TA’LIM VA FAN SOHASINI BOSHQARISH.

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

28,5 KB


 
 
 
 
 
 
TA’LIM VA FAN SOHASINI BOSHQARISH. 
 
 
 
Reja: 
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. 
2. Ta’lim tizimini boshqarish. 
 a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; 
 b) mahalliy davlat hokimiyati organlari; 
 v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; 
 g) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.  
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi 
ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilingandir. O‘zbekiston 
Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy 
yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq 
fuqarolik jamiyati qurmoqda. 
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs 
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini 
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish 
respublikada 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
asosiy 
maqsadi 
va 
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va
TA’LIM VA FAN SOHASINI BOSHQARISH. Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. 2. Ta’lim tizimini boshqarish. a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; b) mahalliy davlat hokimiyati organlari; v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; g) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilingandir. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va
 
 
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini 
shakllantirish 
O‘zbekiston 
taraqqiyotining 
muhim 
shartidir. 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra «Har kim bilim olish 
huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab 
ishlari davlat nazoratidadir». 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilinib 
hayotga joriy etildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni 
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini 
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu qonunning 3-moddasiga ko‘ra ta’lim 
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 
ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 
umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; 
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish. 
O‘zbekiston Respublikasida bilim olish huquqi davlat va nodavlat ta’lim 
muassasalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda 
ta’lim olishni tashkil etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida 
bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga 
kasb-hunar o‘rgatish, barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi 
bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi, oilada yoki o‘zi 
mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim 
muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali 
ta’minlanadi.
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir». 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilinib hayotga joriy etildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu qonunning 3-moddasiga ko‘ra ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb- hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish. O‘zbekiston Respublikasida bilim olish huquqi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish, barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi, oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
 
 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: 
maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 
oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. 
 Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga 
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti 
yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim 
muassasalarida olib boriladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: 
boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar); 
umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar). 
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan 
savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. 
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, 
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki 
tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam 
beradi. 
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan 
maktablar tashkil etilishi mumkin. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim 
asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini 
ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari 
egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki 
ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi beradi.  
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, 
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini 
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. 
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar); umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar). Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va
 
 
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha 
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. 
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. 
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, 
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta 
maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar 
bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. 
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, 
o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. 
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil 
davom etadigan oliy ta’limdir. 
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida 
olishga haqlidirlar. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik 
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, 
ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va 
ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning 
bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat 
birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, 
ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga 
bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar 
sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar,
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar,
 
 
sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. 
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. 
Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim 
muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga 
vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda 
yordam ko‘rsatiladi. 
  
Ta’lim tizimini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi 
qonunning 25-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar 
Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha quyidagi vakolatlarni amalga 
oshiradi: 
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; 
ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini 
belgilash; 
ta’lim 
muassasalarini 
akkreditatsiyadan, 
pedagog, 
ilmiy 
kadrlarni 
attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash; 
boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining 
hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar 
berish; 
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi 
hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini 
belgilash; 
davlat ta’lim standartlari tasdiqlash; 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni 
tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; 
davlat grantlari miqdori va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini 
belgilash; 
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi. Ta’lim tizimini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunning 25-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash; ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash; boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash; davlat ta’lim standartlari tasdiqlash; davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; davlat grantlari miqdori va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash; davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
 
 
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga 
o‘tkazish tartibini belgilash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. 
 Shuningdek, qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining ham vakolatlari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra mahalliy davlat 
hokimiyati organlari ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-
iqtisodiy 
rivojlantirish 
ehtiyojlariga 
muvofiqligini 
ta’minlaydilar; 
ta’lim 
muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika 
tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga 
oladilar; o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash 
miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar; ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek 
pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini 
ta’minlaydilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshiradilar.  
Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim muassasalarida qonun 
hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil 
etilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat 
berilgan davlat organlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyat 
yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat 
boshqaruv organi hisoblanadi. 2004 yil 20 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
faoliyatini takomillatirish to‘g‘risida” gi 341-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu 
qarorga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash, 
professor-o‘qituvchilar malakasining talab etiladigan darajasini ta’minlash, 
o‘qitishning innovatsiya usullarini joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali 
foydalanish hamda talaba yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. Shuningdek, qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ham vakolatlari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar; o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar; ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 2004 yil 20 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillatirish to‘g‘risida” gi 341-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasining talab etiladigan darajasini ta’minlash, o‘qitishning innovatsiya usullarini joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda talaba yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
 
 
tashkil etish masalalaridagi faoliyati ustidan nazorat bo‘shashtirib yuborilganligini, 
bu mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini qayd etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini 
takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga 
muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida 
quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni 
tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, 
malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish; 
ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta masxus, 
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish;  
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash; 
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikaning 
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-
metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat 
ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasi va mazmuniga, mutaxassislarning 
kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash; 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq 
kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va 
tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni 
o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash; 
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan 
masofadan 
turib 
o‘qitish, 
yangi 
pedagogik 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; 
uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi 
talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima 
qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
tashkil etish masalalaridagi faoliyati ustidan nazorat bo‘shashtirib yuborilganligini, bu mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini qayd etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi: oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta masxus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash; idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikaning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy- metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasi va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash; o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
 
 
pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; 
oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning 
samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, 
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash; 
barcha manbalar, ayniqsa to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim 
muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan 
nazorat qilish. 
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob 
beradi.  
Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim, kab-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy 
o‘quv yurtlari kiradi. 
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek 
o‘ziga idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar orqali hal qiladi. 
Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim 
muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bajarishi majburiy bo‘lgan, ta’lim 
sifatini oshirishga, raqobatbarbosh kadrlar tayyorlashga, pedagog xodimlarning 
samarali ishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 
tasdiqlashga haqlidir. 
Vazirlik oliy ta’lim sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi, Vazirlik 
mablag‘laridan samarali foydalanilishi, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning 
samarali bajarilishi uchun javob beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi davlat 
boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq 
ta’limi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari hamda idoraviy 
mansub boshqa muassalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.  
Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari
pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash; barcha manbalar, ayniqsa to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kab-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari kiradi. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘ziga idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar orqali hal qiladi. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bajarishi majburiy bo‘lgan, ta’lim sifatini oshirishga, raqobatbarbosh kadrlar tayyorlashga, pedagog xodimlarning samarali ishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir. Vazirlik oliy ta’lim sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi, Vazirlik mablag‘laridan samarali foydalanilishi, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari hamda idoraviy mansub boshqa muassalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi. Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari