Tabiiy suvlarninng kimyoviy tarkibi bo‘yicha tasniflari
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
68,6 KB
Tabiiy suvlarninng kimyoviy tarkibi bo‘yicha tasniflari
Ma’lumki, kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va boshqa belgilariga
ko‘ra tabiiy suvlarning bir qancha tasniflari ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuda asosiy
e’tibor er usti suvlarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra O.A.Alekin, V.A.Sulin,
S.A.SHukarev kabi olimlar tomonidan taklif etilgan tasniflarini o‘rganishga
qaratiladi.
Reja:
1. Tabiiy suvlarni tasniflash va uning amaliy ahamiyati;
2. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra O.A.Alyokin tasnifi;
3. Tabiiy suvlarning V.A.Sulin tasnifi va uning O.A.Alyokin tasnifidan farqi;
4. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha S.A.SHukarev tasnifi;
Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir qancha tasniflari ishlab
chiqilgan. Ushbu tasniflar tabiiy suvlardan amalda qanday maqsadlarda
foydalanishga, ularni iste’mol qilish va qo‘llanish sohalarini aniq belgilashga imkon
beradi. Lekin, hozircha suvdan foydalanish va uni iste’mol qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha masalalarni bir yo‘la hal etishga imkon beradigan universial tasnif
yaratilmagan.
Hozirgi kunda er usti va er osti suvlarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha
tasniflashning amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladiganlari O.A.Alekin, V.A.Sulin,
M.G.Valyashko, S.A.SHukarev, N.I.Tolstixin kabi olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan tasniflardir. Quyida tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra uchta, ya’ni
O.A.Alekin, V.A.Sulin va S.A.SHukarev taklif etgan tasniflarini alohida-alohida
ko‘rib chiqamiz. Mazkur tasniflar nisbatan sodda bo‘lib, ularni amaliyotda qo‘llash
qulaydir. Alohida qayd etish lozimki, ushbu tasniflarda faqat tabiiy suvlar tarkibidagi
asosiy bosh ionlar, jumladan anionlar (Cl-, SO42-, HCO3- ) va kationlar (Na+, Ca2+,
Mg2+) miqdori mezon qilib olingan.
Tabiiy suvlarning O.A.Alyokin tasnifi. Bu tasnif 1946 yilda e’lon qilingan.
Ushbu tasnif ikkita tamoyilga asoslanadi. Tasnifning birinchi tamoyilida ionlarning
qaysi birining miqdor jihatdan ko‘pligiga e’tibor qaratilsa, uning ikkinchi tamoyilida
esa ionlar orasidagi munosabatlar mezon qilib olingan.
Mazkur tasnifda O.A.Alyokin barcha tabiiy suvlarni, shu jumladan daryo
suvlarini ham, ular tarkibidagi anionlar miqdoriga bog‘liq holda quyidagi uchta
sinfga bo‘lgan:
1) gidrokarbonatli (karbonatli) suvlar: ularda NSO3' va SO3'' anionlari
miqdori boshqa anionlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi;
2) sulfatli suvlar, ularda SO4'' anionlari miqdori ko‘p bo‘ladi;
3) xloridli suvlar, ularda Cl' anionlari ko‘p bo‘ladi.
Er yuzasidagi daryolarning juda katta qismi gidrokabonatli suvlar sinfiga
mansubdir. Ulardan so‘ng sulfatli suvlar va oxirida xloridli suvlar sinfi turadi.
Tasnifda ajratilgan har bir sinf suvdagi kationlar mikdoriga karab quyidagi
uchta guruhga bo‘linadi:
a) kalsiyli (Ca2+);
b) magniyli (Mg2+) ;
v) natriyli (Na+).
Ushbu guruhlarning har biri o‘z navbatida, ionlarning o‘zaro miqdoriy
munosabatlariga qarab, ya’ni ionlar orasidagi mg-ekv/l nisbatlar bo‘yicha to‘rtta tipga
bo‘linadi (1.1-rasm).
Tabiiy suvlar birinchi tipga mos bo‘lishi uchun quyidagi shart bajarilishi
kerak: HCO3->Ca2++Mg2+, ya’ni suv tarkibidagi gidrokarbonatlar miqdori kalsiy va
magniy ionlarining yig‘indisidan katta bo‘lishi lozim. Odatda ushbu tipga kiruvchi
tabiiy suvlar ko‘pincha kam minerallashgan bo‘ladi. Lekin, ayrim oqmas ko‘llarda
ular yuqori darajada minerallashgan bo‘lishi ham mumkin.
Ikkinchi tipga mansub bo‘lish uchun esa HCO3- < Ca2+ + Mg2+< HCO3- + SO42-
sharti bajarilishi kerak. Ushbu tipga kichik va o‘rtacha minerallashgan daryolar,
ko‘llar va er osti suvlarini kiritish mumkin.
Uchinchi tipda esa ionlar orasida quyidagi miqdoriy munosabat amalga
oshishi lozim: HCO3-+ SO42- < Ca2+ + Mg2+ yoki Cl- > Na+. Ushbu tipga okeanlar,
dengizlar va quruqlikdagi tarkibi yuqori darajada minerallashgan ko‘llar suvlari
kiradi.
To‘rtinchi tip o‘ziga xos bo‘lib, unda HCO3- = 0 sharti bajarilishi lozim, ya’ni
bu tipdagi suvlarda gidrokarbonatlar ishtirok etmaydi. Ushbu tipga botqoqliklardagi,
vulqonlar kraterlaridan oqib chiqadigan suvlar hamda sanoat korxonalarining kuchli
darajada ifloslangan oqava suvlari misol bo‘la oladi.
-rasm. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra O.A.Alekin tasnifi
Табиий сувлар
С и н ф л а р
Гидрокарбонатли (C)
Сульфатли (S)
Хлоридли (Cl)
Ca
Na
Mg
Ca
Na
Mg
Ca
Mg
Na
IV
III
II
I
III
II
I
III
II
I
III
II
IV
III
II
IV
III
II
IV
III
II
IV
III
II
IV
III
II
Т и п л а р
Г у р у ҳ л а р
Tabiiy suvlar, masalan, daryo suvi gidrokimyoviy tarkibiga ko‘ra
O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha gidrokarbonat sinfiga, kalsiyli guruh, ikkinchi tipga
xos deyilsa, u
Ca
II
C
- ko‘rinishda yoziladi.
YUqorida bayon etilgan O.A.Alyokin tasnifi, tabiiy suvlarning ilk bor amalga
oshirilgan tasniflaridan
biridir.
SHuning
uchun
mazkur
tasnif
ma’lum
kamchiliklardan ham holi emas. Maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, sinflar
birlashishidan tiplar shakllanishi lozim. Biz ko‘rgan tasnifda esa buning teskarisi
bo‘lgan (1.1-rasm).
Tabiiy suvlarning V.A.Sulin tasnifi. Ushbu tansif 1948 yilda taklif etilgan
bo‘lib, asosan neft konlaridagi er osti suvlari uchun ishlab chiqilgan. Unda tabiiy
suvlar tarkibidagi ionlar nisbati bo‘yicha tiplarga, anionlarga qarab guruhlarga va
kationlarga qarab esa sinflarga va kichik guruhlarga ajratilgan (1.2-jadval).
– jadval
Tabiiy suvlarning V.A.Sulin tasnifi
Guruh
Suv tipi
Sulfat-
natriyli
Gidrokarbonat-
natriyli
Xlor-
magniyli
Xlor-
kalsiyli
Gidrokarbonatli
Sinf A2
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
1. Sinf A2
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
natriyli
2. Sinf A1
Kichik guruh:
natriyli
3. Sinf A3
Kichik guruh:
natriyli
Sinf A2
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Sinf A2
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Sulfatli
Sinf S2
Sinf S1
Sinf S2
Sinf S2
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Sinf S1
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
natriyli
Kichik guruh:
natriyli
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Sinf S1
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Sinf S1
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Xloridli
Sinf S1
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
natriyli
Sinf S1
Kichik guruh:
natriyli
Sinf S1
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
natriyli
Sinf S2
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Sinf S1
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
natriyli
Sinf S1
Kichik
guruhlar:
kalsiyli
magniyli
Er osti suvlarining genetik tiplari bo‘yicha qaysi turga mansubligi modda
miqdorining ekvivalent foizlardagi qiymatida ifodalanadi:
(rNa+ + rCl-) / rSO42-; (rCl- - r Na+) / r Mg2+.
Ushbu nisbatlar genetik koeffitsientlar deb nomlanadi va ularning er osti
suvlarining turli genezisli tiplariga mos keladigan qiymatlari
-jadvalda keltirilgan.
-jadval
Er osti suvlarining turli genezisli tiplariga mos keladigan koeffitsientlar
(V.A.Sulin bo‘yicha)
Tip
rNa+ / rCl-
rNa+ + rCl- /
rSO42
rCl- - rNa+ /
rMg2+
Sulfat-natriyli
>1
<1
-
Gidrokarbonat-natriyli
>1
>1
-
Xlorid-magniyli
<1
-
<1
Xlorid-kalsiyli
<1
-
>1
Tabiiy suvlarning S.A.SHukarev tasnifi. Bu tasnif nisbatan sodda bo‘lib,
tabiiy suvlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruhlashga imkon beradi. Bunda sinflarga
bo‘lish suvdagi bosh ionlarning miqdoriga qarab amalga oshiriladi. Ionlar miqdori
esa %-ekv da ifodalanadi. Agar bosh ionlar
Na ,
2
Mg
,
2
Ca
,
Cl ,
2
4
SO ,
3
HCO
dan qaysi birining miqdori 12,5 %-ekv ga teng yoki undan katta bo‘lsa, maxsus
katakli jadval - diragrammadan suvning gidrokimyoviy sinfi aniqlanadi (1.4-jadval).
-jadval
Tabiiy suvlarni tasniflashning S.A.SHukarev taklif etgan
jadval -diagrammasi
Mg
1
8
15
22
29
36
43
Ca, Mg
2
9
16
23
30
37
44
Sa
3
10
17
24
31
38
45
Na, Sa
4
11
18
25
32
39
46
Na
5
12
19
26
33
40
47
Na, Sa,
Mg
6
13
20
27
34
41
48
Na, Mg
7
14
21
28
35
42
49
SO4
Cl
HCO3
SO4
HCO3
HCO3
HCO3
Cl
SO4
Cl
SO4
Masalan, CHirchiq daryosi suvidan 1985 yil yanvar oyida olingan namunadagi
kationlar miqdori Ca2+=33,1%-ekv>12,5 ga, anionlar miqdori esa NSO3=35,6%-
ekv>12,5 ga teng. Bu qiymatlar yuqorida keltirilgan maxsus jadval-diagrammada
17- katakda kesishadi. Demak, CHirchiq suvining sinf raqami 17 bo‘lib, u
gidrokarbonatli-kalsiylidir.
Sinov savollari va topshiriqlar:
1. Tabiiy suvlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha tasniflashning amaliy
ahamiyatini yoritib bering;
2. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra O.A.Alyokin tasnifini sinflar
bo‘yicha izohlab bering;
3. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra O.A.Alyokin tasnifini guruhlar
bo‘yicha izohlab bering;
4. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra O.A.Alyokin tasnifini tiplar
bo‘yicha izohlab bering;
5. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra V.A.Sulin va O.A.Alyokin
tasniflarining farqi nimada?
6. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha S.A.SHukarev tasnifining
mohiyatini tushuntirib bering.;