TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI
Reja:
1. Tabiiy fanlar nazariyasi.
2.Tabiatning bir butun yaxlit tizim asosda rivojlanishi.
3. Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari.
Asosiy tushunchalar: Nazariya, konsepsiya, nisbiylik, fazo va vaqt.
Tabiiy fanlar nazariyasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida
yuksak, umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka ega
pеdagogik kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasi fanning asosiy
maqsadidir.Jumladan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “ Biz
uchun dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan yana bir masala, bu
- farzandlarimizni mustaqil fikrli , zamonaviy bilim va kasb - hunarlarni egallagan,
mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida
tarbiyalash vazifasidir ”1, - deya ta’kidlab o’tganlar.
O`quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang`ich sinflarda amalga oshirishda
tabiatshunoslik fani muhim rol o`ynaydi. Bu predmetni o`rganish kichik yoshdagi
o`quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz
berayotgan hodisa va jarayonlar to`g`risida bilimlar to`plashga imkon beradi. Shuning
uchun ham pedagogika oliy o`quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo`lajak
1 Mirziyoyev Sh.M . Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O’zbekiston, 2017.
103 - b.
boshlang`ich sinf o`qituvchilari, pedagogik o’quv predmeti sifatida tabiatshunoslik va
uni o’qitish metodikasining ilmiy - nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish
bo’lishlari lozim.
Shuningdek, tabiatshunoslikni o`qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim berish
mazmunidagi bilimlar ham singdirilgan bo`lib, undagi o`quv materiallari bevosita
tabiat bilan tanishish jarayonida o`rganiladigan bilimlar o`quvchilarning nazariy
bilimi, amaliy ko`nikma va malakalari tarkib topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiat xilma - xil ko’rinishlari bilan insonni qurshab turgan moddiy olamdan tuzilgan.
O’quvchilarga ekologik ta’lim - tarbiya berishdan maqsad - tabiatni bilish va uni
asrashga o’rgatish, ekologik ta’lim - tarbiyaga oid nazariy bilim, amaliy ko’nikma va
malakalarni shakllantirishdan iborat.
O’quvchilarga tabiatshunoslikni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni
ta‘limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, o’quv va
ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi,
xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra
tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan qismlarni: predmet mazmuni,
o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, ya‘ni predmetning o’zini, uni o’qitishni va
o’qishni, ya‘ni bilim, o’quv va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi.
Shunga ko’ra tabiatshunoslikning vazifalari qatoriga o’quv predmeti sifatida
tabiatshunoslik mazmunini aniqlash.
Tabiatshunoslikning muhim masalalaridan biri - tabiat,atrof - muhit haqidagi
ma’lumotlarni umumlashtirishdan iborat. Tajriba o’tkazish va bilish jaroyanida
ko’p ma’lumotlar berishi mumkin. Lekin kuzatish bir - biriga bog’lanmagan,
qarama - qarshi ma’lumotlarga ham olib kelishi mumkin.Olingan ma’lumotlar
asosida nazariy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, muayyan tizimiga solish fanda
katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiatning bir butun yaxlit tizim asosda rivojlanishi. Ko‘rinib turibdiki,
inson ham jismonan, ham ruhan atrof - tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liq ekan. U tirik
organizm sifatida o‘z mavjudligini ta’minlash uchun doimo tabiat bilan modda,
energiya va axborot almashib turishga majburdir. Bu degan so‘z, inson tabiatni
tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda, uni ichida mavjud bola oladi demakdir.
Insonning tabiatga ta’siri boshqa faol bo`lmagan mavjudotlar (o‘simlik va
hayvonot) ta’siriga nisbatan faol va xarakteri jihatdan tubdan farq qiladi. Ya’ni,
inson ongi tufayli tabiatni o`z ehtiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o‘zgartirish va
moslashtirish imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo‘Iadigan munosabatlarda insonga
faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakchilik qilish huquqini beruvchi
komil inson ongi ijtimoiy muhitda, ya’ni jamiyatda shakllanadi. Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqib insonni ikkita, ya’ni tabiiy va ijtimoiy muhitlarning maxsuli
bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda ham moddiy(tana) va
ruhiy (ong) mohiyat mujassamlashgandir. U tirik mavjudot sifatida tabiat mahsuli,
ongi tufayli esa ijtimoiy muhit (jamiyat) maxsuli hisoblanadi.
O‘zlarining biologik xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga
ko‘ra turlicha ongga ega bo‘lgan kishilar birgalikda kishilik jamiyatini tashkil
etadilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, inson tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi boglovchi
ko‘prik vazifasini o‘taydi. U bir qator o‘ziga xos ichki ijtimoiy qonuniyatlar asosida
rivojlanadi.
Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari
rivojiga to‘siq bo‘lmasligi ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega.Ma’lumki, har
qanday tizimning barqarorligi komponentlarning o‘zaro munosib ravishda
rivojlanishi va ular orasidagi munosabatlar muvozanatlashgan holatda bolishini
taqozo etadi, aks holda tizim buziladi va asl xususiyatlarini yo‘qotadi.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalami keltirish mumkin:
- yer sayyorasi va undagi tabiat hamda hayot shakli insonga ma’lum bo`lgan
olamda yagonadir;
- tabiiy borliq inson va jamiyatning yagona moddiy negizidir;
- tabiat, inson va jamiyatni yaxlit tizim deb qarab, ularni birgalikda o‘rganish
zarur;
-
bu
tizimning
biror-bir
komponentidagi
o‘zgarish
uning
boshqa
komponentlarida adekvat tarzdagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarning yuz berishiga
olib keladi.
Mavjud ilmiy manbalarga asoslanib, yer sayyorasi yoshini 4,7 mlrd yil deb
aytish mumkin. Mana shu o‘tgan uzoq geologik davr mobaynida yerda o‘ziga xos
tabiat shakllangan. Yer tabiatining evolutsion, spiralsimon tadrijiy taraqqiyoti bir
neecha bosqichlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Tabiatning shakllanishi, evolutsiyasi va asosiy xususiyatlarini o‘rganish bilan bir
qatorda tabiiy fanlar ham shug’lullanadi. Ekologiya fani nuqtayi nazaridan tabiat
komponentlari orasidagi va ular ichidagi muvozanat qanday qaror topganligi hamda
uni jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotgan hozirgi paytda qanday qilib
saqlab turish mumkinligi asosiy ahamiyatga ega.
Tabiatni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar havo, suv, tog‘ jinslari, o‘simlik va
hayvonotlar orasida va tabiatdagi turli modda va energiya almashinuvi
jarayonlarida, uzoq geologik davrlar mobaynida o‘ziga xos barqarorlik holati
yuzaga kelgan. Tabiatdagi mana shu barqarorlik tabiiy yoki ekologik muvozanat
deb ataladi. Yerning tabiati o‘ziga xos ko‘rsatkich va qonuniyatlarga ega boigan
turli ichki va tashqi ta’sirlarga ma’lum darajada bardosh bera oladigan murakkab
funksional tizimdir. Bu tizimning tashkil etuvchilari, ya’ni tabiatning tarkibiy
qismlari doimo o‘zgarish va rivojlanishda bolgani tufayli undagi muvozanat ham
dinamik holatda mavjud bo‘la oladi.
Tabiatning nozikligi, garchi u ulkan tuzilma bolsa ham, unga ta’sir etishning
osonligi aynan undagi mana shu muvozanat holati tufaylidir. Chunki,
muvozanatdagi tizimni izdan chiqarish uchun uncha ko‘p kuch talab etilmasligi
hammaga o‘rta maktab fizikasidan ayon. Tabiiy izdan chiqishiga esa, ko`p hollarda
insonning tabiatga ko`r-ko‘rona, uzoqni ko‘zlamay, tabiat qonunlarini mensimay
tayziq ko‘rsatishi sabab boiadi. Inson o'zining biror-bir ehtiyojini qondirish
maqsadida tabiatdan foydalanadi va shu jarayonda uning birorta yoki bir necha
komponentini o‘zgartiradi.Ko’pincha bu ta’sir jarayoni komponentlararo yoki ular
ichidagi muvozanat holatini buzadi.
Tabiatshunoslik o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga
quyidagilar kiradi:
Tabiatshunoslik tabiat hodisalarini o’zaro bog’lanishda va rivojlanishda
o’rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot
metodlaridan foydalanadi. Tabiatshunoslik o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan
jarayonlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy
bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to’g’riligini amalda
tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish usul va uslublarini
belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng
muhim metodlardir.
Tabiatshunoslik - didaktika bilan bog’langan. O’quv materialini tanlash va uni
sinflar bo’yicha taqsimlashga bo’lgan talablar didaktika bilan izohlanadi, ular
xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda,
shuningdek o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda
tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi
psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to’g’ri
tanlash mumkin.
Tabiatshunoslik shuningdek, botanika, seleksiya, fiziologiya, anatomiya,
gigiena, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya
kabi fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi
uning ayrim ishlarni, munosabatni, xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida
boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning
dalillari alohida ahamiyatga egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiiy
qismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar
imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab
o’quvchilarida go’zallikni his etishni boyitadi va chuqurlashtiradi, ularda o’z
harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-
atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan
mas‘uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot
jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Barcha ta‘lim va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi metodlarning to’g’ri
tanlanishiga bog’liq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi
o’quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bo’lmaydi, tirik organizmlarni
bevosita o’rganmasdan turib o’simlik va hayvonlar hayotini tushunib bo’lmaydi,
o’simliklarni o’stirish va hayvonlarni parvarish qilish bo’yicha amaliy ishlar
bajarilmasdan qishloq xo’jalik mehnatining amaliy o’quv hamda ko’nikmalarini
hosil qilib bo’lmaydi.
Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari. Barcha fanlar kabi
“Tabiatshunoslik” fanining rivojlanish jarayoni 6 bosqichga bo’linadi:
1-bosqich. Eramizgacha bo’lgan VIII-VI asrlarni o’z ichiga oladi.
“Tabiatshunoslik” fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan
barcha fikrlarni inkor qilgan holda “Avesto” ma’lumotlariga asoslanib, “Avesto”ni
astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo’jaligi va tabiat haqidagi ilmlar birinchi
bo’lib yozib qoldirilganini bilamiz. “Avesto” faqat diniy tushunchalar haqidagi
bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan fanlarning dastlabki ildizlari
yozilgan manba hamdir.
Biz “Avesto” haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga ma’lum
bo’lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojlanishini Gretsiyadan boshlangan,
deb ishonardik. Ammo yer yuzi bo’ylab, ayniqsa Yevropada “Avesto”shunos olimlar
paydo bo’lib, ular grek-yunon olimlari tabiiy fanlar haqida dastlabki ilmni
“Avesto”dan ko’chirib, grek-yunongacha tarjima qilib o’zlariniki qilib o’zlashtirib
olganlarini yozib qoldirganidan so’ng, dunyoviy fanlar rivojlanishining birinchi
bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz Markaziy Osiyoda deb aytishga
haqlimiz. Bu o’rinda ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishi eramizgacha bo’lgan IV
asrdan emas, balki VIII- asrdan boshlangan. Hali bu borada ko’pgina fikrlar aytilishi
aniq.
2-bosqich. Eramizgacha bo’lgan V-I asrlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki,
“Tabiatshunoslik” fani yoki dunyoviy fanlar haqidagi ilmiy tasavvur va kuzatishlar
Gretsiyada rivojlandi. Grek olimlari “Tabiatshunoslik” faniga ilmiy asos soldilar.
Eramizgacha bo’lgan IV asrda Aristotel, Platon, Ptolomey dunyoning geomarkazini
tuzdilar, Empedokl, sababsiz hech narcha hosil bo’lmasligini va hech narsa izsiz
yo’qolib ketmasligini aytdi.
Levkinn, Demokrit, Epikur dunyoning atomlardan tuzilganligi haqida farazni
bildirishdi. Pifagor dunyoning Sharsimon ekanligini, Eratosfen esa yerning radiusini
aniqladi, Giparx yerdan Oygacha bo’lgan masofani o’lchadi. Aristarx Samosskiy,
Eratosfen, Gipparx, Arximed va Ptolomeylar birinchi bo’lib yulduzlar bizdan juda
olisda ekanligini ma’lum qilishdi, yerdan yulduzlargacha, yerdan qo’yoshgacha
bo’lgan masofalarni o’lchashdi.
Ptolomey yerning dumaloqligini isbotlaydigan geografik karta tuzdi, Aristotel
esa anatomiya, botanika, sistematika va hayvonlar embriologiyasini ilmiy asosladi.
Galen va Gippokrat kasalliklarning kelib chiqishini o’rgandi va kasalni emas,
balki kasallikning kelib chiqishini davolash kerak, degan so’zni aytdi.
Dunyoda “Tabiatshunoslik” fanining rivojlanishiga turtki bo’lgan asarlar jumlasiga
Yevklidning “Boshlanish”i va Ptolomeyning “Buyuk qurilish” kabilar kiradi.
Bu davrdagi olimlar tabiatshunoslik sohasida katta tajribalar olib borishmagan
bo’lishsada, kuzatish va fikrlash asosida uni rivojlantirdilar.
Qadimgi Gretsiya insoniyatga ilm va fanning buyuk darg’alarini yetkazib berdi.
Ularning kuzatishlar natijasida yozib qoldirgan ayrim durdona fikrlari hozirgacha
ahamiyatini yo’qotgan emas. Oradan ming yillar o’tganiga qaramasdan ularning
fikrlari odamlarning dunyoga bo’lgan munosabatida, ma’naviyat va madaniyatida
alohida o’rin egalaydi. Tabiatshunoslikka u davrlarda kam e’tibor berilgan bo’lsa,
hozir taraqqiyotni, tabiatni, odamlarni va jamiyatning quvvatini belgilaydigan kuchga
aylandi.
3-bosqich. VIII va XII asrlarni o’z ichiga oladi. VIII asrlarga kelib, Sharqda
takroran fanga e’tibor berila boshlandi. “Tabiatshunoslik” rivojiga hissa qo’shgan
ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr Jayxoniydir. VIII-IX asrlarda bu ulug’ inson
Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlarining o’simliklar va hayvonot
dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar, shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan
o’simlik va hayvonlardan aholi tomonidan foydalanilishi va ularning insonlar
hayotidagi ahamiyati haqida yozib qoldirilgan.
Qomusiy olimlardan biri bo’lgan Al-Xorazmiy VIII-IX asrlarda yashadi.
Xivada tug’ilgan bu olim, Bag’dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan biri
sanaladi. Xorazmiy tabiiy fanlardan, “Astronomiya” va “Geografiya” fanlari rivojiga
katta hisa qo’shgan, u “Algebra” fanining asoschisi. “Algebra” so’zi uning “Al-kitob
al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila” risolasidan olingan.
Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U Bog’dodda
birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan. Abu Nasr Forobiy tabiiy,
ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag’ishlangan 150 dan ziyod asar yozib qoldirgan.
Ahmad al-Farg’oniy sharqning IX asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk
allomalaridan biri bo’lib, matematika, astronomiya, geografiya fanlarining
asoschilaridan hisoblanadi, “Bayt ul hikma” ilmiy markazining tashkilotchilaridan
biri.
Abu Ali Ibn Sino faqat tibbiyot ilmining asoschisi bo’lib qolmasdan,
matematik, astronom, faylasuf, tabiatshunos olim hamdir.
Abu Rayxon Beruniy 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan. Ular astronomiya, fizika,
geografiya, geologiya, botanika, tibbiyot, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga oid
asarlardir.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”sida Andijondan Hindistongacha
bo’lgan joylarning tabiati, iqlimi, o’simliklari va hayvonlari haqida ma’lumot berdi.
Mirzo Ulug’bek Samarqandda ilmiy madrasa ochib, uning boshchiligida
astronomiya fani rivojlandi, yulduz yilining uzunligi 365 kun, 6 soat, 10 minutu 8
sekundligini aniqladi. Texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda aniqlangan yulduz yili
uzunligi bilan Ulug’bek aniqlangan bu muddat orasidagi bu farq bori-yo’g’i 1 minutu
2 sekunddir.
O’rta asrlarda Sharqda ilm-fan juda tezlik bilan rivojlandi. Sharq olimlari
yunon olimlarining ilmiy asarlarini o’rgandilar va ularni o’z tillariga tarjima qildilar.
O’rta asrda birinchi arab universitetlari va akademiyalari ochildi.
Evropa olimlari esa qadimgi grek olimlarining asarlari bilan arablarning
tarjimalari orqali tanishdilar, xalos.
4-bosqich. XV va XVIII asrlarda Kopernik, G.Galiley, I.Nyuton,
I.V.Lomonosov, P.S. Pallas, A.G.Verner, S.Geyls, Ch.Darvin, K.Volf, J.Lamark va
boshqalar tomonidan tabiatshunoslikni o’rganish borasida inqilob yoki buyuk
kashfiyotlar
qilindi:
ilmiy
tarjribalar
boshlandi,
muomalaga
“Tabiatni
o’rganuvchilar” atamasi kirib keldi. Bu olimlar tomonidan tabiiy fanlardan-kimiyo,
biologiya, fizika, geologiyaning birinchi tabiiy-ilmiy poydevoriga asos solindi.
Tabiat haqidagi fanlarning empirik qonuniyatlari aniqlandi.
XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida birinchi akademiyalar va keng
qamrovda bilim beradigan universitetlar ochildi. Tabiiy fanlarga qiziqish doirasi
juda kengaydi. Fan jamiyat rivojida o’ziga xos o’rin egalladi. Ammo texnik
fanlarning rivojlanishi hali juda sust edi.
Bu davrlarda Yevropada tabiiy fanlar haqida dastlabki to’g’ri fikrlarni aytgan
olimlar inkivizatorlar qahriga uchrab, ilmiy ishlari uchun joni bilan to’lov to’ladilar.
Tabiiy fanlar asrdan-asrga shu tarzda rivojlanib bordi.