Tabiiy suvlarning minerallashuvi bo‘yicha tasniflari
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
27,9 KB
Tabiiy suvlarning minerallashuvi bo‘yicha tasniflari
Mavzuning asosiy maqsadi o‘quvchilarni tabiiy suvlarni minerallashuv
darajasi bo‘yicha tasniflari bilan tanishtirishga qaratilgan.
Reja:
1. Tabiiy suvlarni minerallashuv darajasi bo‘yicha tasniflash masalalari;
2. Tabiiy suvlarni minerallashuvi bo‘yicha V.I Vernadskiy tasnifi;
3. A.M. Ovchinnikov tasnifi;
4. M.S.Gurevich va N.I.Tolstixinlar tasnifi;
5. I.K.Zaysev tasnifi;
6.
Tabiiy
suvlarning
minerallashuv
darajasini
aniqlash
va
uni
rasmiylashtirish;
Suvda erigan moddalar miqdori uning minerallashuv darajasini belgilaydi. Bu
miqdor umumiy minerallashuv, quruq qoldiq yoki zichlik qo‘rinishida ifodalanadi.
Suvning umumiy minerallashuv darajasi undagi mineral moddalar yig‘indisini
kimyoviy tahlil qilish orqali aniqlanadi. Minerallarning quruq qoldig‘i esa suvni
bug‘latib yuborish, shundan so‘ng qolgan cho‘kmani quritish va uni tortish yo‘li
bilan aniqlanadi. Har ikki kattalik, ya’ni umumiy minerallashuv va quruq qoldiq
chuchuk yoki sho‘rroq suvlarda mg/l, g/l da, o‘ta sho‘r suvlarda esa g/l yoki
promillar (‰) da ifodalanadi.
Hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida tabiiy suvlarni minerallashuv darajasi
bo‘yicha guruhlash, ya’ni tasniflash tamoyillari haqida yagona fikr yo‘q. Ayrim
tadqiqotchilar suvning minerallashuv darajasining chegara qiymatlarini nazariy
yondashuv asosida belgilaydilar. Boshqalari esa ularni guruhlashda regional
tadqiqotlar natijalariga yoki suvdan amaliy maqsadlarda foydalanish yo‘nalishlariga
tayanadilar. Lekin, ushbu tasniflarning aksariyat qismida chuchuk suv uchun
minerallashuvning chegara qiymati 1 g/l ga teng deb olingan.
Quyidagi 1.5-jadvalda tabiiy suvlarning minerallashuv darajasi bo‘yicha turli
olimlar tomonidan taklif etilgan tasniflari keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, ularning
ko‘pchiligida tabiiy suvlar minerallashuv darajasi bo‘yicha chuchuk, sho‘rroq, sho‘r
va o‘ta sho‘r turlarga bo‘linadi.
1.5-jadval
Tabiiy suvlarning minerallashuv darajasi bo‘yicha tasniflari
Tasnif
muallifi
Suvlar
Minerallashuv darajasi
g/l
‰
Vernadskiy V.I.
(1933-1936)
CHuchuk
SHo‘rroq
SHo‘r
O‘ta sho‘r
<1,0
1,0-10,0
10,0-50,0
>50,0
Ovchinnikov
A.M.
(1954)
Juda chuchuk
CHuchuk
Toza
SHo‘rroq
SHo‘r
Juda sho‘r
<0,2
0,2-0,5
0,5-1,0
1,0-3,0
3,0-10,0
10,0-35,0
Gurevich M.S.,
Tolstixin N.I.
(1961)
O‘ta chuchuk
<0,01
CHuchuk:
a) o‘ta chuchuk
b) juda chuchuk
v) chuchukligi
me’yorda
g) chuchukroq
0,01-1,0
0,01-0,03
0,03-0,1
0,1-0,5
0,5-1,0
SHo‘rroq:
a) kuchsiz sho‘rroq
b) kuchli sho‘rroq
1,0-10,0
1,0-3,5
3,5-10,0
SHo‘r:
a) kuchsiz sho‘r
10,0-50,0
10,0-35,0
b) kuchli sho‘r
35,0-50,0
O‘ta sho‘r:
a) kuchsiz
b) kuchli
v) juda kuchli
g) o‘ta kuchli
>50,0
50,0-100,0
100,0-270,0
270,0-350
>350,0
Zaysev I.K.
(1972)
CHuchuk:
a) juda chuchuk
b) o‘rtacha chuchuk
v) chuchukroq
<1,0
<1,0
<0,1
0,1-0,5
0,5-1,0
SHo‘r:
a) sho‘rroq
b) kam sho‘r
v) kuchli sho‘r
1,0-36,0
1,0-35,0
1,0-3,0
3,0-10,0
10,0-35,0
O‘ta sho‘r:
a) juda kuchsiz
b) kuchsiz
v) kuchli
g) juda kuchli
d) o‘ta kuchli
>36,0
36,0-75,0
75,0-150,0
150,0-320,0
>320,0
>35,0
35,0-70,0
70,0-140,0
140,0-270,0
270,0-350,0
>350,0
Tabiiy suvlarning minerallashuv darajasini aniqlashda avval suvdan namuna
olinadi va u tahlil qilinadi. Tahlil natijalari jadvalda aks ettiriladi. Ushbu jadvalda
quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim:
1) namuna olingan suv ob’ekti va uning joylashgan o‘rni;
2) namuna olingan sana (yil, oy, kun);
3) kimyoviy tahlil natijalari.
Suvdan olingan namunaning tahlili natijalari uch xil shaklda taqdim etiladi: 1
litr suvda milligram hisobidagi erigan modda (mg/l); moddaning millimol ekvivalent
miqdori (mg ekv/l); moddaning foizli ekvivalent miqdori (%-ekv) ko‘rinishlarida.
Sinov savollari va topshiriqlar:
1. Tabiiy suvlarni minerallashuv darajasi bo‘yicha tasniflashning ahamiyati
nimalarda aks etadi?
2. Tabiiy suvlarni minerallashuvi bo‘yicha V.I Vernadskiy tasnifida ajratilgan
guruhlarni bilasizmi?
3. Tabiiy suvlarni minerallashuvi bo‘yicha A.M. Ovchinnikov tasnifining
boshqalardan farqi nimada?;
4. Minerallashuv darajasi bo‘yicha M.S.Gurevich va N.I.Tolstixinlar
birgalikda taklif etgan tasnifning mohiyatini izohlab bering.;
5. Tabiiy suvlarni minerallashuvi bo‘yicha I.K.Zaysev tasnifi qanday
ustinliklarga ega?
6. Tabiiy suvlarning minerallashuv darajasini aniqlash va rasmiylashtirish
tamoyillarini bilasizmi?