TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA
1.Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Asosiy kategoriyalari.
3.Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Tayanch
so’zlar:
tarbiya,
Kategoriya,
itegratsiya,ilmiy
tadqiqot
metodologiyasi, barkamol inson, komil inson.
1.Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
TARBIYA–shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan
chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi
va abadiy qadriyatdir.
Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida
qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o‘z ichiga oladi.
Tarbiyaning obyektiv qonunlari – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va
ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish
talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analardir.
Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya
yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash,
yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik
jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib, avloddan-avlodga vorislik
vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi,
mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi.
Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya
tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi.
Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab
chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga
qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi.
Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida
olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi
g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televidenieva boshqalarni ham o‘z ichiga
oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’limva
ma’lumotolish ham kiradi.
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-
axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni
anglatadi. Buni oilava tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga
oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har
qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki
ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay,
balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakathayotida halqiluvchi
ahamiyat kasbetadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikva inqirozga mahkumdir. Negaki,
o‘sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy
boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun
yosh avlodmoddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan
ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda
samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimiga ega bo‘lishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan.
Sho‘ro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy
hodisa sifatida yondashishni talab etgan.
Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega
bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi, degan qarash
qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o‘zbek xalq
pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy ko‘rinishga ega emasligini isbot etdi.
Shuningdek,
kommunistik
mafkura
tazyiqi
tufayli
tarbiyada
ijtimoiy
muassasalarning o‘rniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik
xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.
Sho‘rolar pedagogikasida tarbiya orkali har qanday odamni istagan ijtimoiy
qiyofaga solish mumkin, degan qarash hukmron bo‘lganligi uchun ham uning
shaxsni shakllantirishdagi o‘rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining
tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy
tadbirlarga mahliyo bo‘lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida
tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxssifatida emas,
istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan qiyofasiz to‘da, olomon
tarzida qarash qaror topdi, Bu holtarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki
tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik jihatlari unutilgan
edi. Sho‘ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, manashu
yondashuv tarziga borib taqaladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga
yangi hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa
boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi.
Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq
pedagogikasi
boyliklari,
o‘zbek
mutafakkirlarining
pedagogik
qarashlari
sinchkovlik bilan o‘rganilayotir. Natijada, O‘zbekiston pedagogika fani va
amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o‘ziga xos o‘rni borligi
tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga
olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga
keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va
holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini
beradi.
2.Asosiy kategoriyalari. Kategoriyalar (yun. kategoria — mulohaza, fikr;
belgi) (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat
Kategoriya bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi
boʻlib vujudga kelgan.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarga
kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining
qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida bahs
yuritadi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining o’rganish obyektini esa ta’lim
muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni
tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya -
yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni
tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy ,jismoniy, axloqiy,
ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda
yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning
jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi, bugungi kun
talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan,
aynipaytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham
o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. Shu
jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda
ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni
tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan
murakkab
tarbiyaviy
ishlar
tizimi
kundan-kunga
takomillashib
bormoqda.Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-
tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga
tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.Tarbiya fani
asosan odobnoma, vatan tuyg’usi, milliy istiqlol g’oyasi, ma’naviyat asoslari, din
tarixi pedagogika, psixologiya, adabiyot, tarix kabi fanlar bilan o’zaro aloqada
bo’ladi.
Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Tarbiya metodlarini tanlab olish
shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yoʻlni
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning
samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogʻliq:
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad
nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday boʻlsa,
unga erishish metodlari unga muvofiq boʻlishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan
toʻldirilgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan
emas, balki aniq fikr bilan bogʻlash gʻoyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga
oʻxshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bogʻliqlikda hal qilinadi.
Yosh bu oddiygina qaraganda yashaganlikning son koʻrsatkichi emas. Unda
egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va axloqiy sifatlarning rivojlanganlik
darajasi oʻz aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuygʻusini boshlangʻich ta’lim,
oʻrta ta’lim va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan
oʻquvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni
shakllantirish borasida turli metodlar qoʻllaniladi.
4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa
shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham
oʻzgarmasdan kelmoqda. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi
tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy
sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar,
umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi.
Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir
shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining «Men»ini
roʻyobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-
gigiyenikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim,
pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shart-
sharoitlar boʻlmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda
koʻrinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.
7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi
sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan
mustahkam bogʻlangan va birgalikda qoʻllaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham
mavjud. Masalan, metodlarni samarali qoʻllash uchun zaruriy yordam beruvchi
koʻrgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot
vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat oʻzi
biladigan va qoʻllay oladigan metodlarni tanlab oladi. Koʻplab metodlar murakkab
boʻlganligi bois, oʻqituvchidan koʻp kuch ishlatishni talab etadi. Bunday
mas’uliyatdan boʻyin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga
harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan
kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega boʻladi.
9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta boʻlsa, «kuchli harakatga
keltiradigan» metodlar qoʻllaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy»
metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy»
metodlarga boʻlinishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan,
ikkinchisi nasihat qilish va doimiy oʻrgatish bilan bogʻliq.
10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga
erishishga
nisbatan
ishonch
boʻlishi
kerakonsepsiya
Buning
uchun
qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak.
Nazorat savollari
1 .Tarbiya fanining maqsad va vazifalarini aytib bering.
2.Axloq-ijtimoiy ong shakli haqida fikr yuriting.
3.Barkamol inson tushunchasi haqida nimalarni ayta olasiz.
4.Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini sanag.
5.Mutafakkirlar merosida tarbiya masalalariga misollar keltiring.
6.Tarbiya-ijtimoiy jarayon deganda nimani tushunasiz?