Ta’limni tashxis etish.
Reja:
1. O'quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati.
2. Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari.
3.Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan talablar.
4. O'quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari.
5.O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari.
1. O'quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati1. Ta'lim tashhisi mohiyati
haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni amaliy
pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis - bu didaktik jarayon
kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak.
Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal
natijalarga erishish mumkin emas.Ta'lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va
ta'lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta'lim olganlikni tashhislash vaqtida
belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham qaraladi.
Didaktik tashhisning maqsadi o'quv jarayonini uning samaradorligi bilan
bog'liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.Yuqoridagilardan ma'lum
bo'ladiki, tashhis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy
tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. Ta'limni baholash yoki
tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi.
Tashhis natijalarini ularga erishish yo'llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda
baholaydi, ta'lim samarasini ta'minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi:
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash
tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning
ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy
hamrohi bo'lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni,
texnologiyalari haqida qizg'in munozaralar davom etmoqda. Avval bo'lgani kabi
pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar.
Ularning fikrlaricha, bahoning:
1) ta'lim oluvchining o'zlashtirish darajasini qat'iy belgilovchi - sifat
ko'rsatkichi, yoki;
2) u yoki bu ta'lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko'rsatuvchi ko'rsatkich
ekanligi aniq belgilanishi zarur.
Ta'limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug'ilishini buyuk pedagog
Ya.A.Komenskiy ham ta'kidlab o'tgan edi. U pedagoglarni o'zlari ega bo'lgan
baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta'lim oluvchilarga nisbatan
nazoratning ob'ektiv bo'lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat
bo'lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta'limning o'ziga xos metodi sifatida aniq
ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo'lishi o'z-o'zini
nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining o'zi uchun zarur va
foydali bo'lishi lozim.Ta'lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko'nikma va
malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o'qishga
undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O'quvchilarning o'quv
mehnatini rag'batlantirishning yangi usullarini izlash, ta'lim va tarbiya sohasida kuch
to'plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi.
Tashhislash tizimida baho rag'batlantirish vositasi sifatida bir qator
afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo'llanishi mumkin
bo'lgan
tashhislash
natijalari
shaxsning
yetuklik
darajasini
belgilashga
ko'maklashadi, bu esa raqobatli ta'lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi.
Ta'lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho
o'tmishda o'quvchilar uchun majburiy bo'lgan ta'limning zaruriy vositasidan shaxsiy
reyting - shaxsning jamiyatdagi mavqei ko'rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga
aylanadi.
2. Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari. Ta'lim
jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu
tushunchalar o'ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O'qituvchi nazorat va
hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning
uchun o'qituvchi o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab
berishi lozim. Nazorat tushunchasi ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va
malakalarini aniqlash, o'lchash va baholashni anglatadi. Aniqlash va o'lchash esa
tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida teskari aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan
o'quv materialini o'zlashtirish haqida ob'ektiv axborot olinishi, bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashni ta'minlashdir. Tekshirishning
maqsadi nafaqat o'quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o'quv mehnati
hajmini ham aniqlashdan iborat.
Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta'lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida o'quvchilar tomonidan
avvalgi o'quv yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida
o'tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim
(kurs)ni o'rganishga kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o'zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o'zlashtirish darajasini tashhislash
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan
vaziyatni o'rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo'lib, ular
o'quv materiali mazmuni, murakkabligi, o'quvchilarning yoshi va tayyorgarligi,
ta'lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
Takroriy tekshirish bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi
sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo'lishi mumkin. Yangi mavzuni o'rganish
bilan birga o'quvchilar avval o'zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish
bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini tavsiflash,
bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi.
Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo'llanilsagina ushbu
tekshirish kutilgan samarani beradi. Tizimning to'rtinchi bosqichi -o'quvchilarning
bilim, ko'nikma va malakalarini yaxlit bo'lim yoki kursning alohida mavzusi
bo'yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi - kursning
turli qismlarida o'rganilgan o'quv materialining strukturaviy elementlari o'rtasidagi
o'zaro aloqalarni o'zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy
vazifasi - tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta'lim oluvchilarning ta'lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir.
O'zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o'quv yili oxirida o'tkaziladi.
U olingan baholarni qo'shib, o'rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda
chiqarishdangina iborat bo'lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda
belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni tashhislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho
(natija sifatida) ham oladi. O'zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting
daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash
belgilari va hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. O'quvchining o'zlashtirish
darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo'ladi. Bunda
o'quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko'rsatkichlari hisobga olinadi.
Miqdor ko'rsatkichlari ko'proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko'rsatkichlari esa
a'lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir
baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma'lum ball, ko'rsatkich
(masalan, o'rin - 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o'lchash va
hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan
ma'no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo'llashga berilib
ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va
hokazo) ifodaga ega. Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan
davlat ta'lim standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va
malakalar umumiy hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim
darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi.
O'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi BqA/T yuz foiz nisbat asosida
hisoblanadi. Bunda:
B - o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi;
A - amalda o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarning hajmi;
T - o'zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarning to'liq hajmi.
Ko'rinib turibdiki, o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho) bu o'rinda 100 foiz -
axborotni to'liq o'zlashtirish va 0 foiz - uning umuman mavjud emasligi o'rtasida
bo'ladi. Ma'dlumki, baholash funksiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina
cheklanmaydi. Baho - pedagog ixtiyoridagi o'qish, ijodiy motivasiyani
rag'batlantirish, shaxsga ta'sir ko'rsatish vositasi. Aynan xolis (ob'ektiv) baholash
ta'sirida o'quvchilarda adekvat o'z-o'zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga
tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining
xilma-xilligi o'quvchilar o'quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va
ularni aniqlashni ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi.
Hisobga olish - bu ta'limning muayyan davrida o'quvchilar va o'qituvchi
faoliyatini
umumlashtirib,
xulosalash
demak.O'quvchilarning
o'zlashtirish
natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:
1) o'quv dasturi asosida mavzu va bulimni o'rganishda o'quvchilarning bilim,
ko'nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
2) har bir yakunlangan mavzu bo'yicha o'quvchilarning faoliyati to'g'risida
xulosa chiqarish;
3) o'rtacha arifmetik ma'lumotlarga tayanibgina o'quvchilarning o'zlashtirish
darajasini baholamaslik;
4) o'quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma'lumot (tavsif) berish
uchun ularning bir necha o'quv yilidagi statistik o'zlashtirish ma'lumotlarga asoslanib
tahlil etish.
Demak, o'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o'qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:
Nazorat qilish vazifasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarining
qanday darajada ekanligini aniqlashdan iborat. Bu o'quv materiallarini o'rganishning
keyingi bosqichiga o'tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o'qituvchining o'quv
metod hamda usullarini to'g'ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi
o'quv materiallarini o'rganishning maqbul yo'llarini topish bilan bog'liqdir.
Ta'lim vazifasi o'quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko'rinadi. Yangi
mavzuni
mustahkamlash
jarayonida
yoki
uy
vazifalarini
tekshirishda
o'quvchilarning o'tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo'lgan
ma'lumotlarni bilish olishlariga imkon tug'iladi. Chunki guruhdagi boshqa
o'quvchilar javob berayotgan o'quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va
avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo'shimcha ma'lumotlar bilan
boyitishadi. O'rtoqlarining javoblariga qo'shimcha qilishga yoki yeilmay qolgan
savollarga javob berishga shaylanish orqali o'rganilgan mavzuni aniqlashtirishga
harakat qiladi. Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o'quvchilar har
doim tekshirishga tayyor bo'lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydi,
ko'ngilochar o'yinlardan o'zlarini tiyishga kuch topadi, intizomga o'rganadi.
Shuningdek, tekshirish va baholash o'quvchining o'z bilimlari va qobiliyatlarini
o'zi mustahil aniqlashiga ham yordam beradi. O'zidagi kamchiliklarni ko'ra olishga
va uni tugatish yo'llarini izlashga ko'maklashadi. Lekin o'quvchining bilimini
baholashda o'qituvchi nohaqlikka yo'l qo'ysa, o'quvchi bilan o'qituvchi o'rtasida
ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko'p bo'lishi ham
o'quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.
Eng asosiysi, o'zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy fazilatlarini
shakllantirish, yaxshi o'qishga xohish uyg'otish, o'quv ishlariga vijdonan yogdashish,
javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo'lish hamda bilish faoliyatini
chuqurlashtirishga yo'naltirilmog'i lozim.
Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa,
shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg'ulari va axloqiy sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu o'z-o'zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi
sanaladi. O'qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo'lish asosida o'quvchilarning
o'zlashtirish darajasini hisobga olishni to'g'ri tashkil etadi.
3. Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan talablar.
O'quvchilarning ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan pedagog
talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta'rifida berishni ma'qul deb topdik) ta'lim
nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan:
1) har bir o'quvchining o'quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf
yoki guruhning o'quv ishi natijalari o'quvchining shaxsiy natijalarining o'rnini
almashtirishga yo'l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;
2) nazoratni ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang'ich idrok
etishdan to bilimlarni amalda qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarida o'quvchilarning
o'quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;
3) nazoratning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan,
uni olib borishga o'quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;
4) o'quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o'quvchilarning nazariy
bilimlari, intellektual hamda amaliy ko'nikma va malakalarini tekshirishdan iborat
nazoratning keng ko'lamliligi;
5) o'quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o'qituvchining xato xulosalar
chiqarish, sub'ektiv munosabatda bo'lishiga yo'l qo'ymasligi, shuningdek,
o'zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat'iy rioya qilishni talab
etadigan nazoratning xolisligi (ob'ektivligi);
6) har bir fan, uning bo'limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek,
o'quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat metodlarini
tanlashning tabaqalashganligi;
7) muayyan sinf (guruh) o'quvchilarining o'quv ishlarini nazorat qilishda barcha
o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan talablarning bir xil bo'lishi.
Yuqorida ko'rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi
ortadi va yoquv jarayonida o'z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.
4. O'quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari.
Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi
borligini alohida uqtiradi:
1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim
standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchilarda bilimlar yanada
kengayadi. Bu bilan ta'lim muassasalari oldida turgan ta'limiy maqsad bajariladi.
3. Ta'lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta'sir ko'rsatadi,
ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqish paydo bo'ladi. Shuning
uchun ham ta'lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta'lim tizimining ajralmas
qismidir. Ana shu vazifalardan kelib chiqib o'quvchilar o'quv faoliyatini hisobga
olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har bir fan bo'yicha o'quvchining o'quv faoliyatini nazorat qilish va baholash
chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi
nazorat turlari orqali baholanadi:
- joriy nazorat;
- oraliq nazorat;
- yakuniy nazorat.
Joriy nazorat - bu o'rganilayotgan mavzularni o'quvchilar tomonidan qanday
o'zlashtirayotganini muntazam ravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu
nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, o'quvchilarning bilim darajasini aniqlash
fanning har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan (mavzular bo'yicha yozma,
og'zaki, test shaklida o'tkaziladi) bir necha mavzularni o'z ichiga olgan bo'lim
bo'yicha o'quvchilarning bilimlarni aniqlash.
Yakuniy nazorat - bu nazorat chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan
mavzular to'liq o'tib bo'lingach, o'tilgan mavzular bo'yicha yozma, og'zaki, test
shaklida o'tkaziladi. O'quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og'zaki,
yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo'lishi mumkin.
Og'zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir.Og'zaki tekshirishning mohiyati shunda
ko'rinadiki, o'qituvchi o'quvchilarga o'rganilgan mavzuning mazmunidan kelib
chiqib, ularning o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og'zaki tekshirish o'quvchilarning
bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul
ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og'zaki tekshirishda o'qituvchi
o'rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan
o'quvchilarga savollar beradi. Biroq, o'quvchilarning nutqini o'stirish hamda
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lishlari uchun ulardan shu yoki
oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko'pgina fanlarda
og'zaki tekshirish o'quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida
to'ldirib boriladi. Masalan, o'quvchilarning "Qo'shma gaplar" mavzusini qanday
o'zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo'l tutish mumkin. Ular o'z
javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar.
Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar.
Matematika, fizika va ximiyadan og'zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va
toptiriqlarni amaliy ko'nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal
etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga qaramay o'quvchilarning
bilimlarini nazorat qilish va baholashda og'zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham
ega. Chunonchi, uni qo'llash jarayonida:
- nisbatan ko'p mehnat sarflanadi;
- dars mobaynida 3-4 nafar o'quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.
Shu bois o'quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning
muvaffaqiyatini
ta'minlash
uchun
turli
shakllardan
foydalaniladi.
Og'zaki frontal tekshirish o'quvchilardan og'zaki so'rash bo'lib, ular guruhga
qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo'ladi.
Mazkur so'rash ko'pchilik o'quvchilarni nazorat qilishni ta'minlaydi va butun guruhni
faollashtiradi, ammo o'quvchilarning nutqini o'stirmaydi. Bunday nuqsonlar
individual so'rashda ko'zga tashlanmaydi. Ammo so'rashning bu shaklida guruhdagi
boshqa
o'quvchilarning
to'laqonli
ishlashlariga
erishish
juda
qiyin.
Kombinasiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o'qituvchi bir necha o'quvchini bir
vaqtda doskaga chaqiradi, biri og'zaki javob beradi, 3-4 nafar o'quvchi esa
kartochkalar bo'yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning
murakkab usuli bo'lib, o'qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi
hamma o'quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
Yozma tekshirish - o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo'lib, ularning ijodiy
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki,
o'qituvchi alohida mavzu yoki o'quv dasturining ma'lum bo'limini o'tib bo'lganidan
so'ng o'quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma
tekshirish topshiriq, ya'ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni
bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda
o'qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun
ko'p mehnat va vaqt sarflanadi.Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan
tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning
to'g'riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin.
O'quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish
tekshirishning maxsus turi bo'lib, u o'quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball
qo'yish bilan yakunlanadi. Bu o'quvchini doimo harakat qilishga va faollikka
undaydi.
Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.
Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikasiyalash, bironta hodisani
oldindan belgilangan shkala bo'yicha baholash tushuniladi.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o'zgarishlarga aylantirishga yordam
beradi.
Ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o'quvchilarning bilim,
ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb
etdi. Davlat ta'lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o'quv dasturining
amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga
nisbatan yuqori talabning qo'yilayotganligi, ta'lim amaliyotiga pedagogik
texnologiyalar olib kirilayotganligi, o'quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo'llash
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta'lim muassasalarida
keng ko'lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko'zga tashlanayotgan bir
vaqtda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod
va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
O'quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon
talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan
almashtirishni taqozo etdi. Shu o'rinda "Qanday sabablarga ko'ra besh balli baholash
mezoni o'zini oqlamadi?" degan savolga javob berish o'rinlidir:
Birinchidan, O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"
ta'limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda
tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo'llik, o'qituvchining mustabidligi hamda
uning ta'lim jarayonida yakka hukmronligini ta'minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan, baholash mezoni o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida ixtiloflarni
keltirib chiqarishga emas, aksincha, o'zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna
olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o'quvchilar tomonidan bilim,
ko'nikma va malakalarning o'zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas,
balki ta'limni tashhis etishning faol ko'makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar
qo'yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o'rtasida yig'indisining o'rtacha arifmetik
qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.
"Reyting" inglizcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi inson faoliyatidagi ijobiy
va salbiy sifatlarning doimiy ravishda o'zgarishib turishini anglatadi. Reyting tizimi
o'quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli bo'lib, uning
yordamida o'quv fani ta'lim standartining barcha imkoniyatlari bo'yicha
o'zlashtirilgan
bilimlar
sifatini
baholash
jarayonini
ta'minlab
beradi.
Reyting tizimida o'zlashtirish natijasi nazoratning ko'rsatilgan barcha shakllardan
o'tish jarayonida to'plangan ballarni qo'shish yo'li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat
turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o'quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7,
5, 8, 7 ball qo'yilsa, o'quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to'plagan bali 27
ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting ballini
to'plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o'tmagancha attestasiya qilinmaydi.
Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o'rtasida tafovut kelib
chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
- ta'lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
- o'quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
- ta'limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;
- ta'lim standartlarida ko'zda tutilgan o'quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy
mavzularning to'laligicha o'zlashtirilishi;
- o'quvchilarda o'z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni
egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
- o'quvchilarda yomon baho olishga bo'lgan qo'rquv yo'qolib, uning o'rniga
bilimlarni ixtiyoriy o'zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish
yo'lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi.
Boshqacha aytganda, qo'rquv o'rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga
ehtiyoj tug'iladi, o'rganishga nisbatan qiziqish ortadi. Biroq, bugungi kunda ham
maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois
pedagoglar
mazkur tizimning rag'batlantiruvchi rolini oshirish yo'llarini
izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda.
Xususan:
1) baholarni qo'shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini
yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo'llashga imkon
bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo'yadi,
plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;
2) raqamni balli baho (qo'shimcha baho) bilan to'ldirishi. Bu usul instruktiv
ta'qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo'llaniladi, zero, bu usul dars
davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko'proq sarflashni talab etadi;
3) o'qituvchining kundalik daftarga baho qo'yish bilan birga ota-onalar uchun
qaydlarni yozishi. Bu usul o'quvchining oila oldidagi mas'uliyatini kuchaytirishga
asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g'ayri oddiylik yo'q.
Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy
mazmunda ekanligini ko'rsatadi. Ma'lumki, salbiy fikrlar o'quvchilarda ta'lim olishga
bo'lgan rag'batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, 5-6-sinf
o'quvchilarida ta'lim olishga bo'lgan rag'batning pasayishini ta'minlovchi omil -
aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir.
4) kommunikativ motiv - tengdoshlarining munosabati, fikri. O'quvchilar
tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e'tiborsiz bo'la olmaydilar. Pedagog
ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste'mol qilish yaramaydi, zero,
bunday yondashuv ham o'quvchilarda ta'lim olishga bo'lgan rag'batni susaytiradi.
XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo'lgan: o'quvchini
jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta'lim
amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
5) kommunikativ ta'sirni kuchaytirish, bu o'rinda o'quvchilarni o'z
sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga
yordam ko'rsatishga o'rgatishdan iborat;
6) o'zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo'yilib, unda
o'quvchilarning barcha baho ko'rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi
a'lochilarda kibrlanish, past o'zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday
holatning oldini olish uchun o'quvchilarni axborotni to'g'ri qabul qilishga o'rgatib
borish zarur.
7) o'z-o'zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o'quvchi o'z faolitini
tahlil etadi. Yakunlangan haftada o'zlashtirish pasaysa, garchi u a'lochi bo'lib
qolaversa ham o'quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o'quvchi
yakunlangan haftada samarali ishlasa, g'olib chiqqan hisoblanadi. O'z-o'zi bilan
musobaqada barcha o'quvchilar teng sharoitda bo'ladilar, ya'ni, past o'zlashtiruvchi
o'quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a'lochi o'quvchi esa bitta a'lo bahoni
kam olgan bo'lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o'zlashtirish uchun emas, balki
o'zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi.