TADBIRKORLIK FAOLIYATI. TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING AYLANISHI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
236,5 KB
196
TADBIRKORLIK FAOLIYaTI. TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING
AYLANISHI
Reja:
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va
rivojlanish shart-sharoitlari
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari, ularni tashkil etish va boshqarishning bozor
tizimlari
3. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi
va rabatlantirilishi
4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari
5. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital
6. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes
xususida, uning yo‘nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘risida ko‘plab
olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o‘rin egallamoqda. Ularda ko‘pincha
tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda.
Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish
bilan boliq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, umuman
foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining
kafolatlari to‘risida»gi qonunida taoriflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik
faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy maosuliyat ostida,
197
mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan
amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir» 1.
Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishda «uch to‘lqin»
– yaoni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli
ravishda ajratiladi.
Birinchi bosqich dastlabki bozor munosabatlari shakllanish davri – XVIII asrda
paydo bo‘lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari
bilan boliq. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar
ham shu davrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga
oshirilgan.
Fransuz
iqtisodchisi
R.Kantilon
tadbirkorlikning
muhim
tavsifiy
xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha,
tadbirkor – voqea va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, o‘z
zimmasiga barcha masouliyatni olib tavakkal qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari tufayli
daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo‘qotishlarga tayyor bo‘lgan
shaxsdir2.
R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o‘z asarlarida o‘ziga xos
tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shuulanuvchi korxona
egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.
Tadbirkorlik
faoliyati
to‘risidagi
nazariyalar
rivojlanishining
ikkinchi
bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyat ajratib
ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shumpeter bo‘lib, uning fikricha, iqtisodiy
o‘sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarini yangi kombinatsiyasini
ishlatishga, qo‘llashga bo‘lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya,
yangiliklar hisoblanadi.
Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy oyasi -
tadbirkorning muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi.
Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L.Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy
1 O’zbеkiston Rеspublikasi qonuni. Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida.
2 Prеdprinimatеlpstva v kontsе ХХ vеka. M., 1992, 20-b.
198
imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga, faoliyati
izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo‘lusi tadbirkor deb hisoblashadi.
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar
yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va
«katalizator» vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar
qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor –
tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi
mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga
boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari,
aksiyadorlari qo‘shgan mablalar bilan ham tahlikaga boradi3.
Tadbirkorlik faoliyati to‘risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va
yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha taorif berish mumkin:
tadbirkorlik faoliyati – shakli, turi va sohasidan qatoiy nazar foyda olish va uni
ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud
bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni
tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularning narxini belgilash, foydani tasarruf
qilish va shu kabilar bo‘yicha maolum huquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo
etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan
mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik
faoliyati mulkdorning o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi
suboekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
3 Makkonnеll K., Bryu S. Ekonomika. Printsipi, problеmi i politika.- M.: Rеspublika, 1992, s.38.
199
Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash
imkoniyati va shu kabilarni real taominlaydigan maolum iqtisodiy muhit va ijtimoiy-
siyosiy sharoit yaratishi zarur.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va
turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish
sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi oboektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi maolumot va malakali
tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar,
tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi
tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda
tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot
sohasiga o‘tib ketishi ehtimoli ham yuqori bo‘ladi.
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari, ularni tashkil etish va boshqarishning
bozor tizimlari
Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining
beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning
ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va
shaxsiy
maqsadlarda
ishlatiladigan
turlari
mavjud.
Shunga
mos
ravishda
tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari
rivojlanadi.
Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi
bilan ancha farqlanadi. Hatto biron bir mamlakatda barcha davlat korxonalari
faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga
bo‘lish mumkin:
- budjet korxonalari;
200
- davlat ishlab chiqarish korxonalari;
- aralash kompaniyalar.
Budjet korxonalari – davlatning vazifalarini bajarish bilan boliq holda
faoliyat ko‘rsatuvchi hamda davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriluvchi
huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar. Ular o‘zlarining
holati bo‘yicha davlatning maomuriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik,
mahkama yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki
ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha daromad va xarajatlari davlat budjeti
orqali o‘tib, olingan foydasidan soliq to‘lamaydi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat
tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham
bajaruvchi, alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lgan korxonalar. Bundan
ko‘rinadiki, davlat ishlab chiqarish korxonalari yoki korporatsiyalari o‘zida tijorat
korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtirib, korxonalarning ancha keng
tarqalgan tashkiliy, huquqiy shakli hisoblanadi.
Aralash kompaniyalar – davlat va xususiy omonatchilarning aksiyalarini
birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari
cheklangan shirkatlar shaklidagi korxonalar. Aralash kompaniyalar aksiyadorlik
jamiyatlari to‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi,
xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu
bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan maolum imtiyozlardan foydalanadi. Bu
imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el
litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xomashyo va
yarim fabrikatlarni qatoiy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni
sotish uchun bozor bilan taominlanganlik va shu kabilar.
Korxonalarning mulkchilik mavqeidan tashqari xilma-xil tashkiliy-huquqiy
shakllari ham mavjud bo‘ladi. Korxonalar xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab
chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo‘jalik birlashmalari
shaklida tuzilishi mumkin.
201
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, kooperatsiya
aozolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi
jamoa tadbirkorligining alohida shakli. Kooperativ mulkchilikka asoslangan
tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab
chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi (xususiy mulkchilikda bunday
qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi);
kooperatsiya aozolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi;
ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqqa egaligi; jamoaning o‘zini o‘zi boshqarishni
amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyunligining yuzaga kelishi va h.k.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy
tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab
chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish
yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka
tartibdagi
tadbirkorlik
shaxsiy
mulkka
asoslanadi,
ishlab
chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila aozolari mehnati asosida amalga
oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning
barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik huquqi nuqtai-
nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli
uning egasi cheklanmagan masouliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan
daromad soliini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi
korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli
malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Tabdirkorlik
faoliyatini
amalga
oshirishning
muhim
shakllaridan
biri
aksiyadorlik jamiyatlaridir.
Aksiyadorlik jamiyati – kapitali qimmatli qooz shaklida rasmiylashtirilgan
turli omonatchilarning pul mablalaridan tarkib topuvchi korxona.
Yirik ishlarni amalga oshirib, katta foyda olish maqsadida bir necha tadbirkorlar
o‘zlarining moddiy (ishlab chiqarish vositalari) va pul mablalarini birlashtirib ittifoq
(jamiyat) tuzadilar. Ular iqtisodiy adabiyotlarda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi.
202
Aksiyadorlik jamiyatining dastlabki kapitali ichki manba – taosischilar kapitali
hamda tashqi manba – aksiyalarni sotish orqali jalb etilgan kapitaldan iborat bo‘ladi.
Shunga
ko‘ra,
aksiya
chiqarish
va
uni
erkin
joylashtirish
aksiyadorlik
munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Ochiq turdagi
aksiyadorlik jamiyati – ishtirokchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa
aksiyadorlarning roziligisiz sotib olishi va ularni erkin sotishi huquqiga ega
bo‘lgan jamiyat. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati – aksiyalari faqat uning
taosischilari
yoki
oldindan
belgilangan
boshqa
shaxslar
doirasida
taqsimlanuvchi jamiyat.
Aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining maolum
hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish
huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qooz. Bundan tashqari, aksiya
korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiyaning egasi yozilgan va egasi yozilmagan, oddiy va imtiyozli turlarini
farqlash mumkin. Egasi yozilgan aksiya – aksiyadorlik jamiyati reestrida aksiya
egasining nomiga qayd qilinib, faqatgina uning yozma ruxsati bilan oldi-sotdi
qilinishi mumkin bo‘lgan aksiya. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat
egasi yozilgan aksiyalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Egasi yozilmagan aksiya – jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilmagan
holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriluvchi hamda erkin tarzda oldi-sotdi
qilinuvchi aksiya.
Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablaga mutanosib ravishda
taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. Oddiy aksiya imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
dividendlar to‘lanib, aksiyadorlik jamiyati zaxiralar to‘ldirilib bo‘lgandan so‘ng
qolgan sof foydani dividend shaklida taqsimlashda ishtirok etadi. Uning egasi
aksiyadorlar umumiy yiilishida masalalarni hal etishda ovoz berish huquqiga ega
bo‘ladi.
Imtiyozli aksiya – aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini
taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya. U, agar
203
aksiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ovoz
berish huquqini bermaydi, lekin qatoiy belgilangan dividendni keltiradi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining
narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi.
Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan
dividend miqdoriga to‘ri mutanosib, bankka qo‘yilgan pul foizi miqdoriga esa
teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi
bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
%
100
S
F
D
ÀÊ
,
bu yerda: AK – aksiya kursi; D – dividend; Fs – ssuda foizi.
Ssuda foizi o‘sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga
qaraganda yuqori darajada o‘ssa, aksiya kursi ko‘tariladi.
Aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi taosischilik foydasi kabi daromad
turining paydo bo‘lishi bilan boliq. Taosischilik foydasi sotilgan aksiyalar summasi
va aksiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mabla miqdori o‘rtasidagi
farqdan iborat.
Aksiyadorlik korxonasida taosischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi
daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga
to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qoozning shu
turiga qo‘yilgan pul mablalari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik
huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aksiyadorlik
jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamarishga,
soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va
chiqarilgan aksiya miqdoriga boliq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo‘ladi.
Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan
nazorat o‘rnatishni taominlash imkonini beruvchi aksiyalar soni. Nazariy
jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun
204
ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish zarur.
Amalda esa, aksiyalarning ko‘plab aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanib ketganligi u
qadar yuqori salmoqqa ega bo‘lmagan aksiyalar sonini qo‘lga kiritish orqali ham
nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya – sotib olishga sarflangan mablani kelgusida qatoiy belgilangan
foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qooz shakli. U egasining
jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya
aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablalarini ko‘paytirish uchun chiqariladi.
Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori
hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik
kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aksiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda
ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad
odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. Uning qiymati aksiyadorlik jamiyati
tomonidan maolum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Aksiyaga qo‘yilgan mabla
obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksiyador talabi bo‘yicha qaytarilishi
mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari
sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing – tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etishning yaxlit tizimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muammolarini hal etishda
bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari
yotadi.
Marketing faoliyati korxona amal qilishining tashqi sharoitlari to‘risidagi
axborotning olinishi; raqobatchilarning tovarlariga qaraganda bozor talablarini
to‘laroq qondiruvchi tovarlar to‘plamini yaratish; sotish sohasining eng yuqori
nazoratini belgilab beruvchi isteomolchi, talab, bozorga zarur darajada taosir
ko‘rsatishni taominlashi lozim.
Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo‘lgan va bozorda
sotish mumkin bo‘lgan tovarlarni zarur hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish
205
tamoyiliga
asoslanadi.
Korxonaning
ishlab
chiqarish-texnikaviy,
tashkiliy,
investitsiya va boshqa faoliyati isteomolchining ehtiyojlariga, ularning yaqin
istiqboldagi o‘zgarishiga yo‘naltiriladi. Xaridorlarning talablari tovar ishlab chiqarish
hajmi va nomenklaturasini, mazkur talab va ehtiyojlarni qondirishni yuqori darajasi
esa eng ko‘p foyda olishni belgilab beradi.
Marketingning maqsadi va vazifalarini belgilab olish muhim hisoblanadi.
Marketingning maqsadi – eng yuqori isteomol qoniqishi, isteomol, turmush sifatini
oshirish, tovar va xizmatlarning keng tanlovini taominlovchi korxona mahsulotini
sotishning zarur hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va
samaradorligini taominlash. Bu maqsadga marketingning quyidagi vazifalari orqali
erishiladi: korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing
chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan boliq bo‘lgan bozor va muammolarni
kompleks o‘rganish; isteomolchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish;
raqobatchilar va raqobatni o‘rganish; sotishni jadallashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlarni ishlab chiqish; yangi tovarning konsepsiyasini shakllantirish; marketing
tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini
shakllantirish va amalga oshirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirish; marketingni axborot bilan taominlash; marketingni boshqarish.
Marketing tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- yuqori darajada foydali va samarali xo‘jalik yuritishni taominlash;
- ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor talablari asosida yo‘naltirish;
- tovar ishlab chiqarishning xaridorlarning ehtiyojlariga funksional boliqligini
taominlash;
- faoliyatni ishlab chiqarish imkoniyatlari asosida emas, balki bozor
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish;
- bozorda yuqori raqobatbardoshlikni taominlash;
-
xaridorlarning
ehtiyojlarini
qondiruvchi
tovarlarni
tayyorlash
va
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik hamda ishlab
chiqarish faoliyatini tashkil etish;
206
- bozor holatini, uning rivojlanish istiqbolini, tovar va xizmatlarga mavjud va
potensial talabni kompleks o‘rganish;
- ishlab chiqarish va moliyalashtirishni muvofiqlashtirish va rejalashtirish;
- mahsulot tayyorlash va sotishning anoanaviy shakl va kanallarini
takomillashtirish, shuningdek, yangilarini topish;
- boshqaruv tizimining moslashuvchan va samarali tashkiliy tuzilmalarini joriy
etish;
- ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining o‘zaro aloqasi va taosirining yuqori
darajasini taominlash4.
Menejment – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori
natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning
shakllari, vositalari, usullari va tamoyillarining majmui.
Menejmentning asosiy maqsadi bo‘lib isteomolchilarning ehtiyojlarini hisobga
olgan holda mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning
bozordagi barqaror holatini taominlash hisoblanadi. Shunga ko‘ra, menejment
quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi:
- ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni taominlash va yuqori malakaga ega
bo‘lgan ishchilardan foydalanishga o‘tish;
- korxona xodimlari uchun mehnatning qulay sharoitlarini taominlash va
nisbatan yuqori ish haqi belgilash orqali ish faoliyatini rabatlantirish;
- korxona faoliyati samaradorligi ustidan muntazam nazorat o‘rnatish, uning
barcha bo‘linmalari ishini muvofiqlashtirish;
- yangi bozorlarni muntazam izlash va o‘zlashtirish;
- korxona rivojlanishi aniq maqsadlarini aniqlash;
- maqsadlarning ustuvorligi, ularning ketma-ketligi va yechimning izchilligini
ochib berish;
- turli davrlarga mo‘ljallangan muammolarning hal etilishi uchun chora-tadbirlar
tizimini ishlab chiqish;
4 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. / Pod obsh.rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy,
L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.199.
207
- zarur resurslar va ularni taominlash manbalarini aniqlash;
- belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni o‘rnatish5.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy bozor tizimi
sifatida marketing va menejmentning rivojlantirilishi, milliy iqtisodiyotda ularning
usul va vositalaridan keng foydalanish pirovardida korxona va tashkilotlar
faoliyatining yuksalishi va iqtisodiy o‘sishning taominlanishiga qulay zamin yaratadi.
3. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada
erkinlashtirilishi va rabatlantirilishi
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini
oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Mamlakatimizda kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli
darajalarda qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi katta taosir ko‘rsatdi. Davlat
tomonidan uning meoyoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi,
kichik korxonalarni moliya-kredit va investitsiya jihatidan qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha davlat va mintaqaviy dasturlari ishlab chiqildi va bugungi kunda ham
hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada mintaqalararo va xalqaro
aloqalar
yo‘lga
qo‘yilmoqda,
hukumatlararo
va
xalqaro
shartnomalar
tasdiqlanmoqda,
tadbirkorlarning
jamoatchilik
uyushmalari
faoliyati
jonlantirilmoqda, axborot taominoti tizimi vujudga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining shakllanishi
va mustahkamlanishida Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari
uyushmasi, «Madad», «Kafolat», «O‘zagrosuurta» kabi qator suurta kompaniyalari,
Respublika biznes-inkubatori, Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash
jamarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan
5 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. / Pod obsh.rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy,
L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.212.
208
taominlashga ko‘maklashish jamarmasi kabi budjetdan tashqari jamarmalarning roli
juda katta bo‘ldi.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirish
va rabatlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik
mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni
ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari
bilan shuullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari
soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha
shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya
qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2007 yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq
to‘lovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes suboektlariga asosiy, shu
jumladan, talab yuqori bo‘lgan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini
beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan, o‘tgan yilda O‘zbekiston
tovar-xomashyo birjasida umumiy savdo aylanmasi qariyb 2 barobar oshdi. Bugungi
kunda birja tarkibida markaziy savdo maydonchasi va viloyatlardagi 12 filiallar
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda akkreditatsiyadan o‘tgan 2300 dan ziyod brokerlar
xizmat ko‘rsatadi. Ixtisoslashgan savdo maydonchalarining (xorijiy mamlakatlardagi
maydonchalar bilan birga) soni 340 tadan oshib ketgan. Mazkur savdo maydonlarida
paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, neft mahsulotlari, qora va rangli
metallar, polietilen, un, shakar, paxta yoi, mineral o‘itlar va boshqa tovarlar
sotilmoqda. Jumladan, birja tovar aylanmasining 2007 yildagi tarkibi quyidagicha
bo‘lgan: isteomol tovarlari – 22%, qurilish materiallari – 23%, neft mahsulotlari –
13%, paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar – 7%, qora va rangli metallar
– 6%, suyultirilgan gaz – 4%, polietilen – 4%, boshqalar – 21%.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasi o‘laroq, keyingi yillarda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik suboektlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi
ulushi sezilarli ravishda ortib bormoqda.
209
«2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi
barqaror rivojlandi. Xo‘jalik yurituvchi suboektlarning soliq yukini yanada
kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10
foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solii stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash
tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil
rivojlantirish uchun kuchli rabatlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so‘nggi olti yil
mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes suboektlari soni 1,9 barobar ko‘paydi
va 2008 yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi.
Kichik biznes suboektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari
hajmi o‘tgan yili salkam 22 foizga ko‘paydi. Bu sanoat tarmoidagi o‘rtacha o‘sish
ko‘rsatkichidan ancha ko‘pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi 45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga ko‘tarildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 76 foizdan
ko‘proi aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa eotiborlidir»6.
Mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik suboektlarining tashqi
iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Respublikamiz
mustaqilligining dastlabki yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik suboektlari
umuman eksport faoliyatida ishtirok etmagan bo‘lsa, 1996 yilga kelib bu ulush 2,5
foizni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2007 yilda 14,8 foizga yetgan, yaoni 1996
yildagi darajadan deyarli 6 baravar oshgan7.
Yuqoridagi maolumotlardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanib, iqtisodiyotning mustaqil va samarali sektoriga
aylanib bormoqda.
4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari
6 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 24-b.
7 Bеkmurodov A.SH., G’afurov U.V. O’zbеkiston – iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash hamda islohotlarni
chuqurlashtirishning yangi va yuksak bosqichi yo’lida: O’quv qo’llanma. – T.: «Iqtisodiyot» nashr, 2008, 32-34, 59-
60-b.
210
Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va
yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar,
tovarlar va pul mablalari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda
bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo‘lib, uning qiymati – ko‘pchilikka maolum
bo‘lganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat
sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko‘plab turdagi va miqdordagi
nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini
taominlashda; v) qisman qiymatning tashkil topishida, yaoni shakllanishida; g) eng
muhimi, qo‘shimcha mahsulotni yaratishda va o‘zlashtirishda to‘liq ishtirok etishi
orqali namoyon bo‘ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy
qismlardan iborat bo‘lishidan qatoiy nazar, u barcha ko‘rinishlarda ikki tomonlama
xususiyatga ega bo‘ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi.
Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib
chiqaruvchi sabab – tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib
chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo‘lib, tarixiy va
mantiqiy jihatdan kapitalning boshlanich bo‘ini hisoblanadi.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatni
quyidagicha ifodalash mumkin (10.1-chizma).
Chizmadan ko‘rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o‘z navbatida
tadbirkorlik kapitaliga ham o‘tadi. Chunki, u pul, ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchi ko‘rinishidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo‘ladi. Ayni
paytda, kapital tovarlari o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan qiymatni ham namoyon
etadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, yaoni – bir turdagi
naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o‘tishi va miqdor jihatdan
ko‘payishi hamda qiymatning o‘sish jarayonidan iborat.
211
10.1-chizma
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning
namoyon bo‘lishi
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat
pirovardida yangidan yaratilgan tovarning ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan
Аниқ
меҳнат
Абстракт
меҳнат
Меҳнат
Нафлилиг
и
(истеомол
қиймати)
Қиймати
Товар
Ишлаб
чиқариш
воситалари ва
ишчи кучи
Ўсиш
хусусиятига
эга бўлган
ыиймат
Тадбиркорлик
капитали
Бир турдаги
нафлиликнинг
бошқа турдаги
нафлиликка ўтиши
ва кщпайиши
жараёни
Қийматнинг ўсиш
жараёни
Тадбиркорлик
капиталининг
ҳаракати жараёни
Янги турдаги ва
кўринишдаги
нафлилик
Ўтказилган ва
қўшилган
қиймат
Янгидан яра-
тилган товар
212
yangi turdagi va ko‘rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko‘paygan naflilik, ikkinchidan
esa, o‘tkazilgan va qo‘shilgan qiymatda namoyon bo‘ladi8.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda
bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul
shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab
chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu
holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun
zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala
sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:
8 Хajiyev B.D. Tadbirkorlik kapitali va uning samarali amal qilishi. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
diss. avtorеf. – T., 2008, 13-14 -b.
213
Iv
P T
Ik
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga
aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital
harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida
iste’molga tayyor tovar tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar
qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq
bo‘ladi, yaoni:
Iv
T . . . I . . . To
Ik
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining
ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga
keltirilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‘ladi ToPo
ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi.
Dastlab, pul shaklida sarflangan mabla yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan
ko‘proq bo‘lib qaytadi. Shu sababli uni Po=P+p ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib
olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib,
muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki
shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, yaoni
resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi.
Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi
oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko‘rsatiladi.
214
Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u
pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi
bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning
har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular kapitalning harakati
shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati
tovarlar ishlab chiqarish va xudi shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni
taominlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar
qiymatining narx shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning
pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi taominlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir
shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda ham
mavjud bo‘lmoi lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to‘xtab
qolgudek bo‘lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi.
Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga
ega bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
P T . . . I . . . To Po
Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
Iv Iv
T . . . I . . . To Po T
Ik Ik
215
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
T P T . . . I . . . To
Ik
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin,
ular uchun yuqorida taokidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining
harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida
tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari
o‘zlarning iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
5. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi.
Asosiy va aylanma kapital
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi,
balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday
uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi
deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan
mablalarning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli isteomolda bo‘lgan
xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi
masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining
boshlanich shakliga qaytadi.
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma
kapitalga bo‘linadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar
davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga
(xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik
xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
216
Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida to‘liq isteomol qilinadi,
o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-
buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi belgilar asosida farqlanadi.
1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital
uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi, o‘zining
oldingi natural-buyum shaklini shu davrdagi doiraviy aylanishlar davomida saqlab
qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall va b.) har bir doiraviy
aylanishda to‘liq unumli isteomol qilinadi, o‘zining ashyoviy-buyum shaklini
yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o‘tkazish xususiyati. Asosiy
kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning
qiymati tovarlarga qisman-qisman o‘tib boradi. Xomashyo va materiallar, yoqili va
energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli
isteomol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to‘liq o‘tadi.
3. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo‘yicha
asosiy kapital qiymati ikkiga bo‘linadi. Qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar
va xizmatlar bilan birga muomalada bo‘ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar
shaklidan pul shakliga o‘tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamariladi.
Mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo‘lgan asosiy
kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Isteomol qilingan mehnat predmetlari qiymati
to‘la-to‘kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.
4. Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab
chiqarish natijlariga o‘tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni
o‘z ichiga olgan muayyan davr davomida yeyilib, ishdan chiqqandan keyin pul
shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy
aylanishdan keyin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi.
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini
bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va
muomala vaqti (Mv) yiindisidan iborat:
217
Mv
Iv
Àv
.
Sarflangan mablalarning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, yaoni
ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo‘lgan davrgacha
o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, yaoni
ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan
vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat
bo‘ladi:
1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);
2) turli tanaffuslar davri (Td);
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo‘lish davri (Zd).
Demak,
Zd
Тd
Id
Iv
.
Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt
davomida mahsulot mehnatning bevosita taosiri ostida bo‘ladi. Ish davrining uzunligi
ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning miqdori va
uning unumdorligi darajasiga boliqdir.
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga taosir ko‘rsatish
zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat
buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik
jarayonlarning taosiri ostida bo‘ladi (quritish, achitish va shunga o‘xshash
jarayonlar). Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish
jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalarning
ish rejimi bilan, shuningdek ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari bilan
belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti –
bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taominlash uchun zarur
bo‘lgan davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni
tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi tanaffus davrining
va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport
218
shaxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash,
ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish,
muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy taosir
qiladi. Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki
bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n.
6. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning taosiri ostida shakllanadi.
Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo‘yicha tarkibi); asosiy
kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini
yangilari bilan amashtirish yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega.
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha
taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan
tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab
chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq
tarkibining yaxshilanganligini bildiradi.
Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ular har bir turining kapital umumiy
qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir xil
rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir meoyorda
borishini taominlab, mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish
samaradorligiga bilvosita tasir ko‘rsasa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar,
va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va ishlab chiqarish
samaradorligiga bevosita taosir ko‘rsatadi.
Asosiy kapitalning mulk shakllari bo‘yicha tarkibi, kapitalning umumiy
qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi.
Hozirgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami kapitalining hajmlari 2000 yilga
nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar ko‘paydi. Aholining omonat qo‘yilmalari
219
hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd pul mablalarining tushumlari – 8,1 baravar,
iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo‘yilmalari – 5 baravar ko‘paydi. Shu bilan
birga, tijorat banklari hamon samarali investitsiya markazlariga aylangani yo‘q,
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashda o‘z kapitali bilan
sust qatnashmoqda. Banklarning kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi
barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablalar to‘siqsiz va
to‘liq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda9.
Tahlillar ko‘rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirish manbalarida qarz
mablalari rolining oshishi asosan xorijiy kreditlarining ko‘payishi hisobiga yuz
bergan. Bu esa respublikada chet el kreditlari bo‘yicha kafolatlarning yuqori darajasi
va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan izohlanadi.
Respublika hukumati tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirishda to‘ridan-to‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma korxonalarni rivojlantirishga katta eotibor
bermoqda. 2008 yilda iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1,7 mlrd.
AQSh doll.ni tashkil etib, bu 2007 yilga nisbatan 46 foiz ko‘p. Mazkur
investitsiyalarning 74 foizini to‘ridan-to‘ri investitsiyalar tashkil etadi. Zamonaviy
texnologiyalarni tatbiq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo‘yicha ilor xorijiy tajribalarni
o‘zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasida amalga oshirilgan
chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet el investitsiyalarini olib kirish
faollashib, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi
sezilarli darajada o‘zgardi. Agar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni
1992 yilda 120 taga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, 2007 yil boshiga bu miqdor 2919 taga
yetdi, yaoni 24 baravar ortdi. Chet el investitsiyalari uchun yoqili-yenergetika
kompleksi, avtomobilsozlik va maishiy elektronika, oltin qazib olish asosiy
tarmoqlarga aylandi10.
Asosiy kapitalni shakllantirishda chet el investitsiyalarining ishtirokini
barqarorlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, investitsiya muhitini
9 O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Qarori. Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank
aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida. 2007 yil 7 noyabr // Хalq so’zi, №221 (4374), 2007 yil 8 noyabr, 1-b.
10 O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.