TAHLILDA SUBYEKT VA OBYEKT MUNOSABATI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

22,4 KB


 
 
 
 
 
 
TAHLILDA SUBYEKT VA OBYEKT MUNOSABATI 
 
 
Reja: 
1. Badiiy tahlilda sub’ekt muammosi. 
2. Badiiy tahlilda ob’ekt va sub’ekt tushunchasi 
3. Badiiy asarga xolis yondashish. 
4. Badiiy asarga yondashishda munaqqid faoliyatining o’rni 
5. tahlilida savol va topshiriqlarning ahamiyati. 
6.  
Tayanch tushunchalar: 
    O’quv tahlil , Tahlilning yo’naltirilganligi, shaxs tushunchasi, Tahlil 
qatnashchilarining o’zaro munosabatlari, tahlil-kashfiyot, obe’ktiv munosabat, joy 
va qatnashchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’ra cheklanishlari. 
 
 Badiiy asarning ilmiy tahlilini amalga oshirishda unda tabiiy ravishda namoyon 
bo‘ladigan ob’ekt va sub’ekt munosabatidagi o‘ziga xoslikni hisobga olish ham 
alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki, tekshirilayotgan estetik hodisa va uni yaratgan 
kishi bilan ushbu badiiy hodisani tekshirayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatning 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi tekshiruv natijasining qimmatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi 
aniq. Shunisi ham borki, subyekt va ob’ekt tushunchalari yon dashuv qaysi nuqtadan 
yo‘naltirilganiga qarab, tez o‘zgarib ketishga moyil hodisalardir. Shu sabab ba’zan 
ularni bir- biridan farqlash qiyin bo‘lib qoladi. 
 Falsafiy va estetik ma’nolardagi subyekt atamasi lotincha “subjectum” so‘zidan 
kelib chiqqan bo‘lib, «ega» ma’nosini bildiradi. Ilmiy atama sifatida esa subyekt 
bilish hamda faoliyat ko‘rsatishga qodir ong va irodaga ega shaxsni anglatadi. 
Obyekt termini lotincha «objectum» so‘zidan olinib, «narsa» ma’nosini bildiradi. 
Ilmiy tushuncha sifatida esa u inson va uning tafakkuridan tashqarida mavjud bo‘lib, 
TAHLILDA SUBYEKT VA OBYEKT MUNOSABATI Reja: 1. Badiiy tahlilda sub’ekt muammosi. 2. Badiiy tahlilda ob’ekt va sub’ekt tushunchasi 3. Badiiy asarga xolis yondashish. 4. Badiiy asarga yondashishda munaqqid faoliyatining o’rni 5. tahlilida savol va topshiriqlarning ahamiyati. 6. Tayanch tushunchalar: O’quv tahlil , Tahlilning yo’naltirilganligi, shaxs tushunchasi, Tahlil qatnashchilarining o’zaro munosabatlari, tahlil-kashfiyot, obe’ktiv munosabat, joy va qatnashchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’ra cheklanishlari. Badiiy asarning ilmiy tahlilini amalga oshirishda unda tabiiy ravishda namoyon bo‘ladigan ob’ekt va sub’ekt munosabatidagi o‘ziga xoslikni hisobga olish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki, tekshirilayotgan estetik hodisa va uni yaratgan kishi bilan ushbu badiiy hodisani tekshirayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi tekshiruv natijasining qimmatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Shunisi ham borki, subyekt va ob’ekt tushunchalari yon dashuv qaysi nuqtadan yo‘naltirilganiga qarab, tez o‘zgarib ketishga moyil hodisalardir. Shu sabab ba’zan ularni bir- biridan farqlash qiyin bo‘lib qoladi. Falsafiy va estetik ma’nolardagi subyekt atamasi lotincha “subjectum” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ega» ma’nosini bildiradi. Ilmiy atama sifatida esa subyekt bilish hamda faoliyat ko‘rsatishga qodir ong va irodaga ega shaxsni anglatadi. Obyekt termini lotincha «objectum» so‘zidan olinib, «narsa» ma’nosini bildiradi. Ilmiy tushuncha sifatida esa u inson va uning tafakkuridan tashqarida mavjud bo‘lib,  
 
uni bilishga urinayotgan shaxs uchun faoliyat, til, ilm va san’at shaklida namoyon 
bo‘ladigan mustaqil real borliqni anglatadi 
Adabiy-estetik ma’noda «obyekt» tushunchasi sub’ektning xohish-irodasidan 
tashqarida mavjud bo‘lib, uning faoliyati qaratilgan va o‘qigan kishiga estetik ta’sir 
ko‘rsatadigan badiiy asarni anglatadi. 
Badiiy-estetik «subyekt» biror badiiy asarni tekshirish natijasida unga xos 
bo‘lgan xususiyatlarni kashf etgan va o‘z kuzatish natijalaridan boshqa kishilarni 
ham xabardor qilishni ko‘zda tutgan shaxsni bildiradi. Biror badiiy asar bilan 
tanishmoqchi bo‘lgan o‘qirman, o‘quvchi va talabaga hamda muayyan adabiy 
yaratiqqa xos xususiyatlarni tekshirmoqchi bo‘lgan adabiyotshunosga tatbiqan 
badiiy asar obyekt hisoblanadi shu asar bilan tanishmoqchi yoxud uni o‘rganmoqchi 
bo‘lgan shaxslar esa subyekt sanaladi. 
Har qanday badiiy asar obyektivlik va subyektivlikning ajralmas birligidan 
dunyoga kelgan bo‘ladi. Negaki, chinakam san’atkor badiiy asarida real borliqni 
shunchaki boriday ko‘rsatib qo‘ya qolmaydi, balki voqelikni o‘z shaxsiyati 
prizmaidan o‘tkazib, uni muayyan darajada sub’ektivlashtirib aks ettiradi. Adabiy 
asarga tahliliy yondashish amaliyoti uchun badiiy tasvirning ob’ektivligi va 
ifodaning sub’ektivligi ko‘zda tutish katta metodik ahamiyat kasb etadi. Odatda 
badiiy asar shunchaki o‘qilayotganda ham, maxsus ilmiy tek- shirilayotganda ham 
undagi ob’ektiv jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratiladiki, bu asar haqidagi tasavvurning 
bir qadar kambag‘allashuviga olib keladi. Badiiy asarning faqat ob’ektiv jihatini 
tekshirishga qaratilgan yondashuv istasa-istamasa san’atning inson ruhiy 
faoliyatining bir turi sifagidagi ahamiyatini pasaytirib, oxir-oqibatda, adabiyot 
hayotning illyustratsiyasiginadir degan yanglish to‘xtamga olib keladi. Bunday 
yondashuvda adabiy asarning ko‘p jihatdan muallif sub’ektiga bog‘liq bo‘lgan jonli 
hissiy mazmun,ehtiros va ko‘tarinki ruhi hisobga olinmagan bo‘ladi. 
Bilishning ob’ekti sifatida borliqdagi barcha boshqa ob’ektlardan jiddiy farq 
qiladigan badiiy asar sof bir ob’ekt, mavjudlik sifatida ilmiy bilishga qarshi turmaydi 
Sub’ektivlik bilan sug‘orilgan va sub’ektga qaratilgan adabiyotshunoslikning 
tadqiqot materiali kishi ilmiy tafakkurini doimiy boyitib boradigan faol xususiyatga 
ega bo‘ladi. Ilmning tekshirish ob’ekti sifatidagi badiiy asarga xos xususiyatlar 
milliy adabiyotshunoslikda dsyar li o‘rganilmagan. Ulkan rus adabiyotshunosi M. 
uni bilishga urinayotgan shaxs uchun faoliyat, til, ilm va san’at shaklida namoyon bo‘ladigan mustaqil real borliqni anglatadi Adabiy-estetik ma’noda «obyekt» tushunchasi sub’ektning xohish-irodasidan tashqarida mavjud bo‘lib, uning faoliyati qaratilgan va o‘qigan kishiga estetik ta’sir ko‘rsatadigan badiiy asarni anglatadi. Badiiy-estetik «subyekt» biror badiiy asarni tekshirish natijasida unga xos bo‘lgan xususiyatlarni kashf etgan va o‘z kuzatish natijalaridan boshqa kishilarni ham xabardor qilishni ko‘zda tutgan shaxsni bildiradi. Biror badiiy asar bilan tanishmoqchi bo‘lgan o‘qirman, o‘quvchi va talabaga hamda muayyan adabiy yaratiqqa xos xususiyatlarni tekshirmoqchi bo‘lgan adabiyotshunosga tatbiqan badiiy asar obyekt hisoblanadi shu asar bilan tanishmoqchi yoxud uni o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslar esa subyekt sanaladi. Har qanday badiiy asar obyektivlik va subyektivlikning ajralmas birligidan dunyoga kelgan bo‘ladi. Negaki, chinakam san’atkor badiiy asarida real borliqni shunchaki boriday ko‘rsatib qo‘ya qolmaydi, balki voqelikni o‘z shaxsiyati prizmaidan o‘tkazib, uni muayyan darajada sub’ektivlashtirib aks ettiradi. Adabiy asarga tahliliy yondashish amaliyoti uchun badiiy tasvirning ob’ektivligi va ifodaning sub’ektivligi ko‘zda tutish katta metodik ahamiyat kasb etadi. Odatda badiiy asar shunchaki o‘qilayotganda ham, maxsus ilmiy tek- shirilayotganda ham undagi ob’ektiv jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratiladiki, bu asar haqidagi tasavvurning bir qadar kambag‘allashuviga olib keladi. Badiiy asarning faqat ob’ektiv jihatini tekshirishga qaratilgan yondashuv istasa-istamasa san’atning inson ruhiy faoliyatining bir turi sifagidagi ahamiyatini pasaytirib, oxir-oqibatda, adabiyot hayotning illyustratsiyasiginadir degan yanglish to‘xtamga olib keladi. Bunday yondashuvda adabiy asarning ko‘p jihatdan muallif sub’ektiga bog‘liq bo‘lgan jonli hissiy mazmun,ehtiros va ko‘tarinki ruhi hisobga olinmagan bo‘ladi. Bilishning ob’ekti sifatida borliqdagi barcha boshqa ob’ektlardan jiddiy farq qiladigan badiiy asar sof bir ob’ekt, mavjudlik sifatida ilmiy bilishga qarshi turmaydi Sub’ektivlik bilan sug‘orilgan va sub’ektga qaratilgan adabiyotshunoslikning tadqiqot materiali kishi ilmiy tafakkurini doimiy boyitib boradigan faol xususiyatga ega bo‘ladi. Ilmning tekshirish ob’ekti sifatidagi badiiy asarga xos xususiyatlar milliy adabiyotshunoslikda dsyar li o‘rganilmagan. Ulkan rus adabiyotshunosi M.  
 
M. Baxtin o‘zining «Adabiyotshunoslik metodologiyasi sari» maqolasida ushbu 
muammoga atroflicha to‘xtalib, ilmiy bilishning adabiyottanuv deb atalmish alohida 
shaklini «...badiiy asar vositachiligida muaplif va o‘qirmandan iborat ikki shaxsning 
dialogi tarzidagi bilishdir»- degan fikrga keladi. Bu muhim xulosaning tabiiy oqibati 
sifatida adabiyotshunoslik borasidagi ilmiy bilishning tugallanmasligi, oxiri yo‘qligi 
ayon bo‘ladi. Negaki, muayyan badiiy asar va uning muallifi bilan necha davrlar 
mobaynida tinimsiz almashib turadigan o‘qirmanlar avlodi o‘rtasidagi dialog, 
musohaba davom etar ekan, bunday bilishning biror joyda to‘xtashi mumkin 
bo‘lmaydi. 
Ayrimlarda adabiyotshunoslikning ob’ektini ob’ektivlashtirish mumkin emasligi 
borasidagi qarashida, ehtimoi M. M. Baxtin oshirinqirabroq yuborgandir, degan 
ishtiboq paydo bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, asarning tadqiqotchi fikri qarshisida 
ob’ektiv va bir qadar turg‘un hodisa sifatida hozir bo‘lishi ta’minlanmaydi, faqat 
adoqsiz dialog shaklida davom etaveradigan bilish jarayoni xolis ilmiy xulosalarga 
kelish imkonini bermaydi. Demak, badiiy asar haqida ob’ektiv va xolis ilmiy fikr 
aytish mumkin emas deyishadi bunday qarash tarafdorlari. Ammo ularning xavotir 
va xulosalari, bizningcha, asosli emas. Chindan ham muallif va tahlilchi (o‘qirman) 
dialogi zamonlar osha to‘xtam bilmaydi. Har bir yangi tahlilchi yoki o‘qirman 
muayyan bir asarga o‘z didi, saviyasi, dunyoqarashi nuqtai nazari bilan yondashadi 
va undan o‘z qarashlaridan kelib chiqib yutuq hamda kamchiliklar topadi. Lekin asl 
badiiy asar mohiyatida har qanday dunyoqarash, saviya va didlar sinoviga dosh 
beradigan shunday badiiy haqiqat va qadriyatlar bo‘ladiki, ular turli avlod vakillarida 
ham bir-biriga yaqin qarashlar paydo qiladi. 
Shuning uchun ham M. Baxtinning adabiyotshunoslik metodologiyasining g‘oyat 
o‘ziga xosligi borasidagi to‘xtamlari asosli ekaniga qo‘shilish kerak bo‘ladi. 
Birinchidan, adabiy asarni idrok etishgina emas, balki uni ilmiy bilish kechimi ham 
aniq fanlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p sub’ektivlik xususiyatiga ega. 
Chunki adabiy asarni ilmiy bilishdan oldin undagi sub’ekt tomonidan amalga 
oshirilgan ob’ektiv tasvirpar boshqa bir sub’ekt tomonidan sub’ektiv idrok etilishi 
kerak bo‘ladi. Keyin, agar muayyan asar tovush, so‘z va jumlalarning shunchaki 
uyumi sifatida emas, balki uning haqiqiy holati bo‘lmish badiiy-estetik hodisa 
tarzida o‘rganilmoqchi bo‘lsa, o‘sha asarni dastlabki o‘qish paytidagi ob’ektiv 
M. Baxtin o‘zining «Adabiyotshunoslik metodologiyasi sari» maqolasida ushbu muammoga atroflicha to‘xtalib, ilmiy bilishning adabiyottanuv deb atalmish alohida shaklini «...badiiy asar vositachiligida muaplif va o‘qirmandan iborat ikki shaxsning dialogi tarzidagi bilishdir»- degan fikrga keladi. Bu muhim xulosaning tabiiy oqibati sifatida adabiyotshunoslik borasidagi ilmiy bilishning tugallanmasligi, oxiri yo‘qligi ayon bo‘ladi. Negaki, muayyan badiiy asar va uning muallifi bilan necha davrlar mobaynida tinimsiz almashib turadigan o‘qirmanlar avlodi o‘rtasidagi dialog, musohaba davom etar ekan, bunday bilishning biror joyda to‘xtashi mumkin bo‘lmaydi. Ayrimlarda adabiyotshunoslikning ob’ektini ob’ektivlashtirish mumkin emasligi borasidagi qarashida, ehtimoi M. M. Baxtin oshirinqirabroq yuborgandir, degan ishtiboq paydo bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, asarning tadqiqotchi fikri qarshisida ob’ektiv va bir qadar turg‘un hodisa sifatida hozir bo‘lishi ta’minlanmaydi, faqat adoqsiz dialog shaklida davom etaveradigan bilish jarayoni xolis ilmiy xulosalarga kelish imkonini bermaydi. Demak, badiiy asar haqida ob’ektiv va xolis ilmiy fikr aytish mumkin emas deyishadi bunday qarash tarafdorlari. Ammo ularning xavotir va xulosalari, bizningcha, asosli emas. Chindan ham muallif va tahlilchi (o‘qirman) dialogi zamonlar osha to‘xtam bilmaydi. Har bir yangi tahlilchi yoki o‘qirman muayyan bir asarga o‘z didi, saviyasi, dunyoqarashi nuqtai nazari bilan yondashadi va undan o‘z qarashlaridan kelib chiqib yutuq hamda kamchiliklar topadi. Lekin asl badiiy asar mohiyatida har qanday dunyoqarash, saviya va didlar sinoviga dosh beradigan shunday badiiy haqiqat va qadriyatlar bo‘ladiki, ular turli avlod vakillarida ham bir-biriga yaqin qarashlar paydo qiladi. Shuning uchun ham M. Baxtinning adabiyotshunoslik metodologiyasining g‘oyat o‘ziga xosligi borasidagi to‘xtamlari asosli ekaniga qo‘shilish kerak bo‘ladi. Birinchidan, adabiy asarni idrok etishgina emas, balki uni ilmiy bilish kechimi ham aniq fanlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p sub’ektivlik xususiyatiga ega. Chunki adabiy asarni ilmiy bilishdan oldin undagi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan ob’ektiv tasvirpar boshqa bir sub’ekt tomonidan sub’ektiv idrok etilishi kerak bo‘ladi. Keyin, agar muayyan asar tovush, so‘z va jumlalarning shunchaki uyumi sifatida emas, balki uning haqiqiy holati bo‘lmish badiiy-estetik hodisa tarzida o‘rganilmoqchi bo‘lsa, o‘sha asarni dastlabki o‘qish paytidagi ob’ektiv  
 
taassurot so‘zsiz hisobga olinishi lozim bo‘ladi. Aks holda o‘rganilayotgan asar 
tahlili yo matnning nutqiy tarkibini tekshirish yoki mafkuraviy jihatdan e’tiborga 
loyiq fikrlarni talqin qilish bo‘ladiyu, ammo badiiy asarni mlmiy tahlil etish 
darajasiga chiqolmaydi. 
    Badiiy asar tekshiruvchida uyg‘otgan his-tuyg‘ular va ularning badiiy ifodasi 
ilmiy bilishning ob’ektiga aylangandagina badiiy tahlil natijasida asarning qaysidir 
muhim jiddiy qirrasi ochilishi mumkin. Agar asar loqayd idrok etilsa, uni ilmiy 
tekshirish natijasida personajlarning yurish-turishi, qilgan ishlari, aytgan gaplari 
borasidagi na ilmiy va na estetik qimmati bor bir hovuch axborotgagina ega 
bo‘linadi. Boshqacha aytganda, sub’ektiv idrokka asoslanmagan ilmiy tahlilda 
hamisha asarning tashqi jihatlarinigina ko‘rib, mohiyatini anglamay qolish xavfi 
bo‘ladi. Shundan ma’lumki, tadqiqotchining tekshirilayotgan asar ichiga «kirishi» 
va yoki, aksincha, asarning badiiy olamini o‘z ichki olamiga «kiritishi» ilmiy 
tahlilning zarur omili ekap. Demak, nafaqat badiiy asarning o‘zi, balki tadqiqotchida 
shu asar uyg‘otgan fikriy va hissiy taassurotlar ham ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘lishi 
kerak. Tushunarliki, bu taassurotlar yo‘q joydan paydo bo‘lmay, asardan, ya’ni 
ob’ektdan kelib chiqadi. Badiiy asarning ilmiy tahlili badiiy matnga tayangani va shu 
material bilan ish ko‘rgani uchun ham bu jarayonda adabiy asarga xos ob’ektiv jihat-
xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. 
Adabiyotshunos olimning ruhiyat olamini badiiy asarni ilmiy tekshirishning 
yolg‘iz quroli, tuyg‘u va fikrlarini esa ham asar estetik haroratini aniqlaydigan 
o‘lchagich, ham asar mazmuni salmog‘ini tortadigan tarozi, ham syujetning turli 
nuqtalaridagi kuchlanishlar darajasini belgilaydigap aniqlagich deyish mumkin. 
Ko‘rinadiki, aytilgan sof sub’ektiv omillardan tashqari, badiiy asar haqida ob’ektiv 
ilmiy 
xulosa 
chiqarishning 
boshqa 
uskunalari 
mavjud 
emas. 
Demak. 
tekshirilayotgan badiiy asarning qimmatini o‘lchaydigai vositalar: 
taxlilchining 
ruhiyat olami, qarashlari va 
tuyg‘ulari tizimi ekan hamda bu vosita har bir sinchida betakror ko‘rinishga ega 
ekan, tahlil natijasida kelinadigap to‘xtamning ham o‘ta sub’ektiv bo‘lishi mantiqqa 
muvofikdir. 
Shu o‘rinda nazariya uchun g‘oyat muhim bo‘lgan tabiiy bir savol tug‘iladi: 
adabiyot ilmida sub’ektivizmning o‘rni shu qadar katta bo‘lsa, to‘la sub’ektivizmga 
taassurot so‘zsiz hisobga olinishi lozim bo‘ladi. Aks holda o‘rganilayotgan asar tahlili yo matnning nutqiy tarkibini tekshirish yoki mafkuraviy jihatdan e’tiborga loyiq fikrlarni talqin qilish bo‘ladiyu, ammo badiiy asarni mlmiy tahlil etish darajasiga chiqolmaydi. Badiiy asar tekshiruvchida uyg‘otgan his-tuyg‘ular va ularning badiiy ifodasi ilmiy bilishning ob’ektiga aylangandagina badiiy tahlil natijasida asarning qaysidir muhim jiddiy qirrasi ochilishi mumkin. Agar asar loqayd idrok etilsa, uni ilmiy tekshirish natijasida personajlarning yurish-turishi, qilgan ishlari, aytgan gaplari borasidagi na ilmiy va na estetik qimmati bor bir hovuch axborotgagina ega bo‘linadi. Boshqacha aytganda, sub’ektiv idrokka asoslanmagan ilmiy tahlilda hamisha asarning tashqi jihatlarinigina ko‘rib, mohiyatini anglamay qolish xavfi bo‘ladi. Shundan ma’lumki, tadqiqotchining tekshirilayotgan asar ichiga «kirishi» va yoki, aksincha, asarning badiiy olamini o‘z ichki olamiga «kiritishi» ilmiy tahlilning zarur omili ekap. Demak, nafaqat badiiy asarning o‘zi, balki tadqiqotchida shu asar uyg‘otgan fikriy va hissiy taassurotlar ham ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘lishi kerak. Tushunarliki, bu taassurotlar yo‘q joydan paydo bo‘lmay, asardan, ya’ni ob’ektdan kelib chiqadi. Badiiy asarning ilmiy tahlili badiiy matnga tayangani va shu material bilan ish ko‘rgani uchun ham bu jarayonda adabiy asarga xos ob’ektiv jihat- xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Adabiyotshunos olimning ruhiyat olamini badiiy asarni ilmiy tekshirishning yolg‘iz quroli, tuyg‘u va fikrlarini esa ham asar estetik haroratini aniqlaydigan o‘lchagich, ham asar mazmuni salmog‘ini tortadigan tarozi, ham syujetning turli nuqtalaridagi kuchlanishlar darajasini belgilaydigap aniqlagich deyish mumkin. Ko‘rinadiki, aytilgan sof sub’ektiv omillardan tashqari, badiiy asar haqida ob’ektiv ilmiy xulosa chiqarishning boshqa uskunalari mavjud emas. Demak. tekshirilayotgan badiiy asarning qimmatini o‘lchaydigai vositalar: taxlilchining ruhiyat olami, qarashlari va tuyg‘ulari tizimi ekan hamda bu vosita har bir sinchida betakror ko‘rinishga ega ekan, tahlil natijasida kelinadigap to‘xtamning ham o‘ta sub’ektiv bo‘lishi mantiqqa muvofikdir. Shu o‘rinda nazariya uchun g‘oyat muhim bo‘lgan tabiiy bir savol tug‘iladi: adabiyot ilmida sub’ektivizmning o‘rni shu qadar katta bo‘lsa, to‘la sub’ektivizmga  
 
o‘tib ketmaslik, adabiy yaratiq borasidagi qarashlarni ob’ektivlashtirish, 
xolislashtirishning qanday yo‘li bor? Adabiy asar to‘g‘risida ob’ektiv fikr bildirish 
mumkinmi o‘zi? Tajriba ko‘rsatadiki, adabiy ob’ekt ta’sirida paydo bo‘ladigan 
sezimlarning o‘zini ob’ek- tivlashtirish, ularga tashqaridan xolis nazar tashlash 
mumkii ekan. Tadqiqotchi-o‘qirmanning o‘z his-tuyg‘ulari haqqoniyligi haqida 
o‘ylay boshlashining o‘zi ob’ektiv ilmiy tahlil sari tashlangan ilk muhim qadam 
hisoblanadi. 
Adabiyotshunos-o‘qirmanning o‘z taassurotlari borasida: “Ular o‘zi nima?”, 
«Qayerdan, nega paydo bo‘ldi?» va, eng muhimi, «Bu taassurot va tuyg‘ularim 
asarning mohiyatidan kelib ziqqanmi yoki u boradagi tasodifiy sezimlarimdangina 
iboratmi?» tarzida hisob berishi esa ilmiy taxlilni amalga oshirish sari qo‘yilgan 
ikkinchi qadami bo‘ladi. Taxlilga doir yumushlarning asl mohiyati shunda, bu 
adabiyotshunosni ilmiy xolislik sari olib borishi mumkin bo‘lgan yolg‘iz va to‘g‘ri 
yo‘ldir. Badiiy tahlilning ob’ektivligi, xolisligi sub’ekt, ya’ni adabiyottanuvchining 
badiiy asarga ob’ekt sifatida yondashishi, uning o‘zigagina xos qonuniyatlarni topib, 
uning barcha unsurlari ana shu qonuniyatlarga qanchalik bo‘ysunganligini 
tekshirishi orqali ta’minlanadi. 
Tahlil qiluvchining asardan olgan taassurotlari asarning asl xususiyatlariga to‘g‘ri 
kelishi yoki kelmasligini, mabodo to‘g‘ri kelmasa, to‘g‘ri keltirish haqida 
chinakamiga bosh qotirish sinchining bilish predmetini yanada ob’ektivlashtiradi. 
Adabiyotshunoslikdagi ilmiylik tamoyili asardan olingan ilk taassurotlarni 
mutlaqlashtirib, unda nuqson ko‘rmaslikni emas, balki doimo o‘z taassurotlaridan 
shubhalanib, ularning asosli ekanini izchillik bilan tekshirib turishni taqozo qiladi. 
“Buning eng maqbul amaliy yo‘li asarni qayta o‘qish, qayta o‘qishgina emas, balki 
qayta-qayta o‘qishdir. Professional adabiyotshunos o‘zida ilk o‘qiganda qolgan 
taassurotlarni takrorlash uchun emas, balki ularning haqqoniyligini sinchiklab, hatto, 
ijikilab tekshirib ko‘rish maqsadida qayta-qayta o‘qish odatini shakllantirishi kerak», 
deb yozadi badiiy tahlil tamoyil va usullari bilan maxsus shug‘ullangan rus olimi A. 
Yesin. Chindan ham asarning san’at hodisasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan yangi 
qirralari, tafsil (detal) va nozik jihatlarini ochishga xizmat qiladigan qayta o‘kish 
badiiy matnni ilmiy anglash yo‘lidagi muhim omildir. 
o‘tib ketmaslik, adabiy yaratiq borasidagi qarashlarni ob’ektivlashtirish, xolislashtirishning qanday yo‘li bor? Adabiy asar to‘g‘risida ob’ektiv fikr bildirish mumkinmi o‘zi? Tajriba ko‘rsatadiki, adabiy ob’ekt ta’sirida paydo bo‘ladigan sezimlarning o‘zini ob’ek- tivlashtirish, ularga tashqaridan xolis nazar tashlash mumkii ekan. Tadqiqotchi-o‘qirmanning o‘z his-tuyg‘ulari haqqoniyligi haqida o‘ylay boshlashining o‘zi ob’ektiv ilmiy tahlil sari tashlangan ilk muhim qadam hisoblanadi. Adabiyotshunos-o‘qirmanning o‘z taassurotlari borasida: “Ular o‘zi nima?”, «Qayerdan, nega paydo bo‘ldi?» va, eng muhimi, «Bu taassurot va tuyg‘ularim asarning mohiyatidan kelib ziqqanmi yoki u boradagi tasodifiy sezimlarimdangina iboratmi?» tarzida hisob berishi esa ilmiy taxlilni amalga oshirish sari qo‘yilgan ikkinchi qadami bo‘ladi. Taxlilga doir yumushlarning asl mohiyati shunda, bu adabiyotshunosni ilmiy xolislik sari olib borishi mumkin bo‘lgan yolg‘iz va to‘g‘ri yo‘ldir. Badiiy tahlilning ob’ektivligi, xolisligi sub’ekt, ya’ni adabiyottanuvchining badiiy asarga ob’ekt sifatida yondashishi, uning o‘zigagina xos qonuniyatlarni topib, uning barcha unsurlari ana shu qonuniyatlarga qanchalik bo‘ysunganligini tekshirishi orqali ta’minlanadi. Tahlil qiluvchining asardan olgan taassurotlari asarning asl xususiyatlariga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini, mabodo to‘g‘ri kelmasa, to‘g‘ri keltirish haqida chinakamiga bosh qotirish sinchining bilish predmetini yanada ob’ektivlashtiradi. Adabiyotshunoslikdagi ilmiylik tamoyili asardan olingan ilk taassurotlarni mutlaqlashtirib, unda nuqson ko‘rmaslikni emas, balki doimo o‘z taassurotlaridan shubhalanib, ularning asosli ekanini izchillik bilan tekshirib turishni taqozo qiladi. “Buning eng maqbul amaliy yo‘li asarni qayta o‘qish, qayta o‘qishgina emas, balki qayta-qayta o‘qishdir. Professional adabiyotshunos o‘zida ilk o‘qiganda qolgan taassurotlarni takrorlash uchun emas, balki ularning haqqoniyligini sinchiklab, hatto, ijikilab tekshirib ko‘rish maqsadida qayta-qayta o‘qish odatini shakllantirishi kerak», deb yozadi badiiy tahlil tamoyil va usullari bilan maxsus shug‘ullangan rus olimi A. Yesin. Chindan ham asarning san’at hodisasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan yangi qirralari, tafsil (detal) va nozik jihatlarini ochishga xizmat qiladigan qayta o‘kish badiiy matnni ilmiy anglash yo‘lidagi muhim omildir.  
 
Aytilganlardan anglashiladiki, ilk taassurotlarning hamisha tahrirga muhtojlik 
ehtimoli katta bo‘lganidan bir marta o‘qiboq qilinadigan badiiy tahlil ishonchli 
chiqmaydi. Sinchi oldida unchalik muallif yozgan asarni emas, undan ham yomoni, 
mutlaqo muallif yozgan asarni emas, balki o‘zining ilk tasavvuridagi tamomila 
boshqa bir xayoliy bitikni tahlil qilib qo‘yish xavfi paydo bo‘ladi. Holbuki, maktab 
adabiyot o‘qitish amaliyotida har doim, hatto, oliy filologik ta’limda ham ko‘pincha 
asarni bir marta o‘qigandan keyinoq tahlil qilishga odatlanilgan. Asarni tahlil qilish 
jarayonida muallif yoki domlalarga ergashmay, mustaqil fikrlash talab etiladi-yu, 
ammo o‘quvchi va talabalar qayta o‘qishga yo‘naltirilmaydi. Shunday bo‘lgach, 
o‘quv tahlili ko‘pincha syujetning esda qolgan jo‘ngina qayta hikoyasi yoxud 
asarning g‘oyasi to‘g‘risida qolipdagi yodaki xulosalar berishdan iborat bo‘lib 
qolishidan ajablanish kerak emas. Ilmiy tahlil qilinadigan badiiy material hali 
yetarlicha o‘zlashtirib olinmagani sababli, ayniqsa, murakkab tarkibli o‘ziga xos 
asarlar bilan ish ko‘rilganda, ilk taassurot va tasavvurlar mutlaqo kifoya qilmaydi. 
Badiiy asarni auditoriyadagi barcha o‘quvchi va talabalar bilan birga qayta o‘qish 
samarali bo‘ladi. Katta hajmli asarlarning, hech bo‘lmaganda, muhim o‘rinlarini, 
kichik hajmli asarlarni esa, to‘lig‘icha izohlab qayta o‘qish, tala- balarning imkoni 
ko‘tarsa, bir necha bor qayta o‘kish ilmiY tahlil sari ochilgan yo‘l deyish mumkin. 
Qayta o‘qish badiiy asar tahliliga tayyorgarlikning yo‘l-yo‘lakay emas, balki eng 
muhim usulidir. Adabiy ta’lim shu tarzda amalga oshirilgandagina yoshlar 
o‘rganilayotgan badiiy matnga sinchkovlik bilan qarashga odatlanadilar. 
     Badiiy tahlilda ob’ekt anglashilishi va sub’ekt uni tuyishi uchun sub’ekt ma’lum 
darajada ob’ektlashishi, ob’ekt esa imkoni boricha sub’ektlashtirilishi zarur. Ya’ni 
badiiy asarni tushunish va tahlil etishda ob’ekt falsafa ilmidagi kabi holicha 
qimmatga ega emas, u sub’ekt tomonidan anglangan darajadagina qimmatga ega 
bo‘ladi. Yetuk bir asar uni anglashga chog‘i kelmagan tahlilchi tomonidan 
tushunilmasligi, aslida g‘arib bir bitik esa zo‘r asar sifatida taqdim etilishi ham 
mumkin. Negaki, tahlilchining tafakkur darajasi va ichki ruhiy olami estetik ob’ektni 
idrok etish va izohlashning asosiy vositalaridir. Shuning uchun ham tahlilchi o‘z 
fikri, ruhiy olami va tuyg‘ularining qurshovida qolib ketmasligi uchun dunyo 
adabiyotining sara namunalari va badiiy matnni ilmiy-estetik baholashda 
tayaniladigan nazariy bilimlardan xabardor bo‘lishi, muayyan matn bilan tanishish 
Aytilganlardan anglashiladiki, ilk taassurotlarning hamisha tahrirga muhtojlik ehtimoli katta bo‘lganidan bir marta o‘qiboq qilinadigan badiiy tahlil ishonchli chiqmaydi. Sinchi oldida unchalik muallif yozgan asarni emas, undan ham yomoni, mutlaqo muallif yozgan asarni emas, balki o‘zining ilk tasavvuridagi tamomila boshqa bir xayoliy bitikni tahlil qilib qo‘yish xavfi paydo bo‘ladi. Holbuki, maktab adabiyot o‘qitish amaliyotida har doim, hatto, oliy filologik ta’limda ham ko‘pincha asarni bir marta o‘qigandan keyinoq tahlil qilishga odatlanilgan. Asarni tahlil qilish jarayonida muallif yoki domlalarga ergashmay, mustaqil fikrlash talab etiladi-yu, ammo o‘quvchi va talabalar qayta o‘qishga yo‘naltirilmaydi. Shunday bo‘lgach, o‘quv tahlili ko‘pincha syujetning esda qolgan jo‘ngina qayta hikoyasi yoxud asarning g‘oyasi to‘g‘risida qolipdagi yodaki xulosalar berishdan iborat bo‘lib qolishidan ajablanish kerak emas. Ilmiy tahlil qilinadigan badiiy material hali yetarlicha o‘zlashtirib olinmagani sababli, ayniqsa, murakkab tarkibli o‘ziga xos asarlar bilan ish ko‘rilganda, ilk taassurot va tasavvurlar mutlaqo kifoya qilmaydi. Badiiy asarni auditoriyadagi barcha o‘quvchi va talabalar bilan birga qayta o‘qish samarali bo‘ladi. Katta hajmli asarlarning, hech bo‘lmaganda, muhim o‘rinlarini, kichik hajmli asarlarni esa, to‘lig‘icha izohlab qayta o‘qish, tala- balarning imkoni ko‘tarsa, bir necha bor qayta o‘kish ilmiY tahlil sari ochilgan yo‘l deyish mumkin. Qayta o‘qish badiiy asar tahliliga tayyorgarlikning yo‘l-yo‘lakay emas, balki eng muhim usulidir. Adabiy ta’lim shu tarzda amalga oshirilgandagina yoshlar o‘rganilayotgan badiiy matnga sinchkovlik bilan qarashga odatlanadilar. Badiiy tahlilda ob’ekt anglashilishi va sub’ekt uni tuyishi uchun sub’ekt ma’lum darajada ob’ektlashishi, ob’ekt esa imkoni boricha sub’ektlashtirilishi zarur. Ya’ni badiiy asarni tushunish va tahlil etishda ob’ekt falsafa ilmidagi kabi holicha qimmatga ega emas, u sub’ekt tomonidan anglangan darajadagina qimmatga ega bo‘ladi. Yetuk bir asar uni anglashga chog‘i kelmagan tahlilchi tomonidan tushunilmasligi, aslida g‘arib bir bitik esa zo‘r asar sifatida taqdim etilishi ham mumkin. Negaki, tahlilchining tafakkur darajasi va ichki ruhiy olami estetik ob’ektni idrok etish va izohlashning asosiy vositalaridir. Shuning uchun ham tahlilchi o‘z fikri, ruhiy olami va tuyg‘ularining qurshovida qolib ketmasligi uchun dunyo adabiyotining sara namunalari va badiiy matnni ilmiy-estetik baholashda tayaniladigan nazariy bilimlardan xabardor bo‘lishi, muayyan matn bilan tanishish  
 
mobaynida tuyg‘ularini bezovta qilgan sabablarning ilmiy izohini bera olish 
qudratiga ega bo‘lishi kerak. Bunday sifatlar badiiy tahlilning xolis va ilmiy 
bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday qilmagan yoki qilolmagan tahlilchi tekshirilayotgan 
asardan unga xos qirralarni topolmasligi yoxud unga mutlaqo yot bo‘lgan 
xususiyatlarni yopishtirishi mumkin. 
Badiiy asarni tahlil qilishda taxdilchi - sub’ekg bilan ob’ekt, ya’ni badiiy matn 
o‘rgasida to‘gri munosabat o‘rnatilishi » tahlil sifati uchun g‘oyat muhimdir. Falsafa 
va mantiq ilmida sub’ektga xos qarash va to‘xtamlarning ob’ektivligi, ya’ni xolisli 
muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy tahlilda esa sub’ekt tahlil qilinayotgan badiiy 
matnga alohida qiziqib, ehtiros bilan yon- doshgandagina uning jozibasini, yashirin 
ichki ma’nolarini topishi mumkin bo‘ladi. Agar estetik subekt xolislik maqsadida 
badiiy ob’ektta loqayd yondashadigan bo‘lsa, undagi ko‘zga yaqqol tashlanib 
turmaydigan jihatlarni payqamay qolaveradi. Demak, sub’ekt ob’ektivlikdan bir 
qadar chekinganda, badiiy ob’ektga xolis ilmiy-estetik baho bera oladi. Holbuki, 
adabiyot va sanatdan boshqa ilmlarda aynan xolislik va sovuqqonlik, ya’ni 
ob’ektivlik ilmiy xulosalarning haqqoniyligini ta’minlaydi. 
Shuni ham aytish kerakki, bitta badiiy matn, ya’ni bir ob’ekt turli vaqtlarda idrok 
etilganda, ayni bir sub’ekt (o‘qirman)ga turlicha ta’sir qilishi holati ham tabiiydir. 
Badiiy matn tuyg‘u va aqlning birgalikdagi faoliyati mahsuli bo‘lganligi uchun ham 
adabiy asar tahlilchining hissiy holati qandayligi hamda aqliy kuchining qayoqqa va 
kay tarzda yo‘naltirilganidan kelib chiqib, unga turlicha ta’sir qiladi. Shuning uchun 
ham badiiy tahlil jarayonida hamisha tahlilchi - sub’ekt badiiy ob’ektga xos 
xususiyatlarni taxlil amalga oshirilayotgan vaziyatdagi estetik saviyasi, kayfiyati va 
imkoniyatidan kelib chiqqan holda ko‘radi hamda ko‘rsatadi. Bu holat taxlilning 
mutlaq va tugal bo‘lmasligi tamoyili bilai ham izohlanadi. Shuning uchun ham ayni 
bir matn bir davrda yashayotgan turli tahlilchilar tomonidan turlicha qabul etilishi va 
ularning har biri o‘z qarashlarini matndan keltirilgan dalillar bilan isbotlay olishlarini 
ko‘rish mumkin. Ilmning boshqa sohalarida esa adabiy sinchilikdagi darajada katta 
har xillik yuzaga kelmaydi. 
Ta’kidlash lozimki, badiiy taxlilda sub’ektning xo lis bo‘lmasligi holati jo‘n 
tushunilmasligi kerak. Negaki tahlilchining har qanday fikri uning shaxsiy 
mulohazasi bo‘lsa ham, lekin sub’ekt muayyan to‘xtamga shunchaki o‘z xohish 
mobaynida tuyg‘ularini bezovta qilgan sabablarning ilmiy izohini bera olish qudratiga ega bo‘lishi kerak. Bunday sifatlar badiiy tahlilning xolis va ilmiy bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday qilmagan yoki qilolmagan tahlilchi tekshirilayotgan asardan unga xos qirralarni topolmasligi yoxud unga mutlaqo yot bo‘lgan xususiyatlarni yopishtirishi mumkin. Badiiy asarni tahlil qilishda taxdilchi - sub’ekg bilan ob’ekt, ya’ni badiiy matn o‘rgasida to‘gri munosabat o‘rnatilishi » tahlil sifati uchun g‘oyat muhimdir. Falsafa va mantiq ilmida sub’ektga xos qarash va to‘xtamlarning ob’ektivligi, ya’ni xolisli muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy tahlilda esa sub’ekt tahlil qilinayotgan badiiy matnga alohida qiziqib, ehtiros bilan yon- doshgandagina uning jozibasini, yashirin ichki ma’nolarini topishi mumkin bo‘ladi. Agar estetik subekt xolislik maqsadida badiiy ob’ektta loqayd yondashadigan bo‘lsa, undagi ko‘zga yaqqol tashlanib turmaydigan jihatlarni payqamay qolaveradi. Demak, sub’ekt ob’ektivlikdan bir qadar chekinganda, badiiy ob’ektga xolis ilmiy-estetik baho bera oladi. Holbuki, adabiyot va sanatdan boshqa ilmlarda aynan xolislik va sovuqqonlik, ya’ni ob’ektivlik ilmiy xulosalarning haqqoniyligini ta’minlaydi. Shuni ham aytish kerakki, bitta badiiy matn, ya’ni bir ob’ekt turli vaqtlarda idrok etilganda, ayni bir sub’ekt (o‘qirman)ga turlicha ta’sir qilishi holati ham tabiiydir. Badiiy matn tuyg‘u va aqlning birgalikdagi faoliyati mahsuli bo‘lganligi uchun ham adabiy asar tahlilchining hissiy holati qandayligi hamda aqliy kuchining qayoqqa va kay tarzda yo‘naltirilganidan kelib chiqib, unga turlicha ta’sir qiladi. Shuning uchun ham badiiy tahlil jarayonida hamisha tahlilchi - sub’ekt badiiy ob’ektga xos xususiyatlarni taxlil amalga oshirilayotgan vaziyatdagi estetik saviyasi, kayfiyati va imkoniyatidan kelib chiqqan holda ko‘radi hamda ko‘rsatadi. Bu holat taxlilning mutlaq va tugal bo‘lmasligi tamoyili bilai ham izohlanadi. Shuning uchun ham ayni bir matn bir davrda yashayotgan turli tahlilchilar tomonidan turlicha qabul etilishi va ularning har biri o‘z qarashlarini matndan keltirilgan dalillar bilan isbotlay olishlarini ko‘rish mumkin. Ilmning boshqa sohalarida esa adabiy sinchilikdagi darajada katta har xillik yuzaga kelmaydi. Ta’kidlash lozimki, badiiy taxlilda sub’ektning xo lis bo‘lmasligi holati jo‘n tushunilmasligi kerak. Negaki tahlilchining har qanday fikri uning shaxsiy mulohazasi bo‘lsa ham, lekin sub’ekt muayyan to‘xtamga shunchaki o‘z xohish  
 
istagi tufayli emas, balki bu yo‘nalishdagi ilmiy-estetik mantiq hamda badiiy 
qarashlar tizimiga tayangani bois yetib keladi. Ayni shu jihatlar badiiy tahlilning 
ilmiyligipn ta’minlaydigan omildir. Lekin bu xil xulosa va qarashlar tizimi qandaydir 
o‘zgarmas va qolip shaklidagi ilmiy qoidalar tarzida emas, balki badiiy matnni o‘ziga 
xos anglashdan kelib chiqadigan adabiy mulohazalar tarzida moddiylashadi. Ilmiy 
tahlil badiiy so‘z sof ob’ektiv mavjud» lik ham, tahlilchining sof sub’ektiv-ruhiy 
qarashlari natijasi ham emas, balki intersub’ektiv badiiy reallik, ya’ni o‘zga 
sub’ektlarning ongida ham shu holicha qabul etiladigan hissiy-intellektual fenomen 
tarzida tushunilsa, to‘g‘ri ilmiy yo‘l tutilgan bo‘ladi. 
Badiiy tahlilni amalga oshirayotgan sub’ektning bilim darajasi, shaxsiy sifatlari, 
ma’naviy dunyosi kabi qirralari tahlilning to‘laligi, chuqurligi va aniqligini 
ta’minlaydigan omillar bo‘lib hisoblanadi. 
Badiiy tahlilning to‘laligi badiiy matnga yaxlit tizim holidagi butunlik tarzida 
yondashilib, unga xos barcha jihatlar imkon qadar qamrab olinishini anglatadi. 
Bunda o‘rganilayotgan asar turli tomondan tekshirilib, unga xos barcha asosiy 
qirralar ilmiy baholanishiga erishish ko‘zda tutiladi. 
Tekshirilayotgan asardagi badiiy tizimning yaxlit tartibli butunlik sifatida katta 
qiymatga egaligi, ulkan badiiy mnqsadga qaratilgani yoxud milliy estetik tafakkur 
uchun hech qanday qimmat kasb etmasligining ilmiy-mantiqiy va ilmiy-estetik 
jihatdan ishonarli asoslanishi tahlilning chuqurligini bildiradi. 
Badiiy tahlil asnosida tekshirilayotgan adabiy asardan muayyan shaxsga tegishli 
individual xususiyatlar yoki biror ijtimoiy qatlamga xos universal jihatlarning 
topilishi, adabiy so‘zda betakror shaxsiy hamda qaytarilib turuvchi universal 
jihatlarning buzilmas aloqasini ko‘rsatishga erishilgani tahlilning aniqligini 
ko‘rsatadi. 
Badiiy asar tahlilining to‘lalik, chuqurlik va aniqlik kabi xususiyatlarga ega 
bo‘lishi uning imkon darajasida obyektiv va xolis amalga oshirilganini anglatadigan 
ko‘rsatkichlardir. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Sube’kt atamasining falsafiy jihatlarini gapiring. 
istagi tufayli emas, balki bu yo‘nalishdagi ilmiy-estetik mantiq hamda badiiy qarashlar tizimiga tayangani bois yetib keladi. Ayni shu jihatlar badiiy tahlilning ilmiyligipn ta’minlaydigan omildir. Lekin bu xil xulosa va qarashlar tizimi qandaydir o‘zgarmas va qolip shaklidagi ilmiy qoidalar tarzida emas, balki badiiy matnni o‘ziga xos anglashdan kelib chiqadigan adabiy mulohazalar tarzida moddiylashadi. Ilmiy tahlil badiiy so‘z sof ob’ektiv mavjud» lik ham, tahlilchining sof sub’ektiv-ruhiy qarashlari natijasi ham emas, balki intersub’ektiv badiiy reallik, ya’ni o‘zga sub’ektlarning ongida ham shu holicha qabul etiladigan hissiy-intellektual fenomen tarzida tushunilsa, to‘g‘ri ilmiy yo‘l tutilgan bo‘ladi. Badiiy tahlilni amalga oshirayotgan sub’ektning bilim darajasi, shaxsiy sifatlari, ma’naviy dunyosi kabi qirralari tahlilning to‘laligi, chuqurligi va aniqligini ta’minlaydigan omillar bo‘lib hisoblanadi. Badiiy tahlilning to‘laligi badiiy matnga yaxlit tizim holidagi butunlik tarzida yondashilib, unga xos barcha jihatlar imkon qadar qamrab olinishini anglatadi. Bunda o‘rganilayotgan asar turli tomondan tekshirilib, unga xos barcha asosiy qirralar ilmiy baholanishiga erishish ko‘zda tutiladi. Tekshirilayotgan asardagi badiiy tizimning yaxlit tartibli butunlik sifatida katta qiymatga egaligi, ulkan badiiy mnqsadga qaratilgani yoxud milliy estetik tafakkur uchun hech qanday qimmat kasb etmasligining ilmiy-mantiqiy va ilmiy-estetik jihatdan ishonarli asoslanishi tahlilning chuqurligini bildiradi. Badiiy tahlil asnosida tekshirilayotgan adabiy asardan muayyan shaxsga tegishli individual xususiyatlar yoki biror ijtimoiy qatlamga xos universal jihatlarning topilishi, adabiy so‘zda betakror shaxsiy hamda qaytarilib turuvchi universal jihatlarning buzilmas aloqasini ko‘rsatishga erishilgani tahlilning aniqligini ko‘rsatadi. Badiiy asar tahlilining to‘lalik, chuqurlik va aniqlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi uning imkon darajasida obyektiv va xolis amalga oshirilganini anglatadigan ko‘rsatkichlardir. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Sube’kt atamasining falsafiy jihatlarini gapiring.  
 
2. Estetik tushunchada sube’kt qanday izohlanadi? 
3. Adabiy-estetik ma’noda obe’kt tushunchasi haqida so‘zlang. 
4. Adabiyotshunos hisbatan obe’kt nima? 
5. Badiiy asarga sub’ektiv yondashuv deb nimani tushunasiz? 
6. Ob’etiv yondashuv bu nima? 
7. Tahlilchi – sube’kt, obe’kt – matn tushunchasiga izoh bering  
8. Fanda aniqlikka suyanadigan, hissiyotlarga suyanadigan jihatlarni  
 ko‘rsating? 
1. Hissiy bilim o‘zi nima 
2.  Adabiyot mantiq ilmlariga bo’yinsinadimi? 
 
Adabiyotlar ro’yxati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2.Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T.: G‘.G‘ulom nimidagi nashryot matbaa-ijodiy uyi 
, 2018. 
3. M. Abdiev, H. Berdiev. Tahliliy o’qish. – Samarqand: 2009 yil 
4. Rasulov A. Tanqid, talqin, tahlil. T. fan. 2006. 
5. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. T. Sharq. 2007. 
6. U. Normatov. Talant tarbiyasi. – Toshkent: 1980 yil 
7. Q. Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent: 2006 yil 
 
 
2. Estetik tushunchada sube’kt qanday izohlanadi? 3. Adabiy-estetik ma’noda obe’kt tushunchasi haqida so‘zlang. 4. Adabiyotshunos hisbatan obe’kt nima? 5. Badiiy asarga sub’ektiv yondashuv deb nimani tushunasiz? 6. Ob’etiv yondashuv bu nima? 7. Tahlilchi – sube’kt, obe’kt – matn tushunchasiga izoh bering 8. Fanda aniqlikka suyanadigan, hissiyotlarga suyanadigan jihatlarni ko‘rsating? 1. Hissiy bilim o‘zi nima 2. Adabiyot mantiq ilmlariga bo’yinsinadimi? Adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2.Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T.: G‘.G‘ulom nimidagi nashryot matbaa-ijodiy uyi , 2018. 3. M. Abdiev, H. Berdiev. Tahliliy o’qish. – Samarqand: 2009 yil 4. Rasulov A. Tanqid, talqin, tahlil. T. fan. 2006. 5. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. T. Sharq. 2007. 6. U. Normatov. Talant tarbiyasi. – Toshkent: 1980 yil 7. Q. Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent: 2006 yil