Tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati va metodologik asoslari. Talabalarni o’qitish va tarbiyalashning tashkiliy shakllarining asoslari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
42,5 KB
Tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati va metodologik asoslari.
Talabalarni o’qitish va tarbiyalashning tashkiliy shakllarining asoslari
Umumiy ma’lumot. Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya
nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning
mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini
o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib
kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib
chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya
borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash
uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning
ma’lumotlaridan
foydalanadi.
Tarbiya
nazariyasi
pedagogikaning
boshqa
bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi
tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni
har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad
yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq- atvorni tarkib
toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning
mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha
ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra
yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:
,,Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat - yo
falokat masalasidur”. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish
emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi,
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning
asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan
demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi.
Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan
yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to‘qrisida”
gi Qonuni, ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da mustaqil respublikada ijtimoiy
tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir
etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik
jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-
tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil
etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri
uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat
shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning
tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning
ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas,
balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday
anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi
zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida
kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham
o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq
keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun
o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning
birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya
jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning
ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy
tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi
asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash
jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol
qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi,
tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya
jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak
bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya
qilishni yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri - o‘quvchilik
yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport,
badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq
me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy
munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shaxsni
shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan
vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta
o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl
va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim
o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning
amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu
g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
Har qanday ijtimoiy
jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya
maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy
munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni
tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
Tarbiya tamoyillari.
Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-
atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga
qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot,
kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi
g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar
yotadi:
1.Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy - siyosiy
mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda
tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining
,,Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni hamda ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi - erkin, ijodkor, mustaqil fikr
egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan
iborat. Ushbu maqsadga erishish yо‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy
madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy,
ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning bolalar bilan
ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida
tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash о‘quvchining tarbiya
jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis
shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy
namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
3.O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy
pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim
unsurlaridan biri - bu insonning hayotiy o‘z-o‘zini anglashi, uning o‘z shaxsiy hayoti
va faoliyatining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida
fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
4.Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi
amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl,
metod va vositalari emas. Balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi.
Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z
qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
5.Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari
mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil
etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining
boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati,
o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va
anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali
bo‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan
faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.
6.Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy
munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama
kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro
hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga
oshiriladi.
Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish
uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim
ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati
aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi
muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero,
tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil
etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy
tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda
tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va ob’ektiv)
omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari,
qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv
omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal
etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli
obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida
shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va
boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik
shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o‘rin tutadi.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga
quyidgicha xulosa qilish mumkin:
1.Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini
aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.
2.Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil
etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi,
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi,
intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
3.Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan
holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu
boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash
milliy modelining asosiy maqsadi. Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi
o‘sib kelayotgan avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga
har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik, intellektual
va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli
buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va
noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek,
shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlovchi asosiy omildir.
O‘zbekiston Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan
mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan
voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda
kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs
faolligini ko‘rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi
bo‘lgan shaxs o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi.
Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning ham asosiy
maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy
vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning
asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta’kidlansa,
islom ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli
bo‘lishdir.
Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi
muayyan jamiyat a’zosi bo’lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida
kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan
ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me’yorlar mohiyatini о‘zlashtiradi.
Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi
mehnat faoliyatini yo’lga qо‘yadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini
qondirish yо‘lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha ,,kollektivus” sо‘zining tarjimasi bo’lib,
yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan
iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh
demakdir. Zamonaviy talqinda ,,jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yо‘lida
birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi,
zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa
deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga
ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol
о‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq
bildirilgan. Jamoada uning a’zolari о‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga
keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har
qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bо‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga
egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday
guruhdan ajratib turadi.
Jamoa
ijtimoiy
jamiyatning
bir
qismi
hisoblanadi,
unda
ijtimoiy
hayot
va
kishilik
munosabatlarining barcha me’yorlari o’z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi
mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo’lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat
maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo‘lib, u
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur
maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq
muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof
etishlariga ko‘ra to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi.
4. Jamoani shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga oshriladi.
Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo‘yilishi, jamoa faoli
(aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam bo‘lishi, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro yordam
hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar
metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018.
2.Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv
kullanma).. - Toshkent.: Fan, 2010.
3.Kpaeевский, B.B. Meтодологиya педагогиchеского исследованиya:
пocoб. Длya педагога-исследавателya / B.B. Kpaeвский. - Caмapa: Изд-BO
CaмГПИ,1994 - 165 c.