TARBIYAVIY ISHLAR USLUBIYOTI FANINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA USULLARIDAN FOYDALANISH
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
43,6 KB
TARBIYAVIY ISHLAR USLUBIYOTI FANINI O‘QITISHDA YANGI
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA USULLARIDAN FOYDALANISH.
Reja:
7.1.“Tarbiyaviy
ishlar
uslubiyoti”
fanini
o‘qitishda
yangi
pedagogik
texnologiyalarning o‘rni.
.7.2.Dars jarayonida treninglarni tashkil qilish va uning tarkibiy qismlari.
7.3.Treninglarni o‘tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik qilish.
7.4.Guruh tarkibini almashuvchan harakterini hisobga olish.
7.5. Sotsiometriya uslubi bilan guruhli o‘rganish.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi,
ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va
insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o‘quv
muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning
ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va
ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqda.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Pedagogik texnologiya atamasining mohiyati
nimada? «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne»-mahorat, san’at, «Iogos»-
tushuncha, o‘rganish demakdir.
Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta’lim
jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning
modul tizimidan foydalangan holda ta’lim oluvchilarni o‘qitishni jadallashtirish
sanaladi.
Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-
nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab
chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot
texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan
yordam ko‘rsatmoqda.
«Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik
jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor
mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat,
ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo‘li aniq
belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro
aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim
oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya
asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan
kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul
qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YuNESKO tomonidan
berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida
o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni
qo‘llash, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar
majmuasidir.
Shuningdek, texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko‘rsatilgan
ta’sir natijasida sub’ektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi.
Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga
yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda
tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak,
pedagogning
o‘qitish
vositalari
yordamida
o‘quvchi-talabalarga
muayyan
sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan
va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy
hodisa yoki, boshqacha aytganda pedagog tomonidan o‘qitish vositalari yordamida
talabalarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab
olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.
«Pedagogik texnologiya»ning ta’limdagi amaliylik jihati va tashkiliy-uslubiy
imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida
hayotga
tatbiq
etilishi
jahon
pedagoglarining
unga
bo‘lgan
e’tiborini
kuchaytirmoqda. Texnologik yo‘nalishga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Ba’zi
pedagoglar
«pedagogik
texnologiya»
tushunchasi
mazmunida
ta’limni
differensiallash vositasini ko‘rayotgan bo‘lsalar, boshqalar undagi kam mehnat
sarflab yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari hamda barcha ta’lim oluvchilarni
oldindan belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga yetkazish mumkinligi
bilan qiziqmoqdalar. Ayrim pedagoglar ta’limni «texnologiya»lashtirish yordamida
ommaviy ta’lim amaliyotida tub burilish yasalishiga umid bog‘lamoqdalar.
50-yillarning o‘rtalarida ta’limda texnik vositalarni qo‘llash masalasi
«pedagogik texnologiya» yo‘nalishi bilan qo‘shilib ketdi. Bunda asosiy e’tibor
o‘quvchilar auditoriyasini kengaytirishda texnik vositalar imkoniyatlarini oshirish,
axborot
sig‘imi
hamda
ularni
uzatish
sifatlari,
shuningdek,
ta’limni
individuallashtirishga qaratildi. Ushbu yondoshuv hozirga qadar ham mavjud bo‘lib,
u texnik vositalarning imkoniyatlarini tayanch nuqta sifatida baholab, asosiy
e’tiborni o‘quv jarayonini «texnologiya»lashtirishning tashqi jihatlariga qaratadi.
60-yillarning boshlariga kelib dasturlashtirilgan ta’limni tashkil etish
«texnologiya» tushunchasining asosi bo‘lib qoldi. Dasturlashtirilgan ta’limni amalga
oshirishda ta’lim jarayoniga alohida qism sifatida emas, balki izchil jarayon tarzida
yondoshiladi. Dasturlashtirilgan ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha
birlashgan qo‘mita (AQSh) tavsiyalarida yaxlit ta’lim dasturining «texnologik»
tushunchasi ilgari surildi. U o‘z ichiga ta’lim maqsadi, ularni o‘zgartirish va
baholashning mezonlari, ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa
o‘rgatish majmuasini to‘laligicha qayta tashkil etish tushunchasiga mos keladi.
Ta’limni «texnologik» yo‘nalishda qurishning umumiy mezoni uning aniq va
batafsil belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligidadir. Bu holatda xususiy
maqsadlarni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va
ularga mos amallar majmuining mavjud bo‘lishi asos sifatida olinadi. «Pedagogik
texnologiya»ning vositaviy yo‘naltirilganligi uning turli uslublar asosida ta’lim
tizimlarini shakllantirish borasidagi imkoniyatlarini belgilab beradi. Bunda
ta’limning tashkiliy jihatlari, oldindan, go‘yoki tashqaridan belgilangan maqsadlarga
erishish usuli sifatida qaraladi. Mos ravishda amalga oshirilishi talab etiladigan
jarayonlar tahlili va ularni saralash o‘quv faoliyati mazmunini hisobga olmagan
holda olib boriladi. Pedagogik texnologiya doirasidagina aniqlab olinadigan
maqsadlarning empirik tahlili beriladi. Ta’lim maqsadlarining ajratilgan tahlili
texnologik ishlanmalarning didaktik jihatdan to‘laqonliligi bo‘lmagan vaziyatda
empirik tavsif asosida ochib beriladi. Umumiy didaktik maqsadlarning texnik
reduksiyasi tahlili pedagogik texnologiya didaktik imkoniyatlari tahlilining muhim
jihati hisoblanadi. Ta’lim maqsadlarining tahliliy bayonidan tashqari har bir o‘quv
jarayoni uchun ta’lim uslublarini tanlashning sharti sifatida bilim darajasini oldindan
tashhislash, uni muayyan ko‘nikma va malakalari mavjud bo‘lgan tinglovchilar
bilim darajasi bilan taqqoslash qabul qilingan. Ta’lim jarayonining borishi
o‘quvchilarning belgilangan maqsad sari harakatlanishini uzluksiz nazorat qilishni
ko‘zda tutadi. Uzluksiz nazoratni tashkil qilish ta’lim texnologik tizimi yuqori
vositali imkoniyatlarining asosi hisoblanadi.
2. Mustaqil shaxsni shakllantirish jarayoni uzoq va murakkab bo‘lib, bir
tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy tashkilotlarning va ayniqsa,
ta’lim tizimi mazmunining takomillashtirilishini, ikkinchi tomondan esa, bevosita
ushbu masalani amalga oshirishni ta’minlovchi yagona tarbiya tizimini barpo etish
lozimligini taqozo etadi. Bu jarayonda kadrlar tayyorlashning yaqin kunlardagi va
istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya
g‘oyalariga sodiq bo‘lgan ongli fuqaroni, o‘z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-
siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta’sir ko‘rsatishga,
mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola bilishga qodir shaxsni kamol
toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma’nodagi
fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy etish
jarayonlarini jadallashtirish, tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish,
shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va
munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong
shakllanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmog‘i kerak;
Uchinchidan, yosh avlod milliy istiqlol g‘oyasini anglab olishi, bu g‘oyaning
har bir fuqaro uchun, Vatanning obod va farovon bo‘lishi uchun hayotiy zarurat
ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar
tizimini ro‘yobga chiqarish lozim.
.7.2.Dars jarayonida treninglarni tashkil qilish va uning tarkibiy qismlari.
Treninglarni o‘tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik qilish.
Bugungi kunda pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faollligini oshirishga
qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o‘qitish, ish
faoliyatini ifodalovchi turli rolli o‘yinlar, treninglar, bahs munozaralarni tashkil
qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish jarayonida ayniqsa
treninglarning o‘rni beqiyosdir. Sababi trening o‘tkazish jarayonida talabaning nutqi
o‘sadi, tafakkuri rivojlanadi, muloqatga tez kirisha oladigan bo‘ladi. Shu sababli
trening verbal va noverbal ko‘rinishda tashkil etish mumkin.
Treningni noverbal (so‘zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hakozolar)
ko‘rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko‘z
ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi odamlarga
xayrixoh bo‘lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat
qilishi (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qochishi, shuningdek, guruhga o‘zi
ko‘rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo‘ladi. Qatnashuvchilarning bosh
qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga, xohishi
borligiga e’tibor berishi kerak bo‘ladi.
Treningni verbal ko‘rinishda tashkil etilsa, pedagog savollarni shunday tuzishi
kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar yordam
beradi: “Siz bu haqda nima deysiz? ”, “Nimaga?”, “Qanday...?”, “Agar…” va
hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo‘q” deb javob bersa, “Nimaga shunday
gapiryapsiz?” deb so‘rash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari boshqa
qatnashuvchilardan ham so‘rash kerak tasdiqlangan fikrlarga qo‘shiladimi?
Pedagog trening o‘tkazish jarayonida o‘z ovozining ohangiga e’tibor ham
e’tibor berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo‘ladi. qatnashuvchilarni ko‘proq
gapirishga undash kerak. Tarbiyachi o‘zining va qatnashuvchilarning so‘zga chiqishi
vaqtini hisoblashi lozim bo‘ladi.Hamma savollarga faqat o‘zi javob bermasligi,
qatnashuvchilar bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini unutmasligi
lozim. Baxs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg‘ulot qatnashchisining
muhokama qilinayotgan muammoni mohiyatini to‘g‘ri tushunayotganini aniqlab,
keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur
baxsga mos kelsa, qatnashuvchilar fikrlarini mustahkamla “Bu menga o‘tgan yilgi
voqeani eslatadi” – deyishi mumkin.
Yaxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud.
Izyuminka. ( Bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos ajoyib tomo-ni.)
Qatnashuvchilarning treninga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa baxs boshlang,
savollar bering, provokatsion ta’kidlashlarini ilgari suring yeki qandaydir faoliyat
turini faraz qiling. O‘qish qatnashchilarining avvalgi bilimlari va ularning haetiy
tajribalarini bog‘lashga harakat qiling. Trening nima uchun ahamiyatli ekanligi
sabablarini tushuntiring.
Qatnashuvchilar uchun natijalarini ta’kidlash. Qatnashuvchilarga ulardan
nima kutilaetganligi tushuntiring. Qatnashuvchilar uchun natijalar quyidagi savolga
javob berishi kerak: “Bu treningdan keyin qatnashuvchilar nimalarni bilishini va
qilishini xohlamayman?”.
Trenerning hissasi.Trening uchun kerakli boshlang‘ich ma’lumot va yetarli
bilimlar (matn, ma’ruza, xujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun
Fan mazmunini namoyish qiling.
Interfaol.Bu – trening yuragi. Interfaol uslubietda foydalanadigan ish tartibini
qisqacha baen qiling. Interfaol uslub – bu jamoaviy muxokamani tashkil etish,
fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman
treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib
chiqing. Ayniqsa, guruhda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib boring.
Tushuntirishini tekshiring va tushuntirishlar bering.
Treningni to‘liq yakunlashga vaqt yetishi uchun uning har bir qismini diqqat
bilan tashkil qiling. Treningni o‘tkazish savollari bu yerda muhim ahamiyatga ega
(guruhni o‘lchovi, guruhga shaxsiy yerdam, tushunishini tekshirish). Aynan shu
narsalar treningni o‘tishiga yerdam beradi. Trener mashqlarni bajarish jaraenida
qatnashuvchilarni topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib boradi.
Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashuvchilar o‘zlari yodlagan, o‘rgangan
yo‘nalishlari bo‘yicha xulosa qiladilar, olingan ma’lumotlar va malakalarni boshqa
holatlarda, bolalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar.
Bu – treningni baholash qismidir. «Qatnashuvchilar nimani o‘rgandilar?”.
Trening davomida o‘rganganlari yeki ko‘rsatganlari natijalar Bilan mos kelishini
tekshiring.
“Muammoli bola” treningni o‘tkazish texnologiyasi.
treningni maqsadi:
–
Qatnashuvchilarga muammoli bolalar bilan o‘zaro til topishishning
hamda ular bilan bo‘ladigan turli vaziyatlarda to‘g‘ri yechimni topishlarga
yerdamlashish.
–
Muammoning mohiyatini aniqlashda malakani shakllantirish.
–
Tirbiyaning ba’zi usullari bilan tanishtirish, bolalar va o‘smirlar bilan
ishlashda ushbu uslublarni to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish.
–
Muammoli bolalarning paydo bo‘lish sabablari va yetakchi
tarbiyachilarning ushbu muammoni yechishdagi xatti-harakatlarini to‘g‘ri anivlashni
o‘rgatish.
7.3.Treninglarni o‘tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik
qilish.
Eng avvalo, ta’limning guruhli shakli “ta’lim beruvchi – ta’lim oluvchi”
dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi – guruh – ta’lim oluvchi”
ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. O‘quv
guruhi, tarkibi bo‘yicha harakatchan kichik guruhlarga bo‘linadi va ularning har –
biri o‘zicha o‘quv materialini o‘zlashtiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, shu tufayli siz
bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustahkam kontakt o‘rnatiladi, shaxsiy va bir
vaqtning o‘zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakti tashkillashadi, bu esa, o‘quv –
bilish
jarayonini
faollashtirishga,
ularda
empatiyani,
kommunikativlikni
shakllantirishga ko‘maklashadi:
-
vazifani hamkorlikda o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikirlarni muhokama
qilishga motivatsiya paydo bo‘ladi;
-
ta’lim oluvchilar bir- biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarni
aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni-argumentlashtirishni, tushunishga
erishish uchun esa, ular bir birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;
-
guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo‘lganda, ta’lim oluvchilar yordam
berishlarini so‘raydilar va boshqalarga yordam berishni o‘rganadilar.
Har bir ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini rivojlanishi va amalga
oshirilishi ta’minlaydi:
-qobiliyatli va iqtidorli bolalar, ularni «maqtanganlik» larida ayblashlaridan
cho‘chimasdan o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatishlari mumkin. Ular, guruhda nafaqat
ta’lim beruvchi rolida bo‘lishlari, balki ta’lim oluvchirolida ham bo‘lishlari mumkin
va ta’lim beruvchi rolidagi o‘z o‘rtoqlari tomonidan baholanishi, raqib bo‘lmasdan
ulardan o‘rganishi mumkin;
-
o‘rtacha qobiliyatga ega yoki harakteri bo‘yicha qo‘rqoq bolalar o‘z bilimlari
va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar.
Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi, ya’ni noto‘g‘ri
javob berganda butun jamoa oldida izza bo‘lishdan qo‘rqishdan holi bo‘ladi. Guruh
a’zolari, javobni do‘stona baholab, ularda o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish
imkonini beradilar. 4 -5 kishidan iborat guruhda, qo‘rqoq kishi, 25 kishilik guruh
oldida o‘zini tutishga nisbatan, o‘zini ancha erkin his etadi;
Ta’limning ushbu shakli, ta’lim oluvchilar bilimini o‘zaro hamkorlikdagi
boyishini ta’minlaydi: faqatgina kooperatsiya va harakatlar (bilish) usullari bilan
o‘zaro almashish umumiy mahsulot olish – muammoni yechish imkonini beradi.
Shuning uchun, guruhda ta’lim berishda, biz, jamoaviy muhokama qilishdan, o‘zaro
konsultatsiyalar berishda maksimal foydalanamiz.
Guruhlarda ishlash, atrofdagilarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi, «men va
ular»dan «biz»ga o‘tishni ta’minlaydi va o‘zini guruhning bir bo‘lagi sifatida his
qilish imkonini beradi.
4. Guruhlarni shakllantirish tamoyillari. Avvalombor, «tamoyil» tushunchasi
nimani anglatishini aniqlab olaylik.
Guruhlarni shakllantirish tamoyillari:
-
bu, guruhlarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishga bo‘lgan asosiy
talablar ifoda qilingan, umumiy, birlamchi qoidalardir.
Shu bilan birga, guruhlarni shakllantirish tamoyillari:
-
bu tayyor retsept va universal qoida emaski, unga rioya qilgan holda yuqori
natijalarga erishishga umid qilsak. Ularni amalda bajarish quyidagi xususiy omillar
bilan belgilanadi:
bizning va ta’lim oluvchilarning motivatsiyasi bilan: nafaqat bizning
o‘zimiz, balki har bir ta’lim oluvchi ham, ushbu talim shaklini mohiyatini tushunib
yetishi juda muhimdir;
bilimlar va tajribalar bilan;
bizning pedagogik mahoratimiz bilan.
Shunday qilib, ta’lim oluvchilar guruhlarini shakllantirishda, qanday
tamoyillardan foydalanamiz?
1.
Ta’lim oluvchilarni guruhlarga ajratish paytida o‘qitish maqsadlarini,
natijalarini va usullarini hisobga olish.
Ta’lim shaklini tanlashni belgilovchi asosiy omil, ta’lim maksadlari
hisoblanishini biz aniqlab bo‘ldik.
Ushbu ta’riflanishdan ko‘rinib turibdiki, ta’lim maqsadlari deganda, nafaqat
maqsadlarning o‘zi, balki natijalar ham tushiniladi. Shuning uchun, biz, guruhli
bilish faoliyatini amalga oshirish uchun guruhlarni shakllantiramiz, ya’ni:
biz
qo‘ygan
ta’lim
maqsadlaridan
(o‘qituvchi,
tarbiyalovchi,
rivojlantiruvchi, motivatsion) kelib chiqqan holda (2 – jadvalga qarang);
ta’lim texnologiyalari loyihasiga kiritilgan ta’lim usulini e’tiborga olgan
holda (3 – jadvalga qarang);
Bunda, ta’lim oluvchilarni guruhlarga birlashtirishni, biz quydagi belgilarga
qarab amalga oshirdik:
*birinchidan, tasodifiy belgi bo‘yicha:
-
buning uchun, ta’lim oluvchilarga 1 dan 5 gacha ketma – ket sanashlarini
iltimos qilamiz, keyin esa, «birinchilarni»
«ikkinchilarni», «uchinchilarni», va h. k. kichik guruhlarga birlashtiramiz;
-
yoki ta’lim oluvchilarni, auditoriyada joylashganliklariga
qarab, ixtiyoriy guruhlarga birlashtirishimiz mumkin.
ikkinchidan, ularni o‘qishda erishgan yutuqlari darajasini belgilash asosida:
-
baravarlashtirish guruhi;
-
qo‘llab – quvatlash guruhi;
-
rivojlantirish guruhi (Guzeev V. V,, 1996).
2.
Guruhning son tarkibini aniqlash paytida paytida vazifaning harakterini
hisobga olish.
kichik vazifalarni bajarish uchun guruhning maqbo‘l tarkibi
3-5 kishi (mashqlar, o‘quv turniri, kitob bilan ishlash va boshqalar).
ko‘p mehnat talab qiladigan (chet tillar bo‘yicha mashg‘ulotlarda) murakkab
vazifalar uchun ko‘p sonli guruh tuzish zarur;
bir
–
birini
tushunishni
talab
qiladigan
(chet
tillar
bo‘yicha
darslarda)mashqlar uchun juftliklarda ishlash yaxshi.
3.
Guruhlarni faoliyat ko‘rsatishda vaqt omilini hisobga olish. Har bir
guruh, unga yuklatilgan vazifani bajarish uchun ajratilgan vaqt qancha bo‘lsa,
shuncha vaqt faoliyat ko‘rsatadi. Albatta, bir nechta o‘quv mashg‘uloti paytida
ishlashni talab qiladigan muammoli tadqiqotni bajarish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa,
unda ushbu guruh bir nechta darsda faoliyat ko‘rsatadi.
Vaqt tugashi bilan, guruh hisobot beradi va o‘z faoliyatini tugalaydi.
7.4.Guruh tarkibini almashuvchan harakterini hisobga olish.
Guruhlar doimiy tarkibda faoliyat ko‘rsatsa, guruhda ishlash mazmunini
buzilishiga olib kelishi mumkin. Jamoa uchun maksimal samara bilan guruhdagi har
bir a’zoning o‘qish imkoniyatlari amalga oshishi maqsadida, guruhda ishlash, barcha
ta’lim oluvchilarni faolligini, mutanosib rivojlanishini ta’minlashi zarur.
Talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida dars
jarayonida turli mavzularda bahs – munozaralarning o‘tkazilib to‘rishi maqsadga
muvofiqdir.zaro munosabatlarini yanada yaxshilash, bir-birlariga tezlik bilan
ko‘nikishlari uchun ba’zida bolalar guruhlari bahslar tashkil tilib turilsa maqsadga
muvofiq bo‘ldi. Chunki bunday bahslar talabalarni o‘z fikrlarni charxlab olishga,
haetga va turli muammolarga bo‘lgan munosabatini aniqlab olishga katta yerdam
berdi. Bahs mvzularni talabalarning o‘zlari aytib berishlari mumkin. Bu mavzular
talabalarning bahsga chorlovchi, muammoli, qiziqarli bo‘lishi kerak, bo‘lmasam,
bahs davomida o‘z fikrlarni baen eta olmaydilar yeki bahsga qo‘shilib o‘z fikrlarni
isbotlar himoya qila olmaydilar. Bahslar talabalarni ba’zi yanglish fikrlarga qarshi
kurashishga o‘rgatadi, atrofdagi bo‘laetgan voqealarga tushungan holda qarab ularni
to‘g‘ri sharhlashga, o‘z pozitsiyasida turishga noo‘rin fikrlarga o‘z vaqtida qarshilik
ko‘rsatishga hamda har bir fikrni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlab olishga,
shu bilan bir qatorda o‘rtoqlari bilan suhbat qilish, bahslashish, o‘z fikrini
boshqalarga o‘tkaza olish,ta’sir eta olish madaniyatiga o‘rgatadi. Bahslarni samarali
o‘tishi, albatta, ularning oldindan qanday tayyorlanganligiga bog‘liq. Biz quyidagi
bahslarga tayyorgarlik ko‘rishning ba’zi bir bosqichlarini ajratib ko‘rsatmoqchimiz:
1.
Bahs mavzusini tanlash va uni tasliqlab olish.
2.
Tarbiyaviy vazifalarni aniqlab olish.
3.
Oldindan bahs mavzusini e’lon qilish va bahs davomida muhokama
qilinadigan savollarni belgilab qo‘yish.
4.
Talabalarni bahs davomida muhokama qiladigan savollarni to‘laroq
yoritishga yordam beradigan qo‘shimcha materiallarni to‘plash.
5.
Bahsni o‘tkazish uchun mas’ul va boshlovchilarni tayinlash.
6.
Bahs o‘tkaziladigan joyni jihozlash.
Bahs qatnashchilari bahsni o‘tkazish va unda o‘zini tutish to‘g‘risidagi
qoidalar bilan oldindan yoki bahs davomida tanishib olishlari kerak. Ular
quyidagilar:
1.
Bahslashishdan oldin, avval nima demoqchiligingni yaxshilab o‘ylab
ol.
2.
Gapirayotganingda fikrlaringni aniq, sodda, mantiqan va ketma-ketlik
bayon qil.
3.
Faqat seni hayajonga solayotgan, ishonching komil bo‘lgan fikrlarni
bayon etishga harakat qil, o‘zing bilmagan, o‘zing ishonmagan fikrlar bilan
bahslashma.
4.
Kimningdir fikriga qo‘shilmasang, sen uni fikrini mas’haralamay,
uning ustidan kulmay, xatosini aytmay haqgo‘ylik bilan bahslash.
5.
Sen gapirguningcha aytilgan fikrlarni qaytarma, yangi fikr bo‘lsagina
o‘sha fikringni bayon et.
6.
Bahslashuv davomida qo‘llaringni har tomonga o‘ynatma, ovozingni
balandlatma, baqirib gapirma,agar boshqalarni o‘z fikringga ishontirmoqchi
bo‘lsang, ularni sening fikringga qo‘shilishlarini istasang, unda sen o‘z fikrlarning
isbotiga, albatta, aniq dalillar, misollar keltir.
7.
Sen bilan bahslashayotgan suhbatdoshingni hurmat qil, uni xafa
qilmaslikka, uning shaxsiga tegadigan gaplarni, qiliqlarni qilmaslikka harakat qil,
agar sen shunday qilsang sen o‘zingni faqat bahslashuvda kuchli ekanligingni
ko‘rsatibgina qolmay, balki bahslashuv borasida qanday madaniyatga ega
ekanligingni ham ko‘rsata olgan bo‘lasan.
Yuqorida ko‘rsatilgan qonunlar chiroyli qilib bezatilgan xolda uzoqdan
ko‘rinadigan kilib yozilib bahs o‘tkaziladigan joylarga ilib qo‘yiladi.
Bahsda
muhokama
qilinadigan
savollar,
muammolar
o‘tirganlarni
xayajonlantiradigan, kuyuntiradigan, zamonaviy yoshlarni va bolalarning tarziga
tegishli bo‘lgani maqul. Shunda, darsda va boshqa joylarda gapirishdan qo‘rqqan,
uyalgan bolalar mana shunday bahslar davomida bemalol o‘z fikirlarini bayon eta
olshlari mumkun.
O‘tkaziladigan bahs mavzularini tuzishga talabalarning o‘zlari yeki yeshlar
haetidagi muammolar yeki turli yeshlar haqidagi asarlar, gazeta va jurnallardagi
maqolalar yerdam berishi mumkin. Biz quyidagi bahslar uchun ba’zibir mavzularni
e’tiboringizga havola etamiz:
1.
Xozirgi zamon komil inson deb kimni aytsa bo‘ladi?
2.
Ma’daniyatli inson deb kimni aytsa bo‘ladi?
3.
Sen qanday yashayapsan? Haeting qiziqarlimi?
4.
Haqiqiy do‘st qanday bo‘lishi kerak?
5.
Mening harakterim shunday…
6.
Beparvo qayerdan kelib chiqadi?
7.
Moda va men.
8.
Bepul narsaning bahosi qancha? Va boshqalar.
Bahslarni o‘tkazish uchun talabalardan bitta yeki ikkita bahs boshqaruvchisi
belgilanadi, ular bahsni muhokama qilishlari kerak bo‘lgan mavzu haqida kirish
so‘zi bilan boshlaydilar. Bahs davomida esa boshqaruvchilar bahslashuvchilar,
so‘zga chiquvchilarning bildiraetgan fikrlarini diqqat bilan eshitib fikrlar
to‘qnashuvini o‘z ichida yechib boradilar hamda umumiy hulosa qilishga harakat
qilishadilar. Bahsni olib boruvchilarni tanlash va tayerlashda tarbiyachi va
yetakchilarning hizmati katta. Bahsni talabalardan tanlangan boshqaruvchilar olib
borsa da, lekin yetakchi va tarbiyachilar bahs davomida ularga yerdam berishga tayer
turishlari kerak, chunki bahs davomida turli vaziyatlar qiyinchiliklar tuhilishi
mumkin.
Bahslarni samarali o‘tishi tanlangan mavzuni muhokamasi oldindan
savollarni tayerlanishiga bohliqdir.
Ba’zibir bahslar uchun tahminiy savollar:
MADANIYaTLI INSON DEB KIMNI AYTSA BO‘LADI?
1.
Inson madaniyati nimani tashkil etadi?
2.
Madaniyatli insonga tegishli quyidagi fazilatlardan qaysi birini birinchi
o‘ringa chiqadi (xushmuomalalik, topqirlik, ma’lumotlik, voizlik)
3.
Barcha ma’lumotli odamlarni madaniyatli deb aytsa bo‘ladi?
4.
Insonning so‘zlashuvi ularning nutqiga qarab ularning madaniyati
ekanliklarini aniqlasa bo‘ladimi?
5.
Madaniyatli bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?
6.
Kimlarni madaniyatli desa bo‘ladi?
7.
Sen o‘zingni madaniyatli hisoblaysanmi?
MENING HARAKTERIM ShUNDAY.
1.
Harakter va haraktersiz – nima deyiladi?
2.
Nima uchun harakterni tarbiyalash kerak?
3.
Harakterni tuzatsa bo‘ladimi? Buning uchun nima qilish kerak?
4.
Inson harakteriga u yashaetgan, o‘qietgan jamoaning ta’siri bo‘lishi
mumkinmi?
5.
«Yaxshi» va «Emon» harakter. Sen qanday tushunasan.
BEPUL NARSANI BAHOSI QANChA?
1.
“Bepul narsa”, sen bu iborani qanday tushunasan?
2.
Sen uchun bepul narsani baxosi bormi? Bor bo‘lsa qanday misol keltir.
3.
Bepul narsani asrash-avaylash kerakmi? Sababi?
4.
Nima ko‘proq bepul hisoblanadi. «Meniki» yeki «Bizniki»?
5.
Sen orm olayotgan oromgoh o‘z bahosiga yegami? Sizning fikringizcha
u qancha turadi, bu yerda sen ishlatayotgan narsalar bassen, sportinventar,
kutubhona, to‘garaklar, o‘yinlar o‘z qimatiga yegami, sening putovkang narxi
yetarlimi? 6. Agar hamma sen uchun qiynalayotgan bepul
narsalar o‘z kimatiga ega bo‘lsa, sen ularni qanday asragan bo‘larding?
7.5. Sotsiometriya uslubi bilan guruhli o‘rganish.
1.Umumiy ma’lumotlar. Ismi sharifi va otasining ismi. Mutaxassisligi. Yoshi,
sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi. Oilaviy sharoiti: ota-onalari kimlar, sog‘lig‘i
va jismoniy rivojlanganligi. Oilaviy sharoiti: ota-onalari kimlar, ularning ma’naviy
rivojlanganligi, ijtimoiy mavqei, moddiy jixatdan ta’minlanganligi, uy sharoitining
o‘qishga qulayligi va yetarliligi, ota-onalarining talabaga munosabati (e’tiborli,
mexribon, do‘stona, qattiqqo‘l va x.k.), talabaning uy yumushlariga yordam berishi.
2.O‘qishga bo‘lgan munosabati. Darslarda o‘zini tutishi uy vazifalarini
bajarishi. O‘qituvchi va tarbiyachilarga munosabati. «O‘qishga qiziqishi. Sevgan
fanlari. O‘qitish motivlari. Fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishi.
3. Aqliy rivojlanish darajasi. Kuzatuvchanligi vatopqirligi. O‘quv materialini
tez tushinishi. O‘zlashtirishining mustaxkamligi. Materialni eslab qolish xususiyati
va usullari.
Diqqatining xususiyatlari: to‘planishi, barqarorligi, ko‘chishi, taqsimlanishi
va x.k, ularning mashg‘ulotlar davomida yuzaga chiqishi.
Tafakkurining xususiyatlari; mustaqil fikrlashi, mavxkm tafakkurining
rivojlanganligi, materialni umumlashtira olishi, xulosa chiqarishi va x.k.
Nutqi, nutqining tushunarliligi, so‘z boyligi, madaniyatliligi, ilmiy atamalarni
bilishi.
4. Harakteri. Ma’suliyatliligi, o‘z ishiga vijdonan munosabatda bo‘lishi.
To‘g‘ri so‘zligi. Kamtarinligi, oddiyligi, o‘ziga ishonishi, o‘ziga tanqidiy qaray
olishi. Dilkashligi yoki kamgapligi, xamdardligi yoki toshbag‘irligi. O‘jarligi,
talabchanligi.
Do‘stlik xissining rivojlanganligi. O‘zini tuta bilishi. Jasurligi, qat’iyligi,
jur’atliligi. O‘z maqsadi uchun kurasha olishi.
Tasirga beriluvchanligi. O‘zining yutuqlari va kamchiliklariga munosabati.
5. Temperamenti va xissiyoti. Temperamentining turi: sangvinnik, xolerik,
flegmatik, melanxolik. Xissiyotining kuchi va turg‘unligi. Xursandchilik va
xafachilikni boshdan kechirishi. Xushchaqchaqligi, yangilikka munosabati, yangi
sharoitga, yangi odamlarga moslashishi. Ustunroq (doimiy)kayfiyati: quvnoq,
g‘amgin, ruxi tushgan, befarqlik va x.k. Kayfiyatining o‘zgarish dinamikasi va
tezligi.
6. Qiziqishlari va qobiliyatlari. Eng yorqin kuchli qiziqishlari. Qiziqishlari
turg‘unligi va davomiyligi, chuqurligi, kengligi. O‘qish va kasb bilan bog‘liq
qiziqishlari. O‘quv predmetlari bo‘yicha qiziqishlari va qobiliyatlari. Maxsus
qobilliyatlilarning mavjudligi (sa’natga, texnikaga, ijodiyotga…). Bo‘sh vaqtlarida
shug‘ullanidan mexnat turi. Mexnat malakalarining rivojlanganligi (ishning ko‘zini
bilish).
7.Jamoada o‘zini tutishi. O‘z jamoasiga munosabati. Jamoadagi mavqei
(tutgan, o‘rni, avtoriteti, obro‘si, ta’siri va x.k). Jamoaning fikriga munosabati.
Jamoaning shon-shuxrati va obro‘si uchun kurashadimi? O‘zini jamoaga qarama-
qarshi qo‘yadimi? Kimlar bilan do‘st? Do‘stligining motivlari. Insonning qaysi
xususiyatlarini qadrlaydi? Ideali bormi? Jamoat ishlari va topshiriqlariga
munosabati. Intizomi, o‘zini tutishi: xushmuomala, qo‘pol, ko‘p gapli, indamas,
betga chopar, tortinchoq…
8. Ongi. Dunyoqarashi, dinga, jamiyatga, siyosatga, milliy masalalarga,
iqtisodiy masalalarga va boshqalarga munosabati. Ishi va so‘zining birligi.
Jamiyatdagi faolligi. Xayotda nimaga erishish uchun intiladi?
9. Xulosalar, takliflar va tafsiyalar. Rivojlantirishi lozim bo‘lgan ijobiy
xususiyatlar. Bartaraf qilinishi lozim bo‘lgan salbiy xususiyatlar. Individual
yondoshish uchun nimalarga e’tibor berilishi lozim (o‘qituvchi va tarbiyachilar
tomonidan)? Qanday yordamga muxtoj? O‘zingiz qanday tadbir va yordam
uyushtirdingiz?
Demak,tarbiyaviy ishlar uslubiyotini fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari
muhim vosita sifatida ahamiyat kasb etib, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni o‘ziga
xos harakter va xususiyatlarini atroflicha o‘rganishda,mavjud muammolarni
o‘rganish va ularni bartaraf etishda muhim omil sifatida xizmatqiladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Yangi pedagogik texnologiyalarning hozirgi kundagi amaliy ahamiyati qanday?
2. “Pedagogik texnologiya” atamasining mohiyati nimada?
3. Noan’anaviy ta’lim jarayoninng afzalliklari va kamchiliklari nimada?
4. Dars jarayonida treninglarni tashkil qilishning qanday afzalliklari mavjud?
5.Treninglarni tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerak?
6. Ta’limning guruhli shakli qanday pedagogik maqsadlarni amalga oshirish imkonini
beradi?
7. Ta’lim oluvchilarni guruhlarga qay tarzda ajratish kerak?
8. Darsni bahs – munozara ko‘rinishida tashkil etishda qanday mavzularni tanlash
mafqsadga muvofiuqqbatga olish kerak?
Adabiyotlar.
1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. P.I.Ruvinskiy. – T. 1991 y.
2. Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi ko‘rsatmalar. Baubekova Z.D. – T. 1991
y.
3.O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo‘llanma) – Toshkent – 2000.
J.G‘.Yo‘ldoshev.
4. Tarbiya nazariyasi. N. Xo‘jaev va boshqalar. – Toshkent – 2003.
5.
Bolalarni tarbiyalashda va sog‘lomlashtirish ishlarida pedagogik
texnologiya. Abdullaev. D.I., Ishmuhamedov R.J. – Toshkent – 2002.
6.
«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isaev, A.I.Mihenko, Ye.N.Shiyanov.
Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
7.
Voljskiy A. Metodika vospitatelnoy raboto‘ s molodejyu. – M. 2003.
8.
Kotov V. Vospitatelnaya rabota v shkole: opo‘t i problemo‘. – SPb:
Sev.siyanie 2003.