jumlasiga kiradi. Antopogen landshaft – tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va shakllanayotgan landshaft - dir. Bunga inson faoliyati ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi. Tabiatning barcha komponentlari va landshaftlar 13-rasm. Tadiiy landshaft Archazor u yoki bu darajada inson ta’sirida bo’ladi. Fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Mazkur landshaftlar insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida shakllanadi, ammo tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tabiat qonunlariga bo’ysunadi. Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo’linadi: qishloq xo’jalik yoki agrolandshaftlar (ekinzorlar, bog’lar, yaylovlar); suv yoki landshaftlar (kanallar, hovuzlar, suv omborlari); shahar yoki seliteb landshaftlar (shaharlar, qishloqlar); sanoat landshaftlar (zavodlar, shaxtalar, chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo’llar va h.k.). Landshaftlar joy, maydon va fatsiyadan tuzilgan bo’lib, uning eng kichik birligi fatsiyadan iboratdir.  
 
Fatsiya – bir xil tog’ jinslariga, 
relyefga, 
tuproqqa, 
namlikka, 
mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot 
dunyosiga ega bo’lgan eng kichik 
tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, 
qayir fatsiyasi, o’zan fatsiyasi, toshli 
qayir, 
gilli 
qayir, 
qumli 
qayir 
fatsiyalari.  
 
Maydon 
(urochisha) 
– 
fatsiyalar tizimidan iborat tabiiy 
hududiy kompleksdir. Demak, maydon hudud jihatdan katta bo’lib, bir necha             
fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan botiqdagi sho’r va sho’rxoklar; oq saksovulli tekis 
qumlar; do’ngli qumlar va h.k.                              14-rasm. Antropogen landshaft. 
Raryer 
Joy – maydonlar majmuasidan iborat bo’lgan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, 
yoyilmalarning yuqori, o’rta va quyi qismlari, tog’larning suvayirg’ichi, 
yonbag’irlari va h.k.  
 
Ma’lum bir hududdagi joylar yig’indisi landshaftni tashkil qiladi. Masalan, 
cho’l landshafti – qumli, gilli, toshli, taqirli joylardan iborat. Demak, landshaft – 
joylar majmuasidan, joylar – maydonlar majmuasidan, maydonlar esa fatsiyalar 
majmuasidan iborat. Yoki landshaftlar – joylarga, joylar – maydonlarga, maydonlar 
– fatsiyalarga bo’linar ekan.  
                    
3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili  
 
 
Hozirgi paytda shaharsozlik, suv inshootlari, sanoat korxonalari va boshqa 
yirik inshootlarni loyihalashda landshaft tahlili qo’llanilmoqda. Landshaft tahlili 
muhandislik inshootlarini to’g’ri joylashtirishga, tabiatda sodir bo’ladigan noxush 
hodisalarning oldini olishga imkon beradi.  
 
Landshaft tahlili usuli deganda landshftlarning xossa va xususiyatlarini, 
tuzilishini, rivojlanishini, vujudga kelish tarixini, unda ro’y beradigan jarayonlarni 
o’rganish uchun qo’llaniladigan usullar majO’muasi tushuniladi. 
Fatsiya – bir xil tog’ jinslariga, relyefga, tuproqqa, namlikka, mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ega bo’lgan eng kichik tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, qayir fatsiyasi, o’zan fatsiyasi, toshli qayir, gilli qayir, qumli qayir fatsiyalari. Maydon (urochisha) – fatsiyalar tizimidan iborat tabiiy hududiy kompleksdir. Demak, maydon hudud jihatdan katta bo’lib, bir necha fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan botiqdagi sho’r va sho’rxoklar; oq saksovulli tekis qumlar; do’ngli qumlar va h.k. 14-rasm. Antropogen landshaft. Raryer Joy – maydonlar majmuasidan iborat bo’lgan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, yoyilmalarning yuqori, o’rta va quyi qismlari, tog’larning suvayirg’ichi, yonbag’irlari va h.k. Ma’lum bir hududdagi joylar yig’indisi landshaftni tashkil qiladi. Masalan, cho’l landshafti – qumli, gilli, toshli, taqirli joylardan iborat. Demak, landshaft – joylar majmuasidan, joylar – maydonlar majmuasidan, maydonlar esa fatsiyalar majmuasidan iborat. Yoki landshaftlar – joylarga, joylar – maydonlarga, maydonlar – fatsiyalarga bo’linar ekan. 3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili Hozirgi paytda shaharsozlik, suv inshootlari, sanoat korxonalari va boshqa yirik inshootlarni loyihalashda landshaft tahlili qo’llanilmoqda. Landshaft tahlili muhandislik inshootlarini to’g’ri joylashtirishga, tabiatda sodir bo’ladigan noxush hodisalarning oldini olishga imkon beradi. Landshaft tahlili usuli deganda landshftlarning xossa va xususiyatlarini, tuzilishini, rivojlanishini, vujudga kelish tarixini, unda ro’y beradigan jarayonlarni o’rganish uchun qo’llaniladigan usullar majO’muasi tushuniladi.  
 
 
Landshaft tahlili usuli landshaftning ikki tarkibiy qismi bo’lgan tabiiy va 
antropogen qismlarini tadqiq qilish va xaritalashni o’z ichiga oladi. Landshaft tahlili 
tabiiy sharoitining o’zgarishini baholash va bashoratlash uchun asos bo’ladi.  
 
Landshaft tahlili usuli tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda yangi yerlarni 
o’zlashtirish va sug’orish hamda zovur tarmoqlarini, sanoat korxonalarini, shahar 
qurilishini loyihalashda qo’llaniladi.  
 
Tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda landshaft tahlili quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi.  
 
O’rganilayotgan hududning landshaft xaritasi tahlil qilinib, unda qanday 
landshaft turlari (tabiiy va antropogen) tarqalganligi aniqlanadi. Xaritadan hududda 
tarqalgan asosiy relyef shakllari, tuproq turlari, o’simlik qoplami, sug’oriladigan, 
sug’orilmaydigan yerlar, yaylovlar, daryo terrasalari, sanoat korxonalari, suv 
inshootlari aniqlanadi. Muhandislik inshootlari va antropogen landshaftlarning 
qanday relyef shakllarida tarqalganligi tahlil qilinadi. Masalan, sholizorlar daryo 
qayirlarida, paxtazorlar yuqori terrasalarda, yaylovlar cho’llarda yoki tog’ 
yonbag’irlarida joylashgan va h.k.  
 
Hududni yirik masshtabli landshaft xaritalari yordamida o’rganish ko’pincha 
fatsiyalar xaritasini o’rganish orqali amalga oshiriladi (1:2500 – 1:50000). 
 
Sizga ma’lumki, fatsiyalar bir mikrorelyefga, geologik tuzulishiga, tuproq 
turiga, yer osti va yer usti suvlariga, mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot dunyosiga 
ega bo’lgan eng kichik tabiiy hududiy komplekslardir.  
 
Fatsiyalar xaritasining tahlili natijasida hududda qanday tuproq va o’simlik 
qoplami, qanday tog’ jinslari va qanday relyef shakllari tarqalganligi aniqlanadi. 
Masalan, daryoning qayirida asosan shag’al toshlar, qumlar tarqalgan bo’ladi, tuproq 
qoplami yupqa yoki yo’q darajada, terrasa yuzalarida esa lyoss va jinslar tarqalgan, 
tuproq qoplami qalin, pqstqam joylarida yer osti suvlari sathi baland, shuning uchun 
bunday yerlarda botqoqliklar ko’proq tarqalgan bo’ladi.  
 
Hududning tabiiy sharoiti va resurslarni o’rta va mayday masshtabli landshaft 
xaritalari yordamida ham o’rganish mumkin. Bunday landshaft xaritalari asosida yer, 
o’simlik, yaylov, o’rmon, tuproq va hayvonot resurslari haqida ma’lumotlar olinadi.  
 
Yangi yerlarni o’zlashtirish va ularni sug’orishga tayyorlash loyihasini 
tuzatayotganda relyef va yer osti suvlarining harakat yo’nalishi va ularning 
Landshaft tahlili usuli landshaftning ikki tarkibiy qismi bo’lgan tabiiy va antropogen qismlarini tadqiq qilish va xaritalashni o’z ichiga oladi. Landshaft tahlili tabiiy sharoitining o’zgarishini baholash va bashoratlash uchun asos bo’ladi. Landshaft tahlili usuli tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’orish hamda zovur tarmoqlarini, sanoat korxonalarini, shahar qurilishini loyihalashda qo’llaniladi. Tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda landshaft tahlili quyidagi tartibda amalga oshiriladi. O’rganilayotgan hududning landshaft xaritasi tahlil qilinib, unda qanday landshaft turlari (tabiiy va antropogen) tarqalganligi aniqlanadi. Xaritadan hududda tarqalgan asosiy relyef shakllari, tuproq turlari, o’simlik qoplami, sug’oriladigan, sug’orilmaydigan yerlar, yaylovlar, daryo terrasalari, sanoat korxonalari, suv inshootlari aniqlanadi. Muhandislik inshootlari va antropogen landshaftlarning qanday relyef shakllarida tarqalganligi tahlil qilinadi. Masalan, sholizorlar daryo qayirlarida, paxtazorlar yuqori terrasalarda, yaylovlar cho’llarda yoki tog’ yonbag’irlarida joylashgan va h.k. Hududni yirik masshtabli landshaft xaritalari yordamida o’rganish ko’pincha fatsiyalar xaritasini o’rganish orqali amalga oshiriladi (1:2500 – 1:50000). Sizga ma’lumki, fatsiyalar bir mikrorelyefga, geologik tuzulishiga, tuproq turiga, yer osti va yer usti suvlariga, mikroiqlimga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ega bo’lgan eng kichik tabiiy hududiy komplekslardir. Fatsiyalar xaritasining tahlili natijasida hududda qanday tuproq va o’simlik qoplami, qanday tog’ jinslari va qanday relyef shakllari tarqalganligi aniqlanadi. Masalan, daryoning qayirida asosan shag’al toshlar, qumlar tarqalgan bo’ladi, tuproq qoplami yupqa yoki yo’q darajada, terrasa yuzalarida esa lyoss va jinslar tarqalgan, tuproq qoplami qalin, pqstqam joylarida yer osti suvlari sathi baland, shuning uchun bunday yerlarda botqoqliklar ko’proq tarqalgan bo’ladi. Hududning tabiiy sharoiti va resurslarni o’rta va mayday masshtabli landshaft xaritalari yordamida ham o’rganish mumkin. Bunday landshaft xaritalari asosida yer, o’simlik, yaylov, o’rmon, tuproq va hayvonot resurslari haqida ma’lumotlar olinadi. Yangi yerlarni o’zlashtirish va ularni sug’orishga tayyorlash loyihasini tuzatayotganda relyef va yer osti suvlarining harakat yo’nalishi va ularning  
 
to’planish hududlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, XX asrning 60-
yillarida Tojikistondagi Zafarobod tumanida Mirzacho’lning janubiy qismidagi 
prolyuvial tekislikning yuqori qismida 15 ming gektar yer o’zlashtirilib, sug’orila 
boshlandi. Oqibatda prolyuvial quyi qismida joylashgan O’zbekistonning 50 ming 
gektar yer osti suvlari sathi ko’tarilib, tuproqlarni sho’r bosdi. Chunki, prolyuvial 
tekislikda yer osti suvlarining gorizontal (yotiq) harakati kuchli bo’lishi tufayli 
Zafarobod tumanida sug’orish boshlanishi bilan tuproqqa shimilgan suvlar 
prolyuvial tekislikning etak qismlari tomon harakat qilgan. Oqibatda yer osti suvlari 
sathi ko’tarilib, Mirzacho’lning avvaldan sug’orib kelinayotgan yerlarida katta 
hududni sho’r bosishiga olib kelgan.  
 
Sug’orish va zovur tarmoqlarini loyihalashda landshaft tahlilini amalga 
oshirish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi: hududning relyefi chuqur tahlil 
qilinadi, sug’orish tarmoqlari hududning baland joylaridan, zovur tarmoqlarini esa 
pastqam joylaridan o’tkazish loyihalashtiriladi. Chunki pastqam joylarda yer osti 
suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo’ladi. Shuning uchun bunday joylardan kollektor-
zovur tarmoqlari o’tkazilganda yer osti suvlari tez pasayadi va sho’rlanishning oldi 
olinadi.  
 
Sanoat korxonalarini joylashtirishda juda ko’p omillarni hisobga olish lozim. 
Sanoat korxonasi qanday mahsulot ishlab chiqaradi, atrof-muhitga qanday zararli 
moddalar tarqatadi va h.k. Atmosferaga ko’proq ifloslovchi moddalarni 
chiqaradigan sanoat korxonalarini loyihalashtirishda relyef, doimiy shamollar 
yo’nalishi, aholi manzilgohlarining joylashishi va boshqa omillar hisobga olinishi 
zarur. Atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar tez tarqalib ketishi uchun korxona 
balandroq joyga qurilgani ma’qul. 
 
Sanoat korxonasini qurishda doimiy shamollar yo’nalishini hisobga olish 
muhim hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston chegarasidan 25 km uzoqlikda joylashgan 
Tojikiston hududidagi alumin zavodini qurishda shamollar yo’nalishi hisobga 
olinmagan. Natijada, bu zavoddan chiqayotgan zararli chiqindilar Surxondaryo 
viloyatining Sariosiyo, Denov tumanlariga shamol ta’sirida uchib kelgan, ekologik 
vaziyatni keskinlashtirib yuborgan. 
to’planish hududlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, XX asrning 60- yillarida Tojikistondagi Zafarobod tumanida Mirzacho’lning janubiy qismidagi prolyuvial tekislikning yuqori qismida 15 ming gektar yer o’zlashtirilib, sug’orila boshlandi. Oqibatda prolyuvial quyi qismida joylashgan O’zbekistonning 50 ming gektar yer osti suvlari sathi ko’tarilib, tuproqlarni sho’r bosdi. Chunki, prolyuvial tekislikda yer osti suvlarining gorizontal (yotiq) harakati kuchli bo’lishi tufayli Zafarobod tumanida sug’orish boshlanishi bilan tuproqqa shimilgan suvlar prolyuvial tekislikning etak qismlari tomon harakat qilgan. Oqibatda yer osti suvlari sathi ko’tarilib, Mirzacho’lning avvaldan sug’orib kelinayotgan yerlarida katta hududni sho’r bosishiga olib kelgan. Sug’orish va zovur tarmoqlarini loyihalashda landshaft tahlilini amalga oshirish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi: hududning relyefi chuqur tahlil qilinadi, sug’orish tarmoqlari hududning baland joylaridan, zovur tarmoqlarini esa pastqam joylaridan o’tkazish loyihalashtiriladi. Chunki pastqam joylarda yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo’ladi. Shuning uchun bunday joylardan kollektor- zovur tarmoqlari o’tkazilganda yer osti suvlari tez pasayadi va sho’rlanishning oldi olinadi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda juda ko’p omillarni hisobga olish lozim. Sanoat korxonasi qanday mahsulot ishlab chiqaradi, atrof-muhitga qanday zararli moddalar tarqatadi va h.k. Atmosferaga ko’proq ifloslovchi moddalarni chiqaradigan sanoat korxonalarini loyihalashtirishda relyef, doimiy shamollar yo’nalishi, aholi manzilgohlarining joylashishi va boshqa omillar hisobga olinishi zarur. Atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar tez tarqalib ketishi uchun korxona balandroq joyga qurilgani ma’qul. Sanoat korxonasini qurishda doimiy shamollar yo’nalishini hisobga olish muhim hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston chegarasidan 25 km uzoqlikda joylashgan Tojikiston hududidagi alumin zavodini qurishda shamollar yo’nalishi hisobga olinmagan. Natijada, bu zavoddan chiqayotgan zararli chiqindilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov tumanlariga shamol ta’sirida uchib kelgan, ekologik vaziyatni keskinlashtirib yuborgan.  
 
 
Shaharsozlik loyihalarini tuzishda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim: 
hududning geologic tuzilishi, gidrogeologik sharoiti va relyefi, foydali 
qazilmalarning joylashishi va h.k. 
 
Shahar yoki qishloq qurilishidan avval hududning geologic tuzilishi chuqur 
tahlil qilinishi lozim. Shaharning asosi mustahkam bo’lishi zarurr. Agar 
inshootlarning asosi g’ovak, yumshoq va suvda erib ketadigan tog’ jinslaridan iborat 
bo’lsa, bino qurilganidan so’ng ular o’pirilishlar, cho’kishlar natijasida ishdan 
chiqishi mumkin. Mabodo, shahar asosi suv tekkanda shishib ketadigan gillardan 
iborat bo’lsa, binolarda yoriqlar paydo bo’lib, yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. 
Masalan, Zarafshon shahri qurilganda 5 – 10 m chuqurlikda suv tekkanda tezda 
shishib ketadigan gillar borligi hisobga olinmagan. Oqibatda shahar qurilib, suv olib 
kelinganidan so’ng, gillar shishib, 5 – 9 qavatli binolarning devorlarida yoriqlar 
paydo bo’lib, ularning ba’zilari yaroqsiz holga kelib qolgan. Yangiyer shahrini 
qurishda relyef va yer osti suvlarining yo’nalishi hisobga olinmagan edi. Natijada, 
tog’ tarafdan shahar tomonga yer osti suvlarining oqishi oqibatida yer osti 
suvlarining sathi ko’tarilib, yerlar sho’rlanib ketdi. Shu sababli, Sirdaryo 
viloyatining markazi Yangiyer shahridan Guliston shahriga ko’chirildi. 
 
4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish  
 
 
Har bir tabiat kompleksi ma’lum bir barqarorlikka ega. Tabiiy va tabiiy-
antropogen landshaftlarining barqarorligi deb, ularning tashqi ta’sirlarga nisbatan 
o’z tuzilishini saqlab qolish imkoniyati tushuniladi. Tashqi bosim olib 
tashlanganidan so’ng landshaftlar ma’lum vaqt o’tgach o’z holiga qaytishi mumkin. 
Masalan, lalmikor yerlarda dehqonchilik qilinmasa, ular yana ilgarigi tabiiy holiga 
qaytishi mumkin.  
 
Antropogen landshaftlarning barqarorligi deb, ma’lum bir sharoitda 
landshaftlarning o’z ijtimoiy-iqtisodiy vazifasini bajara olish qobiliyatiga aytiladi. 
Masalan, har qanday tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, sel, suv toshqinlari, ifloslangan 
havo, sho’rlanish, ifloslangan suv) va ta’sirlarga qaramasdan antropogen 
landshaftlar hosildorligining saqlanib qolishi va h.k.  
Shaharsozlik loyihalarini tuzishda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim: hududning geologic tuzilishi, gidrogeologik sharoiti va relyefi, foydali qazilmalarning joylashishi va h.k. Shahar yoki qishloq qurilishidan avval hududning geologic tuzilishi chuqur tahlil qilinishi lozim. Shaharning asosi mustahkam bo’lishi zarurr. Agar inshootlarning asosi g’ovak, yumshoq va suvda erib ketadigan tog’ jinslaridan iborat bo’lsa, bino qurilganidan so’ng ular o’pirilishlar, cho’kishlar natijasida ishdan chiqishi mumkin. Mabodo, shahar asosi suv tekkanda shishib ketadigan gillardan iborat bo’lsa, binolarda yoriqlar paydo bo’lib, yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Masalan, Zarafshon shahri qurilganda 5 – 10 m chuqurlikda suv tekkanda tezda shishib ketadigan gillar borligi hisobga olinmagan. Oqibatda shahar qurilib, suv olib kelinganidan so’ng, gillar shishib, 5 – 9 qavatli binolarning devorlarida yoriqlar paydo bo’lib, ularning ba’zilari yaroqsiz holga kelib qolgan. Yangiyer shahrini qurishda relyef va yer osti suvlarining yo’nalishi hisobga olinmagan edi. Natijada, tog’ tarafdan shahar tomonga yer osti suvlarining oqishi oqibatida yer osti suvlarining sathi ko’tarilib, yerlar sho’rlanib ketdi. Shu sababli, Sirdaryo viloyatining markazi Yangiyer shahridan Guliston shahriga ko’chirildi. 4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish Har bir tabiat kompleksi ma’lum bir barqarorlikka ega. Tabiiy va tabiiy- antropogen landshaftlarining barqarorligi deb, ularning tashqi ta’sirlarga nisbatan o’z tuzilishini saqlab qolish imkoniyati tushuniladi. Tashqi bosim olib tashlanganidan so’ng landshaftlar ma’lum vaqt o’tgach o’z holiga qaytishi mumkin. Masalan, lalmikor yerlarda dehqonchilik qilinmasa, ular yana ilgarigi tabiiy holiga qaytishi mumkin. Antropogen landshaftlarning barqarorligi deb, ma’lum bir sharoitda landshaftlarning o’z ijtimoiy-iqtisodiy vazifasini bajara olish qobiliyatiga aytiladi. Masalan, har qanday tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, sel, suv toshqinlari, ifloslangan havo, sho’rlanish, ifloslangan suv) va ta’sirlarga qaramasdan antropogen landshaftlar hosildorligining saqlanib qolishi va h.k.  
 
 
Landshaftlarning barqarorligi ular komponentlarining o’zaro aloqasi, 
uyg’unligi va harakatiga bog’liq. Masalan, qumli cho’llarda komponentlar 
o’rtasidagi aloqa kuchsizroq, shuning uchun bu yerlarda landshaftning tuzilishi 
tashqi ta’sirlar natijasida tez o’zgarishi mumkin. Qumli cho’llarda chorva 
mollarining ko’p boqilishi natijasida o’simliklarning tarkibida o’zgarishlar sodir 
bo’lishi mumkin, bu esa landshaft tuzilishining o’zgarishiga olib keladi.  
 
Tog’ yonbag’irlarida o’simliklar qalin o’sadigan joylarda tog’ jinslari tuproq-
o’simlik o’rtasida bog’liqlik mustahkam bo’ladi. Mazkur yonbag’irda sel, eroziya, 
surilma kam sodir bo’ladi. Chunki yonbag’irlar tashqi ta’sirga nisbatan barqaror 
bo’ladi. Mabodo, mazkur o’simlik qoplami yo’q qilinsa, barqarorlik keskin kamayib, 
turli salbiy hodisalar ro’y bera boshlaydi.  
 
Shuning uchun tabiat komplekslari landshaftlarning barqarorligini xo’jalik 
ishlarini olib borishda hisobga olish muhim ahamiyatga ega.  
 
Sug’orma dehqonchilik hududlarida yerlarning hosildorligi landshaftlarning 
barqarorligi bilan chambarchas bog’liq. Tog’ etaklaridagi landshaftlar barqarorligi 
bilan ajralib turadi. Mazkur joylarda yer usti suvlari ancha chuqurda joylashgan, 
shuning uchun bu yerlarda sho’rlanish hodisalari kuzatilmaydi. Qiya joylarda esa 
noto’g’ri sug’orish natijasida jarlar rivojlanishi mumkin.  
 
Tekislikda, ya’ni cho’llarda joylashgan yaylovlarda landshaftlar barqarorligi 
past bo’ladi. Shuning uchun ushbu hududlarda landshaftlar barqarorligi chorvani 
noto’g’ri boqish, mavjud o’simliklarni kesish va qirqish va texnik eroziya tufayli 
keskin pasayib ketishi mumkin. Buning uchun chorva mollari yemaydigan o’simlik 
turlari chiqadi va ko’payadi. Masalan, qumli yaylovlarda isiriq, selen, quyonsuyak, 
juzg’un, taqirli yaylovlarda yulg’un, sho’ra, oqbosh, qo’shbarg va boshqalar 
tarqalishi mumkin.  
 
Yaylovlarning barqarorligini ta’minlash uchun chorva mollarini boqishni 
to’g’ri tashkil qilish, yaylovlarga “dam berish”, o’simliklarni qirqishni to’xtatish, 
avtomobillarning harakatini ma’lum bir yo’nalishda amalga oshirish lozim.  
 
Tuproq, suv, havo o’z-o’zini tozalash qobiliyatiga ega. Tog’lardagi tuproq va 
suvning o’z-o’zini tozalash [ususiyati yuqori, ammo bu [ususiyat tekisliklarda kam. 
Shamol yog’inlar ta’sirida xavo doimo o’z-o’zidan tozalanib turadi. 
 
Landshaftlarning barqarorligi ular komponentlarining o’zaro aloqasi, uyg’unligi va harakatiga bog’liq. Masalan, qumli cho’llarda komponentlar o’rtasidagi aloqa kuchsizroq, shuning uchun bu yerlarda landshaftning tuzilishi tashqi ta’sirlar natijasida tez o’zgarishi mumkin. Qumli cho’llarda chorva mollarining ko’p boqilishi natijasida o’simliklarning tarkibida o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin, bu esa landshaft tuzilishining o’zgarishiga olib keladi. Tog’ yonbag’irlarida o’simliklar qalin o’sadigan joylarda tog’ jinslari tuproq- o’simlik o’rtasida bog’liqlik mustahkam bo’ladi. Mazkur yonbag’irda sel, eroziya, surilma kam sodir bo’ladi. Chunki yonbag’irlar tashqi ta’sirga nisbatan barqaror bo’ladi. Mabodo, mazkur o’simlik qoplami yo’q qilinsa, barqarorlik keskin kamayib, turli salbiy hodisalar ro’y bera boshlaydi. Shuning uchun tabiat komplekslari landshaftlarning barqarorligini xo’jalik ishlarini olib borishda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sug’orma dehqonchilik hududlarida yerlarning hosildorligi landshaftlarning barqarorligi bilan chambarchas bog’liq. Tog’ etaklaridagi landshaftlar barqarorligi bilan ajralib turadi. Mazkur joylarda yer usti suvlari ancha chuqurda joylashgan, shuning uchun bu yerlarda sho’rlanish hodisalari kuzatilmaydi. Qiya joylarda esa noto’g’ri sug’orish natijasida jarlar rivojlanishi mumkin. Tekislikda, ya’ni cho’llarda joylashgan yaylovlarda landshaftlar barqarorligi past bo’ladi. Shuning uchun ushbu hududlarda landshaftlar barqarorligi chorvani noto’g’ri boqish, mavjud o’simliklarni kesish va qirqish va texnik eroziya tufayli keskin pasayib ketishi mumkin. Buning uchun chorva mollari yemaydigan o’simlik turlari chiqadi va ko’payadi. Masalan, qumli yaylovlarda isiriq, selen, quyonsuyak, juzg’un, taqirli yaylovlarda yulg’un, sho’ra, oqbosh, qo’shbarg va boshqalar tarqalishi mumkin. Yaylovlarning barqarorligini ta’minlash uchun chorva mollarini boqishni to’g’ri tashkil qilish, yaylovlarga “dam berish”, o’simliklarni qirqishni to’xtatish, avtomobillarning harakatini ma’lum bir yo’nalishda amalga oshirish lozim. Tuproq, suv, havo o’z-o’zini tozalash qobiliyatiga ega. Tog’lardagi tuproq va suvning o’z-o’zini tozalash [ususiyati yuqori, ammo bu [ususiyat tekisliklarda kam. Shamol yog’inlar ta’sirida xavo doimo o’z-o’zidan tozalanib turadi.  
 
 
 
5. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishi  
 
 
Tashqi omillar ta’sirida yoki rivojlanish mobaynida landshaftlarning yangi 
xossalarga ega bo’lishi yoki avvalgi xossalarini yo’qotishiga landshaftlarning 
o’zgarishi deyiladi.  
 
Inson xo’jalik faoliyati tabiatning rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim 
omildir. Inson o’zining mehnati va ongi yordamida atrofini qo’rshab olgan tabiatga 
faqat moslashibgina qolmasdan, balki uni o’zgartiradi. Tabiatning barcha tarkibiy 
qismlari o’zaro bog’liq bo’lib, ulardan birining o’zgarishi boshqalarning holatida 
ham aks etadi, shu sababli, inson tabiat komplekslarini o’zgartirar ekan, uning 
oqibatlari qanday bo’lishini ham bashorat qila bilishi lozim.  
Yirik suv omborlari qurilganda landshaftda kompleks o’zgarishlar sodir 
bo’ladi: yer osti suvlari sathi ko’tariladi, namlikning o’zgarishi natijasida 
botqoqliklar vujudga keladi, iqlim, tuproq va o’simlik qoplami o’zgaradi. Yirik suv 
omborlarining landshaftlarga salbiy ta’sirini o’rganish natijasida shu narsa ma’lum 
bo’ldiki, bitta yirik suv ombori qurgandan ko’ra o’zaro bir-biriga ta’sir etuvchi 
kichikroq suv omborlari tizimini qurish ancha qulay ekan.  
Hozirgi paytda sayyoramizda antropogen landshaftlar keng tarqalgan. Ular 
madaniy va buzilgan landshaftlarga bo’linadi.  
Madaniy landshaft insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida ongli ravishda 
o’zgartiriladi va u inson ehtiyojlari uchun foydalanishga qulay holatda saqlab 
turiladi. Madaniy landshaftlarga bog’lar, ekin dalalari, shaharlar, suv omborlari, dam 
olish xonalari va boshqalar kiradi.  
5. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishi Tashqi omillar ta’sirida yoki rivojlanish mobaynida landshaftlarning yangi xossalarga ega bo’lishi yoki avvalgi xossalarini yo’qotishiga landshaftlarning o’zgarishi deyiladi. Inson xo’jalik faoliyati tabiatning rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Inson o’zining mehnati va ongi yordamida atrofini qo’rshab olgan tabiatga faqat moslashibgina qolmasdan, balki uni o’zgartiradi. Tabiatning barcha tarkibiy qismlari o’zaro bog’liq bo’lib, ulardan birining o’zgarishi boshqalarning holatida ham aks etadi, shu sababli, inson tabiat komplekslarini o’zgartirar ekan, uning oqibatlari qanday bo’lishini ham bashorat qila bilishi lozim. Yirik suv omborlari qurilganda landshaftda kompleks o’zgarishlar sodir bo’ladi: yer osti suvlari sathi ko’tariladi, namlikning o’zgarishi natijasida botqoqliklar vujudga keladi, iqlim, tuproq va o’simlik qoplami o’zgaradi. Yirik suv omborlarining landshaftlarga salbiy ta’sirini o’rganish natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, bitta yirik suv ombori qurgandan ko’ra o’zaro bir-biriga ta’sir etuvchi kichikroq suv omborlari tizimini qurish ancha qulay ekan. Hozirgi paytda sayyoramizda antropogen landshaftlar keng tarqalgan. Ular madaniy va buzilgan landshaftlarga bo’linadi. Madaniy landshaft insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida ongli ravishda o’zgartiriladi va u inson ehtiyojlari uchun foydalanishga qulay holatda saqlab turiladi. Madaniy landshaftlarga bog’lar, ekin dalalari, shaharlar, suv omborlari, dam olish xonalari va boshqalar kiradi.  
 
 
 
15-rasm. Madaniy landshaft. Paxtazor 
Buzilgan landshaftlar insonning tabiatga nooqilona ta’siri natijasida vujudga 
keladi. Ekin dalalaridagi jarlar, suv omborlari yonidagi botqoqlar, mineral 
resurslarni qazib olish va qayta ishlash hududlaridagi surilmalar, o’pirilishlar va 
tashlamalar uyumini buzilgan landshaftlar qatoriga kiritish mumkin. Ularni qayta 
tiklash ishlariga juda katta mablag’ talab qilinadi. Hozirgi paytda mazkur landshftlar 
qayta tiklanib, ulardan xo’jalik maqsadlarida fotdalanilmoqda. Masalan, AQSHda 
bunday joylar yaylovlarga aylantirilgan, Ukrainada qishloq xo’jaligi, Germaniyada 
rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi.  
Landshaftlar o’zgarish darajasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:  
Kuchsiz 
o’zgargan 
landshftlar. 
Mazkur 
landshaftlarda 
ayrim 
komponentlargagina o’zgaradi. Masalan, cho’llarda o’simliklar va hayvonlarning 
atrim turlari o’zgarishi mumkin. Ammo komponentlar orasidagi bog’liqlik 
buzilmagan bo’ladi.  
O’rtacha o’zgargan landshaftlar. Bunda komponentlar orasidagi o’zaro 
bog’liqlik va uyg’unlik buziladi. O’simlik, tuproq, relyef va hayvonot dunyosi 
o’zgaradi.Yaylovlar yaroqsiz holga keladi va begona o’tlar katta matdonni egallaydi.  
Kuchli o’zgargan landshaftlar. Bunda barcha tabiat komponentlarining yangi 
sharoitga moslashgan aloqalarning vujudga kelishi ro’y beradi. Oqibatda, taqir va 
15-rasm. Madaniy landshaft. Paxtazor Buzilgan landshaftlar insonning tabiatga nooqilona ta’siri natijasida vujudga keladi. Ekin dalalaridagi jarlar, suv omborlari yonidagi botqoqlar, mineral resurslarni qazib olish va qayta ishlash hududlaridagi surilmalar, o’pirilishlar va tashlamalar uyumini buzilgan landshaftlar qatoriga kiritish mumkin. Ularni qayta tiklash ishlariga juda katta mablag’ talab qilinadi. Hozirgi paytda mazkur landshftlar qayta tiklanib, ulardan xo’jalik maqsadlarida fotdalanilmoqda. Masalan, AQSHda bunday joylar yaylovlarga aylantirilgan, Ukrainada qishloq xo’jaligi, Germaniyada rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi. Landshaftlar o’zgarish darajasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: Kuchsiz o’zgargan landshftlar. Mazkur landshaftlarda ayrim komponentlargagina o’zgaradi. Masalan, cho’llarda o’simliklar va hayvonlarning atrim turlari o’zgarishi mumkin. Ammo komponentlar orasidagi bog’liqlik buzilmagan bo’ladi. O’rtacha o’zgargan landshaftlar. Bunda komponentlar orasidagi o’zaro bog’liqlik va uyg’unlik buziladi. O’simlik, tuproq, relyef va hayvonot dunyosi o’zgaradi.Yaylovlar yaroqsiz holga keladi va begona o’tlar katta matdonni egallaydi. Kuchli o’zgargan landshaftlar. Bunda barcha tabiat komponentlarining yangi sharoitga moslashgan aloqalarning vujudga kelishi ro’y beradi. Oqibatda, taqir va  
 
taqirli tuproqlarda, botiqlarda sho’rxoklar yoki botqoqlar taqirli tuoroqlarning cho’l 
qum tuproqlariga aylanishi kuzatiladi. Yaylovlarda hosildorligi kam, ikkilamchi 
o’simliklar keng tarqaladi.  
Juda kuchli o’zgargan landshaftlar. Bunda litologik asosdan tashqari barcha 
komponentlar (tuproq, o’simlik, mikroiqlim, yer osti va usti suvlari, hayvonot 
dunyosi) kuchli va juda kuchli o’zgarishga uchraydi. Masalan, botqoq tuproq o’tloq-
taqir, ba’zi joylarda esa sho’rxokka, o’tloq-taqir tuoroqqa aylanib ketadi. 
Meteorologik stansiya – ob-havo va iqlimni o’rganish, atmosferani ilmiy 
tadqiq qilish maqsadida uzluksiz meteorologik kuzatishlar olib boradigan muassasa.  
Meteorologik stansiyada atmosfera temperaturasi, bosim va havo namligi, 
shamol, yog’inlar, bulutlar va boshqa meteorologik elementlar uzluksiz aniqlab 
turiladi. Meteorologik stansiya 3 razryadga bo’linadi.  
Hozirgi kunda sayyoramizdagi barcha davlatlarda 10000 ga yaqin, jumladan, 
O’zbekistonda 47 ta meteorologik stansiya ishlab turibdi.  
  
Bilimingizni sinab ko’ring: 
1. 
Tabiat komponentlariga nimalar kiradi? 
2. 
Tabiat kompleksi deb nimaga aytiladi ? 
3. 
Landshaft deb nimaga aytiladi? 
4. 
Tabiiy landshaft deb nimaga aytiladi? 
5. 
Fatsiya, maydon, joy atamalarining mazmunini tushuntirib bering. 
 
taqirli tuproqlarda, botiqlarda sho’rxoklar yoki botqoqlar taqirli tuoroqlarning cho’l qum tuproqlariga aylanishi kuzatiladi. Yaylovlarda hosildorligi kam, ikkilamchi o’simliklar keng tarqaladi. Juda kuchli o’zgargan landshaftlar. Bunda litologik asosdan tashqari barcha komponentlar (tuproq, o’simlik, mikroiqlim, yer osti va usti suvlari, hayvonot dunyosi) kuchli va juda kuchli o’zgarishga uchraydi. Masalan, botqoq tuproq o’tloq- taqir, ba’zi joylarda esa sho’rxokka, o’tloq-taqir tuoroqqa aylanib ketadi. Meteorologik stansiya – ob-havo va iqlimni o’rganish, atmosferani ilmiy tadqiq qilish maqsadida uzluksiz meteorologik kuzatishlar olib boradigan muassasa. Meteorologik stansiyada atmosfera temperaturasi, bosim va havo namligi, shamol, yog’inlar, bulutlar va boshqa meteorologik elementlar uzluksiz aniqlab turiladi. Meteorologik stansiya 3 razryadga bo’linadi. Hozirgi kunda sayyoramizdagi barcha davlatlarda 10000 ga yaqin, jumladan, O’zbekistonda 47 ta meteorologik stansiya ishlab turibdi. Bilimingizni sinab ko’ring: 1. Tabiat komponentlariga nimalar kiradi? 2. Tabiat kompleksi deb nimaga aytiladi ? 3. Landshaft deb nimaga aytiladi? 4. Tabiiy landshaft deb nimaga aytiladi? 5. Fatsiya, maydon, joy atamalarining mazmunini tushuntirib bering.