TA’LIMNI TASHKIL ETISH SAKLLARI VA TURLARI. STEAM ta’lim (STEAM education).
Yuklangan vaqt
2025-01-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
34,9 KB
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SAKLLARI VA TURLARI. STEAM ta’lim
(STEAM education).
Reja:
1. Ta’limni tashkil etishning shakllari.
2. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli.
3. Darsning turlari va tuzilishi.
4. Darsga qo’yiladigan talablar.
5. O’qituvchining darsga tayyorlanishi.
6. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Tayanch so’zlar: tashkil etish, shakl, ta’limni tashkil etish shakli, ta’limni
tashkil etish tizimi, dars, darsning turlari, ta’limni tashkil etishning yordamchi
shakllari.
1.Ta’limni tashkil etishning shakllari. Ta’limni tashkil etish shakli - bu
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq
ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z
ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual,
individual-guruhli,
sinf-dars,
leksiya-seminar
va
sinfdan
tashqari,
auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi,
o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari,
mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi
belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars;
ma’ruza-seminar.
Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning
individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik
davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII
asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1) o’quv faoliyati mazmuni,
metodi va sur’atini to’la
individualashtirish
imkoniyatining mavjudligi;
2)
aniq bir masalani hal
etishda ta’lim oluvchining har
bir harakati va
operatsiyalarini kuzatib
borishga imkon berishi.
1) vaqtning tejamli emasligi;
2)
o’qituvchi ta’sirining
cheklanganligi (o’qituvchining
vazifasi o’quvchiga topshiriq berish
va uni bajarilishini tekshirishdan
iborat);
3)
boshqa o’quvchilar bilan
hamkorlikda ishlash imkoniyati
cheklanganligi (bu holat
ijtimoiylashuv jarayoniga salbiy
ta’sir ko’rsatadi);
4) jamoada ishlash tajribasining
shakllanmasligi.
XVIII asrdan boshlab individual o’qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning
o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli yegallashiga imkon berdi.
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G’arbiy
Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik
maktablarida ilk bor qo’llanilgan va u sinf- dars shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu
tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida
nazariy jhatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv
yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillari kabi
tushunchalarni kiritdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham
keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1)
yaxlit
o’quv-tarbiyaviy
jarayonning
tartibli
ketishini
ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim;
2)
jarayonlarning
oddiy
boshqarilishi:
muammoning
jamoa
bo’lib muhokama qilinishi, masalaning
yechimini birgalikda izlash jarayonida
bolalar
o’rtasida
o’zaro
munosabatlarning
shakllanish
imkoniyati;
3) o’qituvchining
o’quvchilar
va
ularning tarbiyasiga doimiy emotsional
ta’sir ko’rsatishi;
4)
ta’limning emotsionalligi (zero,
o’qituvchi
bir
vaqtning
o’zida
o’quvchilarning katta guruhi bilan ish
olib
boradi),
o’quv
faoliyatiga
musobaqalashish elementlarini kiritish
uchun sharoitning yaratilishi;
5)
bilimsizlikdan
bilimlarni
o’zlashtirish
sari
harakatlarning
muntazamligi va ketma-ketligi.
1) tizimning asosan bilimlarni
o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi
o’quvchilar
uchun
mo’ljallanganligi;
2)
bo’sh
o’zlashtiruvchi
o’quvchilar
uchun
qiyinchiliklarning yuzaga kelishi
va
kuchli
o’zlashtiruvchi
o’quvchilar
qobiliyatlarining
rivojlanish
sur’atining
ortga
surilishi;
3) o’qituvchi
uchun
o’qitish
mazmuni va o’qitish sur’atlari
hamda
metodlari
bo’yicha
individual ishlarni tashkil etish,
shuningdek,
o’quvchilarning
individual
xususiyatlarini
hisobga olishda qiyinchilikning
yuzaga kelishi;
4) katta
va
kichik
yoshli
o’quvchilar
o’rtasidagi
munosabatlarning
qaror
topmasligi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan
o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa
dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga
keldi (AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda, XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol,
mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining
samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati)
o’qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning
individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim
dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya
yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza- seminar
tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta
o’zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari,
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim
sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi
o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida
qo’llaniladi.
2. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o’qituvchi
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib
boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi
xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida
o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va
ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratiladi.
Yangilanayotgan pedagogik tafakkur o’quvchilariga ko’ra zamonaviy dars
o’quv muassasasining mulkiy mansubligidan qat’i nazar quyidagi xususiyatlarga
ega bo’lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi,
o’quvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi, ilmiyligi va
izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi,
insonparvarlik yo’nalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda
o’zlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k.1
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri
xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini
bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z
xususiyatini ham aks ettiradi).
3.Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:
• Aralash (kombinatsion dars).
• Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
• O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
• O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.
• Laboratoriya darslari.
• Amaliy darslar.
Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish); v) yangi mavzuni
1https://en.wikipedia.org/wiki/Lesson
bayon qilish;
g) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
d) o’quvchilarni baholash;
e) uy vazifasini berish.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) yangi mavzuni bayon qilish;
v) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
d) uy vazifasini berish.
O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’rganilgan mavzularga doir savol-javob o’tkazish;
v) o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;
g) o’quvchilarni baholash.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish
darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
v) nazorat ishini o’tkazish;
g) uy vazifasi (o’rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida). Laboratoriya
darslarining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
c) laboratoriya ishini o’tkazish;
g) o’quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) o’quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Darsga qo’yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga
erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq
ifodalanadi.
4.Darsga qo’yiladigan talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish,
dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan
birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish,
operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish,
ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin
bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni
belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish
bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish,
o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal
qilish, o’ quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan
manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi
talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy
tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok
etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin
zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil
etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra
bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
5.
O’qituvchining
darsga
tayyorgarligi.
O’qituvchining
darsga
tayyorgarligida quyidagi to’rtta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash,
bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq
sharoitlarni tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan
barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda
o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va
layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining
xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o’zlashtirish,
mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish
hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi. Bashoratlash bo’lajak darsni tashkil
etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga
muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. Loyihalashtirish va rejalashtirish
o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga
tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa
va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o’zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari
(kimdan va qachon so’rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg’ulot keyingi bosqichiga
qanday o’tish, oldindan ko’zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni
qaysi sxema bo’yicha qayta o’zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi
hujjatdir.
6.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari. Ta’limning yordamchi
shakllari: to’garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg’ulot,
o’quv ekskursiyalari, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish
jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy
ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va
malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish,
o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Fan to’garaklari yo’nalishi, mazmuni, ish metodi, o’qish vaqti va boshqa
jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi..
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy,
guruhli va kichik guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalari alohida fanlar
hamda bir qancha fanlar bo’yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli
o’tkazish uchun o’qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan
oldindan tanishib chiqishi, to’la rejani ishlab chiqishi, o’quvchilarni bo’lajak
topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak.
O’quv rejasi turli fakultativ va tanlov bo’yicha kurslarni tashkil etishni
ko’zda tutadi. Ular o’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga
olish bilan bog’liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari ro’yxatini
aniqlashda faqat o’quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab
imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo’yicha mashg’ulotlar
majburiy va umumiy o’rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o’tkazilishi kerak.
Maslahat
(konsultatsiya
-
o’quv
suhbati)ga
talablar
ko’pincha
o’quvchilarning ma’lum o’quv materiali yoki topshirig’i ustida mustaqil ishlashi
sababli yuzaga keladi. Bunda ko’proq o’quvchi savol beradi. To’g’ri tashkil etilgan
konsultatsiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda qiyinchiliklarni engishga
yordam beradi. Konsultatsiya davomida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu
masalani to’g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni
tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga
o’rganadigan
qilib
yo’naltiradi.
Konsultatsiya
o’qituvchiga
o’quvchilar
bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi
vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To’g’ri tashkil etilgan
konsultatsiya o’quvchilarda o’zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko’z bilan
qarashni tarbiyalaydi. O’qimishlilik darajasini to’g’ri aniqlashga yordam beradi.
NAZORAT UChUN SAVOL VA TOPShIRIQLAR
1. Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan?
2. Ta’limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering.
3. Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo’ladi?
4. Ma’ruza-seminar tizimining o’ziga xosligini izohlang.
5. Dars deb nimaga aytiladi?
6. Darsning qanday turlari mavjud?
7. Darsga qo’yiladigan talablarni tushuntirib bering.
8. O’qituvchining darsga tayyorgarlik ko’rishi qanday bosqichlarni o’z ichiga
oladi?
9. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi?