Taqrizning tuzilishi

Yuklangan vaqt

2025-08-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

20,6 KB


 
 
 
 
Taqrizning tuzilishi 
 
 
Taqriz (arab. - ijobiy baho) - adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki 
ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, 
unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif 
ijotsida, adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, 
uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar 
ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab 
olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, 
tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda eʼlon 
qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. 
U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot 
beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, 
kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini 
tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga koʻra xilmaxil 
boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik 
maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret asar 
munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) 
xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil 
boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. 
yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi 
yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. Oʻzbek adabiyotida T. 20-a. 
boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy 
tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, 
Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim 
Logotip
Taqrizning tuzilishi Taqriz (arab. - ijobiy baho) - adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida, adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. Oʻzbek adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim
Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod 
Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar 
oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar. Adabiy jarayonda paydo 
bo‘lgan yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-
estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. 
Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi 
tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili 
orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g’ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy 
asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham 
taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy 
etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar 
tug’ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig’ida “O‘zbekiston adabiyoti 
va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning 
dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, 
“Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g’ridan to‘g’ri “Taqriz” rukni ostida 
bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam 
ko‘rinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan ko‘ra, yangi kitob haqida 
ma’lumotnomalar berilmoqda. “Kitobingizni o‘qidim” ruknida bosilayotgan 
taqrizlar rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Tuyg’ular musavviri” deb 
nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprog’i” to‘plamiga 
bag’ishlangan. U o‘quvchi diqqatini tortadigan so‘zlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz 
oqshomida oyning ko‘kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida 
iymanibgina yuzaganini ko‘rganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari 
bilan o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega shoirning she’rlaridagi o‘ziga xoslikni 
ochib bera olgan, tahlillardan o‘quvchi qoniqadi. Shu bilan birga, to‘plamning 
kamchiliklari ham ko‘rsatilgan. Ijodkor keyingi she’rlarida bu nuqsonlarni 
takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o‘ylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil 
izhorlaridan iborat taqriz o‘quvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga 
chorlay oladi. Uni o‘qigan o‘quvchi shoir she’rlariga xolislik bilan berilgan bahodan 
shunday xulosa chiqaradi. A. Ko‘chimovning “Ko‘zlarimning qarog’idasan” she’riy 
Logotip
Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar. Adabiy jarayonda paydo bo‘lgan yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy- estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g’ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug’ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig’ida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g’ridan to‘g’ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko‘rinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan ko‘ra, yangi kitob haqida ma’lumotnomalar berilmoqda. “Kitobingizni o‘qidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Tuyg’ular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprog’i” to‘plamiga bag’ishlangan. U o‘quvchi diqqatini tortadigan so‘zlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning ko‘kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini ko‘rganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega shoirning she’rlaridagi o‘ziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan o‘quvchi qoniqadi. Shu bilan birga, to‘plamning kamchiliklari ham ko‘rsatilgan. Ijodkor keyingi she’rlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o‘ylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz o‘quvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni o‘qigan o‘quvchi shoir she’rlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi. A. Ko‘chimovning “Ko‘zlarimning qarog’idasan” she’riy
to‘plamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj 
tuyg’ular” deb atalgan taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. 
Shuning uchun shoirning bu to‘plami o‘quvchida qiziqish uyg’ota oladi, ammo 
to‘plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan. Taqrizning vazifasi, u yoki bu 
janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi 
o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan 
iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil 
ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning 
uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. 
Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, 
uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik 
xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud 
Toirning (2009, №14) “Yog’du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni 
ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda 
bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog’du ichra gullagan 
so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… 
She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir 
bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor 
shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi 
haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil 
etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. 
Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi 
izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga 
“Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining 
devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-
ona oldidagi farzandlik mas’uliyatini his qilishning yorqin e’tirofidir”. Ijodkor 
she’rlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga 
erishgan: birinchidan, o‘quvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli ma’lumot 
berib, uni she’riyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini to‘liq 
bo‘lmasa-da, bajarmoqda. Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi e’lon 
Logotip
to‘plamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuyg’ular” deb atalgan taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu to‘plami o‘quvchida qiziqish uyg’ota oladi, ammo to‘plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan. Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog’du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog’du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota- ona oldidagi farzandlik mas’uliyatini his qilishning yorqin e’tirofidir”. Ijodkor she’rlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, o‘quvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli ma’lumot berib, uni she’riyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini to‘liq bo‘lmasa-da, bajarmoqda. Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi e’lon
qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy 
jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topganligi ularning ijobiy 
xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday o‘rin egallashi: bu 
– uning yutug’imi, ijodiy g’alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga 
chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi 
ta’minlangan bo‘lur edi. Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, ma’lum 
qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon etish 
kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz 
bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz 
bo‘lib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” 
asariga bag’ishlangan “Ma’rifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu 
ma’rifiy romanning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpo‘lat 
Mirzoning 
“Saylanma”si 
bosilib 
chiqishi 
munosabati 
bilan 
yozilgan, 
adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos ko‘ngil mavjlari” deb 
nomlanadi. Unda shoir she’rlariga baho beriladi, ba’zilari tahlilga tortiladi, shoirning 
“serqirra iste’dod sohibi ekanligi” ko‘rsatiladi, ba’zan maqtovlar haddan oshiriladi: 
shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida so‘z yuritilganda kitobxonda “hamma 
she’rlaridami?” degan ishtiboh uyg’onadi yoki shoirni “go‘zal va hassos ishqiy 
she’rlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi shunday she’rlarining 
nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. 
Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda 
“Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. 
Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir she’rlarining tahliliga kirishishdan oldin 
shunday da’voni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining she’rdan 
she’rga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar 
yordamida isbotlanishi kerak edi. Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga 
munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi 
asar haqida o‘quvchida ma’lum taassurot uyg’otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday 
bo‘ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob 
sizni o‘ziga tortmaydi, yolg’on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, 
Logotip
qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday o‘rin egallashi: bu – uning yutug’imi, ijodiy g’alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi ta’minlangan bo‘lur edi. Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, ma’lum qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz bo‘lib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bag’ishlangan “Ma’rifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu ma’rifiy romanning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpo‘lat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos ko‘ngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir she’rlariga baho beriladi, ba’zilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra iste’dod sohibi ekanligi” ko‘rsatiladi, ba’zan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida so‘z yuritilganda kitobxonda “hamma she’rlaridami?” degan ishtiboh uyg’onadi yoki shoirni “go‘zal va hassos ishqiy she’rlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi shunday she’rlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir she’rlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday da’voni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining she’rdan she’rga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi asar haqida o‘quvchida ma’lum taassurot uyg’otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob sizni o‘ziga tortmaydi, yolg’on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham,
adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Adabiyotshunos olim H. 
Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). 
Iste’dodli yozuvchi A. Yo‘ldoshning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissalar 
to‘plamiga yozilgan taqrizni o‘qir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. 
Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini so‘zlab berishga ko‘p o‘rin ajratilgan 
bo‘lsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qo‘shjonov o‘zbek 
tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida ko‘rsatgan edi), 
kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar 
yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi. 
Olim taqrizning o‘qishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, o‘z fikrlarini 
isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, o‘quvchi taqriznavis 
da’volarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi qissalari 
adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning 
o‘ziga xos uslubi qay tarzda namoyon bo‘lgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib 
yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ham ko‘rsatilsa edi, taqrizning butunligi ta’minlangan 
bo‘lur edi. Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi bo‘lib baho berish, uning 
yozuvchi ijodi va adabiy jarayondagi o‘rnini ko‘rsatish; baholashdagi tezkorlik va 
hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida 
ma’lumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda o‘sha asarni o‘qishga 
da’vat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha o‘rin kasb etadi. Taqrizda 
asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho 
asosiydir. Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan 
“Ehtiros va e’tirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning 
mundarijasi haqida so‘z yuritilgan. Muallif o‘z fikrlarini isbotlash uchun ko‘chirma 
keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. To‘la, O. Yoqubov, M. 
Shayxzoda va yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini 
keltirish o‘quvchini taqriznavisning o‘z so‘zlari yo‘q ekanmi, degan ishtibohga olib 
bormaydimi? Keyin taqrizda sanoq ko‘pligi bois tahlilga kam o‘rin berilgan, ammo 
taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir ko‘rsatadi. Shunisi qiziqki, 
adib hikoyalarida “xulosa chiqarish esa ko‘pincha o‘quvchining o‘ziga qoldiriladi” 
Logotip
adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). Iste’dodli yozuvchi A. Yo‘ldoshning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissalar to‘plamiga yozilgan taqrizni o‘qir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini so‘zlab berishga ko‘p o‘rin ajratilgan bo‘lsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida ko‘rsatgan edi), kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi. Olim taqrizning o‘qishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, o‘z fikrlarini isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, o‘quvchi taqriznavis da’volarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi qissalari adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning o‘ziga xos uslubi qay tarzda namoyon bo‘lgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ham ko‘rsatilsa edi, taqrizning butunligi ta’minlangan bo‘lur edi. Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi bo‘lib baho berish, uning yozuvchi ijodi va adabiy jarayondagi o‘rnini ko‘rsatish; baholashdagi tezkorlik va hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida ma’lumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda o‘sha asarni o‘qishga da’vat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha o‘rin kasb etadi. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho asosiydir. Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan “Ehtiros va e’tirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning mundarijasi haqida so‘z yuritilgan. Muallif o‘z fikrlarini isbotlash uchun ko‘chirma keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. To‘la, O. Yoqubov, M. Shayxzoda va yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini keltirish o‘quvchini taqriznavisning o‘z so‘zlari yo‘q ekanmi, degan ishtibohga olib bormaydimi? Keyin taqrizda sanoq ko‘pligi bois tahlilga kam o‘rin berilgan, ammo taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir ko‘rsatadi. Shunisi qiziqki, adib hikoyalarida “xulosa chiqarish esa ko‘pincha o‘quvchining o‘ziga qoldiriladi”
deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yo‘nalishga mansub 
asarlarning ko‘pchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois 
o‘quvchi nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, 
suhbatmi – qaysi janrda bo‘lishidan qat’i nazar, mas’uliyat bilan yozilmog’i, 
kitobxonda shubha emas, ishonch uyg’otishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda 
muhimdir. Ba’zan shunday bo‘ladiki, asarni o‘qimasdan oldin u haqidagi taqrizni 
o‘qib qolasiz. Samimiy, ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni 
tezroq o‘sha asarni topib o‘qishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, 
kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning o‘rni muhim bo‘lib kelgan. Agar e’tibor 
qaratsak, bosilayotgan taqrizlarning ko‘pchiligi dabdabali va juda yuksak pafosga 
ega sarlavhalar bilan chiqadi. Ularning ba’zilari shu sarlavhani oqlasa, ba’zilari “usti 
yaltiroq, ichi qaltiroq” ekanligi sezilib qoladi. Shuning uchun sarlavha tanlanganda 
ham mas’uliyat va e’tibor juda zarur ekan. Asarga sarlavha topish uning mazmun-
mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. M. Qo‘shjonovning “Adashganlar fojiasi” 
deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning “Sarob”iga bag’ishlangan. Unda ortiqcha 
dabdaba ham yo‘q, ammo u asarning bor mazmunini o‘zida aks ettira olganligi bilan 
diqqatni tortadi. O. Sharafiddinovning “She’r ko‘p, ammo shoirchi?” maqolasi 
nomidanoq ayovsiz tanqid ruhida ekanligi seziladi. Biz nazardan o‘tkazayotgan 
taqrizlarning ko‘pchiligida sarlavha o‘quvchiga ko‘p narsa va’da qiladi, ammo 
ichidagini o‘qisangiz, va’daga vafo yo‘qligiga amin bo‘lasiz. “Taqriz” ruknida 
bosilayotgan asarlarda mas’uliyat yanada oshadi, chunki ular janr talablariga javob 
bera olishi zarur. Masalan, “Taassurot” degan rukndan taqriz janri vazifalarini talab 
qilishning hojati bo‘lmasa kerak. Chunki nomi bilan asardan olingan taassurotlar 
kitobxon bilan baham ko‘riladi. Shuning uchun tahririyatlar ham ana shu masalaga 
diqqat qaratsa, ayni muddao bo‘lur edi. “So‘qmoqlarda toblangan muhabbat” deb 
nomlangan taqriz (2005, № 51) R. Bobojonning “Muhabbat mezoni” romaniga 
bag’ishlangan ekan. To‘g’risi, men ham shu taqrizdan keyin shoir R. Bobojonning 
roman yozganidan xabar topdim. Viloyatlarga hamma kitoblar ham yetib 
kelavermaydi-da. Taqrizda romanda tasvirlangan davr, asar qahramonlari haqida 
fikr yuritiladi. Ammo bu qahramonlar qaysi jihatlari bilan xarakter darajasiga 
Logotip
deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yo‘nalishga mansub asarlarning ko‘pchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois o‘quvchi nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, suhbatmi – qaysi janrda bo‘lishidan qat’i nazar, mas’uliyat bilan yozilmog’i, kitobxonda shubha emas, ishonch uyg’otishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda muhimdir. Ba’zan shunday bo‘ladiki, asarni o‘qimasdan oldin u haqidagi taqrizni o‘qib qolasiz. Samimiy, ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni tezroq o‘sha asarni topib o‘qishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning o‘rni muhim bo‘lib kelgan. Agar e’tibor qaratsak, bosilayotgan taqrizlarning ko‘pchiligi dabdabali va juda yuksak pafosga ega sarlavhalar bilan chiqadi. Ularning ba’zilari shu sarlavhani oqlasa, ba’zilari “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” ekanligi sezilib qoladi. Shuning uchun sarlavha tanlanganda ham mas’uliyat va e’tibor juda zarur ekan. Asarga sarlavha topish uning mazmun- mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. M. Qo‘shjonovning “Adashganlar fojiasi” deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning “Sarob”iga bag’ishlangan. Unda ortiqcha dabdaba ham yo‘q, ammo u asarning bor mazmunini o‘zida aks ettira olganligi bilan diqqatni tortadi. O. Sharafiddinovning “She’r ko‘p, ammo shoirchi?” maqolasi nomidanoq ayovsiz tanqid ruhida ekanligi seziladi. Biz nazardan o‘tkazayotgan taqrizlarning ko‘pchiligida sarlavha o‘quvchiga ko‘p narsa va’da qiladi, ammo ichidagini o‘qisangiz, va’daga vafo yo‘qligiga amin bo‘lasiz. “Taqriz” ruknida bosilayotgan asarlarda mas’uliyat yanada oshadi, chunki ular janr talablariga javob bera olishi zarur. Masalan, “Taassurot” degan rukndan taqriz janri vazifalarini talab qilishning hojati bo‘lmasa kerak. Chunki nomi bilan asardan olingan taassurotlar kitobxon bilan baham ko‘riladi. Shuning uchun tahririyatlar ham ana shu masalaga diqqat qaratsa, ayni muddao bo‘lur edi. “So‘qmoqlarda toblangan muhabbat” deb nomlangan taqriz (2005, № 51) R. Bobojonning “Muhabbat mezoni” romaniga bag’ishlangan ekan. To‘g’risi, men ham shu taqrizdan keyin shoir R. Bobojonning roman yozganidan xabar topdim. Viloyatlarga hamma kitoblar ham yetib kelavermaydi-da. Taqrizda romanda tasvirlangan davr, asar qahramonlari haqida fikr yuritiladi. Ammo bu qahramonlar qaysi jihatlari bilan xarakter darajasiga
ko‘tarilgan, qaysi tomonlari bilan bugungi kun o‘quvchisining ongu tafakkurini 
o‘zgartirishga xizmat qiladi, degan savollarga javob ololmaymiz. Shu bilan birga, 
unda asardan olingan his-hayajon, kechinmalar ta’siri sezilmaydi. O‘rtamiyona 
taqrizda romanning adabiy jarayondagi, romanchilikdagi o‘rni ko‘rsatilmagan. 
“Tabiiy tuyg’ular talqini” deb nomlangan L. Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” 
romaniga bag’ishlab yozilgan taqrizda (2007, № 3) taqriznavis X. Hamroqulova 
romandan olgan taassurotlarini nihoyatda samimiyat bilan bayon etgan. Roman 
qahramonlarining, asarning original jihatlarini ko‘rsatib bergan. Bu asar o‘zbek 
romanchiligida “yangi bir toza nafas bo‘ldi”, deyiladi taqrizda. Ammo qaysi 
fazilatlari bilan? “Lolaxon. Ergash, Samad kabi kichik taqdir egalari orqali ularning 
ulkan ruhiy olamlarini yorita olish, omma o‘rtasidagi shaxs darajasiga chiqqan 
obrazlarni yaratish yosh adibning ijodiy yutug’idir” so‘zlari bilan tugallangan 
taqrizda asarning birorta nuqsoni ko‘rsatilmaydi. Bu mulohazalardan taqrizlarda 
kamchilik ko‘rsatilishi qat’iy qilib qo‘yilgan ekan-da, degan xulosa kelib 
chiqmasligi lozim. Shunday san’at asarlari bo‘ladiki, ular badiiyligi, tabiiyligi va 
jozibasi bilan o‘quvchi qalbini tezda rom eta oladi, ulardan chiroq yoqib izlasangiz 
ham nuqson topolmaysiz. Ammo ular ko‘p emas. Shu bois ana shunday asarlar 
ko‘payishini istagan taqrizchi so‘zga mas’uliyat bilan qarashi, o‘zi tahlil etayotgan 
asardan ham shuni talab qilishi zarur bo‘ladi.Boshqa ruknlarda ham taqrizlar 
berilmoqda. Masalan, “O‘quvchi fikri” ruknida “Bir asar quvonchi”, degan kichik 
taqriz (2006, № 29) berilgan, muallifi Axtamqul Karim. U dastlab Luqmon 
Bo‘rixonning ijodi adabiy gurunglarda bahs-munozaralarga sabab bo‘layotganligi 
haqida gapirib, adibning “Tahlika” qissasiga munosabat bildiradi. Asarda “yorqin 
obrazlarni” ko‘rgan, bundan “huzurlangan” taqrizchi qissadagi har bir detal, har bir 
manzara tasviri o‘z o‘rnida, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab qo‘llanilganligini uning 
yutug’i sifatida ko‘rsatadi, shu bilan birga, ayrim juz’iy nuqsonlarga ham to‘xtaladi. 
Ammo negadir uning fikrlarida chalkashlik seziladi. Masalan, qissani “qiziqish bilan 
o‘qigan” muallif shunday yozadi: “Tahlika” detektiv janrning unsurlariga tayangan 
bo‘lsa-da, meningcha, u ko‘proq lirik asarlar sirasiga kiradi”. Balki buni isbot qilish 
kerakdir yoki taqrizchi asarda lirizm kuchli demoqchimi? Chunki yozuvchi bir 
Logotip
ko‘tarilgan, qaysi tomonlari bilan bugungi kun o‘quvchisining ongu tafakkurini o‘zgartirishga xizmat qiladi, degan savollarga javob ololmaymiz. Shu bilan birga, unda asardan olingan his-hayajon, kechinmalar ta’siri sezilmaydi. O‘rtamiyona taqrizda romanning adabiy jarayondagi, romanchilikdagi o‘rni ko‘rsatilmagan. “Tabiiy tuyg’ular talqini” deb nomlangan L. Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romaniga bag’ishlab yozilgan taqrizda (2007, № 3) taqriznavis X. Hamroqulova romandan olgan taassurotlarini nihoyatda samimiyat bilan bayon etgan. Roman qahramonlarining, asarning original jihatlarini ko‘rsatib bergan. Bu asar o‘zbek romanchiligida “yangi bir toza nafas bo‘ldi”, deyiladi taqrizda. Ammo qaysi fazilatlari bilan? “Lolaxon. Ergash, Samad kabi kichik taqdir egalari orqali ularning ulkan ruhiy olamlarini yorita olish, omma o‘rtasidagi shaxs darajasiga chiqqan obrazlarni yaratish yosh adibning ijodiy yutug’idir” so‘zlari bilan tugallangan taqrizda asarning birorta nuqsoni ko‘rsatilmaydi. Bu mulohazalardan taqrizlarda kamchilik ko‘rsatilishi qat’iy qilib qo‘yilgan ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Shunday san’at asarlari bo‘ladiki, ular badiiyligi, tabiiyligi va jozibasi bilan o‘quvchi qalbini tezda rom eta oladi, ulardan chiroq yoqib izlasangiz ham nuqson topolmaysiz. Ammo ular ko‘p emas. Shu bois ana shunday asarlar ko‘payishini istagan taqrizchi so‘zga mas’uliyat bilan qarashi, o‘zi tahlil etayotgan asardan ham shuni talab qilishi zarur bo‘ladi.Boshqa ruknlarda ham taqrizlar berilmoqda. Masalan, “O‘quvchi fikri” ruknida “Bir asar quvonchi”, degan kichik taqriz (2006, № 29) berilgan, muallifi Axtamqul Karim. U dastlab Luqmon Bo‘rixonning ijodi adabiy gurunglarda bahs-munozaralarga sabab bo‘layotganligi haqida gapirib, adibning “Tahlika” qissasiga munosabat bildiradi. Asarda “yorqin obrazlarni” ko‘rgan, bundan “huzurlangan” taqrizchi qissadagi har bir detal, har bir manzara tasviri o‘z o‘rnida, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab qo‘llanilganligini uning yutug’i sifatida ko‘rsatadi, shu bilan birga, ayrim juz’iy nuqsonlarga ham to‘xtaladi. Ammo negadir uning fikrlarida chalkashlik seziladi. Masalan, qissani “qiziqish bilan o‘qigan” muallif shunday yozadi: “Tahlika” detektiv janrning unsurlariga tayangan bo‘lsa-da, meningcha, u ko‘proq lirik asarlar sirasiga kiradi”. Balki buni isbot qilish kerakdir yoki taqrizchi asarda lirizm kuchli demoqchimi? Chunki yozuvchi bir