TARIQSIMON DON EKINLARI

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

35,5 KB


 
 
 
 
 
 
TARIQSIMON DON EKINLARI 
 
 
  Reja. 
 1. Tariqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, 
ekish muddatlari usullari va meyori. 
 2. Makkajo‘xori xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik 
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 
 3. Oq jo‘xori xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, 
ekish muddatlari usullari va meyori. 
 4. Sholi xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish 
muddatlari usullari va meyori. 
 
 
 
 Tariqsimon don ekinlari guruhiga kiradigan g‘alla ekinlar (tariqsimonlar 
va boshqa oilalardan bo‘lgan o‘simliklar). Bu guruppaga: a) g‘allagullilar oilasiga 
kiruvchi tariqsimon o‘simliklar: tariq, sholi, makkajo‘xori, oq jo‘xori va grupa 
beruvchi ekin-grechixagullilar oilasidan bo‘lgan grechixa o‘simligi kiradi. Bularning 
farq qiladigan belgilari: donida uzunchasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi , bitta ildizcha 
bilan o‘sib chiqadi: to‘pgulli ro‘vak yoki so‘ta (makkajo‘xorida) ; boshoqlarning 
pastki gullari meva tugmaydi; poyasining ichi odatda, po‘kak bilan to‘lgan. Bahori, 
issiqtalab, qisqa kun o‘simliklari bo‘lib, bular birinchi gruppaning tipik g‘alla 
ekinlariga qaraganda qurg‘oqchilikka anchagina chidamli. (sholisidan boshqasi) 
bo‘ladi. 
Tariq 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Tariq qadimdan ekib kelinadigan ekinlar 
qatoriga kiradi. Dunyo bo‘yicha 36,2 mln|ga yerga ekiladi va o‘rtacha hosildorligi 
TARIQSIMON DON EKINLARI Reja. 1. Tariqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 2. Makkajo‘xori xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 3. Oq jo‘xori xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4. Sholi xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Tariqsimon don ekinlari guruhiga kiradigan g‘alla ekinlar (tariqsimonlar va boshqa oilalardan bo‘lgan o‘simliklar). Bu guruppaga: a) g‘allagullilar oilasiga kiruvchi tariqsimon o‘simliklar: tariq, sholi, makkajo‘xori, oq jo‘xori va grupa beruvchi ekin-grechixagullilar oilasidan bo‘lgan grechixa o‘simligi kiradi. Bularning farq qiladigan belgilari: donida uzunchasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi , bitta ildizcha bilan o‘sib chiqadi: to‘pgulli ro‘vak yoki so‘ta (makkajo‘xorida) ; boshoqlarning pastki gullari meva tugmaydi; poyasining ichi odatda, po‘kak bilan to‘lgan. Bahori, issiqtalab, qisqa kun o‘simliklari bo‘lib, bular birinchi gruppaning tipik g‘alla ekinlariga qaraganda qurg‘oqchilikka anchagina chidamli. (sholisidan boshqasi) bo‘ladi. Tariq Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Tariq qadimdan ekib kelinadigan ekinlar qatoriga kiradi. Dunyo bo‘yicha 36,2 mln|ga yerga ekiladi va o‘rtacha hosildorligi  
 
7,5 ts|ga ni tashkil etadi. Uning doni yorma bo‘ladigan eng muhim ekinlardan biri 
hisoblanadi. Ta’mi va oziq-ovqatlik qiymati jihatidan tariq yormasi boshqa yormalar 
ichida birinchi o‘rinda turadi. Tariq yormasi tarkibida oqsil va yog‘ni ko‘p bo‘lishi, 
oson pishishi va yengil hazm bo‘lishi bilan farq qiladi. Tariqni yorma olish uchun 
qayta ishlashdan chiqadigan don va chiqindi chorva mollari va parrandalar uchun 
to‘yimli oziq hisoblanadi. Tariq somoni (0,51 oziq birligiga teng) va to‘poni ham 
(0,42 oziq birligiga teng) yuqori oziqlik qiymatiga ega.  
Tariq qurg‘oqchilikka va issiqqa eng chidamli ekin bo‘lganligi tufayli 
qurg‘oqchil hududlarda ekish uchun juda qo‘l keladi.  
Botanik xususiyatlari. Tariq qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub 
o‘simlik hisoblanadi va ikkita avlodga bo‘linadi. Oddiy tariq (Panicum miliacum) va 
boshsimon (Setaria italica) tariq. Ildizi popuk ildiz bo‘lib 1-1,5m chuqurlikka kirib 
boradi va 1m eniga qarab tarqalib o‘sadi. Poyasi ichi kovak somon poyadan iborat 
bo‘lib beshta bo‘g‘im oraliqlariga ega. Ularni uzunligi 15-40 mm gacha bo‘ladi. 
Poyasi tukli, yaxshi tuplanadi va shoxlanadi. Tariqning poyasi tik o‘sadi, bo‘yi 75-
100 sm bo‘lib u to‘planish bo‘g‘imidan va yer usti poyasi bo‘g‘imlaridan novda 
chiqaradi. Har bir tup o‘simligida 5 tagacha, oziqlanish maydoni katta bo‘lganda 20 
tagacha poya shakllanadi. Bargi oddiy, tukli, barg uzunligi 18-65 sm. Tariqning 
to‘pguli ro‘vak, ko‘k itqo‘noqniki boshoqsimon ro‘vak bo‘ladi. Itqo‘noq turkumi 
Xitoy tarig‘i deb ham ataladi. To‘pguli uzunligi 15-25 sm keladigan sershoh (10-40 
ta va undan ham ko‘p) ro‘vakdan iborat. Har qaysi shohchasining uchida bittadan 
boshoqcha joylashadi. Uchta boshoqcha qobig‘i bor: ikkitasi gulni ikki tomondan 
o‘rab turadi, uchinchisi birinchilaridan deyarli 2 marta qisqa bo‘ladi. Tariq kech 
tuplanadi va tuplanish fazasi 1 chi guruh don ekinlarinikiga qaraganda uzoqqa 
cho‘ziladi, shuning uchun dastlabki rivojlanish davrida u juda sekin o‘sadi. 
O‘simliklari ro‘vak chiqarganda 2-4 kundan keyin gullaydi. Oldin ro‘vagining ustki 
qismi, keyin o‘rta hamda pastki qismi gullaydi. Gullashi 7-15 kun davom etadi. Tariq 
donining to‘lishish davri 1 chi guruh g‘alla ekinlarinikiga qaraganda qisqa bo‘ladi. 
O‘simliklarning poyasi va barglari to hosil o‘rim-yig‘imigacha ko‘kligicha 
saqlanadi. Tariq poxolining yuqori oziqlik qiymati ana shunga bog‘liq.Tariq o‘zidan 
changlanadigan o‘simlik. 20% chetdan changlanadi. Tariq doni mayda, yumaloq 
yoki oval shaklda. 1000 donasining vazni 5-8 g keladi. Qancha og‘ir bo‘lsa, 
7,5 ts|ga ni tashkil etadi. Uning doni yorma bo‘ladigan eng muhim ekinlardan biri hisoblanadi. Ta’mi va oziq-ovqatlik qiymati jihatidan tariq yormasi boshqa yormalar ichida birinchi o‘rinda turadi. Tariq yormasi tarkibida oqsil va yog‘ni ko‘p bo‘lishi, oson pishishi va yengil hazm bo‘lishi bilan farq qiladi. Tariqni yorma olish uchun qayta ishlashdan chiqadigan don va chiqindi chorva mollari va parrandalar uchun to‘yimli oziq hisoblanadi. Tariq somoni (0,51 oziq birligiga teng) va to‘poni ham (0,42 oziq birligiga teng) yuqori oziqlik qiymatiga ega. Tariq qurg‘oqchilikka va issiqqa eng chidamli ekin bo‘lganligi tufayli qurg‘oqchil hududlarda ekish uchun juda qo‘l keladi. Botanik xususiyatlari. Tariq qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub o‘simlik hisoblanadi va ikkita avlodga bo‘linadi. Oddiy tariq (Panicum miliacum) va boshsimon (Setaria italica) tariq. Ildizi popuk ildiz bo‘lib 1-1,5m chuqurlikka kirib boradi va 1m eniga qarab tarqalib o‘sadi. Poyasi ichi kovak somon poyadan iborat bo‘lib beshta bo‘g‘im oraliqlariga ega. Ularni uzunligi 15-40 mm gacha bo‘ladi. Poyasi tukli, yaxshi tuplanadi va shoxlanadi. Tariqning poyasi tik o‘sadi, bo‘yi 75- 100 sm bo‘lib u to‘planish bo‘g‘imidan va yer usti poyasi bo‘g‘imlaridan novda chiqaradi. Har bir tup o‘simligida 5 tagacha, oziqlanish maydoni katta bo‘lganda 20 tagacha poya shakllanadi. Bargi oddiy, tukli, barg uzunligi 18-65 sm. Tariqning to‘pguli ro‘vak, ko‘k itqo‘noqniki boshoqsimon ro‘vak bo‘ladi. Itqo‘noq turkumi Xitoy tarig‘i deb ham ataladi. To‘pguli uzunligi 15-25 sm keladigan sershoh (10-40 ta va undan ham ko‘p) ro‘vakdan iborat. Har qaysi shohchasining uchida bittadan boshoqcha joylashadi. Uchta boshoqcha qobig‘i bor: ikkitasi gulni ikki tomondan o‘rab turadi, uchinchisi birinchilaridan deyarli 2 marta qisqa bo‘ladi. Tariq kech tuplanadi va tuplanish fazasi 1 chi guruh don ekinlarinikiga qaraganda uzoqqa cho‘ziladi, shuning uchun dastlabki rivojlanish davrida u juda sekin o‘sadi. O‘simliklari ro‘vak chiqarganda 2-4 kundan keyin gullaydi. Oldin ro‘vagining ustki qismi, keyin o‘rta hamda pastki qismi gullaydi. Gullashi 7-15 kun davom etadi. Tariq donining to‘lishish davri 1 chi guruh g‘alla ekinlarinikiga qaraganda qisqa bo‘ladi. O‘simliklarning poyasi va barglari to hosil o‘rim-yig‘imigacha ko‘kligicha saqlanadi. Tariq poxolining yuqori oziqlik qiymati ana shunga bog‘liq.Tariq o‘zidan changlanadigan o‘simlik. 20% chetdan changlanadi. Tariq doni mayda, yumaloq yoki oval shaklda. 1000 donasining vazni 5-8 g keladi. Qancha og‘ir bo‘lsa,  
 
po‘stliligi shunchalik past bo‘ladi yoki aksincha. Respublikamizning sug‘oriladigan 
va la’lmi yerlarida hozirda “Saratov-853” navi ekilmoqda. 
Tariq ro‘vagining shakliga ko‘ra 5 ta kenja turga bo‘linadi: 
1) yoyiq ro‘vakli 2)sochoq ro‘vakli 3)tig‘iz ro‘vakli  
2)  
oval yoki yarim yig‘iq 5) yig‘iq ro‘vakli tariq. 
Biologik xususiyatlari. Tariq urug‘i 8-100 C da una boshlaydi,-2,-30 C da 
maysalari qattiq zararlanadi. Tariq keyingi fazalarda ham issiqni ko‘p talab qiladi. 
Boshqa don ekinlariga qaraganda namga unchalik talabchan emas, shunga ko‘ra 
urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 25% talab etadi. Transpiratsiya 
koeffitsiyenti 200-250 ga teng. N.I. Vavilov tariqni qurg‘oqchilikka eng chidamli 
o‘simliklar qatoriga kiritgan. Qurg‘oqchilikka chidamliligiga sabab shuki, 
qurg‘oqchil sharoitga tushib qolganda vaqtincha o‘sishdan to‘xtaydi, barglari o‘ralib 
oladi va namni kam bug‘latish uchun yer usti qismi yerga yoyilib oladi. 
Tariq yorug‘sevar o‘simlik. Tariqni unumdor yerlarga ekish kerak. Qora va 
kashtan tuproqli yerlar tariq uchun eng yaxshi yer hisoblanadi. Kislotali yerlarda 
yomon, neytral va kuchsiz ishqoriy yerlarda yaxshi o‘sadi. Vegetatsiya davri o‘rta 
hisobda 80 kunga yetadi. Tariqning unuvchanligi boshqa g‘alla ekinlarinikiga 
qaraganda past bo‘lib, o‘rta hisobda 52% ni tashkil etadi. 
Tariq 30 ts don hosili va 60 ts poxolida o‘rta hisobda 90 kg azot, 42 kg fosfor, 
106 kg kaliy va 31 kg kalsiy bo‘ladi. Azot o‘zlashtirishi bo‘yicha u bahorgi 
bug‘doyga yaqin turadi va qolgan 1 guruh g‘alla ekinlaridan ustunlik qiladi. Ayniqsa 
u tuproqdan kaliy, kalsiy va fosforni yaxshi o‘zlashtiradi. Bu masalada tariq faqat 
makkajo‘xoridan keyinda turadi. Tariq oziq moddalarni hatto hosil yetilguncha ham 
bir xilda o‘zlashtirmaydi. U maysalash-tuplanish fazasida jami oziq moddalarni 7% 
o‘zlashtiradi, tuplanish-gullash fazasida tuproqdan umumiy oziq moddalarning 65% 
ni, gullash-hosili yetilishi davrida 28-30% ni o‘zlashtiradi. 
Yerni ishlash. Maydonlarni begona o‘tlardan tozalash, yerda nam to‘plash va 
uni saqlash tadbirlarini amalga oshirish kerak. Maydonlarni yuza yumshatish va 
kuzda erta shudgorlash tariq yetishtirish agrotexnikasida muhim rol o‘ynaydi. Tariq 
yerni chuqur (28-30 sm gacha) shudgorlashga ta’sirchan bo‘ladi. Qurg‘qchil 
hududlarda qor to‘sish va erigan qor suvlarini saqlab qolish tariq hosilini ancha 
oshiradi. Tariq bahorgi ekinlar ekila boshlangandan keyin 3 hafta keyin ekiladi. Bu 
po‘stliligi shunchalik past bo‘ladi yoki aksincha. Respublikamizning sug‘oriladigan va la’lmi yerlarida hozirda “Saratov-853” navi ekilmoqda. Tariq ro‘vagining shakliga ko‘ra 5 ta kenja turga bo‘linadi: 1) yoyiq ro‘vakli 2)sochoq ro‘vakli 3)tig‘iz ro‘vakli 2) oval yoki yarim yig‘iq 5) yig‘iq ro‘vakli tariq. Biologik xususiyatlari. Tariq urug‘i 8-100 C da una boshlaydi,-2,-30 C da maysalari qattiq zararlanadi. Tariq keyingi fazalarda ham issiqni ko‘p talab qiladi. Boshqa don ekinlariga qaraganda namga unchalik talabchan emas, shunga ko‘ra urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 25% talab etadi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 200-250 ga teng. N.I. Vavilov tariqni qurg‘oqchilikka eng chidamli o‘simliklar qatoriga kiritgan. Qurg‘oqchilikka chidamliligiga sabab shuki, qurg‘oqchil sharoitga tushib qolganda vaqtincha o‘sishdan to‘xtaydi, barglari o‘ralib oladi va namni kam bug‘latish uchun yer usti qismi yerga yoyilib oladi. Tariq yorug‘sevar o‘simlik. Tariqni unumdor yerlarga ekish kerak. Qora va kashtan tuproqli yerlar tariq uchun eng yaxshi yer hisoblanadi. Kislotali yerlarda yomon, neytral va kuchsiz ishqoriy yerlarda yaxshi o‘sadi. Vegetatsiya davri o‘rta hisobda 80 kunga yetadi. Tariqning unuvchanligi boshqa g‘alla ekinlarinikiga qaraganda past bo‘lib, o‘rta hisobda 52% ni tashkil etadi. Tariq 30 ts don hosili va 60 ts poxolida o‘rta hisobda 90 kg azot, 42 kg fosfor, 106 kg kaliy va 31 kg kalsiy bo‘ladi. Azot o‘zlashtirishi bo‘yicha u bahorgi bug‘doyga yaqin turadi va qolgan 1 guruh g‘alla ekinlaridan ustunlik qiladi. Ayniqsa u tuproqdan kaliy, kalsiy va fosforni yaxshi o‘zlashtiradi. Bu masalada tariq faqat makkajo‘xoridan keyinda turadi. Tariq oziq moddalarni hatto hosil yetilguncha ham bir xilda o‘zlashtirmaydi. U maysalash-tuplanish fazasida jami oziq moddalarni 7% o‘zlashtiradi, tuplanish-gullash fazasida tuproqdan umumiy oziq moddalarning 65% ni, gullash-hosili yetilishi davrida 28-30% ni o‘zlashtiradi. Yerni ishlash. Maydonlarni begona o‘tlardan tozalash, yerda nam to‘plash va uni saqlash tadbirlarini amalga oshirish kerak. Maydonlarni yuza yumshatish va kuzda erta shudgorlash tariq yetishtirish agrotexnikasida muhim rol o‘ynaydi. Tariq yerni chuqur (28-30 sm gacha) shudgorlashga ta’sirchan bo‘ladi. Qurg‘qchil hududlarda qor to‘sish va erigan qor suvlarini saqlab qolish tariq hosilini ancha oshiradi. Tariq bahorgi ekinlar ekila boshlangandan keyin 3 hafta keyin ekiladi. Bu  
 
davrga kelib tuproq ancha zichlashgan va begona o‘t bosgan bo‘ladi, shuning uchun 
ekish oldidan yerni ishlashga alohida ahamiyat beriladi. Erta bahorda boronalanadi 
va 2 marta kultivatsiya qilinadi. 1 chi marta begona o‘tlar unib chiqqanda 8-10 sm 
chuqurlikda, 2 chi marta ekish oldidan 4-5 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. 
Tariq urug‘i yuza va tekis ekilishi uchun ekish oldidan yerga katok bostiriladi. 
Ekish muddatlari. Tariq maysalari, bir tekis chiqmaydi, unib gullashi ancha 
cho‘ziladi, urug‘ining unuvchanligi past (52%) bo‘ladi. Tariq optimal muddatda, 
ya’ni tuproqning urug‘ ekiladigan qatlamida nam yetarli va temperatura 12-150 ga 
yetganda ekiladi. La’lmi yerlarda tariq aprel-may oylarida ekiladi. Sug‘oriladigan 
yerlarda esa aprel oyining oxirida, ang‘izga takroriy ekin sifatida ekilganda iyun va 
iyulning boshlarida ekiladi. 
Ekish usullari. Tariq biologik xusuiyatlariga ko‘ra, qator oralari 
ishlalanadigan ekin (sertup bo‘ladi, ildizi asosan atrofga taralib o‘sadi). Shunga 
ko‘ra, tariq keng qatorlab ekilganda rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. 
Lekin u oddiy qatorlab va tor qatorlab ekilganda ham yaxshi yetishadi. Tariqni 
sug‘oriladigan yerlarda 60x15, 51x15, 45x15, sxemada qo‘sh qatorlab va qator 
oralarini 45 sm dan qilib yakka qatorlab ekish keng tarqalgan. La’lmi yerlarda esa 
oddiy usulda yoppasiga qatorlab ekiladi. 
Ekish meyori. Gektargiga 8-30 kg orasiga o‘zgarib turadi. Urug‘ ekish 
chuqurligi 3-8 sm gacha boradi. Yengil va nam kam tuproqli yerlarda tariq 8-10 sm 
chuqurlikda ekiladi.    
Makkajo‘xori 
Xalq 
xo‘jaligidagi 
ahamiyati. 
Makkajo‘xori 
har 
xil 
maqsadlarda 
ishlatiladigan serhosil ekin bo‘lib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik 
ahamiyatga ega. 
Oziq-ovqat sifatida uning doni ishlatiladi. Uning doni juda to‘yimli 
hisoblanib, tarkibida o‘rtacha oqsil- 10,6%, yog‘-4-8%, kul-1,5%, kletchatka-10,6%, 
suv-14-15% hamda vitaminlar bor. Hamma qishloq xo‘jalik ekinlari uchun yuqori 
kontsentrlangan ozuqa hisoblanadi, 1 kg donida 78 g protein bo‘ladi. Makkajo‘xori 
silosbop ekin sifatida birinchi o‘rinda turadi. Makkajo‘xorining sut-mum pishish 
vaqtida donidan konserva va bodroq tayyorlanadi. 
davrga kelib tuproq ancha zichlashgan va begona o‘t bosgan bo‘ladi, shuning uchun ekish oldidan yerni ishlashga alohida ahamiyat beriladi. Erta bahorda boronalanadi va 2 marta kultivatsiya qilinadi. 1 chi marta begona o‘tlar unib chiqqanda 8-10 sm chuqurlikda, 2 chi marta ekish oldidan 4-5 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Tariq urug‘i yuza va tekis ekilishi uchun ekish oldidan yerga katok bostiriladi. Ekish muddatlari. Tariq maysalari, bir tekis chiqmaydi, unib gullashi ancha cho‘ziladi, urug‘ining unuvchanligi past (52%) bo‘ladi. Tariq optimal muddatda, ya’ni tuproqning urug‘ ekiladigan qatlamida nam yetarli va temperatura 12-150 ga yetganda ekiladi. La’lmi yerlarda tariq aprel-may oylarida ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda esa aprel oyining oxirida, ang‘izga takroriy ekin sifatida ekilganda iyun va iyulning boshlarida ekiladi. Ekish usullari. Tariq biologik xusuiyatlariga ko‘ra, qator oralari ishlalanadigan ekin (sertup bo‘ladi, ildizi asosan atrofga taralib o‘sadi). Shunga ko‘ra, tariq keng qatorlab ekilganda rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Lekin u oddiy qatorlab va tor qatorlab ekilganda ham yaxshi yetishadi. Tariqni sug‘oriladigan yerlarda 60x15, 51x15, 45x15, sxemada qo‘sh qatorlab va qator oralarini 45 sm dan qilib yakka qatorlab ekish keng tarqalgan. La’lmi yerlarda esa oddiy usulda yoppasiga qatorlab ekiladi. Ekish meyori. Gektargiga 8-30 kg orasiga o‘zgarib turadi. Urug‘ ekish chuqurligi 3-8 sm gacha boradi. Yengil va nam kam tuproqli yerlarda tariq 8-10 sm chuqurlikda ekiladi. Makkajo‘xori Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Makkajo‘xori har xil maqsadlarda ishlatiladigan serhosil ekin bo‘lib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sifatida uning doni ishlatiladi. Uning doni juda to‘yimli hisoblanib, tarkibida o‘rtacha oqsil- 10,6%, yog‘-4-8%, kul-1,5%, kletchatka-10,6%, suv-14-15% hamda vitaminlar bor. Hamma qishloq xo‘jalik ekinlari uchun yuqori kontsentrlangan ozuqa hisoblanadi, 1 kg donida 78 g protein bo‘ladi. Makkajo‘xori silosbop ekin sifatida birinchi o‘rinda turadi. Makkajo‘xorining sut-mum pishish vaqtida donidan konserva va bodroq tayyorlanadi.  
 
Oxirgi yillarda makkajo‘xori dukkakli don ekinlari (soya, lyupin, mosh, 
no‘xat) bilan aralash ekilmoqda. Undan maqsad ozuqa qiymatini oshirishdir. 
Makkajo‘xori doni moyga, kraxmalga boy. Makkajo‘xori doni tarkibida yog‘ 
moddasi ko‘p bo‘lganligi uchun uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus 
mashinalarda 
ajratib 
olinib, 
qolgan 
qismidan 
un 
tayyorlanadi, 
chunki 
makkajo‘xorining murtagi tarkibida 25-40 % gacha moy bo‘lib undan moy olinadi. 
Doni tarkibida kleykovina kam miqdorda bo‘lgani uchun undan non yopilmaydi, 
lekin non tayyorlashda bug‘doy va javdar uniga qo‘shib non va qandolat 
mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.  
Makkajo‘xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan yorma, 
pivo, kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi va boshqa har xil mahsulot olinadi. 
So‘tasidan qog‘oz, karton, kauchuk, yog‘och spirti, kley, sun’iy probkalar, 
plastmassa va boshqa buyumlar tayyorlanadi. 
Makkajo‘xori qator oralari ishlanadigan ekin, boshqa ekinlar uchun yaxshi 
o‘tmishdosh hisoblanadi va yerlarni begona o‘tlardan tozalaydi. U band shudgorda 
ekiladigan ekin bo‘lib, muhim ahamiyatga ega. U donli ekinlarga nisbatan 
hashoratlar bilan kam zararlanadi, terimda doni to‘kilib ketmaydi, do‘ldan kam zarar 
ko‘radi. Makkajo‘xorini tezpishar navlarini ekish ikki marta hosil olish imkonini 
beradi va uni boshqa ekinlar bilan birga qo‘shib ekish mumkin.  
Makkajo‘xori juda qadimiy o‘simlik, u Markaziy Amerikadan kelib chiqqan. 
Markaziy Amerikaning mahalliy xalqi bizni eramizdan 2300-2400 yil oldin ekib 
kelgan. Amerika ochilgandan so‘ng makkajo‘xori katta ekin maydonlarga 
ekilganligi ma’lum. Amerikadan makkajo‘xori XU asrda Ovropaga keltirilgan, shu 
paytda portugaliyaliklar tomonidan makkajo‘xori Hindiston, Hindi-Xitoy, Xitoy 
mamlakatlariga keltirilgan. Rossiyaga makkajo‘xori XU11 asrda ma’lum bo‘lgan. 
XU111 asrning oxiri X1X boshlarida u G‘arbiy Xitoydan O‘rta Osiyoga keltirilgan. 
Yer yuzida makkajo‘xori ekinini 110 ming gektar yerga ekiladi. Dunyo bo‘yicha 
makkajo‘xori ekin maydonining 25% i AQSH da joylashgan. O‘zbekistonda 
makkajo‘xori don uchun 108,5 ming gektar yerga ekilgan. 
   O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida uning har gektaridan 40-50 ts. don va 
500-700 ts. silosbop ko‘k poya olish mumkin. Lekin ilg‘or fermer xo‘jaliklarida 
makkajo‘xoridan juda yuqori hosil olinmoqda. 
Oxirgi yillarda makkajo‘xori dukkakli don ekinlari (soya, lyupin, mosh, no‘xat) bilan aralash ekilmoqda. Undan maqsad ozuqa qiymatini oshirishdir. Makkajo‘xori doni moyga, kraxmalga boy. Makkajo‘xori doni tarkibida yog‘ moddasi ko‘p bo‘lganligi uchun uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus mashinalarda ajratib olinib, qolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajo‘xorining murtagi tarkibida 25-40 % gacha moy bo‘lib undan moy olinadi. Doni tarkibida kleykovina kam miqdorda bo‘lgani uchun undan non yopilmaydi, lekin non tayyorlashda bug‘doy va javdar uniga qo‘shib non va qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Makkajo‘xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan yorma, pivo, kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi va boshqa har xil mahsulot olinadi. So‘tasidan qog‘oz, karton, kauchuk, yog‘och spirti, kley, sun’iy probkalar, plastmassa va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Makkajo‘xori qator oralari ishlanadigan ekin, boshqa ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi va yerlarni begona o‘tlardan tozalaydi. U band shudgorda ekiladigan ekin bo‘lib, muhim ahamiyatga ega. U donli ekinlarga nisbatan hashoratlar bilan kam zararlanadi, terimda doni to‘kilib ketmaydi, do‘ldan kam zarar ko‘radi. Makkajo‘xorini tezpishar navlarini ekish ikki marta hosil olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birga qo‘shib ekish mumkin. Makkajo‘xori juda qadimiy o‘simlik, u Markaziy Amerikadan kelib chiqqan. Markaziy Amerikaning mahalliy xalqi bizni eramizdan 2300-2400 yil oldin ekib kelgan. Amerika ochilgandan so‘ng makkajo‘xori katta ekin maydonlarga ekilganligi ma’lum. Amerikadan makkajo‘xori XU asrda Ovropaga keltirilgan, shu paytda portugaliyaliklar tomonidan makkajo‘xori Hindiston, Hindi-Xitoy, Xitoy mamlakatlariga keltirilgan. Rossiyaga makkajo‘xori XU11 asrda ma’lum bo‘lgan. XU111 asrning oxiri X1X boshlarida u G‘arbiy Xitoydan O‘rta Osiyoga keltirilgan. Yer yuzida makkajo‘xori ekinini 110 ming gektar yerga ekiladi. Dunyo bo‘yicha makkajo‘xori ekin maydonining 25% i AQSH da joylashgan. O‘zbekistonda makkajo‘xori don uchun 108,5 ming gektar yerga ekilgan. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida uning har gektaridan 40-50 ts. don va 500-700 ts. silosbop ko‘k poya olish mumkin. Lekin ilg‘or fermer xo‘jaliklarida makkajo‘xoridan juda yuqori hosil olinmoqda.  
 
Botanik xususiyatlari. Makkajo‘xori qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga (Zea 
mays) avlodi va turiga kiradi. Ildiz majmuasi sochiq ildiz, kuchli rivojlangan 
tuproqda 1,5 -3m chuqurlikkacha kirib boradi. Yer ustki bo‘g‘imlaridan tayanch yoki 
havoi ildizlar hosil qiladi. Bu ildizlar poyani tik ushlab turish uchun xizmat qiladi. 
Poyasi tik o‘suvchi, tsilindrsimon, silliq, yo‘g‘onlashgan bo‘g‘imlardan iborat, 8-25 
va undan ko‘p bo‘g‘im oraliqlariga ega bo‘lar ekan. Poyaning ichi po‘kak bilan 
to‘lgan, uning balandligi 0,5-4 m gacha boradi. Barglari yirik, lentasimon shaklda, 
barg qini ham uzun u poyani o‘rab turadi. Poyanin har bir bo‘g‘imida bittadan barg 
hosil bo‘ladi. Barg soniga qarab makkajo‘xori navining ertapishar navini aniqlash 
mumkin. Ertapishar navlarida 8-12 tagacha, o‘rtapisharlarida 12-18 tagacha va 
kechpishar navlarida esa 18 tadan ko‘p barg bo‘ladi. Makkajo‘xori bir uyli, ayrim 
jinsli o‘simlik. Har bir o‘simlikda 2 ta to‘pgul: changchi-sulton va urg‘ochi-so‘ta 
hosil bo‘ladi. Shamol orqali changlanadi. Bir o‘simlikda sulton bilan so‘ta bir vaqtda 
gullamaydi (sulton 4-8 kun oldin gullaydi, natijada o‘simlik chetdan 
changlanadi).Onalik to‘pguli supurgidan 4-5 kun keyin gullaydi. Qurg‘oqchilikda bu 
muddat uzayib, natijada so‘ta to‘la changlanmay, ba’zi hollarda umuman don hosil 
bo‘lmaydi. Poyada so‘talar soni 1-3 tagacha bo‘lib, barglar qo‘ltig‘ida joylashadi. 
So‘tada urg‘ochi gulli boshoqchalar juft-juft bo‘lib, qator joylashgan o‘zakdan 
tashkil topgan. Har bir so‘tada 500 ta dan 1000 tagacha don hosil bo‘ladi. U tashqi 
qavatdan bir necha qavat barglar bilan o‘ralgan. Makkajo‘xori doni po‘st, endosperm 
va murtakdan iborat. 
Makkajo‘xori donining shakli, ximiyaviy tarkibi va ichki tuzilishiga ko‘ra 8 
ta: tishsimon, yaltiroq (shishasimon), serkraxmal, shirin, serkraxmal-shirish, 
chatnaydigan, mumsimon va po‘stli kenja turlarga bo‘linadi.   
O‘zbekistonda makkajo‘xorining O‘zbekiston-361, AMV, O‘zbekiston-601, 
Perekop-TV, O‘zbekiston-100 va xorijiy navlardan Avizo, Brilliant, Ilka, Tema, 
Figaro va boshqa navlari ekilmoqda. 
Biologik xususiyatlari. Makkajo‘xori issiqsevar o‘simlik. Urug‘i 8-100 C da 
unib chiqadi. 20-270 C ‘simliklarning o‘sishi uchun eng qulay temperatura 
hisoblanadi. Unib chiqqan maysalari 2-30 C sovuqqa chidaydi. Makkajo‘xori 1 ts 
quruq modda hosil qilishi uchun 174 ts dan 406 ts gacha, suli va arpaga qaraganda, 
kamroq suv sarflaydi. Dastlabki rivojlanish fazalarida 1 sutkada gektariga o‘rtacha 
Botanik xususiyatlari. Makkajo‘xori qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga (Zea mays) avlodi va turiga kiradi. Ildiz majmuasi sochiq ildiz, kuchli rivojlangan tuproqda 1,5 -3m chuqurlikkacha kirib boradi. Yer ustki bo‘g‘imlaridan tayanch yoki havoi ildizlar hosil qiladi. Bu ildizlar poyani tik ushlab turish uchun xizmat qiladi. Poyasi tik o‘suvchi, tsilindrsimon, silliq, yo‘g‘onlashgan bo‘g‘imlardan iborat, 8-25 va undan ko‘p bo‘g‘im oraliqlariga ega bo‘lar ekan. Poyaning ichi po‘kak bilan to‘lgan, uning balandligi 0,5-4 m gacha boradi. Barglari yirik, lentasimon shaklda, barg qini ham uzun u poyani o‘rab turadi. Poyanin har bir bo‘g‘imida bittadan barg hosil bo‘ladi. Barg soniga qarab makkajo‘xori navining ertapishar navini aniqlash mumkin. Ertapishar navlarida 8-12 tagacha, o‘rtapisharlarida 12-18 tagacha va kechpishar navlarida esa 18 tadan ko‘p barg bo‘ladi. Makkajo‘xori bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik. Har bir o‘simlikda 2 ta to‘pgul: changchi-sulton va urg‘ochi-so‘ta hosil bo‘ladi. Shamol orqali changlanadi. Bir o‘simlikda sulton bilan so‘ta bir vaqtda gullamaydi (sulton 4-8 kun oldin gullaydi, natijada o‘simlik chetdan changlanadi).Onalik to‘pguli supurgidan 4-5 kun keyin gullaydi. Qurg‘oqchilikda bu muddat uzayib, natijada so‘ta to‘la changlanmay, ba’zi hollarda umuman don hosil bo‘lmaydi. Poyada so‘talar soni 1-3 tagacha bo‘lib, barglar qo‘ltig‘ida joylashadi. So‘tada urg‘ochi gulli boshoqchalar juft-juft bo‘lib, qator joylashgan o‘zakdan tashkil topgan. Har bir so‘tada 500 ta dan 1000 tagacha don hosil bo‘ladi. U tashqi qavatdan bir necha qavat barglar bilan o‘ralgan. Makkajo‘xori doni po‘st, endosperm va murtakdan iborat. Makkajo‘xori donining shakli, ximiyaviy tarkibi va ichki tuzilishiga ko‘ra 8 ta: tishsimon, yaltiroq (shishasimon), serkraxmal, shirin, serkraxmal-shirish, chatnaydigan, mumsimon va po‘stli kenja turlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda makkajo‘xorining O‘zbekiston-361, AMV, O‘zbekiston-601, Perekop-TV, O‘zbekiston-100 va xorijiy navlardan Avizo, Brilliant, Ilka, Tema, Figaro va boshqa navlari ekilmoqda. Biologik xususiyatlari. Makkajo‘xori issiqsevar o‘simlik. Urug‘i 8-100 C da unib chiqadi. 20-270 C ‘simliklarning o‘sishi uchun eng qulay temperatura hisoblanadi. Unib chiqqan maysalari 2-30 C sovuqqa chidaydi. Makkajo‘xori 1 ts quruq modda hosil qilishi uchun 174 ts dan 406 ts gacha, suli va arpaga qaraganda, kamroq suv sarflaydi. Dastlabki rivojlanish fazalarida 1 sutkada gektariga o‘rtacha  
 
30-40 m3, so‘ta chiqargandan sut pishiqligigacha 80-100 m3 suv sarflaydi. So‘ta 
chiqarishidan 10 kun oldin va chiqarib bo‘lgandan 20 kun keyin, tuproqda nam 
yetishmasa, hosildorlik keskin pasayib ketadi.  
Makkajo‘xori serunum, oziq moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarda yaxshi 
o‘sadi. Har gektarda 1 ts don hosili to‘plash uchun tuproqdan 2,4-3 kg azot, 1-1,2 kg 
fosfor va 2,5-3 kg kaliy o‘zlashtiradi. Gektaridan 50-60 ts don yoki 500-600 ts ko‘k 
massa hosili olinganda makkajo‘xori tuproqdan 150-180 kg azot, 60-70 kg fosfor va 
160-190 kg kaliy o‘zlashtiradi. Bu oziq moddalarning yarmidan ko‘prog‘ini 
vegetatsiya davrining 2 chi yarmida o‘zlashtiradi. Mineral o‘g‘itlar yillik normasi 
azot 150-180, fosfor 60-90, kaliy 40-75 kg gektariga beriladi. 
Azot makkajo‘xori o‘sishining dastlabki bosqichlarida ayniqsa katta 
ahamiyatga ega. Azot yetishmasa o‘simliklar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtaydi. 
Fosfor o‘simliklarning dastlabki o‘sishida, ya’ni bo‘lajak to‘pgullar shakllana 
boshlaganda (4-6 barg chiqarish fazasida) juda zarur. Bu vaqtda fosfor yetishmasligi 
so‘talarning yaxshi rivojlanmay, don qatorlarining noto‘g‘ri shakllanishiga sabab 
bo‘ladi. Makkajo‘xori doni shakllana-yotganda fosforni ayniqsa ko‘p o‘zlashtiradi. 
Kaliy yetishmaganda uglevodlarning harakatlanishi sekinlashadi, barglarning 
sintezlash faoliyati susayadi, ildiz tizimi zaiflashadi, natijada makkajo‘xori tuplari 
yotib qola boshlaydi. O‘simliklar hosil tuga boshlagandan sut pishish davrigacha 
kaliyni yaxshi o‘zlashtiradi Makkajo‘xorini o‘g‘itlash tizimi kuzda yoki bahorda 
ekishgacha, ekish vaqtida asosiy o‘g‘itlashni va vegetatsiya davrida oziqlanishni o‘z 
ichiga oladi. Asosiy o‘g‘it sifatida kuzda yoki bahorda organik o‘g‘itlar solinadi. 
Tuproqning unumdorligiga qarab gektariga 20-40 t. va undan ko‘p go‘ng va kompost 
solish tavsiya etiladi. 
Dala almashlab ekishda makkajo‘xori kuzgi don ekinlari, dukkakli don 
ekinlari, kartoshka, qand lavlagi, poliz ekinlari va qator oralari ishlanadigan boshqa 
ekinlardan keyin siloslash uchun esa shudgorga ekiladi. 
Makkajo‘xorining ildiz tizimi juda kuchli rivojlanganligi uchun tuproqni 
chuqur haydashni talab qiladi. Shuning uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda 
shudgor qilinadi. Yer qotib qolgan bo‘lsa, haydashdan bir necha kun ilgari 
sug‘oriladi. Bahorda yer yetilishi bilan boronalanadi va 10-12 sm chuqurlikda 
kultivatsiya qilinadi. 
30-40 m3, so‘ta chiqargandan sut pishiqligigacha 80-100 m3 suv sarflaydi. So‘ta chiqarishidan 10 kun oldin va chiqarib bo‘lgandan 20 kun keyin, tuproqda nam yetishmasa, hosildorlik keskin pasayib ketadi. Makkajo‘xori serunum, oziq moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Har gektarda 1 ts don hosili to‘plash uchun tuproqdan 2,4-3 kg azot, 1-1,2 kg fosfor va 2,5-3 kg kaliy o‘zlashtiradi. Gektaridan 50-60 ts don yoki 500-600 ts ko‘k massa hosili olinganda makkajo‘xori tuproqdan 150-180 kg azot, 60-70 kg fosfor va 160-190 kg kaliy o‘zlashtiradi. Bu oziq moddalarning yarmidan ko‘prog‘ini vegetatsiya davrining 2 chi yarmida o‘zlashtiradi. Mineral o‘g‘itlar yillik normasi azot 150-180, fosfor 60-90, kaliy 40-75 kg gektariga beriladi. Azot makkajo‘xori o‘sishining dastlabki bosqichlarida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Azot yetishmasa o‘simliklar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtaydi. Fosfor o‘simliklarning dastlabki o‘sishida, ya’ni bo‘lajak to‘pgullar shakllana boshlaganda (4-6 barg chiqarish fazasida) juda zarur. Bu vaqtda fosfor yetishmasligi so‘talarning yaxshi rivojlanmay, don qatorlarining noto‘g‘ri shakllanishiga sabab bo‘ladi. Makkajo‘xori doni shakllana-yotganda fosforni ayniqsa ko‘p o‘zlashtiradi. Kaliy yetishmaganda uglevodlarning harakatlanishi sekinlashadi, barglarning sintezlash faoliyati susayadi, ildiz tizimi zaiflashadi, natijada makkajo‘xori tuplari yotib qola boshlaydi. O‘simliklar hosil tuga boshlagandan sut pishish davrigacha kaliyni yaxshi o‘zlashtiradi Makkajo‘xorini o‘g‘itlash tizimi kuzda yoki bahorda ekishgacha, ekish vaqtida asosiy o‘g‘itlashni va vegetatsiya davrida oziqlanishni o‘z ichiga oladi. Asosiy o‘g‘it sifatida kuzda yoki bahorda organik o‘g‘itlar solinadi. Tuproqning unumdorligiga qarab gektariga 20-40 t. va undan ko‘p go‘ng va kompost solish tavsiya etiladi. Dala almashlab ekishda makkajo‘xori kuzgi don ekinlari, dukkakli don ekinlari, kartoshka, qand lavlagi, poliz ekinlari va qator oralari ishlanadigan boshqa ekinlardan keyin siloslash uchun esa shudgorga ekiladi. Makkajo‘xorining ildiz tizimi juda kuchli rivojlanganligi uchun tuproqni chuqur haydashni talab qiladi. Shuning uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Yer qotib qolgan bo‘lsa, haydashdan bir necha kun ilgari sug‘oriladi. Bahorda yer yetilishi bilan boronalanadi va 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi.  
 
Urug‘ni ekishga tayyorlash. Makkajo‘xori urug‘i davlat standartiga to‘la mos 
bo‘lishi, tozaligi 97-99%, namligi 14% va unuvchanligi kamida 88-96% bo‘lishi 
kerak. Urug‘larni zamburug‘ kasalidalidan saqlash uchun 100 kg urug‘ni 100-150 g 
granozan yoki merkuran eritmasi bilan dorilanadi. 
Urug‘ni ekish. Makkajo‘xor urug‘i tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda 
ekiladi. O‘zbekistonda ob-havo sharoitiga qarab, makkajo‘xori ekishni 10 
aprelgacha tugallash lozim. 
Makkajo‘xori asosan 60x60 va 70x70 sm li sxemada kvadrat uyalab ekiladi. 
Bunda chigit ekadigan seyalkalardan foydalaniladi. 
 O‘suv davrida makkajo‘xori 3 marta kultivatsiya qilinadi. O‘simlikda 
o‘rtacha 3-4 ta barg hosil bo‘lganda birinchi kultivatsiya o‘tkaziladi. Makkajo‘xori 
naviga, tuproq sharoitiga qarab 3 martadan 6 martagacha sug‘oriladi. Sug‘orish 
o‘simlikning rivojlanish fazasi tuproq namligi hisobga olib belgilanadi. Birinchi 
sug‘orish 9-10 barglar hosil bo‘lganda ya’ni o‘simlik to‘pgul chiqarmasdan oldin 2 
marta sug‘oriladi, uchinchi sug‘orish ro‘vaklashda va gullashda, to‘rtinchisi donning 
qotishida beriladi. Sug‘orish normasi 600-800 m3 sizot suvlari yaqin joylarda 
sug‘orish soni va normasi qisman kamaytiriladi. . 
Makkajo‘xori ekinidagi begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlardan ogekon, 
atrazin, treflan ishlatiladi. 
Makkajo‘xori silos uchun ekilganda doni sut-mum pishish davrida o‘riladi. 
Don uchun ekilgan makkajo‘xori don to‘la pishganda, so‘ta qobiqlari quriganda 
yig‘ishtirib olinadi. Bunda maxsus kombaynlar Xersones-200, Xersones-7 
ishlatiladi. Bu kombaynlar makkajo‘xorini o‘rish poyasini maydalash, so‘talarni 
poyadan ajratib olish va ularni qobig‘ini archish kabi ishlarni bir yo‘la bajaradi. 
So‘talar esa xo‘jalikda oddiy yanchig‘ichda yoki kombaynda yanchiladi. 
Oq jo‘xori 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Oq jo‘xori muhim don ekini bo‘lib, turli 
maqsadlarda ishlatiladi. Uning doni chorva mollari uchun to‘yimli oziqa, kraxmal va 
spirt ishlab chiqarish sanoatlari uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Donidan un 
tayyorlanadi. Yem sifatida doni, ko‘kati silos tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Jo‘xorining ko‘k massasi mollarga beriladi yoki silos bostiriladi. Jo‘xoridan ko‘kat 
oziq sifatida va mollarni o‘tlatishda yaylov o‘ti sifatida foydalaniladi. 
Urug‘ni ekishga tayyorlash. Makkajo‘xori urug‘i davlat standartiga to‘la mos bo‘lishi, tozaligi 97-99%, namligi 14% va unuvchanligi kamida 88-96% bo‘lishi kerak. Urug‘larni zamburug‘ kasalidalidan saqlash uchun 100 kg urug‘ni 100-150 g granozan yoki merkuran eritmasi bilan dorilanadi. Urug‘ni ekish. Makkajo‘xor urug‘i tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda ekiladi. O‘zbekistonda ob-havo sharoitiga qarab, makkajo‘xori ekishni 10 aprelgacha tugallash lozim. Makkajo‘xori asosan 60x60 va 70x70 sm li sxemada kvadrat uyalab ekiladi. Bunda chigit ekadigan seyalkalardan foydalaniladi. O‘suv davrida makkajo‘xori 3 marta kultivatsiya qilinadi. O‘simlikda o‘rtacha 3-4 ta barg hosil bo‘lganda birinchi kultivatsiya o‘tkaziladi. Makkajo‘xori naviga, tuproq sharoitiga qarab 3 martadan 6 martagacha sug‘oriladi. Sug‘orish o‘simlikning rivojlanish fazasi tuproq namligi hisobga olib belgilanadi. Birinchi sug‘orish 9-10 barglar hosil bo‘lganda ya’ni o‘simlik to‘pgul chiqarmasdan oldin 2 marta sug‘oriladi, uchinchi sug‘orish ro‘vaklashda va gullashda, to‘rtinchisi donning qotishida beriladi. Sug‘orish normasi 600-800 m3 sizot suvlari yaqin joylarda sug‘orish soni va normasi qisman kamaytiriladi. . Makkajo‘xori ekinidagi begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlardan ogekon, atrazin, treflan ishlatiladi. Makkajo‘xori silos uchun ekilganda doni sut-mum pishish davrida o‘riladi. Don uchun ekilgan makkajo‘xori don to‘la pishganda, so‘ta qobiqlari quriganda yig‘ishtirib olinadi. Bunda maxsus kombaynlar Xersones-200, Xersones-7 ishlatiladi. Bu kombaynlar makkajo‘xorini o‘rish poyasini maydalash, so‘talarni poyadan ajratib olish va ularni qobig‘ini archish kabi ishlarni bir yo‘la bajaradi. So‘talar esa xo‘jalikda oddiy yanchig‘ichda yoki kombaynda yanchiladi. Oq jo‘xori Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Oq jo‘xori muhim don ekini bo‘lib, turli maqsadlarda ishlatiladi. Uning doni chorva mollari uchun to‘yimli oziqa, kraxmal va spirt ishlab chiqarish sanoatlari uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Donidan un tayyorlanadi. Yem sifatida doni, ko‘kati silos tayyorlash uchun ishlatiladi. Jo‘xorining ko‘k massasi mollarga beriladi yoki silos bostiriladi. Jo‘xoridan ko‘kat oziq sifatida va mollarni o‘tlatishda yaylov o‘ti sifatida foydalaniladi.  
 
Jo‘xorining 100 kg doni 119, ko‘k massasi 23,5, silosi 22,0 va pichani 49,2 
oziq birligiga teng. Doni tarkibida 15% protein bo‘lib, lizinga boy. Shirin jo‘xori 
navlari poyasida 10-15% shakar bo‘lib, ular sirop tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Jo‘xori ro‘vagidan supurgi tayyorlanadi. Jo‘xorini qor to‘suvchi hamda garmseldan 
himoyalovchi ihota ekini sifatida ekish mumkin. 
Jo‘xori ekvatorial Afrikadan kelib chiqqan. Misrda, Sharqiy va Janubiy 
Osiyoda, Manchjuriyada, Xitoyda, Hindiston qadimdan beri ekilib kelinadi. 
O‘zbekistonda jo‘xori suv bilan kam ta’minlangan va qisman lalmi yerlarda, 
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatlarda ekiladi.  
Jo‘xorining don hosili gektariga 25-50 s gacha, siloslanadigan ko‘k massa 
hosili 200-300 s ga yetadi. Sug‘oriladigan yerlarda gektaridan 800-1000 s gacha ko‘k 
massa hosili olish mumkin. 
Botanik xususiyatlari. Jo‘xori Sorgum Moench- avlodiga mansub o‘simlik. 
Bu avlodga donli, qandli va o‘tsimon turlari kiradi. O‘zbekistonda jo‘xorining 4 ta 
madaniy turi:  
1.Sorgum vulgare Pers-yem-xashak, texnikaviy va oziq-ovqat maqsadlarida 
ekiladi. 
2.Sorgum cernum Host-Qo‘qon jo‘xori. oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. 
3. Sorgum jacushev-Yapon jo‘xorisi-yem-xashak sifatida ishlatiladi. 
4. Sorgum sudanense-sudan o‘ti tarqalgan. 
Ildiz tizimi popuk ildiz, tuproqqa 2-3 m chuqur kirib va atrofga 60-90 sm 
gacha tarqalib o‘sadi. Poyasining pastki bo‘g‘imlaridan chiqadigan tayanch ildizlari 
bo‘ladi. Poyasining bo‘yi 2-2,5 m, tropik mamlakatlarda 6-7 m gacha yetadi 
Poyasida 8-25 tagacha bo‘g‘im bo‘ladi. Ichi yumaloq parenxima bilan to‘lgan, 
ko‘pincha sershoh bo‘ladi. Poyasining uchi to‘pgul bilan tugallanadi. Barglari yirik, 
enli, lansetsimon, g‘ubor bilan qoplangan. Har bir o‘simlikda 10-25 ta va undan ko‘p 
barg bo‘ladi. To‘pguli ro‘vak, markaziy o‘qi to‘g‘ri yoki egilgan bo‘lib, uzunligi 15-
16 sm gacha boradi. Markaziy o‘qdan yon shoxlar, ulardan bir qancha ingichka 
shoxchalar chiqadi. Boshoqchalari shoxchalarda 2 ta yoki 3 ta dan joylashadi, uning 
1 tasi bandsiz, guli ikki jinsli, qolganlari kalta bandli bo‘lib, gullari faqat otalikdan 
iborat. Gullagandan keyin guli to‘kiladi, ba’zan saqlanib qoladi. Boshoqcha 
qobiqlari qalin, baquvvat, keng, ko‘pincha yaltiroq tukli bo‘lib donni o‘rab turadi. 
Jo‘xorining 100 kg doni 119, ko‘k massasi 23,5, silosi 22,0 va pichani 49,2 oziq birligiga teng. Doni tarkibida 15% protein bo‘lib, lizinga boy. Shirin jo‘xori navlari poyasida 10-15% shakar bo‘lib, ular sirop tayyorlash uchun ishlatiladi. Jo‘xori ro‘vagidan supurgi tayyorlanadi. Jo‘xorini qor to‘suvchi hamda garmseldan himoyalovchi ihota ekini sifatida ekish mumkin. Jo‘xori ekvatorial Afrikadan kelib chiqqan. Misrda, Sharqiy va Janubiy Osiyoda, Manchjuriyada, Xitoyda, Hindiston qadimdan beri ekilib kelinadi. O‘zbekistonda jo‘xori suv bilan kam ta’minlangan va qisman lalmi yerlarda, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatlarda ekiladi. Jo‘xorining don hosili gektariga 25-50 s gacha, siloslanadigan ko‘k massa hosili 200-300 s ga yetadi. Sug‘oriladigan yerlarda gektaridan 800-1000 s gacha ko‘k massa hosili olish mumkin. Botanik xususiyatlari. Jo‘xori Sorgum Moench- avlodiga mansub o‘simlik. Bu avlodga donli, qandli va o‘tsimon turlari kiradi. O‘zbekistonda jo‘xorining 4 ta madaniy turi: 1.Sorgum vulgare Pers-yem-xashak, texnikaviy va oziq-ovqat maqsadlarida ekiladi. 2.Sorgum cernum Host-Qo‘qon jo‘xori. oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. 3. Sorgum jacushev-Yapon jo‘xorisi-yem-xashak sifatida ishlatiladi. 4. Sorgum sudanense-sudan o‘ti tarqalgan. Ildiz tizimi popuk ildiz, tuproqqa 2-3 m chuqur kirib va atrofga 60-90 sm gacha tarqalib o‘sadi. Poyasining pastki bo‘g‘imlaridan chiqadigan tayanch ildizlari bo‘ladi. Poyasining bo‘yi 2-2,5 m, tropik mamlakatlarda 6-7 m gacha yetadi Poyasida 8-25 tagacha bo‘g‘im bo‘ladi. Ichi yumaloq parenxima bilan to‘lgan, ko‘pincha sershoh bo‘ladi. Poyasining uchi to‘pgul bilan tugallanadi. Barglari yirik, enli, lansetsimon, g‘ubor bilan qoplangan. Har bir o‘simlikda 10-25 ta va undan ko‘p barg bo‘ladi. To‘pguli ro‘vak, markaziy o‘qi to‘g‘ri yoki egilgan bo‘lib, uzunligi 15- 16 sm gacha boradi. Markaziy o‘qdan yon shoxlar, ulardan bir qancha ingichka shoxchalar chiqadi. Boshoqchalari shoxchalarda 2 ta yoki 3 ta dan joylashadi, uning 1 tasi bandsiz, guli ikki jinsli, qolganlari kalta bandli bo‘lib, gullari faqat otalikdan iborat. Gullagandan keyin guli to‘kiladi, ba’zan saqlanib qoladi. Boshoqcha qobiqlari qalin, baquvvat, keng, ko‘pincha yaltiroq tukli bo‘lib donni o‘rab turadi.  
 
Oqjo‘xori doni yumaloq, oval, goho tuxumsimon, ikki yoni bir muncha siqiq, po‘stli 
yoki po‘stsiz bo‘ladi. Donining asl rangi har xil . 1000 ta donining og‘irligi 20-30 g 
ba’zan 20 gr dan kam keladi. 
Jo‘xori ro‘vagining shakliga ko‘ra 3 ta turga bo‘linadi :osilib o‘suvchi ro‘vagi  
1) uzun shohli, siyrak bo‘ladi-(effusum Korn): 
2) tig‘iz, ro‘vagi tig‘iz-(contractum Korn) 
3)g‘uj-(compactum)   
Asosan g‘uj ro‘vakli jo‘xori ko‘p ekiladi. 
Jo‘xori navlari 3 guruhga bo‘linadi: don jo‘xori, shirin jo‘xori va supurgi 
jo‘xori.  
O‘zbekistonda tumanlashtirilgan navlariga Sanzar, Uzbekiskiy-18, Qandli 
jo‘xori, O‘zbekiston pakanasi, Tashkentskoye belozyornoye, O‘zbekiston-5, Shirin-
91 navlari kiradi.  
Biologik xususiyatlari. Eng qurg‘oqchil o‘simlik hisoblanadi. Transpiratsiya 
koeffitsiyenti 200 atrofida. Issiqsevar o‘simlik, urug‘i 10-120 C da unib chiqadi. 
Harorat 16-180 bo‘lganda tez unib chiqadi. Sovuqda nobud bo‘lishi mumkin. Gullash 
uchun maksimal temperatura 14-150 C, yetilishi uchun 10-120 C hisoblanadi. 
 Jo‘xori tuproqga uncha talabchan emas. Sho‘r yerlarda ham o‘sadi. 
Navlarining tezpisharligiga qarab vegetatsiya davri 90-145 kun davom etadi. O‘rta 
pishar navlari 10-15 kundan keyin maysalaydi. Maysalangandan 40-45 kundan keyin 
nay o‘raydi, 55-65 kundan keyin ro‘vak chiqaradi. 5-6 kundan keyin gullaydi. 
Jo‘xori, kuzgi don ekinlari, dukkakli don ekinlari, makkajo‘xori va boshqa 
ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Jo‘xorining o‘zi bahorgi don ekinlari, ertagi 
navlari esa kuzgi don ekinlari uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. 
Yerlarni asosiy ishlash ang‘izni yumshatish va kuzda chuqur (25-30 sm) 
shudgorlashdan iborat. Erta bahorda boronalangan yerlar 5-6 sm chuqurlikda 2 marta 
yoppasiga kultivatsiya qilinadi. 
O‘g‘itlash. Jo‘xori organik va mineral o‘g‘itlarga ta’sirchan. Kuzgi 
shudgorlash oldidan gektariga 15-20 t. go‘ng, 120-150 kg azot, 100-120 kg fosfor, 
50-60 kg kaliy solinadi.  
Urug‘ni ekish. Tuproqning 3-5 sm li yuza qatlami 12-150 S gacha qiziganda 
qator oralarini 60-70 sm dan va qatordagi uyalar orasini 15-20 sm dan qilib 
Oqjo‘xori doni yumaloq, oval, goho tuxumsimon, ikki yoni bir muncha siqiq, po‘stli yoki po‘stsiz bo‘ladi. Donining asl rangi har xil . 1000 ta donining og‘irligi 20-30 g ba’zan 20 gr dan kam keladi. Jo‘xori ro‘vagining shakliga ko‘ra 3 ta turga bo‘linadi :osilib o‘suvchi ro‘vagi 1) uzun shohli, siyrak bo‘ladi-(effusum Korn): 2) tig‘iz, ro‘vagi tig‘iz-(contractum Korn) 3)g‘uj-(compactum) Asosan g‘uj ro‘vakli jo‘xori ko‘p ekiladi. Jo‘xori navlari 3 guruhga bo‘linadi: don jo‘xori, shirin jo‘xori va supurgi jo‘xori. O‘zbekistonda tumanlashtirilgan navlariga Sanzar, Uzbekiskiy-18, Qandli jo‘xori, O‘zbekiston pakanasi, Tashkentskoye belozyornoye, O‘zbekiston-5, Shirin- 91 navlari kiradi. Biologik xususiyatlari. Eng qurg‘oqchil o‘simlik hisoblanadi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 200 atrofida. Issiqsevar o‘simlik, urug‘i 10-120 C da unib chiqadi. Harorat 16-180 bo‘lganda tez unib chiqadi. Sovuqda nobud bo‘lishi mumkin. Gullash uchun maksimal temperatura 14-150 C, yetilishi uchun 10-120 C hisoblanadi. Jo‘xori tuproqga uncha talabchan emas. Sho‘r yerlarda ham o‘sadi. Navlarining tezpisharligiga qarab vegetatsiya davri 90-145 kun davom etadi. O‘rta pishar navlari 10-15 kundan keyin maysalaydi. Maysalangandan 40-45 kundan keyin nay o‘raydi, 55-65 kundan keyin ro‘vak chiqaradi. 5-6 kundan keyin gullaydi. Jo‘xori, kuzgi don ekinlari, dukkakli don ekinlari, makkajo‘xori va boshqa ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Jo‘xorining o‘zi bahorgi don ekinlari, ertagi navlari esa kuzgi don ekinlari uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Yerlarni asosiy ishlash ang‘izni yumshatish va kuzda chuqur (25-30 sm) shudgorlashdan iborat. Erta bahorda boronalangan yerlar 5-6 sm chuqurlikda 2 marta yoppasiga kultivatsiya qilinadi. O‘g‘itlash. Jo‘xori organik va mineral o‘g‘itlarga ta’sirchan. Kuzgi shudgorlash oldidan gektariga 15-20 t. go‘ng, 120-150 kg azot, 100-120 kg fosfor, 50-60 kg kaliy solinadi. Urug‘ni ekish. Tuproqning 3-5 sm li yuza qatlami 12-150 S gacha qiziganda qator oralarini 60-70 sm dan va qatordagi uyalar orasini 15-20 sm dan qilib  
 
punktirlab ekiladi. Shuningdek, 65x65, 70x70 sm va 90x90 sm sxemada kvadrat-
uyalab ekish usuli ham sinab ko‘rilmoqda. Bunda har qaysi uyaga 4-6 tadan urug‘ 
tashlanadi va har gektar maydonda 60-80 ming tup ko‘chat bo‘lishi ta’minlanadi. 
Jo‘xori ko‘kati va pichan qilish uchun ekiladigan bo‘lsa, qatorlab va 45x15 sm 
sxemada qo‘sh qatorlab ekish ma’qul. 
 Ekish meyori. Punktirlab ekishda gektariga 10-14 kg, kvadrat-uyalab ekishda 
6-10 kg va qo‘sh qatorlab ekishda 20-25 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ 3-5 sm, yengil 
tuproqli yerlarda 7 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Don uchun-8-10 kg, ko‘kat uchun-
15-20 kg urug‘ sarflanadi. 
Urug‘ ekilgandan keyin yerga yo‘l-yo‘l yoki halqali katak bostiriladi. 
Qatqaloq bossa yoki begona o‘tlar o‘sib ketsa, ekin maysalaguncha yoki 
maysalangandan keyin o‘simlik qatorlariga ko‘ndalangiga boronalanadi. 
Begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun tuplanish fazasida jo‘xoriga 
gerbitsidlar purkaladi. Birinchi kultivatsiyadan keyin jo‘xori mineral o‘g‘itlar 
(N20P30) bilan oziqlantiriladi. Bunda go‘ng, parrandalar ahlati, kuldan foydalanish 
mumkin. 
 Don jo‘xorining doni to‘kilmaydi, u doni to‘liq yetilganda kombaynda 
o‘riladi. Shirin jo‘xori doni mum pishiqlik davrida pastdan o‘riladi. Supurgi jo‘xori, 
odatda doni to‘liq yetilishi boshlarida qo‘lda o‘riladi, ro‘vagining bandi yashil 
bo‘lishi kerak. Poyasi keyin o‘roq mashinada o‘riladi. Ro‘vakdagi doni maxsus 
asbob yordamida taroqlab olinadi. 
Silos uchun ekilgan jo‘xori mum pishiqlik davri boshlarida, pastki barglari 
qurib to‘kilguncha o‘rib yig‘ib olinadi. Ko‘kati va pichan hosil qilish uchun poyasi 
dag‘allashguncha, ya’ni ro‘vak chiqarguncha, 10-12 sm balandan o‘riladi. Shundan 
keyin jo‘xori qayta ko‘klaydi va yaxshi ko‘kat hosili olinadi. 
 Jo‘xorini dukkakli don ekinlari (soya, burchoq) ga qo‘shib ekkanda, sof holda 
ekilgandagiga qaraganda 15-20% ortiq hosil olinadi. Dukkakli don ekinlar jo‘xori 
qator oralariga yoki unga ko‘ndalang qilib alohida qatorlar hosil qilib ekiladi. 
Jo‘xorini bedaga, makkajo‘xoriga qo‘shib ekish ham yaxshi natija beradi. 
Sholi 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Sholi 60 dan ortiq mamlakatlarda ekiladi, Yer 
yuzidagi aholini yarmidan ko‘pi guruch is’temol qiladi. Sholi eng asosiy oziq-ovqat 
punktirlab ekiladi. Shuningdek, 65x65, 70x70 sm va 90x90 sm sxemada kvadrat- uyalab ekish usuli ham sinab ko‘rilmoqda. Bunda har qaysi uyaga 4-6 tadan urug‘ tashlanadi va har gektar maydonda 60-80 ming tup ko‘chat bo‘lishi ta’minlanadi. Jo‘xori ko‘kati va pichan qilish uchun ekiladigan bo‘lsa, qatorlab va 45x15 sm sxemada qo‘sh qatorlab ekish ma’qul. Ekish meyori. Punktirlab ekishda gektariga 10-14 kg, kvadrat-uyalab ekishda 6-10 kg va qo‘sh qatorlab ekishda 20-25 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ 3-5 sm, yengil tuproqli yerlarda 7 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Don uchun-8-10 kg, ko‘kat uchun- 15-20 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ ekilgandan keyin yerga yo‘l-yo‘l yoki halqali katak bostiriladi. Qatqaloq bossa yoki begona o‘tlar o‘sib ketsa, ekin maysalaguncha yoki maysalangandan keyin o‘simlik qatorlariga ko‘ndalangiga boronalanadi. Begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun tuplanish fazasida jo‘xoriga gerbitsidlar purkaladi. Birinchi kultivatsiyadan keyin jo‘xori mineral o‘g‘itlar (N20P30) bilan oziqlantiriladi. Bunda go‘ng, parrandalar ahlati, kuldan foydalanish mumkin. Don jo‘xorining doni to‘kilmaydi, u doni to‘liq yetilganda kombaynda o‘riladi. Shirin jo‘xori doni mum pishiqlik davrida pastdan o‘riladi. Supurgi jo‘xori, odatda doni to‘liq yetilishi boshlarida qo‘lda o‘riladi, ro‘vagining bandi yashil bo‘lishi kerak. Poyasi keyin o‘roq mashinada o‘riladi. Ro‘vakdagi doni maxsus asbob yordamida taroqlab olinadi. Silos uchun ekilgan jo‘xori mum pishiqlik davri boshlarida, pastki barglari qurib to‘kilguncha o‘rib yig‘ib olinadi. Ko‘kati va pichan hosil qilish uchun poyasi dag‘allashguncha, ya’ni ro‘vak chiqarguncha, 10-12 sm balandan o‘riladi. Shundan keyin jo‘xori qayta ko‘klaydi va yaxshi ko‘kat hosili olinadi. Jo‘xorini dukkakli don ekinlari (soya, burchoq) ga qo‘shib ekkanda, sof holda ekilgandagiga qaraganda 15-20% ortiq hosil olinadi. Dukkakli don ekinlar jo‘xori qator oralariga yoki unga ko‘ndalang qilib alohida qatorlar hosil qilib ekiladi. Jo‘xorini bedaga, makkajo‘xoriga qo‘shib ekish ham yaxshi natija beradi. Sholi Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Sholi 60 dan ortiq mamlakatlarda ekiladi, Yer yuzidagi aholini yarmidan ko‘pi guruch is’temol qiladi. Sholi eng asosiy oziq-ovqat  
 
ekin hisoblanadi. Guruch odam organizmi uchun yuqori sifatli va tez hazm bo‘lishi 
bilan ajralib turadi. Uning tarkibida organizm uchun kerak bo‘lgan oziq moddalar: 
oqsil, fosforli birikmalar va vitaminlar bor. Guruch tarkibida 7,7% oqsil bor. U 
boshqa yormalarga nisbatan tez hazm bo‘ladi va to‘liq o‘zlashtiriladi. Sholi 
oqlanganda 60-65% guruch, 10-15% qipiq va kepaklar, 20-25% qiltiq chiqadi. Doni 
tarkibida 75,2% karbon suvlari (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% yog‘, 2,2% 
klechatka, 0,5% kul va 14% suv bo‘ladi. Donidan un, kraxmal, pivo, spirt 
tayyorlanadi. Kraxmali to‘qimachilik, parfyumeriya sanoatida hamda tibbiyotda 
ishlatiladi. Uni non yopishga yaramaydi. Undan fitin, vitamin V va boshqa 
farmatsevtika preparatlari tayyorlanadi. Guruch oqlanganda chiqadigan chiqindilari 
hayvonlar uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. 
Sholi poxoli qog‘oz, karton, arqon va qanor qop ishlab chiqarish va uy-
ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Sholi yerni melioratsiya holatini 
yaxshilovchi o‘simlikdir. Sholipoyalarda uzoq vaqt suv bostirib qo‘yish tufayli sho‘r 
yerlarni sho‘ri yuviladi. Natijada bunday yerlarga g‘o‘za va boshqa ekinlar ekish 
imkoni tug‘iladi. 
Sholi qadimiy ekinlardan biri. Sholining kelib chiqish markazi Janubiy Osiyo 
hisoblanadi.. Madaniy sholi Janubiy Xitoyda o‘sadigan yovvoiy sholidan tarqalgan. 
Janubiy-Sharqiy Osiyoda ekilganiga 4-5 ming yil bo‘lgan. O‘rta Osiyoga Panjobdan 
keltirilgan. 
Sholi dunyoning 108 mamlakatida ekiladi. Sholi maydonining 90%i 
Osiyodagi tropik va subtropik mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. 
Sholi O‘zbekistonda 137 ming. gektarga ekiladi. Sholi donli o‘simliklar 
orasida hosildor ekin hisoblanadi. Yer sharida sholi bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik 
41,1 s ga teng. O‘zbekistonda sholi hosildorligi oxirgi besh yillikda 30-35 sentnerni 
tashkil etadi.  
Botanik xususiyatlari. Madaniy sholi-Oryza sativa-qo‘ng‘irboshlar oilasiga 
mansub bo‘lib, bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Ildizlari popuk ildiz bo‘lib, tuproqning 
60 sm li qatlamiga taralib o‘sadi. Ildizlarining soni ko‘p bo‘lib, bitta o‘simlikda 300 
tagacha bo‘ladi. Poyasini bo‘yi 80-120 sm, ichi bo‘shliqdan iborat, juda sertup 
bo‘ladi. Bir tup o‘simlik o‘rtacha 3-5 tagacha poya chiqaradi. Barglari uzun 
lansetsimon shaklda, uzunligi 35 sm gacha ingichka, barglarining yuzasi g‘adir-
ekin hisoblanadi. Guruch odam organizmi uchun yuqori sifatli va tez hazm bo‘lishi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida organizm uchun kerak bo‘lgan oziq moddalar: oqsil, fosforli birikmalar va vitaminlar bor. Guruch tarkibida 7,7% oqsil bor. U boshqa yormalarga nisbatan tez hazm bo‘ladi va to‘liq o‘zlashtiriladi. Sholi oqlanganda 60-65% guruch, 10-15% qipiq va kepaklar, 20-25% qiltiq chiqadi. Doni tarkibida 75,2% karbon suvlari (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% yog‘, 2,2% klechatka, 0,5% kul va 14% suv bo‘ladi. Donidan un, kraxmal, pivo, spirt tayyorlanadi. Kraxmali to‘qimachilik, parfyumeriya sanoatida hamda tibbiyotda ishlatiladi. Uni non yopishga yaramaydi. Undan fitin, vitamin V va boshqa farmatsevtika preparatlari tayyorlanadi. Guruch oqlanganda chiqadigan chiqindilari hayvonlar uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Sholi poxoli qog‘oz, karton, arqon va qanor qop ishlab chiqarish va uy- ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Sholi yerni melioratsiya holatini yaxshilovchi o‘simlikdir. Sholipoyalarda uzoq vaqt suv bostirib qo‘yish tufayli sho‘r yerlarni sho‘ri yuviladi. Natijada bunday yerlarga g‘o‘za va boshqa ekinlar ekish imkoni tug‘iladi. Sholi qadimiy ekinlardan biri. Sholining kelib chiqish markazi Janubiy Osiyo hisoblanadi.. Madaniy sholi Janubiy Xitoyda o‘sadigan yovvoiy sholidan tarqalgan. Janubiy-Sharqiy Osiyoda ekilganiga 4-5 ming yil bo‘lgan. O‘rta Osiyoga Panjobdan keltirilgan. Sholi dunyoning 108 mamlakatida ekiladi. Sholi maydonining 90%i Osiyodagi tropik va subtropik mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Sholi O‘zbekistonda 137 ming. gektarga ekiladi. Sholi donli o‘simliklar orasida hosildor ekin hisoblanadi. Yer sharida sholi bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik 41,1 s ga teng. O‘zbekistonda sholi hosildorligi oxirgi besh yillikda 30-35 sentnerni tashkil etadi. Botanik xususiyatlari. Madaniy sholi-Oryza sativa-qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub bo‘lib, bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Ildizlari popuk ildiz bo‘lib, tuproqning 60 sm li qatlamiga taralib o‘sadi. Ildizlarining soni ko‘p bo‘lib, bitta o‘simlikda 300 tagacha bo‘ladi. Poyasini bo‘yi 80-120 sm, ichi bo‘shliqdan iborat, juda sertup bo‘ladi. Bir tup o‘simlik o‘rtacha 3-5 tagacha poya chiqaradi. Barglari uzun lansetsimon shaklda, uzunligi 35 sm gacha ingichka, barglarining yuzasi g‘adir-  
 
budur, cheti arrasimon bo‘ladi. To‘pguli ko‘p shohchali 20-30 sm uzunlikdagi 
ro‘vakdan iborat. U poyaning oxirgi bo‘g‘im oralig‘ida rivojlanadi. Bo‘g‘imlaridan 
2-3 tadan birinchi tartib, ulardan esa ikkinchi tartib yon shoxlar o‘sib chiqadi. Yon 
shoxlarda qisqa bandli boshoqchalar rivojlanadi. Sholining guli ikki jinsli urug‘chisi 
ikkita patli tumshuqcha va oltita changchiga ega. Changchilar changchi ipi va 
changdondan iborat. Gullaganda changchi ipi 1-2 sm gacha uzayadi. Yetilishi bilan 
changdonlar yoriladi va changlar sochilib ketadi. Changdonlar rangi sariq, qizil 
ba’zan to‘q binafsha rangda bo‘ladi. Har bir changdonda 1000 tagacha chang 
donachalari bo‘ladi.. Mevasi - don, gulqobiq bilan qoplangan, ular meva bilan birga 
o‘smaydi. Donining uzunligi 4-12 mm gacha, eni esa 1,2-3,5 mm bo‘ladi. 
 
Sholini madaniy turi Oryza sativa 2 ta kenja turga bo‘linadi : 
1. Hindiston sholisi- doni uzun ingichka donining uzunligi 7 mm. 
2. Xitoy-yapon sholisi-doni kalta,eni keng donining uzunligi 4 mm. 
  Bizda Xitoy-yapon sholisi ekiladi. 
Respublikamizda tumanlashtirilgan sholining barcha navlari o‘zining pishish 
muddati bo‘yicha kechpishar (130-140 kun va undan ko‘p), o‘rtapishar (115-125 
kun) va ertapishar (100-110 kun) guruhlarga bo‘linadi. 
O‘zbekistonda sholini quyidagi navlari: Avangard, Alanga,  Intensivniy, 
O‘zbekiston-5, Lazurniy, Nukus-2, Tolmas, O‘zROS-7-13 ekiladi. 
Biologik xususiyatlari. Sholi juda issiqsevar bir yillik o‘simlik. Urug‘i 11-120 
C da unib, 14-150 C da maysalari paydo bo‘ladi. O‘simliklarni o‘sishi uchun 25-300 
C optimal, 400 C maksimal temperatura hisoblanadi. Sholining o‘sishiga ayniqsa 
gullash fazasida haroratning tez o‘zgarishi salbiy ta’sir qiladi.-10 C da sholini sovuq 
uradi. 
Sholining biologik xususiyatlaridan biri suv bostirilgan sharoitda o‘sishga 
moslashganligidir. Ildizlari va poyalarida aerenxima hujayralari bo‘lganligi uchun 
suvda erigan kislorodni o‘zlashtirish xususiyatiga ega. Sholi yetishtiriladigan 
mintaqalarda transpiratsiya koeffitsiyenti 500-800 atrofida, O‘zbekiston sharoitida 
esa bu miqdor 450-500 ni tashkil etadi. Urug‘ini o‘sib chiqishi uchun vazniga 
nisbatan 23-27% namlik bo‘lishi kerak. 
budur, cheti arrasimon bo‘ladi. To‘pguli ko‘p shohchali 20-30 sm uzunlikdagi ro‘vakdan iborat. U poyaning oxirgi bo‘g‘im oralig‘ida rivojlanadi. Bo‘g‘imlaridan 2-3 tadan birinchi tartib, ulardan esa ikkinchi tartib yon shoxlar o‘sib chiqadi. Yon shoxlarda qisqa bandli boshoqchalar rivojlanadi. Sholining guli ikki jinsli urug‘chisi ikkita patli tumshuqcha va oltita changchiga ega. Changchilar changchi ipi va changdondan iborat. Gullaganda changchi ipi 1-2 sm gacha uzayadi. Yetilishi bilan changdonlar yoriladi va changlar sochilib ketadi. Changdonlar rangi sariq, qizil ba’zan to‘q binafsha rangda bo‘ladi. Har bir changdonda 1000 tagacha chang donachalari bo‘ladi.. Mevasi - don, gulqobiq bilan qoplangan, ular meva bilan birga o‘smaydi. Donining uzunligi 4-12 mm gacha, eni esa 1,2-3,5 mm bo‘ladi. Sholini madaniy turi Oryza sativa 2 ta kenja turga bo‘linadi : 1. Hindiston sholisi- doni uzun ingichka donining uzunligi 7 mm. 2. Xitoy-yapon sholisi-doni kalta,eni keng donining uzunligi 4 mm. Bizda Xitoy-yapon sholisi ekiladi. Respublikamizda tumanlashtirilgan sholining barcha navlari o‘zining pishish muddati bo‘yicha kechpishar (130-140 kun va undan ko‘p), o‘rtapishar (115-125 kun) va ertapishar (100-110 kun) guruhlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda sholini quyidagi navlari: Avangard, Alanga, Intensivniy, O‘zbekiston-5, Lazurniy, Nukus-2, Tolmas, O‘zROS-7-13 ekiladi. Biologik xususiyatlari. Sholi juda issiqsevar bir yillik o‘simlik. Urug‘i 11-120 C da unib, 14-150 C da maysalari paydo bo‘ladi. O‘simliklarni o‘sishi uchun 25-300 C optimal, 400 C maksimal temperatura hisoblanadi. Sholining o‘sishiga ayniqsa gullash fazasida haroratning tez o‘zgarishi salbiy ta’sir qiladi.-10 C da sholini sovuq uradi. Sholining biologik xususiyatlaridan biri suv bostirilgan sharoitda o‘sishga moslashganligidir. Ildizlari va poyalarida aerenxima hujayralari bo‘lganligi uchun suvda erigan kislorodni o‘zlashtirish xususiyatiga ega. Sholi yetishtiriladigan mintaqalarda transpiratsiya koeffitsiyenti 500-800 atrofida, O‘zbekiston sharoitida esa bu miqdor 450-500 ni tashkil etadi. Urug‘ini o‘sib chiqishi uchun vazniga nisbatan 23-27% namlik bo‘lishi kerak.  
 
Nay o‘rash va ro‘vak chiqarish fazalarida haroratning tez o‘zgarishini 
normallashtirish uchun suv ko‘proq beriladi. Bu fazada suvning kamayishi 
uglevodning nafas olish protsessi uchun sarflanishiga va fotosintez muvozanatining 
buzilishiga sabab bo‘ladi. Don hosil qilish va yetilish davrida haroratga bo‘lgan 
ta’sirchanligi va namlikka bo‘lgan talabi kamayadi. Donning dumbullik davrida 
tuproqning to‘la nam sig‘imi 60-70% bo‘lishi kerak. Sholi botqoq, qumli-toshli 
tuproqlardan tashqari boshqa tuproqlarda o‘saveradi. Sholi uchun daryo 
vodiylaridagi cho‘kindi tuproqli yerlar ayniqsa qulay hisoblanadi. Sholi yerning 
sho‘riga ancha chidamsiz. Sholi uchun tuproq eritmasining muqobil muhiti pH -4,5-
5,7 ga teng bo‘lishi kerak.  
O‘g‘itlash. Sholi serhosil bo‘lgani uchun oziq moddalarga talabchan 
hisoblanadi. Bir gektardan 50 sentner sholi va 50 ts poxol olinadigan bo‘lsa o‘simlik 
tuproqdan 90 kg azot, 40 kg fosfor va 160 kg kaliy oladi. Gektariga sholiga 180 kg 
azot, 120-150 kg fosfor, 90-120 kg kaliy solish tavsiya etiladi. 
Mahalliy o‘g‘itlardan sholiga go‘ng, kompostlar va ko‘kat o‘g‘itlar 
qo‘llaniladi. Go‘ng va kompostlarni kuzda shudgorga 20-40 tga solish hosildorlikni 
oshiradi.  
Sholi takroriy ekin sifatida ekiladi, ko‘pincha eski maydonlarda 
almashtirmasdan ekiladi, ammo bunda tuproqda sholi uchun zararli bo‘lgan temir 
oksidlari va boshqa moddalar ko‘payib, kislorod almashinuvi pasayadi. Bularning 
hammasi yerda begona o‘tlar ko‘payib ketishiga, organik moddalar kamayib 
ketishiga va hosilning keskin kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Sholi boshqa ekinlar 
bilan almashlab ekilsa, hosildorligi ortadi. Sholini har 2-3 yilda yerni organik 
moddalarga boyitadigan va begona o‘tlarni o‘stirmay qo‘yadigan ekinlar bilan 
almashlab ekish kerak. Beda, sebarga, dukkakli don ekinlari, kuzgi bug‘doy, arpa, 
chopiq qilinadigan ekinlardan makkajo‘xori, jo‘xori va boshqalar sholi bilan 
almashlab ekiladigan eng yaxshi ekinlardir. Dukkakli don ekinlaridan va ko‘p yillik 
o‘tlardan keyin sholini 2-3 yil surunkasiga ekish mumkin. 
Sholi ekish uchun yerni ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Yerni kuzda 
haydash sholi hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ekishdan oldin yer 
tekislanadi, mashinada sholi ekiladigan maydonlarda bir yo‘la g‘altaklash ishlari 
Nay o‘rash va ro‘vak chiqarish fazalarida haroratning tez o‘zgarishini normallashtirish uchun suv ko‘proq beriladi. Bu fazada suvning kamayishi uglevodning nafas olish protsessi uchun sarflanishiga va fotosintez muvozanatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Don hosil qilish va yetilish davrida haroratga bo‘lgan ta’sirchanligi va namlikka bo‘lgan talabi kamayadi. Donning dumbullik davrida tuproqning to‘la nam sig‘imi 60-70% bo‘lishi kerak. Sholi botqoq, qumli-toshli tuproqlardan tashqari boshqa tuproqlarda o‘saveradi. Sholi uchun daryo vodiylaridagi cho‘kindi tuproqli yerlar ayniqsa qulay hisoblanadi. Sholi yerning sho‘riga ancha chidamsiz. Sholi uchun tuproq eritmasining muqobil muhiti pH -4,5- 5,7 ga teng bo‘lishi kerak. O‘g‘itlash. Sholi serhosil bo‘lgani uchun oziq moddalarga talabchan hisoblanadi. Bir gektardan 50 sentner sholi va 50 ts poxol olinadigan bo‘lsa o‘simlik tuproqdan 90 kg azot, 40 kg fosfor va 160 kg kaliy oladi. Gektariga sholiga 180 kg azot, 120-150 kg fosfor, 90-120 kg kaliy solish tavsiya etiladi. Mahalliy o‘g‘itlardan sholiga go‘ng, kompostlar va ko‘kat o‘g‘itlar qo‘llaniladi. Go‘ng va kompostlarni kuzda shudgorga 20-40 tga solish hosildorlikni oshiradi. Sholi takroriy ekin sifatida ekiladi, ko‘pincha eski maydonlarda almashtirmasdan ekiladi, ammo bunda tuproqda sholi uchun zararli bo‘lgan temir oksidlari va boshqa moddalar ko‘payib, kislorod almashinuvi pasayadi. Bularning hammasi yerda begona o‘tlar ko‘payib ketishiga, organik moddalar kamayib ketishiga va hosilning keskin kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Sholi boshqa ekinlar bilan almashlab ekilsa, hosildorligi ortadi. Sholini har 2-3 yilda yerni organik moddalarga boyitadigan va begona o‘tlarni o‘stirmay qo‘yadigan ekinlar bilan almashlab ekish kerak. Beda, sebarga, dukkakli don ekinlari, kuzgi bug‘doy, arpa, chopiq qilinadigan ekinlardan makkajo‘xori, jo‘xori va boshqalar sholi bilan almashlab ekiladigan eng yaxshi ekinlardir. Dukkakli don ekinlaridan va ko‘p yillik o‘tlardan keyin sholini 2-3 yil surunkasiga ekish mumkin. Sholi ekish uchun yerni ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Yerni kuzda haydash sholi hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ekishdan oldin yer tekislanadi, mashinada sholi ekiladigan maydonlarda bir yo‘la g‘altaklash ishlari  
 
bilan qo‘shib olib borish mumkin. Yerni ishlashda qator mashinalar: KFS-2,4, KFS-
3,6, ORN-1,6 markali kultivatorlar qo‘llaniladi. 
Urug‘lik sholi ekishdan oldin maxsus mashinalarda tozalangan va davlat 
andozasiga javob berish kerak. Sholi tuproq va suv harorati 120 C ga yetganda, ya’ni 
sovuq bo‘lish xavfi o‘tib ketgandan keyin ekiladi. Sholi ekishni qisqa muddatlarda 
10-15 kun ichida ekishni tugallash lozim. Hozirgi paytda  
Urug‘ni ekish. O‘zbekistonda don seyalkasida qatorlab ekish keng tarqalgan. 
Suv bostirishdan oldin sholini yoppasiga qatorlab qator orasi 15 yoki 7,5 sm qilib, 
don seyalkalaridan foydalanib ekiladi. Sholini don seyalkasida qatorlab ekib urug‘ni 
tuproqni tabiiy namiga undirib olish sholi yetishtirishda yangi progressiv usullardan 
hisoblanadi. Sholi ekish meyori o‘simliklarni ko‘chat qalinligini belgilaydi, ekish 
meyori sholi navining biologik xususiyatlariga, tuproqni unumdorligiga, ekish 
muddatiga va usuliga bog‘liqdir. Ekish meyori urug‘likning vazniga qarab 
belgilanadigan bo‘lsa bu ko‘rsatkich urug‘ning xo‘jalik jihatidan 100% yaroqligi va 
1000 dona urug‘ning vazniga qarab hisoblab chiqariladi. 
O‘zbekiston sharoitida doimiy suv bostirib sug‘orish usuli qo‘llaniladi. Bunda 
sholi ekishdan oldin yoki ekib bo‘lish bilanoq pollarga suv bostiriladi va donning 
mum pishiqlik davrigacha shu holatda saqlanadi. O‘zbekistondagi sholikor 
xo‘jaliklarda hozirgacha ana shu usul qo‘llanilib kelinadi. Urug‘ ekilgandan keyin 
pollarga darhol suv bostiriladi va 3-5 kungacha suv qatlami 5-6 sm qalinlikda saqlab 
turiladi, so‘ngra suv to‘xtatiladi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng suv bostirilib 
oxirigacha sholi suvda o‘sadi. 
Sholi ko‘chat usulida yetishtirish. Sholi urug‘ni ekishga qaraganda ko‘pgina 
avzalliklarga ega. Sholini bu usuli takroriy ekin sifatida ekishda qo‘llaniladi. Bunda 
ko‘chatxonalarga 20-30 chi mayda urug‘ ekiladi. Asosiy maydonga 20-30 chi iyunda 
ko‘chat ko‘chirib o‘tkaziladi. Bunda ko‘chatxonalarga 1 ga yerga 20-25 mln. dona 
urug‘ yoki 650-750 kg sholi urug‘i sepiladi. Ko‘chatxonada sholi 30-40 kunda 
ko‘chat qilish uchun tayyor bo‘ladi. Ko‘chatlar maydonga ekilganda bir uyaga 1-2 
ta ko‘chat ekib, uya oralig‘i 10-15 sm qilib ekiladi. Ko‘chat ekilgandan keyin suv 
botiriladi. Sholi hosilini yig‘ishtirib olish uchun sholi donini sut pishish davrida 
pollarga kirayotgan suv kamaytiriladi va mum pishish davrida umuman to‘xtatiladi. 
Donning 85-90% to‘la pishish davrida sholi o‘riladi.  
bilan qo‘shib olib borish mumkin. Yerni ishlashda qator mashinalar: KFS-2,4, KFS- 3,6, ORN-1,6 markali kultivatorlar qo‘llaniladi. Urug‘lik sholi ekishdan oldin maxsus mashinalarda tozalangan va davlat andozasiga javob berish kerak. Sholi tuproq va suv harorati 120 C ga yetganda, ya’ni sovuq bo‘lish xavfi o‘tib ketgandan keyin ekiladi. Sholi ekishni qisqa muddatlarda 10-15 kun ichida ekishni tugallash lozim. Hozirgi paytda Urug‘ni ekish. O‘zbekistonda don seyalkasida qatorlab ekish keng tarqalgan. Suv bostirishdan oldin sholini yoppasiga qatorlab qator orasi 15 yoki 7,5 sm qilib, don seyalkalaridan foydalanib ekiladi. Sholini don seyalkasida qatorlab ekib urug‘ni tuproqni tabiiy namiga undirib olish sholi yetishtirishda yangi progressiv usullardan hisoblanadi. Sholi ekish meyori o‘simliklarni ko‘chat qalinligini belgilaydi, ekish meyori sholi navining biologik xususiyatlariga, tuproqni unumdorligiga, ekish muddatiga va usuliga bog‘liqdir. Ekish meyori urug‘likning vazniga qarab belgilanadigan bo‘lsa bu ko‘rsatkich urug‘ning xo‘jalik jihatidan 100% yaroqligi va 1000 dona urug‘ning vazniga qarab hisoblab chiqariladi. O‘zbekiston sharoitida doimiy suv bostirib sug‘orish usuli qo‘llaniladi. Bunda sholi ekishdan oldin yoki ekib bo‘lish bilanoq pollarga suv bostiriladi va donning mum pishiqlik davrigacha shu holatda saqlanadi. O‘zbekistondagi sholikor xo‘jaliklarda hozirgacha ana shu usul qo‘llanilib kelinadi. Urug‘ ekilgandan keyin pollarga darhol suv bostiriladi va 3-5 kungacha suv qatlami 5-6 sm qalinlikda saqlab turiladi, so‘ngra suv to‘xtatiladi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng suv bostirilib oxirigacha sholi suvda o‘sadi. Sholi ko‘chat usulida yetishtirish. Sholi urug‘ni ekishga qaraganda ko‘pgina avzalliklarga ega. Sholini bu usuli takroriy ekin sifatida ekishda qo‘llaniladi. Bunda ko‘chatxonalarga 20-30 chi mayda urug‘ ekiladi. Asosiy maydonga 20-30 chi iyunda ko‘chat ko‘chirib o‘tkaziladi. Bunda ko‘chatxonalarga 1 ga yerga 20-25 mln. dona urug‘ yoki 650-750 kg sholi urug‘i sepiladi. Ko‘chatxonada sholi 30-40 kunda ko‘chat qilish uchun tayyor bo‘ladi. Ko‘chatlar maydonga ekilganda bir uyaga 1-2 ta ko‘chat ekib, uya oralig‘i 10-15 sm qilib ekiladi. Ko‘chat ekilgandan keyin suv botiriladi. Sholi hosilini yig‘ishtirib olish uchun sholi donini sut pishish davrida pollarga kirayotgan suv kamaytiriladi va mum pishish davrida umuman to‘xtatiladi. Donning 85-90% to‘la pishish davrida sholi o‘riladi.  
 
 
Sinov savollari. 
1. Tariqsimon don ekinlari guruhiga kiradigan ekinlarni sanab bering?  
     2. Tariqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting? 
     3. Makkajuxorining agrotexnikasi ayting? 
     4. Sholining biologik xususiyatlari ayting? 
 
Sinov savollari. 1. Tariqsimon don ekinlari guruhiga kiradigan ekinlarni sanab bering? 2. Tariqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting? 3. Makkajuxorining agrotexnikasi ayting? 4. Sholining biologik xususiyatlari ayting?