Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning turlari
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
25
Faytl hajmi
78,9 KB
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars - ta’lim tizimini tashkil
etishning asosiy shakli sifatida.
Reja:
1. Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning turlari.
2. Ta’limni tashkil etish shakllari va ulaming didaktikada rivojianishi.
3. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyalashgan dars.
Ta’lim metodlari: tushuncha, funktsiya, tasnif. «Metod» so‘zining
yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni
anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish
usullari» deya sharhlangan.
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan
ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur o‘rinda ularning
ayrimlarini keltiramiz:
Ta’lim mеtоdi –
zamоnaviy darajada
o`quv-tarbiyaviy
maqsadlarga
erishishga
yыnaltirilgan
pеdagоg va
o`quvchilarning
o`zarо bоg`liq
faоliyat usullaridir
(V.I.Zagvyazinskiy)
Ta’lim mеtоdlari –
o`quv jarayonining
murakkab tarkibiy
unsuri (kоmpоnеnti)
bo`lib, o`qituvchi va
o`quvchi
faоliyatining barcha
yo`nalishlarini
yoritishga хizmat
qiladi, ular o`rtasida
ko`p sоnli alоqa va
bоg`lanishlarni
yuzaga kеltiradi
(G.I.Hukina)
Ta’lim mеtоdlari
dеganda
o`qituvchining
ыrgatuvchanligi va
o`quvchilarning
o`quv matеrialini
egallashga
yыnaltirilgan turli
didaktik masalalar
еchimini tоpishga
оid o`quv-bilish
faоliyatlarini tashkil
etish usullari
tushuniladi
(I.F.Хarlamоv)
Ta’lim mеtоdi –
bеlgilangan
maqsadga erishishni
ta’minlоvchi
algоritm
lashtirilgan,
muayyan
mazmunga ega
harakatlar tizimidir
(P.I.Pоdlasoy)
Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro
hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud.
«Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha
amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va
o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi
o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
1.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni
aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari
surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan
turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi
umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-
bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim
metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar
majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida
ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon
bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti
hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi,
shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi
(M.N.Skatkin qarashlariga ko‘ra):
Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib
turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars
boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va
o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi,
ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim
tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm
asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini
ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
O`quv faоliyati
O`quvchi faоliyati
Ta’lim
maqsadi
Ta’lim
mеtоdi
Maqsad sari
harakatlanish
mехnaizmi
Erishilgan
maqsad
O`qituvchi faоliyati
O`quvchining
vоsitali faоliyati
6 - rasm. Ta’lim mеtоdi tuzilmasi
Ta’lim mеtоdlari
Mоtivatsiyali
Rivоjlantiruvchi
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan
holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol
uchun, tashhisli funktsiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi
evaziga bajariladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul»
(sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim
metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida
qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini
chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga
imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib
ko‘rsatish mumkin:
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari
esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas,
shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish
mumkin.
Mеtоdik usullar
Masalani o`rganish
Namоyish (ko`rgazmali, оb’еktiv –
tajriba, amaliy va aqliy щarakatni
namоyish etish, hоkazоlar)
Yo`l-yo`riq kp`rsatish
Tоpshiriq bеrish
8 - chizma. Mеtоdik usullarning turlari
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
-
didaktik maqsad asosida;
-
ta’lim mazmuni asosida;
-
o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi
asosida;
-
o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi
boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi
oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan
foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati
darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim
metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari
bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari
ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlaso‘y fikrini quyidagicha davom
ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va
o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga
yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar
tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni
qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak».
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamgan
kelinmagan. Ushbu o‘rinda ta’lim amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar tizimi
(tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha
tizimlashtiriladi.
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo‘yicha qo‘llash
maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:
1.
Materialni og‘zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab
ma’ruzasi). O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish o‘qituvchining
tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o‘ylash evaziga amalga oshiriladi.
Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o‘qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu
o‘rinda o‘qituvchining o‘quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo‘yish, rejani
e’lon qilish, o‘quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi.
2.
Suhbat. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni: ular
e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va
tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o‘zaro taqqoslash, puxta o‘ylash va
savollarga to‘g‘ri javob tayyorlashdan iborat.
O‘qituvchining rahbarligi: mavzuni qo‘yish, savollarni ifodalash, berilgan
javoblarni tuzatish, to‘ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar mavjud bilimlari
va tajribalariga tayanadilar.
3.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni
anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib bosma matn xizmai qiladi. O‘qituvchining
rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o‘quvchilarga
darslik bilan ishlashning yangi usullarini o‘rgatish, o‘zlashtirilgan bilimlarning
tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko‘rinishlarda aks etadi.
4.
O‘qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan,
sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O‘quvchilarning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘zlashtirish holati va
hodisalarni kuzata borib, turli fan o‘qituvchilarining ko‘rsatmalari bo‘yicha ularni
qismlarga taqsimlab har bir o‘quvchining o‘ziga xos, o‘xshash va muhim jihatlarini
aniqlashga yo‘naltiriladi. Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib muayyan predmet
(yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O‘qituvchining rahbarligi
kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni
belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash
va umumlashtirishdan iboratdir.
5.
Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum
sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O‘quvchilar hodisalarni kechish
jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar. Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar
va ularning kechish jarayonidir. O‘qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi,
o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni
kuzatish yo‘llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O‘quvchilar tomonidan bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonining o‘ziga xosligi, nazariy asoslar o‘zlashtirilgach, ayrim
materiallardagi o‘xshash harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o‘zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O‘qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi,
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga
xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil
yondashish, dalillarni saralash va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy
bajarish jarayonida bilimlarni qo‘llash va kengaytirish kabi holatlar bilan
tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi,
mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o‘qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali
ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
O‘qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o‘zlashtirilishini ta’minlash,
mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat
va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko‘rsatish hamda to‘g‘rilashdan kabi holatlarda
namoyon bo‘ladi.
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo‘yicha tizimlashtirilgan metodlar –
og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o‘zida
mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim
metodini to‘g‘ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq SHo‘ro umumta’lim
maktablarining o‘quv jarayonida metodlarning cheksiz ko‘pligi, xatto ularni bir
necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o‘quv-
tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to‘g‘ri, asoslangan
metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g‘oya» mohiyat jihatidan noto‘g‘ri
bo‘lishiga qaramay, o‘n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o‘rin tutib
keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo‘yicha ham, didaktik maqsadlar
bo‘yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy
muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo‘llash ta’lim
sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar
davom ettirildi. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab o‘quvchilarning bilish faoliyati
xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
Ushbu
metodlar,
mualliflarning
ta’kidlashlaricha,
bir-biridan
o‘quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o‘zlashtirishda amalga oshadigan bilish
faoliyatlari xarakteri va o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi
o‘qituvchi holati ... bo‘yicha farqlanadi.
Izohli-tasvirli
ta’lim
metodlari
(boshqa
nomlanishi
axborotli-
reptseptsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi,
o‘quvchilar esa ularni qabul qiladilar (reptseptsiya). Bu yo‘lda turli ta’lim vositalari
(shu jumladan, ko‘rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O‘qituvchi faoliyati bunda
nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini
ham tashkil etishdan iborat bo‘ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi
holatlar yuzaga keladi:
O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
- Tushuntirish;
- Harakatni ko‘rsatish;
- Dalillardan xabardor qilish;
- o‘quvchining
materialni
anglab
yetishini
rag‘batlantirishga
yo‘naltiruvchi usullar;
- axborotlarni qabul qilish;
- o‘quv materialini tushunib olishga
intilish va dastlabki ma’lumotlarni
yodda saqlash;
- o‘quv materialini tushunish
- turli
didaktik
materiallardan
foydalanish
Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi
unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o‘qituvchining bilimlarni tushuntirishi,
ularni o‘quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi
(reproduktsiya). O‘zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo‘lishiga ularni ko‘a
marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari,
asosan, boshlang‘ich sinflarda o‘qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga
oshirish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan
quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
- avval o‘zlashtirilgan mavzu, paragraf
yoki bob bo‘yicha so‘rov;
- o‘quvchilar uchun turli mashqlarni
saralash va taklif qilish;
- masalalarni
yechishdagi
o‘quv
harakatlarining namunasi va algoritmini
namoyish qilish;
-o‘quv
harakatlari
ko‘nikmasi
va
malakasini shakllantirish
- turli konteksda bilimlarni qayta
ishlash;
- namuna bo‘yicha topshiriqlarni
bajarish;
- mashqlarni bajarish;
- namunaviy masalalarni yechish
usullarini egallash;
- namunaviy masalalarni yechish
algortmini egallash
Evristik ta’lim metodini qo‘llashda o‘qituvchi tomonidan turli vositalar
yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O‘qituvchi bilimlarning bir
qismini o‘quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o‘quvchilar bilish topshiriqlarini
yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o‘zlashtiradi, o‘zlari bilimlarni
mustaqil egallashadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan masalani bir necha
qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o‘quvchilarning ketma-ketlikka rioya
etishlari muhim metodik jihat sanaladi. SHu bois mazkur metod qisman izlanuvchan
metod ham deb ataladi.
Evristik metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi
harakatlar amalga oshiriladi:
O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
- o‘quvchilarni masalaning mohiyatini
o‘rganishga jalb etish;
- echim rejasini aniqlashda mulohaza
yuritish namunasini ko‘rsatish;
- masalani bosqichlarga ajratish;
-evristik suhbat
- evristik suhbatda qatnashish;
- masalani yechish rejasini olg‘a
surish;
- izlanuvchan harakat usullarini
egallash;
- masalalar yechish yo‘llarini izlab
topish
Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli
vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar
yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv
yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
Muammoli ta’lim kontseptsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli
vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. CHizmadan
anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida
sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf
etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi.
Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun
boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u
Muammоli tizim
Ziddiyatlar
Vaziyat
Usullar
Muammоli
vaziyat
11- chizma. Muammоli o`qitish mеtоdining tuzilmasi
qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash
muamo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar
majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq
boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo
muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat
muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga
yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat
muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari
ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq
ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq,
yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson
har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo
bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o‘zidagi
bilimlar
tizimiga
tayanadi
va
ma’lum
ko‘rsatishlarni
belgilab
oladi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu
muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.
Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar
tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
- o‘quv materialiga oid tafovutlarni
taklif etilishi;
- muammoli vaziyatlarni tuzish;
- muammoning mavjudligini aniqlab
berish;
- muammoli topshiriqlarni loyihalash
- o‘quv materiali mohiyatining anglab
yetilishi;
- muammoli
vaziyat
yuzasidan
fikrlash;
- mavjud bilimlar va tajribani qayta
tiklash;
- muammoli masalaga o‘tkazish;
- topshiriqni bajarish
Tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi, o‘quvchilar esa
mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni
o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi.
O‘rnatilgan masalani yechish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini
o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi, tajribasini egallaydilar.
Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va
o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
- o‘quvchilarga
o‘quv
muammosini taklif etish;
- o‘quvchilar bilan hamkorlikda
tadqiqot masalasini o‘rnatish;
- o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini
tashkil etish
- o‘quv muammolari mohiyatini anglab
olish;
- tadqiqot muammosini o‘qituvchi va
o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda
faollik ko‘rsatish;
- ularni yechish usullarini topish;
- tadqiqiy masalalarni yechish usullarini
o‘zlashtirish
Evristik va tadqiqotchilik metodlari o‘quvchilardan ijodiy xususiyat kasb
etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va
malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil
ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf
o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda
qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-
o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz
ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan
ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi
loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
SHunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan
va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt
I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
Didaktikada ta’lim metodlarining binar (ikki)li va ko‘pbinarli omil asosida
tizimlashtirishga bo‘lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. CHunonchi,
M.I.Maxmutov tomonidan ta’lim metodlari va o‘qish metodlari ajratiladi:
SHunday qilib, juft (binar)li metodlar vujulga keldi:
SHuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta’lim metodlarining uch
o‘lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbai, o‘quvchilarning bilish
faolligi va mustaqillik darajasi hamda o‘quv-bilishning mantiqiy yo‘li yaxlit
tarzda chog‘ishtiriladi.
S.G.SHopavalenko ta’lim metodlari tasnifini to‘rt belgi asosida asoslovchi
quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:
1)
mantiqiy-mazmunli;
2)
manbali;
3)
mazmunli;
4)
tashkiliy boshqaruvchi.
I.P.Podlaso‘y birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga
yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta’kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari
tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinberg ta’lim jarayonida metodlarni
hamkorlik shakllari bilan uyg‘unlashtirishga alohida urg‘u beradi» va quyidagi
metodlarni ko‘rsatadi:
Monologik metodlar
Hamkorlik shakllari
Diologik metodlar
Ma’ruza
Individual
Suhbatlar
Hikoya
Guruhli
Intervyu
Namoyish
Frontal
-
-
Jamoaviy
-
Ta’lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta’lim vositalari yordamida
joriy etiladi. Ta’lim shakllari ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko‘rinishidir.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim shakllaridan samarali
foydalanib kelinmoqda: ma’ruza, seminar, amaliy mushg‘ulot, uchrashuv, taqdimot,
sayohat, o‘quv konferentsiyasi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida ta’limning samaradorligini ta’minlovchi muhim
elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga
quyidagilar kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproyektor, kinedoskop,
uskunalar, radio, televideniye, kompyuter, audio hamda video magnitafonlar),
laboratoriya jihozlari (kolbalar, probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita,
maketalar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan
foydalaniladi. N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tasnifi
asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi.
Ma’lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi
sifatida o‘zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:
1)
motivatsion bosqich;
2)
o‘quv faoliyati;
3)
boshqaruv.
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch
guruhga ajratish mumkin:
I. O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.
II. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
III. O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O‘z navbatida har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:
I. O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari
I kichik guruh
II kichik guruh
III kichik guruh
O‘qishga
qiziqishni
rag‘batlantiruvchi
metodlar
O‘qish va mehnatda
burch
hamda
javobgarlikni
rag‘batlantiruvchi
metodlar
Mehnatga va muayyan
kasbga
qiziqishni
rag‘batlantiruvchi
metodlar
- biluv o‘yinlari;
- o‘quv bahsi;
- o‘qish va mehnatning
muhimligiga
ishontirish;
- g‘oliblarni
ma’naviy
va
moddiy
rag‘batlantirish;
- hissiy-axloqiy
kechinmali vaziyatlar
yaratish;
- appertseptsiyali
(idrokning
tajribaga
bog‘liqligi)
vaziyatlarni yaratish;
- biluv
yangiliklari
vaziyatlarini yaratish
- talablarni ifodalash;
- talablarni
bajarish
uchun mashq;
- o‘qishdagi rag‘bat;
- o‘qishdagi
kamchilik
uchun tanbeh
- o‘quvchilarning ishlab
chiqarish
vositalarini
mustaqil boshqarishga
intilishlarini
rag‘batlantirish;
- ish joyidagi xulqini
rag‘batlantirish
II. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari
I kichik guruh
II kichik guruh
III kichik guruh
O‘quv-bilish
faoliyatining
mo‘ljal
asoslarini
vujudga
keltirish metodlari
O‘quv-bilish faoliyatini
bajarish metodlari
Mehnatda va mehnatda
nazorat va o‘z-o‘zini
nazorat metodlari
Og‘zaki:
- hikoya;
- suhbat;
- tushuntirish;
- ma’ruza;
- yo‘riqnoma
Amaliy:
- mashq;
- o‘quv-ishlab chiqarish
tajribasi;
- o‘quv-unumli mehnat;
- kitob bilan ishlash;
- yozma ish
Og‘zaki:
- individual so‘rov;
- yalpi so‘rov;
- dasturli og‘zaki so‘rov
Ko‘rsatmali:
- illyustratsiya;
- namoyish
Izlanuvchi:
- qisman-izlanuvchi
- tadqiqotchilik;
- algoritmlik;
- tashhisli
YOzma:
- nazorat-yozma ish;
- yozma sinov (test);
- yozma imtihon;
- dasturli yozma sinov
(test);
- laborotoriya-amaliy;
- nazorat
laborotoriya
ishi;
- mashinali nazorat;
- unumli mehnatni son
va
sifat
jihatdan
baholash
III. O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari
Bilish faoliyatini kuzatish metodlari:
- bevosita;
- bilvosita yo‘riqnoma yordamida;
- o‘z-o‘zini nazorat
Nazorat metodlari:
- o‘qituvchi topshiradi;
- dasturli qo‘llanmadan foydalaniladi;
- ta’limning texnik vositalari yordamida
O‘quv faoliyatini tuzatish (korrektsiya) metodlari:
-
tezkor;
-
yakuniy natija bo‘yicha;
- foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha
SHunday qilib, taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariy-amaliy
jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o‘quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi.
Ushbu tizim bir qarashda akademik YU.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim
metodlari tizimiga o‘xshash. Biroq, YU.K.Babanskiy tasnifiga ko‘ra ta’lim
jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko‘ra har qanday
murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy
qismdan iboratdir:
1)
tashkiliy;
2)
rag‘batlantiruvchi;
3)
nazorat.
Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
1.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
2.
O‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.
3.
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.
Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko‘rilgan o‘qish metodlarining tasnifi kichik
guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda
funktsiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o‘quv-
tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydi.
Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Qayd etib o‘tilganidek, ta’lim metodlari tizimida og‘zaki bayon qilish
metodlari muhim o‘rin tutadi.
Og‘zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular
o‘quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini
rivojlantirish bilan bog‘liqdir. SHuningdek, og‘zaki mashqlarning nutq boyligini
oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li
bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan
o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi,
shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda
yondashuviga bog‘liq. SHu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud
bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning
axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga
oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi
asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya hisha (5-10
daqiqa), shu bilan birga o‘quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni
uyg‘otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta’lim metodlari (xususan, namoyish
yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro‘y berishi
mumkin.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga
qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa
diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. SHu bois suhbatda
bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat
o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar
asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar.
Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida
umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan
bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni,
kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar
tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat. Bunday suhbatlar
o‘quvchilarning o‘quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish
hamda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
YAkuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va
tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim
darajasi hamda ularning yangi o‘quv metodikasini o‘zlashtirishga tayyorgarligini
aniqlash uchun tajribali o‘qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‘rganilgan
materialni mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi.
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki
«yo‘q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash,
ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash,
dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o‘quvchilar bilimlarni o‘zlarining
tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o‘zlashtira
olsinlar.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng
qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni
o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar
qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi.
Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan
oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi
sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-
ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab
ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob’ektlar, jarayonlar, ularning
sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. SHu bois ma’ruza
maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. CHunki u butun dars jarayonini
qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin
kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish
(konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Maktab
ma’ruzasining
samaradorligini
ta’minlash
shartlari
quyidagilardan iborat:
-
o‘qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;
-
rejadan o‘quvchilarni xabardor etish, ularni ma’ruza mavzusining
maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
-
rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon
etilishi;
-
rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma
asosida xulosalanishi;
-
ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda ular o‘rtasidagi mantiqiy
aloqalarning o‘rnatilishini ta’minlash;
-
bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;
-
jonli til, o‘z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan
foydalanish;
-
auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o‘quvchilarning aqliy
faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
-
ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
-
ma’ruzaning asosiy qismlarini o‘quvchilar tomonidan qayd etib (yozib)
borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
-
zarur (yozib olinadigan) o‘rinlarni oldindan ajratib qo‘yish;
-
o‘rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning
mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko‘rgazmalar (namoyish, illyustratsiya,
videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
-
alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy
mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham
alohida ahamiyatga ega.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish
maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini
ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi.
Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum
bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish
retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora
qo‘llaniladigan «YUz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi» maqoli ilmiy
asosga ega ekan.
Namoyish metodi o‘rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib
berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi
haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish
qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari,
ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki
alohida
xususiyatlarini
o‘rganishga
o‘tiladi.
Ko‘rsatish
ko‘p
holatlarda
o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar
yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida
yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim
ham mumkin bo‘lavermaydi. SHu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish
qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot
bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda
yaratilgan ob’ektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil ravishda ob’ektlarni
o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, shuningdek,
hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish
jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining
bilish jarayoni mohiyatan o‘quvchilarning yoshiga mos holda to‘g‘ri tanlanishi
hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim
jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq
bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va
jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi
modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda
qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur
bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning
samarasi
ko‘pincha
o‘qituvchi
tomonidan
ko‘rsatuv
texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan
foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan ob’ekt
mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan
tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, aks holda
ular sonining oshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi.
Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va boshqalar)
yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
-
ko‘rgazmalilikning o‘quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos
kelishi;
-
namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinib
turishi;
-
namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning
ajralib turishi;
-
tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib
ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;
-
namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un
bo‘la olishi lozim.
Amaliy ishlar metodlari o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy
bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida
ahamiyat kasb etadi.
Amaliy ishlar metodi – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini
topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy
sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan
nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar
e’tiboriga havola etadi.
Qayd etilganidek, ushbu metodlar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar
harakatdagi shaklga ega bo‘ladi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini
egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda
malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy
(texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa
turlarga bo‘linadi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant,
insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham
yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o‘xshash jihatlarga ega bo‘lib,
ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika,
chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda
birmuncha yuqori bo‘ladi:
-
mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;
-
bajarish qoidasini bilish;
-
vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
-
o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
-
topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi;
-
o‘qituvchi nazorati ostida o‘quvchilar tomonidan o‘quv harakatining
dastlabki bajarilishi;
-
zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o‘quv harakatlarning ko‘p
bora takrorlanishi.
Ayrim holatlarda o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘quv harakatlarini takrorlashlari
va bajarishlari lozim bo‘ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan
harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko‘nikma va malakalarni egallashga
imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli
texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular
ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning
asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning
natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi.
Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar
hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu
harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda
tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o‘quvchilarning
mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan
faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o‘quvchilarning bilimlarini
chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funktsiyalarni
bajaradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh
bosqichda tashkil etiladi:
1.
O‘qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan
anglash bosqichi.
2.
Ko‘rsatma, yo‘l– yo‘riq berish bosqichi.
3.
Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar o‘quvchi amaliy
harakatlarni bajaradi, qolgan o‘qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4.
Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir o‘quvchi topshiriqni mustaqil
ravishda bajaradi, ayni o‘rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan o‘quvchilarga
alohida e’tibor qaratilib, ularga yordam ko‘rsatiladi).
5.
Nazorat bosqichi (bu bosqichda o‘quvchilarning ishlari qabul qilinadi
va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt
nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to‘g‘riligi va samaradorligi
kabi holatlarga alohida e’tibor beriladi).
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy
bilimlar negizida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik
o‘yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish
asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini
rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat
ko‘rinishi sanaladi.
Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar qo‘lida barcha o‘quv fanlari bo‘yicha didaktik
o‘yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yaratilgan
o‘quv dasturlarda turli didaktik o‘yinlarning ro‘yxati yetarli darajada ko‘rsatilgan.
Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va
yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining maktab amaliyotiga
jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarga ijtimoiy-foydali
mehnat hamda o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning
mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar bolalarni ijtimoiy
munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik
zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda o‘quvchilarning
manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina ularni taqdirlash
mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil
etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi.