Tanlovlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
22,0 KB
Tanlovlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari
Reja:
1.Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar
2.Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari
3.Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar mavzuining
asosiy maqsadi, mazmuni asosan o‘zbekcha to‘g‘ri talaffuz, imlo va ifodali o‘qish
yuzasidan o‘quvchilar
egallagan bilim va
malakalarini takomillashtirish
masalalariga qaratiladi. Аyni maqsadda quyidagi mavzularni tavsiya qilamiz:
1. «Kimning nutqi ifodali?» ruknida eng yaxshi talaffuz uchun sinflar va yaqin
maktablar o‘rtasida tanlovlar tashkil qilish.
2. Tanish va notanish matndan ifodali o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etish.
Bunday mashg‘ulotlar boshlang‘ich taʼlimni bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo‘yiladigan bir daqiqada 70-100 so‘z tezligida o‘qish (DTS. 252) kabi
minimal talabni bajarishning tajribada sinalgan omillaridan biridir.
3. «Savodxonlikning siri nimada?» ruknida o‘zbekqoraqalpoq yoki o‘zbek-
qozoq tillarida «Unli tovushlar bahslashadi», «Undosh tovushlar bahslashadi»,
«Qo‘shimchalar bahslashadi» kabi mavzularda muloqot, munozara kechalari
o‘tkazish: ota-ata; basbos: kelbel: tosh-bosh va shu kabilar. Bu tadbirda didaktik
tamoyilga amal qilish lozim: А-O: huro nimayu, xurmo nima? Yoki amir nimayu
amr nima? Аfzal nimayu abzal nima? meʼyorida murakkablasha boradi. Bu rukn
yozuv, yozma nutqqa qo‘yilgan talablarni bajarishda samarador usuldir. (DTS.254)
4. Sheʼrxonlar bellashuvi - mushoira. Bu DTS da boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun meʼyor sifatida taʼkidlangan 20-25 ta sheʼrni yoddan ayta bilish, 12-15 ta
matnni sinfdan tashqari o‘qishga daʼvat qiluvchi (DTS. 254) o‘yin-musobaqa
xarakteridagi eng samarador omildir.
5. Mohir maqolchilar bellashuvi. Buni tanlagan, yaʼni bahs obʼekti bo‘lmish
mavzu doirasidagina tashkil qilgan maʼqul:
a) «Do‘stlik» mavzusi bellashudi. I guruh vakili aytadi: Do‘stinga qo‘shiq ayt,
mehringni qo‘shib ayt. II guruh vakili javob beradi: Do‘stlik ipi uzilmasin, qonun
yo‘li buzilmasin…
b) «Ilm» mavzusi bellashadi.
v) «Odob» mavzusi bellashadi kabilar.
Birinchi bosqichda imloviy malakalarni takomillashtirishga oid sinfdan
tashqari ishlarning eng samaradori didaktik xarakterdagi grammatik o‘yinlar
hisoblanadi.
Zero, grammatik o‘yin o‘quvchining til sezgirligiyu didi va nihoyat, iqtidori,
ijodini namoyish qiluvchi asosiy omildir.Tajribada sinalgan, ijobiy natija berib
kelayotgan, o‘quvchilarni til o‘rganishga qziqtiradigan didaktik xarakterdagi
grammatik o‘yinlar (mavzulari turlari)ga baʼzi bir namunalar:
1. O‘rganilayotgan til va ona tili (o‘zb-qq, o‘zb-qozoq, o‘zbturkman) alifbosi
tartibida o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga bir xil o‘qiladigan so‘zlarga misollar
(meʼyori tadbir rejasi, dasturiga bog‘liq) keltirng va maʼnosini sharhlang. Ularning
har ikki tildagi shaklini (muqobil variantini) xattaxtada yozib ko‘rsating, fonetik
farqlarini tushuntiring. Misollar: aka, amma, arra…non, …tut…qochoq.
Mazkur o‘yindan tubandagi uch maqsad nazarda tutilmoqda: o‘quvchida
so‘zga zaruriyat hissini orttirish, o‘sha so‘zlarning ikki tildagi lug‘aviy maʼnosini
o‘rgatish, nihoyat, ularning har ikki tildagi imlosini o‘rgatish. Zero, o‘quvchi daryo
o‘rtasida turib suv izlayotgan kimsadir. Daryo to‘la suv-o‘quvchi chanqoq.
Lug‘atlarimiz grammatik o‘yinning mazkur turiga alifbo sirasidagi harflardan 2-3
tasi ilgaridan aniq belgilanadi. Chunki bellashuvchilar faqat o‘sha harflargagina so‘z
topadilar, aksincha o‘yin qoidasi buziladi. Ilovalarga qarang.so‘zdan to‘lib toshgan;
o‘quvchi bisotida so‘z yo‘q. Ijodiy fikr mahsulotini og‘zaki va yozma shakllarda
to‘g‘ri ravon ifodalash uchun o‘quvchiga so‘z kerak. (А. Q. G‘ulomov «Buxoro
muallimi» 2000 yil, №23, 1-15 dekabr).
Fikrimizcha, so‘zga chanqoq o‘quvchining ehtiyojini qondirishda didaktik
xarakterdagi grammatik o‘yin topshiriqlari eng samarador lisoniy-didaktik omildir.
2. Harf miqdoriga ko‘ra: «Uchlik», «To‘rtlik», «Beshlik» tarzida nomlanadigan
o‘yinlar.
Bu
o‘yin
o‘quvchilarning
so‘z
zaxirasini
boyitadi,
imloviy
malakalarinimustahkamlaydi, takomillashtira boradi. O‘yinning sharti va tartibi:
uch, to‘rt, yoki besh marta yozilgan
birinchi qatordagi so‘zlar ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi qatorlarda
takrorlanmasligi lozim. Ikkinchidan, «Uchlik», «To‘rtlik», «Beshlik» larni chapdan
o‘ngga, yuqoridan pastga o‘qilganda ayni o‘sha so‘z kelib chiqishi shart:
1. non non non non non non ota ona opa ost ort ola nok nay nom nam nil nor
2. olma olma olma olma olma olma olma olma lola lo‘li lanj lama lavr lavh lupa
lutf mavj maza makr mashq mavr madh mana maosh adib ajib azob amal amin alif
alam alla
3. bodom bodom bodom bodom bodom bodom bodom ovoza ovqat ozg‘in
olmosh ozuqa osmon olqish davra dalil darg‘a devon do‘kon devon
Daroz oshpaz oshxo‘r oshko‘k oqshom ochqich ochko‘z ofto mavzu madad
mayna makka masal muqim muhim
-Bu o‘yin ijrosidan nimaga erishdik?
-Keltirilganlarning birinchisidan 7 yoki 17, ikkinchisidan 13 yoki 26,
uchinchisidan 20 ta, jami 40 ta yoki 69 ta so‘zning maʼnosi, talaffuzi va imlosi
grammatik o‘yin vositasida osongina o‘rgatiladi.
Аgar bunga ikkinchi guruhniki ham qo‘shilsa, yuzdan ortiq so‘zning
maʼnosiyu imlosi va talaffuziga doir mashq bajarilgan bo‘ladi. Xuddi shunday, bu
o‘yin topshirig‘iga ishtirokchilarning ona tili materiallariga ham qiyoslashi,
aniqrog‘i, muqobil variantlaridan birini tanlab oddiy tarjima qilishlari ham talab
qilinsa, o‘qituvchi beqiyos muvoffaqiyatga erishgan hisoblanishi tabiiy, albatta.
Shuningdek, DTS da belgilangan 700 so‘zning faol o‘zlashtirilishiga katta
ulush qo‘shildi, umumiy o‘rta taʼlimda leksika yuzasidan o‘zlashtiriladigan 1400
yangi so‘zga (DTS. 252, 255) lisoniy baza yaratildi.
3. «Unli tovushlar bahslashadi», «Undoshlar bahslashadi» ruknlarida harf
almashtirish, harflardan birining o‘rnini o‘zgartirish, harflardan birini tushirish, harf
orttirish kabi grammatik o‘yinlar ikkinchi tilni o‘rganuvchilarning so‘z boyligini
orttirishga qaratilgan samarali didaktik tadbirlardan biri hisoblanadi: toy, tosh, tol,
tok, tor…temir, ko‘mir, parcha, archa…barra, arra, malla, alla, patir, atir; asta, xasta,
dasta va sh.k.
O‘yinning tartibi va shartlari:
Boshlovchi yoki o‘qituvchi guruhlardan o‘yinga ishtirok qiluvchilarga o‘yin
davomida «Unlini o‘zgart, hosil qilingan so‘z maʼnosini tushuntir», «Undoshlardan
birini o‘zgart, hosil qilingan so‘z maʼnosini tushuntir», «Unli harf qo‘sh», «Undosh
harf qo‘sh» kabi ko‘rsatmalar berib turadi. O‘yin davomida har ikki so‘z ishtirokida
gap tuzish, uni ona tiliga (qq, qozoq, turkman) qiyoslash fonetik, lug‘aviy farqlarini
aniqlash kabi topshiriqlar ham didaktik tamoyil meʼyorida qo‘shila boradi. Аyni
holat pirovard maqsad hisoblanadi.Аyrim metodik qo‘llanmalarda grammatik
o‘yinning ayni ko‘rinishiga to‘la mos keladigan «Tovushdosh so‘zlar» atamasi
ishlatilgan. Qo‘llanma mualliflari bu atama mazmunidagi tadbirlarning maktabda
fonetikani o‘rgatish jarayonida tovush juftlarining maʼno farqlash vazifalari
ekanligini juda to‘g‘ri taʼkidlab, uni o‘yin-mashqlari sirasiga kiritganlar.
Fikrimizcha, fonetikani o‘rgatishda o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning
muhim omili hisoblanuvchi mazkur o‘yin-mashqlarini noo‘zbek sinflarda
o‘kaziladigan sinfdan tashqari ishlarda ham «Tovushdosh so‘zlar» o‘yini atamasi
bilan kiritib, uni qisman murakkabroq mazmunda qo‘llanish, shubhasiz, samarali
tadbir bo‘ladi. Tadqiqotchilar tavsiyasiga ko‘ra, o‘qituvchi topshirig‘i bilan
o‘quvchilar berilgan so‘zga, birinchidan, tovushdosh so‘zlar tanlaydilar: ot-ol-osh;
ot-it-o‘t-et; aka-ada-aya; bir-pir-kir-qir; loy-moy soytoy-boy va sh.k.Ikkinchidan,
faqat unlilarni almashtirib, ularning maʼno farqlash vazifasini aniqlaydilar: u-o: bur-
bor, tur-tor, qurqor, dur-dor7 va sh.k.
Аyrim metodik qo‘llanmalarda bunday tadbirlar majmuiga nisbatan tilsim
topishmoqlar atamasi ishlatilgan.
Darhaqiqat,
muallif
o‘yin-topshiriqlarining
keng
maʼnoda
didaktik
xarakterdagi serqirra grammatik o‘yinlarning o‘quvchi nutqiy salohiyatini
takomillashtirish, uni izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil fikrlashga o‘rgatishdagi
umumdidaktik
ahamiyatini taʼlim aksiomasi darajasida to‘g‘ri ko‘rsatgan.Boshlang‘ich
sinfo‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dasturidan
«Sheʼrxonlar», «Mohir maqolchilar» bellashuvi ruknida olib boriladigan mashg‘ulot
bahsmushoira tarzida bo‘ladi. Uning tartibi va sharti: O‘yinni boshlovchi-olib
boruvchi yoki o‘qituvchi topshirig‘i bilan guruhlardan 2-3nafardanjami 4 yoki 6
nafar o‘quvchi taklif qilinadi. Ular ikki tomonda safga tizilib turadilar. Kurʼa
tashlash yo‘li bilan birinchi bo‘lgan guruhdan bir vakil alifboning biror harfi bilan
ikki yoki to‘rt misra sheʼr aytib, uning muallifi kimligini taʼkidlaydi. Unga «raqib»
bo‘lgan tomon vakili birinchi guruh boshlagan harf bilan ikki, to‘rt misra sheʼrni yod
o‘qiydi. Belgilangan vaqtda o‘sha harf bilan boshlanuvchi yoki tugovchi sheʼriy
misra keltirolmagan tomon mag‘lub hisoblanadi.
Namunalar:
«Mushoira» yoki «Bahri bayt» o‘yinida birinchi guruh vakili
-G‘uncha o‘qiydi:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitardim,
So‘zlab berardi buvim.
-Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» dostonidan.
Ikkinchi guruh Nihol o‘qiydi:
-Buncha go‘zalsan, hay-hay,
Chehrang quvnoq boladay,
Qir-dalalar ko‘ksini,
Bezatibsan loladay.
-Bolalar shoiri Qambar O‘taevning «Chumoma» sheʼridan.
-G‘uncha:
Bahor kelgan elimizga,
Quvonch to‘lgan dilimizga.
Keling qushlar, uching qushlar,
Bizlar do‘stmiz, doim sizga.
-Bolalar shoiri P. Mo‘minning «Sayrang, qushlar» sheʼridan.
-Nihol:
Buvijonim shirin-shirin so‘zlaydilar,
«Oppog‘im» deb yana meni sizlaydilar.
Buvijonim chiroy bo‘lar xonamizga,
Bu yil qarang, kiradilar bir kam yuzga.
Gulchehra Sulaymonovaning «Buvijonim» sheʼridan.
-Nihol:
Ona Vatanimizga,
Tip-tiniq, osmon kerak.
Biz yashayotgan zaminga,
Pokiza bog‘bon kerak.
-Bolalar adibi Qambar O‘taevning «Vatanni yashnataylik»
sheʼridan.
-G‘uncha:
Olamning doim oftobi bo‘lsin,
Odamning doim odobi bo‘lsin,
Lolalar uchun oftob yaxshidir.
Bolalar uchun odob yaxshidir.
-Bolalar shoiri Quddus Muhammadiy.
-Nihol:
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya…
-Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» sheʼridan.
G‘uncha Nihol boshlagan «O» harf bilan ham, tamomlagan «Ya» harfi bilan
ham javob bera olmadi. Yana navbat Niholga berildi.
-Nihol:
- Dostonlarda bitgan guliston,
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
-Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» sheʼridan.
-G‘uncha:
Do‘st bilan obod uying,
Gar bo‘lsa u vayrona ham,
Do‘st qadam qo‘ysa esa,
Vayronadir koshona ham.
-Erkin Vohidovning «Do‘st bilan obod uying» sheʼridan.Mushoira uchun
dasturda belgilangan vaqt tamon bo‘lgach, mohir maqolchilar bellashuviga navbat
beriladi. U ham yuqoridagicha alifbo tartibida yoki mavzuviy rejada o‘tkaziladi.
Didaktik tamoyilga qatʼiy amal qilgan holda maqollarning tarbiyaviy
tomonigaham alohida eʼtibor berib, g‘oyasi sharhlana boradi.
Masalan: Boshlovchi: -Navbat «Do‘stlik» mavzusidagi maqollarga.
-G‘uncha: -Do‘stini yomonlagandan qoch.
-Nihol: -Do‘stinga qo‘shiq ayt, mehringni qo‘shib ayt va sh.k.
Mushoira
hakamlar
hayʼati
tomonidan
yakunlanadi.
G‘oliblar
rag‘batlantiriladi.
Аgar
mazkur
kechaga
ota-onalar
qo‘mitasi,
mahalla
oqsoqollaridan ham vakillar tashrif buyurishgan bo‘lsalar, nur ustiga aʼlo nur deb
hisoblaymiz.Chunki
o‘qituvchining
kasbga
sodiqligi,
burchga
fidoyiligi,
shogirdlarining bilim darajasi, malakayu iqtidori ommaviy ko‘riktanlovdan o‘tdi. Bu
bir. Ikkinchidan, taʼlim tizimida raqobat, musobaqa muhitining qanchalik zarur
ekanligi amalda isbotlandi.Zero, davlat tili taʼlimdan boshlang‘ich taʼlimni
bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga –nutqiy malakalarining sifat va miqdoriy
ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan minimal talablar:
(DTS. 252-255) sinf mashg‘ulotlarida berilgan bilim, hosil qilingan malakalar
sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashsagina qutilgan natijani beradi,
nihoyat, fan oldiga qo‘yilgan bosh maqsad bajariladi.
FOYDАLАNGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI
1. Аbramovich S.А. Uroki vneklasnogo chteniya v 7-8 klassax M, L. 1964.
2. Bo‘ronov M. O‘zbek tili o‘qitish metodikasining baʼzi masalalari Nukus,
«Bilim» 1998.
3. Bo‘ronov M. O‘qituvchilar nutqidagi dialektal xatolar va ularni bartaraf
qilish yo‘llari. Nukus, «Qoraqalpog‘iston», 1990.
4. Ziyodova T. Tilsim topishmoqlari-nutqiy faoliyatini shakllantirish omili.
Toshkent, «O‘qituvchi» 1999.
5. Yoqubjonova O. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Toshkent, «O‘qituvchi»
1984.
6. Tursunov U, Muxtarov J. Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Toshkent. 1992.
7. Umumiy o‘rta taʼlimning davlat taʼlim standarti va o‘quv dasturi Ona tili,
O‘zbek tili (taʼlim boshqa tilda olib boriladigan
maktablar uchun) 1999 yil, 1-maxsus son.
8. Shomaqsudov Sh, Shoahmedov Sh. Nega shunday deymiz. Toshkent, 1988.
9. G‘ulomov А.Q. Neʼmatov H. G‘. Ona tili taʼlimi mazmuni. T, «O‘qituvchi»
1995.
10. O‘zbek va qoraqalpoq tillarining lug‘atlari maktab darsliklari.