Taqdimotning tuzilishi.
O’qish davrida yoki mehnat faoliyatini boshlaganimizda eng kerakli
ko’nikmalardan biri – taqdimot yaratishni bilish deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Agar
bu jarayonning bir nechta muhim qoidalarini o’rganib olinsa, taqdimotlarni
tayyorlash tez va oson ishga aylanib qoladi. Ushbu maqolada taqdimot tayyorlash
va taqdim etish usullari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ta’sirchan taqdimot (ya’ni prezentatsiya) yaratish uchun amerikalik
professor Andrew Abelani “Ekstrim Taqdimot” usulidan foydalanishimiz mumkin.
Taqdimot yaratishdan oldin quyidagi savollarga javob topilsa, uni ustida
ishlashga ketgan vaqtimiz samarali sarflanadi.
Taqdimot tinglovchilari
Mening auditoriyam kimlar va ularning taqdimotdagi ehtiyojlari nimada?
Tinglovchilarning yoshi, mutaxassisligi, qiziqishlari va taqdimot joyi kabi faktorlar
uning uslubini to’g’ri tanlashda yordam beradi.
Taqdimot maqsadi
Taqdimotdan ko’zlangan maqsad nima? Tinglovchilar taqdimotdan oldin shu
mavzu bo’yicha o’y-fikrlari va amallari qanday edi? Taqdimotdan so’ng ularning
fikrlari va amallari qanday bo’lishi kerak? Qaysi eng asosiy g’oyani tinglovchilar
bilan ulashmoqchiman va uni evaziga o’zim nima olmoqchiman?
Taqdimot uchun e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir muhim masala - uni
auditoriyaga qo’ldan kelgancha onson tushuniladigan, aniq va qiziqarli tarzda
yetkazib berishdir. Chunki ko’pincha auditoriya taqdimotchi hikoyasini ham tinglab,
ham unga savol berishga ulgurishi kerak bo’ladi.
Prezentatsya “hikoyasi"ni tuzishda konsaltingda keng qo’llaniladigan uslubdan
foydalanish mumkin. Unga ko’ra, taqdimot birinchi hozirgi vaziyat qandayligi bilan
boshlanadi. Keyin shu vaziyatga tegishlik, shu taqdimotni qilishga sababchi bo’lgan
o’zgarish yoki qiyinchilik tafsilotlari tasvirlanadi. So’ng, uni yechishga kerak
bo’lgan savol(lar) beriladi, ohirida unga javob(lar) taqdim qilinishi bilan
yakunlanadi.
Taqdimot mavzusi
Tinglovchilar nega o’z vaqtlarini aynan mening taqdimotim uchun ketkazishlari
kerak?Ularni taqdimotim nimasi bilan o’ziga jalb eta oladi? Shu savollar bilan
mavzuni qiziqarliroq qilib ifodalashga yordam berishi mumkin.
Taqdimot berish jarayoni
Taqdimotimni uzoqligi qanday bo’ladi? Nechta slaydlar kerak bo’ladi? Uni
qanday boshlayman va olib boraman? Savollar qachon berilishi mumkin?
Ba’zida taqdimotchi o’z hikoyasini uzoqdan boshlab uni kulminatsiyaga olib
kelguncha auditoriyasini “yo’qotib” qo’ygan hollar ham uchrab turadi. Ayniqsa
mobil telefon va internet davrida odamlarning diqqat qilish davomiyligi qisqarib
borayotganligini kuzatish mumkin. Shuning uchun taqdimot tayyorlashda Barbara
Mintoning Piramida Printsipini qo’llash foyda beradi. Bu printsipga ko’ra eng asosiy
fikr-g’oyani taqdimotni boshidayoq bayon qilinishi kerak. Uning tafsilotlarini esa
taqdimot davomida mantiqiy bo’laklarga bo’lib hikoya shaklida yoritib boriladi.
Misol uchun, avtomashinani haydash haqida taqdimot tuzilmasi:
Tinglovchilar ma’lumotni qanday qabul qilishlari muallif o’z fikrini qanday
bayon qilishga ham bog’liq bo’ladi.
Slaydlar sonini taqdimotni davomiyligiga qarab iloji boricha kamroq qilish,
ularda multimedia fayllaridan (rasm, video, musiqa) foydalanish va (oynani oldida
turib) yetarlicha tayyorgarlik ko’rish hikoyani tinglovchilarga aniq yetkazib berishni
osonlashtiradi.
Infografika taqdimot uchun slayd turini to’g’ri tanlashga yordam beradi.
Diagramma turini to’g’ri tanlash uchun ushbu infografikadan foydalanish
mumkin.
Taqdimotlar tajribada qancha ko’p qo’llanilsa, odamda o’ziga bo’lgan
ishonchi va mahorati shunga yarasha oshib boraveradi. Shu qatorda taqdimot
qiluvchiga to’g’ri qo’llanilgan o’zini non-verbal harakatlari tinglovchilar bilan
“bog’lanish”ga va ularni bayon qilinayotgan fikrlarga ishontirishga yordam beradi.
Misol uchun quyidagilarni keltirish mumkin:
Ko’zni auditoriyadagi tinglovchilarga qaratib gapirish;
Sahnada bemalol yurib harakatlanish va taqdimotni qismlarini turli
nuqtalardan bayon qilish;
Gavdani tik va qo’llarni ochiq tutish;
Joyida jilmayish, boshni qimirlatib tasdiqlash, imo-ishoralarni qo’llash;
Xavotirlanganda yoki qiyin savollar berilganda chuqur nafas olish.
Taqdimot tayyorlashda ko’p uchraydigan xatolar
Xato 1. Sizning auditoriyangiz xuddi o’zingiznikiga o’xshash shaxsiyatga ega
va muloqot qilish usulini afzal ko’radigan insonlardan tashkil topgan deb taxmin
qilinishi. Agar mavzuni chuqur yoritish uchun 50 ta tafsilotlarga to’la slaydlar
tayyorlansa, tinglovchilarning ichida ko’proq kontseptual o’ylaydiganlar bo’lsa, 11-
chi slaydni o’zidayoq ular prezentatsiyadan “uzilib” qolib mobil telefonga tikilishni
yoki yonidagi inson bilan gaplashishni boshlashlari mumkin. Yoki, taqdimotni
boshidayoq keyingi qadamlar va xulosalarni keltirsangiz, auditoriyda o’tirgan
nisbatan ehtiyotkorroq bo’lgan insonlar fikrlaringizda shoshqaloqlikni ko’rib
sizning takliflaringizga qarshi chiqishlari mumkin. Agar ular auditoriyadagi qaror
qabul qiluvchilar bo’lishsa, ushbu xato sababli muammo vujudga keladi.
Xato 2. Taqdimotchi nimani maqsad qilayotgani nuqtai nazaridan taqdimot
maqsadlarini belgilanishi. Prezentatsiyani maqsadi faqat siz nima qilishingizni
ko’rsatish bo’lishi kerak emas. Tinglovchilar taqdimotdan so’ng xonadan chiqib
ketayotganda ularning berilgan mavzudagi oldingi fikrlari va amallari qanday