TA’LIM MAZMUNI. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI
Reja:
1. Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
2. Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar.
4. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
5. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
6. Ta’lim metodlarining mohiyati. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
Ta’lim vositalari va ularning funktsiyalari.
Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim
standarti, o’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari, o’quv-metodik majmua,
ta’lim, metod, motivatsiyali, izohli-tasvirli, reproduktiv, evristik, amaliy,
illyustratsiya, ko’rgazmali, labaratoriya. Arxaik, qadimgi, avestiy, yunon,
dogmatik, sxolastik, tushuntirish, tushuntirish-namoyish, muammoli o'qitish,
dasturlashtirilgan ta'lim, komputerli o'qitish, innovatsio,masofaviy ta'lim,
individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli, sinfdan tashqari,
auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari, ommaviy, guruhli, asosiy,
qo'shimcha va yordamchi ta'lim, aralash (kombinatsiyalashgan), o'qitish,
tarbiyalash,
rivojlantirish,
nostandart
darslar,
tashxislash,
bashoratlash,
loyihalashtirish (reallashtirish).
1.Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’ lim mazmuni deganda o’quvchilarning
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq
belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi.
Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi
bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga
emotsional-faoliyat tajribasi.
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo’lib, uni aniqlovchi
asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
2) jamiyat tomonidan qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma;
3) ta’limninq maqsad va vazifalari;
4) innovatsion rivojlanish darajasi;
5) axborotlarning hajmi va ko’lami;
6) o’ quvchilarning yosh xususiyatlari.
Kompetent yondashuv o’quvchidan alohida-alohida bilim va ko’nikmalarni
o’zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab
bilan bog’liqlikda o’z navbatida o’qitish metodlarini tanlash tizimi ham o’zgarishga
uchraydi. O’qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo’llash o’z navbatida ta’lim
jarayonida
qo’yiladigan
talablarga
muvofiq keladigan kompetensiya
va
funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o’ rta ta’limni
modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur
yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni
didaktik birliklar sifatida ko’rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi
(triada) - «Bilim - Ko’nikma - Malaka»ni oltita birlik (siksten) - «Bilim - Ko’nikma
- Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil
etilishi talab etiladi.
Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) -
«Bilim - Ko’nikma - Malaka»ni oltita birlik (siksten) - «Bilim - Ko’nikma - Malaka
- Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab
etiladi.
2.Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga
oshiriladi:
-Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va
shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili.
Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar
bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va
shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
-Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu
tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq
bir o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog’liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga
olishni ko’zda tutadi. Bu umumiy o’rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida
taqdim etish va o’zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog’liq
xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
-Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi
navbatda o’quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy
o’zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog’liqdir. Buning uchun
insonparvar g’ oyalar umumiy ta’ lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o’z
navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o’zaro bog’liqligi va o’zaro
munosabatlari tamoyilining o’zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga
yo’nalganlik tashkil etishi zarur.
-Ta’lim
mazmunini
fundamentallashtirish
tamoyili
ta’limni
insonparvarlashtirishdagi to’siqlarni yo’qotishga imkon beradi. U ijtimoiy-
gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o’rnatish va
fanlararo
aloqalarni
o’quvchilarning
idrok
etishi
va
amaliy
faoliyat
metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
-Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim
mazmunini o’sib boruvchi yo’nalishda rejalashtirishdan iborat bo’lishini anglatadi,
bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib
chiqadi.
-Ta’limning
mazmuni
muntazamligi
tamoyili.
Ushbu
tamoyil
o’rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni
yagona tizimdagi o’rni, umumiy o’rta ta’ lim, barcha o’quv kurslari va yaxlit
mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda
ko’rib chiqishni ko’zda tutadi.
-Ta’lim mazmunining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili.
Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari
va tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko’zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga
mos bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks
ettiriladi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
-ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini
shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;
-ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; ta’lim
mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o’quvchilar imkoniyatlarining
mavjud o’quv dasturlariga mosligi;
-ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta’lim
muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
-ta’lim mazmunini loyihalashda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olish.
3.Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim
standartidir. O’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga
kiradi.
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza»,
«model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli
ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi,
o’quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o’quvchilarning bilimlarini baholash
mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o’rta ta’lim tizimini
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
-umumiy o’rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
-milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
-o’quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
-ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka talablarini
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati
sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
-davlat ta’lim standartlari talablarining ta’ lim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo’yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’ minlash.
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: o’quvchi
shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
-umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga,
shaxs ehtiyojiga mosligi;
-umumiy o’rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi
va ta’lim mazmunining uzviyligi;
-umumiy o’rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi
va yaxlitligi;
-umumiy o’rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
-o’quvchilarda fanlarni o’rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun
tayanch
va
fanlarga
oid
umumiy
kompetensiyalarni
rivojlantirishning
ta’minlanganligi;
-rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
-umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi;
-umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi; umumiy o’rta ta’limning malaka
talablari; baholash tizimi.
Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi umumiy o’rta ta’lim
muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal
hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o’quv reja umumiy o’rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini
ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Baholash tizimi - davlat ta’lim standarti bo’yicha umumiy o’rta ta’limning
malaka talablarini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi darajasini hamda umumiy
o’rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar
majmuidan iborat.
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari asosida o’quv materiallari o’quv-metodik
majmuada o’z ifodasini topadi.
O’quv-metodik majmua - darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik
qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
4. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
“Metod” so'zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li”
kabi ma'nolarni anglatadi. Filosofiya lug'atida ushbu tushuncha umumiy tarzda
“maqsadga erishish usullari*1 deya sharhlangan.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda “ta'lim metodi” tushunchasiga berilgan
ta'riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Mazkur o'rinda ularning
ayrimlarini keltiramiz:
Ta’lim
metodlari-
zamonaviy
Ta’lim
metodlari-
o’quv
jarayonining
murakkab
tarkibiy
Ta’lim
metodlari
deganda
o’qituvchining
Ta’lim
metodi-
belgilangan
darajada
o’quv-
tarbiyaviy
maqsadlarga
erishishga
yo’naltirilgan
pedagog
va
o’quvchilarning
o’zaro
bog’liq
faoliyat
usullaridir.
(V.I.Zagvyazinsk
iy)
unsuri
(komponenti)
bo’lib, o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatining
barcha yo’nalishlarini
yoritishga
xizmat
qiladi, ular o’rtasida
ko’p sonli aloqa va
bog’lanishlarni yuzaga
keltiradi. (G.I.Shukina)
o’rgatuvchanligi
va
o’quvchilarning o’quv
materialini egallashga
yo’naltirilgan
turli
didaktik
masalalar
yechimini topishga oid
o’quv-bilish
faoliyatlarini
tashkil
etish
usullari
tushuniladi.
(I.F.Xarlamov)
maqsadga
erishishni
ta’minlovchi
algoritmlashtiri
lgan, muayyan
mazmunga ega
harakatlar
tizimidir.
(P.I.Podla
siy)
1-rasm. “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar
Shuningdek, ta'lim metodlarining o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro
hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to'g'risidagi fikrlar ham
mavjud.
“Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida, muayyan yo'nalishdagi faoliyatning
umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha amaliyotga
o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va o'qishga
qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi.
Metod boshqa shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o'zida,
umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Ta'lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ta’lim metodlari
Motivatsiyali
Tashkiliy
Tarbiyaviy
Ta’limiy
Rivojlantiruvchi
“Ta'lim metodi” atamasi bilan birga ko'p hollarda “metodik usul” (sinonimlari
- pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham Qo'llaniladi. U ta'lim metodining
tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida
ta'riflanadi. Har bir ta'lim metodi muayyan ta'lim usullarini chog'ishtirish orqali joriy
etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq
o'qituvchi faoliyatida tez-tez qo'llaniladigan usullarni ajratib ko'rsatish mumkin:
Har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa
birmuncha samarasiz bo'lishi mumnkin. Universal ta'lim metodiari mavjud emas, shu
bois darsda turlita'lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish
mumkin. Ta'lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
-didaktik maqsad asosida;
-ta'lim mazmuni asosida;
-o'quvchilarning o'quv ko'nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
-o'qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O'qituvchi
tomonidan
qo'llanilayotgan
ta'lim
metodlari
majmuasi
boshlang'ich sinflardan yuqori sinflarga o'tish asosida o'zgarib hamda murakkab
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo'llash chastotasi
oshsa, ayrim metodlarni qo'llashga bo'lgan ehtiyoj kamayadi. Ta'lim metodlaridan
foydalanish ko'Iami, holati o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati
Metodik usullar
Namoyish (ko’rgazmali, obektiv-tajriba,
amaliy va aqliy harakatni namoyish etish
hakozolar )
Topshiriq berish
Yo’l-yo’riq ko’rsatish
Masalani organish
darajasiga bog'liq holda o'zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo'layotgan yana bir muhim obyekt ta'lim
metodlarining tasnifidir. “Ta'lim metodlari tasnifi ularning ma'lum belgilari bo'yicha
tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o'nlab ta'lim metodlari ma'lum”,
ekanligini ta'kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, “Biroq
bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g'oya yagona va o'zgarmas metodlar
majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi.
Metodlarning quyidagi ko’rinishlari ta’lim jarayoning hamma
bosqichida ishlatiladi:
1. Materialni og'zaki bayon qilish (hikoya, suhbat, tushuntirish. maktab
ma'ruzasi).
O'quvchilar
tomonidan bilimlarni
o'zlashtirish
o'qituvchining
tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o'ylash evaziga amalga oshiriladi.
Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o'qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu
o'rinda o'qituvchining o'quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo'yish, rejani e'lon
qilish, o'quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo'ladi.
2. Suhbat. O'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish jarayoni: ular
e'tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va
tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o'zaro taqqoslash, puxta o'ylash va
savollarga to'g'ri javob tayyorlashdan iborat.
O'qituvchining rahbarligi: mavzuni qo'yish, savollarni ifodalash, berilgan
javoblarni tuzatish, to'ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo'ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o'zlashtirishda o'quvchilar mavjud bilimlari va
tajribalariga tayanadilar.
3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni
anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o'zlashtirish manbayi bo'Iib bosma matn xizmat qiladi.
O'qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash,
o'quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o'rgatish, o'zlashtirilgan
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko'rinishlarda
aks ctadi.
4. O'qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan.
sayohat va ekskursiyalar) jaravonlarda.
O'quvchilarning o'quv predmetlari bo'yicha o'zlashtirish holati va hodisalarni
kuzata borib, turli fan o'qituvchilarining ko'rsatmalari bo'yicha ularni qismlarga
taqsimlab har bir o'quvchining o'ziga xos, o'xshash va muhim jihatlarini aniqlashga
yo'naltiriladi.
Bilimlarni o'zlashtirish manbayi bo'Iib muayyan predmet (yoki jarayon),
tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O'qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini
belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy
rahbarlikni
olib
borish,
qismlarga
ajratish,
asosiylarini
aniqlash
va
umumlashtirishdan iboratdir.
5. Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya'ni, ma'lum sharoitda
muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O'quvchilar hodisalarni kechish jarayonini
kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbayi kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir.
O'qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o'quvchilarni nazariy bilimlar bilan
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo'llari hamda yakuniy
xulosa chiqarishni o'rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O'quvchilar tomonidan bilimlarni
o'zlashtirish jarayonining o'ziga xosligi, nazariy asoslar o'zlashtirilgach, ayrim
materiallardagi o'xshash harakatlarning ko'p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbayi: o'zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. O'qituvchi
mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni
bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy
natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o'ziga xos xususiyatga ega bo'Iib, o'ziga xoslik
masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish,
dalillarni saralash va o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish
jarayonida bilimlarni qo'llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbayi» bo'yicha tizimlashtirilgan metodlar —
og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o'zida
mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Yesipovlar asosiy e'tiborni «ta'lim
metodini to'g'ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho'ro umumta'lim
maktablarining o'quv jarayonida metodlarning cheksiz ko'pligi, xatto ularni bir
necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o'quv-
tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to'g'ri, asoslangan
metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g'oya» mohiyat jihatidan noto'g'ri bo'lishiga
qaramay, o'n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o'rin tutib keldi. Nihoyat,
har ikki tasnif bilimlar manbayi bo'yicha ham, didaktik maqsadlar bo'yicha
aniqlangan ta'lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta
olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo'llash ta'lim sifatining yuqori darajasini
ta'minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O'tgan
asrning 80-yillaridan boshlab o'quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta'lim
tasnifi yaratildi.
Reproduktiv ta'lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi
unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o'qituvchining bilimlarni tushuntirishi,
ularni o'quvchilarning yodida saqlanishini ta'minlashi va qayta ishlab chiqishi
(reproduksiya). O'zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo'Iishiga ularni ko'p marta
takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta'limning barcha bosqichlari, asosan,
boshlang'ich sinflarda o'qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish
ko'nikmalarini o'zlashtirishda muhim o'rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan
quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
Evristik ta'lim metodini qo'llashda o'qituvchi tomonidan turli vositalar
yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O'qituvchi bilimlarning bir
qismini o'quvchilarga ma'lum qiladi, qolganini esa o'quvchilar bilish topshiriqlarini
yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o'zlashtiradi, o'zlari bilimlarni
mustaqil egallashadi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan masalani bir necha
qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o'quvchilarning ketma-ketlikka rioya
etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan
metod ham deb ataladi.
Evristik metodni qo'llashda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan quyidagi
harakatlar amalga oshiriladi:
Muammoli metodning mohiyati mashg'ulotlar jarayonida muammoli
vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo'lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar
yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo'li balki, shu bilan birga
o'quv yo'li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi
Muammoli ta'lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat»,
«muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki,
muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko'rinishi hisoblanib, o'zida subyektning
aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi
bilimlar, usullar va harakat ko'nikmalarini o'zlashtirishni taqozo etadi.
Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashga o’qituvchi va o’quvchilar
tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
o'quv materialiga oid
o'quv materiali mohiyatining
tafovutlarning taklif etilishi;
anglab yetilishi;
muammoli vaziyatlarni tuzish;
muammoli vaziyat yuzasidan
muammoning mavjudligini
fikrlash;
aniqlab berish;
mavjud bilimlar va tajribani
muammoli topshiriqlarni
qayta tiklash;
Loyihalash
muammoli masalaga o'tkazish;
topshiriqni bajarish
Ma'lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi
sifatida o'zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:
1) motivatsion bosqich;
Muammoli tizim
usullar
Muammoli vaziyat
Vaziyat
Ziddiyatlar
2) o'quv faoliyati;
3) boshqaruv.
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta'lim metodlarini
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
I. O'qish va mehnatga rag'batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.
II.
O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
III.O'quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O'z navbatida, har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:
Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta'lim metodlari tizimi nazariy-amaliy
jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o'quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi.
Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta'lim
metodlari tizimiga o'xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifiga ko'ra ta'lim jarayoniga
nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko'ra har qanday murakkab
faoliyat, shu jumladan, ta'limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan
iboratdir:
1) tashkiliy;
2) rag'batlantiruvchi;
3) nazorat.
Ana shu asosida ta'lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
1. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
2. O'quv-bilish faoliyatini rag'batlantirish va motivlash metodlari.
3. Nazorat va o'z-o'zini nazorat metodlari.
Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko'rilgan o'qish metodlarining tasnifi
kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda
funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o'quv-
tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta'minlaydi1.
Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Qayd etib o'tilganidek, ta'lim
metodlari tizimida og'zaki bayon qilish metodlari muhim o'rin tutadi.
Og’zaki bayon qilish metodlari
Og’zaki bayon qilish metodlarining turlari
Og’zaki
mashqlardan
ta’lim
jarayonida
keng
foydalaniladi.
Ular
o’quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini
rivojlantirish bilan bog'liqdir. Shuningdek, og'zaki mashqlarning nutq boyligini
oshirish va xorijiy tillarni o'rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li
bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko'p jihatdan
o'qituvchining nuqt mahorati, so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek,
o'quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga
bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni o'quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi,
ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi
maqsadga muvofiqdir.
Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi boiib, u fanga
qadimdan ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat ta'lim jarayonida ko'p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat — faoliyatni endigina boshlagan o'qituvchi uchun murakkab ta'lim
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
ta'minlash ko'p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o'quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O'qituvchi oddiy savollar berishi, o'quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o'ylash uchun vaqt ajratishi, o'quvchilarning javoblarini esa
diqqat bilan tinglashi, zarur o'rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda
bilish deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat
o’quvchilarga oldindan ma'lum bo'lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar
asosida tashkil etilib, o'quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar.
Hikoya
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida
umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko'proq o'quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o'zlashtirilgan
bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko'rinishlarda, ya'ni,
kirish, vakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati o'quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
ko'zlangan maqsad hal etilishi zarur boigan ishlar mohiyatining o'quvchilar
tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko'rishdan iborat. Bunday suhbatlar
o'quvchilarning o'quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish
hamda yangi bilimlarni o'zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
Yakuniy suhbat o'quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish
va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexisizm (qisqa bayonli) suhbat — o'quvchilarning boshlang'ich bilim
darajasi hamda ularning yangi o'quv metodikasini o'zlashtirishga tayyorgarligini
aniqlash uchun tajribali o'qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o'rganilgan
materialni mustahkamlash uchun dars so'nggida qo'llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo'naltiriladi.
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki
«yo'q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o'quvchilarni mustaqil fikrlash,
ularda faollikning yuzaga kelishini ta'minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni
ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o'quvchilar bilimlarni o'zlarining
tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o'zlashtira
olsinlar.
Tushuntirish o'quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash
asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo'llaniladi.
Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o'rganishda
foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o'quv materialining bir qadar qiyin unsurlari
ko'zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish
samarasi
ko'p
hollarda
o'qituvchining
ko'rgazmali
vositalardan
oqilona
foydalanishiga bog'liq bo'ladi.
Ma'ruza — yirik hajmdagi o'quv materialini og'zaki bayon qilish metodi
sanalib, uning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat'iy mantiqiy ketma-
ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko'pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab
ma'ruzasi mazmunini murakkab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning
sababli-oqibatli bog'lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma'ruza
maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo'llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini
qamrab olishi mumkin. Ma'ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin
kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqtda o'quvchilarni qisqacha yozib olish
(konspektlash)ga o'rgata boradi.
Maktab
ma'ruzasining
samaradorligini
ta'minlash
shartlari1
quyidagilardan iborat:
—o'qituvchi tomonidan eng maqbul ma'ruza rejasining tuzilishi;
—rejadan o'quvchilarni xabardor etish, ularni ma'ruza mavzusining maqsadi va
vazifalari bilan tanishtirish;
—rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon
etilishi;
—rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma
asosida xulosalanishi;
—ma'ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o'tishda ular o'rtasidagi mantiqiy
aloqalarning o'rnatilishini ta'minlash;
—bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;
—jonli til, o'z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;
—auditoriya,
muloqot
jarayoni,
shuningdek,
o'quvchilarning
aqliy
faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
—ma'ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
—ma'ruzaning asosiy qismlarini o'quvchilar tomonidan qayd etib (yozib)
borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
—zarur (yozib olinadigan) o'rinlarni oldindan ajratib qo'yish;
—o'rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida, qabul qilish va ularning
mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko'rgazmalar (namoyish, illyustratsiya,
videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma'ruzani seminar, amaliy
mashg'ulotlar bilan uyg'unlashtirish.
Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda ko'rgazmali metodlar ham alohida
ahamiyatga ega.
Ko 'rgazmali metodlarning turlari
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko'rsatmalilik tamoyiliga amal qilish
maqsadga muvofiq ekanligida ko'rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko'rishni,
faqat 3 foizigina eshitishni ta'minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-
psixologik yo'nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma'lum bo'ladiki, shaxs
tomonidan o'zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko'rish retseptorlari yordamida
o'zlashtiriladi. Demak, o'zbek xalqi tomonidan ko'p bora qo'llaniladigan «Yuz marta
eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan.
Namoyish metodi o'rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda
qo’l keladi va ayni chog'da predmetning tashqi ko'rinishi va ichki tuzilishi haqida
to’laqonli ma'lumot berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish
qilishda odatda uning tashqi ko'rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari,
ularning o'zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki
alohida
xususiyatlarini
o'rganishga
o'tiladi.
Ko'rsatish
ko'p
holatlarda
o'rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o'qituvchining maxsus jihozlar
yordamida ko'rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida
yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko'proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim
Ko’rgazmali metodlar
Namoyish
Tasvir
ham mumkin bo'lavermaydi. Shu bois o'qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish
qilishda sun'iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot
bog'ida, turli o'simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun'iy ravishda
yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni
o'rganish, zaruriy o'lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o'rnatish, shuningdek,
hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so'z bilan aytganda faol bilish
jarayoniga yo'naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining
bilish jarayoni mohiyatan o'quvchilarning yoshiga mos holda to'g'ri tanlanishi
hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim
jihatlariga yo'naltirishiga bog'liqdir.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog'liq
bo'lsada, didaktikada alohida o'rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va
jarayonlarni ularning ramziy ko'rinishlari — chizma, port, rasm, fotosurat, yassi
modellar va boshqalar yordamida ko'rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o'zaro bog'liqlikda bir-birini to'ldirgan holda
qo'llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o'quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur boisa
namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o'rtasidagi
bog'lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning samarasi ko'pincha o'qituvchi tomonidan ko'rsatuv texnologiyasi
qay darajada o'zlashtirilganligiga bog'liq bo'ladi. Ko'rsatmalardan foydalanishning
bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o'rganilayotgan obyekt mohiyatini to'laqonli
yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars
jarayonida zarur o'rinlarda kerakli hajmda ko'rsatiladi, aks holda ular sonining oshib
ketishi o'quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg'itadi. Ayrim hollarda
tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar va boshqalar) yoki texnik
vositalar xizmatidan foydalanishga to'g'ri keladi.
Ko'rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
—ko'rgazmalilikning o'quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;
—namoyish etilayotgan obyektlar barcha o'quvchilarga yaxshi ko'rinib turishi;
—namoyishda uning boshlang'ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning
ajralib turishi;
—tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib
ko'rsatish asosida tashkil etilishi;
— namoyish va illyustratsiya o'quv materialining mazmuni bilan uyg'un bo'la
olishi lozim.
Amaliy ishlar metodlari o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy
bilimlar yordamida ularda amaliy ko'nikina va malakalarni hosil qilishda alohida
ahamiyat kasb etadi.
10.rasm. Amaliy metodlarning turlari
Amaliy ishlar metodi — o'zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini
topishga yo'naltirilgan jarayonda qo'llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni
amaliyotda qo'llash ko'nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy
sharoitlar — maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o'qituvchi tomonidan
nazorat qilinadi va zarur hollarda yo'riqnoma yoki maxsus ko'rsatmani o'quvchilar
e'tiboriga havola etadi.
Qayd etilganidek, ushbu metodlar o'quvchilarda amaliy ko'nikma va
malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida
nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
Mashq — aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko'nikmalarini
egallash yo'lidagi ko'p marta takrorlanishlar bo'lib, mashqsiz ko'nikma hamda
malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og'zaki, yozma, grafikaviy
(texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa
turlarga bo'linadi.
Amaliy metodlar
Mashq
Labaratoriya
Amaliy ishlar
Ta'lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o'qituvchilarning amaliy
tajribasini o'rganish va umumlashtirish asosida ta'lim metodlarini tanlashga o'quv-
tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan
yondashuvlar vujudga keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar
inobatga olinishi lozim:
- zamonaviy
didaktikaning
yetakchi
g'oyalari,
ta'lim,
tarbiya
va
rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
- o'rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o'ziga xosligi;
- xususiy fanlar metodikasining o'ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni
saralashga qo'yiluvchi talablarning o'zaro aloqadorligi;
- muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
- u yoki bu mavzuni o'rganishga ajratilgan vaqt;
- o'quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
- o'quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
- o'quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta'minlanganlik darajasi,
jihozlar, ko'rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
- o'qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik
darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ta’lim mazmuni deb nimaga aytiladi?
2. Ta’lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar mavjud?
3. Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi?
4. Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering.
5. Ta’lim mazmunini loyihalashda qanday mezonlarga asoslanish lozim?
6. Davlat ta’lim standarti nima va u qanday komponentlardan iborat?
7. Tayanch o’quv rejasiga izoh bering.
8. O’quv dasturida qanday masalalar o’z aksini topadi?
9. O’quv-metodik majmua nima va u o’z ichiga nimalarni qamrab oladi?