TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Reja:
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2. Tarbiya metodlari tasnifi.
3. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar
1. To‘rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar
narsalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo‘qoldi.
O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib
olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni
aytishdi.
O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan? Bu metodning samaradorligi
nimalarga bog‘liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
2. O‘qituvchi quyidagicha hikoya qiladi: O‘g‘lim (8 yosh) qorong‘idan va
balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga
oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun xovliga,
goho go‘yo esidan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘u xonaga yuboraman.
O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, “Daraxtning anavi
novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini” deyman.
O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali?
3. Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi yerda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi
yotganini ko‘rib, bir o‘quvchiga “qog‘ozni ol”, deb murojat qildi. O‘sha o‘quvchi
sekin partadan turib “men tashlamaganman, nega olarkanman” deb, yana joyiga
o‘tirdi.
O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo‘ladi va bu
nimaga bog‘liq?
4. Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: yer ag‘darish biz
uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu
sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar, deyman.
-Bolalar konfetsiz yer ag‘darishmaydimi, - so‘radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota.
Ota qo‘llagan rag‘batlantirish usuliga qanday baho berasiz?
5. 4-sinf o‘quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvalari o‘g‘limning hamma ishi
joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko‘p vaqt ajratdim. Ishga kirganimdan so‘ng
”ikki baholar” ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi
bajarilmagan, bajarilgani esa iflos, tushunarsiz bo‘lgani uchun uni qayta ko‘chirish
kerak. Lekin qachon ulguradi. Uxlash vaqti bo‘lib qolardi.
Ota-onaning xatosi nimada. Siz qanday yo‘l tutardingiz?
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodi (yunoncha
«metodos» - yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq
etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga
ta’sir etish usullaridir.
Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga
ta’sir etish usullari yig‘indisidir.
Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada
aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish
uchun tarbiyachi o‘ zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan
so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin
usullar keng ustunli yo‘llar - metodlarga aylanishi mumkin.
T arbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir
ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita - bu usul
ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat - tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib
berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish - bu usullar. So‘z (keng
ma’noda) - tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash - usullar. Bu bilan bog‘liqlikda
ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun
foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek
metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.
Tarbiya vositalari - bu usul ham emas, metod ham emas, usullar yig‘indisi.
2.Tarbiya metodlari tasnifi. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy
vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan
o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va
tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi
o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning
ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari
mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish,
o‘quvchilarning
xulq-atvorini
rag‘batlantirish
metodlarini
qamrab
oladi.
I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi:
tushuntirshli- reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari,
rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.
Skinner nazariyasi o‘qitish va ta’lim olish jarayonida o‘qituvchilarning o‘zlarini
hulq-atvorlari muhim bo‘lmagan rolda ekani uchun tanqid qilinadi, bu mavzuda gap
ketganida unga e’tibor berishga chegara qo‘yilgan, bu o‘rinda jazo tayinlash va
mukofotlashdan ko‘ra ko‘proq, deydi, o‘qituvchilar o‘zlari (Men termini 5-bo‘limda
to‘laroq yoritilgan) namuna bo‘lishlari zarur. Bu “ahloq o‘ynini o‘ynash”ni
istamayotgan o‘quvchilar – mehribonlik ko‘rsatilmagan yoki, ular ta’limda omadga
erishmagan, yo ular o‘qituvchi tomonidan maqtab, yo koyilmagan – bilan yuzaga
kelgan muammoni hal qilishishart bo‘lgan o‘qituvchilarga kichik yordam taklif
qiladi.1
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga
bo‘lish mumkin:
• Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni
shakllantirishga ta’sir etuvchi.
• Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir
etuvchi.
1Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 5 bet.
Hozirgi vaqtda o‘ zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va
tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq ob’yektiv va qulay metodlar qo‘llaniladi. Ana
shunday tavsif bilan bog‘liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi:
• Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.
• Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.
• Xulq-atvorni va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari.
Shaxs ongini shakllantirsh metodlari o‘ quvchilarda ma’ naviy-axloqiy sifatlar,
e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi
va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.
Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi: hikoya,
tushuntirish, izohlash, ma'ruza, etik suhbat, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, munozara,
namuna.
Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar
ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi.
O‘ quvchilarda g‘ oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va
xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash
lozim.
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan metoddir.
Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur
tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Suhbat.
O‘quvchi
shaxsini
g‘oyaviy
va
ma’naviy-axloqiy
jihatdan
shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan metod hisoblanadi. Suhbat
uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi,
o‘quvchilarning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan
kutilayotgan natijani hisobga olish zarur.
Hikoya. O‘ quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar
bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq
me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati,
shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy
adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televidenie,
gazeta va jurnallar sahifalarida hamda Internet matbuotida e’lon qilingan
ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat
ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan
so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya
mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini
ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq
qaramaydilar.
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni
ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi
kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib
yuradilar.
O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-
atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib
topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday
holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo‘lishmasin, atroflarida
bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-
harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni,
o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini
samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash
metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati,
xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf
etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish- turishi,
intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib
borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq- atvorini tahlil qilish
asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish
zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin.
Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish
uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari,
atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida
o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi
ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur
metoddan boshqa metodlarning ta’ sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli
bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi.
Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum
hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.
Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq)
metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat.
Mashq va o‘rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini
oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq
me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan
tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib
boradi.
O‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib
borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan
meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli
taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada
odat xarakterga aylanadi.
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi.
Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, tjobiy jarayondir. Mashq natijasini
ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati
rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy
ishlardir.
Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini
shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa
bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida
ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun
mas’uliyatni his etishga o‘rganadilar, mehnat qilish o‘quvchilarning harakatlarini
shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish
jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor
me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik
talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini
oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari: rag‘batlantirish, tanbeh
berish, uyaltirish.
Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho
berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash
usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni
anglash olishi zarur.
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz
turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya
uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va
boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus
va sharm- hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa,
avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi.
Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin
hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida
foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
3.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi
bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va
samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u
qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘ liq:
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad
nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga
erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan
to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan
emas, balki aniq fikr bilan bog‘ lash g‘ oyat muhimdir.
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda
amalga oshiriladi. Yosh bu oddiygina qara yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda
egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi
o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda
hai shakllantirish mumkin. Biroq ha8 bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish
borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining
rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari hai
o‘zgarmasdan qiyoiayoayo. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi
tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy
sharti.
Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.
Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning
asosi bo‘la olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur.
Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ ziga xosligini
saqlashga, o‘ zining «Men»ini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni
qo‘llashga harakat qiladi.
Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-
gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim,
pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shart-
sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda
ko‘rinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.
Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi
sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan
mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham
mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llash uchun zaruriy yordam beruvchi
ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot
vositalari.
Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi
biladigan va qo‘llay oladigan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab
bo‘lganligi bois, o‘qituvchidan ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday
mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga
harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart- sharoitlardan
kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo‘ladi.
Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli
harakatga keltiradigan» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning
«oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va
«oddiy» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish
bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga
erishishga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod
qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tarbiya metodi, usuki va vositasi tushunchalariga ta’rif bering.
2. Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni izohlang.
3. Shaxs ongini shakllantirish metodlari haqida gapirib bering.
4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimouy xulq-atvor tajribalarini shakllantirish
metodlarini misollar asosida tushuntiring.
5. Faoliyatni
rag‘batlash
va
motivatsiyalash
metodlarini
qo‘shimcha
manbalardan o‘qib to‘ldiring.