TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI.
Mavzu rejasi:
1. Ta’limni tashkil etishning shakllari.
2. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli.
3. Darsning turlari va tuzilishi.
4. Darsga qo‘yiladigan talablar.
5. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.
6. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
1.Ta’limni tashkil etishning shakllari. Ta’limni tashkil etish shakli - bu
o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq
ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o‘z
ta’sirini o‘tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual,
individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan
tashqari, maktabdan tashqari. Ular o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar
faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari,
mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi
belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars;
ma’ruza-seminar.
Qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli ta’limning
individual shakli hisoblanadi. O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik davr
va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha
keng foydalanilib kelingan.
XVI asrdan boshlab individual o‘qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning
o‘rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G‘arbiy Rossiya
(hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g‘arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk
bor qo‘llanilgan va u sinf- dars shaklining asosi bo‘lib qolgan. Bu tizimlar XVII
Afzalliklari
Kamchiliklari
1)o‘quv faoliyati mazmuni,
metodi va sur’atini to‘la
individualashtirish
imkoniyatining mavjudligi;
2)aniq bir masalani hal etishda
ta’lim oluvchining har bir
harakati va operatsiyalarini
kuzatib borishga imkon berishi.
1) vaqtning
tejamli
emasligi;
2) o‘qituvchi
ta’sirining
cheklanganl
igi
(o‘qituvchin
ing vazifasi
o‘quvchiga
topshiriq
berish va
uni
bajarilishini
tekshirishda
n iborat);
3) boshqa
o‘quvchilar
bilan
hamkorlikda
ishlash
imkoniyati
cheklanganl
igi (bu holat
ijtimoiylash
uv
4) jarayoniga
salbiy ta’sir
ko‘rsatadi);
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda
ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1) yaxlit o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning tartibli ketishini
ta’minlovchi aniq tashkiliy
tizim;
2) jarayonlarning oddiy
boshqarilishi: muammoning
jamoa bo‘lib muhokama
qilinishi, masalaning echimini
birgalikda izlash jarayonida
bolalar o‘rtasida o‘zaro
munosabatlarning shakllanish
imkoniyati;
1) tizimning asosan
bilimlarni o‘rtacha
darajada o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun
mo‘ljallanganligi;
2) bo‘sh o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun
qiyinchiliklarning yuzaga
kelishi va kuchli
o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar
qobiliyatlarining
asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jhatdan
asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o‘quv yili, o‘quv kuni,
dars, mashg‘ulotlar orasidagi tanaffus, o‘quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo‘lgan o‘quvchilarni
o‘qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb
xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o‘qitish shakli yuzaga keldi
(AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda, XX asr boshida o‘quvchilarning individual, faol, mustaqil
o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining samaradorligi
sinab ko‘rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o‘qituvchi Elena
Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan ta’limning individuallashtirilgan
tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan
pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi
deb ham ataydilar.
Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning ma’ruza- seminar tizimi
yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta
o‘zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari,
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim
sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi
o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida
qo‘llaniladi.
2.Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib
boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi
xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida
o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va
ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratiladi.
Yangilanayotgan pedagogik tafakkur o‘quvchilariga ko‘ra zamonaviy dars
o‘quv muassasasining mulkiy mansubligidan qat’i nazar quyidagi xususiyatlarga ega
bo‘lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo‘ysundirilganligi, o‘quvchini
komil shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi,
tarbiyalanuvchining
faolligi
va
mustaqilligini
ta’minlashga
qaratilganligi,
insonparvarlik yo‘nalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda
o‘zlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k.1
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri
xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini
bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z
xususiyatini ham aks ettiradi).
3.Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:
•
Aralash (kombinatsion dars).
•
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
•
O‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
•
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish
darsi.
•
Laboratoriya darslari.
•
Amaliy darslar.
Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
c) yangi mavzuni bayon qilish;
g) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;
d) o‘quvchilarni baholash;
e) uy vazifasini berish.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) yangi mavzuni bayon qilish;
v) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;
d) uy vazifasini berish.
O‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
1https://en.wikipedia.org/wiki/Lesson
b) o‘rganilgan mavzularga doir savol-javob o‘tkazish;
v) o‘rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;
g) o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsining
tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
v) nazorat ishini o‘tkazish;
g) uy vazifasi (o‘rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).
Laboratoriya darslarining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
c) laboratoriya ishini o‘tkazish;
g) o‘quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) o‘quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Darsga qo‘yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga
erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq
ifodalanadi.
4.Darsga qo‘yiladigan talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish,
dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan
birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish,
operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish,
ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy
imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan
tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va
mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash,
o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar
(tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga
qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga
diqqat-e’tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish,
o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor
bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga
o‘quvchilarda
o‘quv-o‘rganish
faoliyati
ijobiy
sifatlari,
qiziqish,
ijodiy
tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok
etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin
zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil
etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra
bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
5.O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida
quyidagi
to‘rtta
bosqich
ko‘zga
tashlanadi:
tashxislash,
bashoratlash,
loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni
tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha
sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari,
qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning
amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va
tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi
holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli
varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini