TARBIYASI OGʻIR BOLALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
23,5 KB
TARBIYASI OGʻIR BOLALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
1. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar bilan ish olib boorish
2. Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning
uslublari va texnologiyalari
Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiyasi og‘ir bolalar, o‘spirin,
xotira, tafakkur, tasavvur, Pedagogik taʼsir, kompleks tizimi, tarbiya vositalari,
shakl, mazmun.
28.1. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar bilan ish olib
borish. Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi ogʻir
oʻspirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli oʻgʻil-qizlar oʻspirin hisoblanishadi. Bu davr
shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga ham
oʻsmirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir. Oʻspirinlik yoshida bolaning hayot
sharoitlari va faoliyati ancha oʻzgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi roʻy beradi.
Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo boʻladi. Jamoada
oʻspirinning ijtimoiy maqomida oʻzgarishlar roʻy beradi,ota-onalar va ustozlar
tomonidan unga talablar kuchayadi. Bu yoshda oʻspirinning vaqtinchalik oila va
maktabda ruhiy ajralishi sodir boʻladi. Oʻspirinning shakllanishida ota-onaning
ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash
bilan band boʻladi va oxir oqibat oʻzini qulay sezadigan, unga hurmat bilan
munosabatda boʻlinadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika toʻgaragi boʻlishi
mumkin. Shu bilan birga bu guruh oʻsmirlar yigʻilishib, ichib-chekib oʻtirishadigan
yertoʻla ham boʻlishi mumkin.
Bu yoshda oʻspirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari
paydo boʻladi. Ota-ona oʻz farzandiga yosh bolaga boʻlganday qarashadi, bola esa
bu gʻamxoʻrlikdan chiqib ketmoqchi boʻladi. Shuning uchun uning kattalar bilan
munosabatida koʻp nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan
qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham oʻzgaradi: boʻysunish
pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga oʻtmoqchi boʻladi. Bir vaqtning oʻzida
tengdoshlar bilan ham oʻzaro munosabatlarning xarakteri oʻzgaradi. Oʻspirinda
kattalik xissi tugʻiladi va xissiyot mustaqil boʻlishga intilish, kattalarning xohish
istaklariga qarshi chiqishda namoyon boʻladi. Kichkina bolaga qaraganda
oʻspirinning qiziqishlari ham ancha oʻzgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir
qatorda oʻspiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir. Shunday qilib oʻspirinlik
yoshining quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni ajratsak boʻladi: emotsional voyaga
yetmaganlik, oʻz xulq-atvorini toʻliq nazorat qila olmaslik, oʻz ehtiyojlarini
qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini toʻgʻri baholay olmaslik, katta boʻlishga
intilish.
Oʻspirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim
xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida boʻlgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va
kattalik oʻrtasidagi davrdir. Shaxs hali oʻzini katta deb hisoblashi uchun yetarli
rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va
oʻz harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli
rivojlangan.
Oʻspirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular
uchun axloqiy va huquqiy jihatdan masʼul boʻlishga qodir. Shuni taʼkidlash joizki,
oʻspirin oʻz xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir.
Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga
olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta oʻspirinlik va
oʻsmirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak
boʻladi.Tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar jismoniy jihatdan sogʻ-salomatdirlar, biroq
ularning taʼlim-tarbiyasi buzilgan. Ular oʻz tengdoshlaridan oʻqishda ortda
qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular oʻzlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni
yoqtirishmaydi, oʻzlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli
shugʻullana olishmaydi. Tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar maktab intizomi va tartibini
buzishadi, oʻqishni xohlashmaydi, oʻqituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan
nizolashadilar. Maktabni tashlab ketishadi, oʻzlarini omadsiz deb bilishadi, ular
daydilik qilishadi, spirtli ichimlik, giyohvand moddalar isteʼmol qilishadi,
huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan oʻspirinlar jismoniy yoki jinsiy zoʻrlik
oqibatida oʻz jonlariga qasd qilishadi.
Oʻspirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik
hodisa boʻlib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari
tarbiya
ishining
qoniqarsiz
yoʻlga
qoʻyilganligi
natijasidir.
Amaliyotda
isbotlanganidek oʻspirinni oʻrab turgan bu mihit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik
darajalari, yoʻnalishlari, oʻspiringa taʼsir qilish jihatidan turli boʻladi. Agar oila,
maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa,
koʻcha-koʻyda ularni boshqarib boʻlmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi
mumkin emas. Chunki oʻspirinlar boʻsh vaqtlarining aksariyati aynan koʻchada
oʻtkazishadi. U yerda ularning muomalasi, yaʼni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan
biri shakllanadi. Oʻquvchi oʻspirinlar uchun asosiy faoliyat bu oʻqishdir. Biroq
oʻqish tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar uchun oʻqituvchilar va tengqurlarining hurmatini
qozona olish vositasi emas. Shuning uchun ular oʻzlariga muhim boʻlgan faoliyatni
maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, oʻzi kabi oʻspirinlar davrasida
ularga yomon xislatlar va qoʻpollik uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu
kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda
ijtimoiy ish olib borish amaliyoti paydo boʻlmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va
maktabda taʼlim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi boʻyicha maktab va
barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish
uchun birlashtiradi. yagona reja bo‘yicha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining
faoliyatini tubdan oʻzgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasi,
sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qoʻshilishadi va ular bilan yaqin
hamkorlikda boʻlishadi. Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun
pedagogik jamoa faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga,
oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Pedagogik tarbiyasi ogʻir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va
maktabdan tashqari jamoaning ularning xulq-atvoriga taʼsirini oʻrganadi. Ular bilan
ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi
lozim:
1. Oʻspirin bilan aloqa oʻrnatish;
2. Oʻspirin bilan yaxshi oʻzaro munosabatlarni oʻrnatish;
3. Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini oʻrganish.
Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqarilgan pedagogik texnologiya ham
samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning oʻspirin bilan aloqasining bir
nechta bosqichlari koʻrsatilgan:
1. Qarashlarida roziliklarning toʻplanishi;
2. Uning qiziqishlarini bilib olish;
3. Oʻsmirlikning roziligi;
4. Xususiyatlari va sabablarini tushunish;
5. Uning shaxsiyatining salbiy xislatlarini oʻrganish;
6. Yurish-turish va oʻzaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish
Yu.V.Vasilkova tarbiyasi ogʻir oʻspirinning tarbiyasiga bosqichma-bosqich
yondoshuvni ilgari suradi:
I. Oʻspirin bilan yaxshi munosabatlarni oʻrnatish;
II. Oʻspirinning shaxsiy ishi bilan tanishib chiqish;
III.
Pedagogik tarbiyasi ogʻirligining sabablarini aniqlash;
Psixologik va ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish;
Oʻspirin shaxsiyatiga ijobiy taʼsir qiluvchi faoliyat turini tanlash;
Tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayonining birlashishi, oʻspirin faoliyatini oʻz-
oʻzini mukammallashtirishga qaratish. Tarbiya jarayoniga kompleks yondoshuv
oʻspirinlar guruhlari paydo boʻladigan mikro muhitlarga faol taʼsir qilishni talab
qiladi. Kriminologlarning maʼlumotiga koʻra voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini
guruh boʻlib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni
bartaraf etish boʻyicha koʻpgina tafsiyalar indevidual profilaktika tavsiyalari
hisoblanadi.
Amaliyotda
isbotlanganidek
ajratib
olingan
oʻspirinning
huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham
kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Bu holat huquqbuzar oʻspirinning yashash
joyidagi guruhning aʼzosi boʻlganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati,
ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa aʼzolariga bogʻliq boʻlishi bilan izohlanadi.
Demak biz pedagogik tarbiyasi ogʻir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning
muhimligini eʼtirof etgan holda oʻspirinlarni oʻrab turgan mikro muhit bilan oʻzaro
aloqalarini oʻrganish zarurligini ham taʼkidlab oʻtamiz.
Pedagogik taʼsirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va
mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi ogʻir bolalarni
sinf jamoasi, oʻqituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining normallashuvi
natijasida
oʻsmir
guruhlarning rejali qayta
toʻgʻirlash hisoblanadi. Bu
munosabatlarning normallashuvi oʻsmir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi taʼsir
koʻrsatadi. Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar bilan ish olib borish ommaviy soʻrovnoma va
anketa toʻldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz oʻsmirlar
guruhlarining qayerda paydo boʻlganligi haqida maʼlumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni
inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish
joylar va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yoʻnalishi. Muomalaning bu
parametrlarini bilsh tarbiyachiga tuman, shaharda oʻsmir guruhlari bilan ishlashning
eng toʻgʻri va samarali shakl-vositalarini qoʻllashga yordam beradi, ijtimoiy
pedagog oʻsmirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi
turli boʻlgan oʻsmirlar guruhlarida oʻzaro axborot almashuv va muomala qilish
qiziqarli boʻladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolgʻon tasavvurlarga ega
maʼlumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi:
1. Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;
2. Tarbiyaviy taʼsirni toʻgʻri tashkil qilib, maʼlumotni toʻgʻri tomonga yoʻnaltirish.
Guruhlarning oʻrganilishi va taxlili qilinishi lozim boʻlgan mashgʻulotlarini
ikki turga ajratsak boʻladi-vaqt boʻyicha –doimiy va nodoimiy, yoʻnalishi boʻyicha-
ijobiy (mehnat, sport, sanʼat bilan mashgʻul boʻlish) va salbiy (chekish, alkogol
mahsulotlarini isteʼmol qilish, qimor oʻynash).
28.2.Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib
borishning uslublari va texnologiyalari. quyidagilar: Maktab yordamida: maktab
va maktabdan tashqari oʻsmirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy taʼsir (seksiya, klub,
toʻgaraklar); -intizomli, aʼlochi oʻquvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga
taʼsiri. Bu yoʻnalish bir-biri bilan doʻstlashish xohishi, oʻzaro muomalaga talab
boʻlganda juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlar umumiyligi
(sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar bilan shugʻullanish) yotadi. Bu
yoʻnalishning amalga oshirishning muvafaqqiyati koʻp borada oʻqituvchi, sinf
rahbarining mohir rahbarligiga bogʻliq, sinf jamoasining pedagogik qarovsiz
oʻsmirlarga taʼsiri. Bunaqa birgalikdagi faoliyat (sayohatga chiqish, spartakiadalar,
sanʼat festivallari, koʻrgazmalar, jamoaviy harakatlar)ni talab qiladi. Sinfda
jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat oʻzlari uchun
balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga koʻp narsa
bogʻliqligini anglab yetishadi. Bunaqa faoliyatlarda ogʻaynichilik aloqalari vujudga
keladi, boshqalarga nisbatan toʻgʻri munosabat shakllanadi, yuksatilgan vazifa
uchun masʼuliyat xissi ortadi; pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy taʼsirning
koʻrib chiqilgan yoʻnalishlari mikrotuman tarbiyaviy ishida maktab jamoasi bilan
birgalikda va bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Maktabdan tashqari oʻsmirlar
jamoasi yordamida tarbiyaviy taʼsirni tashkil qilishda quyidagi holatlarni inobatga
olish lozim:
- birinchidan toʻgarak, seksiya, klubda oʻsmirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan
cheklanmaslik lozim (akvariumistika yoki sport bilan shugʻullanish) balki mehnat,
turli oʻyinlar, ijodiy faoliyat orqali pedagogik oʻsmirlarni atrofdagilar bilan normal
munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim.
- ikkinchidan, norasmiy guruhga yoki uning aksariyat aʼzolariga taʼsir koʻrsata turib
ularni rasmiy guruhga oʻtishlariga erishsa boʻladi. Bu jarayonni shartli ravishda
“rasmiylashtirish” deyishadi. Bu jarayon oʻsmirlar uchun sezilmaydigan holda
tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir
xususiyati oʻsmirlarni oʻzi tanlashgan, uning bajarilishidan qoniqish sezishadigan
faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va
rivojlanish, keyinchalik uni oʻsmirlarda bajarayotgan ishlari uchun masʼuliyat
xissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan toʻldirib borish lozim. Tarbiyasi ogʻir bolalar
yoki oʻsmirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini koʻzda
tutadi.
Qayta tarbiyalash-bola yoki oʻsmir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni
yengib oʻtish yoki bartaraf etishdir. qayta tarbiya ham tarbiyachi ham
tarbiyalanuvchilar uchun ham ogʻir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangiyulning
istiqboli bilan qiziqishi lozim. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining oʻtmishi, bugungi
kunini tahlil qilib uning kelajagini tasavvur etishi lozim.Oʻsmirni qayta tarbiya yoki
oʻz-oʻzini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
1. Tarbiyalanuvchini oʻrganib chiqish;
2. Oʻsmirning yurish-turishini oʻzgartirish uchun uning ruhiy tayyor qilish;
3. Ijobiy axloqiy xislatlarni toʻplash;
4. Inqirozdan chiqish, oʻz-oʻzini tarbiyalashga oʻtish.
Shuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari oʻsmir
mansub boʻlgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qoʻshiladi. Bunda tarbiyachi
koordinator vazifasini bajarib, jamoani oʻz oʻrtoqlarini qayta tarbiyalashga
yoʻnaltiradi. Oʻsmirlar bilan reabilitatsion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog
metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga oʻxshash maqsadini
qoʻyadi. Bu axloqiy komil inson oʻsmirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga
yordam beradi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1. Tarbiyasi oʻgʻir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning oʻrni?
2. Programmalashtirish nazariyasi tarafdorlarining ilgari surgan gʻoyalari?
3. Oʻsmirlardagi tarbiyasi ogʻirlikni keltirib chiqaruvchi sabablar?
4. Sizning ham atrofingizda tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlaydigan tashkilotlar
mavjudmi?
5. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar bilan ish olib borishi?
6. Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning
uslublari va texnologiyalari?
7. Siz yashayotgan hududda ham ijtimoiy pedagog faoliyati mavjudmi?