TARBIYANING UMUMIY METODLARI, SHAKLLARI VA VOSITALARI

Yuklangan vaqt

2024-10-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

22,5 KB


 
 
 
 
 
 
TARBIYANING UMUMIY METODLARI, SHAKLLARI VA VOSITALARI 
 
 
Reja: 
1.Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha.  
2.Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari.  
3.Boshlang‘ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni  tanlab olish 
shartlari. 
 
 
Tayanch so’zlar: Tarbiya shakllari, tarbiyaning umumiy metodlari,tarbiyaning 
vositalari.,maqsad, mazmun, shakl. 
 
 
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining 
mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga 
ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir. 
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; 
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab 
amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, 
tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi 
yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi 
o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga 
mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani 
boyitadi. 
Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori 
darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning
TARBIYANING UMUMIY METODLARI, SHAKLLARI VA VOSITALARI Reja: 1.Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha. 2.Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari. 3.Boshlang‘ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish shartlari. Tayanch so’zlar: Tarbiya shakllari, tarbiyaning umumiy metodlari,tarbiyaning vositalari.,maqsad, mazmun, shakl. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning
 
 
samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya 
metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.Tarbiyaning maqsad 
va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to’g’ri muvofiq bo’lishi zarur. 
Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar 
mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan 
to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, 
balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir. 
3.2.Tarbiya metodlari tasnifi. 
Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo’yicha guruhlarga ajratishga olib keladi. 
Pedagogikada biron bir asos bo’yicha metodlarni qat’iy klassifikatsiyasi ishlab 
chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko’p qo’llanishiga qarab ishontirish, mashq, 
namuna, taqdirlash, jazolash metodlarini o’rganganlar. Albatta pedagogik amaliyotda 
ushbu metodlarni ko’p uchratamiz. Pedagog o’quvchilar bilan birgalikda axloqiy 
normalarni muhokama qilib, tushuntirib, ularni faoliyatga jalb etib, ularga namuna 
bo’lib tarbiyalaydi. Va nihoyat u o’quvchilarni xatti-harakatlarini muhokama qilib, 
ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi. 
Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga ko’ra 
ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni, 
ikkinchidan ularni ongli, samarali qo’llashni ifodalaydi.Tahlillar shuni ko’satadiki, 
klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga) 
ta’sir etish yo’naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, 
qarashlarini, idrokini shakllantirishga yo’naltirilgan metodlar bor. Ular ongni 
shakllantiruvchi metodlar deyiladi. Bundan tashqari, shaxsni xulq-atvoriga va 
faoliyatiga yo’naltirilgan metodlar mavjud. Bularni xulqni shakllantiruvchi va 
faoliyatni tashkil etuvchi metodlar deyiladi. Yana xulqni stimullashtirishga va 
tuzatishga yo’naltirilga metodlar mavjud bo’lib, ular xulqni stimullashtiruvchi 
metodlar deyiladi.Yu.K.Babanskiy tomonidan tavsiya etilgan ta’lim va tarbiya 
metodlari klassifikatsiyasining asosini faoliyat konsepsiyasi tashkil etadi. Unga ko’ra 
har qanday faoliyat komponentlarini anglash, tashkil etish, stimullashtirish va nazorat 
tashkil etadi. Faoliyat tarbiya jarayoni tuzilishida muhim o’rin egallab, butun 
pedagogik jarayonni umumiy metodlarini to’rt guruhga ajratishning asosi hisoblanadi.
samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to’g’ri muvofiq bo’lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir. 3.2.Tarbiya metodlari tasnifi. Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo’yicha guruhlarga ajratishga olib keladi. Pedagogikada biron bir asos bo’yicha metodlarni qat’iy klassifikatsiyasi ishlab chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko’p qo’llanishiga qarab ishontirish, mashq, namuna, taqdirlash, jazolash metodlarini o’rganganlar. Albatta pedagogik amaliyotda ushbu metodlarni ko’p uchratamiz. Pedagog o’quvchilar bilan birgalikda axloqiy normalarni muhokama qilib, tushuntirib, ularni faoliyatga jalb etib, ularga namuna bo’lib tarbiyalaydi. Va nihoyat u o’quvchilarni xatti-harakatlarini muhokama qilib, ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi. Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga ko’ra ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni, ikkinchidan ularni ongli, samarali qo’llashni ifodalaydi.Tahlillar shuni ko’satadiki, klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga) ta’sir etish yo’naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, qarashlarini, idrokini shakllantirishga yo’naltirilgan metodlar bor. Ular ongni shakllantiruvchi metodlar deyiladi. Bundan tashqari, shaxsni xulq-atvoriga va faoliyatiga yo’naltirilgan metodlar mavjud. Bularni xulqni shakllantiruvchi va faoliyatni tashkil etuvchi metodlar deyiladi. Yana xulqni stimullashtirishga va tuzatishga yo’naltirilga metodlar mavjud bo’lib, ular xulqni stimullashtiruvchi metodlar deyiladi.Yu.K.Babanskiy tomonidan tavsiya etilgan ta’lim va tarbiya metodlari klassifikatsiyasining asosini faoliyat konsepsiyasi tashkil etadi. Unga ko’ra har qanday faoliyat komponentlarini anglash, tashkil etish, stimullashtirish va nazorat tashkil etadi. Faoliyat tarbiya jarayoni tuzilishida muhim o’rin egallab, butun pedagogik jarayonni umumiy metodlarini to’rt guruhga ajratishning asosi hisoblanadi.
 
 
Shunday qilib, an’anaviy pedagogika fanida tarbiya metodlarini to’rt guruhga 
ajratilganligini ko’plab mutaxassislar tomonidan guvohi bo’lamiz: 
a) ongni shakllantirish metodlari: hikoya, suhbat, ma’ruza, munozara, muhokama; 
b) faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o’rgatish, 
topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish; 
d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o’yin, taqdirlash va jazolash; 
e) nazorat, o’z-o’zini nazorat va baholash metodlari: kuzatish, so’rov, faoliyat 
natijalarini tahlil qilish. 
Metodlarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin, lekin shaxs qismlar bo’yicha emas, 
balki bir butun holda shakllanadi, nimagaki ong, munosabatlar, xulq, atvor har qanday 
holatda mo’ljalli va tasodifiy harakatlar ta’sirida butunlikda shakllanadi. Psixologiyada 
ong va faoliyat birligi prinsipi mavjud, ya’ni ong faoliyatda shakllanadi. Birinchi guruh 
metodlarining asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarda munosabatlarni, yo’nalganlikni, 
ishonch va qarashlarni shakllantirish hisoblanadi. Bular asosida xulq-atvor normalari, 
ijtimoiy qadriyatlar to’g’risidagi bilimlar yotadi. Birinchi navbatda insonni ishonchi 
uning xattiharakatlarida ifodalanadi.Ikkinchi guruh metodlari tarbiyani faoliyatda 
amalga oshishi prinsipiga amal qilishni talab etadi. Shaxsda u yoki bu sifatlarni sharoit 
yaratmasdan shakllantirib bo’lmaydi. Pedagoglarni vazifasi ana shunday sharoitlarni 
hosil qilish hisoblanadi. Uchinchi guruh metodlari yordamida pedagoglar va 
tarbiyalanuvchilarni o’zlari o’z xatti-harakatlarini nazorat qilib, tarbiyalanuvchilarni 
faoliyat motivlariga ta’sir etadilar. 
Nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari tarbiya natijalarini baholashga va tahlil 
etishga yo’naltirilgan bo’lib, tarbiyalanuvchilarni shakllanashiga ta’sir etadi. Agar 
tarbiya natijalari tarbiyalanuvchilar bilan birga tahlil etilsa, samaradorlilikka erishiladi 
hamda ularni o’z-o’zini tarbiyalashi stimullashadi. 
3.3. Ijtimoiy ongini shakllantiruvchi metodlar. 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, 
e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, histuyg’usi va 
irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi. Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, 
ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va 
maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot 
mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi
Shunday qilib, an’anaviy pedagogika fanida tarbiya metodlarini to’rt guruhga ajratilganligini ko’plab mutaxassislar tomonidan guvohi bo’lamiz: a) ongni shakllantirish metodlari: hikoya, suhbat, ma’ruza, munozara, muhokama; b) faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o’rgatish, topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish; d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o’yin, taqdirlash va jazolash; e) nazorat, o’z-o’zini nazorat va baholash metodlari: kuzatish, so’rov, faoliyat natijalarini tahlil qilish. Metodlarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin, lekin shaxs qismlar bo’yicha emas, balki bir butun holda shakllanadi, nimagaki ong, munosabatlar, xulq, atvor har qanday holatda mo’ljalli va tasodifiy harakatlar ta’sirida butunlikda shakllanadi. Psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipi mavjud, ya’ni ong faoliyatda shakllanadi. Birinchi guruh metodlarining asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarda munosabatlarni, yo’nalganlikni, ishonch va qarashlarni shakllantirish hisoblanadi. Bular asosida xulq-atvor normalari, ijtimoiy qadriyatlar to’g’risidagi bilimlar yotadi. Birinchi navbatda insonni ishonchi uning xattiharakatlarida ifodalanadi.Ikkinchi guruh metodlari tarbiyani faoliyatda amalga oshishi prinsipiga amal qilishni talab etadi. Shaxsda u yoki bu sifatlarni sharoit yaratmasdan shakllantirib bo’lmaydi. Pedagoglarni vazifasi ana shunday sharoitlarni hosil qilish hisoblanadi. Uchinchi guruh metodlari yordamida pedagoglar va tarbiyalanuvchilarni o’zlari o’z xatti-harakatlarini nazorat qilib, tarbiyalanuvchilarni faoliyat motivlariga ta’sir etadilar. Nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari tarbiya natijalarini baholashga va tahlil etishga yo’naltirilgan bo’lib, tarbiyalanuvchilarni shakllanashiga ta’sir etadi. Agar tarbiya natijalari tarbiyalanuvchilar bilan birga tahlil etilsa, samaradorlilikka erishiladi hamda ularni o’z-o’zini tarbiyalashi stimullashadi. 3.3. Ijtimoiy ongini shakllantiruvchi metodlar. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, histuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi. Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi
 
 
usullar qo’llaniladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, 
davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish 
ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p 
ishlatiladigan usuldir.Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli, 
milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan 
iborat. 
Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan 
huquq va burchlar asosida bog’langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat 
bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning 
ahamiyati 
katta. 
Shu 
sababli 
davlat 
bayrog’i, 
gerbi, 
madhiyasi 
hamda 
konstitusiyasining mohiyati tushuntirialdi. 
Suhbat. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda 
o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu 
tanlashda uning mazkur sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarda ma’naviy-
axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlari va suhbatdan 
kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi 
mumkin: 
a) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o’rin 
tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o’zini tutish qoidalari va boshqalar); 
b) estetik mavzular (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi); 
v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro 
munosabatlar va boshqalar); 
g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o’simliklar dunyosi, 
elektronika va boshqalar). 
Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, 
ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda ham tashkil etilishi o’zining ijobiy 
natijalarini beradi. Suhbat davomida o’quvchilarga ularning o’z fikrlarini erkin ifoda 
etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish 
juda muhimdir. Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta. Hikoya. O’quvchilar 
odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni 
katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy boylar, 
qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya
usullar qo’llaniladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan usuldir.Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog’langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda konstitusiyasining mohiyati tushuntirialdi. Suhbat. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarda ma’naviy- axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin: a) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o’zini tutish qoidalari va boshqalar); b) estetik mavzular (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi); v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar); g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o’simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar). Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda ham tashkil etilishi o’zining ijobiy natijalarini beradi. Suhbat davomida o’quvchilarga ularning o’z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish juda muhimdir. Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta. Hikoya. O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya
 
 
qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot 
vositalari - radio, televideniya, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan 
ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham, hikoya 
ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so’zlar vositasida 
adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining 
o’quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning 
natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar. 
O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va 
ibrat olishlari nihoyatda muhim.O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa, 
yoshlarga kata ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini qanday 
tutishini, kishilar bilan qanday muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini 
kuzatib yuradilar. 
O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, xulq-atvorlar 
bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir 
ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o’zlarini 
tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari 
lozim. Kattalarning so’zi bilan yurishturishi va xatti-harakatlarida tafovut bo’lmasligi 
kerak. 
Ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar,kinofilm 
va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning 
ongiga kuchli ta’sir qiladi. Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar 
o’tkaziladi. 
O’quvchilar o’z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan 
faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar. Namunada xalq pedagogikasi 
g’oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o’z farzandlarini hamisha katta hayotiy 
tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib 
kelganlar. Masalan, «qush uyasida ko’rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu oddiy 
xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham fahmiga 
boravermaymiz. Bu bilan xalq «uyingda tartibli bo’l, aks holda bolang ko’chada 
tartibsiz bo’ladi», «bola oldida birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi 
bo’ladi».
qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televideniya, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham, hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so’zlar vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o’quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar. O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa, yoshlarga kata ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini qanday tutishini, kishilar bilan qanday muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o’zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so’zi bilan yurishturishi va xatti-harakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak. Ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar,kinofilm va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi. Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkaziladi. O’quvchilar o’z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar. Namunada xalq pedagogikasi g’oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o’z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «qush uyasida ko’rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq «uyingda tartibli bo’l, aks holda bolang ko’chada tartibsiz bo’ladi», «bola oldida birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi bo’ladi».
 
 
Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og’zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning hikoya va 
tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga 
yo’naltirilganligidir. Ushbu metodni qo’llash sinfning o’quvchilarining umumiy yoki 
jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilari bilan ish olib borishda izohlashning elementar usul va vositalari 
qo’llaniladi: «Shunday harakat qilish kerak», «Hamma shunday qiladi». O’smirlar 
bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini 
izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish uchun qo’llaniladi: 
1) yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko’nikmalarini tarkib toptirish va 
mustahkamlash; 
2) tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o’quvchilari 
ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to’g’ri, ongli munosabatni hosil qilish. 
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o’quvchi 
ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hamda o’smirlar 
ishonuvchan bo’lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko’rsatmani 
qabul qilishi zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa 
metodlarning 
ta’sirini 
kuchaytirish 
uchun 
ham 
foydalaniladi. 
Munozara 
tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli bo’lib, siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy, estetik va huquqiy mavzular («Did haqida bahs», «Mashhur bo’lish yo’llari», 
«Biz madaniyatli kishilarmizmi?» va hokazolar)da o’tkaziladi. Munozara turli nuqtai 
nazarlar to’qnashgan vaziyatda o’quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil 
qilishga yordam beradi. Munozara asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija 
berishi uchun puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadga muvofiq. Munozara uchun mustaqil 
mulohaza va qarashni yuzaga keltiruvchi 5-6 ta savol tayyorlanadi. Ushbu savollar 
bilan munozara ishtirokchilari oldindan tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi munozara 
ishtirokchilarini o’zi tayinlashi ham mumkin. Chiqishlar jonli, erkin va qisqa bo’lishi 
zarur. Matnni yozish kerak emas, agar shunday holat yuz bersa munozara 
zerikarli tus oladi. Pedagog munozara ishtirokchilariga fikrlarini ixcham, asosli va 
dalillar asosida bayon etishga yordam beradi. 
3.4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq - atvor me’yorlarinishakllantirish. 
Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari muayyan mashq yordamida
Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og’zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo’naltirilganligidir. Ushbu metodni qo’llash sinfning o’quvchilarining umumiy yoki jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan ish olib borishda izohlashning elementar usul va vositalari qo’llaniladi: «Shunday harakat qilish kerak», «Hamma shunday qiladi». O’smirlar bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish uchun qo’llaniladi: 1) yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko’nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash; 2) tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o’quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to’g’ri, ongli munosabatni hosil qilish. Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o’quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hamda o’smirlar ishonuvchan bo’lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko’rsatmani qabul qilishi zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi. Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli bo’lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular («Did haqida bahs», «Mashhur bo’lish yo’llari», «Biz madaniyatli kishilarmizmi?» va hokazolar)da o’tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to’qnashgan vaziyatda o’quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi. Munozara asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadga muvofiq. Munozara uchun mustaqil mulohaza va qarashni yuzaga keltiruvchi 5-6 ta savol tayyorlanadi. Ushbu savollar bilan munozara ishtirokchilari oldindan tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi munozara ishtirokchilarini o’zi tayinlashi ham mumkin. Chiqishlar jonli, erkin va qisqa bo’lishi zarur. Matnni yozish kerak emas, agar shunday holat yuz bersa munozara zerikarli tus oladi. Pedagog munozara ishtirokchilariga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar asosida bayon etishga yordam beradi. 3.4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq - atvor me’yorlarinishakllantirish. Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari muayyan mashq yordamida
 
 
bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, 
ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar 
bolalikdan 
tarkib 
topadi 
va 
shaxs 
rivojlanishining 
keying 
bosqichlarida 
mustahkamlanib boradi.O’qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning 
tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O’quvchilar odatlarni o’z 
yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga 
kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo’lga qo’yish asosida tarkib 
toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko’p 
marotaba takrorlashni o’z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o’quvchi uchun ongli, 
ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko’nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, 
o’quvchining aqliy 
qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi 
ortadi.O’rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini 
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy 
ishlardir.O’rgatish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir. O’qituvchi bu harakatlarni 
ko’rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim. 
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud: 
1) faoliyatda mashq qilish; 
2) kun tartibi mashqlari; 
3) maxsus mashqlar. 
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va 
o’zaro munosabatni yo’lga qo’yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi 
mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog’liq istak va harakatlarni 
boshqarish, ish va bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanish odatiga o’rgatadi. Maxsus 
mashqlar 
madaniy 
xulq 
ko’nikma 
va 
malakalarini 
hosil 
qiladi, 
mustahkamlaydi.Topshiriq o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba 
ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan usul. 
O’quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo’lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq 
tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar o’z kuchlarini unum 
ishiga sarflashga, jamoa uchun ma’suliyatni his etishga o’rganadilar, mehnat qilish 
o’quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi. Pedagogik talab turli
bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keying bosqichlarida mustahkamlanib boradi.O’qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O’quvchilar odatlarni o’z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo’lga qo’yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko’p marotaba takrorlashni o’z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o’quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko’nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o’quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.O’rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.O’rgatish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir. O’qituvchi bu harakatlarni ko’rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim. Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud: 1) faoliyatda mashq qilish; 2) kun tartibi mashqlari; 3) maxsus mashqlar. Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va o’zaro munosabatni yo’lga qo’yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog’liq istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanish odatiga o’rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq ko’nikma va malakalarini hosil qiladi, mustahkamlaydi.Topshiriq o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan usul. O’quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo’lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar o’z kuchlarini unum ishiga sarflashga, jamoa uchun ma’suliyatni his etishga o’rganadilar, mehnat qilish o’quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi. Pedagogik talab turli
 
 
xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o’quvchi 
tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan 
ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan 
biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag’batlantiruvchi yoki to’xtatuvchi 
hamda o’quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo’lishi 
mumkin. 
3.5. Pedagogik rag’batlantirish xulq-atvorni tuzatish metodlari. 
Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish 
asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab- quvvatlash usulidir. 
O’qituvchi har bir o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni anglash 
olishi zarur. Shundagina o’quvchi o’zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda 
o’z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo’ladi. Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, 
uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u jamoada o’z o’rniga 
ega. O’qituvchi ana shunday holatning yuzaga kelishi uchun rag’batlantiruvchi 
usullardan foydalanadi. O’quvchining yanada ijobiy sifatlarga ega bo’lishga intilishiga 
yordam beradi. Maktablar tajribasida rag’batlantirishning quyidagi turlari qo’llaniladi: 
Har qanday rag’batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo’lishi, ketma-ket 
bo’lmasligi zarur, shuningdek, o’quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib 
maqtash, boshqa o’quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni 
bo’shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo’llaniladi. 
Jazolash tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo 
ham o’quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun 
qo’llaniladigan eng so’nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, 
urish, kaltaklash kabi usullardan foydalanish mumkin emas, o’quvchini qo’rqitish, 
g’azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o’quvchi qo’rqqanda yolg’on 
gapirishni o’rganadi, ikki yuzlamachi bo’lib qoladi.O’quvchining zimmasiga 
ma’suliyatli vazifa yuklash Maqtash (ota-onalar hamda o’quvchilar jamoasi oldida) 
Maqtov yorliqi bilan taqdirlash Estalik sovg’asini berish (badiiy kitob va o’quv 
qurollari) 
Maxsus stipendiyalar Fotosuratini hurmat taxtasiga qo`yish tayinlash Safda birinchi 
o’rinda turishi Musobaqalarda bayroqdor bo’lishi Qo’llab-quvvatlash Jamoa nomidan 
minnatdorchilik bildirish Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish
xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o’quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag’batlantiruvchi yoki to’xtatuvchi hamda o’quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo’lishi mumkin. 3.5. Pedagogik rag’batlantirish xulq-atvorni tuzatish metodlari. Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab- quvvatlash usulidir. O’qituvchi har bir o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni anglash olishi zarur. Shundagina o’quvchi o’zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o’z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo’ladi. Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u jamoada o’z o’rniga ega. O’qituvchi ana shunday holatning yuzaga kelishi uchun rag’batlantiruvchi usullardan foydalanadi. O’quvchining yanada ijobiy sifatlarga ega bo’lishga intilishiga yordam beradi. Maktablar tajribasida rag’batlantirishning quyidagi turlari qo’llaniladi: Har qanday rag’batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo’lishi, ketma-ket bo’lmasligi zarur, shuningdek, o’quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtash, boshqa o’quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni bo’shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo’llaniladi. Jazolash tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo ham o’quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo’llaniladigan eng so’nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydalanish mumkin emas, o’quvchini qo’rqitish, g’azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o’quvchi qo’rqqanda yolg’on gapirishni o’rganadi, ikki yuzlamachi bo’lib qoladi.O’quvchining zimmasiga ma’suliyatli vazifa yuklash Maqtash (ota-onalar hamda o’quvchilar jamoasi oldida) Maqtov yorliqi bilan taqdirlash Estalik sovg’asini berish (badiiy kitob va o’quv qurollari) Maxsus stipendiyalar Fotosuratini hurmat taxtasiga qo`yish tayinlash Safda birinchi o’rinda turishi Musobaqalarda bayroqdor bo’lishi Qo’llab-quvvatlash Jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish