TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR.
Reja:
1. Tabiiy geografik jarayonlar haqida tushuncha
2. Tabiiy omillar ta’sirida sodir bo’ladigan jarayonlar.
3. Sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’ladigan jarayonlar
Ushbu mavzuda: tabiiy geografik jarayonlar, Yerning ichki va tashqi kuchlari
ta’sirida sodir bo’ladigan nurash, eroziya, karst, surilma, sel, zilzila, vulkan va h.k
bilan tanishasiz.
Tabiatda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar tashqi va ichki kuchlar ta’siri
natijasida yuzaga keladi. Tabiiy geografik jarayonlarning tabiiy omillar ta’sirida
sodir bo’ladigan, ya’ni nurash,eroziya, sel, surilma, karst, vulkan, zilzila kabilarning
kelib chiqish sabablarini o’rganish va sodir bo’lish jarayonlarini tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir. Tabiatda sodir bo’layotgan jarayonlarga ta’sir qiliuvchi
sun’iy omillar, masalan, yer yuzasining sho’rlanishi, suv eroziyasi, o’pirilishlar,
cho’llashish kabilarni tahlil qilish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish
muhimligini mavzuni o’rganish davomida tahlillar asosida bilib olasiz.
Tabiiy geografik jarayonlar deb, tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir
bo’ladigan jarayonlarga aytiladi.
Tabiiy geografik jarayonlar tog’ jinslarining yemirilishida, tog’ jinslari fizik
holatining o’zgarishida, yer yuzasi relyefining shakllanishi va o’zgarishida, vulkan
va zilzilalar sifatida, atmosfera hodisalari rivojlanishida namoyon bo’ladi.
1) 2)
4-rasm. 1) Kuril orollaridagi Sarichev vulkanining otilishi; 2) Gazli zilzilasida
buzilgan bino
Tabiiy geografik jarayonlar rivojlangan hududlarda turli xil inshootlarni
joylashtirish, qurish va ishlatishda ma’lum bir qiyinchiliklar tug’iladi. Shuning
uchun tabiiy geografik jarayonlar rivojlangan va tarqalgan joylarda turli xil
inshootlar qurishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish muammosi vujudga kelmoqda.
Tabiiy geografik
jarayonlar
Tabiiy omillar ta’sirida sodir
bo’adigan jarayonlar
Sun’iy omillar ta’sirida sodir
bo’adigan jarayonlar
Yerning ichki
(endogen) kuchlari
ta’sirida sodir
bo’ladigan jarayonlar
Tashqi kuchlar (ekzogen)
ta’sirida sodir bo’ladigan
jarayonlar
Surilmalar
Yer yuzasining cho’kishi
va o’pirilishi
Daryo va ko’llar
me’yorining o’zgarishi
Sho’rlanish
Sun’iy eroziya
5-rasm. Tabiiy geografik jarayonlar turlari.
Zilzila, vulkan, sel, surilma, ko’chki, botqoqlanish, ko’p yillik muzloq,
qurg’oqchilik, o’pirilma tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib boorish uchun hozirgi
paytda maxsus qoidalar, yo’riqnomalar ishlab chiqilgan.
Tabiiy geografik jarayonlar tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida vujudga keladi va
rivojlanadi.
Tabiiy omillar o’z navbatida ikki katta guruhga bo’linadi: Yerning ichki
kuchlari bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar va tashqi kuchlar yoki tashqi omillar bilan
bog’liq bo’lgan jarayonlar.
Yerning ichki kuchlarini endogen (yunincha “endo” – ichki, “genos” – kelib
chiqish) kuchlar deb ataladi. Ular ta’sirida vulkanlar otiladi, zilzilalar sodir bo’ladi.
Bunday jarayonlar endogen jarayonlar deb ataladi.
Tashqi omillarni ekzogen (yunoncha “exo” – tashqi, “genos” – kelib chiqish)
omillar yoki kuchlar deb ataladi. Tashqi kuchlar ta’sirida vujudga keladigan
jarayonlar ekzogen jarayonlar deb ataladi. Bunday jarayonlar Quyosh issiqligi,
og’irlik kuchi, yer usti va osti suvlari hamda organizmlar ta’sirida vujudga keladi,
rivojlanadi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya, qirg’oqlarning yemirilishi, muz
va shamolning ish kabi hodisalar ham kiradi.
Sun’iy omillarni antropogen yoki texnogen omillar deb ham ataladi. Ularga
insonning turli xil xo’jalik faoliyati kiradi: qishloq xo’jaligi, suv xo’jaligi, tog’-kon
sanoati, metallurgiya, shahar qurilishi, transport va boshqalar. Sun’iy omillar
ta’sirida antropogen yoki texnogen jarayonlar sodir bo’ladi. Bunday jarayonlarga
Vulkanlar
Zilzilalar
Tog’larning
ko’tarilishi
Yer yuzasining
chukishi
Nurash
Eroziya
Surilmalar
Muz va
shamolning
ishi
surilmalar, yer yuzasining cho’kishi, o’pirilishlar, yer osti suvlari sathining
ko’tarilishi yoki pasayishi, daryo va ko’llarning qurishi, yangi suv havzalarining
vujudga kelishi, yerlarning sho’rlanishi kiradi. Mazkur jarayonlar xalq xo’jaligiga
katta zarar yetkazadi.
2. Tabiiy omillar ta’sirida sodir bo’ladigan jarayonlar.
Endogen omillar (kuchlar) ta’sirida vulkan otilishi va zilzilalar ro’y beradi.
Ular juda katta talofat, vayronagarchiliklar keltiradi, ayrim hollarda ko’plab
odamlarning fojiali halok bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun bunday hodisalar
sodir bo’ladigan hududlarni aniqlash, baholash va bashorat qilish muhim ilmiy va
amaliy ahamiyatga ega.
Zilzilalar. Sizga ma’lumki, Yer po’sti juda ulkan palaxsalardan, ya’ni
litosfera plitalaridan iborat. Bu litosfera plitalari doimo harakatda, ular bir-biri bilan
o’zaro to’qnashib turadi. Ikkita litosfera plitasi to’qnashgan joylarda tez-tez vulkan
va zilzilalar sodir bo’lib turadi. Bunday mintaqalar seysmik mintaqalar deb ataladi.
Yer yuzasida ikkita asosiy seysmik mintaqa mavjud: 1) Tinch okean seysmik
mintaqasi; 2) Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasi. Mamlakatimiz O’zbekiston
Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasida joylashgan. Shu sababli, mamlakatimizda
ayrim yillari kuchli zilzilalar sodir bo’lib turadi. Masalan, 1902-yilda Andijonda,
1932-yilda Tomdibuloqda, 1946-yilda Chotqolda, 1959-yilda Burchmullada, 1966-
yilda Toshkentda, 1976-yilda Gazlida, 1980-yilda Nazarbekda va boshqa joylarda
zilzilalar sodir bo’ldi.
Zilzila
12 balli seysmik shkalaning qisqacha tasviri
1-jadval
Ballar
Zilzila kuchi
Qisqacha tarifi
1
Sezilmaydi
Faqat seysmik asboblar bilan qayd etiladi
2
Juda kuchsiz
Ko’pchilik sezmaydi. Sokin vaziyatdagi odamlargina
sezadi.
3
Kuchsiz
Bino ichidagi ayrim odamlargina sezadi.
4
Sezilarli
Bino ichidagi odamlarning ko’pchiligi sezadi. Uydagi
jihozlar harakatga keladi.
5
Kuchliroq
Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uyg’onib ketadi.
6
Kuchli
Hamma sezadi. Ko’pchilik tashqariga chiqishga
oshiqadi, ba’zi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi,
ba’zi uylarda suvoqlar ko’chib tushadi.
7
Juda kuchli
Imoratlar shikastlanadi, g’ishtli devorlar yoriladi.
Xom g’isht va paxsadan qurilgan ba’zi uylar buziladi,
tog’larda ba’zan qoyalar ko’chadi.
8
Vayron
qiluvchi
Imoratlar kuchli shikasylanadi, tog’larda surilmalar
yuz beradi.
9
O’ta vayron
qiluvchi
G’isht, betomdan ishlangan uylar butunlay yoki
qisman buziladi, yer osti quvirlari uziladi. Qoyalar
qulab, tepaliklar suriladi,
yerdagi yoriqlarning
eni 10 cm-gacha boradi.
10
Yakson
etuvchi
Yer yuzida katta (eni 1 m-gacha) yoriqla paydo
bo’ladi. To’g’om va qirg’oq dambalari
ishdan
chiqadi, temir yo’llar bukiladi. Yangi
ko’llar
paydo bo’ladi.
11
Halokatli
Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil bo’ladi, yer
virtikal va gorizontal yo’nalishda silkinadi. Tog’larda
qoyalar ag’dariladi, ko’prik, to’g’on, temir yo’llar
butunlay buziladi.
12
O’ta halokatli Yer qiyofasi, relyefi o’zgaradi. Yer yuzi burmalanadi,
baland qoyalar ag’dariladi, daryolar o’zanini
o’zgartiradi.
Vulkanlar Tinch okean qirg’oqlari va unga tutashgan orollarda keng
tarqalgan. Mazkur mintaqada 800-dan ortiq harakatdagi vulkanlar mavjud bo’lib, u
“ Tinch okean olovli halkasi ” deb ataladi (8-rasm).
Bundan tashqari, Yerning ichki kuchlari ta’sirida geyzerlar va issiq buloqlar
otilishi, yer yuzasi bir qismining asta cho’kishi va boshqa qismining esa asta
ko’tarilishi ham aodir bo’lib turadi.
Geyzerlar va issiq buloqlar asosan vulkanlar tarqalgan mintaqalarda uchraydi.
Ulardan binolarni isitishda hamda elektr energiya olishda foydalaniladi. Bunday
ishlar Islandiya, Yaponiya, Italiya, Rossiya va Yangi Zelandiya davlatlarida yo’lga
qoyilgan.
Yer yuzasining asta-sekin cho’kishi okean va dengiz qirg’oqlarida joylashgan
davlatlar uchun katta zarar yetkazadi. Masalan, Niderlandiya qirg’oqlarining
cho’kishi munosabati bilan u yerlarda yirik to’g’onlar qurilgan, to’g’onning
balandligi har yili orttirib turiladi. Hozirgi paytda Niderlandiya hududi dengiz
sathidan pastda hisoblanadi.
Tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida : nurash, sel, eroziya, surilmalar, karst,
qor ko’chkisi va boshqa jarayonlar sodir bo’ladi.
Nurash deb, haroratning o’zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va
organizmlar ta’sirida tog’ jinslarining yemirilishida aytilasi. Nurash uch turga
ajratiladi : fizik, kimyoviy va orhanik nurash (6-rasm).
Firik nurash asosan harorat va namlikning o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi.
Kundizi havo haroratining ko’tarilrb ketishi natijasida tog’ jinslarida darzlar hosil
bo’lib, ular bo’laklarga bo’linib ketadi. Ammo tog’ jinslarining kimyoviy tarkibi
o’zgarmaydi. Fizik nurash cho’llarda va qoyali tog’larda keng tarqalgan.
Kimyoviy nurash deb, havo, suv ta’sirida tog’ jinslarining yemirilishi va
kimyoviy o’zgarishiga aytiladi. Kimyoviy nurash ta’sirida barqaror minerallar hosil
bo’ladi.
Organik nerash deb, tog’ jinslarining organizmlar (o’simlik, hayvonat
dunyosi, mikroorganizmlar) ta’sirida yemirilishiga aytiladi.
6-rasm. Nurash
Sel tog’li o’lkalarda jala yog’ishi natijasida hosil bo’ladi. Sellar o’zi bilan
birga loyqa va toshlarni olib keladi. Uning tezligi soatiga 10-15 km-ni tashkil etishi
mumkin, u yo’lda uchragan hamma narsani yuvib ketadi va juda katta moddiy va
ma’naviy zarar yetkazadi. Masalan , Peruda 1970-yilda sel kelishi natijasida 50-ming
kishi halok bo’lgan, 800-ming kishi boshpanasiz qolgan, bir qancha shahar
vayronaga aylangan. Sel hodisasi O’rta Osiyoda, Kavkazda, Qrimda, Yebropa va
Amerikada ko’proq sodir bo’ladi
Eroziya (lotincha “erosion”-yeyilish, yuvilish) deb, tog’ jinslarining oqar
suvlar ta’sirida yuvilishiga aytiladi. Eroziya yuzalama va chizikli turlariga bo’linadi.
YUZALAMA eroziya jarayoni tog’ yonbag’irlarida keng tarqalgan. Uning oqibatida
tog’ yombag’irlaridagi jinslar yuvilib, pastga tushadi. Yumshoq jinslardan tashkil
topgan qiya joylarda yuvilish natijasida jarlar vujudga keladi. CHIZIKLI eroziya
daryo eroziyasi deb ham ataladi. Buning natijasida daryo o’zanlari va qirg’oqlari
yuviladi.
Daryo qirg’oqlarining yuvilishi Xorazm va Qoraqalpag’istonda “deygish” deb
ataladi. Amudaryo 1925-yilda sobiq To’rtko’l shahriga yaqin joydan oqib o’tar edi,
1938-yilga kelib Amudaryo shaharni yuvib keta boshladi, 1950-yilga kelib esa daryo
To’rtko’l shahrini butunlay yuvib ketgan. Keyinchalik daryodan ancha uzoqda
yangi, hozirgi To’rtko’l shahri bunyod etildi. Okean va dengiz qirg’oqlarining
to’lqinlar tomonidan yemirilishi abraziya (lotincha “abrasion”-qirish, qirtishlash)
deb ataladi. Abraziya natijasida okean va dengiz qirg’oqlarida tekisliklar hosil
bo’ladi.
7-rasm. Surilmalar
Surilma deb, tog’ jinslarining og’irlik kuchi ta’sirida pastga qarab surilishiga
aytiladi. Surilmalar asosan tog’li o’lkalarda sodir bo’ladi. Surilmalar ham sellar kabi
xalq xo’jaligiga juda katta moddiy zarar yetkazadi. Masalan, 1963-yilda 9-oktabrda
Italiyaning Polve daryosi vodiysida, Vayont to’g’oni atrofida hosil bo’lgan surilma
suv omboriga surilib tushgan. Uning hajmi 240mln kub/metr bo’lgan. Suv ombori
15-30 sekund ichida surilib tushgan jinslar bilan to’lib qolgan. Suv omboridan
chiqqan suv 100-metr balandlikda oqib, yo’lidagi Ponjerono, Pirago, Vilganova,
Rivanota va Faye shaharlarini yuvib ketgan. 7-minut davom etgan falokat oqibatida
3-ming kishi halok bo’lgan (7-rasm).
3. Sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’ladigan jarayonlar
Sun’iy omillarga ilgari aytganimizdek, qishloq va suv xo’jaligi, sanoat va
transport vositalari ta’sirida sodir bo’ladigan jarayonlar kiradi.
Qishloq xo’jaligining ribojlanishi natijasida sho’rlanish, shamol va suv
eroziyasi ham rivojlanadi.
Yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan bo’lsa, suvlarning
bug’lanishi oqibatida tuproq sho’rlana boshlaydi. Chunki suv bug’langanda uning
tarkibidagi tuzlar tuproqda qolib, tuz miqdorining ortib ketishiga olib keladi. Bunday
holat Xorazm vohasida va Mirzacho’lda namoyon bo’lmoqda.
Shamol eroziyasi doimiy shamollar esadigan joylarda ko’proq uchraydi,
bunda tuproqning yuqori unumdor qismi uchirib olib ketiladi.
Suv eroziyasi qiya joylarni sug’orish jarayonida ro’y beradi va turli
kattalikdagi jarlarning vujudga kelishiga va hosildor yerlarning ishdan chiqishiga
olib keladi.
Suv inshootlarining qurilishi ham ayrim noxush hodisalarni keltirib chiqaradi.
Qoraqum kanalining qurilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug’orishga
sarflanishi natijasida Orol dengizining sathi 1960-yildan so’ng pasaya boshladi. Orol
dengizi tubining ochilib qolgan qismidan tuzlarining shamollar ta’sirida uchirib olib
ketilishi natijasida Orol bo’yi atrofidagi yerlarning sho’rlanish darajasi ortib
boqmoqda. Hozirga paytda Orol tubining ochilib qolgan joylariga tuzlarning uchirib
ketilishining oldini olish maqsadida sho’rga chidamli o’simliklar ekilmoqda.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan turli noxush tabiiy
geografik jarayonlar vujudga keladi. Masalan, tog’-kon sanoatining rivojlanishi
natijasida juda ulkan surilmalar, yer yuzasining cho’kishi, o’pirilishlar, yer osti
suvlari sathining pasayishi va boshqa hodisalar ro’y beradi. Ohangaron vodiysida 20
– 25 yil davomida ko’mir gazga aylantirilishi oqibatida yer ostida 1 kv.km dan
ortiqroq maydonda bo’shliq hosil bo’lgan. Natijada, tog’ yonbag’rining barqarorligi
buzilib, hajmi 700 – 800 mln kub m ni tashkil qilgan surilma hosil bo’lda va xalq
xo’jaligiga katta moddiy zarar yetkazdi. Foydali qazilma konlarini qazib olish
jarayonida suvlarni kondan tashqariga chiqarib yuborish oqibatida yer osti
suvlarining sathi keskin pasayib ketadi. Juda katta maydonlarda neft va gaz qazib
olish esa yer yuzasining cho’kishiga olib keladi. Masalan, neft va gaz qazib olish
natijasida Rossiyaning G’arbiy Sibir past tekisligi cho’kmoqda, oqibatda bu
tekislikda yer osti suvlari sathi ko’tarilib, botqoqliklar va ko’llar maydoni kengayib
bormoqda.
Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan changlar havoni ifloslab,
“issiqxona samarasi”ni keltirib chiqarmoqda, oqibatda Yer yuzasidagi o’rtacha
harorat ortib boqmoqda.
Bilimingizni sinab ko’ring:
1. Tabiiy geografik jarayonlar deb nimaga aytiladi?
2. Yerning ichki kuchlari ta’sirida va tashqi kuchlar ta’sirida qanday tabiiy
geografik jarayonlar sodir bo’ladi?
3. Ekzogen jarayonlar deb nimaga aytiladi?
4. Eroziya deb nimaga aytiladi ?
5. Seysmik mintaqalar deb nimaga aytiladi ?
6. Nurashning qanday turlarini bilasiz ?
7. Zilzila va vulkanlar litosfera plitalarining qayerlarinda sodir bo’ladi ?
8. Surilma va sel hodisalari qayerlarda keng tarqalgan ?