TARBIYA JARAYONINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
36
Faytl hajmi
48,5 KB
TARBIYA JARAYONINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR
XORIJIY TAJRIBALAR
Reja:
1.Jahon tarbiya konsepsiyalari.
2. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi, maqsadli, uzluksiz ma’naviy
tarbiyaning tutgan o‘rni.
3.Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash–“axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash”
tizimi.
4. Xitoyda Konfusiylik axloqining besh asosiy ustuni.
Tayanch atamalar: Tarbiya konsepsiyasi, Axloqiy tarbiya tizimi,Konfutsiylik
asosi.
1. Ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvning
zaruriyati. Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda
tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu
jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor
ishlab chiqilishi bo‘ldi. 8(A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy,
V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining
zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy
(xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy
modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini
yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa,
bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun
muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik
sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”,
“o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas,
balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu
oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan
talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab
bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham
pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta”
ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda
pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi
“maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini
loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga
qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan
shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik
qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida
pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish
bilan shug‘ullanishlari kerak. Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-
tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik
darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular
o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan
bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim
hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida
o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS
da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash
imkoniyatlarini chagaralaydi. Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida
oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi
ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul
qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish,
birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va pedagogika kollejlarida talabalarni egallagan
bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim
to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish va joriy etishni kuchli
innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa
mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston
Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning
o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi. Oliy pedagogik ta’limni ko‘p bosqichli
mazmuni bizning sharoitimizda ikki darajali model:
umumiy (bazaviy-bakalaviriat va to‘liq (magistratura) ko‘rinishida amalga
oshirilib, har biri o‘ziga avtonom hisoblanadi;
yaxlit tizim ko‘rinishiga ega; bozor iqtisodiyoti talablariga to‘la javob
beradi;
ta’limni ko‘pgina yo‘llari orqali egallash imkonini beradi;
o‘qiyotganlarni akademik va kasbiy yo‘naltirishga rag‘batlantiradi;
o‘z-o‘zini anglash, uning qimmatli yo‘nalishlarini va hayot tarzini
belgilash asosida shaxs rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. O‘qitish asosiga
ta’limiy-kasbiy dasturlar qo‘yilgan bo‘lib, ular beshta blok-model prinsipidan tashkil
topgan:
ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar,
umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari hamda qo‘shimcha fanlar tizimidan iborat.
Texnologik jihatidan kasbiy ta’limning mazmuni, metodlari va metodikasini tanlashga
madaniy yondashuv bilan bevosita bog‘liq.
Ushbu dasturlarni ishlab chiqilishida har bir blokning vazifasi, bloklar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tashkiliy, didaktik-texnologik ishlar va malakali
mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilgani ko‘zga tashlanadi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, fakultetlarda oliy
ta’limdagi ko‘p bosqichli tizim (OTKT) asosida ishlash va an’anaviy tizim bilan ishlash
qiyosiy taqqoslab ko‘rilganda, talabalar (OTKT) yangicha ta’lim tizimida ongli, ijodiy
ishlashga ko‘proq e’tibor qaratgani, talabalarda ta’lim motivatsiyasi darajasi yuqori
ekanligi ko‘zga tashlanadi. Oliy ta’limni fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-
funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish amalga oshiriladi. Umuman olganda
oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga
kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish
mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting
tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan
talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.
2. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning
tashkiliy jihatlari.Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim
mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan
shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak,
tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini)
o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy
maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim ob’ekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim
mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq
qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa
o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu
o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash,
aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun
qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni
izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham “pedagogik texnologiya”, “didaktik
texnologiya”, “ta’lim texnlogiyasi” atamalari qatoridan “pedagogik innovatsiyalar”
atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish,
o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, o‘z oldimizga
Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifaning
uddasidan chiqdik. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, har bir ta’lim muassasalariga, har bir o‘quvchiga
yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish mexanizmini
yaratishdan iborat. Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali Respublikamizda yangi pedagogik
texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p
samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni
yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) shakllantirilmagan edi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun9, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy
ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich
amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish,
qo‘llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan
tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki, Davlat ta’lim
standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr
o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va
ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi
pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan
holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib
chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning
jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning,
ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish
masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator
izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi
boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari
(monitoringi) tashkil etilgan.
Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi
vazifalarni amalga oshirib bormoqda:
ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini
yuritish;
Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini
yaratish
zarur. Buning uchun:
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim
standartlari va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish;
ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy
tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil
qilib borish;
pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish,
ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy
etuvchilarni o‘quv ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar
tayyorlash choralarini ko‘rish;
pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar
jamg‘armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim
saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga
erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni
yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal
qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik iinovatsiyalarni izlab topish.
o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni
amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini
yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni “to‘plash” jarayoni deb
qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida
yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish
instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy
ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim
markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni
to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi “Pedagogik matbuot”
asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik
xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov
xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli
yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik
to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik
bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur.
1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning
ikki ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi
usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.
2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda
qatnashmaganlar.
3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya
qilish.
4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.
5. Ish xajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni
rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa.
Afsus, ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu
insonning hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga
ishonchsizligi uning g‘oyasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning
axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va
mavjud qadriyatlarga e’tiborini qaratmasa, demak bu faollik juda xavfli. Yosh
o‘qituvchining bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi uchun ko‘p
variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. O‘quvchilarga ularning
ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga yordam berish, o‘z
imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni
kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan
maslahatlar erkin muloqotda, fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish
jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini
ko‘rib chiqamiz: “Shuni ko‘rib o‘tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, uni
hammasini tushunarmikan..? Nimaga u o‘z qarashiga meni ishontirmoqchi?”.
Menimcha: “ma’lumotlarim yetarli emas: yetmagan to‘la to‘kislarni bilib olsam, yaxshi
bo‘ladi... U nohaq deb aytyapmanmi yoki ochiqchasiga o‘z munosabatimni
bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim kerak”.
O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiish metodlarini va mazmunini didaktik izlash
bilim va usullarni shakllantirishga olib keldi. Shunday tadqiqiy mo‘ljal o‘quv
jarayoniga pedagogik yondashuvni o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Bu
esa o‘z o‘rnida ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy – tadqiqiy
faoliyatda yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi modellashlarni
o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bolalar tomonidan mazmunan ma’lumotlarni
o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shakllarga murojaat qilamiz. Talim
modellarining misollar orasida biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy
izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik o‘yinlarini ajratamiz. Sanab
o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor
qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4
bosqichni ajratsa bo‘ladi. Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri,
o‘xshatilishi va uning qoidalar harakteristikasi, o‘yin mulohazalarining bayoni, o‘yin
o‘tkazishda uning sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta
ahamiyatga ega. Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy rejasi
ekan.
3.
Innovatsion
yondashuv
asosida
ta’lim-tarbiya
jarayonida
samaradorlikka erishish aspektlari.Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va
yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga kirishishdan oldin “Pedagogik tizim” va
“Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish” tushunchasini aniqlab olaylik. Pedagogik
jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim - bu
tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham
barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin
bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli
tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir.
Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar
yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega:
o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o‘qituvchilar (yoki
TTV - ta’limning texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat
bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga
bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas
deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar
pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, “natijalar”, “o‘quv
tarbiyaviy jarayonni boshqarish”, “texnologiya”lardan iborat, deb ham hisoblashlari
mumkin. Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi.
Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning
natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi
bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy
qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga
egadir. Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar
birligi deb ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining
texnologiyasi deb ko‘rsatadilar.
Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni
ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash
kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha
pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy “to‘plamidan” ajratib olish osondir.
Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi
tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o‘zidayoq,
texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar
muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa
yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni
loyihalashtirish metodik “tajribalarni umumlashtirishdan” farqli “mumkin emas”
xulosasini bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir.
Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha
qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan
natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy
vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir.
Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi,
tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab
bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda
murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi
va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasining noaniqligini kuchaytiradi. Har
doim, ayniqsa “aniq” fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida pedagoglarni
harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika tizimi
modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida
pedagogika
tizimida
sodir
bo‘ladigan
jarayonlarniig
ba’zi
prinsipial
harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz.
Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi
aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar
tizimining aniq hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va
tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos
pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning
kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni
takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga
dunyoda endi kirishilmoqda. Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli
ko‘rsatgich, “harajat” va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu
muammoning foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish
imkonini beradi. Intuitiv va sub’ektiv baholarni juda oson noto‘g‘ri deyish mumkin va
bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday
pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la
erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada
bo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik,
u “yomon” va “yaxshi” pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning uchun o‘qituvchi
ham birdir. Uni o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu
munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50%
o‘qituvchidan, 50% esa o‘quvchiga bog‘liq.
Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning
samaradorligi, aytaylik o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga
oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% dan kam bo‘lmaydi. An’anaviy pedagogik
tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa
maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko‘prog‘i dasturni to‘la
o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy
nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha yaxshilash
mumkin emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil
qilib, har tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan
ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni o‘rganish, moslashish, sustkashlikni yengish
kerak. Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo‘llari ikkita: intensiv va
ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki imkoniyatlar xisobiga, ekstensiv
yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-uskunalar,
texnologiyalar xisobiga takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb
hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab
ko‘rib bo‘lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini,
mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat.
Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o‘lmagan bo‘lsa agarda u
yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining
konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt ichida
pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va oqilona
tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga
qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar. G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan
pedagogik mahsulotni yangi informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv
faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi differensatsiya va individuallashtirish hisobiga
oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan pedagogik mahsulot sifati
yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil ekspertlar
bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu holatdan chiqish yo‘li “O‘zaro bog‘liqlikdagi
innovatsiya (yangiliklar)” deb ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga
imkon beruvchi pedagogik tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning
foydalanish imkoniyatlarini chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli
ko‘rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi pedagogik tizim tashkil etuvchilari
uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi. Bo‘sh joylarini yangi texnologiyalar bilan
mustahkamlab, pedagogik tizimning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo‘ladi.
Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgai “tashqi” chora bo‘lib ko‘rilmaydi,
balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi.
Agar shunday nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda deyarli yangi
jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun yangi
“retsept”lar ham yo‘q. Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat taraqiyoti
jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga
ilgari qo‘llanilmagan nazariy yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan
yuqori natijalarni kiritishga majburmiz. Pedagogika fanida berilgan g‘oyalarni
ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha umumiy va qisman innovatsion
loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ulardan foydalanishning tahliliy
umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi. Nazorat shakllari: tayanch
konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, magnitafonda,
juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash.
O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko‘zguga
qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi.
Baholar yesa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday
tavsifnomani ye’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu
tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda o‘quvchi xohlagan vaqtida har
qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat
tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov,
awalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat
qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan bilan
ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.
V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida
eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o‘qitish doirasidan chiqib,
nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o‘qitishda ham keng
tarqaldi. G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan natijalar bilan birga
boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini axborotlarning
uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko10 uch
shahobchani belgilaydi:
1. Asosiy shahobcha — mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba
(o‘qituvchi)dan qabul qiluvchi (talaba)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish,
o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish,
o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni qo‘shimcha boshqarish manbalari
— kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va o‘quvchi tomonidan ularni mustaqil idrok
etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi.
2. Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni
(strategik va taktik), ta’limiy axborotlarning asosiy psixologik harakati korreksiyasini
qamrab oladi.
3. Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha
axborotlar shahobchasi) axborotlar o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatilish shahobchasi.
O‘quv jarayonining samaradorligi:
• o‘quv axborotlari mazmunining yeng maqbul tuzilmasi;
• boshqarish samaradorligi va bilish faoliyatini tashkil etish;
•axborotlarni o‘zlashtirishda individual o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan
foydalanish;
• axborotlarni o‘zlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bog‘liq.
Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarish
S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:
• hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv;
• o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng
muhim sharti;
• sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam;
• xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
• o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
• vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib
berilishi;
• asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish;
• bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish.
S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda
belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli
tayyorgarlikdir. Istiqbolli tayyorgarlik o‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin
mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan
bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir. S.N.Lisenkova metodikasi asosida
materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi:
1.Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda
berib borish;
2.Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo‘llash;
3.Fikrlash usullari va o‘quv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish
o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi. Unda:
• pedagog faqat birgina talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;
• bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro
aloqada bo‘ladi. Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati
talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi. Shaxsiy yondoshish deganda:
• pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari
jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan
individual model bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual
xususiyatlarga asoslanish;
• o‘quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida
rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi. O‘qitishni
individuallashtirish:
• o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash
talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;
• individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-
pedagogik va tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta
guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15
kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs
yuritadilar. Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi.
Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va
laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi
yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas. Dasturlashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-
yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner11 nomi bilan bog‘liq. U
materiallarning
o‘zlashtirilishini
boshqarishning
samaradorligini
oshirishda,
axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni
nazorat qilishni tavsiya etdi. V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va
boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va
ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:
• berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);
• davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat);
• tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik);
• goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali.
Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:
1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor
pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning
murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.
2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv
jarayonini boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo
to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi
obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha,
pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya
uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. Ichki va tashqi qayta aloqa
ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy
faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa
ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki
pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi
texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib,
unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va
malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim
oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning
kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan
qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar
to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi.
Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa
tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan
o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi.
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu
tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va
tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga
imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi
tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.
5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik
vositalardan foydalanish tamoyili.
Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy
programmalarni farqlash imkoniyatini beradi:
• rayon programmalar;
• tarmoqlanuvchi programmalar;
• soddalashtirilgan programmalar;
• aralash programmalar;
• algoritm;
• blokli o‘qitish;
• modulli o‘qitish;
• bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;
Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining
almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon
programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan
javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv
axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga
tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda,
unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini
bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish
imkoniyatini beradi.
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini
murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda
o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini
beradi. Modulli o‘qitish. U modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida
o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la,
qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir vaqtning o‘zida barcha
yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan berilishi mumkin.
O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, quyidagi
komponentlardan tashkil topadi:
• aniq ifodaga ega bo‘lgan o‘quv maqsadi (maqsadli programma);
• axborotlar banki: o‘qitish programmasi shaklidagi ayni o‘quv materiali;
• maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma;
• zaruriy malakalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashgulotlar;
• qo‘yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi.
Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha
bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng
bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish,
tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish
- o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan
xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining
ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va
yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan
tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi. “O‘qitish tizimining qurama
texnologiyasi” saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga
ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu
bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo‘ladi:
1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining
chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari
(bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari
(mavzular bo‘yicha sinovlar);
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni
himoya qilish);
5) dars-praktikumlar.
Keyingi
bosqichda
o‘qituvchi
o‘quvchilarning
saviyalariga
ko‘ra
tabaqalashtirish ishlarini tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni
mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali
amalga oshiriladi. Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi
qiyinchiliklari: “A”,”V”,”S” dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi vazifalarni hal
qiladi:
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi;
• talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; “S”
dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan
bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S” dasturi
vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi
lozim.
“V” dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar
bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga
yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi
bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va
oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi.
«A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga
ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi
ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi
joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash
metodikasi qo‘llanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka
o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.
4. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini
tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda
yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga
oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy
munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda
rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga
aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or
pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar
ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu
olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam
bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir.
Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni
taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida
insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda
biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.
Ta`lim - tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan
hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh
avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p
variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik
vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning
muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir
etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet
mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘
miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib
qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim
to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat – e’tiborida
bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk
Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab
islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini
harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p
sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq.
Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab
davlat va xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari
shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da
xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv dasturini
takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv
yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi
ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi
yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh
yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi.
Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil),
tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil)
kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi.
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada
chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti,
matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa
turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi
ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb
baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida
ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining
tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari
belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart
bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy
tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib,
tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi
majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va
tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni
tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik
g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya
to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan
ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv
dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni
ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar,
mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi
yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar
ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy
fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan.
Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy
me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi
me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib
o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘
masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu
o‘zgarishga munosabatidir.
Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib,
u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda.
Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib,
uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi
bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni
mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar,
xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul
to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga
qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar
bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa
uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud.
Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon
12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik
o‘qishini bitiradi, keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik
o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam.
Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6
yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish
maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi maktabga
o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq
bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning ota-onalari maktab
tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning
sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir.
To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni
bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar.
Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli
shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta`limining ―Dual
tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarning 16
foizi o‘qishni davom ettiradi.Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim
yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar.
Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni
davom ettirishlari mumkin. Oliy ta`lim muassasalarining xususiylari, cherkov va
bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar
boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi
boshqaradi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z
ustavlarini qabul qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga
saylanadiganPrezident boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda
o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini
olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni
davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun imtihon topshiriladi. Ta`lim
sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng
oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar o‘qishidan
manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan.
5. Ilg‘or xorijiy ta’lim tizimlari
FRANSIYADA TA’LIM TIZIMINING AMALGA OSHIRILISHI
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi
o`rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega.
Fransiya ta’limining asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini
ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlarining kamol
topishini taminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash bozor munosabati sharoitida
o`quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o`rgatish va shunga xos
kasbga yo`naltirishdan iborat. Boshlang`ich sinflardagi o`qish ertalabki va tushdan
keyingi qismlarga bo`linadi. Fransiyada boshlang`ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan
11 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb etiladi. Fransuz maktablarida nafosat ta’limiga ham
alohida ahamiyat beriladi. Bunday ta’lim uch tartibdan iborat: musiqa, tasviriy sanat va
sport. O`quvchilar 11yoshda boshlang`ich maktabni tugallab o`rta maktabga o`tadilar.
Fransiyada oliy ta’lim professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida qaror topdi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisoslik beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud.
Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar ko`zda
tutilmagan. Biroq maktablarda va liseylarda turli to`garaklar mavjud. O`quvchilar
uchun turli sport seksiyalari sayohatlar, musobaqalar o`quv muassasasining o`zida
tashkil etiladi.Fransuz yoshlari, Fransiyaga bilim olish uchun kelgan chet el fuqarolari
quyidagi bilim maskanlarida oliy ma’lumot oladilar:
Universitetlar;
Oliy texnologiya maktablari;
Oliy muhandislik maktablari;
Oliy arxitektura maktablari;
Oliy tijorat maktablari;
Siyosiy fanlar oliy maktabi;
Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari;
Oliy tibbiyot o`quv muassasalari;
Oliy badiiy maktablar;
O`zluksiz ta’lim [malaka oshirish]
Oliy ta’lim beruvchi universitetlar o`z talabalariga uch siklda bilim beradilar.
Birinchi sikl umumiy yoki biror texnik yoki ilmiy sohada oliy ma’lumot olish bilan
yakunlanib, o`qish ikki yil davom etadi. Talabalar uni metriz, magistr darajalari bilan
yakunlaydilar. Uchinchi siklda o`qish bir ikki yil davom etadi.
biron-bir predmetni chuqurlashtirib o`rganilganligi haqida diplom (bir yil);
ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to`g`risida diplom (bir yil);
uchinchi sikl doktorlik dissertasiyasi (bir, ikki yil);
davlat
doktorlik
dissertasiyasi-biron-bir
sohani
mukammal
o`rganib,
dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar mavjud.
Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko`rsatish, informatika mutaxassisliklariga
ixtisoslashtirilgan. O`qish muddati 2 yil bo`lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil
etadi. O`qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko`zda tutilgan.
Fransiyada mingdan ortiq ana shunday insitutlar faoliyat ko`rsatib, qishloq ho`jaligi
ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy
san’at bo`yicha mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunday insitutlarga kirish imtixonsiz
amalga oshiriladi.
GERMANIYADA MAKTAB VA OLIY TA’LIM
Takidlab o`tish lozimki, Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li
bizning Respublikamizdagiga o`xshab ketadi. Jahonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
rivojlanishiga katta hissa qo`shib kelayotgan dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlari
ichida kuchli davlatlar qatoriga kirgan Germaniyada ham ta’lim tizimi o`z rivojlanish
bosqichiga ega. Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich
hisoblanadi. Uning yuz yildan ortiq tarixi mavjud. Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18
yoshgacha bo`lgan bolalar uchun. O`qitish davlat maktablarida tekin, o`quvchilar
darslik va o`quv qo`llanmalari bilan tekin ta’minlanadi.
Germaniyada maktab ta’limi qanday qurilgan va o`qitish faoliyati qanday
tartibda tashkil etiladi? Boshlang`ich maktabda to`la to`rt yillik o`qishdan keyin
o`quvchilar yo`nalish asosidagi maktablarda ta’limni davom ettiradilar. Asosiy maktab
dasturi yilma –yil tahlil etib boriladi. Germaniyada o`z vaqtida ta’lim ola olmagan katta
yoshdagilar uchun bilim olishga imkoniyat yaratib qo`yilgan. Kechki gimnaziyada
sanoat, qishloq xo`jaligi kabi sohalarda ishlovchilar 3-6 yil davomida o`quv ko`rsini
o`taganidan keyin etuklik attestatini olish uchun imtixon topshiradilar. Germaniyada
hunar ta’lim tizimi katta ahamiyatga ega chunki, Germaniyada yuqori malakali
ishchilarga bo`lgan talab yuqori hisoblanadi.
Germaniya ta’lim tizimining o`ziga xos tomonlaridan yana biri hunar
diplomlari oliy o`quv yurtlariga kirib o`qish huquqini bermaydi. O`qishga qabul qilish
imtixonsiz maktab ta’limi to`g`risidagi hujjatga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Oliy o`quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan prezident boshqaradi.
Oliy o`quv yurtlarida tatqiqotning asosiy yo`nalishi fundamental amaliy tadqiqot
bo`lib, ularga boshqa ilmiy tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan
yordam beradi .
Oliy
ta’lim
muassasalarining
xususiylari,
cherkov
va
bundesverga
tegishlilaridan tashqari bo`lgan oliy o`quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo`ladilar.
Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta’lim federatsiyasi boshqaradi. Federatsiya
oliy ta’lim tizimiga taalluqli umumiy prinsplarni tartibga solib turadi. Jumladan,
federasiya oliy o`quv yurti qurilishi va oliy o`quv yurtidagi tadqiqotlarning bir qismini
mablag` bilan ta’minlashni o`z ustiga oladi.
Oliy maktab o`z-o`zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o`z
ustavlarini qabul qiladilar.
Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
-bolani o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o`quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun
ko`rash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g`ururini yerga urmaslik;
-Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va h.k.
Yaponiya ta’limidagi;
-bolani maktabga puxta tayyorlash;
-kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
-o`quvchilarni nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan e’tibor;
-o`qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
-yosh iqtidor soxiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar;
Germaniya ta’limidagi:
-tabaqalashtirib o`qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
-o`qituvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash;
-kasbga yo`naltirish;
Fransiya ta’limidagi :
-maktabgacha davridanoq o`quvni predmetlashtirib tashkil etish;
- boshlang`ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish;
- o`quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor;
-o`quv muassasalarning turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam
aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham kuchsa, bizning
pedagogikamiz olg`a qarab dadil qadam bosgan bular edi. Albatta, ta’limga har qanday
yangilik, o`zgarish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. “Zo`rlab tiqishtirish”
bizning uslubiyat emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo`l
qo`yib bo`lmaydi.Keyingi paytlarda ilmiy asoslanmagan, sinab ko`rilmagan
“Islohotlar” ni joriy etish, yangi o`quv muassasalari to`g`risida ham ta’lim vazirligi
tasdiqlagan Nizomdan chetga chiqish hollari ro`y bermoqda, aksariyat shunday “isloh”
qilingan maktablar, sinflar ko`zlagan samaradorlikni bermaganligi uchun oddiy
maktablar va sinflarga aylantirilmoqda. Fikrimizcha, turli islohotlarni, shu jumladan,
chet el ta’limidagi u yoki bu ibratli ish uslubini joriy qilishda Pedagogika ilmiy-tadqiqot
instituti, o`quv uslubiyat markazlari bilan bamaslahat ish ko`rish maqsadga
muvoffiqdir. O`ylaymizki, pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot insitituti Respublika
o`quv-metodika markazlari ham chet el ta’limini joriy etish bo`yicha o`quv
muassasalarimizga o`zlarining nazariy-metadologik tavsiyalarini beradilar.Berilgan
yangiliklar, ma’lumotlar, axborotlar asosida har bir pedagogik jamoa o`z pedagogik
faoliyatlarini tahlil etib, uni qayta ko`rib chiqadilar. Mamlakatimiz ta’limini yangi
bosqich2.Tarbiya konsepsiyalari tarixi Axloqiy uchlik tamoyili. Avestoning butun
axloq-odobi Gumata (Gumata) Yaxshi fikr), Gukta (Gukta) YAxshi so‘z), Gvarshta
(Gvarshta) YAxshi ish) da ifodalanadi. Avestoda faqat bitta xalqning emas, balki Eron,
Markaziy Osiyo va Ozarbajon xalqlarining mushtarak, umumiy qimmatga ega bo‘lgan
tarbiyaviy qadriyatlari aks etgan.
Shariat:
Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab
chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. SHariat diniy-huquqiy
tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. SHariatda barcha hatti-harakatlar
dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi
qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin
ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh – ixtiyoriy me’yorlar; makruh –
ixtiyoriy me’yorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar.
“Munosib inson”ni etishtirish Abu Nasr Forobiy,“Bizning mavjud holatimiz
tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”. Tarbiya maqsadi
sifatida “har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”, - degan g‘oyani “millat baxt-
saodatli bo‘lishi kerak” degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni
etishtirishda deb tushunildi va “milliy tarbiya rejasi”ni ishlab chiqdi.
Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot YA.A.Komenskiy
Tarbiya uch bosqich – vazifadan iborat: 1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni
bilish (aqliy); 2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy); 3) Xudoni tanishga intilish (diniy
tarbiya). Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga
bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.
“Ovrupo tarbiyasi” Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida
ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi: tarbiya va ta’lim
rejalari, dasturlari milliylashtirildi;
2)ta’lim ona tilida olib borila boshlandi;