Ta’lim metodlari va vositalari, Zamonaviy didaktikada ta`lim metodlari tasnifi
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
32,1 KB
Ta’lim metodlari va vositalari
Reja:
1.Talim metodlari tushunchasi
2. Zamonaviy didaktikada ta`lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar
3.Ta`lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Maktabdagi o‘quv jarayonining sifati ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, ular
orasida o‘qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular
bilimlarning ongli va chuqur o‘zlashtirilishiga, o‘quvchilarda mustaqillik va ijodiy
faollikning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Usul va metod tushunchalari o‘zaro
bog‘liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon
bo‘ladi. Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod» so‘zining
yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni
anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga
erishish usullari»1 deya sharhlangan.
Pedagogika amaliyotida o‘qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi
to‘plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o‘itilayotgan fanning xarakteri,
bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokazolar hisobga
olinadi.
Sharq qomusiy olimlarining asarlarini tahlil qilish, hozirgi terminologiyadan
foydalanib, mazkur asarlar mualliflarining prinsiplari va o‘qitish metodlari
bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini anikqash imkonini beradi. Barcha
qomusiy olimlar foydalangan o‘qitish metodlarini bir necha guruhga ajratish
mumkin. Bular: ko‘rsatmali tajriba metodlari (Ibn Sino), bilimlarni bayon qilishning
savol-javobli yo‘llari (Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy), ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni tekshirish metodlari (Forobiy, al-
Xorazmiy) va hokazolardan iboratdir. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur
olimlarning barchasi o‘quvchilar faoliyatini kuchaytirish va ularda mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish maqsadini ko‘zlaganlar.
Metodlar va usullarni tanlash o‘qituvchi darsda hal qilishi mo‘ljallangan
masalaga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar
qo‘llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa
xil metodlar qo‘llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o‘ylash va samarali
usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. O‘qituvchi darsning eng boshida
4-5 daqiqa umumiy so‘rashni amalga oshiradi va o‘quvchilarning qaysi guruhi
o‘tgan dars bo‘yicha yetarli darajada o‘zlashtirmaganini aniqlaydi va keyingi
so‘rashda sinfning diqqat-e'tiborini eng avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab
savollarga batafsil javob bera oladigan o‘quvchilardan so‘raydi. Natijada sinfning
bir qismi uchun murakkablik qilgan material tushunarli bo‘ladi. Bu usul
o‘quvchilarning mashg‘ulotlardagi nuqsonlarini payqash va shu zaxoti bartaraf
etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir.
Garchi har bir o‘qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud
bo‘lsa-da, ularni qo‘llashdan ko‘zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta'limiy
ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo‘lib, birinchidan, o‘quvchilarni
ularning e'tiqodiga, e'tiqodni esa amaliy faoliyatga, xatti-harakatga aylantiradi,
ikkinchidan, o‘qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o‘qish-o‘rganish
diqqat-e'tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o‘tkir aql, mustahkam
iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur.
O‘qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib,
o‘quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni
o‘rgatishdir.
Hozirgi o‘qitish jarayonida qo‘yiladigan talablar nima va o‘quvchilarda
darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun
nima qilish kerak? Hozirgi zamon ta'limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni
o‘zlashtirishni emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o‘quvchilar
qatnashishi lozim bo‘lgan masalalar bilan tanishishni ham talab qiladi. Bunday
masalalar kosmosni o‘zlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida
foydalanish, cho‘llarni hosildor yerlarga va bog‘-rog‘larga aylantirish, qishloq
xo‘jaligini intensivlashtirish va xokazolardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek,
ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish
jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud
tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Shuningdek,
ta’lim
metodlarining
o‘qituvchi
va
o‘quvchilarning
o‘zaro
hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha
amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va
o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi
o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida
ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon
bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti
hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi,
shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek,
ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish
jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud
tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan
holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol
uchun, tashhisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi
evaziga bajariladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul»
(sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim
metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida
qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini
chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga
imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib
ko‘rsatish mumkin:
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari
esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas,
shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish
mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta’lim mazmuni asosida;
- o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi
asosida;
- o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi
boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi
oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan
foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati
darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim
metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari
bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari
ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlaso‘y fikrini quyidagicha davom
ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va
o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga
yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar
tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni
qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak».
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamgan
kelinmagan. Ushbu o‘rinda ta’lim amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar tizimi
(tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha
tizimlashtiriladi.
Suhbat. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni: ular
e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va
tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o‘zaro taqqoslash, puxta o‘ylash va
savollarga to‘g‘ri javob tayyorlashdan iborat.
O‘qituvchining rahbarligi: mavzuni qo‘yish, savollarni ifodalash, berilgan
javoblarni tuzatish, to‘ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar mavjud
bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash,
ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib bosma matn xizmai qiladi.
O‘qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash,
o‘quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o‘rgatish, o‘zlashtirilgan
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko‘rinishlarda
aks etadi.
O‘qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan,
sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O‘quvchilarning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘zlashtirish holati va
hodisalarni kuzata borib, turli fan o‘qituvchilarining ko‘rsatmalari bo‘yicha ularni
qismlarga taqsimlab har bir o‘quvchining o‘ziga xos, o‘xshash va muhim jihatlarini
aniqlashga yo‘naltiriladi.
Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib muayyan predmet (yoki jarayon),
tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O‘qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini
belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy
rahbarlikni
olib
borish,
qismlarga
ajratish,
asosiylarini
aniqlash
va
umumlashtirishdan iboratdir.
Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum
sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O‘quvchilar hodisalarni kechish
jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir.
O‘qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo‘llari hamda yakuniy
xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O‘quvchilar tomonidan bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonining o‘ziga xosligi, nazariy asoslar o‘zlashtirilgach, ayrim
materiallardagi o‘xshash harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o‘zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O‘qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi,
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
Ijodiy mashq. Ushbu metod o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xoslik
masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish,
dalillarni saralash va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish
jarayonida bilimlarni qo‘llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Shunday qilib, o‘qitish metodi o‘qituvchi va o‘quvchilar nazariy hamda
amaliy bilish faoliyatining ta'limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo‘ldir.
Unga quyidagi muayyan talablar qo‘yiladi:
1. O‘quv materialini o‘rganishning o‘qituvchi tavsiya etgan yo‘li
fikrlashning dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari
va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan metod
tarbiyaviy tusda bo‘lishi lozim.
2. O‘qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo‘lishi zarur. Shundagina
o‘qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo‘yilishi va hal qilinishi
mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo‘lmasligini ko‘ra oladi.
3. O‘qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O‘qitish metodining tushunarliligi: o‘qitishning yo‘li o‘quvchi uchun
qabul qilinishi va qo‘llanishi, o‘quv materialini o‘rganishning usuli esa bilimlarni
o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
5. O‘qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligi.
7. O‘qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi har
qanday metoddan biror maqsadga erishish ko‘zda tutiladi va shuning uchun u
qandaydir maqsad qo‘yishni, unga erishish bo‘yicha faoliyat usulini, ana shu
faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. har
qanday faoliyat uning ob'yektini talab qiladi.
Metod strukturasiga o‘qitish usullari kiradi. Lekin metod mazkur usullar
majmuidan iborat emas. Usul o‘qituvchi yoki o‘quvchilar aqliy yoki amaliy ishining
alohida operatsiyalari bo‘lib, ular mazkur metodda tavsiya etilgan materialni
o‘zlashtirish shaklini to‘ldiradi. Masalan, o‘qituvchi eslab qolish usulini beradi. Usul
metoddan ajraladi, o‘zining bilimlarini o‘zlashtirishdagi va ko‘nikmalar hamda
malakalarni shakllantirishdagi ahamiyatini yo‘qotadi.
O‘qitish usullarini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operatsiyalarini tarkib
toptiradigan va
faollashtiradigan usullar;
- fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarni vujudga
keltiradigan usullar;
- o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish bilan bog‘liq kechinmalari
va hissiyotlarini faollashtiradigan usullar;
- nazorat va o‘quvchilarning o‘zini o‘zi nazorat qilish usullari;
- o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o‘zaro
munosabatlarini boshqarish usullari.
O‘qitishning turli metodlariga bir xil usullarni kiritish mumkin. So‘nggi
yillarda pedagogika fani va maktab amaliyotida o‘qitish metodlari muammosiga
alohida e'tibor berilmoqda. Shu muammo bo‘yicha anchagina tadqiqotlar
bajarilmoqda, ilg‘or pedagogik amaliyotda o‘qitishning samarador metodlarining va
ularning tizimlarini qo‘llashning talaygina yo‘llari topildi, ammo umumiy ta'lim
maktabiga qo‘yilayotgan yangi talablar o‘qitishning metodlari va usullarini yanada
takomillashtirishni talab qilmoqda.
O‘quvchilar aqliy kamol topishining xarakterini belgilaydigan yo‘l bilimlarni
o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi, shaxsning xususiyatlarini shakllantiradi.
O‘qitishning maqsadi insoniyatning tajribasini o‘zgartirishning o‘zidir. O‘qitish
nazariyasi metodlarini insoniyat tajribasidan oladi va ularni o‘quv mashg‘ulotlariga
moslashtiradi. Shuning uchun o‘qitish metodlari doimiy ravishda yangilanadi,
takomillashadi, fan-texnikaning rivojlanishi va ijtimoiy rivojlanish asosida yangi
metodlar vujudga keladi.
O‘qitish metodlarining juda ko‘p turlari mavjud va ularning sonini aniq
belgilab bo‘lmaydi. Metodlar o‘qitishning mantiqiy tomonlariga, komponentlari va
vazifalariga asoslanib tasniflanadi. Maktabdagi o‘qitish metodlarining yagona tasnifi
yo‘q. Nazariya va amaliyotda bir qancha tasniflar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro zid
kelmaydi, biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi, o‘qitish
jarayonini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Tasnif tartib va tizimni vujudga keltiradi,
umumiy va muayyan nazariy va amaliy, muhim va tasodifiy o‘qitish metodlarini
aniqlashga yordam beradi, shu orqali ulardan amaliyotda samaraliroq foydalanishga
xizmat qiladi. O‘qitish metodlarini tasniflashda o‘quvchiga dastur materialini
o‘rganishning maqsadga muvofiqroq yo‘llarini tanlash imkonini yaratadi, o‘z
ishidagi yutuq va kamchiliklarni tushunishda yordam beradi, o‘qituvchilarning
faoliyatini takomillashtirish uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi.
O‘QITISH METODLARINING TASNIFI
Pedagogikada o‘qitish metodlarini tasniflashga yagona yondashuv mavjud
emas. Hozirgi didaktikada o‘qitish metodlarini bilimlar manbai bo‘yicha (S. O.
Lordkipanidze, Ye. Ya. Golant), didaktik maqsadlar bo‘yicha (B. P. Yesip), bilish
faoliyatining saviyasi bo‘yicha (I. Ya. Lerner, M. N. Skatkin, M. I. Maxmutov)
farqlash eng ko‘p tarqalgan.
Metodlarning binar sxemalari, ularni uch o‘lchovli va hatto, keng qamrovli
farqlash ham uchraydi. Ana shu tasniflarning har birida afzalliklar va kamchiliklar
mavjud bo‘lib, ular adabiyotlarda yetarlicha tahlil qilingan.
O‘qitish metodlarini bilish manbalari bo‘yicha tasniflash ancha oddiy bo‘lib,
ular maktab amaliyotida keng tarqalgan.
Bu belgi bo‘yicha metodlar quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
1. Og‘zaki metodlar (bilimlarni so‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik,
ma'lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
2. Ko‘rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar).
3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar).
Bular ma'lum darajada shartlidir, chunki mazkur metodlarning hammasi
o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni doim ham aniq chegaralab bo‘lmaydi. Har
bir o‘qitish metodining o‘z vazifasi bor. Adabiyotlarda o‘qitish metodlarining
rag‘batlantiruvchi (motivlashgan), ta'limiy, tarbiyaviy va kamol toptiruvchi
umumpedagogik vazifalari ifodalangan.
O‘qituvchi darsga tayyorlanishda va uning uchun eng muvofiq metodlarni
tanlashda ana shu metodlarning bajarilishi mumkinligini va ularning strukturasini
hisobga olib, shu asosda rag‘batlantirish, tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini
kuchaytiruvchi murabbiydir.
Tasniflash ta'limning nazariy asoslarini ko‘rishga yordam beradi, pedagogik
fikrni chuqurlashtiradi va shunga ko‘ra ijod uchun asos bo‘ladi. O‘qitish metodlarini
tasniflash o‘qituvchilar faoliyati o‘rtasida taqsimlanadi. Birinchi guruhga o‘qitish
usullari va ikkinchi guruhga esa o‘qish usullari kiradi.
Quyida o‘qitish metodlarining taniqli olimlar tavsiya etgan tasniflarini ko‘rib
chiqamiz. Xorazmiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, Burhoniddin
Zarnudjiylarning metodlari tasniflarida asosan mantiqiy bilish faoliyatini
kuchaytirish nazarda tutilgan bo‘lib, ular ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
hamda mustahkamlash, ko‘rsatmalilik nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lash,
izlanish metodlaridan iboratdir.
I. Ya.Lerner va M.N.Skatkin o‘qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar:
- tushuntirish - rasmlar metodi;
- reproduktiv metod;
- muammoli bayon qilish metodi;
- qisman izlanish metodi;
- tadqiqot metodi.
M.A.Danilov va B.P.Yesipning tasnifi ma'lum turdagi darslarda qo‘yiladigan
vazifalarga bog‘liqdir.
1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya - tushuntirish, ma'ruza, suhbatlar,
ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish etish.
2. O‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni
shakllantirish va amaliy ishlar.
3. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish - joriy kuzatishlar, og‘zaki
so‘rash, yozma va amaliy nazorat ishlari.
S. I. Perovskiy va Ye. Ya. Golant tasnifi: faol va passiv metodlarga bo‘lish:
- agar o‘quvchilar mustaqil ishlasa faol metodlar (laboratoriya metodi, kitob
bilan ishlash);
- agar o‘quvchilar faqat tinglasa va eshitsa, passiv metodlar (hikoya, ma'ruza,
tushuntirish, namoyish qilish metodi, ekskursiya).
Bunday tasniflash maqul emas, chunki u o‘quvchilarning ongliligi va faolligi
prinsipini buzadi. Yu.K.Babanskiyning tasnifi bo‘yicha metodlar uchta katta
guruhga bo‘linadi:
- o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
- ularni rag‘batlantirish va motivlashtirish;
- nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish metodlari. (Ikkinchi guruhda ishning
qator yangi metodlari va usullari mavjud.) Muallif quyidagilarni tavsiya etadi:
- bilishga doir o‘yinlar, o‘quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga
keltirish, rag‘batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari.
T.A.Ilina olimlarning tasniflarini umumlashtirib, Yu.K.Babanskiyning
tasnifini ma'qullagan va tasniflashning quyidagi tartibini tavsiya etgan:
- yangi bilimlarni (o‘qituvchining so‘zlariga tayangan holda berish
uchun foydalanilgan tushuntirish, hikoya, maktab ma'ruza metodlari);
- yangi bilimlar o‘zlashtirilishi, mustahkam malakalar shakllanishi uchun
foydalaniladigan metodlar: suhbat, ekskursiya, eksperiment va laboratoriya ishi,
darslik va kitob bilan ishlash, o‘yinlar, mashqlar;
- darsning har bir bosqichida foydalansa bo‘ladigan texnik vositalar bilan
ishlash metodlari;
- mustaqil ish.
S. P. Baranov o‘z tasnifini guruhlar bo‘yicha taqsimlaydi. Birinchi guruhga
o‘qitishning o‘qituvchi eng asosiy rol o‘ynaydigan hikoya, suhbat, tasniflash,
tushuntirish va xokazolarni kiritadi. Bunda o‘quvchining asosiy vazifasi o‘qituvchi
mulohazalarining mantiqiga ergashish, bayon qilinayotgan mazmunni tushunish,
eslab kolish va keyinchalik o‘rganilgan materialni qayta gapirib bera olishdan iborat
bo‘ladi. Uning fikri o‘qituvchi mulohazalarining tizimiga qanchalik yaqin bo‘lsa,
o‘quv materialini o‘rganishning tavsiya etilgan yo‘li shunchalik ishonchli bo‘ladi.
YANGI MATERIAL USTIDA ISHLASH
1. O’qituvchi yangi material ustida ishlashni quyidagi savollar bilan
boshlashi mumkin: "Biz sizlar bilan qanday sonlarni o’rgangan edik? (1-2-3-4-5)
Shu sonlarning qaysinisi eng katta son? (5) hisoblashda 5 dan keyin qanday son
keladi? (6) 6 soni qanday hosil bo’ladi? 5 ta doiracha bor bo’lsa (polotnoga
qo’yilgan), ular oltita bo’lishi uchun nima qilish kerakligini ko’rsat". Chaqirilgan
o’quvchi buning uchun 5 ta doirachaga yana 1 ta doiracha qo’shish kerakligini
ko’rsatadi. O’qituvchi yana bolalardan so’raydi: "Bola, sanoq bo’yicha nechanchi
doirachani qo’shdi? (Oltinchi.) Doirachalarning hammasi nechta bo’ldi? (6 ta.) Olti
soni qanday yozilishini biladiganlar bormi?" Chaqirilgan o’quvchi yoki
(xohlovchilar topilmasa) o’qituvchining o’zi 6 raqamini ko’rsatadi va polotnoga
qo’yadi.
Shundan keyin o’qituvchi bolalarga 6 sonini hosil qilish (5 ta bir xil
doirachaga yana 1 ta boshqacha rangli doirachani qo’shish) amalini narsalar bilan
bajarishni, so’ngra 6 soni qanday hosil qilinganini kesma raqamlar bilan yozishni
buyuradi. 7 sonini hosil qilish ham xuddi shu yo’sinda bajariladi: 6 ta bir xil rangli
uchburchakka yana 1 ta boshqacha rangli uchburchak qo’shiladi va kesma raqamlar
bilan (6+1=7) yoziladi.
2. Shundan so’ng 5 va 6 (6 va 7) sonlarini taqqoslash ishlari bajariladi.
Buning uchun to’plam polotnosida 5, 6 va 7 ta narsadan iborat sonlar polonachasi
namoyish etiladi. Bunda 6 ning 5 dan 1 ta ko’pligi aniqlanadi. Bolalar tegishli
yozuvlarni kesma raqamlar bilan bajaradilar. Keyin darslikdagi rasmlar bo’yicha
ishlashga o’tish mumkin.
Parashyutchilar tasvirlangan rasmga savollar: "Oldin nechta parashyutchi
sakradi? (5) Yana nechta parashyutchi sakradi? (1) Oltinchi parashyutchi
sakraganidan keyin hamma parashyutchilar nechta bo’ladi? (6) 6 qanday hosil
qilindi? (5 ga 1 qo’shildi.) Oltinchi parashyutchi sakraganidan keyin parashyutchilar
ko’paydimi yoki kamaydimi? (Ko’paydi: 6>5 bo’ldi)".
Keyingi rasmga savollar: "Avval nechta samolyot ko’tarildi? (6) Keyin
nechtasi ko’tarildi? (1) Hamma samolyotlar nechta bo’ldi? (7) 7 qanday hosil
qilindi? (6 ga 1 qo’shildi.) 6 ta ko’pmi yoki 7 ta ko’pmi? (7 > 6.)" .
Uchburchakli yoki to’rtburchakli rasmlar bilan ham ana shu yo’sinda
ishlanadi (birliklarni ayirish bilan 5 va 6 sonlari hosil qilindi). Sahifaning yuqorisiga
yozilgan qator sonlardan tartib munosabatlarini aniqlashda foydalanish mumkin.
O’qituvchi: "Sizlar, masalan, kinoteatr zalining bir qatoridagi o’rindiqlar: ko’z
oldingizga keltiring", - deydi va bir o’quvchidan: "Sening o’rning oltinchi, ikki
yoningdagi qo’shnilaring nechanchi o’rinlarda o’tirgan bo’ladi?" - deb so’raydi.
Boshqa o’quvchiga murojaat qilib; "Sening o’rning yettinchi va sen unga 1 nomerli
kreslo tomondan borasan, bunda nechanchi nomerli kreslolar oldidan o’tishing
kerak?" - deydi. Keyin o’quvchilarga shunday savol tashlaydi: "Bola qatorning qoq
o’rtasida (to’rtinchi o’rinda) o’tiribdi, uning chap tomonidagi (5, 6, 7) kreslolar va
o’ng tomonidagi (3, 2, 1) kreslolarning nomerlarini ayting". O’qituvchi namunani
ko’rsatgach, bolalar 6 raqamini yozadilar, 6 soni hosil bo’lishini ko’rsatadigan
nuqtalarni qo’yadilar (bu ishni darslikda berilgan namunaga qarab bajaradilar). 2-3
ta teng-sizlikni yozadilar.
O’qitishning induktiv metodi – o’qituvchi va o’quvchining turli
variantlardagi
faoliyatidir.
Bunda
o’qituvchi avval
dalillarni
tushuntiradi,
tajribalarni, ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish qiladi, umumlashtirish va
tushunchalarni ta'riflash bo’yicha mashqlar bajarishni tashkil etadi. O’quvchilar
oldin xususiy faktlarni o’zlashtiradilar, keyin xulosalar chiqaradilar va o’quv
materialini umumlashtiradilar. Yoki o’quvchilar oldiga xususiy qoidalardan umumiy
xulosalargacha mustaqil mushohada yuritishni talab qiladigan muammoli
topshiriqlar qo’yiladi. O’quvchilar esa dalillar ustida mustaqil holda fikrlaydilar va
tegishlicha xulosalar chiqaradilar hamda umumlashtirish qiladilar.
Deduktiv metod – o’qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta'riflarni
aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish
usulidir. Bunda o’quvchilar umumiy qoidalarni idrok etadilar, formulalarni
o’zlashtiradilar, keyin esa ulardan kelib chiqadigan natijalarni egallaydilar.